ON INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING CHEMISTRY AT SCHOOL

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Saliyev, A. (2023). ON INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING CHEMISTRY AT SCHOOL. Modern Science and Research, 2(4), 652–654. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19556
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information on innovative approaches to teaching chemistry.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

652

MAKTABDA KIMYO FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR

HAQIDA

Saliyev Alisher Ulug‘bekovich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani 51 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi

kimyo fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7878503

Annotatsiya. Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar borasida

ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Kimyoviy elementlar, “Davriy qonuni va davriy jadvali”, anorganik kimyo,

axborot texnologiyalari.

ОБ ИННОВАЦИОННЫХ ПОДХОДАХ К ПРЕПОДАВАНИЮ ХИМИИ В

ШКОЛЕ

Аннотация. В данной статье представлена информация об инновационных

подходах к обучению химии.

Ключевые слова: Химические элементы, «Периодический закон и таблица

Менделеева», неорганическая химия, информационные технологии.

ON INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING CHEMISTRY AT SCHOOL

Abstract. This article provides information on innovative approaches to teaching

chemistry.

Key words: Chemical elements, "Periodic law and periodic table", inorganic chemistry,

information technologies.

Kimyoni o’qitish samaradorligini oshirishda kompyuter vositalaridan foydalanishga

bag’ishlangan ishlar juda kam, bor manbalarda ham axborot texnologiyalarining o’quv
jarayonidagi imkoniyatlari yetarlicha ochib berilmagan. Kimyoni o’rganishda axborot-
kommunikatsion vositalaridan foydalanish samaradorligini o’rganishga bag’ishlangan ishlar juda
kam. Bor manbalarda o’quv tarbiyaviy jarayondagi imkoniyatlari yetarlicha to’liq ochib
berilmagan. Kimyo kursini, xususan, kimyoviy elementlarning “Davriy qonuni va davriy jadvali”
bo’limni yangi metodlardan foydalanib, kompyuter texnologiyasi bilan birga o’tish dasturlari
ishlab chiqarilmagan. Kimyo o’quv predmetini elektron qo’llanmalardan foydalanib o’qitish va
umuman mavzu yuzasidan elektron qo’llanmalar bo’yicha qator maqola va internet saytlari
mavjud. Bu borada xorijda yaratilgan P.A. Freshneyning “Education Periodic Table” elektron
qo’llanmasi kimyoviy elementlar davriy jadvali elektron ko’rinishda bo’lib, har bir kimyoviy
elementning qachon va kim tomonidan kashf qilingani, ularning tabiatda ko’rinishi, ularning
birikmalari, xossalari, dunyo хaritasida elementlarning joylashgan o’rni, element atomlarning
fazoviy tuzilishining harakatli holati to’liq ma’lumot olish imkonini beradi.

Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o’rganayotgan ba‘zi o’qituvchilar,

tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya - faqat axborot texnologiyasi
bilan bog‘liq hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan o’qitishning texnik vositatlari,
kompyuter, proektor yoki boshqa texnik vositalar. Bizning fikrimizcha, pedagogik
texnologiyaning eng asosiy negizi - o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan
kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq. O’qitish
jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta‘lim


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

653

texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi
ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib,
tahlil etib, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa,
o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning
fikrimizcha, ana shu - o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv
predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq
ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u o’quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir
maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga
qaratilgan pedagogik jarayondir.

Respublikamizda kimyo fanini o’qitishda G‘.Umonqulovning “D.I.Mendeleyev kimyoviy

elementlar davriy sistemasi” elektron qo’llanmasi mavjud. Ushbu elektron jadval kimyoviy
elementlarning fizik kattaliklarini tez va oson topish imkoniyatini beradigan sodda dastur asosida
tuzilgan. Akademik litseylarning kompyuterda o’rgatuvchi dasturlar, qo’llanmalarga,
kompyuterdan foydalanib o’qitishga bo’lgan ehtiyoj tadqiqot mavzusining naqadar dolzarb
ekanligini belgilaydi. O’zbek tilida esa ushbu muammoga bag’ishlangan ilmiy ishlar deyarli yo’q
hisob.

Elektron o’quv qo’llanma o’zaro gipermurojaatlar bilan bog’langan ma’lumot bazasi,

vazifalari va nazorat blokida o’qitish jarayonini interfaolligi bilan birga shu o’quv qo’llanma
bo’limlari orasidagi intelektual- mantiqiy aloqalar bo’lishi kerak. Kimyo fani sohasida
kompyuterdan foydalanish — mavzular bayoni tasvirlardagi animatsion harakatlar, tabiatdagi ko’z
bilan ko’rish imkoni bo’lmagan kimyoviy jarayonlarni o’ziga xos tarzda namoyish etish juda katta
amaliy ahamiyatga ega ekanligi ko’plab tadqiqotchi olimlar tomonidan isbotlab berilgan. O’quv
mashg’uloti davomidagi faol faoliyat asosan talaba va o’qituvchi tomonidan tashkil etiladi. Buning
uchun ular orasidagi o’zaro bog’liqlik, ko’p hollarda dars jarayonida qo’llaniladigan metodik
qo’llanmalar vositasida tashkil etiladi. Ayniqsa, kimyo faniga endigina qadam qo’yayotgan
o’quvchilarga didaktik o’yinlarni o’zida mujassam etgan noan’anaviy mashg’ulotlar, texnik
vositalar bilan tashkil etilgan dars jarayonining o’ziyoq “ajoyib” tuyuladi. Darslarda o’quv texnik
vositalardan foydalanish ayni paytda darslarni samarali, faol tarzda tashkil etishda, o’quvchining
diqqat e’tiborini jalb etish kabi kutilgan natijalarni bermoqda. Barkamol avlodni tarbiyalashda
innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida kimyo darslarini o’qitishda elektron darsliklar
yaratish, ularni akademik litsey va kasb hunar kollejlarining ta’lim tizimiga qo’llash o’quvchilarni
pedagogik mahoratini sakllantirishda yordam beradi.

Anorganik kimyoda kimyoviy elementlarning “Davriy qonuni va davriy jadvali”

mavzusini uslubiy jihati mukammal bo’lishida zaruriy ko’rgazmalar va o’qitish vositalaridan
samarali foydalanish juda muhim. Fandagi ba’zi yangi atamalarni izohlashning usulublarini ishlab
chiqish talab etiladi. Mavzu bibliografik xarakterga ega bo’lib, darslikdagi ma’lumotlar
chegaralanishi darsni “zerikarli” holatga olib kelishi mumkin. Kimyodan o’quv dasturining asosiy
vazifasi o’qituvchiga ayni fanning zaruriy tushunchalari va qonunlari asosida kimyoviy
jarayonlarni boshqarish, zamonaviy usullar bilan yangi-yangi moddalar olish va ulardan nafaqat
sanoat, qishloq xo’jaligi miqyosida, shuningdek kundalik turmushda, oilada foydalanishning
umumiy yo’nalishlarini ko’rsatib berishdan iborat bo’lishi kerak.



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

654

REFERENCES

1.

Tursunov S.Q. Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish va ularni joriy qilishning
metodik asoslari: Avtoref.dis. ... ped.fan. nomzodi. Toshkent. 2011. - 24b.

2.

Umonqulov G’. “D.I. Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy sistemasi” elektron
qo’llanmasi.

3.

Xolmamatova L. Kimyo darslarini yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etish. Xalq
ta’limi 2007. №5.- 81-83 b.ф

References

Tursunov S.Q. Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish va ularni joriy qilishning metodik asoslari: Avtoref.dis. ... ped.fan. nomzodi. Toshkent. 2011. - 24b.

Umonqulov G’. “D.I. Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy sistemasi” elektron qo’llanmasi.

Xolmamatova L. Kimyo darslarini yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etish. Xalq ta’limi 2007. №5.- 81-83 b.ф

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов