THE ROLE OF MODERN MULTIMEDIA IN TEACHING STUDENTS OF PRIMARY EDUCATION LESSONS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ibragimova, R. (2023). THE ROLE OF MODERN MULTIMEDIA IN TEACHING STUDENTS OF PRIMARY EDUCATION LESSONS. Modern Science and Research, 2(4), 673–676. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19633
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The active use of advanced pedagogical technologies in the educational process, increasing the effectiveness of training, analysis and implementation is one of the most important tasks of our time. It is extremely important to develop students' thinking, consciousness, worldview, to turn them from free listeners into free participants. The teacher should lead the lesson, and the students should become its participants. To achieve this goal, the advantage of innovation has a multifaceted effect.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

673

BOSHLANG‘ICH TA‘LIM DARSLARINI O'QUVCHILARGA O'RGATISHDA

ZAMONAVIY MULTIMEDIA VOSITALARINING O‘RNI

Ibragimova Ruxshona Sobirovna

Samarqand viloyati, Jomboy tumani

49 - maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7879620

Annotatsiya.

Ta`lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta'lim

samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning eng muhim
vazifalaridan biridir. O'quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashini o'stirish, ularni erkin
tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O'qituvchi darsda
boshqaruvchi o'quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog'i lozim. Ana shu vazifani uddalashda
innovatsion faoliyat ustunligi ko'p qirrali samara keltiradi.

Kalit so‘zlar:

Multimedia vositalari, pedagogik texnologiya, innovatsiya, axborotlar tezligi,

intiluvchan, samaradorlik, o‘quv materiali, intellektual, interfaol metodlar.

РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ МУЛЬТИМЕДИА В ОБУЧЕНИИ ШКОЛЬНИКОВ

НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ

Аннотация.

Активное использование передовых педагогических технологий в

образовательном процессе, повышение эффективности обучения, анализ и внедрение -
одна из важнейших задач современности. Чрезвычайно важно развивать у учащихся
мышление, сознание, мировоззрение, превращать их из свободных слушателей в свободных
участников. Учитель должен быть ведущим на уроке, а ученики должны стать его
участниками. Для достижения этой задачи преимущество инновационной деятельности
имеет многогранный эффект.

Ключевые слова:

Мультимедийные средства, педагогические технологии, инновации,

скорость информации, устремленность, эффективность, учебный материал,
интеллектуальные, интерактивные методы.

THE ROLE OF MODERN MULTIMEDIA IN TEACHING STUDENTS OF

PRIMARY EDUCATION LESSONS

Abstract.

The active use of advanced pedagogical technologies in the educational process,

increasing the effectiveness of training, analysis and implementation is one of the most important
tasks of our time. It is extremely important to develop students' thinking, consciousness,
worldview, to turn them from free listeners into free participants. The teacher should lead the
lesson, and the students should become its participants. To achieve this goal, the advantage of
innovation has a multifaceted effect.

Keywords:

Multimedia tools, pedagogical technology, innovation, speed of information,

aspiring, efficiency, educational material, intellectual, interactive methods.

Mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama barkamol insonlar shaxsini shakllantirish masalasi

bilan bog'liq. Buning uchun esa avvalo ularning ongida yangicha dunyoqarashni, mustaqil
fikrlashni, mustaqil yashashni, mustaqil ishlashni hamda axloqiy fazilatlarni yuksak darajada
shakllantirish lozim. So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va
yetuk mutaxassislarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o'z-o'zidan o'quvchilarimizning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

674

darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta‘lim-tarbiyaga
e‘tiborini kuchaytirishni talab etadi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o'zining 2020-yil
24-yanvardagi Parlamentga Murojaatnomasida "Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda
uzoq va mashaqqatli yo'l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o'qib-o'rgansak, ishimizni
mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o'zimizni ayamasdan oldinga
intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o'zgaradi", [1]- deb ta'kidlab o'tgan.

Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, shu jarayonda shaxsning

taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o'qituvchi o'z bilimi,
ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarga yetkazadi, o'quvchilar esa uni
o'zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo'ladi. O'rganish jarayonida
o'quvchilar o'zlashtirishning turli ko'rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o'zlashtirilayotgan
ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o'ziga xos tafovutlarga
tayanadi. Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi,
o'quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal
etiladi.

O‘zbekiston Respublikasing ― "Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonuni" va ― "Kadrlar tayyorlash

milliy dasturi" qabul qilingandan so‘ng mamlakatimiz ta‘lim tizimida xususan boshlang‘ich
ta‘limda keng qamrovli ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ta‘lim sifatini oshirish uchta eng asosiy
tarmoqlarning birdek takomillashuviga bog‘liq bo‘lib, ular umumta‘lim muassasalarining moddiy
texnika bazasini rivojlantirish, uni o‘quv metodik adabiyotlar bilan ta‘minlash, o‘quv jarayonida
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni tadbiq etishdan iborat.

Boshlang‘ich ta‘limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashda

o‘qituvchining didaktik o‘quv materiali, dars ishlanmalari kabilar kiradi. Ta‘lim tizimida ilg‘or
xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta‘lim olish imkoniyatlarini
yaratish, xalq ta‘limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va byudjetdan
mablag‘ bilan ta‘minlashning samaradorligini oshirish, yoshlar ta‘lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha
sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga ooshirish bo‘yicha izchil islohotlar
amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarining mavjud holati
ularning faoliyatidagi tizimli muammolar va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish mexanizmlarini
yaratish, qishloq va shahar maktablarining moddiy-texnik ta‘minoti va ta‘lim berish sifatidagi
tafovutni qisqartirish hamda o‘quvchi-yoshlarning ta‘lim olishlari uchun teng-sharoitlar yaratish
zarurligini ko‘rsatmoqda.

Boshlang'ich sinfda ta'lim jarayonida o'quvchilarning o'qish motivini rivojlantirish katta

ahamiyatga ega. Chunki motiv o'quvchilarni ta`lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol
qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o'qish motivini rivojlantirishga
katta yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda ko'proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga
olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o'yin
mashqlardan foydalanib, darslar o'tish yaxshi samara beradi. Ko"proq atrofmuhit bilan bog'lab
o'tilgan mashg'ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini,
mustaqil ishlash ko'nikmasini rivojlantiradi

Boshlang‘ich ta‘lim sifati va samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalardan

foydalanish katta ahamiyatga ega. Shu sababdan boshlang’ich sinf darslarini o‘rganishda
rivojlantiruvchi muammoli hamda pedagogik texnologiyalarni asosiy jihatlarini o‘zida ifodalovchi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

675

"Multimedialar", "Slaydli dars", "Seminar dars" kabilarni qo‘llash tavsiya etiladi. Seminar dars
o‘quvchilarning mustaqil chiqishlarini jamlovchi, lozim topilgan paytda munozaraga asos
yaratuvchi dars hisoblanadi. Bunday darslarda o‘qituvchi boshqarib, yo‘naltirib turish vazifasini
bajaradi, o‘quvchilar esa mustaqil ijodiy ishlovchi o‘z fikriga ega shaxs sifatida o‘quv faoliyatiga
kirishadilar.
Multimediali darslar‖dan foydalanish ham boshlang‘ich ta‘lim dars jarayonida sifat va
samaradorlikni oshirish imkonini beradi.

Bu jarayonda o‘qituvchi:
-o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etadi;
-yangi materialni jadallik bilan yetkaza biladi;
-axborotlar tezligi va hajmini animatsiyalar ko‘magida boshqara oladi;
Ta‘lim sohasidagi barcha islohatlarning asosiy maqsadi ma‘naviy jihatdan mukammal

rivojlangan insonlarni tarbiyalash, ta‘lim tizimini takomillashtirish, dars jarayonlarini yangi
pedagogik va axborot texnologiyalari asosida har tomonlama zamon talabiga mos ravishda amalga
oshirishdan iboratdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta‘lim - tarbiya tizimida kompyuter va
axborot texnologiyalarining zamonoviy texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida e‘tibor
berilmoqda. Bu esa ta‘lim jarayonida o‘quvchilarga turli fanlardan bilim beruvchi pedagog
kadrlarni axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalalaridan foydalanishlari uchun, eng
avvalo bu sohadagi bilim va malaka darajalarini oshirish, ta‘lim tizimini texnik jihatdan
ta‘minlash, internetdan foydalanish imkoniyatlarini to‘la yaratib berish orqaligina samarali
natijaga erishish mumkin.

Ta‘lim tizimi sifati va samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biri o‘quv jarayonida

zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalarni, shu jumladan multimediyali o‘quv
kurslarini qo‘llash, o‘qituvchi va o‘quvchining interfaol o‘zaro aloqalarini ta‘minlash,
multimediali o‘quv kurslari va darsliklarini ishlab chiqishda yuqori malakali kadrlarni jalb
etishdan iborat bo‘ladi.

Multimedia axborotlarni har xil ko‘rinishlarda tasvirlash va dinamik obrazlarini yaratish, uni

ko‘rish va eshitish organlari orqali qabul qilish va tasavvur etish imkoniyatlarini
yaratadi.Multimedia texnologiyalarida an‘anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn
ko‘rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko‘rinishida ifodalanilishi o‘quvchilarni
darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bo‘lishga o‘rgatadi, chunki tavsiya
qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi.O‘quvchilarda
esa ―multimediali darslar fanga bo‘lgan qiziqish uyg‘otish, o‘z bilimlarini nazorat qilish va
mustahkamlash, mavzuni o‘rganishda o‘zi uchun qulay bolgan tezlik va o‘zlashtirish darajasini
tanlash imkoniyatini beradi.

Ta‘lim jarayonida sifat va samaradorlikni oshirishda ―Interaktiv doskalarning ahamiyati

katta. Interaktiv doska - zamonaviy axborot texnologiyalarni o‘z ichiga qamrab oluvchi ta‘limning
yangi texnik vositasi bo‘lib, o‘quvchilarga axborot yetkazishning zamonaviy, qulay usuli
hisoblanib o‘qituvching o‘quvchi bilim darajasi va qiziqishidan kelib chiqqan holda bilim berish
imkoniyatlarini kengaytiradi.

Interaktiv doska ta‘lim jarayoniga elektron o‘quv va multimedia materiallarni olib kirish

uchun samarali vositadir. Katta ekranga ya‘ni elektron doskada axborotlarni yaxshi qabul qilishlari
hisobiga o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati oshadi. O‘quvchilar mustaqil ishlaydilar, sinfdoshlari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

676

va o‘qituvchilari bilan birga fikrlaydilar. Dars jarayonidagi ushbu hamfikrlilik muhiti
o‘quvchilarning sinfdoshlari orasida mavqei va o‘ziga nisbatan ishonchining ortishiga sabab
bo‘ladi. O‘quvchilarning fanga qiziqishlari kuchayib, o‘quv materiali tez yodda saqlanadi.

Yuqoridagi fikrlarga xulosa qilib shuni aytish lozimki boshlang‘ich ta‘lim sifat va

samaradorlikni rivojlantirishda o‘qituvchining kasbiy kompetentligi va o‘qimishlilik darajasi,
bolalar psixologiyasi, zamonaviy pedagogik axborot texnologiyalarni puxta bilishi boshlang‘ich
ta‘lim sifat va samaradorligi ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy pedagogik va
axborot texnologiyalar asosida dars o‘tish ta‘lim samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarning
mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda mavzuni o‘rganishga ishtiyoq va
qiziqishini oshiradi, bilimlarni mustahkamlash, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va
malakalarini shakllantiradi.

REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi 2020-yil 24-yanvar.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. –T.: 1997.

3.

J.G‘.Yo‘ldoshev. S.A.Usmonov ―Pedagogik texnologiya asoslari. –T.: O‘qituvchi, 2004.

4.

Axmedova M.Zufarov R "Boshlang'ich ta'lim o'qitish metodikasi".-T.: O‗zbekiston.

5.

A.Abduqodirov, R.Ishmuhammedov, "Ta‘limda innovatsiyar" T;. Istedod –2010

6.

J.G‘.Yo‘ldoshev. S.A.Usmonov ―Pedagogik texnologiya asoslari‖. –T.: O‘qituvchi, 2004.

References

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi 2020-yil 24-yanvar.

O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. –T.: 1997.

J.G‘.Yo‘ldoshev. S.A.Usmonov ―Pedagogik texnologiya asoslari. –T.: O‘qituvchi, 2004.

Axmedova M.Zufarov R "Boshlang'ich ta'lim o'qitish metodikasi".-T.: O‗zbekiston.

A.Abduqodirov, R.Ishmuhammedov, "Ta‘limda innovatsiyar" T;. Istedod –2010

J.G‘.Yo‘ldoshev. S.A.Usmonov ―Pedagogik texnologiya asoslari‖. –T.: O‘qituvchi, 2004.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов