THE ROLE OF MENTAL ARITHMETIC IN THE INTELLECTUAL DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Erbo‘tayeva , D. (2023). THE ROLE OF MENTAL ARITHMETIC IN THE INTELLECTUAL DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN. Modern Science and Research, 2(5), 1230–1232. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20631
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article highlights the importance of mental arithmetic in the preschool education system and its importance in educating the growing young generation as a well-rounded person.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1230

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI INTELLEKTUAL JIHATDAN

RIVOJLANTIRISHDA MENTAL ARIFMETIKANING O‘RNI

Erbo‘tayeva Dilfuza Farhod qizi

Guliston davlat pedagogika instituti magistri

dilfuza2399@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.7979521

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mental arifmetikaning maktabgacha ta’lim tizimidagi

ahamiyati va o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashda
muhim ahamiyatga ega ekanligi yoritilgan.

Tayanch so‘zlar:

mental arifmetika, abakus, tasavvur, mayda motorika, xotira, diqqat.

THE ROLE OF MENTAL ARITHMETIC IN THE INTELLECTUAL

DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN

Abstract.

This article highlights the importance of mental arithmetic in the preschool

education system and its importance in educating the growing young generation as a well-rounded
person.

Key words:

mental arithmetic, abacus, imagination, fine motor skills, memory, attention.

РОЛЬ МЕНТАЛЬНОЙ АРИФМЕТИКИ В ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОМ

РАЗВИТИИ ДОШКОЛЬНИКОВ

Аннотация.

В данной статье освещается значение ментальной арифметики в

системе дошкольного образования и ее значение в воспитании подрастающего молодого
поколения как всесторонне развитой личности.

Ключевые слова:

счет в уме, счеты, воображение, мелкая моторика, память,

внимание.

“Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng

tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”

Sh.M.Mirziyoyev.

Haqiqatdan ham matematika barcha fanlarning otasi, shuningdek, har bir sohada muhim

ahamiyatga va o‘z o‘rniga ega hisoblanadi. Shu jumladan uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi,
eng asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish maktabgacha ta’lim sohasida ham. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning matematik rivojlanishi mazmunida raqamlar va oddiy geometrik shakllar haqidagi
g‘oyalarni rivojlantirish, hisoblash, qo‘shish va ayirishni o‘rgatish bilan cheklanmasligi kerak. Eng
muhimi – maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv qiziqishi va matematik tafakkurini
rivojlantirish, fikr yuritish, bahslashish, bajarilgan harakatlarning to‘g‘riligini isbotlash
qobiliyatidir.

Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha

axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning
sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida maktabgacha ta’lim tarbiyasi juda
muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda fan-texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan davrda
maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy, intellektual rivojlanishlariga katta ahamiyat berishimiz
kerak bo‘ladi. Aynan matematika bolaning ongini charxlaydi, fikrlash moslashuvchanligini
rivojlantiradi, mantiqni o‘rgatadi, xotirani, diqqatni, tasavvurni, nutqni shakllantiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1231

So‘nggi paytlarda yurtimizda maktabgacha ta’lim sohasining rivojiga katta e’tibor

qaratilib, ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Oxirgi vaqtlarda mental arifmetika sohasi ancha
ommalashmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham qo‘shimcha to‘garak sifatida
o‘tilayotganligi kishini quvontiradigan holat.

Qisqa vaqt oralig‘ida mental arifmetika ancha ommalashayotgan bo‘lsada, biroq hali

ko‘pchilikdan bir xil savolni eshitib qolamiz: Mental arifmetika o‘zi nima?

Buni quyidagicha tushuntirsa bo‘ladi:
Sportning istalgan turini olib qaraydigan bo‘lsak, barchasida eng avvalo tanani chiniqtirish

mashqlari olib boriladi ya’ni sportchi jismonan tayyor formaga ega bo‘lishi kerak. Hamda
muntazam ravishda sportchilar ana shunday chiniqtiruvchi mashqlarni olib borishadi. Hattoki
chempionlar ham doimo sport formalarini saqlash ustida ishlashadi. Tinimsiz mashqlar va
ko‘nikmalar asl chempionning siri hisoblanadi. Intellektual yoshlar davrida ham miyamizni
ishlatishimiz- yuqori natijalarga erishning muhim omili hisoblanadi. Buning uchun esa, miya
faoliyatini rivojlantiruvchi effektiv mashqlar to‘plami zarur. Mental arifmetikaning asosiy g‘oyasi
ham aynan bolalarda miya faoliyatini rivojlantirish, qobiliyatlarni paydo qilish, kreativlik ruhida
kamol toptirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda esa mental arifmetika - aqliy gimnastikaning
tan olingan turidir.

O‘zbekiston va O‘rta Osiyo mamlakatlarida bu fan nisbatan yaqinda keng tarqalishni

boshladi .Ammo uning tarixi 5 ming yildan ortiq faol rivojlanishni o‘z ichiga oladi. Birinchi darslar
Rim, Hindiston, Gretsiya kabi davlatlarda o‘tkazilgan. Olimlar har qanday odam uchun kundalik
hayotda asosiy hisoblashni bilish muhimligini anglab yetishdi. Shu maqsadda bolalarga maxsus
abakuslar yordamida hisoblashni o‘rgatishni boshlashdi.

Hozirgi shakldagi mental arifmetika 1993-yildan keyingina shakllangan. Aynan shu

vaqtdan boshlab, mental arifmetika yuqori darajada o‘sishni va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida
faol tarqalishni boshladi.

Bugungi kunda darslar butun dunyo bo‘ylab o’tkaziladi. Tadqiqotchilarning aytishicha,

kamida 50 ta davlat bu yo‘nalishga katta e’tibor qaratmoqda. Xitoy va Yaponiya allaqachon ushbu
fanni maktab o‘quv dasturiga kiritishga muvaffaq bo‘lishgan, chunki ular o‘zlarining tajribalarida
uning samaradorligi va o‘quvchilarga ijobiy ta’siriga ishonch hosil qilishgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, faqat 5% odamgina o‘zini turli sohalarda ko‘rsatib, hayotda

o‘zi xohlagan cho‘qqilarga chiqa oladi. Qolgan 95% odam o‘z oldiga faqat maqsad qo‘yadi, lekin
hech qachon ularga yeta olmasligi mumkin. Bunga sabab, bu odamlar miyasining chap yarimshari
o‘ng yarimshariga nisbatan tezroq rivojlanadi. Mantiqiy fikrlash borasida tengi yo‘q hisoblangan
bu kishilar tabiat in’om etgan ichki hissiyot va tasavvurdan foydalanmaydi. Mental arifmetika
miyaning har ikkala yarimsharlari bir xilda rivojlanishiga imkon beradi. 2000 yil avval Xitoy va
Yaponiyada paydo bo‘lgan bu fandan ko‘zlangan maqsad — hisob-kitob (abakus) bo‘yicha
arifmetika hisoblash yordamida butun aqliy salohiyatni faollashtirishdir. Mental arifmetika mayda
motorika va aniq arifmetik harakatlar yordamida chap yarimsharni rivojlantirishga ko‘mak beradi.
O‘ng yarimshar o‘ng va chap qo‘llarni ishlatish, “xayol” (tasavvur)dagi ish davomida harakatga
keladi. Mashg‘ulotlar samarasi o‘laroq bolada faollik va tashabbuskorlik jihatlari o‘sadi. Bola
charchashdan to‘xtaydi, maktabdagi darslarni oson o‘zlashtiradi, ijodiy va texnik to‘garaklarga
qiziqish bilan qatnaydi, xorijiy tillarni tez o‘rganadi. Bundan tashqari, bolada mustaqillik, o‘ziga
ishonch va yetakchilik sifatlari shakllanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1232

Aqliy arifmetikani o‘rganib, bolalar avval abakusga tayanishni o‘rganadi, toshlarni qo‘llari

bilan mexanik ravishda harakatga keltiradi, so‘ngra o‘zlarining xatti-harakatlarini ballar bilan
hayolan tasavvur qilib, onglarida matematik operatsiyalarni bajarishga harakat qiladi. Oxir oqibat,
bolalar aqliy vazifalarni kalkulyatordan ko‘ra tezroq bajarishga qodir bo‘ladi.

Bolalar uchun mental arifmetikaning foydalari:

- Ongda tez xisob-kitob qiladi;

- Diqqati mustahkamlanadi;
- Xotirasi rivojlanadi;
- Maktab dasturini yaxshi o‘zlashtiradi;
- Yangi qobiliyatlari paydo bo‘ladi;

- Moslashuvchan va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Mental arifmetikani o‘rganish natijasida bolalar kelajakda muhim qarorlarni tez va aniq

qabul qilish, baholash, yaxlitlash, ajratish va umumlashtirish qobilyatining kafolatidir. Bola
abakus bilan ishni avtomatizmga olib kelishi bilanoq, hayolida osonlikcha hisob-kitoblarga o‘tadi.
U nozik vosita mahoratidan tashqari, vizual xotirani, reaksiya tezligini, hayolotni va fantaziya
mahoratini rivojlantiradi. Mental arifmetika bir paytning o‘zida ikkala miya yarim sharimizni ham
rivojlantiradi va tez fursat orasida kuchli natijalar keltiradi.

Mental arifmetika aynan 4-6 yoshdan boshlab bolalarga o‘rgatilishi va abakusda hisoblash

texnikasi qo‘llanilishi aynan shu yoshlar oralig‘ida amalga oshirilishi bir necha ko‘plab misollar
bilan isbotlangan va aynan shu yoshda miya yodlash nuqtai nazaridan ancha moslashuvchan
bo‘ladi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki mental arifmetika maktabgacha ta’lim sohasi yanada

rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida guruhlar
kesimida elementar matematika mashg‘ulotlari bilan bir qatorda mental arifmetika ham o‘rgatib
borilsa ta’lim-tarbiya jarayonida sezilarli darajada muvaffaqiyalarga erishgan bo‘lar edik.

REFERENCES

1.

Sh.M.Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - “O‘zbekiston”
Toshkent:2021

2.

“ILK QADAM” davlat o‘quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Toshkent:2022

3.

Sultanov B.,Xudoynazarov E.M.,Qo‘chqorov Sh.A. Mental arifmetika o‘quv qo‘llanma
UrDU.- Toshkent: Nodirabegim,2021.

4.

N.Umirzakova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni
shakllantirish. – Toshkent:2022






References

Sh.M.Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - “O‘zbekiston” Toshkent:2021

“ILK QADAM” davlat o‘quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Toshkent:2022

Sultanov B.,Xudoynazarov E.M.,Qo‘chqorov Sh.A. Mental arifmetika o‘quv qo‘llanma UrDU.- Toshkent: Nodirabegim,2021.

N.Umirzakova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish. – Toshkent:2022

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов