METHODS AND TECHNIQUES OF WEANING COWS

HAC
Google Scholar
To share
Qo‘ziboyeva , O. ., & Sobirova , . I. . (2023). METHODS AND TECHNIQUES OF WEANING COWS. Modern Science and Research, 2(4), 5–7. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19703
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the methods of weaning dairy and breeding cows, the timing of weaning, weaning technologies, the feed given to them at the time of weaning, and the correct weaning from cows. Brief information about the requirements for preparing cows and heifers for calving is also given.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

5

SIGIRLARNI SUTDAN CHIQARISH USULLARI VA TEXNIKASI

Qo‘ziboyeva O‘g‘ilbu Imomaliyevna

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universitetining Toshkent filiali assistenti

Sobirova Iroda Xalilla qizi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universitetining Toshkent filiali talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7886262

Annotatsiya.

Ushbu maqolada sigirlar bo‘g’ozligi 7-oylikdan oshgan sut yo‘nalishidagi

hamda nasldor sigirlarni sutdan chiqarish usullari, sutdan chiqarish vaqti, sutdan chiqarish
texnologiyalari, sutdan chiqarish vaqti davomida ularga beriladigan ozuqalar, sigirlarni to‘g‘ri
sutdan chiqarilganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Bo‘g‘oz sigirlarni hamda g‘unajinlarni
tug‘ishga tayyorlash talablari haqida ham qisqacha ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

sut sog‘uvchilar,

shirali oziqalar, omixta oziqalar, sutdan chiqarish, bug‘oz

sigirlar.

МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ ОТЪЕМА КОРОВ

Аннотация.

В данной статье описаны методы отъема молочных и племенных коров,

сроки отъема, технологии отъема, корма, даваемые им во время отъема, и правильное
отъем от коров. Также дана краткая информация о требованиях к подготовке коров и
телок к отелу.

Ключевые слова:

доярки, сочный корм, сладкий корм, отъемы, беременные коровы.

METHODS AND TECHNIQUES OF WEANING COWS

Abstract.

This article describes the methods of weaning dairy and breeding cows, the timing

of weaning, weaning technologies, the feed given to them at the time of weaning, and the correct
weaning from cows. Brief information about the requirements for preparing cows and heifers for
calving is also given.

Key words:

milkmaids, succulent feed, sweet feed, weaning, pregnant cows.

Hozirgi zamon qoramolchilik tajribasida sigirlarni sutdan chiqarishning bir necha xil usullari

bor. Bulardan oddiy, ya’ni asta-sekin sutdan chiqarish usuli 15-20 kun davom etib, bir kunda bir
sog‘imni qoldirish bilan sog‘imlar o‘rtasidagi muddatni uzaytirishga ya’ni sog‘ish sonini
kamaytirishga asoslangan. Bilamizki, o‘z vaqtida sutdan chiqarish sigirlarda mastit kasalligining
kelib chiqishini oldini olishda xizmat qiladi.

Sigirni sutdan chiqarishni boshlashdan oldin, avvalo, uning sut miqdorini saqlashga imkon

beradigan yem-xashak turlarini ratsiondan asta-sekin chetlashtirib oziqlantirishni o‘zgartirish lozim.
Bunday yem-xashaklarga silos, ildizmevalar kiradi. Ular sutdan chiqarish davrida mollarga
berilmaydi. Shu paytning o‘zida kuchli omixta oziqalar berishni ham kamaytirish lozim.

Agarda xo‘jalikda sigir ikki marta sog‘ilsa, sutdan chiqarishning oddiy usuli quyidagicha

o‘tkaziladi: 5-7 kun mobaynida ikki martali sog‘imdan bir martaga, (6-8 kun), o‘tiladi. Keyinchalik
sigir bir kundan keyin, so‘ngra ikki, uch kunlardan so‘ng va shunday qilib sutni batamom
to‘xtatilishiga qadar sog‘iladi. Oxirgi sog‘ilgandan 3-5 kun o‘tkazib, yelinning holati tekshiriladi,
(oxirgi sut sog‘ib olinadi), bundan keyin esa sigir sutdan chiqqan hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan sutdan chiqarish tartibi umumiydir, shuning uchun ham uni hamma


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

6

sigirlarda o‘zgartirmasdan qo‘llash mumkin.

Har bir sigirning o‘ziga xos holatini batafsil o‘rganib,

keyingina bu tadbirni qo‘llash lozim. Sigir uzoq vaqt sutdan chiqmasa, biroz vaqt ratsiondan kuchli
va shirali oziqalarni butunlay chiqarib, faqat dag’al ozuqalar bilan boqiladi. Ayrim vaqtda suv
ichirishdan ham qisman chegaralash kerak.

Sigirlarni sutdan chiqarishni boshqa usuli — hayvonning turgan holatini va oziqlantirishni

o‘zgartirish bilan bog‘liqdir. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda sog‘iladigan sigirlar o‘zlarining
og‘ildagi joylariga shunchalik o‘rganib qolar ekan-ki, boshqa joyga o‘tkazish ularni xatti-harakatini
o‘zgarishiga,

sog‘imni

kamayishiga olib kelarkan. Bu holat nerv sistemasi bilan bog’liq. Bundan

kelib chiqadi-ki nerv sistemasining har doimgi faoliyatini buzilishi sut hosil bo‘lish jarayonining
buzilishiga, sigirlarning tezroq sutdan chiqishiga olib keladi. Shuning uchun ham ayrim sut
sog‘uvchilar bug‘oz sigirlarni sutdan chiqarishdan oldin ularni o‘z joylaridan molxonadagi boshqa
joylarga o‘tkazadilar.

Bundan tashqari , ular bu yerda sog‘iladigan sigirlarni sog‘ish va oziqlantirish bilan bog‘liq,

bo‘lgan molxonadagi harakatlarga kamroq, ta’sirlanadilar. Bundan sut sog‘uvchi ularni oziqlantirish
sonini ham o‘zgartiradi. Sutdan chiqarishning ushbu usullarini davomiyligi bo‘yicha uchinchi va
to‘rtinchi turga kiradigan sigirlarda qo‘llash mumkin.

Sutdan chiqarishning oddiy usulidan tashqari, har tomonlama qulay-tezlashtirilgan usuli ham

bor. Bunday usulda sutdan chiqqan davr boshlanishidan 6-8 kun oldin shirali va omixta oziqalar
berish butunlay to‘xtatiladi, sigir saqlanayotgan joy, sog‘in vaqti va soni o‘zgartiriladi. Ikki-uch kun
o‘tganidan so‘ng kuniga sigir bir marta sog‘iladi. Yana ikki-uch kundan keyin sog‘ish bir kun
o‘tkazib amalga oshiriladi va undan so‘ng esa butunlay to‘xtatiladi. Shunday qilib, sigir 6-8 kunda
sutdan chiqadi. Shuni ham aytish kerakki, sigir xususiyatlariga qarab ratsionni kamaytirish har doim
ham shart emas. Sog‘ish soni kamaytirilsa va sigir odatdagi vaqtdan boshqa vaqtda sog‘ilsa, sutdan
chiqarish yengillashadi.

Sutdan chiqarishning tezlashtirilgan usuli foydasiga quyidagi vaziyatlar sabab bo‘ladi.

Birinchidan, yelinning bezsimon qismida buzilish jarayoni sog‘ishni to‘xtatgandan keyin tezroq,
tamom buladi. Ikkinchidan, asta-sekin sutdan chiqarilganda sigirga uzoq davom etgan vaqt ichida,
(10-12 kun), shirali va omuxta ozuqalar berish chegaralanadi, natijada sut ishlab chiqarish to‘xtashi
bilan bir paytda mollar juda ozib ketadilar, shundan so‘ng ularni tug‘ishga qarab kerakli semizlikka
yetkazish uchun, ayniqsa, yaxshi boqishga to‘g‘ri keladi; bu esa har doim va hamma xo‘jaliklarda
qilinmaydi. Lekin shuni ham qayd qilib o‘tish kerakki, tezlashtirilgan usulni faqat yelini sog‘lom
bo‘lgan sigirlardagina qo‘llash mumkin.

Sigirlar to‘liq sutdan chiqqandan so‘ng yelinining holatiga diqqat bilan qarash lozim. Agarda

yelin shishmasa, sut yig‘ilmasa, sigirni sutdan chiqqan deb amaliy ravishda hisoblash mumkin.
Lekin sog‘ishni to‘xtagandan bir necha kundan keyin yelin zichlansa, to‘lishsa yoki tekshirib
sog‘ganda sariq rangli sut, ba’zan yoqimsiz hidli bo‘lib ajralsa, sutdan chiqarish jarayonini yana bir
necha kunga uzaytirish kerak.

Ayrim hollarda sigir yetarli darajada kuzatilmagan bo‘lsa, yelinining bir yoki bir necha

pallalari yallig‘lanadi. Organizmning himoya kuchlari juda ham kuchsizlangan bir paytda bu og‘ir
kasallikni davolash ancha qiyinlashadi va ko‘pincha sigirlarning sut ishlab chiqarish qobiliyatini
butunlay yo‘qolishiga ham olib keladi. Shuning uchun ham sigirlarni sutdan chiqarish usullarini
mukammal o‘rganish lozim. Agarda sigirning yelini mastit yoki boshqa kasallik bilan kasallangan
bo‘lmasa va kuniga atigi 2-3 litr sut berayotgan bo‘lsa, sog‘ishni xohlagan vaqtda to‘xtatish mumkin,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

7

bundan hech bir zarar bo‘lmaydi. Bir necha kun mobaynida yelin to‘lib, keyinchalik sut organizmda
zararsiz, asta-sekin so‘rilib ketadi. Agarda sut miqdori ko‘proq, bo‘lsa, yuqorida ta’riflab o‘tilgan
usullarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Sigirni muvaffaqiyatli sutdan chiqarishdek muhim tadbir sut sog‘uvchilarning malaka

darajasiga ko‘pdan bog‘liqdir. Ayrim hollarda esa sut sog‘uvchidek mas’uliyatli kasbga yetarli
tajribasi bo‘lmagan shaxs qabul qilinadi va ularga sigirlar guruhi ishoniladi. Bunday qilish albatta
yaramaydi. Tajribasi yetarli bo‘lmagan sut sog‘uvchilar ilg‘or sut sog‘uvchiga berkitilib, malakasi
oshgandan so‘nggina unga sigirlar guruhini ishonish mumkindir.

Sigirni sutdan chiqarishni boshlash to‘g‘risidagi tegishli ko‘rsatmalar sut sog‘uvchiga

veterinariya xodimi tomonidan berilishi tavsiya etiladi. Lekin veterinariya xodimi har bir sigirning
holatini yaxshi biladigan sut sog‘uvchi bilan albatta maslahatlashishi, zootexnik esa — sigirning
haqiqatdan sutdan chiqqan kunini sog‘imlarning hisobot jurnaliga aniq qilib yozib qo‘yishi kerak.

Muvaffaqiyatli sutdan chiqarilgandan keyin sigirni tug‘ishga tayyorlashning eng mas’uliyatli

payti boshlanadi.

Bug‘oz sigirlarni saqlash sharoitiga ham alohida e’tibor berilishi kerak. Hayvon

saqlanayotgan molxona zoogigiyenik talablarga to‘liq javob berishi kerak. Ularni quruq, toza,
yelvizaksiz xonalarda saqlash lozim. Bo‘g‘oz sigirlar matsioni ayniqsa, qishda, yo‘lga qo‘yilgani
ma’qul, bunda havo harorati 10-15° С dan past bo‘lmasligi lozim. G‘unajinlarni tug‘ishga tayyorlash
talablari sigirlarnikiga o‘xshash, faqat ularni asrashda qo‘shimcha choralar qo‘llaniladi. Jumladan,
5-6 oylik bo‘g‘ozlik davridan g‘unajinlar yelinini uqalash kerak. Uqalash asta-sekinlik bilan,
xushmuomilalikda amalga oshiriladi. Tug‘ishga bir oy qolganda g‘unajinlar yelinini uqalash
to‘xtatiladi.

Tug‘ishga 2-3 hafta qolganida sigirning yelini kattalashadi, qorni osiladi, tug‘ishga bir necha

kun qolganida dumining ildizi, yon tomonidagi bog‘lamlar kuchsizlanadi, yumshoqlashadi, tashqi
jinsiy a’zolar shishadi. Tug‘ishga bir necha soat qolganida so‘rg‘ichlarda sut paydo bo‘ladi, qindan
shilimshiq, ajraladi. Sigir bezovtalana boshlaydi.

REFERENCES

1.

Abdalniyazov BA. — Vliyanie nekotorыx faktorov na molochnuyu produktivnost korov i
ves novorojdennыx telyat krasnoy stepnoy porodы v usloviyax O‘zbekistana, kandidat,
dissertatsiya, Alma-Ata, 1969.

2.

Abdolniyozov B.O. — Xorazm chorvachiligi. Qizil cho‘l zotli Qoramolning nasl va
maxsuldorlik sifatlarini yaxshilashning ilmiy va amaliy asoslari, doktor, dissertatsiya,
Toshkent, 1999.

3.

Abdolniyozov B.O. — Qoramolning qizil cho‘l zoti O‘zbekistonda, Urganch, 2010.

References

Abdalniyazov BA. — Vliyanie nekotorыx faktorov na molochnuyu produktivnost korov i ves novorojdennыx telyat krasnoy stepnoy porodы v usloviyax O‘zbekistana, kandidat, dissertatsiya, Alma-Ata, 1969.

Abdolniyozov B.O. — Xorazm chorvachiligi. Qizil cho‘l zotli Qoramolning nasl va maxsuldorlik sifatlarini yaxshilashning ilmiy va amaliy asoslari, doktor, dissertatsiya, Toshkent, 1999.

Abdolniyozov B.O. — Qoramolning qizil cho‘l zoti O‘zbekistonda, Urganch, 2010.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов