SEHRLI FORTEPIANO TOVUSHLARI

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Bekmurodova, G. (2023). SEHRLI FORTEPIANO TOVUSHLARI. Modern Science and Research, 2(5), 380–383. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20144
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the piano and its features. Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are presented throughout the article. Pictures are used to reveal the content of the topic.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

380

SEHRLI FORTEPIANO TOVUSHLARI

Bekmurodova Gavhar Bahodir qizi

Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi

Аktyorlik va xoreografiya bo’limi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7934274

Annotatsiya.

Mazkur maqolada fortepiano cholg’usi va uning o’ziga xos xususiyatlari

haqida so’z boradi. Maqola davomida mavzu doirasidagi asosli fikr va mulohazalar keltirilgan.

Mavzu mazmunini ochib berishda rasmlardan foydalanilgan.

Kalit so’zlar:

kuyning eng kichik ifodali bo‘lagi, fortepiano tovushlari, ijrochilik san’ati.

MAGIC PIANO SOUNDS

Abstract.

This article talks about the piano and its features. Reasonable opinions and

comments within the scope of the topic are presented throughout the article. Pictures are used to

reveal the content of the topic.

Key words:

the smallest expressive part of the melody, piano sounds, performance art.

ВОЛШЕБНЫЕ ЗВУКИ ФОРТЕПИАНО

Аннотация.

В данной статье рассказывается о фортепианном инструменте и его

характеристиках. Обоснованные мнения и комментарии в рамках темы представлены на

протяжении всей статьи. Картинки используются для раскрытия содержания темы.

Ключевые слова:

наименьшая выразительная часть мелодии, звуки фортепиано,

исполнительское искусство.

Har bir xalqning o'z milliy cholg'u sozlari bor. Shu bilan birga, butun jahonning barcha

xalqlari orasida ommalashgan cholg'u asboblari ham mavjud. Skripka, klarnet, truba, fortepiano

kabi musiqa cholg'ulari shular jumlasidandir. Ular orasida fortepiano cholg'usi o'zining qulayligi,

mosligi va ommaviyligi bilan alohida o'rin tutadi. Fortepiano musiqiy tadbirlarning har qanday

sharoitlarida yetakchi hamda ko'makchi cholg'u sifatida ishlatilishi mumkin. Shu bois fortepiano

cholg'usi ixtisosligi bo'yicha saboq oluvchilar boshqa cholg'ularga nisbatan ko 'p.

Musiqa asarining ijrosi yoqimli bo‘lishi yoki biror musiqiy obraz ta’sirini boyitib,

tinglovchilarga eshittirish, tovushning qanday kengaytirilishini ko‘rsatish uchun musiqada maxsus

belgilar qo‘llaniladi. Ushbu belgilar nomlari italyanchadan olingan bo‘lib, ular dinamik belgilar

deb ataladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

381

Ritm (usul) – musiqiy tovushlarni muayyan qancha vaqt davomida kelishiga aytamiz. Metr

(vazn) – ritmning o‘lchov vositasiga kiradi. U bir xil cho‘zimdagi muayyan ritmik bo‘laklarning

to‘xtovsiz takrorlanishidir.

Ohang (melodiya) – kuyning eng kichik ifodali bo‘lagi bo‘lib, bir necha ketma-ket olingan

tovushlardan hosil bo‘ladi.

Temp (sur’at) Musiqa asarining ijro etilish sur’atiga - temp deb ataladi. Templar asosan

uch xil ko‘rinishda bo‘ladi: oid templar, o‘rtacha templar va tez templar. Og‘ir templar Largo

(largo) – juda vazmin, juda cho‘zib. Lento (lento) – vazmin, cho‘zib. Adajio (adajio) – og‘ir. Grave

(grave) – juda og‘ir. O‘rtacha templar Andante (andante) – shoshilmasdan, o‘rtacha og‘ir.

Moderato (moderato) – o‘rtacha tez. Sostenuto (sotsenuto) – salobatli. Allegretto (allegretto) –

jonlanib. Tez templar Allegro (allegro) – tez. Vivo (vivo) – jonli, chaqqon. Vivace (vivache) –

jadal. Presto (presto) – tez, oshiqib. Prestissimo (prestissimo) – juda tez.

Fortepiano cholg‘usi o‘ziga xos xususiyatga ega. Unda ijro etishda tovushni tiniq, ravon

ijro etish uchun ularning imkoniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan bilish hamda ularda ijro etish

ko‘nikmalarini o‘zlashtirish talab etiladi. Ijro etilayotgan asarlarni qismlarga va qismlarni jumla

va frazalarga bo‘lish orqali musiqaning aniq ijro etishga erishiladi. Bir nechta musiqiy jumladan

esa asarning qismi paydo bo‘ladi. Yangi asarlarni o‘zlashtirish jarayonida har bitta fraza, jumla

uchun alohida tovush kuchi talab etilishi mumkin. Ijrochilik ko‘nikmalarini shakllantirishga doir


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

382

mashq va kichik kuylar Taklif etilayotgan mashqlarni turli shtrixlarda va har xil harakatlarda

qo‘llab, barmoqlar texnikasining fikrlash tezligini birinchi darslardan boshlab rivojlantirish zarur.

Ko‘p miqdorda turli balandlikdagi tovushlarni ikki qo‘lda ijro etish uchun birbiriga chiziq

bilan bo‘lingan ikkita nota yo‘lidan foydalaniladi: yuqoridagi qator o‘ng qo‘lda, pastdagi qator esa

chap qo‘lda ijro etish uchun mo‘ljallangan. Ularning “akkolada” deb nomlanuvchi yoy birlashtirib

turadi. O’quvchilar o‘rganishlari lozim bo‘lgan eng birinchi kichik asarlar – bir ovozli qo‘shiqlar

bo‘lib, ular navbatma-navbat ikki qo‘l bilan chalish uchun mo‘ljallangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

383

Fortepiano ijrochiligining boshlang‘ich davrida ijro repertuarining ko‘lami nihoyatda

kengdir. Jahon kompozitorlarining musiqiy namunalari bilan birga, O‘zbekiston

kompozitorlarining milliy ruh bilan sug‘orilgan ko‘plab namunalari, o‘zbek xalq kuylarining

fortepiano uchun moslashtirilgan variantlari mavjuddir. Talabalarning badiiy ijrochilik tafakkurini

boyitish, texnik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun turli xarakterdagi asarlarni tanlash,

zamonaviy kompozitorlarning asarlari bilan birga, O‘zbekiston va jahon musiqa madaniyati

durdonalaridan namunalar bilan tanishib borish muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘rganishi

kerak bo‘lgan ilk asarlar bir ovozli qo‘shiq namunalari bo‘lib, ular asta sekin ikki qo‘l bilan chalish

uchun mo‘ljallanadi. Ikki qo‘l orasida taqsimlangan cholg‘u kuyini yanada aniq tushunish uchun

sekin tempda kuyning she’riy matnini qo‘shiq qilib kuylash juda foydalidir.

REFERENCES

1.

Djamalova D., Utayeva N. “Fortepiano olamiga ilk qadamlar”, o‘quv qo‘llanma. G‘.G‘ulom

nomidagi NMIU, Toshkent, 2016.

2.

Kisel E., Natanson B., Nikolayev A., Erejenskaya N. “Shkola igri na fortepiano”, Izdatelstvo

“Muzika”, Moskva, 1975.

3.

Azimov X.. Fortepiano darsligi. – T., “O‘qituvchi”, 1997.

4.

Shteynpress B., Yampolskiy I. “Enstiklopedicheskiy muzikalniy slovar”, Moskva, 1959.

5.

Hayitboyeva D. Notani varoqdan o‘qish va fortepiano ansambli. – T, “Uzbekiston”, 2010.

6.

Ташпулатова Д. Работа над этюдами Г.Мушеля в фортепианном классе. -T. 2011.

7.

Jahon va O‘zbekiston kompozitorlarinig asarlari. Turli yillar nashrlari.

References

Djamalova D., Utayeva N. “Fortepiano olamiga ilk qadamlar”, o‘quv qo‘llanma. G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, Toshkent, 2016.

Kisel E., Natanson B., Nikolayev A., Erejenskaya N. “Shkola igri na fortepiano”, Izdatelstvo “Muzika”, Moskva, 1975.

Azimov X.. Fortepiano darsligi. – T., “O‘qituvchi”, 1997.

Shteynpress B., Yampolskiy I. “Enstiklopedicheskiy muzikalniy slovar”, Moskva, 1959.

Hayitboyeva D. Notani varoqdan o‘qish va fortepiano ansambli. – T, “Uzbekiston”, 2010.

Ташпулатова Д. Работа над этюдами Г.Мушеля в фортепианном классе. -T. 2011.

Jahon va O‘zbekiston kompozitorlarinig asarlari. Turli yillar nashrlari.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов