LINGUISTIC STUDY OF THE TOPONYMS OF THE CITY OF MARGILON

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Yulbarsova, A., & Mamajonov, M. (2023). LINGUISTIC STUDY OF THE TOPONYMS OF THE CITY OF MARGILON. Modern Science and Research, 2(5), 959–963. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20464
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, the lexical basis of the toponyms of the Margilan area, the linguistic study of toponyms in the onomastic system, the concepts of the lexical basis in toponymy are discussed and analyzed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

959

MARGʻILON SHAHRI TOPONIMLARINING LINGVISTIK TADQIQI

Yulbarsova Adibaxon

Fargʻona davlat universiteti Lingvistika (oʻzbek tili) yoʻnalishi

2-kurs magistri

M. Mamajonov

Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.7963267

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Marg‘ilon shahri atrofi toponimlarining lug‘aviy

asoslari, onomastik tizimda toponimlarning lisoniy o’rganilishi, toponimiyada lug’aviy asos
tushunchalari haqida so‘z yuritilgan va tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Marg‘ilon, toponim, lug‘aviy, etnografiya.

LINGUISTIC STUDY OF THE TOPONYMS OF THE CITY OF MARGILON

Abstract.

In this article, the lexical basis of the toponyms of the Margilan area, the

linguistic study of toponyms in the onomastic system, the concepts of the lexical basis in
toponymy are discussed and analyzed.

Key words:

Margilan, toponym, dictionary, ethnography.

ЛИНГВИСТИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ ТОПОНИМОВ ГОРОДА МАРГИЛОН

Аннотация.

В данной статье рассматриваются и анализируются лексическая

основа топонимов Маргиланского района, лингвистическое исследование топонимов в
ономастической системе, понятия о лексической основе в топонимике.

Ключевые слова:

Маргилан, топоним, словарь, этнография.

Jugʻrofiy joylashuviga koʻra, Margʻilon tumani shimoldan va shimoli-gʻarbdan

viloyatning Nurota, gʻarbdan Navbahor tumanlari bilan, janubdan Zarafshon daryosi orqali
Samarqand viloyatining Paxtachi va Narpay tumanlari, janubi-sharq va sharqdan
Kattaqoʻrgʻon hamda shimoli-sharqdan Qoʻshrabot tumanlari bilan chegaradosh.

Margʻilon Turon zaminining juda qadim, necha asrlar qaʻriga borib tutashuvchi ulkan

tarix silsilasida uning qatiga yashiringan durru javohirdek koʻzga tashlanavermaydi. Faqat
uning oʻtmihini farzandlik mehri bilan sinchliklab oʻrganmoq zarur. Samarqand va Buxoroni
ikki qoʻlida tutashtirib turgan bu yurtning tarixi ular kabi juda qadimiydir.

Margʻilon markazi Iskandar Zulqarnayn zamonida Parakent (grekcha-turkcha yon, chet

qishloq, yaʻni daryo yonidagi), arablar istilosi davriga kelib Farahkent (chunki arabchada “p”
harfi, tovushi ishlatilmaydi), sohibqiron Amir Temur hukmronligi davridan XVII asrgacha
Faroxin qishlogʻi, qalʻasi deb yuritilgan. “Margʻilon” atamasining biz oʻrgangan, izlangan
tarixiy adabiy-badiiy manbalarda ilk bor uchrashi, bundan qariyb 300-yil muqaddam, oʻzbek
xalqining isteʻdodli shoiri, sheʻriyat mulkining sultoni boʻlmish Alisher Navoiydan keyingi
ulugʻ vakili Boborahim Mashrabning 1697-1709-yillar orasida Margʻilonda boʻlishi va bu
yerda “avliyo Gadoy Selkin ota maqbarasini ziyorat qilishi” tilga olingan.

Margʻilon tuman toponimiyasida son, miqdor tushunchalariga asoslangan

etnotoponimlar.

Turkiy urugʻ va qabilalar juda qadimiy davrlardan beri oʻz boshidan murakkab

shakllanish jarayonlarini kechirgan. Urugʻ, qabila maʻlum miqdor odamlarning guruhi, toʻpi,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

960

birlashuvi va uyushmasidan iborat boʻlgan. Maʻlum davrda bu toʻdaga yangi qardosh va
noqardosh urugʻlar (etnoslar) qoʻshilib turgan yoki qabila maʻlum bir shoxobcha, tarmoqlarga
boʻlinib ketgan. Mana shunday jarayonlar urugʻ, qabila tarkibidagi komponentlarning soni
miqdoriga taʻsir etgan. Mana shu xususiyat, belgi baʻzi hollarda urugʻ, qabilani atash,
nomlashga asos boʻlgan.

Odatda urugʻ yoki qabilani tashkil qilgan jamoaning son, miqdor jihatdan oz yoki

koʻpligi ushbu etnosning ijtimoiy hayotdagi oʻrni va rolini belgilashda muhim ahamiyat kasb
etgan. Shu sababli ham maʻlum xalq etnogenezida u yoki bu urugʻ yoki qabilaning oʻrnini va
ahamiyatini aniqlash uchun tadqiqotchilar ularning soni va miqdoriga eʻtibor berishgan.

Turkman tilshunosi S.Otaniyozov ushbu tip etnonimlarni “etnosning tarkibi va tuzilishi

bilan bogʻliq boʻlgan etnonimlar” sarlavhasi tagida tahlil qilgan va unga urugʻ, qabila, guruh
maʻnosini anglatuvchi soʻzlar bilan, son va miqdor bilan bogʻliq, etnosning hajmi bilan
bogʻliq, shuningdek etnosning aralashuvi, qoʻshiluvi bilan bogʻliq tushunchalarni anglatuvchi
etnonimlarni kiritgan

.

A.Otajonova Xorazmda ming, yuz, qirq, beshqay, birgʻulak, toʻgʻiz,

oʻnolti, oʻnikki, beshuy, mingbagʻolon kabi etnonimlarning mavjudligini, shuningdek,
moʻgʻulcha mangʻit, nayman, doʻrmon etnonimlari ham son, miqdor anglatishini qayd qilgan.

Maʻlumki, atoqli otlarga qiziqish oʻtmishda ham boʻlgan. Kishi ismlari, joy nomlarining

paydo boʻlishi, etnografiyasi, maʻno va etimologiyasi haqida tarixiy yozma manbalarda
anchagina qiziqarli fikrlar mavjud. Ammo atoqli ot materiallarini sistemali va izchil ravishda
toʻplash, ularni ilmiy asoslarda keng koʻlamda tahlil qilish oʻzbek filologiyasida oʻtgan
asrning 60-yillaridan boshlandi. Bu boradagi ilk qadamlar H.Hasanov, T.Nafasov,
E.Begmatovlarning

tadqiqotlarida oʻz ifodasini topdi. Keyingi yillarda oʻzbek onomastikasi,

ayniqsa, uning toponimika, antroponimika, etnonimika sohalari jadal rivojlandi. Endilikda
oʻzbek antroponimlarining materiallari qoniqarli ravishda toʻplangani va tadqiq qilingani,
deyarli barcha viloyatlar, bir qator tumanlar toponimiyasi monografik tarzda oʻrganilganini
qayd etish mumkin.

Oʻzbek tilshunosligida onomastik tadqiqotlar koʻlamining kengaya borishi bu ilmiy

sohaning rivoji, shakllanishi va ravnaq topishiga olib keldi. Oʻtgan davr davomida oʻzbek
ismlari va toponimlarini oʻrganishga bagʻishlangan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari
himoya qilindi, oʻnlab monografiya, toʻplam va risolalar, koʻpgina maqolalar eʻlon qilindi.
Bularning barchasi oʻzbek onomastikasi hozirda rivoj topgan mustaqil ilmiy soha ekanidan
dalolat beradi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, kishi atoqli otlari, toponimlari va etnonimiyasiga

munosabat tubdan oʻzgardi. Endilikda bu nomlar nafaqat lisoniy material, balki xalq tarixi,
madaniyati va maʻnaviyatining nodir merosi sifatida ham eʻzozlanadigan va oʻrganiladigan
boʻldi. Natijada oʻzbek onomastikasining tadqiq yoʻnalishlari yanada kengaydi va nufuzi
oshdi.

Tilimizning lugʻat tarkibida atoqli otlar maʻlum bir oʻrin egallaydi. Kishilarning ismlari,

familiyalar, otasining ismi, taxalluslar, shuningdek, geografik nomlar, planeta va
yulduzlarning nomlari, hayvonlarga atab qoʻyilgan nomlar atoqli otlar jumlasiga kiradi. Bular
bir butun holda oʻzbek tilining onomastik boyligini tashkil qiladi. Binobarin, onomastika soʻzi
asli yunoncha boʻlib, “nom qoʻyish sanʻati” degan maʻnoni bildiradi hamda u tilshunoslikning
atoqli otlarini oʻrganuvchi soha nomidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

961

Atoqli otlar doirasiga kiruvchi nomlar orasida toponimlar salmoqli oʻrinni egallaydi.

Toponim soʻzi asli yunoncha boʻlib, topos – joy, onoma – nom soʻzlaridan tashkil topgan
boʻlib, joy nomi maʻnosini anglatadi. Toponimlar geografik nomlar, joy nomlari deb ham
yuritiladi. Tilshunoslik fanining joy nomlarini oʻrganuvchi sohasi toponimika deb yuritiladi.
(Masalan, Fargʻona vodiysi toponimiyasi, Navoiy viloyati toponimiyasi kabi).

Joy nomlari juda uzoq davrning mahsuli boʻlib, til tarixi, tarixiy dialektologiya hamda

tarix, etnografiya, geografiya, geologiya kabi qator fanlar uchun boy faktik material beruvchi
manbadir. Joy nomlarining qachon paydo boʻlganligini, nimaga asosan shunday nom
olganligini, davrlar oʻtishi bilan bu nomda qanday oʻzgarishlar yuz berganligini aniqlashda
yuqoridagi fanlar hamkorlikda ish koʻradilar. Joy nomlarini oʻrganish oʻsha territoriyada
yashovchi xalqlarning tili, tarixi, turmushi, urf-odati, kasb-koriga oid qator masalalarni
oydinlashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Maʻlumki, oʻzbek toponimiyasini oʻrganishga doir baʻzi ilk tadqiqotlar H.Hasanov

qalamiga mansubdir. U koʻproq toponimlar tarixi va imlosi bilan qiziqdi. Uning “Geografik
nomlar imlosi”, “Oʻrta Osiyo joy nomlari tarixidan” tadqiqotida 60 ga yaqin toponim
qoʻllanilgan.

Oʻzbek toponimikasida mikrotoponimiya materiali alohida olingan holda tadqiq

qilingan ishlar ham mavjud. Biz bu oʻrinda Oʻralboy Oripovning “Nurota tumani makro- va
mikrotoponimiyasining lisoniy tahlili” Shamsiya Qodirovaning “Toshkent mikrotoponimlari”
va Xushboq Xolmoʻminovning “Boysun rayoni va uning atrof hududlari mikrotoponimiyasi”
mavzuida yozilgan nomzodlik dissertatsiyalari hamda ilmiy maqolalarini

koʻzda

tutmoqdamiz.

Bunday ishlar jumlasiga T.Rahmatovning Samarqand shahri va uning atroflari,

J.Latipovning Margʻilon shahri va uning atroflari, N.Oxunovning Qoʻqon gruppa rayonlari,
T.Enazarovning Shahrisabz hududi toponimiyasiga

2

bagʻishlangan tadqiqot ishlarini kiritish

mumkin. Mikrotoponimlar haqidagi baʻzi mulohazalar Tamtum qishlogʻi mikrotoponimiyasi
misolida S.Qorayev tomonidan aytilgan. U mikrotoponimlar yuzasidan bir qator rus
toponimistlari bildirgan fikrlarga suyangan holda bu masalaga oid oʻz qarashlarini bayon
qilgan.

Toponimiyada lugʻaviy asos tushunchasi

Tildagi atoqli otlar anglatuvchi obʻektlar moddiy, tabiiy va sunʻiy, xayoliy, real va

afsonaviy, dunyoviy yoki diniy boʻlishi, ular yer yuzasida, quruqlikda yoki suvliklarda yoxud
yer ostida, aksincha, fazoda joylashgan boʻlishi mumkin. Atoqli otlar maʻno va vazifasiga
koʻra xilma-xil boʻlib, ular insonga yoki hayvonot, oʻsimliklarga, boshqa xil jonli va jonsiz
mavjudotlarga, hajman ulkan yoki kichik obʻektlarga tegishli boʻlishi mumkin. Ushbu nomlar
miqdoran koʻp boʻlib, murakkab guruhlarni tashkil qiladi. Shu sababli ilmiy tadqiqotlarda bu
nomlarni qandaydir umumlashtirish, ularni maʻlum omillar asosida tasniflashga toʻgʻri keladi.

Yer usti va yer tagidagi tabiiy-joʻgʻrofiy hamda sunʻiy obʻektlarning atoqli otlari

guruhiga yer yuzasida joylashgan va oʻz atoqli otiga ega boʻlgan har qanday tabiiy, sunʻiy
obʻektlarning nomlarini anglatuvchi terminlar kiradi. Bunday obʻektlar yer yuzasida, yer
ostida, quruqlikda yoki suvliklarda, tekislik, pastlik yoki balandliklarda joylashgan boʻlishi
mumkin. Bunday obʻektlar xilma-xil va miqdoran koʻp boʻlib, onomastikada asosan 3 ta nom


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

962

bilan yuritilmoqda: toponim, gidronim, oronim. Nomlarning ushbu yirik guruhlari yana bir
qator mayda guruhlar, shoxobchalarga boʻlinadi. Masalan, agroonim, – yer uchastkalari nomi,
oykonim, komonim – aholi yashovchi oʻrinlar nomi, gelonim – botqoqliklar nomi, dromonim
– yoʻl harakati bilan bogʻliq obʻektlar nomi, limnonim – koʻllar va oʻsha tipdagi suvliklar
nomi, seleonim – yer tagida joylashgan tabiiy obʻektlarning atoqli oti va b.

Har qanday til lugʻaviy tarkibidagi ot turkumiga mansub soʻzlarni ikki katta guruhga

ajratish ilmiy udum boʻlgani maʻlum. Bular turdosh otlar va atoqli otlar. Bu ikki guruh
soʻzlarning mohiyati tilshunoslikka oid adabiyotlarda, ayniqsa, tilga oid darslik va
qoʻllanmalarda izohlab kelinadi. Chunonchi, “Ot leksemalar bir turdagi predmetlarning
hammasini nomlashi yoki bir turdagi predmetlardan bittasini atashi, ajratib koʻrsatilish
jihatidan quyidagicha guruhlanadi:

1.

Turdosh ot - bir turdagi predmetlarning nomi: qalam, terak kabi. Turdosh ot turni

turdan ajratadi.

2.

Atoqli ot - yakka predmetning atamasi. Atoqli otda umumlashtirish yoʻq, u

leksik jihatdan odatda shartli boʻlib, yakka bir predmetni oʻzi kabi boshqa yakka predmetdan
farqlab berishga xizmat qiluvchi tamgʻa vazifasini bajaradi».

Bir qator ishlarda otlarning turdosh va atoqli otlarga boʻlinishi otning maʻnoga koʻra

tasniflanishi asosida izohlanadi va otning bu shakl turiga shunday taʻriflar beriladi: “Bir
xildagi predmet va hodisalarning birini ajratib koʻrsatuvchi otlar atoqli otlar deyiladi”. “Bir
jinsdagi predmetlarning umumiy nomini bildiruvchi otlar turdosh otlar deyiladi”.

Asosida turdosh leksika yotuvchi toponimlar

1. Hududning fizikaviy-joʻgʻrofiy xususiyatlarini ifoda etuvchi toponegizlar.
2 Hududning landshaftini ifoda etuvchi toponegizlar. Bularga hududning relefini,

suvliklarning xususiyatini ifoda etuvchi soʻzlar kiradi: Shulliktepa, Qargʻatepa, Qoʻshtepa,
Choshtepa, Oqtosh.

3 geografik obʻektning joylashish oʻrniga ishora qiluvchi toponegizlar: Pastqishloq,

Oʻrtaqishloq, Chuqurqishloq, Balandqishloq, Jarboshi, Tepaqoʻrgʻon, Yonbosh, Oʻrtaovul,
Bashxijar.

4 geografik obʻektning hajmini ifoda etuvchi toponegizlar: Kattasoy, Maydonsoy,

Kichiksoy, Kattachorbogʻ, Kichikchorbogʻ.

5 Obʻektning miqdorini koʻrsatuvchi toponegizlar: Qoʻshtepa, Uchqora, Qirqiz,

Uchbuloq, Uchariq.

6 Joyning tuproq xususiyati, rang va tusini ifoda etuvchi toponegizlar: Oqtepa, Oqtosh,

Oqgumbaz, Oqoltin, Oqmachit, Koʻksaroy, Koʻkcha, Uchqora, Oltintepa.

7 Obʻektning xususiyati va shakliga ishora qiluvchi toponegizlar: Chuvak, Tasmachi,

Kamar, Chakalak, Suluvqoʻrgʻon, Yonbosh, Satilcha.

8 Obʻektning tabiiy materiali tarkibiga ishora qiluvchi toponegizlar: Sangjuman,

Xarsangsoy.

9 Obʻektning paydo boʻlishi davriga ishora qiluvchi toponegizlar: Yangiqurilish,

Yangiobod, Yangiyoʻl, Yangirabot, Navroʻz.

10 Obʻekt va joyning xususiyatini baholash maʻnosiga ega boʻlgan toponegizlar: Achchi,

Sharrak, Murdosh, Suluvquduq.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

963

Atoqli otlar oʻzining alohida mustaqil lisoniy materialiga ega boʻlmagani tufayli, tildagi

mavjud lugʻaviy boylik zaminida yasaladi. Margʻilon toponimiyasi boʻyicha biz olib borgan
kuzatishlar ushbu toponimlar zaminida ham oʻzbek tilining va boshqa bir qator tillarning lugʻaviy
materiallari yotishini koʻrsatdi. Bu toponimlarni avvalo ikki katta guruhga ajratish mumkin:

1.Turdosh soʻz toponegizlar.
2.Atoqli ot toponegizlar.
Toponegizlarni tahlil qilishdan oldin Margʻilon toponimiyasining xarakteri, toʻplangan

materialning hajmi, funksional belgilarini aniqlash, namoyish qilish maqsadida toponimlarni ular
qanday obʻektning atoqli oti boʻlib kelayotganiga koʻra qisqacha tasniflash va taʻriflashni lozim
topamiz.

Margʻilon toponimiyasi fondi ikki usulda rivojlanib va boyib borgan. Yangi nom ijod qilish

yoki obʻektni boshqa tildan oʻzlashgan nom bilan atash. Mahsuldori birinchi usuldir. Margʻilon
toponimiyasida yangi nom hosil qilishning uchta usuli kuzatiladi: affiksatsiya (morfologik) usul,
sintaktik usul va onomastik konversiya usuli. Eng mahsuldorlari sintaktik usul va onomastik
konversiya usulidir. Margʻilon toponimiyasi uchun affiksatsiya usuli xarakterli emas. Baʻzi
juzʻiy toponimlar -li qoʻshimchasi (Avoqli, Tikanli), -lik qoʻshimchasi (Suvlik), -zor
qoʻshimchasi (Jiydazor, Olmazor), -cha qoʻshimchasi (Qizilcha, Shoʻrcha) yordamida hosil
qilingan. Onomastik konversiya usuli biror kategoriyaga mansub apellyativlarning atoqli ot
kategoriyasiga vazifaviy koʻchishidir. Atoqli ot vazifasiga koʻchgan leksema murakkab
atoqlilashuv jarayonini boshdan kechiradi.

REFERENCES

1.

Abu Bakr Muhammad ibn Jaʻfar Narshaxiy. Buxoro tarixi. – T.: Fan, 1966. - 120 b.

2.

Ataniyazov S.A. Slovar turkmenskix etnonimov. – Ashxabad: Ilыm, 1988. – 179.

3.

Axmanova O.S. Slovar lingvisticheskix terminov. - M.: Prosvesheniye, 1966. 202 s.

4.

Begimov O. Janubiy Oʻzbekiston toponimlarining oʻzlashgan qatlami: Filol. fanlari ...
nomzodi dis. avtoref. - T., 1999. - 28 b.

5.

Begmatov E., Naimov S. O klassifikatsii toponimov // Tyurkskoye yazыkoznaniye. - T.,
1985. - S. 375-379.

6.

Begmatov E. Nomlar va odamlar. - T.: Fan, 1966. - 52 b.

7.

Begmatov E., Xolmoʻminov X. Spetsifika onimizatsii prilagatelnыx v sisteme
uzbekskoy mikrotoponimii // Problemы onomastiki Azerbaydjana. - Baku, 1991. – S.
264-265.

8.

Begmatov E. Joy nomlari - maʻnaviyat koʻzgusi. - T.: Maʻnaviyat, 1998. - 64 b.

References

Abu Bakr Muhammad ibn Jaʻfar Narshaxiy. Buxoro tarixi. – T.: Fan, 1966. - 120 b.

Ataniyazov S.A. Slovar turkmenskix etnonimov. – Ashxabad: Ilыm, 1988. – 179.

Axmanova O.S. Slovar lingvisticheskix terminov. - M.: Prosvesheniye, 1966. 202 s.

Begimov O. Janubiy Oʻzbekiston toponimlarining oʻzlashgan qatlami: Filol. fanlari ... nomzodi dis. avtoref. - T., 1999. - 28 b.

Begmatov E., Naimov S. O klassifikatsii toponimov // Tyurkskoye yazыkoznaniye. - T., 1985. - S. 375-379.

Begmatov E. Nomlar va odamlar. - T.: Fan, 1966. - 52 b.

Begmatov E., Xolmoʻminov X. Spetsifika onimizatsii prilagatelnыx v sisteme uzbekskoy mikrotoponimii // Problemы onomastiki Azerbaydjana. - Baku, 1991. – S. 264-265.

Begmatov E. Joy nomlari - maʻnaviyat koʻzgusi. - T.: Maʻnaviyat, 1998. - 64 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов