PRIVILEGES CREATED FOR FURTHER DEVELOPMENT OF LOCAL AND FOREIGN INVESTORS IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Qandimov, I. (2023). PRIVILEGES CREATED FOR FURTHER DEVELOPMENT OF LOCAL AND FOREIGN INVESTORS IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(5), 997–1000. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20501
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, using information and communication technologies, there are opinions and considerations about the wide opportunities and benefits created in order to further develop the activities of local and foreign investors in our country and increase the volume of investments.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

997

O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY VA CHET-EL INVESTORLARI FAOLIYATINI

YANADA RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA YARATILGAN IMTIYOZLAR

Qandimov Ilyos Qalandar o’g’li

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o’qituvchisi

kandimovi38@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7969686

Annotatsiya.

Ushbu maqolada axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan

holda, mamlakatimizda mahalliy va xorijiy investorlar faoliyatini yanada rivojlantirish va
kiritilayotgan sarmoya hajmini oshirish maqsadida yaratilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar
haqida fikr va mulohaza yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Investitsiya, investor, preferensiya, qo‘shilgan qiymat solig‘i, realizatsiya,

ijtimoiy infratuzilma, yagona ijtimoiy to‘lov, yagona soliq to‘lovi, muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlari.

PRIVILEGES CREATED FOR FURTHER DEVELOPMENT OF LOCAL AND

FOREIGN INVESTORS IN UZBEKISTAN

Abstract.

In this article, using information and communication technologies, there are

opinions and considerations about the wide opportunities and benefits created in order to further
develop the activities of local and foreign investors in our country and increase the volume of
investments.

Key words:

Investment, investor, preference, value added tax, implementation, social

infrastructure, single social payment, single tax payment, engineering and communication
networks.

ПРИВИЛЕГИИ, СОЗДАННЫЕ ДЛЯ ДАЛЬНЕЙШЕГО РАЗВИТИЯ

МЕСТНЫХ И ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТОРОВ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В данной статье с использованием информационных и

коммуникационных технологий приведены мнения и соображения о широких
возможностях и преимуществах, созданных для дальнейшего развития деятельности
местных и иностранных инвесторов в нашей стране и увеличения объема инвестиций.

Ключевые слова:

инвестиции, инвестор, преференция, налог на добавленную

стоимость, реализация, социальная инфраструктура, единый социальный платеж,
единый налоговый платеж, инженерно-коммуникационные сети.

Mamlakatimizda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun juda katta imkoniyat va salohiyat

mavjud. Yer osti va yer usti boyliklariga ega mamlakatimizda sarmoya kiritish istagida bo‘lgan
barcha xorijlik investorlar uchun eshigimiz ochiq. Eng quvonarlisi esa O‘zbekistonda tinchlik
hukmron bo‘lib, bu investorlar uchun eng birinchi navbatdagi imkoniyatdir. Shuningdek,
mamlakatizmizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida investorlar uchun bir qator huquq va
imtiyozlar kengaytirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi

Qonunining 34-moddasiga

ko‘ra

investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan

qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan imtiyoz hamda preferensiyalar quyidagilarni o‘z ichiga
olishi mumkin:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

998

Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni yoki ularga bo‘lgan mulkiy huquqlarni imtiyozli yoki
nolga teng xarid qiymati bo‘yicha investorga berish;

Soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berish;

Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investor tomonidan olinadigan kreditlar
bo‘yicha foiz stavkalarini subsidiyalash.

Imtiyozlar va preferensiyalar quyidagilarga qarab beriladi:

Investitsiyalar hajmiga;

Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan joyning shart-sharoitlariga;

Kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaraga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga;

Investitsiya loyihasini amalga oshirish sohalari va tarmoqlariga.

Soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar qonunda belgilangan tartibda beriladi. Ushbu
moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan preferensiyalar tegishincha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan,
shu jumladan munitsipal ob’ektlarga nisbatan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar
va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan berilishi mumkin. Imtiyozlar

va

preferensiyalar tegishli hududga investitsiyalar kiritishni nazarda tutuvchi investorlarga mazkur
hudud infratuzilmasining rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda beriladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda tashkil etilgan va qonun

hujjatlari bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot ishlab
chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) ixtisoslashgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar yuzasidan imtiyozlar qo‘llashning o‘ziga xos
xususiyatlari nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq:

Bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari quyidagilarga nisbatan beriladi,
jumladan:

ustav fondida (ustav kapitalida) chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz
bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil davomida o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka;

chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va O‘zbekiston
Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka;

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSh dollari
ekvivalentidan ortiq bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik
yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib
kirilayotgan tovarlar ularning o‘z ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lsa;

mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlar olib borish uchun mo‘ljallangan va loyiha
hujjatlariga muvofiq mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok
etayotgan chet ellik investor yoki boshqa shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib
kiriladigan tovarlarga, shuningdek investor tomonidan bojxona hududidan olib


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

999

chiqiladigan, mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq investorga tegishli bo‘lgan
mahsulotga;

bojxona hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib
kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot
qismlar, agar ularni yetkazib berish kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlarida nazarda
tutilgan bo‘lsa. Olib kirilgan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan paytdan e’tiboran
uch yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur
imtiyozning amal qilishi bojxona bojlarini to‘lash majburiyatlari tiklangan holda bekor
qilinadi;

xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan
yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat
ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o‘zgarishlar
yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat
solig‘i (tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi), mol-mulk solig‘i,
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov,
yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Budjetdan
tashqari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot
muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy
ajratmalar to‘lashning mazkur korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tish sanasida amal qilgan
me’yorlari va qoidalarini qo‘llashga haqlidirlar;

qiymati 50 million AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50
foiz bo‘lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi
zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablag‘lari hamda
boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi;

vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat
idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha talablar va cheklovlar
o‘rnatilishi qat’iyan taqiqlangan va bu hol qonunga xilof deb hisoblanadi;

investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy kompaniyalar ishchilari
uchun viza tartibini soddalashtirish (kirish va ko‘p martalik vizalarni 12 oy muddatga
rasmiylashtirish)

xorijiy investorlarga o‘zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat
budjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda boshqa ko‘rsatkichlarni
hisobga olgan holda zarur bo‘lgan iqtisodiy axborotlardan tizimli asosda belgilangan
tartibda keng foydalanish imkoniyatlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2012 yildagi PF-4434-sonli Farmoniga
muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2005 yildagi PF-3594-sonli Farmoniga
muvofiq:

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda tashkil etilgan va ilovaga

muvofiq ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga (xizmatlar
ko‘rsatishga) ixtisoslashtirilgan korxonalarga quyidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1000

investitsiya hajmlarida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida
soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi:

300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha — 3 yil muddatga;

3 million AQSh dollaridan ortiq va 10 million AQSh dollarigacha — 5 yil muddatga;

10 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda — 7 yil muddatga.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2017 yildagi PF-4933-sonli Farmoniga
muvofiq:

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchi davlat mulki ob’ektlarining sotib oluvchilari —

tashkilotlar oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan boshlab 12 oy muddatga yangi sotib
olinayotgan davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan ozod
qilinadi, bo‘shagan mablag‘lar xususiylashtirilgan ob’ektlarni modernizatsiyalash, texnik va
texnologik qayta jihozlash hamda ularni rivojlantirishga maqsadli tarzda yo‘naltiriladi.

Mamlakatimizda sarmoyalar hajmini kelgusi 5 yilda 120 milliard dollarga yetkazish,

jumladan, kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb etish mo‘ljallanmoqda. Ushbu
investitsiyalar eng avvalo, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya va transformatsiya qilish, ishlab
chiqarish, kommunal va transport infratuzilmasini jadal rivojlantirishga yo‘naltirish uchun aniq
loyiha va dasturlar ishlab chiqilgan.

Yangi O‘zbekistonda investorlar o‘zini erkin his etishi, ertangi kunga katta ishonch bilan

qarab barqaror ishlashi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganidan mamnun ekanini izhor
etishdi. Eng muhimi esa O’zbekiston Prezidenti huzurida xorijiy investorlar Kengashi tuzilgani va
unda investorlar muammolari ochiq-oydin hal etilishi chet ellik sarmoyadorlarda katta ishonch
uyg‘otmoqda.

REFERENCES

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent - 1992 y.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni,

25.12.2019 y.

3. lex.uz sayti


References

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent - 1992 y.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 25.12.2019 y.

lex.uz sayti

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов