INTELLECTUAL PROPERTY LAW DEVELOPMENT AND LEGAL GUARANTEES

HAC
Google Scholar
To share
Qandimov, I. . (2023). INTELLECTUAL PROPERTY LAW DEVELOPMENT AND LEGAL GUARANTEES. Modern Science and Research, 2(9), 318–322. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24182
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The rapid introduction of modern information and innovative technologies to economic sectors, social and other fields by applying the results of intellectual activity is considered one of the important conditions for the rapid development of the Republic of Uzbekistan.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

318

INTELLEKTUAL MULK HUQUQINING RIVOJLANISHI VA HUQUQIY

KAFOLATLARI

Qandimov Ilyos Qalandar o‘g‘li

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi

e-pochta:

kandimovi38@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8377280

Annotatsiya.

Intellektual faoliyat natijalarini qo‘llash orqali iqtisodiyot tarmoqlari,

ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy axborot-innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy qilish
O‘zbekiston Respublikasini jadal rivojlantirishning muhim shartlaridan biri sanaladi.

Kalit so‘zlar

:

Intellekt, mulk huquqi, ixtirolar, patent, intellektual faoliyat natijalari,

intellektual mulk obyektlari, muallaiflik huquqi, turdosh huquqlar.

INTELLECTUAL PROPERTY LAW DEVELOPMENT AND LEGAL

GUARANTEES

Abstract.

The rapid introduction of modern information and innovative technologies to

economic sectors, social and other fields by applying the results of intellectual activity is
considered one of the important conditions for the rapid development of the Republic of
Uzbekistan.

Key words:

Intellect, property rights, inventions, patent, results of intellectual activity,

intellectual property objects, copyright, related rights.

РАЗВИТИЕ ЗАКОНА ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ И

ПРАВОВЫЕ ГАРАНТИИ

Аннотация.

Быстрое внедрение современных информационных и инновационных

технологий в отрасли экономики, социальную и другие сферы путем применения
результатов интеллектуальной деятельности считается одним из важных условий
быстрого развития Республики Узбекистан.

Ключевые слова:

Интеллект, права собственности, изобретения, патент,

результаты

интеллектуальной

деятельности,

объекты

интеллектуальной

собственности, авторское право, смежные права.


Abstract.

The

rapid

introduction

of

modern

information

and

innovative

technologies to economic sectors, social and other fields by applying the results of
intellectual activity is considered one of the important conditions for the rapid development of the
Republic of Uzbekistan.

The rapid introduction of modern information and innovative

technologies to economic sectors, social and other fields by applying the results of intellectual
activity is considered one of the important conditions for the rapid development of the
Republic of Uzbekistan...

Key words:

Intellect, property rights, inventions, patents, results of intellectual

activity, intellectual property objects, copyright, related rights.


Mamlakatimizda iqtisodiyot

tarmoqlariga intellektual

faoliyat

natijalari

va

innavotsiyalarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, mintaqaviy brendlarni
yaratish, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, intellektual mulkning
ishonchli himoyasini ta`minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 26- aprel


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

319

2022-yil 221-son PQ “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo`shimcha
chora tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq intellektual mulkni ishonchli himoya qilish,
intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, mamlakatning
investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda kontrafakt mahsulotlarga samarali

qarshi

kurashish,

shuningdek,

Yangi

O‘zbekistonning

2022-2026-yillarga mo`ljallangan

taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish uchun bir qator maqsad qo`ygan.
Unga ko`ra intellektual mulk obyektlarining oldi-sotdisiga qulay shart- sharoitlar yaratish
uchun “Intellektual mulk- barcha uchun” maxsus internet- auksion savdo platformasi Adliya
vazirligi tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Intellektual mulk obyektlari- intellektual faoliyat natijalari, fan, adabiyot va san’at

asarlari hamda sanoat namunalari barcha davlatda huquqiy himoyaga olingan. Bu toifadagi
mahsulotlardan dunyo jamoatchiligi bahramand bo‘lishi uchun esa kelishuv va shartnomalar
asosida boshqa davlatlarda ham foydalanishga yo‘l qo‘yilgan. Buning uchun ham milliy, ham
xalqaro-huquqiy asoslar va mexanizmlar yaratilgan. Davlatlararo xalqaro hamkorlikni
ta’minlash maqsadida xalqaro universal hukumatlararo tashkilotlar tuzilgan. Har

qanday

mamlakatning

rivojlanganlik

darajasi

undagi intellektual

mulkning rivojlanganlik

darajasiga qarab belgilanadi. Shuning uchun barcha mamlakatlarda o‘z intellektual mulkini
rivojlantirish borasida, ayniqsa, bu mulkning davlatda va butun dunyoda himoyalanishiga
katta e’tibor qaratiladi.

1967-yil 14-iyul kuni Stokgolm shahrida imzolangan Butunjahon intellektual mulk

tashkilotini tashkil etish haqidagi konvensiya asosida tashkil etilgan Butunjahon
intellektual mulk tashkilotining (BIMT) intellektual mulkni xalqaro himoya qilishda o‘rni
katta. Ushbu tashkilot 1974-yil dekabr oyida BMTning hukumatlararo xalqaro tashkiloti
degan maxsus maqomni olgan. Tashkilotning vazifasi – dunyoda davlatlar o‘rtasida kelishuv va
bitimlar asosida intellektual mulkni himoya qilishni muvofiqlashtirish hamda shu sohadagi
turli shartnoma va konvensiyalarning ma’muriy boshqaruvini ta’minlashdan iborat.

Bugungi kunda dunyoning 180 dan ortiq davlati BIMTning a’zosi hisoblanadi.

O‘zbekiston 1991-yil 25-dekabrdan mazkur Tashkilotning teng huquqli a’zosidir.
Mamlakatimiz BIMTning 14 ta xalqaro hujjatini tasdiqlagan. 2000-yili Butunjahon
intellektual mulk tashkilotiga a’zo davlatlari o‘rtasida 26-aprel – “Xalqaro intellektual mulk kuni”
sifatida nishonlanishi kelishilgan. 2001-yildan boshlab ushbu sana har yili butun dunyoda
nishonlab kelinmoqda.

Intellektual mulk – bu turli zamonlarda insonlar o‘zining ongi va tafakkuri, bilimi va

qobiliyati yordamida kundalik ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda turli sohalarda yaratgan ijod
mahsulotlari yoki mulklari. “Intellekt” lotincha so`z bo`lib, “aql” degan ma`noni anglatadi.

Bu mulklarni zamonaviy texnologiya sohasi, fan va adabiyot sohasi yoki sanoat va

kimyo sohasi singari boshqa bir qator sohalarning rivojlanishi, yangiliklar yaratilishi va
tatbiq etilishi misolida sanab o‘tish mumkin. Inson salohiyati bilan yaratilgan intellektual
mulkning himoya qilinishi, ommaga taqdim etilishi, moliyalashtirilishi, shuningdek
faoliyatini davom ettirishi, ayniqsa, uning muhofaza etilishi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunlari, Fuqarolik Kodeksida alohida belgilab o`tilgan.

Intellektual faoliyat natijalari. Intellektual faoliyat o‘z xarakteriga ko‘ra, inson

faoliyatining eng oliy ko‘rinishi – ijodiy faoliyat hisoblanadi. Inson ijodiy faoliyati bu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

320

faoliyatni amalga oshirish usul-vositalari, faoliyat mahsullari xususiyatlariga ko‘ra inson
ongli faoliyatining boshqa ko‘rinishi odatdagi, kundalik faoliyatidan farq qiladi.

Intellektual faoliyat natijalariga quyidagilar kiradi:

- fan, adabiyot va san’at asarlari;

- ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoki eshittirish beruvchi

tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari;

elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;

- ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;

- seleksiya yutuqlari;

- oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau).

Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlari, ishlar va xizmatlarning xususiy

unsurlarini aks ettiruvchi vositalarga nisbatan bo‘lgan huquqlarga ham mutlaq huquqlar
haqidagi qoidalar qo‘llaniladi. Ma’lumki, fuqarolik muomalasida turli-tuman subyektlar
ishtirok etadi, ayni vaqtda, muomalada xilma-xil mahsulot va xizmatlar harakatda bo‘ladi. Mana
shunday sharoitda subyektlar, ular ishlab chiqargan tovarlar va ko‘rsatadigan xizmatlar
alohida farqlash belgilariga ega bo‘lishi shart, aks holda, turli anglashilmovchilik, qiyinchiliklar
vujudga kelishi mumkin. Ana shunday farqlash belgilari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining
o‘zlarini, uning ishlab chiqargan tovarlari, bajaradigan ishlari va ko‘rsatadigan
xizmatlarining

xususiy

alomatlarini

(individual

belgilarini)

aks

ettiruvchi vositalar

hisoblanadi. Bunday alohida farqlash belgilarining quyidagi turlari mavjud:

- firma nomlari;

- tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);

- tovar chiqarilgan joy nomi.

Ma’lumki, intellektual faoliyat eng tez rivojlanib borayotgan dinamik jarayon

hisoblanadi. Yuksak sur’atlar bilan davom etayotgan bu jarayon natijasida intellektual
faoliyatning

yangi

mahsullari

vujudga

kelmoqda.

Masalan,

topogral

va

integral

mikrosxemalar. Garchi ular mavjud qonunlarda nazarda tutilmagan bo‘lsa ham ularga
nisbatan O`zbekiston Respublikasi Fuqarlik Kodeksining 1031-moddasi uchinchi qismida
belgilangan qoidalar mazmunidan kelib chiqib, intellektual mulk haqidagi qoidalar
qo‘llaniladi. Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining ular ishlab chiqarayotgan tovarlar,
ko‘rsatadigan xizmatlarining yangi farqlash belgilari vujudga kelishi mumkin va bunday
holda ham ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Fuqarlik Kodeksining IV bo‘limiga
tegishli qoidalar qo‘llaniladi.

Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish deganda bu obyektlarga

nisbatan subyektiv huquqlar sohibi huquqlarining qonuniy jihatdan qo‘riqlashini vujudga
keltirish asoslari tushuniladi. Binobarin, intellektual mulk obyekti o‘z-o‘zidan huquqiy
muhofaza ostiga olinmaydi, balki bu obyektga nisbatan sub’ektiv huquqlarga ega bo‘lga
shaxslar muallifning shaxsiy huquqlari, mutlaq huquqlar sohibining huquqlari, litsenziya
asosida foydalanuvchining huquqlari, avvaldan foydalanuvchining huquqlari va shu kabilar
huquqlari huquqiy jihatdan muhofaza ostiga olinadi.

Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza ostiga olish:

- ularning yaratilganlik fakti asosida;

- O‘zbekiston Respublikasi Fuqarlik Kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

321

tutilgan hollarda va tartibda vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza hujjati
berilishi asosida vujudga keladi.

Oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquqiy muhofaza berish shartlari qonun bilan

belgilanadi.

Intellektual ob’ektlarning quyidagi turlari bo‘yicha ularni huquqiy muhofaza qilish

ularning yaratilishi (vujudga kelish) fakti asosida sodir bo‘ladi:

- fan, adabiyot va san’at asarlari;

- EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;

- ijrolar, ijrolarni sahnalashtirish, eshittirish va ko‘rsatuvlar;

- topologik va integral sxemalar.

Intellektual mulk quyidagi obyektlarining huquqiy muhofazasi davlat organi

tomonidan huquqiy muhofaza yorlig‘i berilishi asosida vujudga keladi:

- ixtiro, sanoat namunasiga nisbatan – patent beriladi;

- foydali modelga nisbatan – guvohnoma beriladi («Ixtirolar, sanoat namunalari,

foydali modellar to‘g‘risida»gi Qonundan);

- seleksiya yutuqlariga nisbatan – patent beriladi;

- tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisiga nisbatan u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib –

guvohnoma beriladi;

- firma nomi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib (reestrga kiritilib) bu haqda – dalolatnoma

beriladi;

- tovar chiqarilgan joy nomiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib – undan

foydalanish huquqi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

Mutloq huquqlar- bunday huquq egalarini turli harakatlar sodir etish (ijodiy faoliyat

mahsulidan foydalanish, uni tasarruf etish kabi) bo‘yicha haqdorligi, vakolatliligini va ayni
vaqtning o‘zida boshqa har qanday shaxslarga bunday yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarni sodir
etishning taqiqlanishini ta’minlovchi subyektiv mutlaq huquq tushuniladi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan tahlillar intellektual faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or

intellektual faoliyat natijalarini qo‘llash orqali ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish,
intellektual mulkni huquqiy himoya qilish, davlat organlari va tashkilotlarining ushbu
yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini zamon talablariga moslashtirish, intellektual mulk
obyektlari qo‘llangan mahsulotlar hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda o‘z nomiga
(brendiga) ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar
lozim darajada olib borilmayotganini ko‘rsatadi.

Xususan: intellektual mulk obyektlarini ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilish

ko‘rsatkichlari juda pastligi, aholi va tadbirkorlik subyektlari intellektual mulk sohasi bo‘yicha
yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z
faoliyatiga intellektual faoliyat natijalarini joriy qilishdan manfaatdor emas va ixtirochilar va
novatorlar uchun qulay shart- sharoitlar yaratilmaganligidir. Qayd

etilgan

kamchiliklar

mamlakatimizda

intellektual

mulk

sohasining jadal rivojlanishiga, jahon bozorlarida

O‘zbekiston nomini ifoda qiluvchi mahsulotlar eksporti hajmining ortishiga, xorijiy
investitsiyalarni jalb etishga, iqtisodiyotning o‘sishiga hamda davlat va jamiyat hayotining
boshqa sohalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan 2022 — 2026-
yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi qabul


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

322

qilinishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. “Intellektual mulkning samarali huquqiy
muhofazasidan — kuchli huquqiy himoyasi sari” tamoyili asosida intellektual mulkni jamiyat
va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini rivojlantiruvchi asosiy drayverga aylantirish orqali
O‘zbekistonni ilmiy-texnikaviy va ixtirochilik jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga kiritish
hamda mintaqaviy brendlarni hududlarni har tomonlama rivojlantiruvchi vosita sifatida
yuzaga chiqarish mumkin.

Shuningdek

26-aprel

2022-yil

221-son

PQ

“Intellektual

mulk

sohasini

yanada rivojlantirishga oid qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida” gi qaroriga muvofiq intellektual
mulk sohasi bo‘yicha qonunchilikda mavjud bo‘shliq va ziddiyatlarni bartaraf qilish, ilg‘or jahon
tajribasi asosida uni doimiy takomillashtirib borish, respublikada amalga oshirilayotgan
ma’muriy islohotlar doirasida intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini mas’ul
vazirlik va idoralar faoliyatidagi bir-birini takrorlovchi vazifa va funksiyalarni bartaraf qilish
orqali takomillashtirish, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish jarayonlarini
zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda muntazam takomillashtirib

borish

va

intellektual mulk obyektlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlash intellektual mulk obyektlarining
ta’sirchan huquqiy mexanizm bilan himoya qilinishini ta’minlash intellektual mulk sohasini
byurokratiyadan holi qilish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy qilish orqali to‘liq raqamlashtirish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining intellektual
mulkka bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha
innovatsion usullarni qo‘llagan holda manzilli targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish
intellektual mulk sohasi bo‘yicha global integratsiya jarayonlarida faol ishtirok etishi intellektual
mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega

.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini
yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-son Qaroriga
asosan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk
sohasini rivojlantirish strategiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y.,
06/23/108/0460-son;

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk
ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
4965-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son;

3.

Intellektual mulk huquqi: rivojlantirish istiqbollari / Ma’sul muharrir: A.G‘afurov. –
T.: “Adolat”, 2012. 68 bet;

4.

Intellektual mulk huquqining dolzarb muammolari / xorijiy ekspertlar ishtirokida
(videokonferensiya shalida) Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – T.:
TDYU, 2020. – 336 bet;

5.

Intellektual mulk. Darslik. Mas’ul muharrirlar: yu.f.d., prof., O.Oqyulov, yu.f.f.d. (PhD), dosent
N.E.G‘afurova // Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2019. – 588 bet;

Internet saytlari

1.

www.lex.uz

2.

www.norma.uz

3.

www.huquqiyportal.uz

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-son Qaroriga asosan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son;

Intellektual mulk huquqi: rivojlantirish istiqbollari / Ma’sul muharrir: A.G‘afurov. –T.: “Adolat”, 2012. 68 bet;

Intellektual mulk huquqining dolzarb muammolari / xorijiy ekspertlar ishtirokida (videokonferensiya shalida) Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – T.: TDYU, 2020. – 336 bet;

Intellektual mulk. Darslik. Mas’ul muharrirlar: yu.f.d., prof., O.Oqyulov, yu.f.f.d. (PhD), dosent N.E.G‘afurova // Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2019. – 588 bet;

Internet saytlari

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов