Authors

  • Oltinoy Adxamova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.64294

Keywords:

tarix vatan ozodlik jamiyat beqarorlik barqarorlik jadid maktab ma’naviy barkarorli madaniyat.

Abstract

Ushbu maqolada yoshlar ma’naviy barqarorligini taminlashda Abdulla Avloniyning manaviy merosi haqida ma`lumot berish va talabalarni axloqiy tarbiyalashda Abdulla Avloniy pedagogik merosining imkoniyatlari masalasi yoritib berilgan. Abdulla Avloniyning ko‘plab tarbiyaga oid asarlaridagi uning qarashlari va ulardan bugungi kunda yoshlar tarbiyasiga ta’sir imkoniyatlari haqida gap boradi.

background image

1153

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

ABDULLA AVLONIY HAYOT YO‘LI VA ASARLARINING

MA’NAVIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI

Adxamova Oltinoy Rafiqjon qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tasviriy sanat yo'nalishi

1-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14784393

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yoshlar ma’naviy barqarorligini taminlashda Abdulla

Avloniyning manaviy merosi haqida ma`lumot berish va talabalarni axloqiy tarbiyalashda

Abdulla Avloniy pedagogik merosining imkoniyatlari masalasi yoritib berilgan. Abdulla

Avloniyning ko‘plab tarbiyaga oid asarlaridagi uning qarashlari va ulardan bugungi kunda

yoshlar tarbiyasiga ta’sir imkoniyatlari haqida gap boradi.

Kalit so‘zlar:

tarix, vatan, ozodlik, jamiyat, beqarorlik, barqarorlik, jadid,maktab,

ma’naviy barkarorli, madaniyat.

ЖИЗНЕННЫЙ ОБРАЗ АБДУЛЛЫ АВЛОНИ И ЕГО ПРОСВЕТИТЕЛЬСКОЕ

ЗНАЧЕНИЕ В ЕГО ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

Аннотация.

Данная статья проливает свет на возможности педагогического

наследия Абдуллы Авлони в обеспечении нравственной устойчивости молодежи и

предоставлении информации о духовном наследии Абдуллы Авлони в нравственном

воспитании учащихся. Многие работы Абдуллы Авлани по образованию рассказывают о

его взглядах и их влиянии на образование современной молодежи.

Ключевые слова:

история, Родина, свобода, общество, нестабильность,

стабильность, современность, школа, нравственная устойчивость, культура.

THE LIFE WAY OF ABDULLA AVLONI AND ITS EDUCATIONAL SIGNIFICANCE

IN HIS WORKS

Abstract.

This article sheds light on the possibilities of Abdulla Avloni's pedagogical

legacy in providing moral stability of young people and providing information about the spiritual

heritage of Abdulla Avloni in moral education of students. Many of Abdulla Avlani's works on

education talk about his views and their influence on the education of young people today.

Key words:

history, homeland, freedom, society, instability, stability, modernity, school,

moral stability, culture.

KIRISH.

O‘zbek pedagogikasi tarixida yangi usul maktabi tarafdorlari harakati, ularning boy

pedagogik merosi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bunda shubhasiz, Abdulla Avloniyning

pedagogik asarlari o‘ziga xos o‘ringa ega.


background image

1154

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Uning “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Adabiyot”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi

muallim”, “Uchinchi muallim”, “Hisob”, “Tarixi anbiyo”, “Maktab jug‘rofiyasi” kabi darslik-lari;

“Pinak”, “Advokatlik osonmi?”, “Biz va siz” kabi dramalari Turkiston o‘lkasi xalqlari o‘rtasida

ma’lum va mashhur bo‘lgan. Avloniyning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan darsliklarining ba’zilari bir

necha marta nashr qilingan bo‘lsa, ba’zilari qo‘lyozma holicha qolib ketgan. Abdulla Avloniy

darsliklaridagi badiiy matnlar talabalarga ta’lim berish bilan birga tarbiya, asosan, axloqiy tarbiya

berishda muhim ahamiyatga ega. Axloqqa Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: “Insonlarni

yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini,

yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur».

O‘tmish tarixmizga nazar soladigan bo‘lsak, o‘zbek xalqi asrlar mobaynida o‘z

mustaqilligiga erishish uchun kurashib keldi. Bunday harakatlarga vatanparvar ulug‘ ajdodlarimiz

rahbarlik qilishdi. Millati, o‘z xalqi erkinligi yo‘lida aziz jonlaridan kechdilar. XIX asr oxiri va

XX asr boshlariga kelib, xalq ozodlik kurashlari demokratik tus oldi. Rossiyada 1905, 1907 va

1917 yillarda ro‘y bergan voqealardan keyin demokratik harakat boshiga jadidlar (arabcha jadid

so‘zi – yangi ma’nosiga anglatadi) chiqdi. Afsuski, Rossiyada bo‘lgan 1917 yil oktabr

to‘ntarishdan kutilgan natijaga erishilmadi. O‘zbek xalqi sovet imperiyasi asoratiga tushdi. Milliy

ozodlik harakati boshida turgan ziyolilar qatag‘on etildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka

erishgach, jadidchilik harakati va uning namoyondalari nomiga yopishtirilgan tavqi la’nat va soxta

yorliqlar olib tashlanib, ularning asl nomlari qayta tiklanib ularga xurmat-ehtirom munosabati

bilan Yunus-obod tumanida “Xotira majmui” bunyod etildi. Yoshlarimiz qalbida abadiy yashaydi.

XIX asr oxiri va XX asr boshidagi o‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri

ma’rifatparvar shoir, dramatur, jurnalist, olim, davlat va jamoat 97 arbobi Abdulla Avloniydir. XX

asr boshlarida Avloniy jadidchilik harakatiga qo‘shilib, Toshkentdagi jadidlarning faol

ishtirokchilaridan biri bo‘lib tanildi. Abdulla Avloniyning fikricha, insonlarga eng muhim, ziyoda

sharaf, baland daraja berguvchi narsa axloq tarbiyasidur. Abdulla Avloniy inson xulqini ikkiga:

yaxshi va yomon xulqlarga bo‘ladi: “Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo‘lmishlar:

agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlarni odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo‘lub, “yaxshi xulq”; agar

tarbiyasiz o‘sub,yomon ishlarni ishlaydurgon bo‘lub ketsa,yomonlikka tavsif bo‘lub, “yomon

xulq” deb atalur”. Abdulla Avloniydan axloqiy tarbiyaga oid boy pedagogik meros qolgan. Biz

ilmiy-tadqiqot ishimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning she’r va hikoya-laridan

talabalarni axloqiy tarbiyalash imkoniyatlariga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlarga ajratdik: –vatan,

vatanparvarlik; – do‘stlik, o‘rtoqlik;–rostgo‘ylik;–ustoz, ota-ona va qavm-u qarindoshlarga

hurmat; – ilm-u ma’rifatga da’vat;–sabr, qanoat; –saxovat. Vatan, vatanparvarlik haqidagi she’r

va hikoyalar. XX asr boshlarida vatan, vatanparvarlik haqida ko‘plab badiiy hamda pedagogik

asarlar yozildi.


background image

1155

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Bular ichida Abdulla Avloniyning vatan, vatanparvarlik haqidagi merosi o‘ziga xos o‘ringa

ega bo‘lib, u hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Abdulla Avloniyning 1912 yilda

nashr qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida vatan, vatanparvarlik, o‘z yurtiga sadoqat va

sodiqlik haqidagi “Vatanni suymak” bobida shunday 85 yozadi: “Har bir kishining tug‘ulub o‘skan

shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ulgan, o‘sgan yerini jonidan

ortiq suyar...Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suydigimiz kabi arablar

Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘llarini, eskimo‘lar-shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik

yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson

yerlarga o‘z vatanlarin tashlab, hijrat qilurlar edi”.Talabalarni axloqiy tarbiyalashda Abdulla

Avloniyning “Bahor”, “Yoz”, “Kuz”, “Qish” she’rlari; o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida

tarbiyalashda esa “Vatan” hamda “Hijron so‘zi” she’rlari, ayniqsa, diqqatga sazovor. Dramaturg

A.Avloniy o‘zbek milliy madaniyatining atoqli namoyandasi sifatida mahalli teatr sanatiga tamal

toshi qo‘ygan. U jaholat, bid’at, bilimsizlik oqibatida ko‘plab illatlarni qoralaydi. Bu illatlardan

qutulish, bartaraf etish orqali millatning yoruglikka chiqarishini, oxir-oqibat shavinizm goyasiga,

mustamlakachilik zulmidan halos bo‘lib, ozodlikka, chiqarishni ko‘zlaydi. A.Avloniy Turkistonda

dastlabki teatr trupasi tashkil etishda faol ishtirok etib, sahnaga qo‘yish uchun “Advokatlik

osonmi?”, “Pinak”, “Biz va Siz”, “Portugaliya inqilobi”, “Layli va Majnun”, “Ikki muhabbat”,

“To‘y”, “O‘liklar” kabi dramalar yozdi. Shuningdek, truppa uchun teatr, Ozarbayjon tillarida bir

necha kichik sahna asarlarini tarjima qilib beradi. Avloniy ijodi 60- yillarning ohirlaridan o‘rganila

boshlandi. Hozirda uning turli janrlardagi asarlaridan namunalar alohida kitoblár holida chop

etilgan. Marifatparvar shoir Abdulla Avloniy adabiy merosida she’riy asarlarida ikki qalbning bir-

biriga sevgi izhori emas, balki Vatanga, xalqiga, millatiga cheksiz muhabbat goyasi o‘rin olgan.

Uning fikricha, har bir inson qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbati jo‘sh urib turishi, Vatan,

millat ravnaqi yo‘lida kurashish lozimligini uqtiradi. U “har bir millatning dunyoda borlig‘ini

kursatadug‘on oynayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini

yo‘qotmakdir” – deydi. Buyuk marifatparvar bobomiz o‘z zamonasida “axloq”, “xulq”, “tarbiya”

ga juda katta e’tibor berganlar. Ular tomonidan yozilgan asarlarda tarbiya millat uchun hayot-

mamot masalasi ekanini o‘rtaga qo‘yib, yoshlarni ma’naviy barqarorligini ta'minlashda

tarbiyaning nechog‘lik muhim ekanligini uqtirib o‘tadilar. “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot,

yo nazhot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidur”. Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan

o‘zgartirish o‘sib kelayotgan yosh -avlodni tarbiyalash muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda.

O‘quvchilarga ta’limtarbiya berish jarayonida buyuk allloma va yozuvchilarmzni ibrat

qilib ko‘rsatishim ularni asarlaridagi tarbiyaviy fikrlarini uqtirishimiz va o‘zimiz hayotda

qo‘llashimiz haqida tushuntirib uqtirib borishimiz darkor. Jumladan, buyuk shoir, yozuvchi,

dramaturg, pedagog, jurnalist va xalq arbobi, o‘zbek madaniyati va adabiyotining asoschilaridan


background image

1156

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

biri Abdulla Avloniy. Abdulla Avloniy o‘zbek pedagogikasi, dramaturgiyasi, milliy teatri,

jurnalistikasi, bolalar adabiyotini yangi darajaga olib chiqqan. Abdulla Avloniy - milliy uyg‘onish

davri o‘zbek pedagogikasining asoschisi. Avloniy haqida so‘z ketar ekan o‘zbek pedagogikasining

zabardast asoschilaridan biri bo‘lgan. Avloniy kambag‘al oilada tug‘ilgan bo‘lsada o‘sha davrdagi

muhit og‘ir bo‘lishiga qaramay izlanishdan to‘xtamagan va ko‘plab asarlar yozib qoldirgan.

Avloniyni yozgan asarlarini, pedagogika sohasiga qo‘shgan hissalarini va erishgan yutuqlarini

aytib o‘tishni lozim ko‘rdim. Avloniy hayoti davomida ko‘lab asarlar, ko‘plab ilmiy ishlar va

darsliklar yozib vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shgan. Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi

muallim” asarlarida yosh kitobxonlar tafakkuriga mos ilm xosiyati, va ilmsizlik oqibati to‘g‘risida

turli pand-nasihatlar keltirilgan. “Maktab gulistoni” dagi she’r va hikoyada ijtimoiy dolzarb

muammolar qamrab olgan. Shuningdek, bunday she’rlar orqali yosh avlodni ma’rifatga davat etish

etish, kitobxonlarni vatanga muhabbat, o‘z yurtiga va millatiga, yurtiga sadoqatli qilib

tarbiyalashga asosiy fikr qaratilgan: Kerak tarbiyat yoshlikdan demak, Ulug‘ bo‘lsa, lozim kelur

g‘am yemak.

Egur bemashaqqat kishi novdani, Tuguncha erur kuydirib. Shoirning 1905-yildan keyingi

ijodiga mansub bo‘lib, milliy ijtimoiy xarakterdadir. Ayo ey sohibi urfon! Vatan bog‘inda faryod

et. Otib tashla arodin eski odatlarni barbod et. Maorifla funun tahsilina qil rahnamolig‘ san,

Qorong‘uda qolan millatni nuri ilma irshod et. Vatan mehri agar bo‘lsa- dilingda ishq savdosi, Otil

nuri maorifga o‘zingni misli Farhod et! Yuqoridagi fikr Avloniy emas, umuman she’riyatning hos

xususiyatlardandir. Biz bu she’r orqali Vatanga muhabbatni, faqatgina millatning ravnaqi emas

balki yashashi uchun ilm kerakligi uqtirilgan. Yuqoridagi satr onaga yoki yorga muhabbat haqida

emas aksincha,ma’rifatga muhabbat e’tirof etilgan. Abdulla Avloniy darslik tuzishda ham,dars

berish davomida ham didaktik prinsiplar asosida amal qilgan. Abdulla Avloniy jadid maktablarini

darslik bilan ta’minlashda alohiga e’tibor bergan. 1905-1917-yillar orasida o‘nga yaqin darsliklar

yaratdi. Ushbu alifbo darsligi ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi alifbo qismida harflar 124

o‘rgatilgan,ularning so‘z o‘rniga qarab oladigan shakllari o‘rgatiladi.O‘qitishni soddaroq harf

o‘rgatish usulidan boshlab o‘rgata boshlagan. Abdulla Avloniy “Brinchi muallim” asarini

Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval” hamda Munavvarqori Abdurashidxon o‘glining «Adibi

avval»asarlaridan keyin tilga oladi: «Uchinchi - Birinchi muslim. Bu alifbo 1912-yilda Abdulla

Avloniy tomonidan yozilib Toshkentda «Maktab» kutubxonasining xarji bilan bosildi. Muallif

alifboni yazatishda bolalarning yosh xususiyatlariga alohida e’tibor berdi, o‘qishning eng oson

usullarini qo’llashga harakat qildi. Bu haqida A.Avloniy yozadi:» Muhtaram muallim

farzandlarimizdan rijo qilurmanki, bizning «Birinchi muallim»imizdan ham olub, tajriba qilub,

o‘qutub korsalar. Chunki, har bir gulning bir isi, har mevaning tami va mazasi bordur. Bu «boy»

va tam esa tajriba soliblarina kashf va malim etur.


background image

1157

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Shoyad, millat bolalarini foidabaxsh olur umidunda bir necha muallimlarimizning iltijolari

ila ko‘p vaqt tajriba so‘ngidan bu risolai ojizanomani «Birinchi muallim» ismi-la maydoni

intishora qo‘ydim. Maorifparvar muallim birodarlarimiz iltifotsiz qoldirmasalar kerak.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, o‘zbek milliy madaniyatining atoqli namoyandasi A.Avloniy biz

uchun ulkan bir maktab yaratib ketgan. Hamda yoshlarni bilim olishi uchun ta’lim o’chogiga asos

solgan. Yoshlarni yuqorida ko‘rsatilgan usullar yordamida ma’naviy-ma’rifiy ruhda tarbiyalash

barkamol avlodni shakllantirishdagi muammolarni bartaraf etishi mumkin. Farzand tarbiyasi

hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Farzandlarni tarbiyasi eng avvalo

oiladan boshlanadi. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona degan maqol ham bejiz emas. A.Avloniy ruhi

hali hamon qalbimizda mangu yashaydi.

REFERENCES

1.

Zunnunov, A. Pedagogika tarixi.O‘quv qo‘llamna. Toshkent- 2004.

2.

Abdulla Avloniy. Toshkent tongi. Gafur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti.

Toshkent-1979.

3.

https://uz.m.wikipediya.org

4.

https://elib.buxdupi.uz/books/Abdulla%20Avloniy.pdf

References

Zunnunov, A. Pedagogika tarixi.O‘quv qo‘llamna. Toshkent- 2004.

Abdulla Avloniy. Toshkent tongi. Gafur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti. Toshkent-1979.