IMAGE POSSIBILITIES IN THE COMPOSITION OF A PROSE WORK

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Gulboyeva, F. (2023). IMAGE POSSIBILITIES IN THE COMPOSITION OF A PROSE WORK. Modern Science and Research, 2(5), 1200–1202. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20625
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article reveals the role of the components of the composition of the epic work - narrative, description and dialogue as an element that organizes the text as a whole. Also, the image, which is an integral part of the description, is analyzed as a separate component and its role in the composition of the prose work is shown.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1200

NASRIY ASAR KOMPOZITSIYASIDA TASVIR IMKONIYATLARI

Gulboyeva Feruza Mamatkarimovna

Termiz davlat universiteti adabiyotshunoslik: (o'zbek adabiyoti)

2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7978779

Annotatsiya.

Mazkur maqola epik asar kompozitsiyasining tarkibiy qismlari – rivoya,

tavsif va dialogning matnnni bir butun holda tashkillantiruvchi unsur sifatidagi o’rni ochib
berilgan. Shuningdek, tavsifning bir uzvi bo’lgan tasvirning ham alohida component sifatida tahlil
qilinib nasriy asar kompozitsiyasidagi o’rni ko’rsatib berilgan.

Kalit so’zlar:

Nasriy asar, yozuvchi, qiyofa va harakter, tasvirning ifoda yo’sini, asardagi

qiziqarlilik va sirlilik, badiiylikni ta’minlash, ijodkor.

IMAGE POSSIBILITIES IN THE COMPOSITION OF A PROSE WORK

Abstract.

This article reveals the role of the components of the composition of the epic

work - narrative, description and dialogue as an element that organizes the text as a whole. Also,
the image, which is an integral part of the description, is analyzed as a separate component and
its role in the composition of the prose work is shown.

Key words:

Prose work, writer, image and character, way of expression of the image,

interest and mystery in the work, providing artistry, creator.

ВОЗМОЖНОСТИ ОБРАЗА В КОМПОЗИЦИИ ПРОЗАИЧЕСКОГО

ПРОИЗВЕДЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье раскрывается роль компонентов композиции

эпического произведения - повествования, описания и диалога как элемента,
организующего текст в целом. Также образ, являющийся составной частью описания,
анализируется как отдельный компонент и показывается его роль в композиции
прозаического произведения.

Ключевые слова:

прозаическое произведение, писатель, образ и персонаж, способ

выражения образа, интерес и загадочность в произведении, художественность, творец.

Yozuvchilar o'z asarlarida tasvirlar yordamida shaxsning qiyofa va harakter, psixologiya

va kechinmalari, shuningdek kayfiyati va tashqi olam, muhit bilan o’zaro munosabatini
belgilaydi. Ayniqsa, bugungi zamonaviy asarlarda tasvirning ifoda yo’sini va imkoniyatlari tobora
kengayib bormoqda. Bugungi zamonaviy yozuvchilar, jumladan, Omon Muxtor. Xayriddin
Sulton, Erkin A’zam, Nazar Eshonqul, Isajon Sulton, Ulug’bek Hamdam kabilarning turli xil
katta-kichik janrdagi nasriy asarlarida tasvir yo’sini va maqsadi anchayin kengaynini ko’rish
mumkin. personajlar harakteri, kayfiyati, psixologiyasi haqida, shuningdek, kelajakda ro’y berishi
kutilayotgann voqea-hodisalar haqida o’quvchiga habar berishda rivoya usulidan, aniqroq
aytganda, bayonchilikdan qochib, asardagi qiziqarlilik va sirlilikni, ijodkor niyati va maqsadidagi
badiiylikni ta’minlash maqsadida tasvirning turli ko’rinishlaridan ijodiy imkoniyat sifatida zo’r
mahorat bilan foydalanib kelmoqdalar.

Xususan, yozuvchi Isajon Sulton nasriy asarlarida tasvir imkoniyatlarini teran anglab, his

qilgan ijodkor sifatida keng va samarali foydalana olgan deya ayta olamiz. Shu sabab yozuvchi
Isajon Sulton zo’r mahoart bilan o’z asarlarida tasvirning go’zal namunalarini yaratib kelmoqda.
Jumladan, “Alisher Navoiy”, “Ozod”, “Boqiy darbadar” kabi romanlari hamda “Oydinbuloq


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1201

to’plami” (1995), “Boqiy darbadar”(2011), “Ozod”(2013), “Bog’i Eram” (2015), “Hazrati Hizr
izidan” (2018) nomli to’plamlaridan joy olgan qissa va hikoyalarida tasvirning bejirim,
shuningdek, falsafiy ahamiyat kasb etgan betakror namunalarini ko’plab uchraydi. Yozuvchining
ana shunday asarlaridan biri “Ozod” romanining “Birinchi aks” deb nomlanuvchi faslidan lavha
keltiramiz:

“Qishloqda odatiy hayot davom etmoqda edi. (rivoya)

Har yer-har yerdan ko‘kimtir tutun ko‘kka o‘rlar, qiy-chuv, chaqaloqlar yig‘isi eshitilardi.

Kimdir tandirgami, o‘choqqami o‘t yoqdi. Qaydadir qo‘ylar ba’radi; o‘n-o‘n ikki yoshlar
chamasidagi bolakay bir to‘da qo‘yni o‘tlatgani haydab keta boshladi.

Quyiroqdagi hovlida choponining o‘ngirini qayirib olgan bir kishi quruq yaydoq yerga

tosh tashirdi”.

1

Birinchi jumlada roviy qishloqning odatiy hayot tarzi davom etayotganini aytadi-yu, ko’p

so’zlab o’tirmay, keyingi jumladan o’sha odatiy qishloq hayotini tasvirlashga o’tadi. Dastlab,
qishloqning umumiy tasviri beriladiki, go’yoki o’quvchi biror trepalikdan turib qishloq hayotini
o’z ko’zlari bilan tomosha qilayotgandek tuyuladi. Shuningdek, bunday tasvirlash usuli qishloq
hayotidan olingan kinoning boshlanish qismini ham esga solidi. Bir necha tasvir va voqea-hodisani
ichiga olgan bunday tasvirni faqatgina uzoqdan ko’ra olish mumkin yoki kinoda umumiy
plandagina aks ettirish mumkin. Tasvsifning bunday usuli kinodagi tasvirga olish jarayoni bilan
deyarli bir xil.

Yozuvchi tasvir obyektlarini o’zgartirar ekan, har bir tasvirga olingan manzarani asar

matnida ham alohida abzas bilan ajratib tasvirlaydiki, o’quvchi ham tasvir nuqtasi o’zgarganini
darhol fahmlab oladi. Keyingi tasvir obyekt nuqtai nazaridan torayib, “

quyiroqdagi hovlida

choponining o‘ngirini qayirib”

olib tosh tashiyotgan bir kishiga qaratiladi va bir necha sniya tasvir

kamerasi ushbu jarayonni muhrlaydi. Shuningdek, tasvirda ayni jarayonga alohida to’xtalishning
sababi, o’quvchi asarning asosiy qahramonini uzoqdan tanishtirib o’tishdir. Ushbu matning birgina
gap orqali qisqagina to’xtalib o’tishining sababi ham shunda.

“Bostirma ostidagi biqini chandig‘li otning sag‘risiga loy

sachragan, oldiga bir quchoq

beda tashlab qo‘yilgan edi. Uning yemish bilan ishi yo‘q, nimadandir bezovta. Sal narida shotisi
tikka qilib qo‘yilgan, ulkan g‘ildiraklariga aylanasiga temir qoplangan, xom teridan ishlangan
qayishlari osilib-osilib qolgan ko‘hna arava ko‘zga tashlandi”

2

.

Keyingi abzas bilan yana tasvir o’rni o’zgarib, jarayon yana odatdagicha davom etadi.

Endilikda bostirma ostidagi biqini chandig‘li, sag‘risiga loy sachragan, oldiga bir quchoq beda
tashlab qo‘yilgan ammo yemish bilan ishi yo‘q, nimadandir bezovta bo’layotgan ot “tasvirga
olinadi”. Shu zahoti nima sababdan otning yag’riniga loy sachragani, yemishga qaramayotgani va
bezovtaligi o’quvchini qiziqtiradi. Ammo bu savolning javobi ham keying qoldiriladi. Ko’rinib
turibdiki, yozuvchi asarning qiziqarliligini ta’minlovchi, diqqatni bir nuqtaga jamlovchi bir necha
kichik-kichik tugunlarni tasvirga singdirib yuboradi. Roviy otni tasvirlab bo’lib, uning yon-
atrofiga nazar soladi va go’yoki o’zi ham birinchi marta ko’rib turganday, atrofdagi ko’zi ilg’agan
narsa-buyum yoki holatni tasvirlaydi: “

Sal narida shotisi tikka qilib qo‘yilgan, ulkan

g‘ildiraklariga aylanasiga temir qoplangan, xom teridan ishlangan qayishlari osilib-osilib qolgan

1

Исажон султон. Озод. – Тошкент. «шарқ юлдузи» журнали, 2011 йил, 4-5-сонлар

2

Исажон султон. Озод. – Тошкент. «шарқ юлдузи» журнали, 2011 йил, 4-5-сонлар


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1202

ko‘hna arava ko‘zga tashlandi”.

Shuningdek, qisqa muddat to’xtalib, tasvir keltirilishining

asababi, o’quvchiga voqea-hodisaning asosiy nuqtasi va personajni tanishtirib, yana tezda bu
nuqtaga qaytishni anglatardi. Chunki, asardagi har qanday, hattoki detal tasviri ham bekorga
tanishtirilmaydi, qachondir bu tasvir ijodkorning badiiy g’oyasi uchun, albatta, xizmat qiladi.

Shuni ta’kidlash joizki, o’quvchi keltirilgan tasvirni roviy ko’zi bilan ko’radi. Roviy bir

muddat atrofni ko’zdan kechirib, voqealar rivoji davomida ishtirok etadigan dastlabki obzarlar
tasviridan so’ng, atrofdan ko’z uzib uzoq-uzoqlarga, qirlarga, bulutlarga, osmon-u fakakka
tikiladi.

“Qirlarning ustida, Uchyong‘oqda bulutlar quyuqlashgan, goh-goh momaqaldiroq

gumbirlardi. Undan ham narida, Iskandar devorining tepasidagi bulutlar esa qop-qora tus olgan,
ahyon-ahyonda orasida yarq etib chaqmoqlar yallig‘lanardi”.

3

Roviy endi bu qishloqni emas, boshqa, qirlar ustidagi Uchyong’oq qishlog’ida ro’y berayot

tabiat hodisalarini tasvirini keltiradi. “quyuqlashgan bulutlar”, “goh-goh momoqaldiroq
gumburlashi”, “Iskandar devorining tepasidagi bulutlar esa qop-qora tus olgan”i,

ahyon-

ahyonda bulutlar orasida yarq etib chaqmoqlar yallig‘lanishi kabi bir nechab tasvir zamirida
yozuvchi o’quvchini o’sha olis qishloqda ro’y berayotgan yoki ro’y bermoqchi bo’lgan qandaydir
voqealardan ogohlantirmoqchi bo’ladi va shu tasvir keyingi voqealar uchun ekspozitsiya vazifasini
bajaradi.

Roviy uzoqlardan ko’z olib yana yon veridagi holat va hodisalarga bir-bir nazar tashlab

o’tadi.

“Imorat qurilayotgan hovlidan nariroqdagi boshqa hovlida bir ayol xom non to‘la savatni

ko‘tarib, tandir yoniga keldi. Tandirda olov pasaya boshlagan, qizg‘ish cho‘g‘lar chirsillar edi.
Ayol cho‘g‘larni kurak bilan bir yerga uydi-da, ustiga kul tortdi.

Yomg‘ir isini anqitib, sarsari shabada esa ketdi”

4

.

Ushbu jumlalarda aks etgan tasvirdan bilib olishimiz mumkinki, choponini o’ngirini

qayirib, tosh ko’tarib borayotgan kishining hovlisida imorat qurilayotgan ekan. Keyingi tasvir,
tandirga non yopishga chog’langan qo’shni ayol. Yozuvchi qishloq tasvirini shu yerda “Yomg‘ir
isini anqitib, sarsari shabada esa ketdi” jumlasi bilan yakunlanadi. Yozuvchi ketma-ket keltirirgan
bu tasvirlar qatida biz anglagan va anglamagan olam-olam ma’nolarni singdirib yuboradi

.

Badiiy voqelikning o’ziga xos ifoda yo’sini sifatida kengayib, tarmoqlanib borayotgan

tasvir hodisasi bugungi kunda kompozitsion unsurga aylanib bormoqda desak ham mubolag’a
bo’lmaydi.

REFERENCES

1.

Исажон султон. Озод. – Тошкент. «шарқ юлдузи» журнали, 2011 йил, 4-5-сонлар


3

Исажон султон. Озод. – Тошкент. «шарқ юлдузи» журнали, 2011 йил, 4-5-сонлар

4

Исажон султон. Озод. – Тошкент. «шарқ юлдузи» журнали, 2011 йил, 4-5-сонлар

References

Исажон султон. Озод. – Тошкент. «шарқ юлдузи» журнали, 2011 йил, 4-5-сонлар

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов