ISSUES OF IMPROVING THE COURT HEARING OF DISPUTES RELATED TO LAND RELATIONS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Alimjanov, R. (2023). ISSUES OF IMPROVING THE COURT HEARING OF DISPUTES RELATED TO LAND RELATIONS. Modern Science and Research, 2(5), 1258–1261. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20643
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the issues of improving the court hearing of disputes related to land relations. In the course of the article, reasonable opinions and comments were given within the scope of the topic. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1258

YER MUNOSABATLARIGA OID NIZOLARNI SUDDA KO’RISHNI

TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Alimjanov Rustam Irisdavlatovich

O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi

Sudyalar oliy maktabi tinglovchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7980586

Annotatsiya.

Mazkur maqolada yer munosabatlariga oid nizolarni sudda ko’rishni

takomillashtirish masalalari haqida so’z boradi. Maqola davomida mavzu doirasidagi asosli fikr
va mulohazalar berib o’tilgan. Maqola so’nggida xulosa va takliflar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

yer munosabatlari, nizolarni sudda ko’rish, millatlararo totuvlik va diniy

bag’rikenglik.

ISSUES OF IMPROVING THE COURT HEARING OF DISPUTES RELATED

TO LAND RELATIONS

Abstract.

This article talks about the issues of improving the court hearing of disputes

related to land relations. In the course of the article, reasonable opinions and comments were
given within the scope of the topic. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.

Key words:

land relations, adjudication of disputes, interethnic harmony and religious

tolerance.

ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ СУДЕБНОГО РАССМОТРЕНИЯ

СПОРОВ, СВЯЗАННЫХ С ЗЕМЕЛЬНЫМИ ОТНОШЕНИЯМИ

Аннотация

. В данной статье рассматриваются вопросы совершенствования

судебного рассмотрения споров, связанных с земельными отношениями. По ходу статьи
были даны обоснованные мнения и комментарии в рамках темы. Выводы и предложения
даны в конце статьи.

Ключевые слова:

земельные отношения, разрешение споров, межнациональное

согласие и веротерпимость.


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko`lamli islohotlar milliy

davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz
chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo
totuvlik va diniy bag`rikenglik muhitini ta`minlash uchun muhim poydevor bo`ldi.
Respublikamizda iqtisodiyot tarmoqlarini yanada rivojlantirish va ularni yer resruslariga bo`lgan
ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratildi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
Islom Karimov mamlakatda yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni shakllantish davrida
yer munosabatlarini takomillashtirish to`g`risida to`xtalib, “Yer Ollox taolloning bebaho inomidir.
U tom ma`noda odamlarni boqadi, kiyintiradi. Bevosita dehqonchilik bilan bog`langan oilaning
emas, balki ma`lum bir tarzda qishloq xo`jaligi bilan aloqador barcha tomorqalar va uning
ne`matlaridan bahramand bo`layotgan respublikamizning barcha aholisi farovon turmush
kechirishi uchun moddiy negiz yaratadi. Ayni vaqtda yer ulkan boylik bo`libgina qolmay,
mamlakatning kelajagini belgilab beradigan omil hamdir”, degan edi. Bu fikrning nechog`liq
to`g`ri ekanligini guvohi bo`lmoqdamiz. “Xalq boy bo`lsa, davlat ham boy va qudratli bo`ladi”
deb o`z nutqlarida keltirgan edilar. Qishloq xo`jaligiga bag`ishlangan yig`ilishda ham Shavkat
Mirziyoyev tomonidan “Bizni boqayotgan ham kiyintirayotgan ham bu yer va mirishkor


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1259

dehqonlardir” deb o`z nutqlarida keltirishi yer munosabatlari bugungi kunda ham nechog`liq
ahamiyatliligini ko`rsatadi.

Yer nizolarining tushunchasi haqida so`z yuritilar ekan, birinchi navbatda yer nizolarining

o`zi nimaligini, bu nizolar kimlar o`rtasida va qanday sabablarga asosan vujudga kelishini nazarda
tutish lozim. Yuridik va qishloq xo`jaligiga tegishli adabiyotlarda yer nizolarini ular yerga oid
munosabatlar doirasida vujudga keladigan, nizolashayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar
tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydigan nizoli holatlar sifatida keltirilgan. Biz
bilamizki taraflar o`zaro kelisha olmasligi natijasida nizo kelib chiqadi yoki yer munosabatlari
subyektlari qonunga xilof harakatlari natijasida nizo vujudga keladi. Maxsus ilmiy adabiyotlarda
ta`kidlanishicha, “Yer nizolari - bu manfaatdor tomonlar o`rtasidagi u yoki bu yer uchastkasining
o`zlariga tegishliligi va o`zlarining yerga oid huquqlari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirish
hamda ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan kelishmovchilikdir”.
Bilamizki qonunga belgilangan qoidalarga bilmay amal qilmaslik yoki bilib turib amal qilmaslik
oqibatida nizo yuzaga keladi. Yer nizolarini yer qonunchiligini buzish natijasida kelib chiqadigan
kelishmovchilik sifatida ham tushunish mumkin.

O`zbekiston Respublikasida sud O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa

qonunlarida, inson huquqlari to`g`risidagi xalqaro hujjatlarda e`lon qilingan fuqarolarning huquq
va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan
qo`riqlanadigan manfaatlarini sud yo`li bilan himoya qilishga da`vat etilgan. Sudning faoliyati
qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta`minlashga qaratilgandir.
Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan quyidagi nizolar:

-

yer uchastakasini olib qo`yish to`g`risidagi vakolatli organlarning qarorini bekor qilish va

u bilan bog`liq yetkazilgan zararni o`rnini qoplash;

-

yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yish va qayta sotib olish

natijasida yetkazilgan zarar o`rnini qoplash;

-

yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda yoki yer to`g`risidagi qonun

hujjatlarini buzgan holda foydalanganida yer uchastkasini olib qo`yish;

-

servitutni belgilash yoki bekor qilish; yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish huquqi

bilan bog`liq bo`lmagan huquq buzilishlarini bartaraf etish; birgalikda egalik qilinadigan yoki
foydalaniladigan yer uchastkasidan foydalanish tartibini belgilash va uni bo`lish;

-

yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish; yer uchastkalariga

bo`lgan huquqlarni tugatish;

-

yer kodeksining 86,87-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yer egalari, yerdan

foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o`rnini
qoplash;

-

yer uchastkalarining ijara shartnomasi bilan bog`liq va boshqa nizolar da`vo ish yuritish

tartibida ko`riladi.

O`zbekiston Respublikasi Iqtisiody protsessual kodeksining 23-moddasiga muvofiq,

yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va
yakka tartibda tadbirkor maqomiga ega bo`lgan fuqarolar o`rtasida kelib chiqqan nizolar iqtisiody
sudlarga taalluqlidir. Yuridik shaxslar o`rtasida vujudga keladigan nizolarning o`ziga xosligi
shundaki, bunday nizolar faqatgina iqtisodiy sudi muhokamasining protsessual normalarini
qo`llagan holda iqtisodiy sudida ko`rib chiqiladi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1260

kodeksi 31-moddasining 1- bandiga asosan u taraflardan hech bo`lmaganda bittasi fuqaro bo`lgan
nizolarga doir ishlar, qonunda bunday nizolarni hal qilish iqtisodiy sudi yoki boshqa organlarga
topshirilgan hollar bundan mustasno bo`lib bular fuqarolik sudlariga taalluqli bo`ladi. Fuqarolik
kodeksning 279-moddasida sanab o`tilgan alohida tartibda ko`riladigan ishlar va qonun bilan
sudlarning vakolatiga berilgan boshqa ishlar fuqarolik sudlariga taalluqlidir. Bunday hollarda nizo
fuqaroviy-protsessual huquqining umumiy normalarini qo`llagan holda fuqarolik sudda ko`rib
chiqiladi. O`zbekiston Respublikasining ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksining
26-moddasida quyidagicha belgilangan: “Ma`muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning
buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
to`g`risidagi, ma`muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar
taalluqlidir, bundan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo`yicha
sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno. Qonun bilan ma`muriy
sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin. Agar O`zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, ma`muriy
sud o`ziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar va ma`muriy organlar, shuningdek o`z
faoliyatini O`zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari,
xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ishtirokida ko`radi. O`zaro
bog`liq bo`lib, ba`zilari ma`muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo`yicha sudga taalluqli
bo`lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo`yicha sudda
ko`rilishi lozim. O`zaro bog`liq bo`lib, ba`zilari ma`muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga
taalluqli bo`lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo`l qo`yilmaydi”. Oldin ma`muriy ishlarni
tegishliligiga qarab sudlar ko`rganlar. Bugungi kunda sud islohotlari natijasida ma`muriy sudlar
tashkil qilindi. Yuqoridagi holatlar yuzaga kelganda bugungi kunda ma`muriy sudga murojaat
qilish imkoniyati mavjud. O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodekisining 5-
modda Sudda fuqarolik ishi quzg`atishi uchun sabablar quyidagilar:

1) uzining huquqi yoki qonun bilan qoriqlanadigan manfaatini himoya qilishni so`rab

murojaat qilgan shaxsning arizasi boyicha;

2) prokurorning arizasi bo`yicha;
3) agar davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunga muvofiq

boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun
sudga murojaat etishga haqli bo`lsalar, ularning bergan arizalari bo`yicha. Sudda da`vogarning
buzulgan huquqlarini tiklash uchun sud ishini qo`zga`atish uchun belgilangan tartibda
da`vogarning sudaga yozgan da`vo arizasi bilan va prokuror va boshqalarning arizalariga asosan
sud ish boshlanadi. Da`vo arizasini tegishliligi bo`yicha tuman, tumanlararo fuqarolik sudiga
berish orqali ish qo`zg`atiladi. Shu tartibda ma`mury va iqtsodiy sudlarga ham da`vo qilishi mukin.
Sudlarga da`vo arizasiga da`voni isbotlash uchun va buzulga huquqqa haqiqatdan ham egaligini
asoslovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim. Dastlab shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar. Fuqaro bo`lsa
fuqarolik pasportidan nusxa. Agada yuridik shaxs bo`lsa davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi
hujjat, Har bir sud avvalombor shu yer da`vogarga tegishlimi degan savolga javob qidiradi. Yer
uchastkalarini ajratib berish Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent
shahri, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan berilishi Yer kodekisining 23-moddaisda
belgilangan. Shuning uchun, yer ajratib berish to`g`risidagi viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar,
shaharlar hokimlari chiqargan qarorning nusxasi, sud lozim topsa asl nusxasini so`rab olishi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1261

mumkin. Yer ajratish to`g`risidagi kamissiyaning xulosasi, O`zbekiston Respublikasi Yer
resruslari, geodeziya, kartografiya, davlat kadastiri davlat qo`mitasinng joylardagi bo`limlari
tomonidan berilgan kadastir yoki bosha hujjatlari ilova qilinishi lozim. Yer nizosi yer ijarasi yoki
yer bilan bog`liq boshqa shartnomalardan kelib chiqsa taraflar o`rtasida tuzilgan shartnoma ilova
qilinishi lozim. Davlat boji to`langanligini asoslovchi kvitansiya. Agarda ekspirteza tayinlash talab
qilinsa sud ekspertiza tayinlaydi va eksopert xulosasi olinadi. Da`vo arizasini ikkinchi tarafga
yuborilganligini asoslovchi pochta kvitansiyasi yoki xabardor qilinganligi to`g`risidagi tilxat.
Agarda talabnoma yuborish to`g`risida shartnomada belgilangan bo`lsa talabnoma yuborilganligi
to`g`risidagi hujjatlar bo`lishi talab etadi. Agarda o`zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda
foydalanish huquqi (servitut) asosida kelib chiqadigan yer nizolarida bu to`g`risida tuzilgan
shartnoma nusxa yoki asli ilova qilinishi talab etadi.

REFERENCES

1.

Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag`ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo`shma majlisidagi nutq – T.: “O`zbekiston”,
2016. -56 b.

2.

Mirziyoev SH.M. Qishloq xo`jaligi xodimlari kuniga bag`ishlab o`tkazilgan yig`ilishdagi
nutqidan 2018-yil 9-dekabr.

3.

Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo`ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma`ruza, 2017-yil 14-yanvar`. – T.: “O`zbekiston”, 2017.-104
b.

4.

O`zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 82-modda; 2003-y., 9-10-son, 149- modda;

5.

O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2004-y., 25-son, 287- modda, 51-son,
514-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2009-y., 3-son, 9- modda,52-son, 555-modda;
2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda, 36-son, 452-modda;2015-y., 33-
son, 439-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda;

6.

Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son,
19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

7.

O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolik protsessual kodeksi” (Qonun hujjatlari
ma`lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 02/18/FPK/0612-son).

8.

O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksi.
(Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 02/18/MPK/0627-son)

9.

Usmonov M.B., Mirzaabdullaeva M.R. Yer huquqi. O`quv-uslubiy majmua. – Toshkent:
TDYUI nashriyoti, 2008. – 214 b.

10.

Земельное право. Учебник. – М.: Проспект, - 2006. - С. 210- 211.(Zemel`noepravo.
Uchebnik. – M.: Prospekt, - 2006. - S. 210-211.) 3.3. Lloyd, Trevor Owen (1996). The
British Empire. Oxford University Press. ISBN 0-19-8731334-5.

References

Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag`ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo`shma majlisidagi nutq – T.: “O`zbekiston”, 2016. -56 b.

Mirziyoev SH.M. Qishloq xo`jaligi xodimlari kuniga bag`ishlab o`tkazilgan yig`ilishdagi nutqidan 2018-yil 9-dekabr.

Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma`ruza, 2017-yil 14-yanvar`. – T.: “O`zbekiston”, 2017.-104 b.

O`zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 82-modda; 2003-y., 9-10-son, 149- modda;

O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2004-y., 25-son, 287- modda, 51-son, 514-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2009-y., 3-son, 9- modda,52-son, 555-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda, 36-son, 452-modda;2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda;

Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolik protsessual kodeksi” (Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 02/18/FPK/0612-son).

O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksi. (Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 02/18/MPK/0627-son)

Usmonov M.B., Mirzaabdullaeva M.R. Yer huquqi. O`quv-uslubiy majmua. – Toshkent: TDYUI nashriyoti, 2008. – 214 b.

Земельное право. Учебник. – М.: Проспект, - 2006. - С. 210- 211.(Zemel`noepravo. Uchebnik. – M.: Prospekt, - 2006. - S. 210-211.) 3.3. Lloyd, Trevor Owen (1996). The British Empire. Oxford University Press. ISBN 0-19-8731334-5.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов