MUNCHOQTEPA ARCHAEOLOGICAL COMPLEX AND ITS DESCRIPTION

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abduvaliyeva, N. (2023). MUNCHOQTEPA ARCHAEOLOGICAL COMPLEX AND ITS DESCRIPTION. Modern Science and Research, 2(5), 1299–1305. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20697
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In the article, it is explained that in the history of mankind, special attention has been paid to rituals related to death, and it is necessary to research various traditions related to burial by the science of archeology in cooperation with the science of ethnography. The discovery of the Munchaktep tomb was of great importance in the study of materials that could provide complete information about this in our country. The article analyzes the rites related to the dead buried in reed coffins researched by Professor B. Matboboev.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1299

MUNCHOQTEPA ARXEOLOGIK KOMPLEKSI VA UNING TAVSIFI

Abduvaliyeva Nozimaxon Abdushukur qizi

Farg‘ona davlat universiteti, arxeologiya mutaxasisligi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7985805

Annotatsiya.

Maqolada insoniyat tarixida o‘lim bilan bog‘liq marosimlarga alohida

e’tibor berib kelganligi hamda dafn etish bilan bog‘liq har xil urf-odatlarni arxeologiya fani
etnografiya fani bilan hamkorlikda tadqiq etishi zarurligi tushunririlgan. O‘lkamizda bu haqida
to‘laqonli ma’lumotlar berishi mumkin bo’lgan materiallarni o’rganishda - Munchoqtepa
mozorini topilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Maqolada professor B.Matboboyev tomonidan
tadqiq qilingan qamish tobutlarga solib dafn etilgan marhumlar bilan bog‘liq marosimlar taxlil
etilgan.

Kalit so‘zlar:

Munchoqtepa, marosim, urf-odatlar, etnografiya, arxeologiya, tobutlar.

MUNCHOQTEPA ARCHAEOLOGICAL COMPLEX AND ITS DESCRIPTION

Abstract.

In the article, it is explained that in the history of mankind, special attention has

been paid to rituals related to death, and it is necessary to research various traditions related to
burial by the science of archeology in cooperation with the science of ethnography. The discovery
of the Munchaktep tomb was of great importance in the study of materials that could provide
complete information about this in our country. The article analyzes the rites related to the dead
buried in reed coffins researched by Professor B. Matboboev.

Keywords

:

Bead mound, ceremony, customs, ethnography, archeology, coffins.

МУНЧОКТЕПСКИЙ АРХЕОЛОГИЧЕСКИЙ КОМПЛЕКС И ЕГО

ОПИСАНИЕ

Аннотация.

В статье поясняется, что в истории человечества особое внимание

уделялось обрядам, связанным со смертью, и необходимо исследовать различные
традиции, связанные с погребением, наукой археологией во взаимодействии с наукой
этнографией. Открытие гробницы Мунчактеп имело большое значение в изучении
материалов, которые могли бы дать полные сведения об этом в нашей стране. В статье
анализируются обряды, связанные с погребением умерших в тростниковых гробах,
исследованные профессором Б. Матбобоевым.

Ключевые слова:

Бусинный курган, обряд, обычаи, этнография, археология, гробы.

Kirish.

Insoniyat butun tarixi davomida o‘lim bilan bog‘liq marosimlarga alohida e’tibor

berib kelgan. O‘z qavmlarini mavjud rasm-rusumlarga qat’iy rioya qilgan holda so‘nggi yo‘lga
kuzatganlar. Dafn etish bilan bog‘liq har xil urf-odatlarni asosan arxeologiya etnografiya fani bilan
hamkorlikda tadqiq etadi. Chunki etnografiya bilan arxeologiya bu sohada bir-birini boyitadi va
qadim tariximiz uchun to‘laqonli ma’lumotlar berishi mumkin. Bu boradagi etnografik va
arxeologik materiallarni o‘ziga xos «yerosti muzeyi» — Munchoqtepa mozorini topilishi muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Qadimgi mozorda (IV–V–VII asrlar) murakkab muhandislik inshootlari
bo‘lmish yerosti sag‘analari va ularda ajoyib saqlangan qamishdan tayyorlangan tobutlar
aniqlangan [7]. Quyida professor B.Matboboyev tomonidan tadqiq qilingan qamish tobutlarga
solib dafn etilgan marhumlar bilan bog‘liq marosimlarga to‘xtalingan.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya.

Avvalam bor sag‘analar qurilishi haqida.

Munchoqtepadagi sag‘analarning barchasi (kovlab ochilganlari 8ta) tepalik yon tomonidan tabiiy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1300

yer (materik) qatlamga o‘yib yasalgan. Sag‘analarni katta-kichikligiga qarab, ularda 1 tadan 50
tagacha jasadlar ustma-ust qilnb dafn etilgan. Sag‘analar qurilishi uchun umumiy bo‘lgan bir narsa
bor, ya’ni ular tuzilish jihatidan uch qismdan iborat:

1. Sag‘ana old tomoni (предвходная площадка);
2. Sag‘ana yo‘lagi (дромос);
3. Murda qo‘yiladigan joy (погребальная камера) [8].
1. Sag‘ana old qismi — bo‘lajak qabr inshootining kiraverish joyi bo‘lib, qurilish

davomidagi ishlar uchun 12-15 kv.m sathdan maxsus tayyorlangan maydon. By maydon uchta
sag‘anada, ayniqsa, 9-sag‘anada yaxshi saqlangan. Arxeologik dalillarga ko‘ra ba’zi sag‘analar
old qismiga maxsus inshoot bunyod qilingan, uni portal qismi deyish ham mumkin. Xom g‘ishtdan
tiklangan bu qurilmaning uzunligi 1,65 m; eni 2,50 m; balindligi 1,25 m. Bu qurilmalar faqat
mayda sag‘analarning old qismida topilgan, xolos.

2. Sag‘ana yo‘lagi — o‘liklar qo‘yiladigan joyga o‘tishga mo‘ljallangan.
5-sag‘anada yo‘lak juda yaxshi saqlangan: uni shifti gumbazsimon, ikki yontomoni esa

qalin somonli loy bilan suvalgan. Yo‘lakda bir kishi engashgan holda yurishi mumkin. Yana
yo‘lak o‘rta qismida shiftni biroz ostidan har ikki tomondan ikkitadan teshik qolgan, ularda
yog‘och qoldiqlari saqlangan. Aynan ularga parallel qilib pol sirtiga tarnov o‘yilgan. Bundan
moslama 9-sag‘ana yo‘lak qismida ham aniqlandi. Yo‘lakni o‘rtasidagi ushbu qurilma murda
qo‘yiladigan joyni tashqi «tiriklar dunyosidan» saqlash uchun qilingan timsoliy eshik
(darvoza)yoki bir vaqtni o‘zida ostona va vazifasini bajargan bo‘lishi mumkin. Ostonani dunyoviy
inshootlarda qanchalik ulug‘langanligini biz yaxshi bilamiz. Shularga asoslanib yuqoridagi qayd
etilgan qurilmalar yengil eshik o‘rnidir, deyish mumkin.

3. O‘liklar dafn etiladigan joy. Unga yo‘lak oxiridagi maxsus zinapoya orqali kirilgan.

Zitsapoyalar 1-sag‘anada qisman, 5 va 9-sag‘analarda butunlay saqlanib qolgan, ustki tomonlari
qalin loy bilan suvalib mustahkam qilingan 2-3 pog‘onadan iborat. Kichik sag‘analarda dafn
joylari yumaloq va tuxum shaklida bo‘lishi mumkin, kattalarida esa to‘rtburchak ekanligi
kuzatildi. Qurilishda biror material (yog‘och, guvala, g‘isht) ishlatilmagan bo‘lsada devorlari juda
tekis va silliq, shifti esa gumbazsimon qilib yasalgan. Faqat birgina 9-sag‘anada dafn qilinadigan
joyni sharqiy devorida o‘yib bejirim ishlangan tokcha bor (o‘lchamlari: uzunlngi 1,75 m,eni 0,80
m, balandligi 0,55 m). Tokchada hech narsa yoki uni izlari aniqlanmadi. Ushbu tokcha vazifasini
aniqlashda ikki xil taxmin bo‘lishi mumkin. Birinchidan, vafot etgan odam dastlab tokchaga
qo‘yilib belgilangan urf-odatlar yoki diniy rasm-rusumlar bajarilgan va so‘ngra marhum sag‘ana
poliga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, marhum dastlab qamish tobut bilan bu yerda
ma’lum vaqt qoldirilgan, bu 10, 15, 20, 40 kun bo‘lishi ehtimol. Belgilangan muddat o‘tgandan
keyin jasad sag‘ana poliga qo‘yilgan. Boshqacha aytganda, marhumning o‘liklar dunyosiga
kuzatishda o‘ziga xos «ko‘prik» vazifasini bajargan deyish mumkin.

Muhokama va natijalar.

Sag‘analar qurilishi osonlikcha bo‘lmagan, ular katta mehnat

evaziga bunyod etilgan. Sabab sag‘analar tarkibi juda qattiq bo‘lgan materik qatlamga
«shaxtyorlar shtolnisiga» o‘xshatib qirqib yasaganlar. Boshqa mozor-qo‘rgonlardagi qabrlarni
qazishga ketgan vaqtni hisob-kitobdan va elshunoslik ma’lumotlaridan foydalanib
Munchoqtepadagi sag‘analarni kovlab bitirishga ketgan vaqtni hisoblab chiqdik. Jumladan 5-
sag‘ana old qismida 7,2 kub. metr, yo‘lagida 1,1 5 kub.metr, jasadlar qo‘yiladngan joyda
29,81kub. metr, jami 38,16 kub. metr tuproq ishlari amalga oshirilgan. Bu yerda o‘rtacha va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1301

murakkab darajadagi turkumga kiruvchi ishlar bajarilgan. Agar tuproq ishlarini odam ish kuniga
aylantirsak 5-sag‘anani bitirishga 45—60 odam ko‘pi ketganligi kelib chiqadi. Qurilishga ketgan
vaqtni aniqligini qay darajadaligiga qaramay biz uchun ularni bir muhim tomoni bor. Ya’ni
sag‘anani qurishga ketgan vaqt va ishlar ko‘lamini bir oila — katta urug‘ bemalol amalga oshirishi
mumkin degan xulosaga kelamiz. Sag‘analar shakliga kelsak, ularda quruvchilar marhumlarni
hayotligidagi uylarni shakl-shamoyillarini qabrlarda (ayniqsa katta sag‘analarda) ham
takrorlashga harakat qilganlar. Ya’ni real uy-joylarni yerosti modellari qilingan, ular
konstruksiyasi yerostiga ham ko‘chirilgan [3]. Umuman Munchoqtepadagi sag‘analarni qurgan
qadimgi aholi yashagan jamoada oila, urug‘-aymoqchilik munosabatlari rivojlangan va ajdodlar
ruhiga sig‘inish odati kuchli bo‘lgan. Bu narsa hatto qabr inshootlari qurilishida ham aks etgan.
Jumladan yuqorida tilga olingan timsoliy eshik va ostonaga berilgan e’tiborni ta’kidlaymiz.
Qolaversa ostona va o‘choq qadim zamonlardan ko‘p xalqlarda ajdodlar ruhi yashaydigan joy
hisoblangan [1]. O‘rta Osiyoda bo‘lsa: ostona ajdodlarga sig‘inish bilan bog‘lanadi [2]. Xullas,
sag‘analarni qurganlar marhumlarni hayotligidagi turush-turmushlarini yerostiga ko‘chirmoqchi
bo‘lganlar.

Mashaqqatli mehnatlar orqali qurilgan sag‘analar poliga marhumlar uch xil yo‘l bilan dafn

qilinganlar. Asosan qamish tobutga solib ko‘mish, keyingisi savatlarga qo‘yish va so‘nggisi yerga
yoki maxsust o‘shamaga dafn etish bo‘lgan. Savatga asosan yosh bolalar qo‘yilgan. Bu odatni
Farg‘onada mahalliy asosi hozircha aniqlangani yo‘q, lekin u qadim vaqtlardan dunyo xalqlarida
masalan, qadimgi dehqonchilik jamoalarida tarqalgan. Munchoqtepada ikkita savatga solingan
jasad, topilgan bo‘lsa, ular ayol tobuti ustiga qo‘yilgan edi. Bu bilan tobut va uni ustidagi savat
(tobut) o‘rtasidagi oilaviy yainlikni ko‘rsatishga intilgan ko‘rinadilar (ona—bola?). Yerga
to‘shama qamish tobutlar siz dafn etish sag‘analarni eng dastlabki davriga taalluqlidir. Nihoyat,
qamish tobutlarga solib dafn etilganlarni eng yaxshi saqlangani 5-sag‘anada, bir marta yakka
tartibda qo‘yilgan yorma go‘rdl, tobut qoldiqlari esa ba’zi sag‘analarda (№ 9) ham topilgan.
Qamish tobutlarni qanday yasalganiga to‘xtalmay u bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonni ta’kid etamiz.

Tobut yasash bilan maxsus odamlar shug‘ullanishgan bo‘lishi kerak. Bunday deyishimizga

sabab birinchidan, uni tayyorlash juda murakkab va sermehnat ish, .ikkinchidan, tobutlar
tayyorlashda ancha bir xillik ko‘zga tashlanadi.

Tobutlar ichiga marhum chalqanchasiga yotqizilib ust-boshi, taqinchoqlari, qurol-yarog‘i,

mehnat qurollari, savatlarga solingan oziq-ovqatlari bilan qo‘yilganlar va ustidan belbog‘ bilan
bog‘lab qo‘yilgan. Tobutlardan tashqarida hajmi kattaroq bo‘lgan sopol yoki yog‘och idishlar,
jimjimador qilib to‘qilgan savatlar uchraydi. Eng muhimi bu yerdan ipak, paxta, junmatolar va
charm qoldiqlari aniqlandi. Sag‘ana egalari dafn etiladigan joydan juda unumli foydalanganlar.

Avval, yuza qismiga to‘lguncha bir qator qamish tobutlar qo‘yilgan. Ular ustiga ezilib

ketmaslik uchun 60—80 sm uzunlikdagi yog‘ochlar tashlangan. Yog‘och ustnga keyingi qator
tobutlar taxlangan va shu tariqa tobutlar ustma-ust qo‘yilgan. 5-sag‘anada bir-biri ustiga taxlangan
besh qator tobutlar topildi. Qamish tobutlarga solib ko‘milganlar dafn marosimida quyidagi urf-
odatlarning izlari aniqlandi.

1. Ba’zi jasadlar bosh ostida maxsus «to‘shama» — yostiq qoldiqlari aniqlangan.

Ayrimlarga o‘simlik poyasi dumboqchalanib qo‘yilgan bo‘lsa, ba’zilarida yostiq sifatida paxtali
matodan foydalanilgan. Bu odat Farg‘ona vodiysida va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Bronza
davridan to hozirgi kunlargacha davom etib kelmoqda. «Yostiqlar» tuproq, shag‘al, loy, tosh,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1302

o‘simlik poyalari, to‘qima matolarda ipak, paxta) tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Vodiyda eng
qadimgi yostiq to‘shama Chust madaniyatiga (eramizdan ilgarigi X—VIII asrlar) tegishli qabrda
topilgan: jasad boshi ostiga boshoqli ekin poyasi yumaloqlab to‘shalgandi [9].

Keyingi davr Eylaton-Oqtom (eramizdai ilgarigi VI-IV asrlar) yogorliklarida toshdan antik

davr mozorlari bo‘linishi Qorabuloqda archa shoxlaridan va poxoldan, Kenko‘lda o‘simlik
bog‘lamidan, Go‘rmironda shag‘aldan to‘shama-yostiqlar bo‘lgan. Bu narsa keyingi davrlarni (ilk
ko‘rta, o‘rta, so‘nggi o‘rta asrlar) to hozirgi kunlargacha davom etib kelmoqda. Bosh ostiga
qo‘yilgan xilma-xil to‘shama-yostiqlarni umumlashtirgan tahlili bu odatni juda qadimiyligi va
konservativ ruhdaligini ko‘rsatmoqda. Bizningcha yostiq qo‘yish odati – o‘lganlarga ularning
yaqinlarini g‘amxo‘rligining bir ko‘rinishidir, boshqachasiga marhumlarga iloji boricha
«komfort» — qulaylik yaratib berish deb qarash kerak. Albatta, keyinchalik bular orasiga ba’zi
diniy tushunchalar ham singdirilgan bo‘lishi tabiiy.

2. Ayrim jasadlar bosh qismida yuz parda – yuz pana (litsevo yepokrivalo)lar mavjudligi

aniqlandi. U to‘rtburchak shaklga ega. O‘lchamlari 30–35 sm, juda yupqa, nafis ipakdan
tayyorlangan va marhum yuz qismini to‘laligicha yopgan. Yuz pardalar Farg‘ona va unga qo‘shni
rayonlarda uchraydi. Masalan, o‘sha Qorabuloq mozorida, Borkorboz va Kenko‘l mozorlarida
ham bo‘lgan. Matodan qilingan yuz-pardalarni bir nechtasi Sharqiy Turkistondagi (Sinsyan
Uyg‘ur avtonom respublikasi) Astana, Qora Xo‘ja, Yor Xoto kabi qadimgi mozorlarda ham
aniqlangan. Ulardagi topilmalarni umumlashtirgan YE.I.Lubo-Lesnichenko yuzpardalarni haqli
ravishda O‘rta Osiyoda tarqalgan deydi [6].

Sharqiy Turkistondagi eng dastlabki yuzparda qabrda topilgan yozuvga ko‘ra 384-yil,

so‘nggisi 710-yil bilan belgilangan. Lekin bu yuzpardalar Munchoqtepadagidan farqli o‘larok
ko‘zto‘sqichlar-ko‘zpanalar (naglazniki ) bilan birga uchraydi.Ular kumush va qo‘rg‘oshin
plastinkalaridan ko‘zoynakka o‘xshagan qirqilgan bo‘lib, ko‘z qorachig‘i o‘rnida mayda-mayda
teshikchalar qilingan. Ular yuz pardalari ostidan ham, ustidan ham qo‘yilishi mumkinligi qabrlarda
qayd etilgan. Yuzpardalar bilan ko‘zto‘siqlarni birga uchrashi Qorabuloq mozorida ham
aniqlangan. Astana va Qorabuloqda yuzpardalar o‘rta qismi har xil rangli ipakdan qilingan bo‘lib
uni to‘rt atrofiga bir rangli ipak choklangan. Ba’zida Sharqiy Turkistondagi yuzpardalar ganchkor
har tomondan silliq astar ham biriktirilgan.

Qorabuloqda esa ko‘zto‘sqichlar ipak matodan qilingan, ko‘zqorachiqlari o‘rniga mayda

«yostiqcha» tikilgan. Bundan tashqari Qorabuloqda ayrim marhumlar yuzi qizil rangli ipakdan
tasvirlangan yuzpardalar bilan yopilgandi. Munchoqtepada topilgan pardalar Sharqiy
Turkistondagilarga o‘xshab ketadi. Qorabuloqdagi yuzpardalarga juda yaqin turadi.

Xronologik jihatdan olsak, yuzini va ko‘zini to‘sib qo‘yish odati biz solishtirib ko‘rgan

yodgorliklarda quyidagicha: dastlab Qorabuloqda, keyinroq Astanada va Munchoqtelada
tarqalgan. Yuz va ko‘z to‘sqichlarni bajargan vazifasiga kelsak, marhumlar tiriklar dunyosiga endi
qaytishga yo‘l topa olmasin, degan maqsadda pardalar ishlatilgan bo‘lishi kerak.

3. Ba’zi jasadlar peshona qismida peshonabandni eslatuvchi ipak lenta qayd etilgan. Eni 5-

7 sm ga boradi. Ehtimol bu bosh kiyimi qoldig‘dir yoki marosim-lar bilan bog‘liq narsadir. Chunki
Munchoqtepadagi qabrlarda peshonada ipak len ta hamma marhumlarda aniqlangan emas.

4.Ayrim dafn qilinganlarni qamish tobutidan ko‘plab o‘simlnk qoldiqlari (ba’zida urug‘lari

bilan) chiqdi. Bu o‘simlik poyalari va urug‘ qoldiqlari paleo-botaniklar tomonidan aniqlandi. Ular
yalpiz va yovvoyi murch bo‘lib chiqdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1303

Marhum bilan o‘simlik qo‘yilishini elshunoslar ancha to‘liq o‘rganganlar. Yaqin

o‘tmishda, hozirda ham kafan ustiga rayhon qo‘yishgan. Elshunoslar buni dehqonchilik e’tiqodlari
bilan bog‘laydilar. Munchoqtepadagi o‘simlik qoldiqla-ridan birini yalpizligi haqiqatga yaqinroq,
chunki ba’zi manbalarda rayhon bir oz keyinroq keng iste’molda bo‘lgan degan fikrlar mavjud.
Demak, maxsus qurilgan sag‘analarga qamishlardan tobut yasab marhumlar hurmati joyiga
keltirilib dafn qilingan ekanlar.

Albatta, Farg‘onada ushbu odat qachon va qayerdan paydo bo‘lgan degan savol tug‘iladi.

Tobutga solib ko‘mish qadimdan keng tarqalgan odatdir. U ko‘chmanchn yoki kelib chiqishi
chorvadorlar bilan bog‘liq bo‘lgan urug‘-elatlarda ko‘proq tarqalgan. Tobutnn toshdan, sopoldan,
yog‘ochdan yasalganlari o‘zimizda va xorijda topilgan [5]. Lekin qamishdan tayyorlanganlari
deyarli uchramagan. To‘g‘ri, A.N.Bernshtam Oloy vohasining Maasha degan joydagi mozor-
qo‘rg‘onlarning birida chakanda shox-shabbalaridan to‘qilgan tobutni tilga olib o‘tadi. Lekin
bizlar uni na shak-lini, na chizmasini batafsil bilamiz, qolaversa qazishmani olib borgan tadqi-
qotchi yog‘ochdan to‘qilgan tobut to‘g‘risida yozadi”. Yana Munchoqtepadagilarga yasalishi
jihatidan yaqin tobutlar Xorazm arxeologiya-etnografik ekspeditsiyasini 60-yillardagi
materiallarida uchratamiz: «tobutlar qamish va yupqa yog‘och plyonkalardan to‘qilgan...» [10].
O‘sha joyda, quyi Sirdaryoni Quvondaryo irmog‘i bo‘ylaridagi Jettiasar madaniyatiga taalluqli
qabrlarda ham uchraydi. Lekin tadqiqotchilar ma’-lumotlariga ko‘ra Jettiasarda yakka tartibdagi
qabrlarda ham, sag‘analarda ham o‘liklar qamish bo‘yralarga o‘ralib ko‘milganga o‘xshaydi [4].

Yuqorida keltirilgan o‘xshashliklarga qaramay qamish tobutlarni kelib chi-qishiga asos

bo‘ladigan boshqa biror dalil hozircha bizlarga ma’lum emas. Ushbuni hisobga olib,
Munchoqtepadagi tobutlarni kelib chiqishini mahalliy asosga bog‘lash mumkin. Chunki,
birinchidan Farg‘onani o‘zida tobutga qo‘yib ko‘mish odati ancha keng tarqalgan, 10dan ortiq
mozorda shu udum bo‘lganlngini tasdiqlovchi ashyoviy dalillar bor. Ikkinchidan, Janubiy
Farg‘onani Qorabuloq va shunga o‘xshash mo-zorlardagi yorma go‘rlarda yog‘och tobutlar
uchraydi.

Munchoqtepa va Qorabuloq o‘rtasida yana bir necha o‘xshashliklar bor. Qorabuloq

materiallari Munchoqtepadan bnr oz oldinroq vaqtga (eramizni I—IV—V asrlar) to‘g‘ri keladi.
Buni hisobga olgan holda B.Matboboyev «qorabuloqliklar» ma’lum qismi shimol tomonga
siljishgan bo‘lishlari kerak deb o‘ylaydi. O‘zlari bilan o‘sha tobutga so-lib ko‘mish odatini ham
olib kelishgan bo‘lsa kerak. O‘z navbatida Munchoqtepadagi yorma go‘rlarga qamishdan qilingan
tobutga qo‘yib ko‘mish ham balki shu bilan izohlanar [8].

Dastlab yakka tartibda qo‘ynlgan marhumlarda rioya etilgan urf-odat ma’lum vaqt o‘tgach

sag‘analarda qo‘llanila boshlangan. Sag‘analarga kelsak ular jamoa dafn qilishga mo‘ljallangan
inshoot hisoblanib ko‘proq bir qavm — urug‘ uchun qurilgan bo‘ladi. Farg‘ona vodiysida bunday
jamoa dafn joylari Munchoqtepadan oldingi davr uchun ma’lum emas. Lekin juda uzoq davrda
ya’ni eradan ilgarigi II ming yillik oxirgi choragiga oid Qashqarchi mozorida urug‘-aymoqlar
ko‘milgan sag‘analar topilgan. Albatta, bular orasida katta tarixiy vaqtda uzilish bor, bir-biriga
bog‘liqlik darajasi haqida gapirish albatta mushkul. Farg‘ona sag‘ana-lari bilan Ustrushonadagi
Qurqat, Chog‘aniyondagi Bittesha kabi sag‘analar o‘rtasida ko‘p o‘xshashliklar bor. Qolaversa
ular deyarli bir davrga to‘g‘ri keladi. O‘zini qurilish uslubi, shakliga ko‘ra Shimoliy Farg‘ona
sag‘analari qo‘shni Choch (Toshkent) vohasidagilarga yaqin turadi. Chochda yer osti sag‘analari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1304

tabiiy yer va telaliklar qatlamlarida qirqib yasalgan, jasadlar chalqanchasiga yotqizilib dafn
etilgan.

Demak, hozirgi kunda Munchoqtepa sag‘analariga har tomondan eng yaqini Choch

vohasidagi ana shunday inshootlar bo‘lib qolmoqda. Choch sag‘analarini dastlabkilari eramizning
III—IV asrlariga to‘g‘ri keladi. Yuqoridagilarni hisobga olib Shimoliy Farg‘onadagi sag‘analarga
qo‘shni Choch ta’siri kuchli bo‘lgan degan fikrni aytish mumkin. Masalani ikkinchi tomoni, ya’ni
nima uchun munchoqtepaliklar dafn marosimida yakka tartibda ko‘mish odatidan jamoa qabr
inshootlariga o‘tgani to‘g‘risida aniq fikr aytish qiyin. Faqat buni o‘sha ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlarga olib kelgan etnik jarayonlar bilan bog‘lash мумкин [8], deydi B.Matboboyev.

Masalan, yuqorida tilga olingan Jettiasar madaniyati qadimgi aholisining bir qismi milodiy

erani boshlaridan Sirdaryo yuqori oqimi bo‘ylariga siljiy boshlaydilar. Buni ta’sirida Sirdaryo o‘rta
oqimida va umuman daryobo‘yi rayon-larida dafn marosimlarida xilma-xillik, ayrim joylarda esa
umuman yangi urf-odatlar paydo bo‘ladi. Ayni xuddi shu jarayon Sirdaryo yuqori oqimida
joylashgan Munchoqtepa sag‘analari misolida kuzatilyapti.

Sag‘ana sohiblarn mozorga yaqin bo‘lgan Balandtepa shahar xarobasi (hozirgi Pop shahri

qadimiy o‘rni)da yashaganlar. Buni tasdiqlovchi ashyoviy dalillar shahar xarobasida o‘tkazilgan
qazishmalar natijasida ko‘plab topilgan. Ushbu aholini elshunoslik ma’lumotlariga tayangan
holda, arxeologik topilmalarga asos lanib o‘tmishda o‘troqlashgan ko‘chmanchilar avlodi deb
qarash mumkin bo‘ladi. Ular dehqonchilik rayonlari yaqinida yashaganlar. Dehqonchilik,
chorvachilik kamdan-kam hollarda baliqchilnk bilan shug‘ullanganlar. Vaqt o‘tishi bilan ularda
o‘troqlashish kuchaygan, o‘z chorva mollarnni mavsumiy yaylovlarda saqlab dehqonchilikka
e’tiborni qaratganlar. Asta-sekin dehqonchilik rayonlari iqtisodiyotida asosiy rol o‘ynay
boshlaganlar. Bu aholining moddiy madaniyatn — bir tomondan, Sharqiy Turkiston va Farg‘ona
vodiysidagi yorma-lahadli qabrlar bo‘lgan mozrlarga dafn qilingan aholi madaniyatn, ikkinchi
tomondan, Sirdaryo bo‘yi rayonlarining ta’sirida bo‘lgan. Bunga mozor joylashgan jo‘g‘rofiy
nuqta ham sabab bo‘lgan bo‘lishi ehtimol.

Xulosa.

Munchoqtepa joylashgan hudud uzoq vaqt va doimiy ravishda Choch va Farg‘ona,

Farg‘ona va Sharqiy Turkiston qolaversa dehqonlar va chorvadorlar manfaatini birlashtiruvchi
nuqta edi. Aynan xuddi shu makonda antik va ilk o‘rta asrlarda forpost — tayanch shaharlar paydo
bo‘ladi. Bular jumlasiga antik va ilk o‘rta asrlar Popi (Bab), sal keyinroq Mug‘ qal’a kiradi.
Markaziy Farg‘ona tomondan bunday shahar rolini ilk o‘rta asrlardan boshlab Axsikent
bajarganligi arxeolog olimlar tomonidan qayd qilinadi. Bu shaharlardan shimol va g‘arb
tomonlarga qarab yurilsa chorvador-ko‘chmanchi aholiga, qarama-qarshi tomonga bo‘lsa,
Farg‘onaning qadimgi dehqonchilik rayonlariga kirib boriladi.

REFERENCES

1.

Алекшин

В.А.

Социальная

структура

и

погребальный

обряд

древнеземледельческих обществ. – Л., 1986. – С. 152.

2.

Ахуибаба в X.Г. Об одном согдийском обычае// История материальной культуры
Узбекистана. №23. 1990. – С. 199-207.

3.

Кызласов И.Л. Мировоззренческая основа погребального обряда // Советская
археология. 1993.№1. – С. 98-111.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1305

4.

Левина Л.М. Памятники Джетыасарской культуры середины I тысячелетия до
н.э.—середины I тысячелетия н.э.//Степная полоса Азиатской части в скифо-
сарматсксе время. /Аргеология СССР. – М., 1992. – С. 61-72.

5.

Литвинский Б.А. Погребальные сооружения и погребальная практика в Парфии (К
вопросу о парфяно-бактрийских соответствиях) // Средняя Азия,Кавказ из
арубежный Восток в древности. – М., 1933. – С.81-138.

6.

Лубо-Лесниченко Е.И. Могильник Астана. Восточный Туркестани Средняя Азия.
– М., 1984. – С.108-120.

7.

Матбобоев Б.X. Шимолий Фаргонанинг қадимги мозорларини ўрганишга доир
(Ғовасой ва Косонсой ҳавзалари) // Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. 1993, №6. – Б.
19-23.

8.

Матбобоев Б.Х. Қадимги Фарғонадаги дафн маросимлари. Ўзбекистонда
ижтимоий фанлар. №5, 1994. – Б. 47-52.

9.

Спришевский В.И. Чустское поселение( к истории Ферганы в эпоху бронзы).
Автореф. дис.... канд. ист. наук. Ташкент, 1963. – С.16.

10.

Толстов С.П., Жданко Т.А., Итина М.А. Работы Хорезмской археолого-
этнографической экспедиции АНСССР в 1958-1961 гг. // Материалы Хорезмской
экспедиции. Вып.6. – М.,1963. – С.52.

References

Алекшин В.А. Социальная структура и погребальный обряд древнеземледельческих обществ. – Л., 1986. – С. 152.

Ахуибаба в X.Г. Об одном согдийском обычае// История материальной культуры Узбекистана. №23. 1990. – С. 199-207.

Кызласов И.Л. Мировоззренческая основа погребального обряда // Советская археология. 1993.№1. – С. 98-111.

Левина Л.М. Памятники Джетыасарской культуры середины I тысячелетия до н.э.—середины I тысячелетия н.э.//Степная полоса Азиатской части в скифо-сарматсксе время. /Аргеология СССР. – М., 1992. – С. 61-72.

Литвинский Б.А. Погребальные сооружения и погребальная практика в Парфии (К вопросу о парфяно-бактрийских соответствиях) // Средняя Азия,Кавказ из арубежный Восток в древности. – М., 1933. – С.81-138.

Лубо-Лесниченко Е.И. Могильник Астана. Восточный Туркестани Средняя Азия. – М., 1984. – С.108-120.

Матбобоев Б.X. Шимолий Фаргонанинг қадимги мозорларини ўрганишга доир (Ғовасой ва Косонсой ҳавзалари) // Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. 1993, №6. – Б. 19-23.

Матбобоев Б.Х. Қадимги Фарғонадаги дафн маросимлари. Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. №5, 1994. – Б. 47-52.

Спришевский В.И. Чустское поселение( к истории Ферганы в эпоху бронзы). Автореф. дис.... канд. ист. наук. Ташкент, 1963. – С.16.

Толстов С.П., Жданко Т.А., Итина М.А. Работы Хорезмской археолого-этнографической экспедиции АНСССР в 1958-1961 гг. // Материалы Хорезмской экспедиции. Вып.6. – М.,1963. – С.52.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов