IMPROVING THE METHODOLOGY OF USING DIDACTIC GAMES IN INCREASING THE EFFICIENCY OF THE EDUCATIONAL PROCESS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Toshpulatova , M. (2023). IMPROVING THE METHODOLOGY OF USING DIDACTIC GAMES IN INCREASING THE EFFICIENCY OF THE EDUCATIONAL PROCESS. Modern Science and Research, 2(5), 1349–1352. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20741
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, the improvement of the method of using didactic games in increasing the effectiveness of the educational process of the primary class, the main types of didactic games, and the fact that students act with interest during the game are discussed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1349

O'QUV JARAYONINI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DIDAKTIK

O'YINLARDAN FOYDALANISHNI METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Toshpulatova Mohira G'ulom qizi

Guliston davlat pedagogika instituti 1- kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7993126

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o'quv jarayonini samaradorligini

oshirishda didaktik o'yinlardan foydalanishni metodikasini takomillashtirish , didaktik
o‘yinlarning asosiy turlari, o‘quvchilar o‘yin vaqtida qiziqish bilan harakat qilishi haqida fikr
yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

didaktika, nutq o‘stirish, qobiliyat, usul, bolalar, o‘yin, ta’lim-tarbiya,

kompyuter, tafakkur, ijodiy qobiliyat.

IMPROVING THE METHODOLOGY OF USING DIDACTIC GAMES IN

INCREASING THE EFFICIENCY OF THE EDUCATIONAL PROCESS

Abstract.

In this article, the improvement of the method of using didactic games in

increasing the effectiveness of the educational process of the primary class, the main types of
didactic games, and the fact that students act with interest during the game are discussed.

Key words:

didactics, speech development, ability, method, children, game, education,

computer, thinking, creative ability.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДОЛОГИИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

ДИДАКТИЧЕСКИХ ИГР В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА

Аннотация.

В данной статье рассматриваются усовершенствование методики

использования дидактических игр в повышении эффективности учебного процесса
начального класса, основные виды дидактических игр, а также то, что учащиеся
проявляют интерес во время игры.

Ключевые слова:

дидактика, развитие речи, умение, метод, дети, игра, обучение,

компьютер, мышление, творческие способности.

Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda

shaxsning taraqqiyoti, uning ma’lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z
bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar
esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish
jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya’ni
o‘zlashtirilayotgan ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda
o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars
paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta’lim
va tarbiya masalalari hal etiladi. Shu maqsadda biz siz bilan ta’lim jarayonini oshirishda diaktik
o‘yinlarning o‘rni haqida suhbatlashim o‘tmoqchimiz.

Didaktik o‘yinlar texnologiyalari

o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga

asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va
rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1350

Intelektual

(aqliy),

harakatli

hamda

aralash

o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar

ishtirokchilarda aqliy, jismoniy ahloqiy, psixologik, estetik, badiy, tadbirkorlik, mehnat va
boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan
o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo‘nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini
oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.

Didaktik o‘yinlar intellektual metodlarning tarkibiy qismlaridan biri sifatida o‘quvchini

ichki imkoniyatlarini ishga tushirishga, o‘ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka
yetaklaydi. Ayniqsa unda atrof – muhit, hayotga bo‘lgan qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik,
to‘siqlarni qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy jismoniy, roli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar

bo‘yicha, turlari bo‘yicha ajratiladi. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy
fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish xulosa
chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, ahloq odob o‘rgatish,
yangi bilimlar o‘rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarga
ajratiladi.

Didaktik o‘yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin

bo‘lgan ta’lim –tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Turli o‘quv fanlariga oid
didaktik o‘yinlar mavjud bo‘lib, ular shu fanlarni sifatli o‘rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.

Umumiy o‘yinlar nazariyasiga, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni

funksional, mavzuli konsturuktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlariga ajratiladi. Bularning
orasida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o‘ringa ega.
O‘yinlar kichik yoshdagi o‘quvchilarni asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa pedagog va
psixolok olimlar tomonidan shu yosh davridagi o‘yinlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini
o‘rganish va yanada oshirish bo‘yicha izlanishlar olib borilishiga sabab bo‘ldi.Boshlang‘ich sinf
darslarida bolalarni darsga qiziqtirishimiz uchun turli ta’limiy o‘yinlardan foydalansak maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Chunki bola o‘yin orqali fanga qiziqib boradi va shu fanni yaxshi o‘zlashtiradi.
Yana darsda turli tarqatma vositalaridan ham foydalanish yaxshi natijalarni beradi. Men o‘z
darslarimda turli ta’limiy o‘yinlardan foydalanishga harakat qilaman. Misol tariqasida ko‘rsatib
o‘tsam.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1351

Ushbu tarqatmali ta’limiy o‘yinda bolalar qiziqib vazifalarni bajarishadi. Bunda

umurtqali va umurtqasiz hayvonlarni topishadi va sinflarga ajratib o‘z kataklariga
joylashtirishadi. E’tobor berib ko‘rsangiz berilgan javoblarda noto‘g‘ri bo‘lgan javoblar ham bor.

O‘quvchilar shu noto‘gri javoblardan to‘g‘rilarini ajratib topishlari hamda berilgan

katakchalarga ularni yoszishlari kerak. Kim kataklarni to‘g‘ri to‘ldirib yozishsa shu guruh g‘olib
hisoblanadi. Ushbu ta’limiy o‘yin texnologiyasi o‘quvchi faoliyatini oshirishga va
jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish
va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta katta yordam
beradi.

Umuman olganda ta’limiy o‘yinlar boshlang'ich sinflarda ta’limning samarali bo‘lishiga,

o‘quvchilarning uquv-bilish faoliyatini muvoffaqiyatli boshqarishga, fanlardan nazariy
bilimlarni oson egallashlariga, ulaning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib boradi.
Har bir ta’limiy o‘yinning o‘ziga xos ko‘ngilochar tomoni bor. Bir nechta o‘quv fanlarining
kognitiv elementlarini o‘z ichiga olgan o‘yinlar mavjud.

Didaktik o‘yin qanchalik mohirona tuzilgan bo‘lsa, didaktik maqsad shunchalik mohirona

yashiringan bo‘ladi. O‘quvchi beixtiyor o‘ynab, o‘yinga kiritilgan bilimlar bilan ishlashni
o‘rganadi. Eng yaxshi didaktik o‘yinlar o‘z-o‘zini o‘rganish prinsipi asosida tuzilgan, va
o‘quvchini bilim va ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltiradi.

O‘yin nafaqat bola uchun zavq va quvonchdir, bu o‘z-o‘zidan juda muhimdir, uning

yordami bilan biz uning e'tiborini, xotirasini, tafakkurini, tasavvurini rivojlantira olamiz. O‘yin
orqali bolaning yangi bilim, ko‘nikmalarni egallashi, qobiliyatlarni rivojlantirishi mumkin.

Didaktik o‘yinlar ta’limning ko‘rgazmaliligini, o‘qituvchining nutqini va bolalar

harakatini o‘z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko‘rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida)
birlik tug‘iladi. Bu esa o‘qituvchining aytganlarini bolalarning o‘ylab olishiga va o‘sha
aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik o‘yinlar qoidalarini o‘quvchilarning o‘zlari
bajarishlariga imkon beradi. Didaktik o‘yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari o‘quvchilar
faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o‘yin vaqtida
qiziqish bilan harakat qiladilar.

Shunday qilib, yuqoridagilardan quyidagi xulosalar chiqarishimiz

mumkinki,

boshlang‘ich ta’limda didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarni muloqot qilish ko‘nikma
va malakalarini, o‘zaro yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, tafakkur doirasini
kengaytiradi, nutq faoliyatini kengaytiradi va o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirishga xizmat
qiladi deb o‘ylayman.

REFERENCES

1.

Atayeva N., Salayeva M., Hasanov S. Umumiy pedagogika. T., 2013 y.

2.

Avliyaqulov N., Musaeva N. Pedagogik texnologiyalar. T., 2008 y.

3.

Zunnunov A., Maxkamov U., Didaktika (Ta’lim nazariyasi). O.O‘Yu uchun
qo‘llanma.T., Sharq, 2006y.

4.

Karimova S.S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN
THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL
SECONDARY SCHOOLS. http://scientists.uz/uploads/202206/B-43.pdf


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1352

5.

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL
SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN
GENERAL SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.

6.

Karimova,

Sevara.

"CHARACTERISTICS

OF

NATURAL

TEACHING

METHODOLOGНY."Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
socialsciences1.11(2021):737-740.

https://cyberleninka.ru/article/n/characteristics-of-

natural-teaching-methodologny

.

7.

Karimova Sevara “Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of
Primary School Students”In volume 19, of Eurasian Journal of Learning and Academic
Teaching (EJLAT) April 2023.


References

Atayeva N., Salayeva M., Hasanov S. Umumiy pedagogika. T., 2013 y.

Avliyaqulov N., Musaeva N. Pedagogik texnologiyalar. T., 2008 y.

Zunnunov A., Maxkamov U., Didaktika (Ta’lim nazariyasi). O.O‘Yu uchun qo‘llanma.T., Sharq, 2006y.

Karimova S.S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. http://scientists.uz/uploads/202206/B-43.pdf

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.

Karimova, Sevara. "CHARACTERISTICS OF NATURAL TEACHING METHODOLOGНY."Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and socialsciences1.11(2021):737-740. https://cyberleninka.ru/article/n/characteristics-of-natural-teaching-methodologny.

Karimova Sevara “Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of Primary School Students”In volume 19, of Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching (EJLAT) April 2023.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов