USE OF NEW INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MOTHER LANGUAGE AND LITERATURE LESSONS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ergasheva, M. (2023). USE OF NEW INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MOTHER LANGUAGE AND LITERATURE LESSONS. Modern Science and Research, 2(6), 214–216. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21029
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the use of new innovative pedagogical technologies in the mother tongue and literature classes, interactive methods in the educational process, innovative technologies, and the use of pedagogical and information technologies in the educational process.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

214

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA YANGI INNOVATSION

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Ergasheva Mohigul Qahramon qizi

Buxoro viloyat Buxor shahar 6 - IDUM ona tili va adabiyot o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8018640

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida yangi innovatsion pedagogik

texnologiyalardan foydalanish, ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llash haqida so`z yuritiladi.

Kalit so'zlar:

sog'lom muloqot, ommaviy axborot vositalari, tahlil qilish “Charxpalak”

texnologiyasi, munozaraga kirishish, “Aqliy hujum”.

USE OF NEW INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MOTHER LANGUAGE AND

LITERATURE LESSONS

Abstract.

This article talks about the use of new innovative pedagogical technologies in the

mother tongue and literature classes, interactive methods in the educational process, innovative
technologies, and the use of pedagogical and information technologies in the educational process.

Key words:

healthy communication, mass media, analysis "Charkhpalak" technology,

discussion, "Brainstorming".

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НОВЫХ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА

УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ

Аннотация.

В данной статье говорится об использовании новых инновационных

педагогических технологий на уроках родного языка и литературы, интерактивных
методов в образовательном процессе, инновационных технологиях, а также
использовании педагогических и информационных технологий в образовательном процессе.

Ключевые слова:

здоровая коммуникация, СМИ, анализ, технология «Чархпалак»,

дискуссия, «Мозговой штурм».

Shuni ta’kidlash muhimki, «Ona tili va adabiyot» darslariga noan’anaviy darslarni olib

kirish va uni ta’lim mazmuniga singdirish, dars o‘tishning yangiyangi usullarini topish Davlat
ta’lim standartlari talablarini bajarishga zamin yaratadi. Inson shaxsini har tomonlama kamol
toptirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini
uyg‘otishda, milliy tilga, o‘z xalqining an’analariga iftixor hissini kamol toptirishda «Ona tili va
adabiyot» darslarining o‘rni beqiyosdir.

Har bir darsni o’ziga xos usul asosida o’tish, o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini

oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg’otish o’qituvchining mahoratiga bog’liq.
Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogik
texnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi
taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni o’z
darslarida qo’llasa, albatta ijobiy natijaga erishadi. Bugungi kun o’qituvchisining maqsadi
barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur axborotlar bilan
ta’minlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim va hayotiy ko’nikmalar hosil qilish, ular qalbida
vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini qaror toptirishdan iborat. Bu ezgu maqsadlarni ilg’or
pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida o’tilgan mashg’ulotlarda amalga oshirish
mumkin. Innovatsion texnologiya – ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

215

turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim egallashni takomillashtirish
usullari. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o’qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik,
o’zgartirishlar kiritish bo’lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar
ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr
yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg’ulotga aylanadi.

Ona tili darslarida o‘quvchilarning yozma nutqi va imlosi savodxonligini mustahkamlash

maqsadida matn yaratish yuzasidan bir qancha qiziqarli topshiriqlar berish mumkin. Jumladan,
“Morfologiya” bo‘limini o‘tish jarayonida har bir so‘z turkumi yuzasidan grammatik ertak yaratish
vazifasi topshirilsa, o‘quvchilarning grammatik savodxonligi o‘sish bilan bir qatorda, mantiqiy
mushohada qilish qobiliyati rivojlanadi, ijodkorligi oshadi. Innovatsion texnologiyalar ta’lim sifati
va samaradorligini oshirib, ta’lim jarayonining markaziga o‘quvchi- talabalarning o‘quv-biluv
faoliyatini qo‘yadi, ta’lim jarayoni yaxlitligini ta’minlaydi. O‘quvchi faoliyatining yuqori
darajadagi ko‘rsatkichi, o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etishi, iroda va faoliyatning o‘quvchi
ongining predmetiga aylanishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun, avvalo, ta’lim beruvchi
maqsadga eltuvchi usullarni tanlay bilishi, o‘quv-tarbiyaviy jarayon yaxlitligini ta’minlashi lozim.
Innovatsion texnologiyalarni ta’limjarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun
tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylanmoqda. Yangi metodlarni ta’lim jarayoniga
tatbiq etish pedagoglar oldida turgan masalalardan biri hisoblanadi. O‘qituvchi dars jarayonida
boshqa ma’lumotni berish bilan bir qatorda internet ma’lumotlari, multimedia dasturlari, jadvallar
va shunga o‘xshash mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsatib o‘tsa, bu nafaqat
o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, balki o‘quvchilarning mustaqil o‘qishini talab
darajasida shakllantirishiga, mavzuni imkon darajasida to‘la o‘zlashtirishiga ham yordam beradi.

Ma’lumki, bugungi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib, ularning

aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. Keng foydalaniladigan usullar – “Klaster”,
“Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot” “Blits-so’rov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan
foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o’tilgan mavzuni takrorlash
qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida
“Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash
qismida “Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”,
“Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”,
“Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”,
“BBXB” metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab, o’quvchilarning bilimini oshirishga
yordam beradi.

Ona tili va adabiyot darslarida ham yuqorida sanab o’tilgan interfaol metodlardan tashqari

“Ha… yo’q”, “Ta’rif egasini top”, “Men kimman?”, “Domino” kabi didaktik o’yinlardan
foydalanish mumkin. O’yin vaqtida o’quvchilar o’zini erkin tutadi va bilimini namoyon etishga
harakat qiladi. Natijada o’quvchida ishonch, qat’iyat paydo bo’ladi. Munozaraga kirishishni
o’rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda o’quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga
olinishi lozim. O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani
tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asaosiy maqsadi aniq natijaga erishishga
qaratilgan bo’lib, bunda ishlatiladigan texnologiya o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh tabiati
va sharoitga qarab tanlanadi. “Charxpalak”. Ushbu texnologiya o’quvchilarni o’tilgan mavzularni
esga olish, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to’g’ri javob berish va o’z-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

216

o’zini baholashga o’rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o’qituvchi tomonidan barcha
o’quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan.

Bu usulni qo’llashdan maqsad o’quvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o’z

fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o’zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlash,
boshqalar fikriga hurmat bilan qarash, ko’p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o’rgatishdir.
Ushbu texnologiya ona tili va adabiyot darslarining boshlanishi va oxirida yoki biron-bir bo’lim
tugallanganda o’tilgan mavzuning o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganlik
darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash uchun mo’ljallangan. “Charxpalak” texnologiyasi
quyidagicha amalga oshiriladi:

- o’quvchilar sharoitga qarab guruhlarga ajratiladi;
- tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;
- belgilangan vaqt ichida guruhlar tarqatmadagi topshiriqni bajarib, uning o’ng burchagiga

guruh raqamini, chap burchagiga esa o’zining ramziy belgisini qo’yib ushbu tarqatmani keying
guruhga “charxpalak aylanmasi” yo’nalishida almashtiradilar;

- boshqa guruh a’zolari ham tarqatmadagi vazifani bajaradilar va o’zgartirishlar kiritadilar;
- materialning oxirgi almashishidan so’ng har bir guruh o’zi ilk bor to’ldirgan tarqatmani

o’z ramziy belgisi asosida tanlab oladi;

- o’qituvchi tarqatma materialda berilgan vazifalarni o’qiydi va jamoa bilan birgalikda

to’g’ri javobni belgilaydi yoki tarqatma materialdagi vazifalar ekranda yoritilib, to’g’ri javob aytib
o’tiladi;

- har bir o’quvchi to’g’ri javob bilan belgilangan javoblaridagi farqlarni aniqlaydilar va

o’zlarini baholaydilar.

O‘zbek tili va adabiyoti darslarida foydalaniladigan elektron materiallarning sifati,

samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘rgatadigan yuqoridagi fan o‘zbek tili va adabiyoti darslarining
yanada yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. // Barkamol avlod -
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T. Sharq. 1997.

2.

Qosimova A.X., Xoliqova F.A.. // Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
- Toshkent, - 2004.

3.

Usmanova

G.A.

Tajriba-tadqiqot

maydonlarida

ilg‘or

pedagogik

texnologiyalaridan foydalanish. // Jurnal Ta’lim texnologiyalari №1, - 2012

4.

Davlat Talim Standartining boshlang’ich ta’lim o’quv dasturi (yangi tahrir) 2010 y

References

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. // Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T. Sharq. 1997.

Qosimova A.X., Xoliqova F.A.. // Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - Toshkent, - 2004.

Usmanova G.A. Tajriba-tadqiqot maydonlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish. // Jurnal Ta’lim texnologiyalari №1, - 2012

Davlat Talim Standartining boshlang’ich ta’lim o’quv dasturi (yangi tahrir) 2010 y

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов