STUDY OF THE PENETRATION OF WORDS INTO UZBEK LINGUISTICS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Begmuhammedova, M., & Obidova, S. . (2023). STUDY OF THE PENETRATION OF WORDS INTO UZBEK LINGUISTICS. Modern Science and Research, 2(6), 330–332. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21077
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article provides a brief overview of the lexicons that have entered Uzbek linguistics and their causes.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

330

O’ZBEK TILSHUNOSLIGIGA O’ZLASHMA SO’ZLARNING KIRIB KELISHI

TADQIQI

Begmuhammedova Mushtariy Iqboljon qizi

Obidova Shahnozaxon Shaxobiddin qizi

Farg’ona Davlat universtiteti Chet tillari fakulteti 19.104 –guruh talabalari

Tel: +99890 155 65 12

rahmatovashahnoza6@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8024679

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o’zbek tilshunosligiga kirib kelgan o’zlashma so’zlar va

ularning kirib kelish sabablari haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar:

Neologizmlar, fors-tojik tili, ingliz tili, yangi so’zlarning ommalashuvi.

ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОНИКНОВЕНИЯ ЗАИМСТВОВАННЫХ СЛОВ В

УЗБЕКСКУЮ ЛИНГВИСТИКУ

Аннотация.

В этой статье представлен краткий обзор лексиконов, вошедших в

узбекскую лингвистику, и их причины.

Ключевые слова:

Неологизмы, персидско-таджикский язык, английский язык,

популяризация новых слов.

STUDY OF THE PENETRATION OF WORDS INTO UZBEK LINGUISTICS

Abstract.

This article provides a brief overview of the lexicons that have entered Uzbek

linguistics and their causes.

Key words:

Neologisms, Persian-tajik language, English, popularization of new words.

Tilning rivojlanishi va muttasil taraqqiy topa borishi jarayonida o’zlashma so’zlarning

o’rni beqiyosdir. Dunyoda hech bir til yo’qki o’z so’z boyligi zaxirasini boyitish uchun boshqa
tillardan so’z olmagan bo’lsa. Bizga yaxshi ma’lumki, olinma so’zlar tilning kundan-kunga
rivojlanishini ko’rsatuvchi asosiy omillardan biri. Shunga qaramay, o’z tilimizda chet tilidan
olinayotgan so’zga teng keladigan atama bo’laturib, ulardan foydalanmaslik ona tilimizga bo’lgan
hurmatsizlikdir.

Biz 130 yil davomida Sovet Rossiyasi tajovuzi ostida davlatimizni boshqardik, shu sababli

tilimizga ko’plab rus tilidagi istilohlar shu qadar o’rnashganki, ularning o’zbekcha muqobil
variantini topib aytolmaslik holatlari ham uchrashi achinarli hol, albatta. Buning yorqin misoli
qilib “obed” so’zini olaylik. Bu so’z o’zbek tilida tushlik deb ataladi, ammo xalqimiz orasida bu
so’zdan foydalanadiganlar deyarli yo’q.

Lekin hozir biz foydalanayotgan tildagi barcha so’zlar ham sof o’zbekcha so’zlar emas.

Ularning kattagina qismi tilimizga fors-tojik va arab tillaridan o’tgan. Bu tillardan ko’p so’zlar
o’tganligining sababi o’zaro madaniy aloqalarning mavjudligi, tildagi mushtaraklik bo’lsa, qisman
ularning yurtimiz hududini ko’p yillar istilo qilganliklari bilan ham bog’liqdir. Qadimda
yurtimizga bostirib kirgan va hukmronligini o’rnatgan boshqa millat vakillaridan beixtiyor ayrim
so’zlar tilimizga o’rnashib qolavergan. Shu sababli o’zbek tili lug’ati fors-tojik, arab, mo’g’ul, rus
tilidan kirib kelgan so’zlar bilan boyigan. Biz ko’p qo’llaydigan kitob, san’at, maktab, abadiy,
ammo, lekin, milliy kabi so’zlar bizga arab tilidan, barg, anor, dastro’mol, go’sht, nodon so’zlari
esa fors-tojik tilidan kirib kelgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

331

Haqiqiy o’zbekcha so’zlar, asosan, fe’llar va bir bo’g’inli so’zlardir. Kelmoq, ketmoq,

bormoq, yurmoq, ona, ota kabilar sof o’zbekcha so’zlarga misol bo’la oladi. Buyuk mutafakkir
bobomiz Alisher Navoiyning so’z boyligi yigirma olti mingdan ziyod bo’lsa, ularning ko’p qismi
fors-tojik tilidagi kalimalardir. Fors-tojik va arab tillaridagi so’zlar o’zbek tiliga o’xshash jihatlari
borligi sababli ommalashgan bo’lsa, bu o’rinda o’zbek tiliga mutlaqo yaqin bo’lmagan tillardan
ham so’zlarning kirib kelishi oqimi kuchayganligini ko’rishimiz mumkin. Bu esa bizning xalqaro
hamjamiyat tomon intilayotganimizdir. O’zbek tiliga rus, ingliz, nemis tillaridan kirib kelgan
so’zlar ham mavjud bo’lib, tilimizda boshqa til atamalariga muqobili bo’lmagani sababli ularni
shundayligicha yoki ayrim o’zgarishlar bilan tilimizga qabul qilganmiz. Bu tillar orasida ayniqsa
ingliz tili yetakchi o’rinni egallaydi.

Ingliz tilidan o’zlashgan terminlarga hayotimizning har bir jabhasida duch kelamiz.

Iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohasining ko’plab atamalari tilimizga ingliz tilidan o’tgan.
Ommaviy axborot vositalari yangi so’zlarning targ’ib qilishda yetakchi mavqega egadirlar.
Televideniya yoki gazeta va jurnallar orqali yangi so’zlar xalqqa tez yetib boradi va iste’mol
doirasiga kiritiladi.

Oziq- ovqat mahsulotlari nomi: bishfteks, gamburger, yogurt, ketchup, jem; ichimlik

nomlari: kokteyl, viski, koka-kola; kiyim-kechak nomlari: jemper, jinsi, pidjak, sviter; uy-ro’zg’or
buyumlari nomi: mikser, pech, pleyer; o’rin-joy tushunchasini ifodalovchi: vokzal, klub, kottej,
supermarket, tunnel, kollej, universtitet, bar; transport vositalari nomlari: tramvay, trolleybus,
avtobus, taksi; texnikaga oid bo’lgan nomlar: kompyuter, skaner, printer, disk kabi so’zlar hozirda
tilimizda faol qo’llanilayotgan o’zlashma so’zlardir.

Bu so’zlar tilimizda shu qadar o’rnashdiki, ulardan o’z so’z yasovchi qo’shimchalarimiz

orqali yangi atamalar ham hosil qila boshladik. Masalan, kompyuter so’ziga kasb-hunar ifodalash
uchun ishlatiladigan –chi qo’shimchasini qo’shib kompyuterchi so’zini hosil qildik va bu so’z
hozirda xalqimiz orasida keng qo’llanilmoqda. Bundan tashqari, o’zbek leksikasidan o’rin olgan
inglizcha o’zlashgan so’zlar ham anchagina o’zgarishlarga uchrab, o’zining polisemantik (ko’p
ma’nolilik) xususiyatiga ega bo’lishdan tashqari, so’zlardagi ma’noning kengayishi va
ta’kidlaganimizdek o’zbekcha so’zlar yasalishida ham faolligini namoyon qilmoqda.

Tilga so’zlarning kirib kelishi bir necha bosqichli bo’lishi mumkin. Masalan, asli inglizcha

bo’lgan so’zlar tilimizga rus tili orqali o’zlashib, ma’lum o’zgarishlarga uchrashi mumkin. Shunga
muvofiq, rus tili orqali o’zlashgan “xokkey” so’zi ham asli ingliz tilida “hockey” deb ataladi. Rus
tilida h fonemasi mavjud bo’lmagani sababli tilimizga rus tilida qanday bo’lsa shundayligicha
qabul qilingan. Yoki aksincha o’zbek tilidagi terminlar ingliz tiliga rus tili orqali o’tganligi sababli
o’zgarishlariga uchragan. Bizning milliy taomimiz hisoblangan palov leksemasi rus tilida “plov”
ko’rinishida bo’lgani sababli ingliz tiliga ham rus tili orqali o’tib “plov” deb aytiladi.

Ingliz tilida fe’llarning gerundiy (gerund) shakli mavjud bo’lib, bu fe’l asoslariga –ing

qo’shimchasini qo’shish bilan hosil bo’ladi va o’zbek tilidagi harakat nomi (fe’lning otga
xoslangan shakli) ga yaqin turadi. Leksikamizdagi brifing, marketing, trening kabi so’zlar ham
aynan shu shaklda kirib kelgan va bu o’rindagi gerundiy shaklini biz ot yasovchi qo’shimchaga
teng deb ham olishimiz mumkin. Ingliz tilidan kirib kelgan so’zlarni biz, asosan, etimologik
jihatdan –er, -ing, -ment, -siya, -men, taym qismli o’zlashmalarga qarab ajratib olishimiz mumkin.

Neologizmlar (yangi so’zlar) doim ham jamiyat tomonidan ma’qullanib, iste’molga yaroqli

deb tan olinmaydi. Xalq orasida qo’llanila boshlangan olinma so’zlargina tilning lug’at tarkibidan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

332

joy oladi. Tilda yangi so’zlarning bo’lishi uni zamonaviyligini oshiradi, ammo ba’zi holatlarda bu
tushunmovchiliklarni ham keltirib chiqaradi. Ko’proq rasmiy doiralardagina qo’llaniluvchi ko’p
so’zlar xalq orasida mavhumligicha qoladi. Bu borada so’zlarning o’z ishlatilish doirasi borligini
ham unutmaslik lozim.

Tilimizning taraqqiyoti uning kelajak avlodlarga qay ko’rinishda yetib borishi butun

o’zbek xalqi uchun daxldor masaladir. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom
Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganlaridek, ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho
boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada
oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur.

O’zbek tilshunosligini tadqiq etar ekan ekanmiz, tilimizning naqadar boy va rang-barang

ekanligini ko’ramiz va unda o’rganilmagan, bizga mavhum bo’lgan jihatlarning ko’pligi bizni
beixtiyor izlanishga chorlaydi. Shunday ekan o’z tilimizni saqlab qolish, uni uzoq yillar xalqimiz
uchun xizmat qilishini ta’minlash, xalqaro hamjamiyatga tilimizning imkoniyatlarini ko’rsatish,
uni xalqaro miqyosga olib chiqish uchun biz, yoshlar chin yurakdan bel bog’lamog’imiz lozim.
Zero, Vatan kelajagi yoshlar qo’lida.


REFERENCES

1.

Sodiqov A. v.b . Tilshunoslikka kirish.- Toshkent: O’qituvchi, 1981.

2.

O’lmas Sharipova, Ibrohim Yo’ldoshev.Tilshunoslik asoslari. – Toshkent, 2006.





References

Sodiqov A. v.b . Tilshunoslikka kirish.- Toshkent: O’qituvchi, 1981.

O’lmas Sharipova, Ibrohim Yo’ldoshev.Tilshunoslik asoslari. – Toshkent, 2006.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов