IMAGE OF WOMEN IN THE NOVEL "NIGHT AND DAY"

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ahmadjonova, M. (2023). IMAGE OF WOMEN IN THE NOVEL "NIGHT AND DAY". Modern Science and Research, 2(6), 955–957. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21297
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article discusses the image of women in the novel "Night and Day" written by Abdulhamid Cholpon, which can be used by undergraduate students and teachers.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

955

"KECHA VA KUNDUZ" ROMANIDA AYOLLAR OBRAZI TASVIRI

Ahmadjonova Muslimaxon Anvarjon qizi

Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti

oʻzbek tili yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8058266

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Abdulhamid Cho’lponning qalamiga mansub “Kecha va

Kunduz” romanida keltirilgan ayollar obrazi tasviri haqida fikr yuritiladi, undan bakalavr ta‘lim
bosqichi talabalari va o’qituvchilar foydalanishlari mumkin.

Kalit so’zlar:

adabiyot, Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon, “Kecha va kunduz”,

roman, Zebi, xarakter, Saltanat, Qurvonbibi.

IMAGE OF WOMEN IN THE NOVEL "NIGHT AND DAY"

Abstract.

This article discusses the image of women in the novel "Night and Day" written

by Abdulhamid Cholpon, which can be used by undergraduate students and teachers.

Key words:

literature, Abdulhamid Sulayman son of Cholpan, "Night and Day", novel,

Zebi, character, Sultanat, Kurvanbibi.

ОБРАЗ ЖЕНЩИНЫ В РОМАНЕ «ДЕНЬ И НОЧЬ»

Аннотация.

В данной статье рассматривается образ женщины в романе «Ночь и

день» Абдулхамида Чолпона, который может быть использован студентами
бакалавриата и преподавателями.

Ключевые слова:

литература, Абдулхамид Сулейман сын Чолпана, «Ночь и день»,

роман, Зеби, персонаж, Султанат, Курванбиби.

Adabiyot insonning ruhiy olamini, ma‘naviyatini shakllanishida beqiyos ahamiyatga ega.

Cho’lpon ta‘biri bilan aytganda, Adabiyot chin ma‘nosi ila o’lgan, so’ngan, o’chgan, majruh,
yarador ko’ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora
balchiqlarni tozalaydurgan, o’tkir yurak kirlarini yuvadurgan toza ma‘rifat suvi, chang va
tuproqlar to’lgan ko’zlarimizni artib, tozalaydiga buloq suvi bo’lganlikdan bizga g’oyat kerakdir.
Adabiyot mudroq qalblarni hushyorlik suvi bilan sug’orib, hayot ilmini uqmoqlikka
ko’maklashadi. O’tmishdan sado beradi, ma‘naviy kemtikliklarni to’ldiradi. Insonda odob-axloq,
mehr-muhabbat, vafo, sadoqat, ezgulik hislatlarini mustahkamlaydi, ilmsiz, bemehr, tarbiyasiz
odamlarga nisbatan nafrat tuyg’usini uyg’otadi. Badiiy asarni o’qish davomida o’quvchi qalbida
his-tuyg’ular charxlanib, sayqallanib boradi. Shu boisdan ham adabiyotga oshno ko’ngildan hech
qachon yomonlik chiqmaydi. Ulug’ mutafakkirlar har qachon avlodlarni o’qimaklikka, ilmli
bo’lmaklikka chorlab kelgan.

Cho’lpon ijodiga nazar tashlar ekanmiz, uning asarlarida Turkiston muhiti akslanib turadi

va bevosita jarayonni his qilishga, unda yashashga undaydi. Bu ijodkorning yuksak mahorat egasi
ekanligidan dalolat beradi. Uning asarlaridagi epizodlar ta‘riflarning sodda va jozibadorligi,
qo’llangan ismlar-u qahramonlarga xos bo’lgan antroponimik birliklar, onomastikdan o’rinli
foydalana olishi ularning ichki dunyosini ochib bera olgan. Endi, shu o’rinda Cho’lpon asarlarida
qo’llangan ismlar, laqablar, taxalluslar va ularning asarga qay darajada badiiy bo’yoq
berayotganini o’rganish uchun tilshunoslikka murojaat qilamiz.

Roman

obrazlaridan

biri

Zebi oʻsha davr ayollarining begʻubor, samimiy,

soddadil bir koʻrinishi. Ayniqsa, bu holat Zebi sud qilinayotgan chogʻda namoyon boʻladi. Sibirga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

956

surgun qilinib turibdi, biroq, shunda ham uyini qanday topib olishi haqida oʻylaydi. Mingboshini
u oʻldirmagani shu qadar aniqki, "Eringni oʻldirdingmi?" deb soʻrashlarining oʻzi kulguli. Zebi -
oddiy obraz, yaʼni u xarakter sifatida oʻsib chiqmagan. Bosh qahramon demasligimizga sabab, u
voqealar rivojiga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi, aksincha, hayot uni oʻz oqimi boʻylab istagan
xarsangiga uradi. U har nimaga koʻnikuvchan, moslashuvchan: otasining zindonga aylantirgan
hayotiga ham, hatto mingboshiga uzatilishiga ham, u yerdagi hayotga ham koʻnadi. Agar isyon
qilganda edi, mingboshini oʻz xohishiga koʻra yoʻq qilmoqchi boʻlganda yoki undan ozod
boʻlishni talab qilganda xarakter deya olardik. Balki, "Kunduz" qismida Zebi xarakter sifatida
oʻsib chiqar.

"Kecha va Kunduz"ni oʻqib anglashimiz mumkinki, Chor Rossiyasi xalqning eng savodsiz,

maʼlum fikrga boʻlmagan "manqurt" kimsalarga lavozim berib, ular orqali xalqni istaganlaricha
idora etganlar. Mana shunday manqurt kimsalardan bir Akbarali mingboshi. Akbarali mingboshi
xalqning arzi-dodini tinglab hal qilib berish u yoqda tursin, hatto oʻz muammolarini ham
yecholmaydi. Aslida, uni lavozimidan ozod etishmoqchi edi, biroq, nogoh u oʻldirildi. Hukumat
esa bunga siyosiy tus berishga initilib, keraksiz " matoh"ga aylangan kishisini podshoh va Rusiya
davlatiga sodiqligini taʼkidlab, Zebini salkam turk josusiga aylantirib qoʻyadi.

Asarda mavjud tuzumning illatlari ochib tashlanadi. Romanning bosh gʻoyalaridan biri

ham mavjud tuzumni tag-tomiri bilan yulib tashlash. "Kecha va Kunduz" yozilgan davrda ham bu
holat deyarli oʻzgarmagan. Ehtimol, hukumat almashgandir, siyosatning koʻrinishi oʻzgargandir,
biroq natija, istak hamon oʻsha-oʻsha! Haliyam yurtni gʻaflat uyqusidan uygʻotmoqchi boʻlganlar
quvgʻinda, oʻqib, bilim olishni istaganlar "xalq dushmani". Choʻlponning maqsadi ham oʻtmishni
koʻrsatish orqali, xalqning yuziga koʻzgu tutish, asl ahvollarini koʻrsatish boʻlgan boʻlsa, ehtimol.
Asarda moʻja zgina ishora mavjud mutaassib dindor Zebining otasi Razzoq shu qizini qurbon
qilish evaziga boʻlsin, oʻz piriga qarshi chiqibdiki, hukumatni isloh qilsa boʻladi. Qurvonbibi
So’figa achchiq qilib bo’lsami, yo o’zining yaratilish hamirida shu narsani bormi, har qalay,
fitnalikdan, ya‘ni makr va firibdan xoli emas. Erining xotin-xalaj oldida gapirmaganiga uncha xafa
bo’lmasa ham, lekin o’z halol xotini oldida gapirmaganiga kuyunadi va shu kuyish orqasida firib
yo’li bilan so’fini gapirtiradi, ba‘zida tillarini burro qilib sayratadi. Chinakam, bechora
Qurvonbibikiyim-kechak, ayniqsa, yolg’iz qizining sepi xususida ko’p tashvish tortadi. Shunday
tashvishlar ustida u chiqolmay ketib, ba‘ziba‘zida so’figa xarxasha hal qilib ko’radi. Zebi va
Saltanat – qafasning darchasi ochildi! Endi qushlarga qanotlarini rostlab turib, pirr eta uchmoqdan,
keng ko’klarga, fazolarga parvoz qilmoqdan boshqa narsa qolmadi. Paranjini yopinib o‗tirmasdan,
shundoq bosh ustida tashlab, chimmatni ―xo’ja ko’rsinlarga tutgan bo’lib yugurish kerak, xolos.
Enaxon – yo’qsil bir oilaning qizi edi. Otasi muning yoshligida o’lib ketgan, onasi ikkovi
birgalikda akasining boqimiga qarab qolgan edilar.

Bir soʻz bilan aytganda, roman murakkab ijtimoiy siyosiy davrda yaratilgan boʻlmasin, u

oʻsha davrda yaratilgan koʻplab asarlar singari mafkuraga emas, xalqning maʼnaviy kamolotini
taʼminlashga yoʻnaltirilgan asardir.






background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

957

REFERENCES

1.

Cho’lpon ―”Kecha va kunduz” ―Ilm-ziyo-zakovat” Toshkent-2019

2.

Cho’lpon “Kecha va kunduz” ―Sharq nashriyot matbaa konsernining tahririyati Toshkent-
2000

3.

Cho’lpon ―”Adabiyot nadur” maqolasi 1914-yil

4.

Dilmurod Quronov ―”Cho’lpon nasri poetikasi” ―Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi Toshkent-2004

5.

E.A.Begmatov ―O’zbek tili antroponimikasi”―Fan nashriyoti Toshkent-2013

References

Cho’lpon ―”Kecha va kunduz” ―Ilm-ziyo-zakovat” Toshkent-2019

Cho’lpon “Kecha va kunduz” ―Sharq nashriyot matbaa konsernining tahririyati Toshkent-2000

Cho’lpon ―”Adabiyot nadur” maqolasi 1914-yil

Dilmurod Quronov ―”Cho’lpon nasri poetikasi” ―Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent-2004

E.A.Begmatov ―O’zbek tili antroponimikasi”―Fan nashriyoti Toshkent-2013

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов