PHRASEOLOGICAL UNITS IN GERMAN AND UZBEK

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xalilova, Z. (2023). PHRASEOLOGICAL UNITS IN GERMAN AND UZBEK. Modern Science and Research, 2(7), 450–458. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22272
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article talks about phraseologisms, their semantic structure and lexicographical description, as well as synonymy, antonymy and variant coexistence between the noted phraseologys and the relation of closeness and harmony between the two languages.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

450

FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR NEMIS VA O`ZBEK TILLARIDA

Xalilova Zilola Farmonovna

NavDPI tayanch doktoranti.

zilolakhalilova@inbox.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.8196950

Annotatsiya.

Maqolada frazeologizmlar, ularning ma’no tarkibi va leksikografik tavsifi

hamda qayd qilingan frazeologizmlararo sinonimiya, antonimiya va variantdoshlik ikki til
orasidagi yaqinlik, uyg`unlik va farqlilik munosabati haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

frazeologik birlik, tilshunoslik, nutq, izoh, sinonim, antonim, chatishma,

ekvivalent, erkin birikma.

PHRASEOLOGICAL UNITS IN GERMAN AND UZBEK

Abstract.

The article talks about phraseologisms, their semantic structure and

lexicographical description, as well as synonymy, antonymy and variant coexistence between the
noted phraseologys and the relation of closeness and harmony between the two languages.

Key words:

phraseological unit, linguistics, discourse, explanation, synonym, antonym,

conjunction, equivalent, free combination

.

ФРАЗЕОЛОГИЗМЫ НА НЕМЕЦКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ

Аннотация.

В статье рассматриваются фразеологизмы, их смысловая структура

и лексикографическое описание, а также отношения близости, гармонии и различия
между двумя языками, синонимия, антонимия и вариативность между упомянутыми
фразеологизмами.

Ключевые слова:

фразеологизм, Лингвистика, речь, аннотация, синоним, антоним,

спряжение, эквивалент, свободное сочетание.


Frazeologizmlar - bu hozirgi zamon frazeologik sistemasining asosiy birligi bo’lib, tildagi

mavjud so’z birikmalarining umumiy hisobidan juda qiyinchilik bilan farqlanadigan ko’p aspektli
til hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham tilshunoslikka oid adabiyotlarda frazeologizmlarning
lingvistik mohiyati masalasi hanuzgacha munozaraligicha qolmoqda. Sh. Balli frazeologiyaning
asosiy belgisi uning o’rnini o’sha iboraning ma’nosiga to’g’ri keladigan so’z bilan almashtirish
mumkin yoki mumkin emasligi, deb hisoblasa, B. A. Larin esa uning asosiy belgisi frazeologik
birliklarni tashkil qiluvchi alohida so’zlarning ma’nosidan o’sha birliklar umumiy ma’nosining
kelib chiqmasligidadir, deb hisoblaydi. Frazeologizmlarning paydo bo’lishi inson tafakkuri bilan
tilning leksik imkoniyatlari o’rtasidagi nomutanosibliklarni kamaytirishga xizmat qiladi. Nemis
frazeologiyasi boy va shu bilan birga uzoq tarixga ega. Bunda sof nemis tilidagi frazeologizmlar
qatorida chet tilidan qabul qilingan, ya’ni internatsional frazeologizmlar ham mavjud.
Frazeologizmlarga faqatgina tilning “bezagi” sifatida qarab bo’lmaydi. Dunyoda iboralarsiz
tilning o’zi yo’q, xususan nemis tili frazeologiyasi ham juda boy va o’zining ko’p asrlik tarixiga
ega. Nemis tili lingvistikasida frazeologiya nazariyasiga oid bir qator ilmiy ishlar mavjud.
Tilshunoslik tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Sharl Balli phrazeologiya atamasini
«stilistikaning so’z birikmalarini o’rganuvchi bo’limi» ma’nosida kiritdi, ammo mazkur atama
G’arbiy Yevropa lingvistlarning asarlarida boshqa uch ma’nolarda o’z aksini topdi:

1. so’z tanlash, ifoda shakli, ta’riflash;
2. til, bo’g’in, uslub;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

451

3. ifoda, so’z birikmasi.
Erkin birikkan so’z birikmasi ma’lum fikrlarni ifodalash uchun har bir ma’lum nutq

vaziyatlarining vazifasiga asosan tildagi muloqotlar davridagi mazkur tilning grammatik
qoidalariga asoslanib yaratiladi. Erkin birikmaning umumiy ma’nosi o’sha birikmani tashkil etgan
har bir so’z mazmunidan anglashiladi. Erkin birikma tarkibiga hokim so’z va gapning mustaqil
a’zosi vazifasini bajaradigan tobe so’z kiritilgan. Shunday qilib, erkin birikma o’zida sintaktik
bog’lanishni namoyon etadi. Birikmadagi har bir bog’lanishlarning tobelik munosabati
birikmaning semantik mustaqilligini anglatadi va ular birlashgan holda turg’un birikmalarni hosil
qiladi.

Barqaror so’z birikmasi birikma tarkibidagi biror so’zni birikma ma’nosini buzmasdan

o’zgartirish mumkin bo’lmagan qat’iy muayyan so’zlardan tashkil topgan bo’ladi. Barqaror
birikma shaklan va muayyan ma’no jihatidan boshqa birikmalardan ajralib turadi, u an’anaviy
qo’llanishi va mazmun to’laligining yuqori yoki quyi ekanligidan aniqlab olinadi. Turg’un so’z
birikmasi nutq paytidagi so’zlashuv jarayonida yaratilmaydi, lekin nutqda allaqachon qotib qolgan
va ma’lum mazmunda ishlatilayotgan bo’ladi. Barqaror so’z birikmasining mazmunan to’liq
tarkibi gapning mustaqil bo’lagini anglatmaydi, lekin barqaror birikma bir butunlikda gapning bir
bo’lagini barpo etadi, maqol bundan mustasno, chunki uning tuzilishi butun boshli gap bilan teng
bo’lishi mumkin.

1.Es ist noch kein Meister vom Himmel gefallen.- (Hech kim osmondan usta bo`lib

tushmaqydi).

Hech kim onasidan gijinglagan otday serg‘ayrat, yerga ursa, ko‘kka sapchiydigan bo‘lib

tug‘ilmaydi.

[ Abdug‘afur Rasulov,filologiya fanlari doktori, O‘zMU professori “Jahon adabiyoti”

jurnali, 2010 yil, 11-son,1]

Erläuterungen

Niemand wird als Meister geboren. Fähigkeiten muss man sich erarbeiten.
Hech kim onasidan usta bo`lib tug`ilmaydi. Mehnat hatijasida erishiladi.
Man muss lernen und üben, bevor man etwas besonders gut kann. Es braucht Zeit und

Geduld, um auf einem Gebiet meisterhaft zu werden.

Wenn etwas vom Himmel fällt, dann wird es einem geschenkt. Es ist ohne eigene Arbeit

und Mühe zu erlangen. Meisterschaft fällt aber gerade nicht vom Himmel. Um auf einem Gebiet
richtig gut zu werden, muss man kontinuierlich weiter lernen und sich bemühen. Das Sprichwort
soll ermuntern und Mut machen, wenn etwas nicht auf Anhieb klappt.

Im Lateinischen heißt es

Nemo magister natus.

= Niemand ist als Meister auf die Welt

gekommen. Eine andere Variante des Sprichworts besagt

Nemo nascitur artifex.

= Niemand wird

als Künstler geboren. Beide sind unbekannter Herkunft. [

Ражабов Н

,1977,

2]

Was Du heute kannst besorgen, das verschiebe nicht auf morgen.

(Bugungi ishni ertaga qo`yma)


Etwas lieber sofort erledigen, als es auf später oder einen anderen Tag aufzuschieben
Barqaror birikmali so’zlar tilning frazeologik birikmalari deb ham yuritiladi. Frazeologik

birikmalar ikki yoki undan ko’p so’zlardan tashkil topadi, u bir tushunchani ifodalashi va bir
so’zga ekvivalent bo’lishi mumkin, odatda u bir so’zli sinonimik ekvivalentga ega bo’ladi,
sintaktik jihatdan gapning bir bo’lagini barpo etadi. Tuzilishiga ko’ra frazeologik birikmalar ulkan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

452

xilma-xillikni o’zida namoyon etadi. Frazeologik birikmalarning tarkibi o’rtasidagi semantik
bog’lanishlar turlicha bo’lishi mumkin: bunday birliklar tarkibiga kiruvchi so’z o’zining ma’no
mustaqilligini yuqori yoki past darajada saqlab qoladi.

Erkin birikma – bu barqaror birikma, ya’ni birikma tarkibidagi so’zlarning har birida

tobelik munosabati mavjud, bir oz ma’no mustaqilligi saqlangan birikma. Erkin birikmani tashkil
etuvchi so’zlar ma’nosi frazeologik bog’lanishlarda tobelikni bildiradi, bundan tashqari har biri
mazkur so’zlar bilan faqat birikmalarda ko’rsatiladi. Butun birikma ma’nosi uni tashkil etuvchi
so’zlar ma’nosidan anglashiladi.

Nur Bahnhof verstehen.
(faqat vokzalni tushunmoq)

Etwas / eine Aufgabe gar
nicht verstehen.
(Topshiriqni , vazifani
umuman tushunmaslik)

Frazeologizmlar nemis tilshunosligida o’rganila boshlagach, frazeologik birliklarni

tasniflash, tizimlashtirish masalasi ko’tarila boshlandi. Nemis tilshunos olimlari frazeologizmlarni
turlicha yondashuvlar asosida klassifikatsiyalashgan. Masalan, M. D. Stepanova hamda I. I.
Chernishyovalar frazeologizmlarning strukturaviy hamda semantik jihatdan tasniflagan. Teo
Shippan ham frazeologizmlarning ikki turini ajratib ko’rsatgan, ya’ni frazeologik butunlik va
turg’un birikmalar. Yana bir tilshunos olim U. Fiks esa, frazeologizmlarni erkin gap bilan
taqqoslaganda, fe’llar ma’nosining mos kelishi yoki mos kelmasligiga ko’ra ikki turini farqlaydi.
Demak, tilshunos olimlar frazeologizmlarni turli xil jihatlarini o’rganishga urinishgan. Barcha
sohalarda bo’lgani kabi frazeologiya ham o’zining o’rganish obyektiga ega. Frazeologiyaning
o’rganish obyekti o’z navbatida shunday murakkab va o’ziga xoski, uni o’rganish jarayonida
yuqorida sanab o’tilgan tilshunoslik fanlari rivojlanishiga yangi manbalar yaratadi. Frazeologiya
nemis tilshunosligida umuman olganda asosiy mavzu ekanligi allaqachon isbotlab ko’rsatib
berilgan. Avvalombor, muhokamada tasniflash masalasi turadi. Frazeologizmlarda so’z
yasalishidagidek struktur tiplari va yasalish elementlari (affikslar) ning alohida sistemasi mavjud
emas.

1. jm. in die Rede fallen(so`zga tushmoq,so`z olmoq, gapirmoq)

jm. ins Wort fallen

2. an der Reihe sein (qatorda bo`lmoq,keyingisi bo`lmoq)

der Nächste sein

3 den Faden verlieren (klavani yo`qotmoq)

das Thema verlieren

6. fix und fertig (tap-tayyor)

völlig erschöpft/ganz fertig

4. dicke Luft (qalin havo, xavfli ob-havoga nisbatan)

Gefahr

8. an die Luft gehen ( havoda yurmoq, sayr qilmoq)

spazierengehen

9. in die Luft fliegen (havoga uchmoq)

explodieren

10. sich lustig machen über ( quvonmoq)

mit Humor die Schwächen
von etwas zeigen

11. mach dir nichts daraus ( xafa bo`lmaslik)

ärgere dich nicht

12. von Mensch zu Mensch (insondan –insonga) ( to`gridan –to`gri)

direkt

13. von Mann zu Mann ( erkakdan –erkakga) ( to`gridan –to`gri)

direkt

14. den Mund halten (og`izni tutmoq) (jim bo`lmoq, gapirmaslik)

still sein

15. von Mund zu Mund gehen ( og`izdan og`izga)

sich schnell verbreiten


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

453

16. nach und nach (qadam baqadam)

allmählich

17. jm. zum Narren halten ( kimnidir ahmoq deb hisoblamoq)

jm. verspotten

18. die Nerven verlieren (tinchligini yo`qotmoq)

die Ruhe verlieren

19. die Nerven behalten (tinchlikni asramoq)

die Ruhe bewahren

20. gute Nerven haben (asab joyida)

viel aushalten können

21. ganz Ohr sein (qulog` dik,diqqatli bo`lmoq)

aufmerksam zuhören

22. seine Papiere bekommen (qog`ozni olmoq,pattasini olmoq)

23. an der Quelle sitzen (birinchi qo`l)

Waren/ Nachrichten aus
erster Hand bekommen

24. frisch von der Quelle (birinchi qo`l)

aus erster Hand

25. am Rande des Grabesstehen (qabrning chetida,bir oyog`i go`rda,
bir oyog`i yerda)

todkrank sein

26. im Recht sein (haq bo`lmoq)

recht haben

G‘.Salomov o‘zbek tilshunosligi uchun g‘oyat dolzarb muammolardan biri frazemalar

tarjimasi bilan maxsus shug‘ullangan olimdir. Olimning ta’kidlashicha, “Maqol-xalq aql
idrokining mahsuli, uning hukmi, ko‘p asrlik tajribalari majmuyi, turmushdagi turli voqea
hodisalarga munosabatining ifodasidir”. Frazeologizmlarni o‘rganishda ularni o‘zbek va boshqa
tillar frazeologizmlari bilan qiyosiy o‘rganish ham maqsadga muvofiq ko‘rinadi. N.Turopovaning
“Yapon va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarni qiyosiy o‘rganish” nomli ilmiy maqolasida
shunday fikrlar ilgari surilgan. Frazeologik iboralar nutqning ta’sirchanligini, emotsional -
ekspressivligini ta’minlovchi asosiy vosita sifatida nutqimiz ko‘rki hisoblanadi. Shu nuqtayi
nazardan xorijiy til frazeologizmlarining xususiyatlarini o‘rganib, ularni o‘zbek tilida ifodalash
usullarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Har tillardagi frazeologizmlarni qiyosiy o‘rganishda
ularning mazmun jihatdan bir - biriga mos kelishi yoki qisman mos kelishi, o‘xshashligiga hamda
bir tilda mavjud bo‘lgan frazeologizmlarning ikkinchi tilda na ekvivalentiga, na variantiga
egaligiga e’tiborni qaratish lozim. N.Turopova frazeologizmlarni quyidagicha guruhlarga bo‘lib
o‘rganishni tavsiya etadi. [ Dilobar Abduxalilova, & Furkat Raxmatov, 2021.3]

1.Har ikki tilda mavjud bo‘lgan ekvivalent frazeologizmlar. Ular mazmun, shakl,

ekspressiv-stilistik xususiyatlarni saqlagan bo‘lishi lozim.

2. Har ikki tilda o‘zaro o‘xshash bo‘lgan frazeologizmlar. Ular mazmun jihatdan o‘xshash

stilistik xususiyatlarni o‘zida saqlagan, lekin obrazli asosi turlicha bo‘lgan frazeologik
variantlardir.

3. Mazmuni kontekst orqali aniqlanadigan, milliy urf-odatni ifodalovchi frazeologizmlar.
Frazeologik ekvivalent tanlashda tarjimon albatta kontekstda anglatgan mazmunga e’tibor

berishi lozim, aks holda, tanlangan ekvivalent matnda ifodalangan mazmunga to‘g‘ri kelmay,
fikriy g‘alizliklarni keltirib chiqaradi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, tarjima jarayonida bir tilga
xos bo‘lgan grammatik vositalarni albatta ikkinchi tilda grammatik vositalar orqali berish shart
emas. Bunday hollarda tarjimada vaziyat yo kontekstga alohida e’tibor qaratish lozim. Asosiysi,
tarjimada so‘zlar kabi frazeologizmlarning anglatgan ma’nosini, emotsional - ekspressiv va
stilistik xususiyatlarini saqlagan holda shakliy xususiyatlarini ham aks ettirish zarur. Maqol
kundalik hayotda kishilarning bir-birlari bilan muomalada bo‘lishi jarayonida tug‘iladi. Idioma -
shaklan bo‘laklarga ajralmaydigan, maxraji birikma tarkibidagi so‘zlarning to‘g‘ri va konkret
ma’nosi bilan talqin qilinmaydigan, ko‘chma ma’no anglatuvchi barqaror so‘z birikmasidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

454

“Idioma” (yunoncha o‘ziga xos ifoda, ibora) - frazeologik chatishmadir7. Frazeologik chatishma
- ma’nosi tarkibidagi so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqmaydigan frazeologik birliklar8. Masalan,
“oyoqni qo‘lga olmoq” (yugurmoq).

O‘tgan asrning 60-70-yillaridan boshlab o‘zbek frazeologiyasini o‘rganish ishi quyidagi

ikki asosiy yo‘nalishda rivojlandi:

a) o‘zbek tili frazeologik birliklarining ayrim struktural tiplari maxsus o‘rganila boshladi;
b) frazeologik birliklarning badiiy uslubiy xususuyatlari o‘rganildi.
Frazeologik birliklarning ibora - tasvir vositalari tizimida turgan o‘rnini tadqiq qilish

davom ettirildi. Bunday yo‘nalishdagi tadqiqotlarda asosan yangi ilmiy soha - frazeologiyaning
ko‘pgina oziga xos muammolari o‘rganildi va o‘zbek adabiy tilining frazeologik tarkibi yangi
frazeologik birliklar tahlili hisobiga boyib bordi.

Frazeologiya mustaqil fan bo‘lib shakllanishi va ajralib chiqqanidan buyon o‘tgan nisbatan

qisqa vaqt ichida frazeologik birliklar turli jihatlardan o‘rganildi. Frazeolgik birliklarga
morfologik nuqtayi nazaridan ham yondashiladi, ya’ni ularning u yoki bu frazeologik grammatik
turkumlarga mansubligi belgilanadi. Frazeologik birliklarning shakli bilan ma’nosi orasidagi
izomorfik (moslik, parallellik) darajasini aniqlash maqsad qilib qo‘yildi. Keyingi yillarda
frazeologizmlar yuzasidan ko‘plab ilmiy monografik asarlar, ilmiy maqolalar nashr etildi.
Shunday ishlardan biri B.Yo‘ldoshevning “Frazeologizmlarning adabiy til normasiga
munosabatiga doir” nomli maqolasidir. Til jamiyatda eng muhim aloqa vositasi bo‘lishi, o‘z
vazifalarini oqilona bajarishi uchun, avvalo, normalashgan bo‘lishi kerak, chunki normativlik
xususiyati milliy adabiy tilning markaziy va eng muhim belgisidir. Mavzu so’z gruppalari va
gaplar haqida ketganligi tufayli so’zlar uchun qo’llanila oladigan tasniflash kriteriyalari
frazeologizmlarda to’liq ko’chirilmaydi. Bu erda qandaydir tur klassifikatsiyasi haqida gap
ketayotgani yo’q, balki kamdan- kam uchraydigan hodisalar, ya’ni frazeologizmlarning funksiyasi
va mazmun- mohiyatidagi nuqtai-nazar, qarashlar, ularning turg’unligi va boshqa til birliklari bilan
o’zgaruvchanlik aloqalarini ko’rib chiqish haqida ketmoqda. Frazeologik konstruksiya
mohiyatining xarakterlanish bilan aloqadorligi tasniflash kriteriyalari sifatida ko’rib chiqilgan. Bir
tomondan frazeologizmlardagi komponent sifatidagi qo’llanilayotgan so’zlarning ma’nolari
orasidagi ”noqonuniy” munosabat va boshqa tomondan esa, frazeologizmlarning mutlaqo aniq
qo’yilgan faktorlari, frazeologizmlarning ma’nolari semantik klassifikatsiya kriteriyasini
ko’rsatadi. Lekin kelib chiqish darajasida alohida bo’linishini, farqlanishni qamrab ololmaganligi
tufayli, boshqa keyingi funksional va struktur kriteriyalarni ham o’ziga yaqinlashtiradi. Mavzuni
va predmetni aniqlash so’z va so’z yasalishi konstruksiyasi predmetini aniqlashdagi turli xil
muammolarga qaraganda biroz qiyinroq. Mana shuning uchun hamma klassifikatsiya tajribalariga
birinchi navbatda ana shu ta’sir ko’rsatadi. Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida
tilda mavjud bo’lgan so’z komplekslarining aniq kombinatsiyalarining barcha turlarini o’z ichiga
qamrab oladi. N. Teliya ham muammoli masala sifatida frazeologiyaning ko’rinishini
leksikologiya bilan yonma- yon mustaqil bo’lim sifatida ajratdi va til sistemasi bo’limlarida
batafsil asoslash bilan frazeologik qatlamning yuzaga kelishini rad etadi va tilning leksik semantik
birligi sifatida e’tirof etilgan so’zning muammoli masalalaridan an’anaviy frazeologiyaning
muammoli masalalarini ajratishni frazeologik tadqiqotlarning kamchiliklaridan biri deb izoh berdi.

Frazeologiya fanini o’rganishning o’ziga xos ba’zi muammolari mavjud bo’lib, bu borada

mutaxassislarning fikrlari turlichadir. Darhaqiqat, frazeologiya sohasida ilmiy izlanishlar olib


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

455

boruvchi tadqiqotchilarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri frazeologiya sohasidagi
nazariy va amaliy fikrlarni umumlashtirib, to’g’ri ilmiytadqiqotni amalga oshirishdan iboratdir.
Tilshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar V. Flaysher, V. V. Vinogradov, E. D.
Polivanov, B. A. Larin, A. V. Kunin, N. M. Shanskiy, L. P. Smit va Sh. Ballilar ham frazeologiya
va uning masalalari borasida alohida tahsinga loyiq ishlarni amalga oshirishgan va mazkur
sohaning taraqqiyotida ularning hizmatlari nihoyatda beqiyos bo’lgan.

Frazeologiya fanining tarix, adabiyotshunoslik, lisoniy mamlakatshunoslik va

tilshunoslikning bir qator boshqa fanlari leksikologiya, semantika, grammatika, fonetika, stilistika,
til tarixi, etimologiya, matn tilshunosligi va umumiy tilshunoslik kabi fanlar bilan bog’liqlik
jihatlari ham mavjud. Frazeologiya leksemalardan tashkil topadi, leksemalar esa leksikologiyaning
o’rganish obyekti hisoblanadi. Frazeologiya komponentlarining tabiatini hamda ularning lisoniy
darajasini leksikologiyaning manbalariga tayanib aniqlash mumkin.

Frazeologizmlar nemis tilshunosligida o’rganila boshlagach, frazeologik birliklarni

tasniflash, tizimlashtirish masalasi ko’tarila boshlandi. Nemis tilshunos olimlari frazeologizmlarni
turlicha yondashuvlar asosida klassifikatsiyalashgan. Masalan, M. D. Stepanova hamda
I.I.Chernishyovalar frazeologizmlarning strukturaviy hamda semantik jihatdan tasniflagan. Teo
Shippan ham frazeologizmlarning ikki turini ajratib ko’rsatgan, ya’ni frazeologik butunlik va
turg’un birikmalar. Yana bir tilshunos olim U. Fiks esa, frazeologizmlarni erkin gap bilan
taqqoslaganda, fe’llar ma’nosining mos kelishi yoki mos kelmasligiga ko’ra ikki turini farqlaydi.
Demak, tilshunos olimlar frazeologizmlarni turli xil jihatlarini o’rganishga urinishgan. Barcha
sohalarda bo’lgani kabi frazeologiya ham o’zining o’rganish obyektiga ega. Frazeologiyaning
o’rganish obyekti o’z navbatida shunday murakkab va o’ziga xoski, uni o’rganish jarayonida
yuqorida sanab o’tilgan tilshunoslik fanlari rivojlanishiga yangi manbalar yaratadi. Frazeologiya
nemis tilshunosligida umuman olganda asosiy mavzu ekanligi allaqachon isbotlab ko’rsatib
berilgan. Avvalombor, muhokamada tasniflash masalasi turadi. Frazeologizmlarda so’z
yasalishidagidek struktur tiplari va yasalish elementlari (affikslar) ning alohida sistemasi mavjud
emas. Mavzu so’z gruppalari va gaplar haqida ketganligi tufayli so’zlar uchun qo’llanila oladigan
tasniflash kriteriyalari frazeologizmlarda to’liq ko’chirilmaydi. Bu erda qandaydir tur
klassifikatsiyasi haqida gap ketayotgani yo’q, balki kamdan- kam uchraydigan hodisalar, ya’ni
frazeologizmlarning funksiyasi va mazmun- mohiyatidagi nuqtai- nazar, qarashlar, ularning
turg’unligi va boshqa til birliklari bilan o’zgaruvchanlik aloqalarini ko’rib chiqish haqida
ketmoqda.

Frazeologizmlar haqli ravishda lug’at boyligining birliklari sifatida tadqiq qilinishi va

xuddi so’zlar kabi tasvirlanishi lozim. Bu misol uchun frazeologizmlar va alohida so’zlar uchun
asosiy umumiy tushuncha sifatida leksema terminining qo’llanilishida o’z ifodasini topadi. Yaxlit
holda keltirilgan frazeologiya xuddi sintasis va morfologiya kabi chambarchas bog’liq yo’nalish
sifatida bir-biriga qarama-qarshi qo’yilgan. N. Teliya ham muammoli masala sifatida
frazeologiyaning ko’rinishini leksikologiya bilan yonma- yon mustaqil bo’lim sifatida ajratdi va
til sistemasi bo’limlarida batafsil asoslash bilan frazeologik qatlamning yuzaga kelishini rad etadi
va tilning leksik semantik birligi sifatida e’tirof etilgan so’zning muammoli masalalaridan
an’anaviy frazeologiyaning muammoli masalalarini ajratishni frazeologik tadqiqotlarning
kamchiliklaridan biri deb izoh berdi. Nemis frazeologiyasining birinchi mustaqil umumiy ifodasi
avval ham aytib o’tilganidek, rus tilshunos olimi I. I. Chernyashevaga taalluqlidir. U “frazeologik


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

456

birliklar”ni (kamida bitta komponentning ma’nosi bilan) va frazeologik tipga xos bo’lmagan
“turg’un so’z komponentlar”ini bir-biridan farqlab berdi. Xuddi shunday ona tilimizdagi
frazeologik birliklar purma`noligi va aniq talqin etilishi bilan tilimiz boyligiga amin bo`lamiz.

Masalan:
Jemandem auf den Schlips treten. (Kimnidir galstugiga kirmoq).
Jemanden kränken/beleidigen- kimnidir dumini bosmoq, kimnidir qiyin vaziyatga solmoq,

tanqid qilmoq, loy chaplamoq – orqasidan yomon gap-so‘z aytmoq, tuhmat qilmoq (Setora,
odamlarning orqasidan loy chaplamoq yaxshi emas, bilasankuSinonimi: mag‘zava ag‘darmoq,
tosh otmoq.

Dumini bosmoq gʻashiga, asabiga tegmoq.

Idorada, ish ustida, ish yuzasidan

gapirayotirman. Du-mingizni bosganim yoʻq.

A. Qahhor, Sarob.

Men bir-ikkitasining dumini

bosdim shekilli.

S. Siyoyev, „Otliq ayol“

.[ Burger Harald. Idiomatik des Deutschen,1974,

4]

Bei ihm musst du genau aufpassen, was du sagst, denn er fühlt sich immer gleich auf den

Schlips getreten.

Ich möchte dir nicht auf den Schlips treten, aber ich glaube, dass dein Verhalten sehr

egoistisch und rücksichtslos ist.

Sollte ich dir irgendwie auf den Schlips getreten haben, so tut es mir leid.

Sie hat ihre Kritik sehr vorsichtig formuliert, damit sich niemand auf den Schlips getreten

fühlt.

Siz u bilan gaplashayotganda ehtiyot bo'lishingiz kerak, chunki u doimo oyoq

barmoqlariga qadam qo'ygandek his qiladi.

Men sizni xafa qilishni xohlamayman, lekin sizning xatti-harakatlaringiz juda xudbin va

beparvo ekanligiga ishonaman.

Agar oyog'ingga biron-bir tarzda bosgan bo'lsam, kechir.
Hech kim xafa bo'lmasligi uchun u o'z tanqidini juda ehtiyotkorlik bilan aytdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

457

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqoridagi manba nemis tilshunos olimi X. Burger ham frazeologizmlar masalalari

bo’yicha ko’plab ishlarni amalga oshirgan. U asosan idiomalarning stilistik aspektlariga va ularni
tarjima qilish masalalariga alohida e’tibor qaratgan. U frazeologizmlarning bir guruhi sifatida
idiomalarni sharhlab o’tgan. X. Burgerning fikricha, birikmaning umumiy ma’nosi qoidadan
mustasno tarzda talqin qilinadi. Bunda ko’rsatilgan ko’chma ma’noli so’z birikmalari yoki
ularning umumiy ma’nolari hech qanday holatda komponentlarning erkin ma’nosidan
tushunilmaydi.

Ma’lumki, frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq leksemadan tashkil topadi. Uning

komponentlari orasida o’zaro sintaktik va semantik aloqa mavjud bo’ladi. FB komponentlarining
semantik mustaqil bo’lgandagi farqlari avvaldan mavjud bo’lganlaridan frazeologizmlarning
yasalishida ham muhim rol o’ynaydi. Shunday qilib, leksik komponent o’zgarmas tarkibi bir
frazeologizmning belgisi ekanligini keltirib chiqaradi. FBlarning tarkibiy qismlari sifatida so’zlar
leksik- semantik paradigmadan kelib chiqadi va leksik- semantik sistemaning birligi sifatida
so’zdan farq qiladigan struktur funksiyaga ega bo’ladi. Bu masalada A. I. Malotkov ko’proq
shug’ullangan. Frazeologizm u uchun na yolg’iz bir so’z bilan, na so’z gruppalari bilan o’xshash,
balki alohida leksik ma’noga, ko’plab komponentlar strukturalariga va o’ziga xos grammatik
kategoriyalarga ega bo’lgan birlikdir. Frazeologizmlarning komponentlari bo’yicha dastlab ba’zi
lug’atlar va maxsus frazeologik materiallar jamlanmasi asosida ikki yoki undan ortiq tillarda
tadqiqotlar olib borildi.

XULOSA

Nemis tilshunos olimi X. Burger ham frazeologizmlar masalalari bo’yicha ko’plab ishlarni

amalga oshirgan. U asosan idiomalarning stilistik aspektlariga va ularni tarjima qilish masalalariga
alohida e’tibor qaratgan. U frazeologizmlarning bir guruhi sifatida idiomalarni sharhlab o’tgan. X.
Burgerning fikricha, birikmaning umumiy ma’nosi qoidadan mustasno tarzda talqin qilinadi.
Bunda ko’rsatilgan ko’chma ma’noli so’z birikmalari yoki ularning umumiy ma’nolari hech
qanday holatda komponentlarning erkin ma’nosidan tushunilmaydi.

Har bir frazeologizm xalq donishmandligining hukmi, ko‘p yillik hayotiy tajribalarining

umumlashma xulosalaridir. Ularning tilda paydo bo‘lishi ularni yaratgan ijod qilgan xalqning
tarixi bilan belgilanadi. “Ularning ko‘pchiligi juda qadim zamonlarda yaratilgan va ular o‘zini ijod
qilgan xalq bilan birga yashab kelmoqda. Har qanday hikmatli ibora ham ommalashib
ketavermaydi, faqat jamiyatdagi ko‘chilikning orzu-umidini, istagini, hayoti va fikrini aks ettirgan
hikmatli iboralargina ommalashadi, avloddan-avlodga o‘tadi, asrlar osha yashaydi ”[Berdiyorov
N., Rasulov R. 1984: 5] Xalqimiz shevalari betakror va purma’no so‘z va iboralarga boy. Ular
tilimizning tarixini o‘rganish, taraqqiyot bosqichlarini belgilab berishda ham muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, ona tilimiz va nemis tilining shevalari iboralarga boy,
ularning til va madaniyat, muloqot va nutq jarayonidagi o‘rni va ahamiyati katta. Ularni shevalar
kesimida, adabiy til tizimida tutgan o‘rni, ahamiyati, vazifasi jihatidan baholash uchun ma’no
tarkibi,

leksik-semantik

munosabatlarini

tadqiq

qilish,

leksikografik

tavsiflarini

mukammallashtirish, shevalarning iboralari lug‘atini yaratish muhim nazariy-amaliy ahamiyat
kasb etadi.



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

458

REFERENCES

1.

Berdiyorov N., Rasulov R. O‘zbek tilining paremiologik lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi,
1984. 2. Ражабов Н. Ўзбек шевашунослиги. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – 291 б. 3.
Ройзензон Л.И. Русская фразеология. – Самарканд, 1977. – 116 с.

2.

Burger Harald. Idiomatik des Deutschen. Frankfurt am Main, Tübingen, Max Niemeyer
Verlag, 1973

3.

Furkat Raxmatov (2021). ПЕДАГОГИКАДА МАНТИҚ ИЛМИ. Central Asian
Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 39-50.

4.

Dilobar Abduxalilova, & Furkat Raxmatov (2021). WORTPAAREN IN DEUTSCHER
UND USBEKISCHER SPRACHE UND IHR AUSDRUCK IN DER USBEKISCHEN
SPRACHE. Academic research in educational sciences, 2 (CSPI conference 2), 162-169.

5.

Deutschlernendeblog.de

References

Berdiyorov N., Rasulov R. O‘zbek tilining paremiologik lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1984. 2. Ражабов Н. Ўзбек шевашунослиги. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – 291 б. 3. Ройзензон Л.И. Русская фразеология. – Самарканд, 1977. – 116 с.

Burger Harald. Idiomatik des Deutschen. Frankfurt am Main, Tübingen, Max Niemeyer Verlag, 1973

Furkat Raxmatov (2021). ПЕДАГОГИКАДА МАНТИҚ ИЛМИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 39-50.

Dilobar Abduxalilova, & Furkat Raxmatov (2021). WORTPAAREN IN DEUTSCHER UND USBEKISCHER SPRACHE UND IHR AUSDRUCK IN DER USBEKISCHEN SPRACHE. Academic research in educational sciences, 2 (CSPI conference 2), 162-169.

Deutschlernendeblog.de

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов