APPLICATION OF FUNCTIONAL-VALUE ANALYSIS IN PRODUCT QUALITY ENHANCEMENT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xakimov, D., & Rajabov, D. (2023). APPLICATION OF FUNCTIONAL-VALUE ANALYSIS IN PRODUCT QUALITY ENHANCEMENT. Modern Science and Research, 2(7), 491–498. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22291
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article examines the application of functional-value analysis at the stages of product quality silencing, technological planning, preparation for production and its acquisition, and uses functional-value analysis in research work such as product or technalogies, optimization of the ratio between the consumer properties of production, economic process objects and its production costs, production and operating costs.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

491

UDK: 658.52/338.45

MAHSULOT SIFATINI OSHIRISHDA FUNKSIONAL-QIYMATLI TAHLILNI

QO’LLASH

Xakimov Dilmurod Valijon o‘g‘li

Toshkent Davlat Agrar Unversiteti, “Qishloq xo’jaligi maxsulotlarni standartlashtirish va

sertifikatlashtirish” kafedrasi dotsenti, t.f.f.d. (PhD)

dhakimov91@mail.ru

Rajabov Doniyorbek Baxtiyorovich

Toshkent Davlat Agrar Unversiteti, “Qishloq xo’jaligi maxsulotlarni standartlashtirish va

sertifikatlashtirish” kafedrasi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8206108

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mahsulot sifatini loyixalashtirish, texnologik rejalashtirish,

ishlab chiqarishga tayyorgarlik va uni egallash bosqichlarida funksional-qiymatli tahlilni qo’llash
ko’rib chiqilgan bo’lib, funksional-qiymatli tahlildan mahsulot yoki texnalogiyalar, ishlab
chiqarish, iqtisodiy jarayon ob’ektlarining iste’mol xossalari va uning ishlab chiqarish
xarajatlari, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya xarajatlari o‘rtasidagi nisbatni optimallashtirish
kabi tadqiqot ishlarida qo’llaniladi.

Kalit so‘zlar:

funksional-qiymatli tahlil, loyixalashtirish, texnologik rejalashtirish, ishlab

chiqarish, optimallashtirish, Eyzenxauerning AVS prinsipi va x.k.

APPLICATION OF FUNCTIONAL-VALUE ANALYSIS IN PRODUCT

QUALITY ENHANCEMENT

Abstract.

This article examines the application of functional-value analysis at the stages

of product quality silencing, technological planning, preparation for production and its
acquisition, and uses functional-value analysis in research work such as product or technalogies,
optimization of the ratio between the consumer properties of production, economic process objects
and its production costs, production and operating costs.

Key words:

functional-value analysis, clairvoyance, technological planning, production,

optimization, Eisenhower's AVS principle, and x.k.

ПРИМЕНЕНИЕ ФУНКЦИОНАЛЬНО-СТОИМОСТНОГО АНАЛИЗА В

ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ПРОДУКЦИИ

Аннотация.

В данной статье рассматривается применение функционально-

стоимостного анализа качества продукции на этапах проектирования, технологического
планирования, подготовки производства и ее освоения, применяемого в таких научно-
исследовательских работах, как функционально-стоимостный анализ потребительских
свойств продукции или технологий, объектов производства, хозяйственного процесса и
оптимизация соотношения между издержками ее производства, издержками
производства и эксплуатации.

Ключевые

слова:

функционально-стоимостный

анализ,

проектирование,

технологическое планирование, производство, оптимизация, принцип АВС Эйзенхауэра и
Х.k.




background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

492

Kirish

Sifat harajatlari tahlilini o‘tkazish va xisobotlarni shunday ko‘rinishda tuzish kerakki,

bunda ular turli darajadagi raxbarlar sifatga bo‘lgan munosabatni ob’ektiv ko‘rinishda takdim etib
yordam berishlari mumkin.

Sifat harajatlari tahlilining maqsadi va masalalariga bog‘liq xolda va uni amalga oshirish

uchun zarur manbalarni olish imkoniyatlariga qarab analitik usullar bir-biridan ancha farq qiladi.
Bunday farqqa yana korxona faoliyatining ma’lum bosqichlarida mahsulot bilan o‘tish va uning
hozirgi paytdagi harajatlarni shakllantirish zanjiridagi o‘rni ta’sir qiladi. Loyixalashtirish,
texnologik rejalashtirish, ishlab chiqarishga tayyorgarlik va uni egallash bosqichlarida funksional-
qiymatli tahlil (FQT)ni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu alohida mahsulot yoki texnalogiyalar,
ishlab chiqarish, iqtisodiy jarayon ob’ektlarining iste’mol xossalari va uning ishlab chiqarish
xarajatlari, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya xarajatlari o‘rtasidagi nisbatni optimallashtirish yo‘li
bilan resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan funksiyalarni tizimli tadqiqot
usulidir.

Funksional-qiymatli tahlil (FQT)ni qo‘llashning asosiy prinsiplari:
-tadkikot ob’ektiga funksional yondashuv;
-ob’ekt va u bajaruvchi funksiyalarning taxliliga tizimli yondashuv;
-ob’ektning funksiyalari va ularning barcha bosqichlardagi material olib yuruvchilari

tadkikoti;

-buyumning xayotiy sikli;
-mahsulot funksiyalarining sifati va foydaliligining ularga sarflangan harajatlarga mos

kelishi;

-jamoaviy ijodkorlik;
Funksional-qiymatli taxlilning maqsadi ob’ekt funksiyalarining foydaliligini uning

iste’molchi uchun muximligi va uni amalga oshirish uchun sarflangan harajatlarni optimal o‘zaro
nisbatida oshirish, ya’ni iste’molchi va ishlab chiqaruvchi uchun eng qulayini tanlash. Agar gap
mahsulot ishlab chiqarish, mahsulot sifati va uning bahosi bo‘yicha masalani yechish haqida
ketayotgan bo‘lsa. Matematik tarzda FQT ning maqsadini quyidagicha yozish mumkin:

𝐹𝑄

𝑋

= 𝑚𝑎𝑥

(1)

Bu yerda FQ – tahlil kilinayotgan ob’ektning iste’mol qiymati, u iste’mol xususiyatlari

bilan ifodalangan;

X –zaruriy iste’mol xususiyatlarga erishish uchun chiqimlar.
Funksional –qiymatli tahlil bir necha bosqichlarda o‘tkaziladi.
Birinchi, tayyorgarlik bosqichida tahlil ob’ekti, ya’ni harajatlar egasi aniqlanadi. Bu

ayniqsa iste’molchining resurslari chegaralanganligida juda muximdir. Bu bosqich yakunlanadi,
agar boshqalarga nisbatan tannarxi past va sifati yuqori variant topilsa.

Ikkinchi informatsion bosqichda o‘rganilayotgan ob’ekt haqida ma’lumotlar (vazifasi,

texnik-iqtisodiy harakteristikalari) va uni tashkil etuvchi bloklar, detallar (vazifasi, materiallari,
tannarxi).

Ular ochiq informatsion tarmoqda bir nechta oqimda keladi, masalan, ular, «shpora»

modifikatsiyalangan shaklga ega bo‘ladi (1-rasm).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

493








1-rasm. FQT informatsion tarmokning modeli

Tegishli xizmat raxbarlariga buyum sifatini oshirish va uni ishlab chiqarish harajatlarini

kamaytirish uchun takliflar korxonaning konstruktorlik (K), iqtisodiy (E) bo‘linmalaridan va
iste’molchidan (M) kelib tushadi.

Iste’molchilarning bahosi va xoxish-istaklari marketing bo‘limida ajratiladi va tahlil

qilinadi. Ish jarayonida ma’lumotlar qayta ishlanadi, ular tegishli sifat va harajat ko‘rsatkichlariga
aylanadi, barcha qiziqkan bo‘linmalardan o‘tadi, va loyixa raxbariga kelib tushadi (A).

Uchinchi tahliliy bosqichda, buyumning vazifalari (uning tarkibi, foydalilik darajasi),

uning bahosi va ikkinchi darajali va keraksizlarini kesib tashlash yo‘li bilan narxini kamaytirish.
Bular buyumning yoki uning detallarining, faqat texnik emas, balki organoleptik, estetik va boshqa
vazifalar bo‘lishi mumkin. Buning uchun Eyzenxauerning AVS prinsipini qo‘llash maqsadga
muvofiqdir (2-rasm).

A

Funksiyalar birichi darajali, asosiy, foydali

V

Funksiyalar ikkinchi darajali, yordamchi,

foydali

S

Funksiyalar ikkinchi darajali, yordamchi,

foydasiz

2-rasm. FQT da Eyzenxauer prinsipi

Bunday tahlilni vazifalarni taqsimlashda jadval shaklini qo‘llash oson bo‘ladi (1-jalval).

1-jadval.

AVS prinsipi bo‘yicha X buyumning xizmat vazifalarini taqsimlanishi

Detallar

Funksiyalar

Detallar

bo‘yicha

jami

Dastlabki xulosa

1

2

3

4

-----

1

A

V

V

S

-----

1S

––

2

V

S

A

S

-----

2S

Yaxshilash

3

V

A

V

S

-----

1S

––

4

S

V

V

A

-----

1S

––

А

E-1

К-1

М-1

М-3

М-2

E-4

E-3

E-2

К-4

К-3

К-2

М-4

А

Функции главные, основные, полезные

В

Функции второстепенные,

вспомогательные, полезные

С

Функции второстепенные,
вспомогательные, бесполезные


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

494

-----

----- -----

-----

-----

-----

-----

-----

Funksiyalar bo‘yicha
jami

1S

1S

––

3S

Dastlabki xulosa

––

––

––

Yo‘q qilish ––

––

––

Yakuniy grafalarga detallar bo‘yicha ikkinchi darajali, yordamchi, keraksiz funksiyalari

soni haqida ma’lumotlar kiritiladi, bu esa ularning zarurligi haqida boshlang‘ich xulosa qilish
imkonini beradi. Keyin esa smeta bo‘yicha detallar bahosining jadvalini tuzish yoki har bir detal
funksiyasining unga sarflangan chiqimlar bilan bog‘liq xolda baholash mumkin. Bu buyum
konstruksiyasiga, ishlab chiqarish texnologiyasiga, olingan komplekt detallarning bir qismini o‘zi
ishlab chiqarganlarga almashtirish, bir material to‘rini boshqasiga arzonrog‘iga yoki qayta
ishlashda tejamkoriga almashtirish, materiallarni yetkazib beruvchini, material xajmini
o‘zgartirish bilan chiqimlarni kamaytirish yo‘nalishlarini aniqlash.

Ishlab chiqarish faktorlari bo‘yicha funksiya harajatlarini gruxlash buyum bahosini

pasaytirishning birinchi navbatdagi yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi.

Bunday yunalishlarni mutaxassislar tomonidan belgilangan darajaga qarab saralash va

xarajatlar bilan taqqoslash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo‘llarini tanlash maqsadga
muvofiqdir

Buning uchun jadval tuzish mumkin (2-jadval).

2-jadval.

Funksiyalarning ahamiyat koeffitsienti va narxlarini taqqoslash

Funksiya
darajasi

Axamiyati, %

Funksiya

qiymatining

umumiy

xarajatlardagi ulushi, %

Funksiya

xarajatlari

koeffitsient (Kx/f)

1

2

3

4 = 3 / 2

1
2
3
4
5

40
30
15
10

5

40
50

5
3
2

1,00
1,67
0,33
0,30
0,40

Jami

100

100

---

Optimal xisoblanadi Kx/f

1, Kx/f

1, Kx/f

1 ga qaraganda ma’qulroq.

Ushbu koeffitsient birlik ancha yuqoriga ko‘tarilganda bu funksiyaning arzonlashtirish

yo‘llarini izlash zarur. Bizning misolimizda bunday funksiya 30 %, ikkinchi darajadagi
ahamiyatga ega bo‘ladi. FQT tomonidan o‘tkazilgan yechim variantlari natijalari bo‘lib ularda
buyumga sarflangan barcha harajatlarni taqqoslash zarur, ular elementlar bo‘yicha harajatlar,
qandaydir bir baza bilan xisoblanadi. Masalan, bunday baza bo‘lib buyumga minimal sarflanishi
mumkin bo‘lgan chiqimlar bo‘lishi mumkin. FQT teoriyasi FQTning iqtisodiy samaradorligini
xisoblashni taklif qiladi, u esa harajatlarni pasaytirish minimal kattalikda qancha ulushni tashkil
etishini ko‘rsatadi.

𝐾𝐹𝑄𝑇 =

𝐶

𝑥

−𝐶

𝑒.𝑥.

𝐶

𝑒.𝑥.

(2)


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

495

Bu yerda

𝐾𝐹𝑄𝑇

– FQTning iqtisodiy samaradorligi (kundalik harajatlarni pasaytirish

koeffitsienti);

𝐶

𝑥

–yuzaga kelgan xaqiqiy harajatlar yigindisi;

𝐶

𝑒.𝑥.

.

– buyumning loyixasiga mos keladigan minimal darajadagi extimollik harajatlari;

To‘rtinchi tadqiqot bosqichida ishlab chiqilgan buyumning taklif etilayotgan variantlari

baholanadi.

Beshinchi tavsiya qilish bosqichida ushbu buyumni takomillashtirish va ishlab chiqishda

eng makbul variantlari tanlab olinadi.

Bu maqsad uchun matritsali tablitsa ko‘rishni tavsiya etish mumkin (3-jadval).

3-jadval

Ishlab chiqarish uchun mahsulot tanlovi bo‘yicha variantlarining qaror jadvali

B

oshqa

ruv q

aorola

ri uc

h

un im

koniyatlar

i

Avf

za

ll

ikl

ar

A

Funksiyaning ahamiyati:

yuqori,

xarajat: past,

mahsulotning rentabelligi:

yuqori daraja

V

Funksiyaning ahamiyati:

yuqori,

xarajat: past,

mahsulotning rentabelligi:

o‘rta daraja

S

Znachimost funksii:

yuqori,

xarajat: yuqori,

mahsulotning rentabelligi:

o‘rta daraja

Mua

mm

oli

D

Funksiyaning ahamiyati:

o‘rta,

xarajatlar: past,

mahsulotning rentabelligi:

yuqori daraja

E

Funksiyaning ahamiyati:

o‘rta,

xarajatlar: o‘rta,

mahsulotning rentabelligi:

o‘rta daraja

F

Funksiyaning ahamiyati:

o‘rta,

xarajatlar: yuqori,

mahsulotning rentabelligi:

past daraja

(o‘rta?)

Ista

lm

aga

n

G

Funksiyaning ahamiyati:

past,

xarajatlar: past,

mahsulotning rentabelligi:

o‘rta daraja

H

Funksiyaning ahamiyati:

past,

xarajatlar: o‘rta,

mahsulotning rentabelligi:

past

I

Funksiyaning ahamiyati:

past,

xarajatlar: yuqori,

mahsulotning rentabelligi:

past daraja

Buyum funksiyalari, uning qismlari, detallarining ahamiyatini xisobga olgan xolda va

harajatlar darajasi, mahsulotga bo‘lgan talablarga asoslanib uning rentabellik darajasi belgilanadi.
Bularning barchasi aniq buyumni ishlab chiqarish uchun yoki yo‘nalishi va mashtabini
takomillashtirish uchun tanlashga xizmat qiladi. Mahsulot sifatiga bo‘lgan harajatlarni belgilashda
texnik me’yorlashtirish usullari ancha yordam berishi mumkin. Ular detallar bo‘yicha me’yorga
va me’yoriy material resurslariga (xom ashyo, sotib olinuvchi buyumlarning butlovchi qismlari
va materiallarning boshqa turlari), mexnat xajmini xisobi va loyixa o‘lchamlariga mos
mahsulotning tannarxiga qo‘shiluvchi boshqa harajatlar, uni tayyorlashning aniq texnologiyasi,
saklash va tashish, shuningdek kafolat va servis xizmatlari harajatlariga asoslangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

496

Texnik me’yorlashtirish usullari yangi buyumni ishlab chiqish yoki mahsulotni

takomillashtirish harajatlarini yetarli darajada aniq belgilash imkonini beradi.

Agar korxona yangi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tsa, avval uning analogi bo‘lsa, unda

sifat harajatlari (

𝑋

𝑠𝑖𝑓𝑎𝑡

) eski (

𝑋

𝑒𝑠𝑘𝑖

) va yangi mahsulot (

𝑋

𝑦𝑎𝑛𝑔𝑖

) harajatlari farki bilan belgilanadi:

𝑋

𝑠𝑖𝑓𝑎𝑡

= 𝑋

𝑒𝑠𝑘𝑖

− 𝑋

𝑦𝑎𝑛𝑔𝑖

(3)

Agar korxona avval ishlab chiqargan mahsulotining sifat parametrlarini takomillashtirsa,

unda sifat harajatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xisoblash bilan taaluqli me’yorlar va yo‘nalishlar
bo‘yicha belgilash mumkin. Mahsulot sifat parametrlarini xisobga olgan xolda sifatini o‘zgarishi
bilan bog‘liq harajatlarni o‘zgarishini tahlil etish imkonini beruvchi usullardan biri indeks usuli
deb ataladi. Ushbu o‘rganilayotgan predmetga uni qo‘llash qiyinligi shundaki, bunda har ikkala
belgi ham son bilan ifodalanishi kerak. Sifat esa har doim ham son ahamiyatiga ega bo‘lmaydi va
so‘z bilan tasvirlanishi mumkin, masalan: mahsulot yaroqli va sertifikatsiyadan o‘tmagan, texnik
sharoitlarga aks xolda og‘irlik bo‘lib buyum konstruksiyasi elementlari, detallar, qismlar,
buyumlar soni xizmat qilishi mumkin. Buyumning sifati va raqobatbardoshligini baholash uchun
balli baholash usulini qo‘llash mumkin. Shunga muvofiq buyumning har bir sifat parametriga bu
parametrning buyum uchun ahamiyatini xisobga olgan xolda 5,10,100 balli shkalada ball
qo‘yiladi. Shundan so‘ng buyumning o‘rtacha bali belgilanadi, bu uning sifat darajasini ballarda
harakterlaydi.

Buyumning bahosini o‘rtacha ballga bo‘lish bilan bitta o‘rtacha ballning narxi xisoblanadi

(

𝑃

𝛿

):

𝑃

𝛿

=

𝑃

𝛿

(4)

Bu yerda

𝑃

– buyumning bahosi;

𝛿

– sifat parametrlarini xisobga olgan xolda buyumning o‘rtacha bali.

Bunday xisob – kitoblarni buyumlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yoki taklif

etilayotgan sifatni takomillashtirish samaradorligi masalalarini yechishda taqqoslash tahlilida
o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Sifat parametrlariga texnik-iqtisodiy parametrlarni, estetik
parametrlarni, organoleptik xususiyatlarni, modaga mos kelishi va shunga o‘xshaganlar, yangi
mahsulot bahosini xisoblashda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

𝑅

𝑛

=

𝑅

𝑏

𝐵

𝑏

∗ 𝐵

𝑛

, (5)


Bu yerda

𝑅

𝑛

–yangi mahsulotning bahosi, pul birligida.;

𝑅

𝑏

– bazaviy mahsulotning bahosi, pul birligida.;

𝐵

𝑏

– bazaviy mahsulotning sifat parametrlarini harakterlovchi ballar yig‘indisi;

𝐵

𝑛

– yangi mahsulotning sifat parametrlarini harakterlovchi ballar yig‘indisi;

𝑅

𝑏

𝐵

𝑏

– bazaviy mahsulotning sifat parametrlarini harakterlovchi bitta ballning o‘rtacha

bahosi;

Aniq baholash usuli. Bu asosiy sifat parametrining kuch, samaradorlik va boshqalar bilan

birga, birlik qiymatini hisoblash aosida baholashdan iborat. Xisob uchun quyidagi formula
qo‘llaniladi:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

497

𝑅

𝑛

= 𝑃

𝑛

𝑅

𝑏

𝑃

𝑏

, (6)


Bu yerda

𝑃

𝑛

– asosiy mahsulot sifat parametrining ballardagi qiymati;

𝑅

𝑏

𝑃

𝑏

– mahsulot asosiy sifat parametrining birlik qiymati, biliklari.

Xulosa

Amaliyotda buyumni tanlab, uni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini yechish

uchun loyixaviy tahlilning barcha turlari: kommersiyalik, texnik, tashkiliy, ijtimoiy, ekologik va
iqtisodiy o‘tkazilishi kerak, buning uchun har bir aniq vaziyatda barcha usullarni qo‘llash zarur.
Faqat shunday tahlilgina to‘liq deb xisoblanishi mumkin va boshqaruv yechimini qabul qilish
uchun ob’ektiv natijalarni berishi mumkin. Shundan qilib, sifat harajatlarining tahlili-
boshqaruvning kuchli instrumentidir, jumladan u kompaniya raxbariyati tomonidan erishilgan
sifatni o‘lchash va sifatga erishish maqsadlarini o‘rnatishda muammolarni topish. Misol tarikasida
«OOO» AJ da sifat jarajatlarini baholash tizimini kiritishda maqsadlar ruyxatini keltiramiz:

-sifat muammolari masshtabini yuqori raxbariyat tushunadigan tilda, pul tilida aniqlash.

Bu sifat masalalari bo‘yicha yuqori va o‘rta darajadagi xodimlarni bir-birini tushunishini
yaxshilaydi;

-harajatlarni kamaytirishning asosiy imkoniyatlarini aniqlash. Sifatning yomonligi tufayli

harajatlar bir xil emas. Ular-aloxida aniq segmentlar yig‘indisidir, ularning har biri qandaydir
ma’lum sababni poylab boradi. Bu segmentlar kattaligi bo‘yicha teng emaslar, va faqat ulardan
ba’zi birlari harajatlar yig‘indisida ancha katta ulushni tashkil etadi. Yomon sifatga harajatlarni
baholashning asosiy qo‘shimcha mahsuloti – bunday segmentlarni aniqlashdir;

-buyurtmachining qoniqmasligini kamaytirish imkoniyatlarini izlash va bu bilan bog‘liq

bo‘lgan mahsulot sotilishiga bo‘lgan xavfni ham kamaytirish. Yomon sifat harajatlarining bir
qismi -mahsulot sotilgandan so‘ng uni qaytarib berish natijasidir. Albatta, bu harajatlar
tayyorlovchi tomonidan kafolatli o‘tkazmalar, reklamatsiyalarni xisoblash va boshqa shakllarda
to‘lanadi. Tayyorlovchi tomonidan bunday harajatlar to‘lanish yoki to‘lanmasligidan qat’iy nazar,
bunday qaytarib berishlar, to‘xtashlar va buyumning ishlash qobiliyatining boshqa shakllarining
buzilishi oqibatida tayyorlovchi uchun mahsulotning bahosini oshiradi;

-byudjetli va qiymatli regulyatorlarni kengaytirish. “OOO” AJ da struktura bo‘linmalarida

moliyaviy richaglar qo‘llanilgan. Natijada byudjet va qiymatli richaglar o‘z ichiga oladi, masalan,
texnik nazorat va sinov harajatlarini, chunki bu harajatlar hamma tan olgan texnik nazorat bo‘limi
zimmasiga tushadi. Biroq, bunday harajatlarning, masalan, ishlatilish vaqtida sinish, qayta
o‘zgartirish, ishlamay qolishlarning moliyaviy regulyatorlari ushbu korxonada mavjud emas. Shu
sababli sifat harajatlarini baholashning maqsadlaridan biri bo‘lib byudjet va qiymat regulyatorlari
imkoniyatlarini kengaytirish bo‘lib qoladi, bo‘limlararo yomon sifat harajatlarini qamrab olish
uchun. Mahsulot sifatiga harajatlarni baholash ishlarini muvofiqlashtirishni sifat bo‘limi
zimmasiga yuklash maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1.

Никифоров, А. Д. Управление качеством [Текст] / А. Д. Никифорова - Моква: Дрофа,
2015. – 720 с.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

498

2.

Радионов, В. В. Управление качеством [Текст] / В. В. Радионов // Новосиб. Гос. Акад.
Экономики и управления. – Новосибирск. 2015. – 44 с

3.

Гличев, А. В. Современное представление о механизме управления качеством
продукции [Текст] / А. В. Гличев // Стандарты и качество. - 2014. - №3. – С45-46.

4.

Галлеев, В. И., Варгина, М. К. Управление качеством: проблемы, перспективы [Текст]
/ В. И. Галева, М. К. Варгина // Сертификация. - 2013. - №4. – С. 11-13.

5.

Гличев, А. В. Очерки по экономике и организации управления качеством продукции
[Текст] / А. В. Гличев // Стандарты и качество. - 2015.-№4.- С. 50-53.

6.

Dilmurod Khakimov, Nilufarkhan Nosirova Analysis of the possibility of production
processes based on modern methods. E3S Web of Conf. 376 02016 (2023). DOI:
10.1051/e3sconf/202337602016

7.

Юлдашев А. Х. и др. Управление качеством в метрологической деятельности //Точная
наука. – 2018. – №. 27. – С. 13-21.

8.

Khakimov D. V., Turgunov B. M., Muminov N. S. Development, Provision And
Management Of Product Quality In Jsc «Jizzakh Battery Factory» //Acta of Turin
Polytechnic University in Tashkent. – 2018. – Т. 8. – №. 2. – С. 112-116.

9.

Turgunov B. M. et al. Principles of assessment and management of quality systems in
industrial enterprises //Точная наука. – 2019. – №. 44. – С. 5-14.

10.

Хакимов Д. В., Махмудова С. Х. Разработка системы менеджмента качества на
промышленном предприятии //Точная наука,(64). – 2019. – С. 22-26.

11.

Xakimov D. V. et al. Product Quality Control at Engineering Enterprises //International
Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. – 2020. – Т. 7. –
№. 2. – С. 12843-12848.

12.

XAKIMOV, D., MUMINOV, N., JARQINBOYEV, S., & Abdumalik, O. K. (2022).
“Measurement system analysis” metodi asosida o‘lchash jarayonlarining ishonchliligini
tahlil qilish.

13.

Хакимов Д. В., Умаров А. К. УПРАВЛЕНИЕ РИСКАМИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ НА
ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ //Eurasian Journal of Academic
Research. – 2023. – Т. 3. – №. 1 Part 2. – С. 52-66.

14.

Хакимов Д. В. У., Мамажонов А. А., Саттаров М. О. Управление внутренним аудитом
в соответствии с международными стандартами //Universum: экономика и
юриспруденция. – 2020. – №. 4 (69). – С. 4-12.

15.

Мамажонов А. А., Хакимов Д. В. У., Туйчиев А. Т. Управление входным контролем
компонентов //Universum: технические науки. – 2020. – №. 6-1 (75). – С. 69-73.

References

Никифоров, А. Д. Управление качеством [Текст] / А. Д. Никифорова - Моква: Дрофа, 2015. – 720 с.

Радионов, В. В. Управление качеством [Текст] / В. В. Радионов // Новосиб. Гос. Акад. Экономики и управления. – Новосибирск. 2015. – 44 с

Гличев, А. В. Современное представление о механизме управления качеством продукции [Текст] / А. В. Гличев // Стандарты и качество. - 2014. - №3. – С45-46.

Галлеев, В. И., Варгина, М. К. Управление качеством: проблемы, перспективы [Текст] / В. И. Галева, М. К. Варгина // Сертификация. - 2013. - №4. – С. 11-13.

Гличев, А. В. Очерки по экономике и организации управления качеством продукции [Текст] / А. В. Гличев // Стандарты и качество. - 2015.-№4.- С. 50-53.

Dilmurod Khakimov, Nilufarkhan Nosirova Analysis of the possibility of production processes based on modern methods. E3S Web of Conf. 376 02016 (2023). DOI: 10.1051/e3sconf/202337602016

Юлдашев А. Х. и др. Управление качеством в метрологической деятельности //Точная наука. – 2018. – №. 27. – С. 13-21.

Khakimov D. V., Turgunov B. M., Muminov N. S. Development, Provision And Management Of Product Quality In Jsc «Jizzakh Battery Factory» //Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent. – 2018. – Т. 8. – №. 2. – С. 112-116.

Turgunov B. M. et al. Principles of assessment and management of quality systems in industrial enterprises //Точная наука. – 2019. – №. 44. – С. 5-14.

Хакимов Д. В., Махмудова С. Х. Разработка системы менеджмента качества на промышленном предприятии //Точная наука,(64). – 2019. – С. 22-26.

Xakimov D. V. et al. Product Quality Control at Engineering Enterprises //International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. – 2020. – Т. 7. – №. 2. – С. 12843-12848.

XAKIMOV, D., MUMINOV, N., JARQINBOYEV, S., & Abdumalik, O. K. (2022). “Measurement system analysis” metodi asosida o‘lchash jarayonlarining ishonchliligini tahlil qilish.

Хакимов Д. В., Умаров А. К. УПРАВЛЕНИЕ РИСКАМИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ //Eurasian Journal of Academic Research. – 2023. – Т. 3. – №. 1 Part 2. – С. 52-66.

Хакимов Д. В. У., Мамажонов А. А., Саттаров М. О. Управление внутренним аудитом в соответствии с международными стандартами //Universum: экономика и юриспруденция. – 2020. – №. 4 (69). – С. 4-12.

Мамажонов А. А., Хакимов Д. В. У., Туйчиев А. Т. Управление входным контролем компонентов //Universum: технические науки. – 2020. – №. 6-1 (75). – С. 69-73.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов