THE ROLE OF THE QUALITY MANAGEMENT SYSTEM IN THE PRODUCTION ENTERPRISE MANAGEMENT SYSTEM

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xakimov, D., & Rajabov , D. (2023). THE ROLE OF THE QUALITY MANAGEMENT SYSTEM IN THE PRODUCTION ENTERPRISE MANAGEMENT SYSTEM. Modern Science and Research, 2(7), 499–509. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22292
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the role of the quality management system in the management of production facilities, its relationship with other subsystems in the overall enterprise management system, problems that are solved in the system, as well as problems associated with product quality and production systems.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

499

SIFAT MENEJMENTI TIZIMINING ISHLAB CHIQARISH KORXONASI

BOSHQARUV TIZIMIDAGI O‘RNI

Xakimov Dilmurod Valijon o‘g‘li

Toshkent Davlat Agrar Unversiteti, “Qishloq xo’jaligi maxsulotlarni standartlashtirish va

sertifikatlashtirish” kafedrasi dotsenti, t.f.f.d. (PhD)

dhakimov91@mail.ru

Rajabov Doniyorbek Baxtiyorovich

Toshkent Davlat Agrar Unversiteti, “Qishloq xo’jaligi maxsulotlarni standartlashtirish va

sertifikatlashtirish” kafedrasi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8206236

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ishlab chiqarish korxonalari boshqaruv tizimida sifat

menejment tizimining o‘rni, korxonani umumiy boshqarish tizimidagi boshqa quyi tizimlari bilan
bog‘liqligi, tizimida yechiladigan vazifalar, mahsulotning o‘ziga xos tomonlariga va ishlab
chiqarish jarayonlarida yuzaga kelgan sifat tizimi bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

Sifat, motivatsiya, quyi tizmi, ijtimoiy –iqtisodiy,

axborot, tajriba, muammo,

korxona va x.k.

THE ROLE OF THE QUALITY MANAGEMENT SYSTEM IN THE

PRODUCTION ENTERPRISE MANAGEMENT SYSTEM

Abstact.

This article discusses the role of the quality management system in the

management of production facilities, its relationship with other subsystems in the overall
enterprise management system, problems that are solved in the system, as well as problems
associated with product quality and production systems.

Keywords:

Quality, motivation, subsystem, socio-economic, information, experience,

problems, enterprise.

РОЛЬ СИСТЕМЫ МЕНЕДЖМЕНТА КАЧЕСТВА В СИСТЕМЕ

УПРАВЛЕНИЯ ПРОИЗВОДСТВЕННЫМ ПРЕДПРИЯТИЕМ

Аннотация

В данной статье обсуждается роль системы управления качеством в

управлении производственными мощностями, ее взаимосвязь с другими подсистемами в
общей системе управления предприятием, проблемы, которые решаются в системе, а
также проблемы, связанные с качеством продукции и производственными системами.

Ключевые слова:

Качество, мотивация, подсистема, социально-экономические,

информация, опыт, проблемы, предприятие.

Kirish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida sifat muammolariga juda katta e’tibor qaratiladi. Jiddiy

raqobat rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda sifat darajasini yuqoriga ko‘tarish
dasturlarini ishlab chiqishni shart qilib qo‘ydi. Ilmiy izlanishlarda va amaliyotda firmalarning
zaruriy sifat harekteristikalari bilan mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatlarini baholash uchun
ob’ektiv ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘ldi. Bu harakteristkalar mahsulotning
muvofiqlik sertifikati bilan tasdqklanadi. Juda ham ko‘p ishlab chiqaruvchi firmalar jaxon
standartlariga mos keluvchi sifat tizimiga egadirlar. Hozirgi zamon sharoitida aynan sifat darajasi
sertifikati mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzishda asosiy omil bo‘lib xizmat
qiladi. Iste’molchiga sifatli mahsulotni muvaffaqiyatli sotish har qanday korxonaning yashashi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

500

uchun asosiy manba xisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqaruvchi va iste’molchi bir-birini
o‘zlari topishadi, ularning motivatsiyasi moliyaviy foyda olish va iste’molchilik samaradorligina
maksimallashtirishga asoslanadi. Bunda iste’molchi turli xil korxonalar ishlab chiqargan eng
yaxshi mahsulotlarni tanlash imkoniga ega bo‘ladi. Iste’molchi asosiy shaxs xisoblanadi. U o‘z
xoxishiga ko‘ra mahsulotlar va xizmatlarni tanlab ishlab chiqarish yunalishini belgilab beradi. Bu
bilan iste’molchi nima ishlab chiqarish kerakligini ko‘rsatib beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
sifat birinchi raqamli masala xisoblanadi, bu soxada haqiqiy revolyusion o‘zgarishlar bo‘ldi.
Aynan sifat menejmentining zamonaviy usullari yordamida ilg‘or chet el firmalari turli xil
bozorlarda ilg‘or o‘rinlarni egalladilar. O‘zbekiston korxonalari hozircha sifat menejmentining
zamonaviy usullarini qo‘llashda orqada qolmoqdalar. Shu bilan birga sifatni oshirish juda ham
katta imkoniyatlarni keltirib chiqaradi. Biroq sifatni oshirish hamma darajadagi sifatga bo‘lgan
munosabatlarni o‘zgartirishsiz mutlaqo mumkin emas. Sifatni oshirishga bo‘lgan chaqiriqlar
amalga oshmaydi qachonki har xil darajadagi raxbarlar sifatga o‘z xayot tarziga o‘xshab
munosabatda bo‘lmasa. Sifat va ishlab chaqarish samaradorligi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri
bog‘liqlik mavjud. Sifatni oshirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga turtki bo‘ladi,
chiqimlarni kamayishiga va bozordagi ulushni oshishiga olib keladi. Sifatni boshqarish savollariga
turli davlat olimlarining izlanishlari bag‘ishlangan va sifat boshqaruvi soxasida ancha tajriba
to‘plangan. Shu sababli bu soxadagi asosiy nazariy va amaliy o‘rinlarni umumlashtirish va
to‘ldirish muximdir.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Sifat muammosiga bo‘lgan ilmiy qiziqish to‘plangan nazariy materiallar tahliliga murojaat

etishga majbur qiladi. Hozirda qo‘llanilayotgan sifat tizimini boshqarishni ishlab chiqishda
rossiyalik olimlardan Dlin A.M., Mxitaryan V.S., Siskov V.I., chet el olimlaridan Bergman S.,
Nouler L., Fleybaum A., lar o‘zlarining ulkan xissalarini qo‘shganlar. Iste’molchining talablariga
to‘g‘ri keluvchi mahsulot sifati tushunchasi aynan bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga keldi va
shakllandi. Mahsulot sifatini belgilashga bo‘lgan bunday yondashuv fikri gollandiyalik olim
Dj.Van Etingerga tegishlidir. U tomonidan fanning aloxida soxasi-kvalimetriya, ya’ni sifat
ko‘rsatkichlarini o‘lchash usullari va kvantifikatsiya qilish fani ishlab chiqilgan. F.Krosbi –sifat
bo‘yicha dunyoning ilg‘or konsultantlaridan biri, taqdirlash tizimini muximligini ta’kidladi.
Xodimlarning xizmatlarini tan olish va ularni yuqori natijalarga erishishga rag‘batlantirish, hozirgi
zamon sifat boshqaruv tizimining ajralmas qismi xisoblanadi.

Umumiy boshqaruv tizimining va sifat boshqaruv tizimining manbasi bo‘lib

F.U.Teylorning tizimi xisoblanadi, u o‘z ichiga sifatning yuqori va quyi pog‘onalari, ruxsat
maydonlari tushunchalarini o‘z ichiga olgan, shablon va kalibr o‘lchov asboblarini kiritgan va shu
jumladan sifat inspektorining mansab daxlsizligini, “brak” (nomuvofiq) ishlab chiqaruvchilar
uchun turli xil jarimalar tizimini, sifat darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli shakl va usullarni asoslab
bergan. Ammo muallifning fikricha korxonalarda sifat tizimini joriy etish muammolariga,
moslashuv usullariga yetarlicha diqqat jalb etilmagan. Ushbu soxa nisbatan yangi sifat soxasi
bo‘yicha izlanuvchi olimlar Kruglov M.G., Masuta V.I., Raxlin K.M., Svitkin M.Z., Skripko L.E.
va boshqalar tomonidan tahlil qilina boshlandi.

Tahlil va natijalar

Sifat –xayot tarzini belgilovchi asosiy kategoriyalardan biri xisoblanadi, u inson va

jamiyatning sotsial va iqtisodiy rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Sifat tizimi hozirgi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

501

jamiyatda o‘z ichiga faoliyatning barcha bosqichlarini qamragan xolda har qanday ishlab
chiqarishni ideologik qismi bo‘lib qoldi. Bozor munosabatlari sharoitida sifat korxona va u ishlab
chiqargan mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlovchi asosiy faktor bo‘lib qoldi,
shuningdek u xodimlarning ishlash jarayonidagi ijobiy motivatsiyani kuchaytiradi.[9]

Sifat tizimining rivojlanish tarixida beshta bosqichini ajratish maqsadga muvofiqdir:

mahsulotning sifati standartlarga mosligi;

jarayonlarning stabilligi, ya’ni bir xilligi;

mahsulotning sifati, jarayonlar, faoliyatning bozor talablariga mosligi; sifat iste’molchi va

xizmatchilarning talab va extiyojlarini qondiradi;

sifat yana korxonaning, egalari (aksionerlar), iste’molchi va xodimlarining talab va

istaklarini qondiradi.

Bir bosqichdan keying bosqichga o‘tishda ishchilarning samarali faoliyati motivatorini

qayta ko‘rib chiqish zaruriyati paydo bo‘ladi. Agar 70-90 yillarda samarali faoliyatning ma’naviy
(ruxiy) motivatorlari yuqori turgan bo‘lsa, 90-yillarga kelib, jamiyatning korxonalarga bo‘lgan
ta’siri ortishi sababli ma’naviy (ruxiy) qoniqish darajasi kamaydi va yana birinchi o‘ringa
ishchilarning samarali faoliyatining tashqi motivatorlari chiqib oldi. Sifat tizimini
rivojlantirishning beshinchi bosqichida ichki qoniqishning ahamiyatini ko‘tarish korxonada sifat
jarayonlarini boshqarishda samarali usullarni qo‘llanilgandagina amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Sifat tizimini joriy qilish korxonada o‘zgarishlar jarayoni bo‘lib xizmat qiladi. Sifat

tizimini joriy etishdan avval diqqatni aloxida o‘zgarishlarga qarshilik sabablariga qaratish lozim
va mavjud o‘zgarishlar dasturini ko‘rib chiqish kerak. Bu esa tizimni tatbiq qilish strategiyasida
paydo bo‘layotgan qiyinchilikdan qochish imkonini beradi, bular o‘z navbatida tashkiliy, texnik,
kadrlar va boshqa o‘zgarishlar tufayli vujudga keladi.

Sanoat korxonasida sifat tizimini joriy etish aniq belgilanishi va bosqichma-bosqich

tasvirlanishi kerak, chunki tizimni joriy etish va uning ishlash jarayonida ishni tashkil etish
bo‘yicha mansab majburiyatlarini taqsimlashda, qarama –qarshiliklar paydo bo‘lganda xisobga
olinmagan vaziyatlardan qochish uchun kerak bo‘ladi.

Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimini qo‘llashda quyidagi masalalar

yechildi:

dunyo sifat namunalariga mos keladigan yuqori sifatli mahsulotlarning yangi turlarini

yaratish va ishlab chiqarish;

ishlab chiqarishning umumiy xajmida oliy kategoriyali mahsulot ulushini ko‘paytirish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va uni yana yuqori

sifat kategoriyasiga o‘tkazish;

ikkinchi kategoriyali mahsulotni o‘z vaqtida ishlab chiqarishdan olib tashlash, almashtirish

yoki modernizatsiya qilish;

kollektiv va ijrochilarning ish sifatini rejali yuqoriga ko‘tarish;

me’yoriy-texnik xujjatlarning talablariga asosan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash,

ya’ni rejalashtirilgan, berilgan sifat darajasi asosida.

Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimini joriy etish juda ko‘p korxonalarda

mahsulot sifatini ancha yaxshiladi va ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tardi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

502

Ammo o‘sish bir joyda turmaydi, va xalqaro savdo–sotiqning kengayishi sharoitida,

mahsulot sifatini ko‘tarishda dunyo amaliyotidagi butun yaxshi narsalarni qo‘llash zarurligi
tufayli, rossiyalik tadbirkorlar oldida 9000 seriyali ISO standartlarini qo‘llash va sifatni
boshqarishda kompleks tizimdan xalqaro standartlarga o‘tish muammosi turibdi. Biroq bozor
iqtisodiyotida to‘g‘ilgan ISO 9000 standartlarini tatbiq etishga O‘zbekiston korxonalari bunday
munosabatlar tajribasiga ega bo‘lmay turib kirishdilar, xattoki ba’zi korxonalar yangi sifat tizimini
mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi bazasida qurishga harakat kildilar. ISO 9000
sifat tizimining Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimidan asosiy farklari quyidagilar
xisoblanadi:

iste’molchining talablarini qondirishga yo‘naltirilganlik;

mahsulot sifatiga javobgarlikni aniq, konkret ijrochilarga yuklash;

iste’molchi tomonidan yetkazib beruvchining ishlab chiqarishini tekshirish;

yetkazib beruvchining butlovchi buyum va materiallarni tanlashi;

mahsulot sifatini materiallardan boshlab mahsulotni utilizatsiya qilunguncha har

tomonlama nazorat qilish;

marketing;

sifatga sarflangan chiqimlarni xisoblash va tahlil qilishni tashkil etish;

ishlab chiqarishning butun sikli davomida material va butlovchi buyumlarning kuzatilishi;

ekspluatatsiya qilinib bo‘lingandan so‘ng mahsulotni utilizatsiya qilish savollarini yechish;

korxonada xalqaro standartlarini tatbiq etishda sinchkovlik bilan o‘rganishni, aniq bir

korxonaning o‘ziga xos tomonlarini xisobga olgan xolda model tanlashni talab qiladi.

Sifat tizimida amalga oshirilayotgan faoliyatni tushunish uchun «sifat menejmenti»,

«sifatni rejalashtirish», «sifatni boshqarish», «sifatni ta’minlash» va «sifatni yaxshilash»
terminlariga aniqlik kiritish juda ham muxim xisoblanadi. Uning muximligi shundaki, xuddi shu
terminlarning mazmunini korxona raxbariyati, uning jamoasi va ishchilar tomonidan tushunilishi
sifat tizimini tatbiq qilishda qanday maqsadlarga intilish kerakligini tushunish imkonini beradi.

Sifat menejment tizimi korxonaga raxbarlik qilishning ajralmas qismi (quyi tizim)

xisoblanadi. U juda ham ko‘p signallar o‘tuvchi ko‘plab ichki va tashqi alokalarga egadir. Bu tizim
korxonani umumiy boshqarish tizimidagi boshqa quyi tizimlari bilan bog‘liq, ya’ni:[13]

-maqsadli (mahsulotni yetkazib berish, resurslar);
-funksional (strategik rejalashtirish, ishlab chiqarishni tayyorlash, texnologik jarayonlarni

boshqarish, mahsulotni sotish (o‘tkazish), moliyalarni boshqarish);

-tashkiliy (boshqarishning moslashuvchanligi, qaror qabul qilishdagi novatorlik);
-motivatsion (xodimlarning kompetentliligi, o‘kitish, kadrlar bo‘yicha kompleks

siyosatning borligi, mukofatlash va takdirlash tizimi);

-ijtimoiy (xodimlarning ijtimoiy ximoyalanganligi, ekologik xavfsizlik);
-axborotli (bozorni o‘rganish bo‘yicha izlanishlarni o‘tkazilishi, operatsion bazaning

borligi);

-falsafiy (madaniyat darajasi, firmaning imidji, boshqarish etikasi);
-tashki muxit bilan quyi tizimning o‘zaro harakati (matbuot bilan aloqa, reklama

kompaniyasi, qonun organlari a’zolari bilan hamkorlik);


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

503

Sifat menejmenti tizimi o‘zining maqsadlariga, funksiya va resurslariga, o‘zining me’yoriy

va axborot ta’minotiga egadir. Korxonaning boshqa tizimlari bilan aloqa mahsulot ishlab chiqarish
ishlarining butun xayotiy sikli davomida amalga oshiriladi. Muallif tomonidan sifat tizimi
menejmentining ishlab chiqarish korxonasi boshqarish tizimidagi o‘rnini belgilash taklif etiladi
(1-rasm). Sifat tizimining oldida qanday maqsadlar turganligiga qarab (ichki yoki tashki), maxsus
adabiyotda u yoki sifat tizimi menejmenti bilan yoki sifatni ta’minlash tizimi bilan o‘xshash, deb
beriladi. Biroq, sifat tizimida, ISO standarti konsepsiyasiga muvofiq sifat menejmenti va sifatni
ta’minlash ishlari bajarilar ekan, unda yagona umumlashtirilgan «sifat tizimi» terminini qo‘llash
to‘g‘rirok bo‘ladi, buyog‘iga u ushbu ishda ishlatiladi.

Sifat tizimi

–bu tizim, uning belgilovchi kompenentlari bo‘lib tashkiliy tuzilma, tartiblar,

jarayonlar va resurslar xisoblanadi. Aynan shu kompenentlariga qarab sifat tizimining ishlashi
baholanadi. Birorta kompenentning yo‘qligi sifat tizimini to‘liqsiz qiladi. Shu bilan birga sifat
tizimi –bu to‘plam emas, balki kompenentlarning tashkiliy yig‘indisidir, bunda ularning har biri
boshqalar bilan belgilangan munosabatlar bilan bog‘langan.

Sifat tizimi –bu iste’molchining mahsulot sifatiga bo‘lgan talablariga yo‘naltirilgan

tizimdir. Shuning uchun u o‘ziga sifat tizimi soxasida bo‘lgan iste’molchining talablari va
kutishlarini doimo o‘rganishni ta’minlovchi mexanizmni kiritishi shart.

1-rasm. Sifat menejmenti tizimining ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv

tizimidagi o‘rni

Korxona

Korxona

boshqaruv

tizimi

Sifat

menejment

tizimi

Sifat menejment

tizimi

Funksional quyi tizim

(strategik rejalashtirish,

ishlab chiqarishni

tayyorlash, texnologik

jarayonlarni boshqarish,

mahsulotni sotish

(o‘tkazish), moliyalarni

boshqarish)

Axborot quyi tizimi

(bozorni o‘rganish

bo‘yicha izlanishlarni

o‘tkazilishi, operatsion

bazaning borligi)

Tashkiliy quyi tizim

(boshqarishning

moslashuvchanligi,

qaror qabul qilishdagi

novatorlik)

Maqsadli quy tizim

(mahsulotni yetkazib

berish, resurslar)

Falsafiy quyi tizim

(madaniyat darajasi,

firmaning imidji,

boshqarish etikasi)

Quyi tizimning tashqi

muxit bilan o‘zaro

ta’siri

(matbuot bilan

aloqasi, reklama

kompaniyasi, qonun

organlari a’zolari bilan

hamkorlik)

Motivatsiyali quyi tizim

(xodimlarning

kompetentliligi, o‘kitish,

kadrlar bo‘yicha

kompleks siyosatning

borligi, mukofatlash va

takdirlash tizimi)


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

504

Sifat tizimi – bu raqobat kurashida muvaffaqiyatga mo‘ljallangan biznes tizimidir. Dunyo

tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sifat va biznesda muvaffaqiyat qozonish o‘rtasida korrelyatsion aloka
mavjud. Nisbatan yuqorirok sifatga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqargan korxonalarning
sarflarining kaytishi, o‘z-o‘zini qoplashi boshqalarga nisbatan 2,7 barobar, foydasi esa 2,4 barobar
yuqori bo‘ladi. Bu rejada shuni ta’kidlash lozimki, yuqori sifatga ega bo‘lgan mahsulot taklif etgan
va iste’molchini to‘laqonli qondira olgan korxonalarga muvaffaqiyatlar tasodifan kelmaydi. Sifat
tizimi -bu korxonaning sifat soxasidagi siyosatini amalga oshirish vositasidir. Bu tizim shunday
siyosat tashqarisida loyixalashtirilishi mumkin emasligini bildiradi.

Sifat tizimi - ijtimoiy-iqtisodiy tizim; bunday tizimda boshqarish ob’ekti bo‘lib

korxonaning barcha xodimlari qatnashadi. Bunda tizimni ishlab chikuvchilar sifatning zamonaviy
falsafasini keng qo‘llashlari, jamoada shakllangan tajriba va an’analarga tayanishlari shart.

Sifat tizimi – axborotga boy tizim, unda juda ham ulkan va turli xil ma’lumotlar aylanadi.

Sifatni boshqarish sonni boshqarishga nisbatan bir necha bor ma’lumotlargaga boyrok
xisoblanadi. Shularni xisobga olgan xolda,s ifat tizimini loyixalashtirishda informatsin oqimlarni
tartibga solish va taqsimlash zarur.

Sifat tizimida ma’lumotlarni saklash va kayta ishlashda kompyuter texnikasini qo‘llash

maqsadga muvofiqdir.

Sifat tizimi –bu sifat soxasidagi qabul qilinayotgan qarorlarning aniqligini, kelishkanligini,

o‘z vaqtidaligini va to‘liqligini ta’minlovchi tizimdir. Bundan kelib chikkan xolda, tizimni
loyixalashda sifat ustidan raxbarlikning barcha pog‘onalarida qabul qilingan qarorlarni tayyorlash
tartibi, qabul qilish, bajarish, nazorat va samaradorligini baholashlarni aniq belgilash kerak.

Elementlarning tarkibi va mazmuni ishlab chiqaruvchilar tomonidan sifat tizimida

yechiladigan vazifalarga, mahsulotning o‘ziga xos tomonlariga, ishlab chiqarish jarayonlariga va
yuzaga kelgan sifat tizimiga bog‘liq xolda belgilanadi.

Muallif tomonidan ishlab chiqarish korxonasi sifat tizimining moxiyatini shaxsiy tushunish

taklif etiladi, uni u ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida ko‘radi, boshqarish ob’ekti bo‘lib korxonaning
barcha xodimlari ishtirok etishadi, uning samarali ishlashi mansabdor shaxslarning sifatni
ko‘tarishga bo‘lgan qiziqishlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi;

-tashkiliy strukturani umumiy sifatni boshqarishga aylantirish darajasiga va korxonaning

intellektual kapitalga investitsiya kiritish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Mahsulot sifatini boshqarish organlarini belgilashda shundan kelib chiqish kerakki, sifatni

boshqarish bu ishlab chiqarishni umumiy boshqarishning ajralmas organiq kismi, uning bitta
shoxi, uning bitta funksiyasidir. Shuning asosida u unga qarshi tura olmaydi. Shu sababli, qoidaga
ko‘ra, sifatni boshqarish amaldagi boshqarish apparati ramkasida rivojlanadi va bajariladi va
mahsulotni tayyorlash va unga xizmat ko‘rsatish, uni yaratish, extiyojlarni aniqlash faoliyatini
yana ham aniqrok va yaxshiroq tashkil etishni taqazo etadi.

Korxona, birlashma darajasida sifatni boshqarish ikkita vositaning biri orqali amalga

oshiriladi. Birinchisi, amaldagi bo‘linmalar va ishchilar o‘rtasida mahsulot sifatini boshqarishning
funksiya va masalalarini aniq taqsimlashdir, vaqti-vaqti bilan o‘sha funksiya va masalalarni,
ularning taqsimlanishini mahsulot sifatini yaxshilanishi uchun qayta o‘urib chiqishdir. Bunda
aloxida, ixtisoslashtirilgan organ -sifatni boshqarish bo‘limi yaratilmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

505

Ikkinchisi birinchi variantni to‘ldirgan xolda umumiy kordinatsiya funksiyasini ajratish va

aloxida organ-sifatni boshqarish bo‘limini yaratishni ta’kidlaydi. Bu bo‘limga mahsulot sifatini
boshqarishning juda ko‘p funksiyalari yuklanadi.

Har ikkala variant ham o‘zining ustunlik va kamchilik tomonlariga egadir.
Masalan birinchi variantning ustunlik tomoni shundaki, bunda ishlab chiqarish

jarayonining barcha qatnashchilari sifatga javobgardirlar. Bunda ularda kimlardir ular uchun sifat
bilan bog‘liq barcha masalalarni yechishi, sifatga javob berish xissi uyg‘onmaydi. Kamchiligi
shundaki, qator kordinatsion funksiyalarni xech kim bajarmaydi, umumiy harakterga ega tashkiliy
va uslubiy savollarni xech kim olib bormaydi.

Ikkinchi variant ko‘rsatilgan kamchiliklardan xoli, ammo korxona ishchilarida tez tez

korxonada sifatga javob beruvchi maxsus ajratilgan odamlar borligi xissi paydo bo‘ladi, shu
sababli ular sifat bilan bog‘liq barcha muammolarni yechishlari kerak.

Har kaysi variantda ham, sifat tizimini boshqarishda umumiy raxbarlikni korxona raxbari

olib borishi kerak, u korxonaning butun faoliyati va iqtisodiy natijalarga javob beradi, ular esa
bozor iqtisodi sharoitida, mahsulot sifatini yomon bo‘lishida yuqori bo‘lishi mumkin emas.

Misol tariqasida ikkinchi variantni ko‘rib chikamiz, bu variant o‘rta va yirik ishlab

chiqarish korxonalariga harakterlidir.

Korxonadagi sifat bo‘limi quyidagi ishlarni bajarishi shart:
-Sifat tizimi soxasida korxonada umumiy raxbarlikni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan

sifat tizimi xujjatlarini ishlab chiqishda konsultatsiyalarni amalga oshirishi;

-Sifat tizimi bo‘yicha xodimlarni o‘kitish dasturlarini tuzish va bajarishda uslubiy yordam

berish;

-Personal bilan sifat soxasidagi Siyosatni chuqurroq tushunishga yo‘naltirilgan tushuntirish

ishlarini olib borish;

-Muntazam ravishda sifat tizimini ichki tekshiruvlarini, sifat tizimida o‘rnatilgan talablarga

mosligi maqsadida o‘tkazish.

Ishlab chiqarish korxonasi xodimlarining sonini xisobga olgan xolda, sifat tizimi

bo‘limining strukturasi va jadvali bosh direktor tomonidan tasdiklanishi kerak.

Korxona sifat tizimi bo‘limi quyidagilarni bajarishi lozim:

Korxonada sifat tizimini ishlab chiqish, tatbiq etilishi va ishlatishning tashkiliy
boshqaruvini amalga oshirishi;

Sifat tizimining ichki auditni tayyorlash va o‘tkazish, ularning natijalarini tahlil qilish,
tuzatuv tadbirlarini ajarilishini nazorat etish;

Korxonada sifat tizimining samarali ishlashi haqida yuqori raxbariyatni xabardor qilish;

Sifat bo‘yicha kengashni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish:

Har yilgi sifat soxasidagi Siyosatni amalga oshirish uchun maqsadlarni belgilashda ishtirok
etish;

Sifat tizimining tashqi auditlarini tayyorlash va uni o‘tkazishni amalga oshirish.

Aniqlangan chetga og‘ishlarni tahlilini o‘tkazishda va ularni bartaraf etish uchun tadbirlar rejasini
tuzishda ishtirok etish, ularning bajarilishini nazorat qilish;

Sifat soxasidagi o‘quv dasturlarini bajarilishini kuzatish;

Sifat tizimini dolzarb ekanligini doimo ta’kidlash;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

506

Korxonaning tarkibiy bo‘linmalarini korxonaning sifat tizimi me’yoriy xujjatlari bilan
ta’minlash.

Sifat tizimi bo‘limi sifat tizimiga kiritilgan korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalariga
taqdim etishi kerak:

Sifat tizimining tasdiqlangan va o‘zgartirishlar kiritilgan xujjatlarini;

Sifat tizimi ichki tekshiruvlarni o‘tkazish bo‘yicha nazorat savollari ro‘yxatini;

Sifat tizimining ichki tekshiruvlari bo‘yicha xisobotlarni va xisobotlarga to‘g‘ri kelmaslik
dalolatnomalarini;

Sifat tizimini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar rejalari.
Korxonada sifat tizimini ish turlari bo‘yicha tashkil etish tuzilmasi (1-jadval).

1-jadval

Ish turi

Ishlarning harakteristikasi

Umumiy

raxbarlik

Sifat tizimini ko‘rish konsepsiyasini ishlab chiqish va uni muximlashtirish

Sifat soxasida tashkilotning Siyosati va maqsadlarini ishlab chiqish

Tashkiliy

tadbirlar

Korxonada sifat kunlarini utkazishga tayyorgarlik kurish

Sifat tizimini sertifikatlashtirishga, tatbiq etishga, ishlab chiqishga jalb
qilinayotgan tashqi tashkilotlar bilan ishlarni tashkil qilish

Sifat tizimi xolatini baholash bo‘yicha kengashlarni tayyorlash va o‘tkazish

Sertifikatlashtiruvchi organning tanlovida qatnashish
Sifat tizimi soxasida ogoxlantiruvchi, to‘g‘rilovchi harakatlarni tashkil etish
va ishlab chiqish

Tashkiliy-farmoyish tadbirlarning loyixalarini kelishilgan xolda ishlab
chiqish

Tekshiruvlar

Sifat tizimining ichki tekshiruvini o‘tkazishga raxbarlik qilish
Sifat tizimining ichki tekshiruvlarini o‘tkazish
Sertifikatlashtirish va undan keyingi auditlarni o‘tkazishda tashqi auditorlar
bilan ishlash

Nazorat

Sifat tizimi xujjatlarining standart talablariga mosligin nazorat qilish

Tashkiliy-farmoyishli

xujjatlar o‘rnatilgan muddatlarda ishlarning

bajarilishini nazorat qilish, shuningdek bo‘lim xodimlari tomonidan xisobot
va so‘rov materiallarini uz vaqtida taqdim etilishi
Sifat tizimi xujjatlarini saklash nazoratini amalga oshirish

Xujjatlar bilan

sifat tizimi

bo‘yicha

ishlash

Sifat tizimi xujjatlarini ishlab chiqishning reja-grafigining ishlanmasi

Sifat tizimi xujjatlarining tarkibi va mazmuniga talablarning belgilanishi

Sifat tizimi xujjatlarini ishlab chiquvchilarga topshiriklar berish, ishlab
chiqish jarayonida savollarni kelishib olish, kelishmovchiliklarni bartaraf
etish
Korxona struktura bo‘linmalarini belgilangan tartibda tasdiqlangan va ishlab
chiqilgan sifat tizimi xujjatlari bilan ta’minlash
Javobgar gurux bilan birgalikda sifat tizimi xujjatlarini va o‘zgartirishlarni
ishlab chiqish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

507

Ishlab chikilgan sifat tizimi xujjatlarini ro‘yxatga olish

Tahlil

Sifatga sarflangan chiqimlarni tahlil qilish

Yuqori raxbariyat tomonidan sifat tizimini tahlil qilish loyixasi va sifat
tizimini takomillashtirish tadbirlari loyixasini tayyorlash

O‘qitish

Sifat tizimini ishlab chiqish, tadbiq etish va takomillashtirish bilan bog‘liq
bo‘lgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda, seminarlarda, ko‘rgazmalarda
ishtirok etish

Sifat tizimi soxasida korxona ishchilarini o‘qitish va malakasini oshirishni
rejalashtirish

Sifat tizimi bo‘yicha korxona ishchilarini o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish

Mexnatni

tashkil etish va

rag‘batlantirish

Sifat tizimi soxasida malakali kadrlarga bo‘lgan extiyojni belgilash

Sifat tizimi soxasida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va ularni maqsadli
ishlatishni amalga oshirish

O‘zini ko‘rsatgan xodimlarni taqdirlash, mexnat tartibini buzganlarga
ma’muriy choralar qo‘llash bo‘yicha takliflar takdim qilish
Jamoada juda yoqimli bo‘lgan ijtimoiy-psixologik muxitni yaratish

Korxonada sifat tizimini boshqarishning tashkiliy jixati haqida gapirganda, kimlar

natijalarni yigishi va tahlil qilishi, sifatga sarflangan chiqimlarni xisobotlarini kimlar tuzishini
unutmaslik darkor. Bu tasodifiy bo‘lmasligi kerak, tizim ishlab chiqilishi shart. Bunda, barcha
natijalar moliyaviy materiallar, xisoblar va boshqalar bilan kelishilganligiga ishonch xosil qilish
kerak. Sarflar elementlarini olishda haqiqiy buxgalter kaydlariga tayanish zarur. Shundek, bu ishga
iqtisodchilarni jalb qilish ham mantikka to‘g‘ri keladi. Biroq, ular harajat elementlarini tahlil etish
va klssifikatsiya qilishda yordamga muxtoj bo‘ladilar, bu ish endi sifat bo‘limining ishi. Faoliyatni
va javobgarlikni taksimlash quyidagicha bo‘lishi mumkin 2-jadval.

2-jalval

Sifatga sarflangan chiqimlarni baholashda majburiyatlarni taksimlash

Faoliyat

Bajaruvchi

1.

Xarajat toifalarining belgilanishi

Iqtisodiy

bo‘lim

va

Sifatni

ta’minlash bo‘limi

2.

Xarajat ma’lumotlarini to‘plash

Iqtisodiy bo‘lim

3.

Toifalar bo‘yicha ma’lumotlarni taqsimlash

Iqtisodiy bo‘lim

4.

Sifatni

ta’minlash

bo‘limiga

xarajat

ma’lumotlarni taqdim etish

Iqtisodiy bo‘lim

5.

Xarajatlar taxlili

Sifatni ta’minlash bo‘limi

6.

Tadqiqot sabablari

Sifatni ta’minlash bo‘limi

7.

Xarajatlarni

kamaytirish

bo‘yicha

tavsiyanomalar ishlab chiqish

Sifatni ta’minlash bo‘limi

8.

Sifat va uni taqsimlash bo‘yicha xisobot
tuzish

Sifatni ta’minlash bo‘limi

9.

Korxona bo‘yicha xarajatlarni boshqarish
faoliyatini muvofiqlashtirish

Sifatni ta’minlash bo‘limi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

508

10.

Tavsiyalar va to‘g‘rilovchi xarakatlarni
monitoring qilish

Sifatni ta’minlash bo‘limi

Albatta shunday bo‘lishi shart emas. Har bir tashkilot o‘zining sifatga sarflangan chiqimni

nazorat qilish tizimi va tahlilini o‘rnatadi. Sifat tizimi strukturasi haqida gapirganda, sifatga javob
beruvchi bo‘linma barcha qolgan bo‘linmalar bilan o‘zaro ish olib boradi. U yoki bu bo‘linma
bilan aloqalar uzilganda sifat tizimini samarali ishlash zanjirining barchasi buziladi. Shunday qilib,
esda tutish lozimki, sifatni boshqarish –bu muolaja, u o‘z ichiga barcha bo‘linma va xizmatlarning
o‘zaro harakatini oladi.

Xulosa

Ishlab chiqarish korxonasi sifat tizimining moxiyati uning iste’molchining mahsulot

sifatiga bo‘lgan talablariga yunaltirilganidadir; bunday tizim komponentlarining tashkiliy
yigindisi bo‘lib, tashkiliy struktura, tartib-qoidalar, jarayonlar va resurslar xisoblanadi, shularga
qarab tizimning kerakli ishlash qobiliyati baholanadi.

Sifat menedjmenti tizimi korxonaga raxbarlik qilish tizimining ajralmas kismi (quyitizim)

xisoblanadi. U juda ham ko‘p ichki va tashqi aloqalarga ega, ular orqali ko‘p sonli signallar o‘tadi.
Bu tizim korxonani umumiy boshqaruv tizimining boshqa quyitizimlariga, xususan maqsadli,
funksional, tashkiliy, motivatsion, ijtimoiy, axborot, falsafiy va tashqi muhit bilan o‘zaro aloqa
qilishning kichik tizimiga bog‘liq.

REFERENCES

1.

O’z DSt ISO 9000:2015 Sifat menejmenti tizimi. Asosiy qoidalar va lug‘at.

2.

O’z DSt ISO 9001:2015 Sifat menejmenti tizimi. Talablar.

3.

O’z DSt ISO 9004:2015 Tashkilotning barqaror muvaffaqqiyatini ta’minlash maqsadida
boshqarish. Sifat menejmenti asosidagi yondashuv.

4.

O’z DSt ISO 19011:2011 Ekologik menejment tizimi va/yoki sifat menejmenti tizimi auditi
bo‘yicha rahbariy ko‘rsatmalar.

5.

Никифоров, А. Д. Управление качеством [Текст] / А. Д. Никифорова - Моква : Дрофа,
2015. – 720 с.

6.

Радионов, В. В. Управление качеством [Текст] / В. В. Радионов // Новосиб. Гос. Акад.
Экономики и управления. – Новосибирск. 2015. – 44 с

7.

Гличев, А. В. Современное представление о механизме управления качеством
продукции [Текст] / А. В. Гличев // Стандарты и качество. - 2014. - №3. – С45-46.

8.

Галлеев, В. И., Варгина, М. К. Управление качеством: проблемы, перспективы [Текст]
/ В. И. Галева, М. К. Варгина // Сертификация. - 2013. - №4. – С. 11-13.

9.

Гличев, А. В. Очерки по экономике и организации управления качеством продукции
[Текст] / А. В. Гличев // Стандарты и качество. - 2015.-№4.- С. 50-53.

10.

Dilmurod Khakimov, Nilufarkhan Nosirova Analysis of the possibility of production
processes based on modern methods. E3S Web of Conf. 376 02016 (2023). DOI:
10.1051/e3sconf/202337602016

11.

Юлдашев А. Х. и др. Управление качеством в метрологической деятельности //Точная
наука. – 2018. – №. 27. – С. 13-21.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

509

12.

Khakimov D. V., Turgunov B. M., Muminov N. S. Development, Provision And
Management Of Product Quality In Jsc «Jizzakh Battery Factory» //Acta of Turin
Polytechnic University in Tashkent. – 2018. – Т. 8. – №. 2. – С. 112-116.

13.

Turgunov B. M. et al. Principles of assessment and management of quality systems in
industrial enterprises //Точная наука. – 2019. – №. 44. – С. 5-14.

14.

Хакимов Д. В., Махмудова С. Х. Разработка системы менеджмента качества на
промышленном предприятии //Точная наука,(64). – 2019. – С. 22-26.

15.

Xakimov D. V. et al. Product Quality Control at Engineering Enterprises //International
Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. – 2020. – Т. 7. –
№. 2. – С. 12843-12848.

16.

XAKIMOV, D., MUMINOV, N., JARQINBOYEV, S., & Abdumalik, O. K. (2022).
“Measurement system analysis” metodi asosida o‘lchash jarayonlarining ishonchliligini
tahlil qilish.

17.

Хакимов Д. В., Умаров А. К. УПРАВЛЕНИЕ РИСКАМИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ НА
ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ //Eurasian Journal of Academic
Research. – 2023. – Т. 3. – №. 1 Part 2. – С. 52-66.

References

O’z DSt ISO 9000:2015 Sifat menejmenti tizimi. Asosiy qoidalar va lug‘at.

O’z DSt ISO 9001:2015 Sifat menejmenti tizimi. Talablar.

O’z DSt ISO 9004:2015 Tashkilotning barqaror muvaffaqqiyatini ta’minlash maqsadida boshqarish. Sifat menejmenti asosidagi yondashuv.

O’z DSt ISO 19011:2011 Ekologik menejment tizimi va/yoki sifat menejmenti tizimi auditi bo‘yicha rahbariy ko‘rsatmalar.

Никифоров, А. Д. Управление качеством [Текст] / А. Д. Никифорова - Моква : Дрофа, 2015. – 720 с.

Радионов, В. В. Управление качеством [Текст] / В. В. Радионов // Новосиб. Гос. Акад. Экономики и управления. – Новосибирск. 2015. – 44 с

Гличев, А. В. Современное представление о механизме управления качеством продукции [Текст] / А. В. Гличев // Стандарты и качество. - 2014. - №3. – С45-46.

Галлеев, В. И., Варгина, М. К. Управление качеством: проблемы, перспективы [Текст] / В. И. Галева, М. К. Варгина // Сертификация. - 2013. - №4. – С. 11-13.

Гличев, А. В. Очерки по экономике и организации управления качеством продукции [Текст] / А. В. Гличев // Стандарты и качество. - 2015.-№4.- С. 50-53.

Dilmurod Khakimov, Nilufarkhan Nosirova Analysis of the possibility of production processes based on modern methods. E3S Web of Conf. 376 02016 (2023). DOI: 10.1051/e3sconf/202337602016

Юлдашев А. Х. и др. Управление качеством в метрологической деятельности //Точная наука. – 2018. – №. 27. – С. 13-21.

Khakimov D. V., Turgunov B. M., Muminov N. S. Development, Provision And Management Of Product Quality In Jsc «Jizzakh Battery Factory» //Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent. – 2018. – Т. 8. – №. 2. – С. 112-116.

Turgunov B. M. et al. Principles of assessment and management of quality systems in industrial enterprises //Точная наука. – 2019. – №. 44. – С. 5-14.

Хакимов Д. В., Махмудова С. Х. Разработка системы менеджмента качества на промышленном предприятии //Точная наука,(64). – 2019. – С. 22-26.

Xakimov D. V. et al. Product Quality Control at Engineering Enterprises //International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. – 2020. – Т. 7. – №. 2. – С. 12843-12848.

XAKIMOV, D., MUMINOV, N., JARQINBOYEV, S., & Abdumalik, O. K. (2022). “Measurement system analysis” metodi asosida o‘lchash jarayonlarining ishonchliligini tahlil qilish.

Хакимов Д. В., Умаров А. К. УПРАВЛЕНИЕ РИСКАМИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ //Eurasian Journal of Academic Research. – 2023. – Т. 3. – №. 1 Part 2. – С. 52-66.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов