INTRODUCTION OF THE GLOBAL GAP INTERNATIONAL STANDARD IN THE PRODUCTION OF AGRICULTURAL PRODUCTS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Islamov, S., Rajabov, D., & Omonboyev, D. (2023). INTRODUCTION OF THE GLOBAL GAP INTERNATIONAL STANDARD IN THE PRODUCTION OF AGRICULTURAL PRODUCTS. Modern Science and Research, 2(7), 478–483. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22282
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Today, management systems based on the following standards are used in order to ensure the quality and safety of products produced in agricultural and food production enterprises. New ways of development will open up for the manufacturing enterprise, which has developed and introduced a system for ensuring the safety of Agriculture and food products. Factors such as acquiring new markets, gaining consumer confidence contribute to the development of the enterprise.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

478

QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHDA

GLOBAL GAP XALQARO STANDARTINI JORIY QILISH

Islamov Soxib Yaxshibekovich

Rajabov Doniyorbek Baxtiyorovich

Omonboyev Diyorbek Orif o‘g‘li

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.8202243

Annotatsiya.

Bugungi kunda qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarida

ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi
standartlar asosidagi boshqarish tizimlari qo‘llanilmoqda.

Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligini ta’minlash tizimini ishlab chiqqan

va joriy qilgan ishlab chiqaruvchi korxona uchun rivojlanishning yangi yo‘llari ochiladi. Yangi
bozorlarni egallash, iste’molchilar ishonchini qozonish kabi omillar korxona taraqqiyotiga hissa
qo‘shadi.

Kalit so‘zlar:

Global GAP, oziq-ovqat xavfsizligini, moddalar, infeksiya, xavfli kasallik,

pudratchilar, mexanizm, organik, noorganik, ifloslanish.

INTRODUCTION OF THE GLOBAL GAP INTERNATIONAL STANDARD IN

THE PRODUCTION OF AGRICULTURAL PRODUCTS

Abstact.

Today, management systems based on the following standards are used in order

to ensure the quality and safety of products produced in agricultural and food production
enterprises.

New ways of development will open up for the manufacturing enterprise, which has

developed and introduced a system for ensuring the safety of Agriculture and food products.
Factors such as acquiring new markets, gaining consumer confidence contribute to the
development of the enterprise.

Key words:

Global GAP, food safety, substances, infection, dangerous disease,

contractors, mechanism, organic, inorganic, pollution.

ВНЕДРЕНИЕ МЕЖДУНАРОДНОГО СТАНДАРТА GLOBAL GAP В

СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЕ ПРОИЗВОДСТВО

Аннотация.

Сегодня в целях обеспечения качества и безопасности выпускаемой

продукции на предприятиях сельского хозяйства и пищевой промышленности
применяются системы управления, основанные на следующих стандартах:

Для производственного предприятия, разработавшего и внедрившего систему

обеспечения безопасности сельскохозяйственных и пищевых продуктов, открываются
новые пути развития. Такие факторы, как освоение новых рынков, завоевание доверия
потребителей, способствуют развитию предприятия.

Ключевые слова:

глобальное предложение, безопасность пищевых продуктов,

вещества, инфекции, опасные заболевания, подрядчики, механизм, органический,
неорганический, загрязнение.


Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida, ayniqsa, yetakchi tarmoqlardan biri

hisoblangan qishloq xo‘jaligining o‘rnini hisobga olgan holda tarmoqqa joriy qilingan menejment


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

479

tizimlarini takomillashtirish va shuning asosida mahsulotlar sifati, ularning ham iste’mol, ham
atrof muhitga zarar yetkazmasligi jihatidan xafvsizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu yo‘nalishda eng sezilarli natijalar “Global GAP” – standartlashtirish va sertifikatlash

tashkiloti tomonidan erishilgan. U tayyor mahsulotlar havfsizligini yaratuvchi oziq-ovqat tovarlari
va xom ashyolari asosiy ishlab chiqaruvchilarining yagona yondashuvini ta’minlaydi. “Global
GAP” tarkibiga jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari, hususan asosiy iste’mol mahsulotlarini
ishlab chiqaruvchi barcha Yevropa mamlakatlari, AQSh, Yaponiya, Xitoy, Tailand, Hindiston,
Afrika qit’asi mamlakatlari va boshqalar kiradi. “Global GAP” tizimi 21 asr boshidan
standartlashtirish va sertifikatlash bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Ushbu tashkilot maqsadi oziq-
ovqat mahsulotlari va xom-ashyosi havfsizligini ta’minlashning yagona jahon amaliyotini
yaratishdir.

Global GAP sertifikatini olish uchun barcha modul talablarini bajarish kerak bo‘ladi.

Avvalambor, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish uchun bazaviy modul talablarini bajarish kerak.
So‘ngra mahsulot turiga qarab yoki o‘simlikshunoslik bazaviy moduli yoki chorvachilik bazaviy
moduli yoki baliqchilik bazaviy moduli talablarini bajarish kerak. So‘ngra mahsulot bazaviy
moduli talablari bajariladi. Masalan, qovun uchun sabzavot-poliz va mevalar bazaviy moduli
talablarini bajarish kerak.

Banan uchun tegishli modul talablari bajarilishi

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish uchun bazaviy modulini bajarish birinchi navbatda

qilinadigan ish hisoblanadi. Unga ko‘ra o‘simlik yetishtirilayotgan, chorva mollari boqilayotgan
yer (maydon)ning tarixi haqida ma’lumot bo‘lishi kerak. O‘simlik ekilgan joylar, chorva
boqilayotgan joylar nomerlanishi kerak.

Agar maydon (er) yangi bo‘lsa xavflilik darajasini baholash kerak. Xavfni qisqartirish

bo‘yicha qilingan rejali ishlar amalga oshirilgan bo‘lishi kerak. Yani xavfni rejali boshqarish
kerak. Masalan, maydon ishlab chiqarish korxonalari yonida joylashgan bo‘lsa, imkon qadar (agar
iloji bo‘lsa) xafvni kamaytirish kerak yoki boshqa yer tanlashi kerak. Xavfsiz va ijobiy ishchi
muhitni tashkil qilish uchun xavfni baholash bo‘yicha yozuvlar bo‘lishi kerak. (Umumiy, lekin
fermer xo‘jaligiga muvofiq bo‘lishi kerak). Shularni hisobga olgan holda sog‘liq, xavfsizlik va
gigiena yozuvlari protsedurasini yuritish lozim.

Ishchilarni sog‘lig‘i, xavfsizligi va farovonligi haqida ma’lumot. Masalan, razvedkalar

holati: ochiq (xavfli) yoki yopiq (xavfsiz), ular ishlatayotgan jixozlar sozligi va shu kabilar.

O‘qish va Mashg‘ulot bo‘yicha va ularga qatnashganlik to‘g‘risidagi yozuvlar (mavzu,

mashq o‘rgatuvchi,sana, qatnashuvchi) bo‘lishi kerak.

Maxsus vazifalarni bajaruvchi ishchilar (kimyoviy elementlar bilan ishlov beruvchilar,

xavfli jihozlar bilan ishlash va boshqalar) maxsus sertifikatlarga, layoqatga va /yoki yo‘nalish
bo‘yicha malakalarga ega bo‘lishi kerak.

Band xavfsizlikni baholashga asosan barcha ishchilar texnik xavfsizlik va sog‘liqni saqlash

talablari bo‘yicha o‘qigan bo‘lishlari kerak.

Kamida 1 ta ishchi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘qigan bo‘lishi shart (oxirgi

besh yil ichida).

Tasdiqlangan ko‘rgazmali gigiena yo‘riqnomalari:
– belgilar (sur’atlar) aniq va ishchilarga tushunarli tilda bo‘lishligi kerak.
Ushbu yo‘riqnoma quyidagilarni o‘zida yoritishi kerak:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

480

– qo‘l tozaligiga rioya qilinishi;
– qo‘l terisining yaralanishidan himoyalanishi;
– belgilanmagan joylarda chekish, ovqatlanish, suv iste’mol qilish taqiqlanadi;
– barcha infeksiya va xavfli kasallik tarqatilishi xavfi bo‘lganda xabar berish;
– maxsus kiyimdan muvofiq foydalanish.
Tashrif buyuruvchi va yordamchi pudratchilar sog‘liqni saqlash va texnika xavfsizligi

qoidalari bilan tanishgan bo‘lishi kerak.

Baxtsiz va favqulodda xodisalar yuz berganda xabar berish ko‘rgazmasi va ogohlantiruvchi

belgilar yordamida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfni ko‘rsatish moslamasi bo‘lishi kerak.

Xavfli moddalardan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash yo‘riqnomalaridan

foydalanishdagi qulayliklar tibbiy qutilarni mavjudligi (to‘liq budligiga tekshirilgan bo‘lishi
kerak) haqida ma’lumotlar olinadi.

Ishchilarni (yordamchi pudratchilarni) ximoyalovchi maxsus kiyim boshlar bilan (rasmiy

talablar va tasdiqlangan yo‘riqnomalar asosida) ta’minlashi va himoyalovchi maxsus kiyimlardan
foydalanilib bo‘lingandan so‘ng, (grafik bo‘yicha) ularni ifloslanib ketishini oldini olish
maqsadida tozalanishi va saqlanishi kerak. Rahbariyat vakili ishchilarning sog‘lig‘i, xavfsizligi va
ijtimoiy xolati bo‘yicha javbgardir. Ikki tomonlama aloqalarni mustaxkamlash uchun doimiy
yig‘ilishlar o‘tkazish va ularni rasmiylashtirish, fermer xo‘jaliklarining barcha ishchilari bo‘yicha
to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishi (mavsumiy ishchilar va yordamchi pudratchilar), ichimlik
suvlari, qo‘l yuvish vositalari, ovqatlanish xonalari va oziq ovqat mahsulotlari saqlanadigan
maxsus toza joylardan ishchilarning foydalanishlariga ruxsat berishi kerak.

Yashash joylari uchun barcha qulayliklar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim (mustahkam

tom, eshik, deraza, toza oqava suv, xojatxona, xandaq).

Bino chiqindilardan tozalash uchun muvofiq vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Rahbariyat vakili ogohlantiriruvchi amallar, taklif va shikoyatlar xisobini yuritishi kerak.
Taqrizlarni xujjatlashtirish protsedurasi bozorda ro‘yxatdan o‘tgan maxsulotlar sarf

hisobini yuritishni taminlaydi:

– Voqelikni taqrizda ko‘rib chiqish;
– Javobgar shaxs;
–Istemolchi va soni aniqlash mexanizmi;
– Mahsulotni solishtirish usullari;
– Asoslangan ko‘rsatgichlarni xar yilda testdan o‘tkazish.[14]

Bu talablar bajarilgach“O‘simlikshunoslik. Bazaviy modul”i talablari bajariladi.

Unga ko‘ra fermerlik ishlari uchun sotib olingan materiallar kasallik va zararkunandalardan

xoli bo‘lishi kerak. Shaxsiy issiqxonalarda o‘simliklar salomatligi sifati uchun nazorat tizimi
bo‘lishi kerak. Fermerlar seleksiya davrida kasallik va barqarorlikni etiborga olishi kerak.

Urug‘ va ildizpoyalar ishlovi (yani qanday kimyoviy ishlov berilgan) ro‘yhatga olinadi.
O‘simliklar himoyasi bo‘yicha protseduralar qabul qilinadi.
Ekish paytida ekish metodlari, urug‘ meyori, ekilgan sanasi qayd qilinadi.
Genetik modifikatsiyalangan organizm (GMO) bo‘lsa, shu bo‘yicha yozuvlarni yuritishi

kerak. Yani, ekish va hokazo. Fermer mijozga GMO haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar berishi kerak.
GMO bilan ishlash bo‘yicha reja tuzilgan bo‘lishi kerak. GMO hosili alohida saqlanadi. Bu
talablar faqat GMO uchun qo‘llaniladi, GMO bo‘lmasa qo‘llanilmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

481

Yuqori darajadagi samara uchun o‘g‘itlarni qo‘llash va/yoki yaxshi hosil olishni

mo‘ljallash o‘stiradigan moddalarga talablardan biridir.

O‘g‘itlar miqdori va turini tanlash bo‘yicha kompetentli ekspert bo‘lishi kerak. Agar

ekspert bo‘lmasa, fermerning o‘zi kompetenli bo‘lishi kerak.

Qo‘llangan barcha o‘g‘itlar qayd qilinadi: maydon, bog‘.
Qo‘llash vaqti, o‘g‘it turi, miqdori, usuli, ishlov berish bo‘yicha tafsilotlar yuritib boriladi.
O‘g‘itlar yaxshi sharoitda saqlanishi kerak va yillik nazorat o‘tkazilishi kerak.
Qoldiq noorganik o‘g‘itlar hisoboti yoki ishlatilgan o‘g‘itlar bo‘yicha yozuvlar yuritib

boriladi.

Noorganik o‘g‘itlar yopiq, toza va quruq joyda saqlanishi kerak.
O‘g‘it (organik, noorganik) mahsulotlardan alohida saqlanadi/choy/kofe.
Ishlab chiqarishdan so‘ng qolgan (zavod va shu kabilarda amalga oshirilgan jarayonlardan

so‘ng qolgan) suvlar fermer xo‘jaligida taqiqlanadi.

Organik o‘g‘itlar uchun xavf-xatar baholanishi kerak.
Qishloq xo‘jaligida irrigatsiyani o‘rni yuqori. Shuning uchun ham irrigatsion talablarni

prognozlash muhim ahamiyatga ega. Suv resurslarini prognozlashda tizimli metodlardan
foydalanish kerak.

Suvdan oqilona foydalanish, shuningdek, zararlarni kamaytirish uchun suvni rejali

boshqarish kerak. Ishlatilgan suvni qayd qilish kerak.

Ishlov berilmagan qoldiq suvlardan foydalanish ta’qiqlanadi. Suvning ifloslanish xavf-

xatarini yillik baholash kerak (mikrobiologik, kimyoviy, fizik ifloslanish. Suvning manbaini,
shuningdek, irrigatsiya metodlarini hisobga olgan holda)


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

482

Xavf-hatarni baholash bo‘yicha yillik analiz o‘tkazilishi kerak. Tegishli laboratoriyalarda

qilingan tahlil saqlanishi kerak. Zarur holatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar
bo‘yicha yozuvlar bo‘lishi kerak.

O‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak. Yani

o‘qitish, maslahatlar, profilaktika, kuzatuv va monitoring va hokazo.

O‘simliklarni himoya qilish vositalari mahsulot sifatiga o‘z tasirini ko‘rsatadi. Bunda

o‘simliklarni himoya qilish vositalarini to‘g‘ri tanlash muhimdir. Ro‘yhatga olingan kimyoviy
vositalardan foydalanish kerak. O‘simliklarni himoya qilish vositalari hisobotini yuritish kerak.

O‘simliklarni himoya qilish vositalari texnikalari yaxshi, soz holatda qo‘llaniladi. Barcha

qilinadigan ishlar qayd qilinishi lozim (joy, sana, kompaniya/fermer xo‘jaligi, kelishuv, texnik
yordam, ilova qilingan miqdor, texnikalarni qo‘llash). Hosilni yig‘ishga qadar yozuvlarni yuritish
kerak.

“Sabzavot-poliz va mevalar” bazaviy moduli.

E

kish materiali va navini tanlashda “onalik ko‘chati”ga nisbatan samarali ekish uslubini

anglash ahamiyatlidir.

Yerni fumigatsiyalaganda (kimyoviy gazlar bilan dizinfeksiyalash) yozuvlarni amalga

oshirish kerak (joy, vaqt, tasir qiluvchi modda, miqdor, uslub, operator).

Kutish vaqtiga rioya qilish lozim (o‘simlikni ekishga qadar).
Sug‘oriladigan suvning sifatini taminlash maqsadida xavf-xatar tahliliga muvofiq

mikrobiologik ifloslanishni hisobini yuritish kerak. Zarur bo‘lganda bajariladi.

Hosilni yig‘ishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak:

Ichki transport va hosil uchun xavf-xatar tahlilini o‘tkazish;

Gigiena bo‘yicha hujjatli uslub yuritish;

Mehnatdan avval ishchilar uchun gigienaga oid asosiy mashg‘ulotlar (trening).

Gigiena bo‘yicha qo‘llanmadan foydalanish;

Hosilni yaxshi holatda yig‘ish uchun asbob-uskunalar;

Hosilni tashish uchun mashinalar soz holatda bo‘lishi kerak;

Mahsulot bilan bevosita aloqada bo‘lgan ishchi uchun toza yuvinish joylari bo‘lishi

kerak.

Gigiena talablari ham belgilab qo‘yilgan. Hosilni yig‘ishga jalb qilingan ishchilar o‘z ish

joylarini yonida toza xojatxonaga ega bo‘lishlari kerak.

Mustahkam yoki ko‘chib yuruvchi xojatxonalar tozalash oson bo‘lgan materiallardan

bo‘lishi kerak. Yerga zarar yetkazmasligi uchun ular aniq bir yopiq hajmda bo‘lishi kerak.

Ular ishchilardan 500 m radiusda joylashishi va yaxshi gigienik holatda bo‘lishi lozim.

Agar ishchi mustaqil ishlasa xojatxonagacha bo‘lgan masofa 500 m dan yuqori bo‘lishi mumkin.
Bunday holatda ishchini transport vositasi bilan taminlash kerak. Hosil uchun mo‘ljallangan
sig‘imlar faqatgina mahsulotlar uchun ishlatilishi lozim. Gigienaga rioya qilish metodlari ekin
maydoniga, teplitsaga va boshqalarga taalluqli.

Xulosa.

Qadoqlangan mahsulotlar ifloslanishdan himoyalangan bo‘ladi. Shuning uchun

qadoqlanishi kerak bo‘lgan mahsulotlar qadoqlanadi. Yig‘ish punktlari, saqlash joylari yaxshi
gigienik holatda bo‘lishi kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

483

Qadoqlash materiallari ifloslanishdan himoyalangan holda saqlanadi.
Qadoqlash va boshqa materiallar ekin maydonidan chetga olinadi. Muz yoki suv ishlatilgan

holatda zararlanishni oldini olish uchun gigienik jihatlarga rioya qilish kerak


REFERENCES

1.

Bo‘riev X., “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash
asoslari”, Mehnat: Toshkent, 1999y.,-146 b.

2.

Texnik jihatdan tartibga solish: amaliyot, muammo va istiqbollari. I.I. Nasirov tahriri
ostida, O‘zbekiston standart, 2011y,

3.

B.D.Yusupov, A.A.Djumanov, O.I.Soatov, Sh.A.To‘raev, “Agrosanoat majmui
korxonalarida sifat menejmentini tashkillashtirish”, o‘quv-uslubiy qo‘llanma Toshkent,
2011y.,

4.

“Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiyaga oid normativ-xuquqiy xujjatlar
to‘plami. T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2008y.

References

Bo‘riev X., “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash asoslari”, Mehnat: Toshkent, 1999y.,-146 b.

Texnik jihatdan tartibga solish: amaliyot, muammo va istiqbollari. I.I. Nasirov tahriri ostida, O‘zbekiston standart, 2011y,

B.D.Yusupov, A.A.Djumanov, O.I.Soatov, Sh.A.To‘raev, “Agrosanoat majmui korxonalarida sifat menejmentini tashkillashtirish”, o‘quv-uslubiy qo‘llanma Toshkent, 2011y.,

“Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiyaga oid normativ-xuquqiy xujjatlar to‘plami. T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2008y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов