EXPERIENCE ADAPTING FOREIGN PERSON SURVEYS TO THE LOCAL ENVIRONMENT (ON THE EXAMPLE OF THE MMPI MINI-MULT FORM)

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
G‘ulomqodirov , E. (2023). EXPERIENCE ADAPTING FOREIGN PERSON SURVEYS TO THE LOCAL ENVIRONMENT (ON THE EXAMPLE OF THE MMPI MINI-MULT FORM). Modern Science and Research, 2(8), 385–388. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23496
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article presents the experience of forming The Shape of the MMPI mini-mult for the Uzbek ethnomultural environment, which was described by V.P.Zaitsev developed the MMPI on the basis of a person survey. The usual procedure and psychometric requirements for adapting personality questionnaires to the mahaliy environment are described.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

385

СHET EL SHAXS SO‘ROVNOMALARINI MAHALLIY MUHITGA

MOSLASHTIRISH TAJRIBASI

(MMPI MINI-MULT SHAKLI MISOLIDA)

G‘ulomqodirov Eldorjon Axmadjon o‘g‘li

Toshkent texnika universiteti Qo‘qon filiali Psixologiya fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8307465

Annotatsiya.

Mazkur maqolada MMPI mini-mult shaklini o‘zbek etnommadaniy muhit

uchun shaklini shakllantirish tajribasi keltirilgan bo‘lib, uni V.P.Zaytsev MMPI shaxs
so‘rovnomasi asosida ishlab chiqqan. Shaxs so‘rovnomoalarini mahaliy muhitga
moslashtirishning odatiy tartibi va psixometrik talablari bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

testlarni moslashtirish, psixodiagnostika, psixometrika, MMPI, Смол.

EXPERIENCE ADAPTING FOREIGN PERSON SURVEYS TO THE LOCAL

ENVIRONMENT

(ON THE EXAMPLE OF THE MMPI MINI-MULT FORM)

Abstract.

This article presents the experience of forming The Shape of the MMPI mini-mult

for the Uzbek ethnomultural environment, which was described by V.P.Zaitsev developed the
MMPI on the basis of a person survey. The usual procedure and psychometric requirements for
adapting personality questionnaires to the mahaliy environment are described.

Key words:

test matching, psychodiagnostics, Psychometrics, MMPI, Smol.

ОПЫТ АДАПТАЦИИ ОПРОСОВ ИНОСТРАНЦЕВ К МЕСТНОЙ СРЕДЕ

(НА ПРИМЕРЕ ФОРМЫ MMPI MINI-MULT)

Аннотация.

В данной статье представлен опыт формирования формы мини-

мульта ММПИ для узбекской этнокультурной среды, которую В.P.Зайцев разработал
ммпи на основе анкеты личности. Описаны типичные процедуры и психометрические
требования для адаптации анкет личности к местной среде.

Ключевые слова:

адаптация тестов, психодиагностика, психометрия, ммпи, Смол.

Shaxs xususiyatlari, qiziqish va motivlari kabi ko‘plab jihatlarni diagnostika qilish shaxs

so‘rovnomalarisiz mumkin emas. Shuning uchun ham psixologik testlarni ishlab chiqish va
ulardan foydalanish muammosi psixologiya fanida eng muhum jihatlardan hisoblanadi. Hozirgi
vaqtda mahalliy tadqiqotlarda foydalanilayotgan psixologik testlar juda cheklangan miqdorga ega.
Mazkur testlarning ayrim variantlari chet el testlarining oddiy tarjimasi bo‘lib, psixometrik
talablarga javob bermaydi va etnodmadaniy jihatdan yetarli darajada moslashtirilmagan.

Ushbu maqolaning maqsadi “Qisqartirilgan ko‘p omilli shaxs so‘rovnomasi(Смол)”

misolida xorijiy testlarni barchga psixometrik jahon standartlariga muvofiq mahalliy muhitga
moslashtirish tajribasi bilan tanishishdir. Hozirgi vaqtda MMPI testi shaxsni normal va patalogik
jihatdan o‘rganish uchun eng keng tarqalgan usullaridan biri bo‘lib, amaliyotda sotsial va ijtimoiy
psixologiyada, sud psixiatriyasida, kosmik va aviatsiya tibbiyotida keng qo‘llanadi. So‘ngi yillarda
chorak asr oldin Mini-Mult texnikasi asosida ishlab chiqilgan “Qisqartirilgan ko’p omilli shaxs
so‘rovnomasi” klinik tibbiyotda tobora keng qo‘llanib borilmoqda. Ushbu test ko’plab tadqiqotlar
davomida tasdiqlangan yuqori ishonchlilik va validlilik ko’rsatkichiga ega hisoblanadi. Biz
tomonimizdan ushbu metodikani mahalliy muhitga moslashtirish jarayonida yuqoridagi faktorlar
asosida foydalanish istiqbollari ko‘zda tutilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

386

So‘rovnomani moslashtirish bosqichlari.

So‘rovnomani moslashtirishning dastlabki

bosqichi so‘rovnoma matni va qo‘llanmaning o‘zbek tiliga tarjimasi bo‘ldi.

U quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
1. Testning asl tildan boshqa tilga dastlabki tarjimasini tayyorlash. Ushbu jarayon ikkala

tilni yaxshi biladigan va psixologik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi
kerak. Jahon amaliyotida tarjimaning ikki turi mavjud: simmetrik va assimetrik. Simmetrik tarjima
matnning ma’nosini ham, so‘zlashuv uslubini ham saqlashni o‘z ichiga oladi. Asimmetrik tarjima
odatda asl tilga sodiqlikni saqlashga qaratilgan bo‘lib, tarjimaning ma’nosi va so‘zma-so‘z
to‘g‘riligiga e’tibor qaratadi. Tadqiqotchilar testlarning mahalliy muhit uchun moslashtriligan
shaklini ishlab chiqishda assimetrik tarjimadan foydalanadi. Natijada test savollari leksik nuqtai
nazardan ancha noqulay ko‘rinish hosil qiladi. L.F.Burlachuk fikricha bunday tarjimalar tegishli
shaxs xususiyatini aniqlashdan ko‘ra, sinaluvchularning so‘rovnoma ma’nosini tushunish uchun
ko‘proq diqqatini jalb etadi

1

.

2. Tarjimani ekspert baholashda test savollari lug‘at boyligi va grammatika jihatidan test

mo‘ljallanayotgan aholining yoshi va ta’lim darajasiga moslashtiriladi. Jamiyatning etnomadaniy
xususiyatlariga e’tibor beriladi va qo‘pol xatolar bartaraf etiladi

2

.

3. Tarjimaning asl nusxaga ekvivalentligini tekshirish. Ushbu bosqich so‘rovnomaning

olingan tarjimasi va asl nusxa o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘z ichiga oladi. Смол metodikasini tarjima
qilishda aynan shu usuldan foydalandik.

Tarjima va asl so‘rovnomaning ekvivalentligiga erishgandan so‘ng, metodika savollarining

optimalligini tekshirishdir. Shaxs soʻrovnomalarini optimalligini oshirish bir necha testologik
tadbirlarni oʻz ichiga olib, testing baholash shkalalaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Qisqartirilgan koʻp omilli shaxs soʻrovnomasi toʻgʻri va notoʻgʻri mulohazalardan iborat boʻlib,
bu sinaluvchilarning javoblarini farqlashni talab qiladi.

Diskriminatsiya koeffitsienti statistik oʻlchov hisoblanib, psixologik testlarda yuqori va

past natijaga erishgan sinaluvchilarning qanchalik farqlay olishini baholash uchun qoʻllaniladi. Bu
test savoli aniqlaydigan xususiyat yoki qobiliyatning yuqori darajasiga ega boʻlgan sinaluvchilar
va past darajali shaxslarni qanchalik farqlay olishining oʻlchovidir. Psixometrikada
diskriminatsiya koeffitsiyenti muhum oʻrin tutib, u test savollarining sifatini va testing umumiy
sifatini koʻrsatib beradi

3

. Diskriminatsiyaning yuqori koeffitsyienti test savoli yuqori va past

koʻrsatkichlarni farqlashda samarali ekanligini koʻrsatadi. Testlarning ma’lum muhit uchun
moslashtirilgan variantini ishlab chiqishda diskriminatsiya koeffitsiyentidan foydalanilib, u
yordamida shaxs xususiyatlari va qobiliyatlarini samaraliroq oʻlchash mumkin. Biz oʻtkazgan
tadqiqot natijalariga koʻra diskriminatsiya koeffitsenti boʻyicha OPTIMAL emas deb topilgan
savollar quyidagilar boʻldi: 1, 2, 3, 28, 37, 41, 42, 45, 71.

Diskriminatsiya indeksi diskriminatsiya koeffitsiyentiga oʻxshaydi, farqi u test savollariga

noʻgʻri javob bergan past ball toʻplaga sinaluvchilar ulushini toʻgʻri javob bergan yuqori ball
olganlar ulushidan ayirish yoʻli bilan hisoblanadi. Test elementining diskriminatsiya indeksi

1

Бурлачук, Л.Ф. Психодиагностика: учебник для вузов / Л.Ф. Бурлачук. -СПб.: Питер, 2003. - 352 с.

2

McCrae, RR Consensual validation of personality traits across cultures / RR. McCrae, P.T. Costa, T.A. Martin,

V.E. Oryol, A.A. Rukavishnikov, I.G. Senin, M. Hrebickovd, T. Urbanek // Journal of Research in Personality. -
2004. -Vol.38. -P. 179-201.

3

Шмелев, А.Г. Психодиагностика личностных черт. - А.Г. Шмелев. - СПб.: Речь, 2002.-480 с.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

387

kontrastli guruh metodikai yordamida hisoblanadi. Bu holda metodikani qoʻllashning zaruriy
sharti baholash mezoniga koʻra me’yorga yaqin taqsimotning mavjudligi hisoblanadi.

Diskriminatsiya indeksi muammoni “yuqori samarali” va “past mahsuldor” guruhlardan

toʻgʻri hal qilgan odamlarning nisbati oʻrtasidagi farq sifatida hisoblanadi va D bilan belgilanadi.

Diskriminatsiyaning yuqori indeksi ushbu savol yuqori va past ball toʻplaganlarni samarali

ajrata olishini koʻrsatadi, past diskriminatsiya indeksi esa yuqori va past ball toʻplaganlarni
samarali ajrata olmasligini koʻrsatadi. Diskriminatsiya indeksining ta’siri shundaki, u yuqori va
past ball olganlarni farqlashda qaysi savollar samarali ekanligini aniqlashga imkon beradi va
yomon bajarilgan topshiriqlarni aniqlashga va umumiy test sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Diskriminatsiya indeksining oʻrtacha koʻrsatkichi 0.3-0.7 gacha boʻlgan oraliqni tashkil etib, test
kontekstiga qarab farqlanishi mumkin. Testolog mutaxassislar test savollarini tuzishda uning
murakkabligini ta’minlashga alohida e’tibor berishadi. Diskriminatsiya indeksi va koeffitsienti
bizga savollarning biror xususiyat va qobiliyatni qanchalik darajada samarali aniqlab berishini
koʻrsatadi. Ammo diskriminatsiya ineksinini sharhlashda savol qay darajada test shkalasi va uning
mazmuniga mos ekanligiga e’tibor qaratish kerak. Tadqiqot natijalariga koʻra diskriminatsiya
indeksi boʻyicha OPTIMAL emas deb topilgan savollar soni 1 ta hisoblanib, faqat 6-savol optimal
emas deb topilgan.

Murakkablik koeffitsienti (parametri) odatda ma’lum bir savolga toʻgʻri javob bergan

subyektlar foizining monoton kamayib borayotgan funktsiyasi sifatida tushuniladi: topshiriqni
qanchalik kam subyektlar bajargan boʻlsa, uning qiyinchilik darajasi shunchalik yuqori boʻladi.
Juda oson va juda qiyin fikrlar avtomatik ravishda ma’lumotga ega boʻlmaydi. Shuning uchun,
koʻpgina testlar uchun oʻrtacha qiyinchilikdagi savollar OPTIMAL deb hisoblanadi. Juda oson va
qiyin savollarni oʻzgartirish yoki testdan olib tashlash kerak. Tadqiqot natijalariga koʻra
murakkablik darajasi boʻyicha OPTIMAL emas deb topilgan savollar: 1, 3, 24, 35, 61, 71savollar
hisoblanadi.

Keyingi bosqichda ishonchlilik, validlilik ko‘rsatkichlarini aniqlash talab qilinadi. Ushbu

metodikani ishonchlilik ko‘rsatkichlarini aniqlashda retest usulidan foydalandik. Bu statistik
mezonga koʻra, “Qisqartirilgan koʻp omilli shaxs soʻrovnomasi” oʻrta darajada oʻzining ishonchli
ekanligini koʻrsatgan. Mahalliy muhitga moshlashtirilayotgan metodikaning validligini tekshirish
uchun oʻzbek milliy muhitiga moslashtirilgan metodikalarning mos shkalalari tanlab olinib
duragay metodika hosil qilindi.

Xususan, FPI (Frayburg shaxs soʻrovnomasi), Spilberg-Xaninning “Xavotirlanish

darajasini aniqlash” metodikasi, Shmishekning “Xarakter aksentuatsiyasi” soʻrovnomasi,
V.M.Melnikov va L.T. Yampolskiylarning “Psxodiagnostik test” soʻrovnomasining mos
shkalalari tanlab olindi. Hamda tanlab olingan respondentlardan yondosh metodika sinov sifatida
olindi. MMPI mini-mult shakli va unga yondosh metodika natijalarining oʻzaro aloqadorligi
tahlilini amalga oshirganimizda o‘rta va quyi darajada aloqadorlik koʻrsatkichlari qayd etildi.

Yakuniy bosqichda metodika shkalalari uchun me’yoriy ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi va

mahalliy muhitda foydalanish uchun tavsiyalar berildi. Xulosa qilib shuni ta‘kidlashni istardimki,
ushbu maqola kelajakdagi foydalanuvchilarga va test ishlab chiquvchilarga ushbu protsedura
haqida yetarli tushunchani rivojlantirishga yordam beradi. Mahalliy psixodiagnostika amaliyotida
testlardan foydalanish imkoniyati va samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xatolarga yo‘l
qo‘yish ehtimolini kamaytiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

388

REFERENCES

1.

Бурлачук, Л.Ф. Психодиагностика: учебник для вузов / Л.Ф. Бурлачук. -СПб.: Питер,
2003. - 352 с.

2.

Шмелев, А.Г. Психодиагностика личностных черт. - А.Г. Шмелев. - СПб.: Речь,
2002.-480 с.

3.

McCrae, RR Consensual validation of personality traits across cultures / RR. McCrae, P.T.
Costa, T.A. Martin, V.E. Oryol, A.A. Rukavishnikov, I.G. Senin, M. Hrebickovd, T.
Urbanek // Journal of Research in Personality. -2004. -Vol.38. -P. 179-201.

References

Бурлачук, Л.Ф. Психодиагностика: учебник для вузов / Л.Ф. Бурлачук. -СПб.: Питер, 2003. - 352 с.

Шмелев, А.Г. Психодиагностика личностных черт. - А.Г. Шмелев. - СПб.: Речь, 2002.-480 с.

McCrae, RR Consensual validation of personality traits across cultures / RR. McCrae, P.T. Costa, T.A. Martin, V.E. Oryol, A.A. Rukavishnikov, I.G. Senin, M. Hrebickovd, T. Urbanek // Journal of Research in Personality. -2004. -Vol.38. -P. 179-201.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов