USE OF HADITHS AS THERAPY IN STUDYING THE PROBLEMS OF RAISING CHILDREN OF PARENTS APPLYING FOR PSYCHOLOGICAL CONSULTATION

HAC
Google Scholar
To share
Kozimova , N. (2023). USE OF HADITHS AS THERAPY IN STUDYING THE PROBLEMS OF RAISING CHILDREN OF PARENTS APPLYING FOR PSYCHOLOGICAL CONSULTATION. Modern Science and Research, 2(9), 61–63. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23908
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about one of our main problems: preventing conflicts between parents and children, the role of wisdom such as hadiths and narrations in child education is very important.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

61

PSIXOLOGIK KONSULTATSIYAGA MUROJAAT QILUVCHI OTA – ONALARNING

FARZAND TARBIYASI MUAMMOLARINI O‘RGANISHDA HADISLARDAN

TERAPIYA SIFATIDA FOYDALANISH

Nigora Kozimova Abduqahhorovna

Osiyo xalqaro universiteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8341075

Annotatsiya.

Mazkur maqolada asosiy muammolarimizdan biri: ota – ona bilan farzandlar

o‘rtasida yuzaga keluvchi ziddiyatlarni oldini olish, bola tarbiyasida hadislar, rivoyatlar kabi
hikmatlarning o’rni juda ahamiyatli ekanligi to‘g’risida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar

: psixologik himoya mexanizmlari, information shaxs, oilaviy muhit,

hadisterapiya, hikmat, deviant xulq.

USE OF HADITHS AS THERAPY IN STUDYING THE PROBLEMS OF

RAISING CHILDREN OF PARENTS APPLYING FOR PSYCHOLOGICAL

CONSULTATION

Abstract.

This article talks about one of our main problems: preventing conflicts between

parents and children, the role of wisdom such as hadiths and narrations in child education is very
important.

Key words:

psychological protection mechanisms, information person, family

environment, hadistherapy, wisdom, deviant behavior.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ХАДИСОВ В КАЧЕСТВЕ ТЕРАПИИ ПРИ ИЗУЧЕНИИ

ПРОБЛЕМ ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ РОДИТЕЛЕЙ, ОБРАТИВШИХСЯ ЗА

ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ КОНСУЛЬТАЦИЕЙ

Аннотация.

В этой статье говорится об одной из наших главных проблем:

предотвращении конфликтов между родителями и детьми, очень важна роль мудрости,
такой как хадисы и повествования, в воспитании детей.

Ключевые слова:

механизмы психологической защиты, информационная личность,

семейная среда, хадистерапия, мудрость, девиантное поведение.


Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-

axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat
bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli,
yoshlar o‘zdavrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin.
Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado
berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz?

Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.

Sh. Mirziyoyev

Bugungi ta’lim tizimidagi jadal intellektual o‘zgarishlar ta’lim subyektlariga turlicha ta’sir

ko‘rsatyapti. Nimaga deganda, ta’lim subyektlari bo’layotgan hamma yangiliklar, hamma
o’zgarishlarga ham psixologik, intellektual tayyor emaslar. Ayniqsa, ta’limning asosiy
ishtirokchisi – o‘quvchilar bo‘layotgan o‘zgarishlarni osonlik bilan qabul qilishmaydi. Bunga turli
omillarni sabab qilib ko’rsatishimiz mumkin. Avvalo, bugungi zamonaviy o‘quvchilarda
psixologik himoya mexanizmlari yaxshi shakllanmaganligida. Immunitet – bizning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

62

salomatligimizga javob bersa, psixologik himoya mexanizmi esa – bizning ongimiz,
ruhiyatimizning salomatligiga javob beradi.

Mana shu ruhiy barkamollikni shakllantirishda ta’limda biz hadislar, hikmatlar va

rivoyatlardan keng foydalanishimiz maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vaziri Abduqodir Toshqulovning “Biz ta’limdan ham oily ta’limdan ham islomni sug’urib oldik”
degan so’zlarini keltirishni joiz deb bildim. Nimaga deganda din insonni turli zalolatlardan asraydi.
Ayniqsa bugungi kunda o‘rta ta’limda duch kelayotgan katta muammolarimizdan biri – deviant
xulq – atvorli o‘quvchilar bilan ishlashda xulq o‘g‘ishishlarning oldini olish maqsadida hadis,
hikmat va rivoyatlardan terapiya sifatida foydalanishimiz juda katta ahamiyatga molik. Bu kabi
korreksiya usuli bizning mentalitetimizga ham mos bo‘lib, bunday meros shu qadar bebahoki,
ularni o‘rganib o‘zimiz uchun ruhiy tarbiya olamiz. Har bir inson sof fitratda, sof tabiatda
tug‘iladi. (hadisdan) Shunday ekan unda paydo bo‘luvchi turli deviant xulq–atvorlarni jamiyatdan
va ota – onasidan o‘rganadi. Ota – ona, ayniqsa ona bola uchun juda katta madrasa hisoblanadi.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, odatda bobo – buvisi bilan bir uyda istiqomat qiluvchi bolalarda o’ziga
xos ijobiy xislatlar, vazminlik, kattalarni hurmat qilish kabi odatlar namoyon bo‘ladi. Chunki, bola
uyda aynan shunday muhitni ko‘radi. Har qanday gapni bezatuvchi, uning ta’sirchanligini
oshiruvchi ziynatlari bo‘ladi. Hadislar ham tarbiyaning bezagi, ziynatidir. Bizning hayotimizda
turli o‘ziga xos hadislar borki, biz ushbu hadislarni o‘rganib, ularni hayotimizda qo‘llab, ularga
amal qilib yashaymiz. Masalan, “Beshikdan qabrgacha ilm izla”, “Yoshlikda olingan bilim toshga
o‘yilgan naqsh”, “Avvalo onangga, onangga va yana onangga, so‘ng otangga yaxshilik qilgin”.
Bu kabi durdona hadislarimiz juda ko‘p. Birgina ota – ona mavzusidagi hadislar bilan ota – onalar
va farzandlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarni oldini olish mumkin. “ Otaga
itoat qilish — Allohga itoat qilishdir. Uning oldida gunoh qilish Alloh oldida gunohkor bo‘lish
bilan barobardir.” (Hadis)

Biz mana shunday hikmatlardan tarbiyada, ta’limda terapiya sifatida foydalansak, bugungi

zamonaviy yetuk barkamol o‘quvchi shaxsini shakllantirgan bo‘lamiz. Va albatta, bolalardagi
psixologik himoya mexanizmlarini ham mustahkamlagan bo‘lamiz. Bu uchun birinchi, ota- onalar
va o‘qituvchilar bugungi zamonaviy o‘quvchi shaxsiga mos salohiyatli bo‘lishi darkor. Biz odatda
muammoni yechishda ko‘proq unga tashqi tomondan yondashib hal etamiz. Muammoning ildizi
esa qolib ketaveradi. Bu go‘yoki tikanni chopishga o‘xshaydi. Tikanni chopaverasan, ammo ildizi
shu qadar chuqur o‘rnashib olganki, qayta qayta chiqaveradi. Biz odatiy usul bo’lib qolgan
bolaning bo‘sh vaqtini band qilish kerak deymizu, ammo uning ongini band qilish haqida hech
o‘ylamaymiz. Agar bolaning ongi kerak siz axborotlar bilan band bo‘lsa yoki umuman ongida
yetarlicha bilim – tushuncha bo‘lmasa, uning bo‘sh vaqtini band qilganingiz bilan boladagi xulq –
atvor o‘zgarmaydi. Inson yashash tarzini o‘zgartiradimi, yashab turgan makonini o‘zgartiradimi,
toki o’z tushuncha, qarashlarini o‘zgartirmas yoki ilmini rivojlantirmas ekan, undagi eski xulq –
atvor o‘zi bilan qoladi.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, bola har doim uyida ota - onasining aytgan so‘zlarini

emas, balki oila a’zolarining qilayotgan hatti – harakatlarini tarbiya sifatida qabul qiladi. Shu
sababli, avvalo biz ota – onalar qilayotgan har bir hatti – harakatlarimizga, atrofimizdagi
insonlarga qilayotgan munosabatimizga juda e’tiborli bo‘lishimiz darkor. Muammoning ildizi
borib yana bilim – tushunchalarga taqaladi. Chunki, biror – bir ma’lumotni tahlil qilish uchun,
bizda u haqida yetarlicha bilim bo’lishi yoki insonda keng dunyoqarash bo’lishi kerak. Ota – onada


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

63

kitob o‘qishga qunt, farzandlari tarbiyasida muloqotida bezak beruvchi hadislar, hikmatlar bo‘lsa,
albatta farzand komillikka yetadi. Insonning imkoniyatlari cheksizdir. Faqatgina o‘zi ularni to‘g’ri
anglay olsagina, qobiliyatlaridan samarali foydalana oladi. Har bir uyning poydevori mustahkam
bo‘lsa, u uzoq vaqt xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, bolalarga ham to‘g’ri tarbiya berib borsak,
mustahkam psixologik himoya mexanizmni shakllantirsak, jamiyatimizga foydasi tegadigan komil
farzandlar bo‘lib voyaga yetishadi. Chunki, bola siz sezmagan holda har bir hatti – harakatingizdan
o‘ziga xos xulosalar ya’ni tarbiyani oladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Agar mendan sizni nima

qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman – degan
so‘zlari har bir ota – ona uchun muhim fikr bo’lishi darkor. Xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini
qiladi.” – degan maqol bejizga aytilmagan.

So‘z oxirida shuni aytish joizki, demak biz ota – onalar o‘zgarsak - tarbiyali, ilmi va

salohiyatli bo’lsak, farzandlarimiz ham shu yo‘ldan ketishadi.

REFERENCES

1.

Sh.M. Mirziyoyev – Erkin va faravon demakratik O‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. T. O‘zbekiston, 2016

2.

Sh.M. Mirziyoyev – Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy
g’oyamizning poydevoridir. T. “Tasvir”, 2021 – 36 b.

3.

G’oziyev E. – Umumiy psixologiya. T. Sharq, 2001.

4.

Shoumarov B. Oila psixologiyasi. -T. Sharq, 2001. 272 b.

5.

Inomova M. Oilada bolalarning ma’naviy axloqiy tarbiyasi.-T.: TDPU, 1999-152

6.

Mirenskiy B.A. Oila va O‘smir. - T.O’qituvchi , 1991.

7.

Xolmatova M. Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog’lom avlod tarbiyasi. –T.:
1999.-27 b.

8.

Internet saytlari: ziyonet.uz, gov.uz, lex.uz

References

REFERENCES

Sh.M. Mirziyoyev – Erkin va faravon demakratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T. O‘zbekiston, 2016

Sh.M. Mirziyoyev – Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g’oyamizning poydevoridir. T. “Tasvir”, 2021 – 36 b.

G’oziyev E. – Umumiy psixologiya. T. Sharq, 2001.

Shoumarov B. Oila psixologiyasi. -T. Sharq, 2001. 272 b.

Inomova M. Oilada bolalarning ma’naviy axloqiy tarbiyasi.-T.: TDPU, 1999-152

Mirenskiy B.A. Oila va O‘smir. - T.O’qituvchi , 1991.

Xolmatova M. Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog’lom avlod tarbiyasi. –T.: 1999.-27 b.

Internet saytlari: ziyonet.uz, gov.uz, lex.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов