THE SOCIAL AND DOMESTIC LIFE OF DISPLACED PERSONS AND THEIR LOCATION IN THE VILLAGES AND SETTLEMENTS OF TURKESTAN AT THE END OF THE 19TH AND THE BEGINNING OF THE 20TH CENTURY

HAC
Google Scholar
To share
Abdurahimov, H. . (2023). THE SOCIAL AND DOMESTIC LIFE OF DISPLACED PERSONS AND THEIR LOCATION IN THE VILLAGES AND SETTLEMENTS OF TURKESTAN AT THE END OF THE 19TH AND THE BEGINNING OF THE 20TH CENTURY. Modern Science and Research, 2(9), 57–61. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24186
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

It is based on periodical press materials to reveal the resettlement of people from the Russian Empire to Turkestan in the late 19th - early 20th centuries and their socio-economic life, the regions where Russian settlements and settlements were established, and the relations between the Slavic and local people who lived in these regions. It was determined that the government's measures related to the creation of "empty land funds" for those displaced to Turkestan at the expense of fertile land and pastures were one of the main factors that caused the discontent of the local population. It is proved that the purpose was to strengthen the colonial rule.

Similar Articles


background image



57

XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA KO`CHIRILGANLARNING IJTIMOIY

VA MAISHIY TURMUSHI HAMDA ULARNING TURKISTON O`LKASIDAGI

QISHLOQ VA POSYOLKALAR BO`YLAB JOYLASHUVI

Abdurahimov Husniddin Sadriddin o‘g‘li

Samarqand davlat universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8364290

Annotatsiya.

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiya imperiyasidan Turkistonga

aholining ko`chirilishi va ularning ijtimoiy- iqtisodiy hayotini, rus posyolka,manzilgohlari

vujudga kelgan hududlar va bu hududlarda yashagan slavyan hamda mahalliy millat aholisi

o‘rtasidagi munosabatlarni davriy matbuot materiallari asosida ochib berishdan iborat.

Hukumatning Turkistonga ko`chirilganlar uchun unumdor er va yaylovlar xisobiga «bo`sh yer

fondlari»ni yaratish bilan bog’liq chora-tadbirlari mahalliy aholi noroziligini keltirib chiqargan

asosiy omillardan biri ekanligi aniqlanib, chorvachilik xududlarini qisqartirish orqali

ko`chmanchi aholini o’troqlashtirish natijasida mustamlaka boshqaruvini mustahkamlash

maqsad qilinganligi dalillangan.

Kalit so‘zlar:

ko‘chirish jarayoni, manzilgohlar tarixi , “baxtli hayot” qidirib kelgan

slavyan dehqonlari, dastlabki manzilgohlar tashkil topishi.

THE SOCIAL AND DOMESTIC LIFE OF DISPLACED PERSONS AND THEIR

LOCATION IN THE VILLAGES AND SETTLEMENTS OF TURKESTAN AT THE

END OF THE 19TH AND THE BEGINNING OF THE 20TH CENTURY

Abstract.

It is based on periodical press materials to reveal the resettlement of people from

the Russian Empire to Turkestan in the late 19th - early 20th centuries and their socio-economic

life, the regions where Russian settlements and settlements were established, and the relations

between the Slavic and local people who lived in these regions. It was determined that the

government's measures related to the creation of "empty land funds" for those displaced to

Turkestan at the expense of fertile land and pastures were one of the main factors that caused the

discontent of the local population. It is proved that the purpose was to strengthen the colonial rule.

Keywords:

resettlement process, history of settlements, Slavic peasants who came in search

of "happy life", establishment of first settlements.

СОЦИАЛЬНО-БЫТОВАЯ ЖИЗНЬ ПЕРЕСЕЛЕНЦЕВ И ИХ РАЗМЕЩЕНИЕ В

СЕЛАХ И ПОСЕЛКАХ ТУРКЕСТАНА В КОНЦЕ XIX - НАЧАЛЕ XX ВВ

Аннотация.

На основе материалов периодической печати раскрываются

переселение людей из Российской империи в Туркестан в конце XIX - начале XX веков и их


background image



58

социально-экономическая жизнь, регионы основания русских поселений и поселений,

отношения между славянскими и местные жители, проживавшие в этих регионах.

Определено, что меры правительства, связанные с созданием «пустых земельных фондов»

для переселенцев в Туркестан за счет плодородных земель и пастбищ, явились одним из

основных факторов, вызвавших недовольство местного населения. Целью было укрепление

колониального господства.

Ключевые слова:

процесс переселения, история расселения, славянские крестьяне,

пришедшие в поисках «счастливой жизни», возникновение первых поселений.

Manbalarda 1867 yildan 1917 yilga qadar Turkistonga ko`chirilgan rusiyzabon aholining

soni xaqida ko`plab ma’lumotlar keltiriladiki, ulardagi raqamlar biri ikkinchisini to`ldirishi bilan

birga, hamma vaqt ham biri boshqasiga mos kelmaydi. Ko`chirilganlar yashaydigan manzilgox,

posyolka va qishloqlaridagi aholining aniq sonini belgilashdagi asosiy to‘siq bo`ladigan omillar

shundaki, avvalo, davlat tomonidan ko`chib kelganlar va o‘z ixtiyoriga ko`ra ko`chganlarning

barchasi joylarida muhim yashab qolmasdan, yashash manzillarini doimiy ravishda o`zgartirib

to`rganlar. Masalan, Yettisuv viloyati uyezdlariga ko`chganlarning 1882-1885 yillarda 50 foizi

beqaror bo`lib, bir yerdan ikkinchi yerga doimo ko`chib o‘tib yashaganlar

1

. Sirdaryo va Kaspiyorti

viloyatiga ko`chirilgan aholining 38,2 foizi o‘z yashash joylarini o`zgartirib turishgan. Bu

xududlarda “donchilik madaniyati”ni rivojlantirish, dehqonlar muqim yashashi uchun hukumat

kerakli choralarni ko`rishi kerakligi xaqidagi ma’lumotlar ham fikrimizni tasdiqlaydi

2

. XIX

asrning 80 yillari ikkinchi yarmidan boshlab “baxtli hayot” qidirib Yettisuv, Kaspiyorti

viloyatlariga ko`chganlarning bir qismi Farg`ona va Samarkand viloyatlari uyezdlariga ko`chib

o‘tdilar. yangi tashkil topgan qishloqlardagi aholi sonini aniqlashdagi qiyinchiliklarga ayrim

qishloqlarning nomlari mahalliy aholi qishloq nomlari bilan bir xilligi ham sabab bo`lgan.

Shuningdek, bu ma’lumotlarga aniqlik kiritishdagi muammolardan biri shundaki, rusiyzabon

dehqonlar o‘z xo`jaligiga tegishli yer va ishchi xayvonlarini mahalliy aholiga ijaraga berib, o‘zlari

yaqin bo`lgan shaxar, posyolka va temiryo`l stansiyalariga ishlash uchun ketib qolishgan.

Turkiston general-gubernatori K.P. Kaufman davrida (1867-1881) Sirdaryo viloyatiga ko`chirib

keltirilganlarning 10 foizi oldin kelgan yerlariga qaytib ketishdi, 3 dan 1 qismi Yettisuv viloyatiga

1

Велецкий С. О колонизационном Семиречья. // Туркестанский сборник. Том 496. - С.82.

2

Григорев В. Крестьянская колонизация в Сыр Дарьинской области. // Русская мысл. 1893.- № 2; Русская

поселения в Закаспийский области. // Русская мысл. 1895.- № 5.

52


background image



59

ko`chib o`tgan

3

. Yettisuvga Kaufman davrida 1875 -1881 yillarda xar yili o`rtacha 110 ta oila

ko`chirilib, jami 2075 ta dehqon xo`jaligi joylashtirilgandi.

1847-1867 yillar davomida Yettisuvga kazaklar ko`chib ular 14 stanitsada 15 ming nafarni

tashkil etgan bo`lsa, ilk bor 1869 yildan boshlab dehqonlar yashash uchun manzilgoxlari paydo

bo`lgan

4

. Bundan ko`rinadiki, dastlab ko`chirilgan kazaklar stanitsalarda yashashgan, lekin

ularning ko`payib borishi va buni qo‘llab quvvatlagan hukumatning ta’siri natijasida ularning

aloxida qishloqlari tashkil topgan.

Sirdaryo xarbiy chizig‘idagi 1-sonli fortda 2944 kishi, shundan 1550 nafari xarbiy, 336 tasi

xarbiylar oilasi, 734 nafari dehqonlar bo`lib, ulardan 275 tasini xotin-qizlar tashkil qilgan

5

.

Dastlabki rus qishloqlari rus fortlari deyishimiz mumkin.

1875 yilda Sirdaryo viloyati Avliyoota uyezdida birinchi rus dehqonlari qishlog‘i tashkil

etilishi bilan xarbiylar yashash joylarida iste’fodagi xarbiylar’ni o`lkaga joylashtirish bilan birga,

markaziy guberniyalardan oddiy kishilar ko`chirila boshlandi. 1876 yilda qirgiz chullariga

ko`chish boshlandi. 1877-1878 yillarda “yer xudoniki” shiori ostida ushbu jarayon yanada avj oldi.

1875 yilda Avliyoota uyezdiga Saratov guberniyasidan 100 ta oila hamda 1876 yilda Voronejdan

28 oila ko`chirilgan

6

. 1875-1876 yillarda Uralortidan Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylariga 130

nafar Ural kazaklari ko`chirilgan, ularni orqasidan yana 50 oila ko`chirilib, keyinchalik joylashib

olishganidan so‘ng 99 nafar ayollari, 233 nafar bolalari kelgan

7

. Ko`chirib kelganlarni uy-joy bilan

ta’minlash, savdogar va qurol-yarog ustalari uchun kvartira xaqini to‘lash kabilar Sirdaryo viloyati

xarbiy okrugi uchun bir qator muammolar tugdirgani ham davriy matbuot va arxiv manbalari

orkali ko`rsatiladi. O`nlab xujjatlarda kvartira xarajatlari bilan bogliq raqamlar keltirilib, 1876

yilda bu 7229 rubl 55 kopeekni tashkil etgan bo`lsa, 1881yilda 9225 rubl 60 kopeekka etgan

8

.

Avliyootada K.P. Kaufman “Krabolta” nomli birinchi rusiyzabon aholi qishlog’ini tashkil

etganidan so‘ng ko`chib kelganlar sonini aniqlab borish vazifasini kun tartibiga qo‘ygan bo`lsa-

da, ushbu masala to‘liq xal etilmagandi. Uning xokimlik davrida 6 ta, ya’ni Avliyootada 5 ta,

Toshkentda 1 ta rusiyzabon aholi qishlog’i tashkil etilgan. Usha paytda dehqonlar soni 3450 nafar

ekanligi “Turkiston to`plami”da qayd etilgan

9

. Avliyootadagi birinchi rusiyzabon aholi

qishlog’iga Rossiyaning Saratov guberniyasidan 15 ta dehqon oilasi va Donsk viloyati Ramsk

3

Русская поселения в Семиречья. // Туркестанский сборник. Том 472. - С.2-3.

4

Головин Г. О колонизации Туркестан. // Туркестанский сборник. Том 428. - С.20-21.

5

Андревич П. Очерки историй колонизации Туркестана // Туркестанский сборник. Том 469.- С.61.

6

Узбекистон миллий архиви, И-17-фонд, 1-руйхат, В3485-йигма жилд, 11,15- вараклар

7

Узбекистан миллий архиви, И-1-фонд, 27-руйхат, 188-йигма жилд, 195,196,237,238- вараклар.

8

Узбекистан миллий архиви, И-1-фонд, 27-руйхат, 188-йигма жилд, 317,405,406,407,408- вараклар

9

Из истори колонизации Туркестанского края. // Туркестанский сборник. Том 521.- С.127.


background image



60

qo‘shinlaridan xarbiy majburiyatdan bo`shatilgan 100 ta oilani hamda Sirdaryo viloyatiga,

Voronejdan bir vaktni uzida 28 ta dehqon oilasi ham ko`chirilgandi

10

.

“Turkiston to`plami” va rasmiy adabiyotlarda Turkiston general- gubernatorligiga qarashli

Yettisuv viloyatida

11

1882 yilda 28 ta dehqon posyolkasi tashkil topgan bo`lib, u yerda 15000

nafar ko`chirilgan aholi yashagan, 1899 yilda 30 ta posyolkada 38022 nafar, 1908 yilda 41 ta

dehqon posyolkasida 44500 nafar, 1911 yilga kelib 123 dehqon qishloq va posyolkalarida 87000

nafar aholi istikomat qilgan, bu ko`rsatkich viloyatning 8 dan 1 qism aholisini tashkil etgan

12

.

1874-1905 yillarda Sirdaryo viloyatining Chimkent uyezdida 18 ta, Avliyootada 25 ta, Perovskda

4 ta, Toshkentda 11 ta, turli uyezdlarda 7 ta, jami 65 ta posyolka tashkil etilib, ularda 3500 ta oila

istiqomat qilgan

13

.

Samarkand viloyatida 1886 yildan boshlab rusiyzabon dehqonlarning posyolka va

qishloqlari tashkil etila boshlagan. Usha yili bu viloyatda 4 ta, 1898 yilda 9 ta, 1910 yilda 11 ta

posyolka bor edi. Samarkand viloyatidagi Xujand uyezdiga karashli 2 ta posyolkada 1800 ta oila,

Kattako`rg’on uyezdida 100 ta oila istikomat qilardi. Dasht chul xududida XIX asrning 80-

yillarida tashkil etilgan qishloq va posyolkalar soni 7 ta bo`lib, ularda 400 ta oila, 1890 yilda 680

ta oila yashaganligi manbalarda kayd etilgan

14

.

REFERENCES

1.

История Узбекистана. XVI – первая половина XIX века. Ташкент: Фан, 2012. 776 стр.

2.

Анке фон Кюгельген. Легитимация среднеазиатской династии мангитов в

произведениях их историков (XVIII-XIX вв.). Алмати: “ДайкПресс”, 2004.516 стр.

3.

Xoliqova R. Rossiya-Buxoro: tarix chorrahasida.-T.:O‘qituvchi, 2005.236 b

4.

Topildiev N. Qo‘qon xonligining Rossiya bilan diplomatik aloqalari tarixidan (XIX asr-1876

yilgacha). Toshkent: Fan, 2007. 135 b.

5.

Масалиева О. История Бухарского, Хивинского и Кокандского ханства в англо-

американской историографии ХХ века. Автореф. дис…. канд. истор. наук. Ташкент,

1999. 31 стр

6.

Toshpo‘latov.M.Z. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy davrdagi o‘ziga xos xususiyatlari.

10

Русский. О колонизации Туркестана // Туркестанский сборник. Том 425. - С.20.

11

Еттисув вилояти 1882-1898 йиллардан Чул генерал-губернаторлиги таркибига кирган, 1899 йилдан яна

Туркистон генерал-губернаторлигига утказилган.

12

Переселение и земельневий вопрос в Семеречие. // Торгово-промышленная газета, 1906. № 223.

13

История русской колонизации. // Туркестанский сборник. Том 586.- С.8-9.

14

К вопросу о колонизации. // Туркестанский курьер, 1908. № 71.


background image



61

“Modern Science and Research” xalqaro ilmiy jurnali –

Toshkent – 2023

- Vol 2. Issue 9. 14-

19 p (http://modernscience.uz/uz/post/detail/1549/)

7.

Toshpo‘latov.M.Z. Fuqarolik jamiyatini qurish tarixi: o‘zgarishlar va istiqbollar. “Modern

Science and Research” xalqaro ilmiy jurnali –

Toshkent – 2023

- Vol 2. Issue 9. 9-13 p

(http://modernscience.uz/uz/post/detail/1548/)

8.

Toshpo‘latov.M.Z. Fuqarolik jamiyatining millatlararo munosabatlar barqarorligini

ta’minlashdagi o‘rni. European science international conference: Modern educational system

and innovative teaching solutions – Parij – 2023 – Vol 5. №5. 14-17 p

(https://esiconf.com/index.php/mes/article/view/258)

References

История Узбекистана. XVI – первая половина XIX века. Ташкент: Фан, 2012. 776 стр.

Анке фон Кюгельген. Легитимация среднеазиатской династии мангитов в произведениях их историков (XVIII-XIX вв.). Алмати: “ДайкПресс”, 2004.516 стр.

Xoliqova R. Rossiya-Buxoro: tarix chorrahasida.-T.:O‘qituvchi, 2005.236 b

Topildiev N. Qo‘qon xonligining Rossiya bilan diplomatik aloqalari tarixidan (XIX asr-1876 yilgacha). Toshkent: Fan, 2007. 135 b.

Масалиева О. История Бухарского, Хивинского и Кокандского ханства в англо-американской историографии ХХ века. Автореф. дис…. канд. истор. наук. Ташкент, 1999. 31 стр

Toshpo‘latov.M.Z. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy davrdagi o‘ziga xos xususiyatlari. “Modern Science and Research” xalqaro ilmiy jurnali – Toshkent – 2023 - Vol 2. Issue 9. 14-19 p (http://modernscience.uz/uz/post/detail/1549/)

Toshpo‘latov.M.Z. Fuqarolik jamiyatini qurish tarixi: o‘zgarishlar va istiqbollar. “Modern Science and Research” xalqaro ilmiy jurnali – Toshkent – 2023 - Vol 2. Issue 9. 9-13 p (http://modernscience.uz/uz/post/detail/1548/)

Toshpo‘latov.M.Z. Fuqarolik jamiyatining millatlararo munosabatlar barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni. European science international conference: Modern educational system and innovative teaching solutions – Parij – 2023 – Vol 5. №5. 14-17 p (https://esiconf.com/index.php/mes/article/view/258)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов