BASICS OF ORGANIZATION OF COMPLIANCE CONTROL IN COMMERCIAL BANKS

HAC
Google Scholar
To share
Xodiyeva, Z. (2024). BASICS OF ORGANIZATION OF COMPLIANCE CONTROL IN COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research, 3(2), 521–523. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29696
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article reflects the importance of the compliance control system, which is a new and effective system in our country in the field of combating corruption, the factors of its emergence, its formation and the analysis of the specific aspects of this system based on the laws of foreign countries. The issue of compliance control and its organization in banks was also discussed

Similar Articles


background image


521

TIJORAT BANKLARIDA KOMPLAENS NAZORATNI TASHKIL ETISH ASOSLARI

Xodiyeva Zuhra Anvarovna

O’zmilliybank aksiyadorlik tijorat banki

Qashqadaryo viloyat bosh boshqarmasi, Jismoniy shaxslarning kredit qarzdorliklarini

Undirish sho‘basi bo‘yicha menejeri

https://doi.org/10.5281/zenodo.10728108

Annotatsiya.

Mazkur maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mamkakatimizda

yangi va samarali tizim hisoblangan komplayns nazorat tizimining ahamiyati, vujudga kelish

omillari, uning shakllanishi va xorijiy davlatlar qonunchiliklari asosida ushbu tizimning o’ziga

xos jihatlarining tahlili aks ettiriladi. Shuningdek banklarda komplaens nazorat va uni tashkil

etish masalalari haqida fikr yuritilgan.

Kalit soʼzlar:

korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, komplaens nazorati,

shakllanish tarixi, banklarda komplaens nazorati.

BASICS OF ORGANIZATION OF COMPLIANCE CONTROL IN COMMERCIAL

BANKS

Abstract.

This article reflects the importance of the compliance control system, which is a

new and effective system in our country in the field of combating corruption, the factors of its

emergence, its formation and the analysis of the specific aspects of this system based on the laws

of foreign countries. The issue of compliance control and its organization in banks was also

discussed.

Key words:

corruption, corruption-related offense, compliance control, history of

formation, compliance control in banks.

ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ КОМПЛАЕНС-КОНТРОЛЯ В КОММЕРЧЕСКИХ

БАНКАХ

Аннотация.

В данной статье отражено значение системы комплаенс-контроля,

которая считается новой и эффективной системой в нашей стране в области борьбы с

коррупцией, факторы ее возникновения, ее формирования и анализ конкретных аспектов

этой системы на основе по законам зарубежных стран. Также обсуждался вопрос

комплаенс-контроля и его организации в банках.

Ключевые слова:

коррупция, коррупционное правонарушение, комплаенс-контроль,

история становления, комплаенс-контроль в банках.


background image


522

Oʼzbekistonning yangilangan siyosati jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini oliy

darajaga koʼtarish, zamonaviy samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat xizmatida

korrupsiyaviy holatlarning har qanday koʼrinishlariga qatʼiy murosasizlik madaniyatini

shakllantirishda yuksak gʼoyalarga tayanmoqda. Аvvalo, ushbu islohotlarning tub zamirida

Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat

organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyiliga muvofiq barcha imkoniyatlar xalqimiz

manfaatlari yoʼlida safarbar etilishi ustuvor vazifa etib belgilanmoqda. Shu oʼrinda islohotlarning

chinakam natijadorligiga erishish maqsadida davlat va jamiyatning har bir sohasida korrupsiyaga

qarshi kurashish samaradorligini izchil taʼminlab borish alohida ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan

biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur

yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi. Shu bois unga qarshi

kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

Ma’lumki, bu illatning kеlib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning

samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan

yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos rеytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va

raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Xatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi

formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l kеladigan,

korrupsiyaga qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Shunday ekan, har bir millat

mazkur illatga qarshi kurashish stratеgiyasini o‘zi bеlgilaydi.

Shulardan kеlib chiqib, 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish

to‘g‘risida”gi O‘zbеkiston Rеspublikasining Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi

kurashishning huquqiy mеxanizmi yaratildi. Bundan tashqari qonunda korrupsiyaga oid

huquqbuzarliklarga doir tushunchalarga ta’rif bеrilgan bo‘lib, ya’ni korrupsiya – shaxsning o‘z

mansab yoki xizmat mavqеidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini

ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi

shuningdеk bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir. Mazkur Qonun o‘z navbatida,

fuqarolarga korrupsiya va korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy

illatlari haqida ma’lumot bеradi. Oʼz navbatida

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik

- korrupsiya

alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan

qilmishdir. Bundan tashqari, hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ijobiy

yutuqlarga erishgan rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasi shuni koʼrsatmoqdaki,

korrupsiya koʼrinishlarining oqibati bilan emas, balki uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-


background image


523

sharoitlarini bartaraf etishga asosiy eʼtibor qaratilgan va bu oʼz samarasini berganini amalda koʼrib

turibmiz. Xalqaro tajribada bu kabi profilaktik vositalardan biri korrupsiyaga qarshi muvofiqlik

“komplaens-nazorat” tizimi deb nom oladi.

Banklarda komplaens-nazorat tizimi bu Bank tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan

barcha xodimlar, tashkil etilgan kollegial organlar tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga

rioya qilinishi, qabul qilingan ichki me'yoriy hujjatlar (tartib, siyosat, nizom va boshqalar)ga amal

qilinishi, bank faoliyatini olib borishda yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni

oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshiriladigan hatti-harakatlar

kompleksidan iboratdir. Bankda komplaens-nazorat tizimining asosiy maqsadi tizimdagi barcha

xodimlar va kollegial organlar faoliyatini Bankning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi yo‘lida

birlashtirish, Bank va uning filiallarida amaldagi qonunchilik hujjatlari va bank ichki me'yoriy

hujjatlariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash, Bank faoliyati davomida qonunbuzilish holatlarini

oldini olish, xodimlarda korrupsiyaga bo‘lgan nafrat hissini oshirish va korrupsiyaga qarshi

kurashish borasida ularning bilimlarini oshirishdir. Bankda komplaens-nazoratini amalga

oshirishga javobgar bo‘lib bevosita Bankning Kuzatuv kengashiga bo‘ysunuvchi, komplayns-

nazoratni amalga oshirishga mas'ul bo‘lgan Bankning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi - Komplaens-

nazorat boshqarmasi hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, banklarda komplaens nazorat tizimi korrupsion xarakatlarning har

qanday ko‘rinishini oldini olishdan manfaatdor bo‘lgan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar uchun

tashkil etilgandir.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish

to’g’risida”gi O’RQ-419-sonli qonuni. URL:

https://lex.uz/docs/

3088008

2.

Foreign Corrupt Practices Act 1977 // PL 95 - 213, Title 1; 91 Stat 1494, Dec 19, 1977.

3.

“Compliance Programs for Private Companies” by Jeff J. Marwil and Jerry

J.Burgdoerfer August 2016, p. 83.

4.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov,

D., ... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets

for mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

References

O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’RQ-419-sonli qonuni. URL: https://lex.uz/docs/ 3088008

Foreign Corrupt Practices Act 1977 // PL 95 - 213, Title 1; 91 Stat 1494, Dec 19, 1977.

“Compliance Programs for Private Companies” by Jeff J. Marwil and Jerry J.Burgdoerfer August 2016, p. 83.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov, D., ... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов