THE PLACE OF THE LEGEND OF THE GOLDEN CRADLE IN THE HISTORY OF THE KOKAND KHANATE.

HAC
Google Scholar
To share
Ermatova , M. (2023). THE PLACE OF THE LEGEND OF THE GOLDEN CRADLE IN THE HISTORY OF THE KOKAND KHANATE. Modern Science and Research, 2(9), 443–445. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24261
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This thesis is devoted to the issue of legitimacy of the Khoqand Khanate. According to him, the description of the "Golden Cradle" narrative, which has become a part of the history of the khanate, in the sources and the comments given by the researchers were analyzed. In the 18th century, it was almost out of tradition to try to be a descendant of Genghis in the issue of legalization, but the reasons why the Ming dynasty chose this path were considered.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

443

QO‘QON XONLIGI TARIXIDA “OLTIN BESHIK” AFSONASINING O‘RNI.

Ermatova Mushtariy Abdulla qizi

Toshkent shahar markazziy

davlat arxivi yetakchi arxivchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8398602

Annotatsiya.

Mazkur tezis Qo‘qon xonligining legitimlik masalasiga bag‘ishlangan. Unga

ko‘ra hozirda xonlik tarixining bir qismiga aylangan “Oltin beshik” rivoyatini manbalarda
tasvirlanishi hamda tadqiqotchilar tomonidan berilgan izohlar tahlil qilingan. Qonuniylashtirish
masalasida chingizlarning avlodi ekanligiga urunish XVIII asrda deyarli urfdan qolgan bo‘lsada,
biroq ming sulolasi aynan shu yo‘lni tanlagnlik sabablari ko‘rib chiqildi.

Tayanch so‘z va iboralar:

“Oltin beshik”, qonuniylashtirish, xarizma, an’anaviy,

boburiylar sulolasi , Chodak xo‘alari, tip.

THE PLACE OF THE LEGEND OF THE GOLDEN CRADLE IN THE HISTORY

OF THE KOKAND KHANATE.

Abstract.

This thesis is devoted to the issue of legitimacy of the

Khoqand

Khanate.

According to him, the description of the "Golden Cradle" narrative, which has become a part of
the history of the khanate, in the sources and the comments given by the researchers were
analyzed. In the 18th century, it was almost out of tradition to try to be a descendant of Genghis
in the issue of legalization, but the reasons why the Ming dynasty chose this path were considered.

Key words and expressions:

"Golden Cradle", legalization, charisma, traditional, Babur

dynasty,

Chadak khojos,

type

.

МЕСТО МИФА О "ЗОЛОТОЙ КОЛЫБЕЛИ" В ИСТОРИИ КОКАНДСКОГО

ХАНСТВА.

Аннотация

. Данная диссертация посвящена вопросу легитимности Кокандского

ханства. По его словам, проанализировано описание повествования о «Золотой колыбели»,
ставшего частью истории ханства, в источниках и комментариях исследователей. В XVIII
веке в вопросе легализации было почти нетрадиционно пытаться быть потомком
Чингиза, но рассматривались причины, по которым династия Мин выбрала этот путь.

Опорные слова и выражения:

«Золотая колыбель», легализация, харизма,

традиции, династия Бабура,

Чодак Ходжы,

тип.


Qo‘qon xonligi tarix zarvaraqalarida 1710 yildan 1876 yilgacha ruslar iste’losiga qadar

mavjud bo‘lgan, Markaziy Osiyodagi yirik davlatlardan biri bo‘lgan. Har qanday sivilizatsiya va
davlat borki, tashkil topadi, rivojlanishining cho‘qqisiga chiqadi va tanazzulga yuz tutadi. Qo‘qon
xonligining tashkil topishi tarixiy manbalarning aksar qismida 1710-1709 yillar qilib ko‘rsatildi.

Mazkur vaqtda hokimyatga kelgan sulola qachondan oshlab siyosiy maydonda ko‘rinish

ola boshlagan ? Masala minglar sulolasining hokimyat tepasiga qachon kelganida emas, qanday
kelganidadir.

“Anjum at-tavorix” asarida Qo‘qon xonligining ibtidosi 1709 yilda Shohruxbiy tomonidan

boshlanganligi e’tirof etiladi. Is’hoqxon Ibrat ham “Tarixi Farg‘ona” asarida Shohruxning taxtga
kelishi ham 1709 yil qilib ko‘rsatilgan.

Hozirda Qo‘qon tarixining ibtidosi bevosita “Oltin beshik” afsonasi bilan boshlanadi.

“Oltin Beshik” afsona bo‘lsa, nima uchun xonlik tarixi uchun kerak bo‘ldi yokida “o‘ylab topildi”?


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

444

Mazkur afsona manbalarda keltirilgan mazkur afsona ayrim jihatlarida farq qilsada, biroq

asosiy g‘oya bir tarafga yo‘ltirilgan edi. Asosiy maqsad nimada edi?

“Oltin beshik” masalasida bir qator Qoʻqon xonligi bilan shugʻullangan tarixchilar oʻz

munosabatini bildirib oʻtadi. Fargʻonada vazifasi bilan mashgʻul boʻlgan Vladimr Nalivkin
Petrovich oʻz asarida “Oltin beshik” voqeasi Mirzo Olim Mushrif bayon etgan tarix bilan deyarli
bir hil koʻrinishda keltirilgan. Bunga sabab Nalivkin xonlikdan oldingi davrni bayon etishda
“Ansob us-salotin” asari asosiy manbalardan biri boʻlgan.

Skott Levi “Oltin beshik” masalasiga legitimatsiyaning bir koʻrinishi sifatida qaraydi. Bu

jarayon aslida Shohruxbiy davrida boshlangan boʻlsa-da, rasman Olimxon hukmronligi
tasdiqlangan. Qonuniylik daʼvolarini qoʻllab-quvvatlash uchun yangi mexanizmni ishlab
chiqdilar. Ular diplomatik taʼsir oʻtkazish uchun xon unvoni bilan bogʻliq tortishish kuchidan
foydalanganlar. Nasl-nasabni bevosita Boburga aloqador qilib, XV asrda mashhur boʻlgan
temuriylar sulolasiga koʻtarish edi. Nega aynan Bobur degan savolga quyidagicha javob berish
mumkin. Sababi u ajdodlar poytaxti Samarqandda hukmronlik qilgan oxirgi temuriy shahzoda edi.

Qoʻqon xonligining siyosiy tarixi boʻyicha yana bir olim B.M.Bobojonovning tadqiqotlari

alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan “Oltin Beshik” masalasiga tadqiqotchi germenevtik tahlil
qilib, bir qator tarixiy faktlar bilan uni nima uchun yuzaga kelganligini tushuntirib beradi.
Legitimatsiya jihatdan hokimiyatni qonuniylashtirish davlatning hududi kengaytirilgandan soʻng
mana shu hokimiyatga toʻla qonli haqli ekanligini isbotlash uchun Olimxon tomonidan
tarixchilarga yuklatilgan vazifa hisoblangan. Eʼtiborli jihati legitimatsiyaning bunday koʻrinishi
Amir Temurning taxtga kelishida ham qoʻllanilganligidadir. Amir Temurning ajdodlarini
chingiziylarga borib taqalishi, ona tarafdan ham bu sulolaning bir vakili sifatida hokimiyatga toʻla
qonli haqli ekanligini koʻrsatadi.

Oʻz navbatida T.K.Beysembiyev “Oltin beshik” voqeasi talqinidan quyidagi maqsadlar

koʻzga tashlanishini eʼtirof etadi:

1. Qoʻqon xonlari shajarasini temuriylar orqali Chingizxonga ulash (Qoʻqon xonlari

shajarasini boshlovchisi Boburning oʻgʻli. Oltin beshik temuriylarning bobosi Bartanxon
Chingizxonning bobosidir).

2. Oʻzbek qishloqlari Targava, Saroy va Jonkentlarning Oltin beshik taqdiriga bogʻliqligi;
3. Soʻfiylar, shu jumladan Fargʻonaning mashhur soʻfiylaridan Lutfulloh Chustiyning Oltin

Beshikning ajdodlari taqdiriga aloqadorligi;

4. Shayboniylardan boʻlgan Abdullaxonning Oltin beshik avlodlaridan boʻlgan

Chamashbiy taqdiriga aloqadorligini koʻrsatish.

Bular bilan birga, T.K.Beysimbiyevning Oltin beshik avlodlari bilan bogʻliq keyingi

talqinlarda Chamashbiyning Maxdumi Aʼzamdan keyin Fargʻona vodiysida naqshbandiya
tariqatining eng taʼsiri katta, hattoki hukumat doirasigacha boʻlgan shayxlaridan biri boʻlgan
Lutfulloh Chustiyning shogirdi boʻlganligi hamda temuriylar orqali Chingizxonga shajaraviy
tomondan ulanishiga urgʻu berilganligi, uning avlodlari kelajakda Fargʻona taxtiga toʻla haqli
ekanligini asoslashga qaratilgan, degan xulosani oʻrtaga tashlaydi.

Legitimatsiyaning bu koʻrinishi XVIII asrning oxirlariga kelib oʻzini ahamiyatini

yoʻqotgan boʻlsada, lekin toʻla qonli yoʻqolib ham ketmagandi. Qoʻqon xonligi ham hokimiyatga
toʻla qonli egalik qilish uchun, ommaga taxtga haqli ekanligini koʻrsatish maqsadida,
Umarxonning topshirigʻiga binoan tarixchi Isfarangiy birinchilardan boʻlib oʻz asarida “Oltin


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

445

Beshik” voqeasini bayon etadi. Bevosita voqealarni realligini oshirish uchun, undagi jarayonlarni
Buxoro xonlari bilan bogʻlagan holda bayon etadi. Biroq unda qator chalkashliklarni tadqiqotchi
oʻz ishida berib oʻtadi. Isfarangiy bergan mazkur maʼlumot keyingi asarlarda bir muncha oʻz
aslligini yoʻqotib boradi. Sababi har bir asarini shakllantirib borarishda muallif oʻzining fikr va
mulohazalarini ham qoʻshib boyitib boraveradi. B.M.Bobojonov tomonidan ilgari surilgan fikrlar
har tomondan o‘rinlidir. Olim birinchi navbatda mazkur afsonaga nima uchun ehtiyoj yuzaga
kelganligini keltirib o‘tgan bo‘lsada, mazkur afsonaning reallikka ko‘chishidagi chakashliklarni
ham keltirib o‘tadi. Chalkashliklar bo‘lishi aniq edi, sababi Isfrangiy Buxoro tarixidan xabardor
emasdi. Lekin aslida xonlik nechog‘lik bu afsonaga muhtoj bo‘lgan, agarda bu yo‘l bilan
hokimiyatga davogarligini isbotlamasa, xalq hukmdorni tan olishmas edimi?

Aftonidil Erkinov “Oltin Beshik” afsonasi Umarxon taxtga oʻtirgandan soʻng Qoʻqon

xonligi har jihatdan ancha kuchayishi va Buxoro xonligiga tobelikdan uzoqlashib, mustaqil
ekanligini koʻrsatishga kirishgan vaqtda yuzaga kelganini taʼkidlab oʻtadi. Hokimiyat ustida
hukmronlik qilayotgan biror bir sulola siyosiy jihatdan kuchaya boshlashi bilan oʻz hokimiyati
asosi, qiyofasi, oʻziga xosligi – identifikatsiyasi, kelib chiqishini (shajara, genealogiya) izlashga
va agar u mavjud boʻlmasa, uni tuzishga kirishadi. Mazkur jarayonlarda madaniy sohadagi
faoliyatini kuchaytirishga intiladi yoki oʻtmishdagi namunaviy sulolalarga taqlid asosida oʻzligini
namoyon qilishga urinadi. Shu jihatdan olib qaraganda, Umarxon hukmronligi davrida
Temuriylarga, xususan, Husayn Boyqaro (1469-1506) saltanati zamoniga taqlid vujudga kelgan
edi.

Mazkur afsonaning yaratilish genezisi boshqa turkiy qavmlarda mavjud rivoyatlarga borib

taqaladi. Masalan, burkas urugʻidagi rivoyat, qirgʻizlarning “Ona kiyik” , Alisher Navoiyning “
Saddi Iskandariy” shuar jumlasidandir. Biroq fors tilida yozigan XII-XIII asrda yashab oʻtgan
Daqoqiy Marvaziy-Samarqandiy qalamiga mansub “Baxtnoma” asari “Oltin Beshik” afsonasining
andozasi sifatida keltirilganligi qiyosiy tahlil natijasida olim tomonidan isbotlangan.

REFERENCES

1.

Худоёрхонзода.Анжум ат-таворих (Тарих юлдузлари). Форс-тожик тилидан
таржимон Шодмон Воҳидов Т.: “Фан ва техналогия”, 2014. -349 б

2.

Наливкин В. Краткая история Кокандского ханства. – Казань: 1886.

3.

Бейсембиев Т.К. «Тарихи Шахрухий» как исторический источник. «НАУКА»
Кахахский ССР АЛМА-АТА -1987.-С. 197

4.

Бабаджанов Б.М. Кокандское ханство: власть, политика, религия. Токио-Ташкент.
2010. С. 743

5.

Scott C.Levi. Khoqand the rise and fall of. University of Pittsburgh Press. 2017 years. P.
258

6.

Кюгельген. Легитимация - Кюгельген, Анке. Легитимация среднеазиатской
династии Мангитов в произведениях их историков (XVIII - XIX вв). Алматы, 2004

References

Худоёрхонзода.Анжум ат-таворих (Тарих юлдузлари). Форс-тожик тилидан таржимон Шодмон Воҳидов Т.: “Фан ва техналогия”, 2014. -349 б

Наливкин В. Краткая история Кокандского ханства. – Казань: 1886.

Бейсембиев Т.К. «Тарихи Шахрухий» как исторический источник. «НАУКА» Кахахский ССР АЛМА-АТА -1987.-С. 197

Бабаджанов Б.М. Кокандское ханство: власть, политика, религия. Токио-Ташкент. 2010. С. 743

Scott C.Levi. Khoqand the rise and fall of. University of Pittsburgh Press. 2017 years. P. 258

Кюгельген. Легитимация - Кюгельген, Анке. Легитимация среднеазиатской династии Мангитов в произведениях их историков (XVIII - XIX вв). Алматы, 2004

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов