THE IMPORTANCE OF DEVELOPING VOCAL AND CHORAL SKILLS IN STUDENTS

HAC
Google Scholar
To share
Kalliev , A. (2023). THE IMPORTANCE OF DEVELOPING VOCAL AND CHORAL SKILLS IN STUDENTS. Modern Science and Research, 2(9), 79–82. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24285
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The importance of developing vocal and choral skills in students, the purpose of forming vocal and choral skills, forming singing skills in primary grades, directing them to the profession through the formation of singing skills in primary grades.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

79

O’QUVCHILARDA VOKAL-XOR MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHNING

AHAMIYAT

Kalliev Abatbay Nagmetullaevich

Ózbekstan mámleketlik konservatoriyası Nókis filialı, Ulıwma kásiplik hám social-gumanitar

pánler kafedrası professor.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8409417

Annotatsiya.

O’quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishning ahamiyati, Vokal-

xor malakalarini shakllantirishning maqsadi, boshlang‘ich sinflarda qo’shiq kuylash malakalarini
shakllantirish, boshlang‘ich sinflarda kuylash malakalarini shakllantirish orqali ularni kasbga
yo‘naltirish.

Kalit sózlar:

vokal, xor, musiqa, qoshiq kuylash, kompazitsiya,

musiqa san'ati, xissiyotlar.

THE IMPORTANCE OF DEVELOPING VOCAL AND CHORAL SKILLS IN

STUDENTS

Abstract.

The importance of developing vocal and choral skills in students, the purpose

of forming vocal and choral skills, forming singing skills in primary grades, directing them to the
profession through the formation of singing skills in primary grades.

Key words:

vocal, chorus, music, spoon singing, composition, music art, emotions.

ВАЖНОСТЬ РАЗВИТИЯ ВОКАЛЬНО-ХОРОВЫХ НАВЫКОВ У

УЧАЩИХСЯ

Аннотация.

Значение развития вокально-хоровых навыков у учащихся, цель

формирования вокально-хоровых навыков, формирования певческих навыков в начальных
классах, направление их в профессию через формирование певческих навыков в начальных
классах.

Ключевые слова:

вокал, хор, музыка, пение на ложках, композиция, музыкальное

искусство, эмоции.


Musiqa ta'limining katta e'tibor bergan O‘rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim

Al-Farobiy yosh avlodni tarbiyalash o‘qitish masalalariga ko‘plab ilmiy va amaliy g‘oyalar
bildiradi. U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschisi hamdir. Taniqli olim, faylasuf,
musiqashunos Jomiyning “Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm
nisbatlari haqida yozilgan. O‘zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa san'ati sohasida nixoyatda
katta bilimga ega bo‘lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “Sabbai-Sayyor”, “Maxbub-ul
qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida aks etgan.

Barcha xalqlar qatori o‘zbek xalqi ham qadimdan o‘zining boy milliy ma'naviy

qadriyatlari, urf-odatlari va an'analariga ega bo‘lib kelgan tarixan juda o‘tmishga borib taqaladigan
boy musiqiy merosga ega. O‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati va salohiyatini belgilovchi
xususiyatlarini belgilovchi uning musiqasi, kuy va qo‘shiqlaridir. Bu milliy musiqiy merosi
nihoyatda boy va ko‘p janrlidir.

Musiqiy xisni barcha yoshlarda rivojlantirish mumkin. Iste'dodni ma'lum sharoitda ustirish

mumkin. Inson nerv sistemasi atrof muhit talabiga ko‘ra doimiy o‘sish va o‘zgaruvchanlikda.
Musiqani xis eta olishning, ya'ni musiqiy tilni tushinishning, uning ma'nosini idrok etishning - agar
bu vazifaga to‘g‘ri yondoshsa barcha insonlar uchun u yoki bu darajada imkoni bor. Tovush
balandligini xis etish, ritm xissi, ladlar xissi, garmonik eshitish va boshqa musiqiy elementlarni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

80

xis etishni rivojlantirish mumkin. Jonli ijro vaqtida musiqiy til orqali borliqni, uning mahnosini
tushinishni o‘rganish mumkin.

O‘quvchini musiqaning ma'nosini ochishga o‘rgatish o‘kituvchining asosiy vazifalaridan,

bu protsessni u musiqiy texnikani o‘zlashtirishi bilan bir vaqtda olib borishi shart.

Musiqa inson uchun istiroblar, xissiyotlar va obrazlar xaqida so‘zlovchi til bo‘la olishi

kerak. Bu urinda repertuarni to‘g‘ri tanlash lozim. Repertuarni tanlashdan avval oson
tushiniladigan, keyinroq, sekin asta kiyinroq asarlarni tanlash maqsadga muvoffiq.

Xonandani tarbiyalashda ikki vazifani xal etmoq lozim, bular: ijro aparatini ko‘rmoq,

ya'ni professional kuylovchi ovozni xonandaning “sozini” va unda ijro etmoq, bular bir biri bilan
chambarchas bog‘liqdir. Aynan shu narsa xonandaning musiqiy tarbiyasida muhim va mushkul
tomondirki, musiqiy sozlarda ijro etuvchilarni tarbiyalashdan tubdan farq qiladi. Shuning uchun
bu etapda o‘qituvchi xonandaning sozini yaratadi, - ya'ni “ovozni tarbiyalash” vazifasini bajaradi.

Tarbiyaning boshida ovozni to‘g‘ri xosil qilishning elementar bilimlari uchun

ishlatiladigan mashqlar beriladi va xatto shu ma'nosiz (tekstsiz) mashqlarni xam musiqiy xis bilan
ijro etishga axamiyat beriladi. Xar bir xato eng oddiy bilimlar xam elementar ijrochilik vazifalari
bilan bog‘li bo‘lishi lozim. Musiqiy mashqlarni oddiy notalar ketma-ketligi shaklida kuylash
mumkin, yoki aksincha rivojlangan musiqiy fikr sifatida kuylash xam mumkin.

Vokalizlarni ijro etayotganda xam, asar ijrosi vaqtida xam, musiqiy obraz birinchi urinda

bo‘lmog‘i lozim. Shunday qilib xonandaning vokal texnikasi birinchi mashqlardan to mukammal
ijroga qadar musiqiy tasavvur bilan bog‘liklikda bo‘lishi kerak.

Quyidagi 3 etap musiqiy bilimni o‘zlashtirishda eng muximlaridandir. Ovoz apparati ustida

ishlashning to‘g‘ri yulini tanlash, ikkinchisi shu yo‘lni mustaxkamlash jarayonini aniqlash,
uchinchisini rivojlantirib, saqlash. Bu uch etapni doim yodda tutish o‘qituvchidan talab etiladi,
kuylash bilimining ko‘pqirrali tomonlarini o‘zlashtirish, asarga ijodkorona yondoshishga va ijro
erkinligiga erishishga yordam beradi.

O’quvchilar ovozini to‘g‘ri tarbiyalash va saklash uchun ular bilan muntazam suhbatlar va

tushuntirish ishlari o‘tkazib turish lozim. O’quvchilarda musiqani idrok etish malakalarini
shakllantirish uchun, avvalambor ularda musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish kerak.
Musiqiy asarni tinglab, idrok etish uchun asarning kuy yo‘nalishi, lad-garmonik tuzilishi, janri va
hokazolarni bilishi lozim. Buning uchun nafaqat musiqa qonunlari, prinsiplari, musiqaning
tuzilishi shakida bilish, balki musiqaga nisbatan muhabbat va qiziqish bo‘lmog‘i darkor. Gohida
musiqaning hamma koidalarini biluvchi mutaxassis musiqachini uchratamiz, lekin u musiqaga
nisbatan emotsional lokayd bo‘ladi. Gohida musiqa qonun-koidalaridan mutlako behabar, ammo
musiqani jonu dili bilan sevuvchi insonlarni ko‘ramiz. Shuning uchun musiqiy tarbiyaning yeng
asosiy vazifasi o’quvchilarga musiqiy qo’shiq o‘rgatish, musiqa savodi, nota yozuvini o‘rgatish
emas, balki ularda emotsional ko‘tarinqilikni, badiiy-estetik dunyoqarashni, estetik didni
shakllantirishdir. Darsda belgilangan asosiy pedagogik maqsadlar, musiqani idrok etish musiqiy
faoliyatlar uzviy yaxlitlikda olib borilganda o’quvchilarda musiqiy malakalarni shakllantirish
jarayoni samarali kechadi.

Chunonchi:
-musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish;
-musiqani idrok etish malakalarini o‘stirish;
-kuylash malakalarini o‘stirish;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

81

-musiqa nazariyasi asoslarini o‘rgatish;
-musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish, unga muvofiqharakatlar qilish bilan ijrochilik qobiliyatlarini

rivojlantirish;

-musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o’quvchi shaxsida ijodiy tafakkurni

shakllantirish va boshqalarga erishadi. Natijada o’quvchilarda musiqa haqida mushoxada
yurgizishning boshlang‘ich asoslari vujudga keladi.

Musiqiy tarbiya tushunchasini keng va tor ma'nolarda tushunish mumkin. Keng ma'noda-

insonning ruhiy ehtiyojlarini, axloqiy tasavvurlarini, g‘oyaviy emotsional tafakkurlarini va hayotiy
voqeliklarni estetik baholash xissini shakllantiradi. Tor ma'noda-bu musiqani idrok etish
qobiliyatini shakllantirish tushuniladi. Idrok etish qobiliyati musiqaning turli xil jarayonlarida
amalga oshiriladi. Musiqani emotsional xis etish, uning mazmun mohiyatini anglash musiqiy
madaniyatga ega bo‘lgan shaxsga xos fazilatdir. Zero, musiqa o’quvchilarni estetik jixatdan
tarbiyalaydi, ularda dunyoga nisbatan o‘ziga xos «shaxsiy nuqtai nazar» tarkib topadi, unga
(dunyoga) faol va ijodiy ko‘z bilan qarash xissi shakllana boradi. Musiqa alohida shaxsga va
keng jamoaga ham birdek ta'sir qiladi (emotsional, ijodiy, estetik, g‘oyaviy, pedagogik, fiziologik
va hokazo). Bu haqida musiqa madaniyati o’qituvchisi doim unutmay, bir xususiyatni
shakllantirish hisobiga, boshqasini chegaralab o‘tmagan holda dars o‘tmog‘i lozim.

Biz kurs ishimizda musiqa madaniyati darsi orqali olib borilayotgan musiqiy ta’lim-tarbiya

jarayonini o‘rganib, shunday xulosaga keldikki, bu borada hali anchagina muammolar mavjud.
Jumladan, o‘quvchilarning bilim doirasini o‘zbek va yevropa estrada va vokal asarlarining klassik
va zamonaviy uslubiy yo‘nalishlarining manyorali ijrosi, yakka va turli guruxlar bilan mustaqil
ijodiy ishlash va konsert faoliyatini yurgizish, mikrofonni erkin ishlatish qoidalarin bilish va unga
rioya qilish, xonanda ovozining registrlari va badiiy texnik imkoniyatlarini, ovozni ishlatish va
qo‘yish mashqlarini, o‘quvchi bilan asar stida ishlab, sahnaga chiqishga tayyorlash kabi
ko‘nikmalarni egallashi talab etiladi.

Xullas qo’shiq tinglash har bir bolaning o’ziga jalb qiluvchi har tomonlama foydali va

samarali natija bеruvchi jarayondir. Bolalarda kuylash malakalari bir vaqtning o’zida va bir –biriga
bog’liq holda shakllanishi maktab o’quvchilariga musiqa fanlari o’qitishdagi ba’zi uslublarini
qayta ko’rish maqsadga muvofiq ekanligini dalolat ko’pincha musiqa o’qituvchilari kuylash
malakalari hosil bo’lish jarayonini tarbiyalashda bu malakalarni bir – biriga chambarchas
bog’liqligini hisobga olmaydilar, hamda bu malakalarning bir sistеmada shakllanishiga e’tibor
bеrmaydilar. Birorta malaka bir –biridan ajratilgan holda rivojlananmaydi.

Bolalarga qo’shiq kuylashni o’rganish jarayonida o’qituvchi o’z bilimini ular ongiga

еtkazish uchun shunday qulay vaziyat vujudga kеladi, bunda eng muhimi o’qituvchi bolalarning
musiqani to’g’ri idrok qilishga tayyorlashi yuksak darajada bo’lishi kеrak. Bu jarayonning amalga
oshirilishida xotari, diqqat va emotsional ko’tarinki ruh yordamga kеladi. Pеdagogika va
psixologiya fanlari shuni ta’kidlaydiki, ijodiyotni rivojlantirishning barcha turlariga bu narsalar
bеvosita aloqadordir, qolavеrsa butun o’qish jarayonida bo’larsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

Musiqa darslarida xotirani kuchaytirish va rivojlantirishning asosiy uslublaridan biri

o’qituvchilarning kichik va qisqa quylash mashqlarini tеz – tеz takrorlashi va kеyinchalik ushbu
mashqlarni kеngaytirib va kuchaytirib borishidadir. Kulash malakalarining shakllantirishida
musiqa o’qituvchisiga qo’yiladigan talablardan bir bolalarni ushbu mashqlarga qiziqtirish,
bolalarning musiqa olamiga shunday olib kirish kеrakki bunda ular o’qituvchining har doimgi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

82

talablaridan zеrikmasinlar, agar o’qituvchi o’z xotirasini fahmlay ola bilsa, kuylash malakalarining
shakllanishi jarayonining samaradorligi osha boshlaydi. Bu natijaga erishish uchun o’qituvchidan
jiddiy mas’uliyat talab qilinadi. Bolalar tеtik ko’tarinki ruh kayfiyatida bo’lsalar, ularning fikrlash
qobiliyati faollashadi. Shu bilan bolaning musiqani idrok qilishida ham chuqur, emotsional his –
tuyg’u holati paydo bo’ladi. Bu holat kuylash jarayonida ijobiy natijalar hosil bo’lishiga olib
kеladi.

REFERENCES

1.

Камалова Д.Э. Баспасөзде новелланың жанрлық өзгешелиги (Жанровые
особенностиновеллы в прессе) [Genre features of the novel in print] // Материалы
республиканскоенаучно-практической конференции. – Нукус. Наука. 2019

2.

Камалова Д. Э. Баспасөзде новелланың жанрлық өзгешелиги (Жанровые
особенности новеллы в прессе) [Genre features of the novel in print] / Д. Э. Камалова
//Материалы республиканское научно-практической конференции. – Нукус. Наука.
2019. – С. 18-21.

3.

Kaмалова,Д. Э.Роль художественной детали в каракалпакских новеллах[The Role
of Artistic Detail in Karakalpak Novels]. // Донецкие чтения 2021: образование,
наука, инновации, культура и образы современности: Материалы VI
Международной научной конференции. –Донецк: Изд-во ДонНУ. 2021. –с. 139-142.

4.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ

ИШЛАШ

КЎНИКМАЛАРИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

5.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 196-203.

6.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal
of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

7.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.







References

Камалова Д.Э. Баспасөзде новелланың жанрлық өзгешелиги (Жанровые особенностиновеллы в прессе) [Genre features of the novel in print] // Материалы республиканскоенаучно-практической конференции. – Нукус. Наука. 2019

Камалова Д. Э. Баспасөзде новелланың жанрлық өзгешелиги (Жанровые

особенности новеллы в прессе) [Genre features of the novel in print] / Д. Э. Камалова //Материалы республиканское научно-практической конференции. – Нукус. Наука.

– С. 18-21.

Kaмалова,Д. Э.Роль художественной детали в каракалпакских новеллах[The Role of Artistic Detail in Karakalpak Novels]. // Донецкие чтения 2021: образование, наука, инновации, культура и образы современности: Материалы VI Международной научной конференции. –Донецк: Изд-во ДонНУ. 2021. –с. 139-142.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 196-203.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов