LEGAL NIHILISM: IDEOLOGICAL FOUNDATIONS

HAC
Google Scholar
To share
Norbekov, A. (2023). LEGAL NIHILISM: IDEOLOGICAL FOUNDATIONS. Modern Science and Research, 2(9), 88–90. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24289
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

It has been revealed that legal nihilism is one of the negative phenomena that poses a serious threat to the systematic and purposeful development of the legal development of society and hinders the rise of legal consciousness and legal culture. The article describes the forms of legal nihilism, its emergence and views on it.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

88

HUQUQIY NIGILIZM: MAFKURAVIY ASOSLAR

Norbekov Ahmadjon Norbekovich

Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8411542

Annotatsiya.

Huquqiy nigilizm

jamiyat huquqiy taraqqiyotining tizimli hamda maqsadga

muvofiq rivojlanishiga jiddiy xavf tug‘diruvchi hamda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning
yuksalishiga to‘siq bo‘luvchi salbiy hodisalardan biri ekanligini ochib berilgan. Maqolada
huquqiy nigilizmning shakllari, uning payda bo‘lishi va u haqidagi qarashlar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

Huquqiy nigilizm, qadiriyat, vatanparvarlik, itoatsizlikrad etish, huquqiy

ong.

LEGAL NIHILISM: IDEOLOGICAL FOUNDATIONS

Abstract.

It has been revealed that legal nihilism is one of the negative phenomena that

poses a serious threat to the systematic and purposeful development of the legal development of
society and hinders the rise of legal consciousness and legal culture. The article describes the
forms of legal nihilism, its emergence and views on it.

Key words:

Legal nihilism, ability, patriotism, disobedience, legal consciousness.

ПРАВОВОЙ НИГИЛИЗМ: ИДЕОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ

Аннотация.

Выявлено, что правовой нигилизм является одним из негативных

явлений, представляющих серьезную угрозу планомерному и целенаправленному развитию
правового развития общества и препятствующих подъему правосознания и правовой
культуры. В статье описываются формы правового нигилизма, его возникновение и
взгляды на него.

Ключевые слова:

Правовой нигилизм, способность, патриотизм, непослушание,

правосознание.


Huquqiy nigilizm jamiyat huquqiy taraqqiyotining tizimli hamda maqsadga muvofiq

rivojlanishiga jiddiy xavf tug‘diruvchi hamda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning
yuksalishiga to‘siq bo‘luvchi salbiy hodisalardan biridir.

Nigilizm

1

(lotincha – “nihil” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, -hech narsa, -inkor degan

ma’noni anglatadi). Huquqiy nigilizm shaxslarning, ijtimoiy guruhlarning muayyan huquqiy
qadriyatlarga, normalarga, belgilangan tartib - qoidalarga salbiy munosabatini, mensimaslik va har
qanday normalar, prinsiplar va qonunlarni rad etish degan ma’noni bildiradi va sub’ektning
muayyan qadriyatlar, normalar, qarashlar, ideallar, inson turmushining ayrim tomonlariga, ba’zida
esa hamma tomonlariga nisbatan salbiy munosabatini ifoda etadi. Bu - dunyoni his qilish va
ijtimoiy xulq-atvor shakllaridan biri. Nigilizm qanday qadriyatlarni rad etilishiga, bilim va ijtimoiy
amaliyotning qaysi sohasi - madaniyat, huquq, axloq haqida gap borayotganligiga qarab, axloqiy,
huquqiy, siyosiy, mafkuraviy nigilizm va shu kabi boshqa ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin.
Umuman, nigilizmga an’anaviy va eng umumiy tarzda destruktiv, ijtimoiy zararli hodisa sifatida
qaraladi. Nigilizm ko‘pincha vayron qiluvchi shaklga ega bo‘ladi. Nigilizm eng yuqori cho‘qqiga
chiqqan vaqtda anarxizm, ekstremizm bilan uyg‘unlashib ketadi. Bu o‘rinda muayyan qadriyatlar

1

Vikipediya.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

89

va prinsiplarga nisbatan e’tiborsiz shubhada namoyon bo‘ladi. Bunday hollarda odatda, uning
jamiyatga qarshi xulq-atvor, jinoiy harakatlar, axloqiy va huquqiy normalarni buzishga yaqin eng
nobop usullari tanlanadi. Huquqiy nigilizm huquq va qadriyatlarga nisbatan faol qarshilik
ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Huquqiy nigilizm - huquqni, uning qadriyatlarini, umuman, huquq
va uning ayrim institutlarini faol rad etishdir.

Huquqiy nigilizmning ikki asosiy

2

sababini ko‘rsatish mumkin. Birinchi sababi shundan

iboratki, bizning mamlakatda uzoq yillar nodemokratik rejim hukmron bo‘lgan, ya’ni davlat
faoliyati huquqqa asoslanmagan. Ikkinchi sababi ko‘p yillar huquqni norma sifatida tushunish
hukmronlik qilganligi bois bunda huquq davlatning xohish-irodasi bilan bog‘liq qilib qo‘yilgan.
Boshqacha aytganda, huquq davlat xohish-irodasining hukmron ifodasi bo‘lib, har qanday
normativ hujjat davlatning amriga hamohang bo‘lgan, shu tufayli huquqqa nisbatan salbiy
munosabat kelib chiqqan va huquq faol inkor etilgan. Huquqiy nigilizmni ifoda etishning turli
shakllari mavjud.

Birinchi shakli –

amaldagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarni to‘g‘ridan-

to‘g‘ri buzish. Bu huquqiy nigilizm namoyon bo‘lishining yaqqol shakli. Bunga, eng avvalo, jinoiy
jazolanadigan qilmishlarni, shuningdek fuqaroviy, ma’muriy va intizomiy jihatdan nojo‘ya xatti-
harakatlarni kiritish mumkin.

Huquqiy nigilizmning

ikkinchi shakli

barcha joylarda va ommaviy tarzda yuridik

ko‘rsatmalarni bajarmaslik hamda ularga rioya qilmaslik. Bunda sub’ektlar (fuqarolar, mansabdor
shaxslar, davlat organlari, jamoat tashkilotlari) o‘z xulq-atvorida huquqiy normalarning talablariga
ochiqdan-ochiq rioya qilmaydilar, balki aksincha, “o‘z qoidalari” bo‘yicha yashash va harakat
qilishga intiladilar. Qonunlarga bo‘ysunmaslik jamiyatga katta ziyon keltiradi. Qonunlar
osonlikcha chetlab o‘tiladi. Ularga bo‘ysunilmaydi, “qonun bor-ku” deb o‘ylab ham ko‘rilmaydi.
Bunda qonun juda ko‘pchilik uchun “menga ma’qul bo‘lsa, bo‘ysunaman, ma’qul bo‘lmasa, inkor
qilaman” degan shartli tushunchaga aylanib qoldi. Bunday itoatsizlik - huquqiy ongning o‘ta past
darajada ekanligi va buzilganligi, lozim darajadagi huquqiy madaniyatning yo‘qligi hamda
umumiy tartibsizlik va mas’uliyatsizlikning oqibatidir.

Huquqiy nigilizm namoyon bo‘lishining

uchinchi shakli

bir- biriga zid, bir-birini

takrorlovchi yoki bir-birini istisno etuvchi hujjatlarni nashr etishdan iborat bo‘lib, bunday hujjatlar
bir-birini neytral, beqaror holatga keltirib qo‘yadi. Ko‘pincha, qonun osti hujjatlari qonundan
“yuqori” bo‘lib qoladi. Joriy etilayotgan katta miqdordagi yuridik normalarning biri boshqasiga
mos kelmaydi, biri ikkinchisini to‘ldirish o‘rniga o‘zaro zid kelib qoladi. Ayni vaqtda ijtimoiy
munosabatlarning huquq yo‘li bilan tartibga solinishga muhtoj qat- lamlari mavjud bo‘lsa-da,
ammo bu borada hech bir ish qilinmaydi. Natijada huquqiy bo‘shliqlar, nuqsonlar yuzaga keladi.
Bularning barchasini birgalikda olganda huquqiy shov-shuvlarga, chalkashliklarga sabab bo‘ladi.

Inson huquqlari va erkinliklarining buzilishi hamda ularga rioya etilmasligi huquqiy

nigilizmning

to‘rtinchi shaklidir.

Inson huquqlarining, yashash, hurmat qilish, qadr-

qimmat, mol-mulk, xavfsizlikka bo‘lgan huquqlarini buzish yoki ularga rioya etmaslik, shaxsning
huquqiy jihatdan yaxshi himoya qilinmaganligiga, qonunga davlatning jamiyatdagi tartibni
ta’minlashga, kishilarning jinoiy tajovuzlardan himoya qilishga qodir ekanligiga bo‘lgan
ishonchga putur etkazadi. Qonun timsolida o‘zining kafolati va tayanchini ko‘rmas ekan, inson
uni qadrlash, hurmat qilish va e’zozlashdan yiroqlashadi. O‘z huquqini amalga oshirishdagi

2 Fedorenko K.G., Shavinskiy B. V. Huquq metodologiyasi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

90

ilojsizlik esa shaxsni o‘z huquqidan begonalashtiradi. Uning huquqdan ixlosi qaytadi,
ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Vaholanki, inson huquqlari g‘oyasi kuchli davlat g‘oyasiga zid
emasligi azaldan ma’lum.

Shunday qilib, huquqiy nigilizm

huquqiy ongning salbiy, buzilgan tarafidir

3

. Uning

huquqiy ongning huquqqa hurmat bilan munosabatda bo‘lish va unga rioya etish talablariga
nisbatan keskin tanqidiy, inkor etish munosabatida bo‘lgan mafkuraviy va psixologik qismidir.
Agar huquqiy nigilizm huquq va uning qadriyatlariga salbiy munosabatda bo‘lish, huquqning
kuchiga ishonmaslik bilan tavsiflansa, huquqiy idealizm buning aksi, ya’ni huquqning kuchiga
ortiqcha baho berib yuboradi. Mazkur har ikkala hodisaning ildizi bir va u yuridik johillik, huquqiy
ongning rivojlanmaganligi va buzilganligi, siyosiy-huquqiy madaniyatning etishmasligida
namoyon bo‘ladi. Yuqorida so‘z yuritilgan ko‘rinishlar o‘zaro teskari yo‘nalishga ega bo‘lib
tuyulsada, pirovad natijada bir-biri bilan uyg‘unlashib, jamiyatga zarar keltiradi.

REFERENCES

1.

Fedorenko K.G., Shavinskiy B. V. Huquq metodologiyasi // Huquq falsafasi. 2002.

2.

M.N.Marchenko. Qonuniy xulq-atvor // Davlat va huquq nazariyasi. 2008. 2-nashr.

3.

A.A.Yevgenyevich. Huquqiy nigilizm// Yosh olim. 2018.

4.

Toshpo‘latov, M. (2023). CHARACTERISTICS OF CIVIL SOCIETY IN THE MODERN
ERA. Modern Science and Research, 2(9), 13-19.

5.

Zayniddin o‘g, T. L. M. (2023). FUQAROLIK JAMIYATINING MILLATLARARO
MUNOSABATLAR BARQARORLIGINI TA’MINLASHDAGI O ‘RNI. MODERN
EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS, 5(5), 1417.

6.

Toshpo‘latov, M. (2023). HISTORY OF CIVIL SOCIETY CONSTRUCTION: CHANGES
AND PROSPECTS. Modern Science and Research, 2(9), 9-13.

7.

Zayniddin o‘g, T. L. M. (2023). ZAMONAVIY FUQAROLIK JAMIYATININI
YARATISH-DAVR

TALABI.

MODERN

EDUCATIONAL

SYSTEM

AND

INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS, 5(5), 18-20.

3

A.A.Yevgenyevich. Huquqiy nigilizm

References

Fedorenko K.G., Shavinskiy B. V. Huquq metodologiyasi // Huquq falsafasi. 2002.

M.N.Marchenko. Qonuniy xulq-atvor // Davlat va huquq nazariyasi. 2008. 2-nashr.

A.A.Yevgenyevich. Huquqiy nigilizm// Yosh olim. 2018.

Toshpo‘latov, M. (2023). CHARACTERISTICS OF CIVIL SOCIETY IN THE MODERN ERA. Modern Science and Research, 2(9), 13-19.

Zayniddin o‘g, T. L. M. (2023). FUQAROLIK JAMIYATINING MILLATLARARO MUNOSABATLAR BARQARORLIGINI TA’MINLASHDAGI O ‘RNI. MODERN EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS, 5(5), 1417.

Toshpo‘latov, M. (2023). HISTORY OF CIVIL SOCIETY CONSTRUCTION: CHANGES AND PROSPECTS. Modern Science and Research, 2(9), 9-13.

Zayniddin o‘g, T. L. M. (2023). ZAMONAVIY FUQAROLIK JAMIYATININI YARATISH-DAVR TALABI. MODERN EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS, 5(5), 18-20.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов