WAYS OF CREATIVE ACTIVITY OF SAID AHMED

HAC
Google Scholar
To share
Soatova , N., Muxtorova, Z., Fayzullayeva, S., & Nusratullayeva, S. (2023). WAYS OF CREATIVE ACTIVITY OF SAID AHMED. Modern Science and Research, 2(10), 363–365. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24362
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, Saeed Ahmed's confessions about his works and works written during his creative career are given. Some of his opinions about his teachers and students are also highlighted.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

363

SAID AHMADNING IJODIY FAOLIYAT YO’LLARI

Soatova Nilufar Raxmat qizi

Muxtorova Zarnigor

Fayzullayeva Sevara Abduvoxid qizi

Nusratullayeva Shahzoda Quvondiq qizi

Termiz Davlat Universiteti Filologiya va o’zbek tili fakulteti 3-kurs talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.8429776

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Said Ahmadning ijodiy faoliyati davomida yozgan asarlari,

asarlari haqida o’z e’tiroflari berib o’tilgan. Shuningdek ustozlari va shogirdlari haqida bildirgan

ba’zi fikrlari yoritib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

“Tortiq”, G’.G’ulom, A.Qahhor, “Cho’l oqshomlari”, ”Cho’l shamollari”,

XX arsning 60-yillari.

WAYS OF CREATIVE ACTIVITY OF SAID AHMED

Abstract.

In this article, Saeed Ahmed's confessions about his works and works written

during his creative career are given. Some of his opinions about his teachers and students are also

highlighted.

Key words:

"Tortiq", G. Ghulam, A. Qahhor, "Desert Evenings", "Desert Winds", 60s of

XX century.

ПУТИ ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ САИДА АХМЕДА

Аннотация.

В этой статье приведены признания Саида Ахмеда о своих

произведениях и произведениях, написанных за время его творческой карьеры. Также

освещены некоторые его мнения о своих учителях и учениках.

Ключевые слова:

«Тортик», Г. Гулам, А. Каххор, «Вечера пустыни», «Ветры

пустыни», 60-е годы XX века.

O’zbek xalq yozuvchisi Said Ahmad o’zining rang –barang hikoyalari, publisistikasi,

maqolalari, qissa-yu romanlari, xushchaqchaq komediyalari bilan hozirgi o’zbek adabiyotida

munosib o’rin egallaydi. U ayniqsa hajv ustasi sifatida kitobxonlar orasida juda mashhur.

Said Ahmad Husanxo’jayev 1920-yil 10-iyunda Toshkent shahrining Samarqand darvoza

mahallasida ziyoli oilasida tug’ilgan. Turli xil adabiy darslar va to’garaklar shoirimizning ijodga

bo’lgan havasi ortib, qo’liga qalam ushlagan. Said Ahmad avvalo, hikoyanavis sifatida tanildi.

Uning birinchi hikoyalar to’plami ,,Tortiq” 1940-yilda nashr etilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

364

U o’z ustida tinimsiz ishlashi hayotni, ustoz yozuvchilar ijodini sinchikovlik bilan

o’rganish orqali badiiy asar yaratish sirlarini egallaydi. Said Ahmadning iste’dodli yozuvchi bo’lib

shakllanishida G’.G’ulom va A.Qahhorning xizmati katta.

Said Ahmadning o’zi bu haqida: ,,Aslida meni hajv yo’liga G’afur G’ulom boshlab kirgan.

Ma’lumki, G’afur aka o’ttizinchi yillarda hajv janrida barakali ijod qildi .Ixcham, kulgili

hikoyalarning juda yaxshi namunalarini yaratdi. Men shu hikoyalar ta’sirida adabiyotga

kirganman. Keyinchalik bu buyuk yozuvchi bilan yaqindan tanishganim, undan rosmana ijodiy

ta’lim olishim hajvga bo’lgan intilishimda juda katta yordam berdi.

Undan keyin Abdulla Qahhor hikoyalarida siqiqlik, so’zni isrof qilmaslik, tagdor gap

aytish san’ati men uchun bir darslik xizmatini o’tadi!’’-deb yozgan edi.

Said Ahmadning ijodi urushdan so’ng, xususan XX asrning 60-yillariga kelib shira

bog’ladi va o’z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko’tarildi. Shu davrning mahsuli bo’lgan

,,Turnalar’’, ,,Onajonlar’’, ,,Ko’klam taronalari’’, ,,Xazina’’, ,,To’lqinlar’’, ,,Hayqiriq’’, ,,Cho’l

burguti’’, O’rik domla’’, ,,Lochin’’, ,,Odam va bo’ron’’, ,,Bo’ston’’, ,,To’yboshi’’ kabi hikoyalari

Said Ahmadning so’zga xasis, fikrga saxiy, yumorga boy yozuvchi ekanligidan dalolat beradi.

Said Ahmadning ko’p hikoyalari xususan ,,Cho’l shamollari’’, ,,Cho’l oqshomlari’’

turkumiga kirgan hikoyalarini shu janrning yetuk namunalari deyish mumkin. Adib bu

hikoyalarida jonli, tiniq obrazlar yaratib, voqelikdagi yangiliklarni, oddiy kishilar hayotidagi

o’sish, o’zgarishlarni, ularbning ong-tushunchasidagi ibratli jihatlarni umumlashtirib ustalik bilan

tasvirlab berdi. Said Ahmad o’zining ,,Cho’l hikoyalari’’ni ,,Cho’llarda boshlangan yangi hayot

va yangi odamalar qissasi’’ deb atashi bejiz emas.

Ijodkorimizning ustozlari, shogirdlariga doir aytgan fikrlaridan bir jumla mening

e’tiborimni o’ziga jalb qildi desam mubolag’a bo’lmaydi. ,,Biz birdaniga yozuvchi bo’lib

qolganimiz yo’q. G’afur G’ulomning, Abdulla Qahhorning, Mirtemirning ,,shapalog’i’’ bizni

yozuvchi qilgan. Hech qachon xotirasi unutilmas bu ustozlar haligacha bizni ,,ta’qib’’ qilib

keladi’’-deb ta’kidlab o’tgan.

Rostan ham bu yozuvchilarimiz ijodiga qayta-qayta murojaat qilishimiz, asar yoki

she’rlariga ko’zimiz tushganida ularning yodi barhayot ekanligiga yana bir bor guvoh bo’lamiz.

Shu jumladan bu ta’rifni Said Ahmadga nisbatan ham berishimiz mumkin. Uning asarlari o’lmas,

o’zi esa doimo qalbimizdadir.

Yozuvchilar ko’p ammo kitobxonlar qalbidan joy olganlari sanoqlidir.Bunday ijodkorlar

ichiga Said Ahmadni hech ikkilanmay qo’sha olamiz. Shaxsan o’zim ham bu ijodkorimizning

yozgan asarlariga juda ko’p bora yuzlanganman.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

365

REFERENCES

1.Sobir Mirvaliyev ,,O’zbek adiblari’’ kitobi Toshkent ,,Fan’’ nashriyoti 1993-yil

2.Saydulla Mirzayev ,,XX asr O’zbek adabiyoti’’ Toshkent ,,Yangi asr avlodi’’2005

3.Uz.m.wikipedia.org

4.O’zLib kutubxonasi

References

Sobir Mirvaliyev ,,O’zbek adiblari’’ kitobi Toshkent ,,Fan’’ nashriyoti 1993-yil

Saydulla Mirzayev ,,XX asr O’zbek adabiyoti’’ Toshkent ,,Yangi asr avlodi’’2005

Uz.m.wikipedia.org

O’zLib kutubxonasi

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов