MOLECULAR GENETIC ANALYSIS AND BIOECOLOGY OF INDIVIDUAL PESTS OF TOMATO IN SURKHANDARYA REGION

HAC
Google Scholar
f
424-427
0
0
To share
Fayzullayeva, S. (2024). MOLECULAR GENETIC ANALYSIS AND BIOECOLOGY OF INDIVIDUAL PESTS OF TOMATO IN SURKHANDARYA REGION. Modern Science and Research, 3(2), 424–427. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30154
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this scientific article, we present information about the molecular genetic analysis and bioecology of individual pest insects of tomatoes in the Surkhondarya region.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

424

SURXONDARYO VILOYATI POMIDORNING AYRIM ZARARKUNANDA

HASHAROTLARI ULARNING MOLEKULYAR GENETIK TAHLILI VA

BIOEKOLOGIYASI

Fayzullayeva Sevara

Termiz Davlat Universiteti

Biologiya mutaxassisligi 1-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10826066

Annotatsiya

. Ushbu ilmiy maqolamizda Surxondaryo viloyati pomidorning ayrım

zararkunanda hasharotlari ularning molekulyar genetik tahlili va bioekologiyasi haqida
ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit So’zlar:

pomidor, toza mahsulotlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sabzavot ekinlari,

pomidor kuyasi.

MOLECULAR GENETIC ANALYSIS AND BIOECOLOGY OF INDIVIDUAL

PESTS OF TOMATO IN SURKHANDARYA REGION

Abstract.

In this scientific article, we present information about the molecular genetic

analysis and bioecology of individual pest insects of tomatoes in the Surkhondarya region.

Key words:

tomato, fresh products, agricultural products, vegetable crops, tomato moth.

МОЛЕКУЛЯРНО-ГЕНЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ И БИОЭКОЛОГИЯ

ОТДЕЛЬНЫХ ВРЕДИТЕЛЕЙ ТОМАТА В СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация.

В данной научной статье представлены сведения об отдельных

насекомых-вредителях томата в Сурхандарьинской области, их молекулярно-
генетическом анализе и биоэкологии.

Ключевые слова:

томат, свежие продукты, сельскохозяйственная продукция,

овощные культуры, томатная моль.

Tadqiqoddan belgilangan vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-

fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori qoidalarini o‘z ifodasini topgan. qishloq
xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, xususan, tarkibiy o‘zgarishlarni
chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadal rivojlantirish, mamlakatimizning
oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni
kengaytirish, shuningdek, agrar tarmoqning eksport salohiyatini sezilarli darajada kengaytirishdir.

Aholining ekologik toza va yangi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabi ortib

borayotgani munosabati bilan kimyoviy va biologik usullarni uyg‘unlashtirgan holda hasharotlar
zararkunandalaridan himoya qilishning yaxlit tizimiga katta ahamiyat berilmoqda. Mavjud
ma'lumotlarga ko'ra, butun dunyo bo'ylab yiliga 25 million tonnaga yaqin sabzavot va 11 million
tonnadan ortiq meva faqat hasharotlar tomonidan zarar ko'riladi.

Tahlillarga qaraganda, pomidor sabzavot ekinlari ichida yetakchi o‘rinni egallaydi. Ushbu

turdagi ziroat ekiladigan maydonlarning deyarli 42 foizi, yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 39-
40 foizi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Yalpi hosilining 70 foizi qayta ishlansa, 10-15 foizi
yangiligicha iste’mol qilinadi. Qolgan qismi esa eksportga chiqariladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

425

Biroq haqiqat shuki, yetishtirilayotgan mahsulot hajmi aholi hamda qayta ishlash

korxonalarining xom ashyoga bo‘lgan real talablarini to‘liq qondira olmayapti. Ilgari hovlisida bir
parcha tomorqasi bor odam, oilasi ehtiyojiga yarasha bu mahsulotni o‘zi yetishtirgan, ortganini
qo‘ni-qo‘shnilarga ulashgan bo‘lsa, endilikda to‘rxaltasini ko‘tarib, bozorga tushmoqda.

Statistika ma’lumotlari ham buni tasdiqlaydi. Masalan, 2016 yilda respublikamizda barcha

toifadagi xo‘jaliklarda jami 64,4 ming gektarga pomidor ekilib, gektaridan 279 sentnerdan hosil
yig‘ishtirib olingan bo‘lsa, o‘tgan yili 60,5 ming gektarga ushbu ekin joylashtirildi. Hosildorlik
esa 264,6 sentnerni tashkil etdi.

Chindan ham, oxirgi ikki yilda respublikamizning deyarli barcha hududida mazkur

sabzavot turining barori yo‘q. Dehqon va fermerlar bilan gaplashsangiz, undan hosil olish tugul,
ekinni asrab qolishning imkoni bo‘lmayotganini yozg‘irishadi. Katta mablag‘ evaziga xarid
qilinayotgan kimyoviy dorilarning samarasi past. Vaziyat shunday davom etsa, pomidor yaqin
yillar ichida eng tanqis ne’matlardan biriga aylanib qolishi ehtimoli yo‘q emas.

Aslida, serhosilligi bo‘yicha pomidorga teng keladigan sabzavot yo‘q. Yurtimiz tuproq-

iqlim sharoitida gektaridan o‘rtacha 30-35 tonna hosil olish mumkin. Unda ekin rivoji,
hosildorligiga nima ta’sir qilyapti?

Buning ko‘pgina omillari bor, masalan, yer to‘g‘ri tanlanmasa ham ekin rivoji sust, hosili

kam bo‘ladi, - deydi Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti kichik
ilmiy xodimi Baxtiyor Karimov. - Shu bois uni bir maydonda ketma-ket ikki yildan ortiq hamda
shu paykalga uch yil oralatmay qayta ekish, shuningdek, kartoshkadan keyin yetishtirish tavsiya
etilmaydi.

Ammo mamlakatimiz sabzavotchiligi, xususan, pomidor ekini bilan bog‘liq muammoni

dehqonchilik madaniyati yoki virusli, zamburug‘li kasalliklar emas, zararkunandalar keltirib
chiqarmoqda. Ya’ni chetdan kirib kelgan pomidor kuyasi mazkur sabzavot kushandasiga aylandi.

U yilda 13 marta nasl qoldirib, juda tez ko‘payadi. Bu hasharotga qarshi 12 oy davomida

kurashilayotgan bo‘lsa-da, natijasi kam. Qo‘llanilayotgan dori vositalari esa qimmat. U ham har
5-10 kun oralatib sepilsa, samara beryapti xolos. Dehqonlarning aksariyatida kuyani bartaraf
etishga hafsalasi ham, mablag‘i ham yetmayapti. Muammoning asl ildizi mana shunda!

Tajribali dehqonlarning so‘zlariga qaraganda, pomidor kuyasi ilgari yurtimizda

uchramagan. Ular xorij urug‘lari bilan kirib kelgan, degan taxminda. Axir avval faqat mahalliy
navlar ekilardi-da!

Hozirgi kunda ochiq dala uchun pomidorning 50 ta nav va duragayi rayonlashtirilgan

bo‘lsa, shulardan 30 tasi chet el duragaylari hisoblanadi. Asosiy maydonlarda ham xorijdan olib
kelinayotgan duragaylar joylashtirilayotganini kuzatib, bu gaplarda jon bormikan, deb o‘ylab
qolasan, kishi.

Pomidor kuyasi hozirgi paytda O‘zbekistonninggina emas, butun dunyo dehqonlarining

og‘riqli muammosiga aylangan. Dastlab u 1980 yilda mazkur sabzavot vatani bo‘lgan Janubiy
Amerikada aniqlangan. Keyinchalik esa Yevropa va boshqa mamlakatlarda keng tarqalib, katta
zarar keltira boshlagan. Bu ofat 2010 yilning kuzidan Rossiyada, 2011 yilda Qozog‘istonda bo‘y
ko‘rsatgan bo‘lsa, O‘zbekistonda ilk bor 2015 yilda issiqxonalarda duch kelindi. 2016 yildan esa
ochiq maydonlarga ko‘chgan. Joriy yilda undan, ayniqsa, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va
Toshkent viloyatlari dehqonlari katta zarar ko‘rdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

426

Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni

276 399

gektarni

tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni –

237 471

gektar.

Surxondaryo viloyatida jami

29

ta agroklaster faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan

13

tasi

meva-sabzavotchilik (ishlab chiqarish hajmi –

92 688

tonna). Viloyatda

404,1

gektar maydon

122

ta fermer xo‘jaliklari tomonidan issiqxonalar uchun ajratilgan bo‘lib, ularning

45

gektarlik

5

tasi

gidroponika usulidagi,

359,1

gektarlik issiqxonalardir.

So‘nggi 10 yilda sabzavot yetishtirish hajmi ikki baravardan ziyod oshdi va ayni paytda

issiqxonalarda

; pomidor –

172

ga, bodring –

63

ga, ko‘kat –

13

ga bulg‘or qalampiri–

30

ga

maydonlarga ekib o’stirilmoqda.

Biroq, ularning mahsuldorligi pastligicha qolmoqda. Sabzavot

hosildorligining pasayishi sabablaridan biri ochiq va yopiq ekinlar parazit hashorolardir.

Tuxumi-oval-silindr shaklli, oqish-kremdan sariqqacha, uzunligi 0,35 mm. Bir urg'ochi zot

1 yilda hammasi boʻlib 250-300 tagacha (o'rtacha 260 ta) tuxum qo'yadi. Odatda tuxum
qo'yilgandan keyin 4-7 kun o'tgach undan lichinkasi (qurti) chiqadi. Lichinkasi (qurti) endi
chiqqanida oqish-sarg'ish tusli, uzunligi 0,5 mm, boshi qora (diagnostik belgi), keyin o'sib, 2-4-
yoshlarida nimrang yoki sarg'ish-yashil tus oladi; 4-15 (o'rtacha 8) kun yashaydi va bu vaqtda 4-
yosh o'tadi.

Yetilgan lichinkaning uzunligi 8-9 mm, u ipak o'rab, tuproqqa tushadi va gʻumbaklanadi.
Gumbaklanishi tuproqda yoki o'simlik qoldiqlari orasida, ba'zan zararlangan va oʻralgan

barglar ustida ipaksimon pilla ichida 10 kun davomida o'tadi. Barglarda g'ovak ichida ham
g'umbaklanishi mumkin. G'umbagi-och- qo'ng'ir tusli, uzunligi 6 mm atrofida. Imago, urg'ochi
zotlari 10-15, erkagi 6-7 kun yashaydi. Uzunligi 5-7 mm, qanot yozganida 8-10 mm, tusi qo'ng'ir
yoki kumushsimon, old qanotlarida xarakterli qora dog'lari bor, mo'ylovlari ipsimon
(tasbehsimon).

Pomidor kuyasi ta’sirini kamaytirish uchun tizimli tadbirlar olib borilmog‘i kerak. Buni

aholi o‘z tomorqasida risoladagidek bajarishi amrimahol. Xalqimiz bejiz “Chumchuq so‘ysa ham
qassob so‘ysin”, demagan-da. Shuning uchun, avvalo, o‘simliklarni himoya qilish, kimyoviy
dorilar va preparatlar yetkazib beruvchi tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish, ularning ish
samaradorligini oshirish, dori vositalari narxining barqarorligini ta’minlash zarur. Yo‘qsa,
pomidor ekilgan paykallar zararkunandalar o‘chog‘iga aylanib qolishi turgan gap.

Aslini olganda, mirishkor xalqimiz uchun ko‘p narsa kerak emas. Ular yer ilmining hadisini

olgan. Faqat mutasaddilar xalq ichida yurib, zarur paytda kerakli tavsiya, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib
turishsa, kifoya. Toki, ular xorijning usti yaltiroq urug‘liklariga mahliyo bo‘lib, samarasiz dori
vositalarini xarid qilib, aldanib qolmasin. Bundan nainki ularning o‘zlari, balki oltinga teng
bo‘lgan sug‘oriladigan yerda bitadigan noz-ne’matlarga ko‘z tikib turgan xalqimiz jabr ko‘rishini
bir zum bo‘lsa-da, yodimizdan ko‘tarmasligimiz kerak.

Ushbu masala yechimi yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar haqida mutasaddi

tashkilotlar o‘z munosabatlarini bildiradilar degan umiddamiz. Zero, Prezidentimiz tashabbusi
bilan keyingi paytda paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, meva-sabzavotchilikni
rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilayotgani bu masalaning nechog‘li dolzarbligini ko‘rsatib
turibdi. O‘zingiz o‘ylang, bugun 30 dan ortiq tumanlar qishloq xo‘jaligining ushbu tarmog‘iga
ixtisoslashtirilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

427

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-
4947-sonli Farmoni

2.

Umumiy va qishloq" xujalik fitopatologiyasi. Toshkent, 2004.

3.

SHeraliev A Mikroorgan izmlar fiziologiyasi. toshkent, 2005.

4.

SHeraliev A. Texnik ekinlar kasalliklari Toshkent, 2006.

5.

SHeraliev A., Raximov U. X. Usimliklar immuniteti, Toshkent, 2007.

6.

SHeraliev A.Ulmasboeva R.SH. Kishlok xujaligi o‘simliklarining karantini"Talqin", 2007.

7.

UzbekisTan Respublikasida ishlat' ish uchun ruxsat etilgan usimliklarnn XIMOYA
QIJlISH vositalari, Toshkent, 2004.

8.

Кадырова З.Н. Выявление и идентификация тосповирусов в Узбекистане, илмий

мақолалар тўплами. “Замонавий микробиология ва биотехнология муаммолари”,
Toshkent, 2009.

9.

Kadirova Z.N., Mavlyanova R.F., Silviya K. Green. Survey and diagnosis of viruses

infecting vegetables, World conference, 10-15 June 2007, Urumchi, China.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni

Umumiy va qishloq" xujalik fitopatologiyasi. Toshkent, 2004.

SHeraliev A Mikroorgan izmlar fiziologiyasi. toshkent, 2005.

SHeraliev A. Texnik ekinlar kasalliklari Toshkent, 2006.

SHeraliev A., Raximov U. X. Usimliklar immuniteti, Toshkent, 2007.

SHeraliev A.Ulmasboeva R.SH. Kishlok xujaligi o‘simliklarining karantini"Talqin", 2007.

UzbekisTan Respublikasida ishlat' ish uchun ruxsat etilgan usimliklarnn XIMOYA QIJlISH vositalari, Toshkent, 2004.

Кадырова З.Н. Выявление и идентификация тосповирусов в Узбекистане, илмий мақолалар тўплами. “Замонавий микробиология ва биотехнология муаммолари”, Toshkent, 2009.

Kadirova Z.N., Mavlyanova R.F., Silviya K. Green. Survey and diagnosis of viruses infecting vegetables, World conference, 10-15 June 2007, Urumchi, China.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов