PROBLEMS AND INTEGRATION PROCESSES IN THE SOUTH ASIAN REGIONAL SECURITY SYSTEM

HAC
Google Scholar
To share
Xojimurodova, M. (2023). PROBLEMS AND INTEGRATION PROCESSES IN THE SOUTH ASIAN REGIONAL SECURITY SYSTEM. Modern Science and Research, 2(10), 344–355. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24369
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to the problems of the security system in the South Asian region, and tries to analyze this topic in a broader way and approach it in a modern context.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

344

JANUBIY OSIYO MINTAQAVIY XAVFSIZLIK TIZIMIDAGI MUAMMOLAR

VA INTEGRATSIYA JARAYONLARI

Xojimurodova Muqaddas Raxmonberdiyevna

https://doi.org/10.5281/zenodo.8430379

Annotatsiya.

Ushbu maqola Janubiy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik tizimi muammolariga

bag’ishlangan bo’lib, ushbu mavzuni kengroq tahlil qilishga va unga zamonaviy kontekstda
yondashishga urinadi.

Kalit so'zlar:

Janubiy Osiyo, mintaqaviylik, mintaqaviy xavfsizlik tizimi, RSCT, an'anaviy

tahdidlar, noan'anaviy tahdidlar, SAARC, BIMSTEC, BBIN.

PROBLEMS AND INTEGRATION PROCESSES IN THE SOUTH ASIAN

REGIONAL SECURITY SYSTEM

Abstract.

This article is devoted to the problems of the security system in the South Asian

region, and tries to analyze this topic in a broader way and approach it in a modern context.

Keywords:

South Asia, regionalism, regional security system, RSCT, conventional threats,

non-conventional threats, SAARC, BIMSTEC, BBIN.

ПРОБЛЕМЫ И ИНТЕГРАЦИОННЫЕ ПРОЦЕССЫ В СИСТЕМЕ

РЕГИОНАЛЬНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ ЮЖНОЙ АЗИИ

Аннотация.

Данная статья посвящена проблемам системы безопасности в

южноазиатском регионе и пытается проанализировать эту тему шире и подойти к ней в
современном контексте.

Ключевые слова:

Южная Азия, регионализм, система региональной безопасности,

РСКТ, конвенциональные угрозы, нетрадиционные угрозы, СААРК, БИМСТЕК, ББИН.


Introduction

Janubiy Osiyo mintaqasi o’zining strategik joylashuvi, siyosiy harakatlari, iqtisodiy

beqarorlik va tarixiy madaniy rivojlanganligi jihatlariga ko’ra muhim ahamiyat kasb etuvchi
mintaqa hisoblanadi. Bir tomondan Afg’oniston va Markaziy Osiyo bilan, g’arbiy tomondan Fors
ko’rfazi davlatlari bilan, sharqiy tomondan esa Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi bilan va ayniqsa,
shimoldan Xitoy bilan chegaradosh bo’lganligi, aholisi umumiy mintaqaviy meros, madaniyat,
tarixga ega ekanligi, va uzoq davrlar mustamlaka yuki ostida bo’lganiga qaramasdan Janubiy
Osiyo kuchli mintaqaviy xavfsizlik dinamikasini namoyon qiladi. Mintaqa Hindiston va Pokiston
o’rtasidagi Kashmir mojarosidan tortib, etnik-diniy nizolar, radikalism, chegara muammolari kabi
an’anaviy xavfsizlik tahdidlari va bugungi kunda noan’anaviy tahdidlar hisoblanuvchi iqlim
o’zgarishi va atrof-muhit ifloslanishi, kambag’allik, iqtisodiy beqarorliklar, odamlar va narkotiklar
savdosi kabi muammolar girdobida qolmoqda. Bundan tashqari, mintaqadagi ikki
raqobatlashayotgan davlarlarning yadro quroliga egalik qilishi, va bu hududga AQSH, Xitoy va
Rossiya kabi tashqi kuchlarning qiziqishi ham mintaqaviy xavfsizlik tizimiga ta’sir o’tkazmay
qolmaydi. Mintaqa davlatlari tomonidan tashkil etilgan mintaqaviy hamkorlik mexanizmlari yoki
samarasiz, yoki o’z potensialini to’liq namoyon qila olmagan. Shunday ekan, Janubiy Osiyo
mintaqaviy xavfsizlik tizimini chuqurroq o’rganishga doimo zarurat mavjud.

Methods

Ushbu maqolani yozish jarayonida kontent analiz, ivent analiz, tizimli tahlil va tarixiy

metodlardan foydalanildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

345

Results

Janubiy Osiyo mintaqasi deganda jo’g’rofiy nuqtai nazardan Pokiston, Hindiston, Nepal,

Butan, Bangladesh, Shri Lanka va Maldiv orollarini o’z ichiga olgan hudud nazarda tutiladi.
Umuman, mintaqa so’zi biroz bahsli atama bo’lib, ko’proq turli qit’alarni ifodalash uchun
qo’llaniladi. Ba’zan esa alohida hududlarga nisbatan ham mintaqa so’zi ishlatilganini ko’rish
mumkin. Mintaqa va submintaqa so’zlari tez tez o’zaro almashtirilib qo’llanilgani uchun ularning
farqi ba’zan yaqqol sezilmaydi. Jahon siyosati haqida so’z borganda esa mintaqa atamasi siyosiy
tus oladi va bu jo’grofiy nuqtai nazardan ko’zda tutilmagan hudud bo’lishi mumkin. Masalan,
Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasiga Avstraliyaning kiritilishi, Markaziy Osiyo
hududiga ba’zan Afg’onistonni qo’shib, ba’zan esa qo’shmasdan ta’riflash mintaqalarning
siyosiylashgan nuqtai nazardan belgilanishiga misol bo’la oladi. Xuddi shu kabi Janubiy Osiyo
mintaqasiga ba’zi bir tadqiqotchilar Afg’onistonni ham qo’shadilar. Bu AfPakistan yoki Af-Pak
atamasi sifatida ma’lum bo’lib, AfPakistan so’zini Mintaqaviy xavfsizlik komplekslari nazariyasi
muallifi B.Buzan birinchi bo’lib qo’llagan va ba’zi bir g’arb siyosatshunoslarining Afg’oniston va
Pokistonga yagona harbiy-siyosiy hudud sifatida qarashidan dalolat beradi. Af-Pak atamasining
kelib chiqishi esa ba’zi bir ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak, amerikalik diplomat Richard
Xolbrukka nisbat beriladi.

Xolbrukning fikricha, quyidagi uchta sababga ko’ra Afg’oniston va Pokiston yaxlit

harbiy-siyosiy hudud o’laroq qaralishi lozim: ushbu ikki davlatning hududida umumiy harbiy
operatsiyalar teatrining mavjudligi; 1893-yilgi «Dyurand chizig’i» bo’ylab hal qilinmagan chegara
bahslari; qabilalar hududi bo’lgan ochiq chegara rejimidan Tolibon va boshqa terrorchilik
tarmoqlari tomonidan foydalanilishi. Va shu bilan birga, Afg’onistonning Janubiy Osiyo
mintaqasining integratsiya tashkiloti bo’lgan Janubiy Osiyo Mintaqaviy Hamkorlik Hamjamiyati
- SAARC ning to’laqonli a’zosi ekanligi

1

. Biroq tez orada Xolbruk va Obama ma’muriyati

Pokistonning noroziligi tufayli ushbu atamadan voz kechdi

2

. Ammo siyosiy adabiyotlarda

hanuzgacha uni uchratish mumkin. Shu bilan birga, adabiyotlarda Janubiy Osiyo hududini
submintaqa atamasi bilan nomlanishi holatlarini uchratish mumkin, va uni Fors ko’rfazi
mintaqasidan Afg’oniston ajratib turishi, sharqiy tomondagi chegarasi esa Myanmaga borib
taqalishi qayd etiladi.

Shunday qilib, xalqaro munosabatlarda mintaqalar sof jo’g’rofiy birlik emas, balki ba’zi

bir siyosiy dasturlarning bir qismi bo’lishi mumkinligini ko’rib o’tdik. Va Janubiy Osiyo mintaqasi
misolida ham bu kabi yondashuvlarni ko’rish mumkin.

Xalqaro xavfsizlik masalasini mintaqaviy kesimda qaraydigan bo’lsak, bu avvalambor

milliy xavfsizlikning tashqi jihatlarini nazarda tutuvchi tushunchadir. Ushbu jihatlar muayyan
davlatning mintaqada joylashgan boshqa xalqaro munosabatlar subyektlari - boshqa davlatlar,
mintaqaviy institutlar, harbiy ittifoqlar va integratsiya bloklari bilan ikki tomonlama yoki
ko’ptomonlama aloqalar o’rnatish va olib borishdan iboratdir. Mintaqaviy o’lchamdagi xalqaro
xavfsizlik tarixan o’zgaruvchan bo’lgan xalqaro tartibotning funksiyasi hisoblanadi. Shundan
kelib chiqib, mintaqaviy xavfsizlik bir tomondan xalqaro xavfsizlikning joriy holati bilan, ikkinchi

1

Buranov

S.,

Afghanistan

as

a

Bridge

connecting

Central

and

South

Asia.

http://dx.doi.org/10.18415/ijmmu.v9i2.3499, P 320-321.

2

Josh Rogin. Team Obama scuttles the term «Af-Pak», foreignpolicy.com, Jan. 20, 2010.

https://foreignpolicy.com/2010/01/20/team-obama-scuttles-the-term-afpak/


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

346

tomondan esa, ushbu mintaqa davlatlarining dominant maqomdagi milliy xavfsizlik strategiyalari
bilan chambarchas bog’liqdir. Mintaqaviy xavfsizlik shunday bir holatki, unda mintaqa davlatlari
o’zlarini har qanday harbiy hujum tahdidlari, siyosiy va iqtisodiy bosimdan xoli his qiladi.

Umuman, hozirgi kunda umume’tirof etilgan va mintaqaviy xavfsizlik tizimlarini

tushuntirib berish uchun qo’llaniladigan Buzan nazariyasi xavfsizlik komplekslarini jo’g’rofiy
jihatdan bir hududda joylashgan davlatlar xavfsizlik muammolarining o’zaro bog’liq ekanligi va
unga tashqi kuchlarning kirib kelishi mumkinligi deb ta’riflaydi. Unga ko’ra, dekolonizatsiya
davridan beri xavfsizlikning mintaqaviy darajasi avtonomlashib, xalqaro siyosatda ko’zga tashlana
boshladi. Sovuq urushning tugashi mintaqaviy xavfsizlik dinamikasining ahamiyatini yanada
oshirib yubordi. Barcha davlatlar ikki qutblilikka asoslangan asosiy qarama qarshilik tugaganidan
so’ng o’zining yaqin qo’shnilari bilan xavfsizlik munosabatlarini mustahkamlash bilan mashg’ul
bo’lib qoldi. Buyuk va kuchli davlatlar o’z mintaqasidan tashqaridagi masalalarga aralashmay
qo’ydi. Buzanning fikricha, bu holat «bir qutbli» yoki «ko’p qutbli» tartiblar ramkasuga
tushmaydi. Shuningdek, bu globallashuv va mujmal «yangi dunyo tartibi» ham emas. Bu yangi
strukturani RSCT, ya’ni mintaqaviy xavfsizlik komplekslari nazariyasi tushuntirib bera oladi.

Mintaqaviy xavfsizlik masalasining tarixiy shakllanish va rivojlanish davrini Mintaqaviy

xavfsizlik komplekslari nazariyasining (ingliz tilidagi qisqartmasi - RSCT) mualliflari B.Buzan va
O.Vayver uch bosqichga bo’lib ko’rsatadi. Birinchi bosqich 1500-yildan 1945-yilgacha, ikkinchi
bosqich 1945-yildan 1990-yilgacha bo’lgan sovuq urush davri, uchinchi bosqich esa sovuq
urushdan keyingi davr

3

.

Umuman jahon siyosatida mintaqaviylik rolining oshib borishi bu Ikkinchi Jahon

urushidan keyingi sovuq urush davriga xos bo’lgan xususiyatdir. Buzan va Waever tomonidan
taklif etilgan birinchi bosqich davrida ham xavfsizlik tizimlari yaratishga nisbatan urinishlar
bo’lgan. Masalan, bu vaqtda eng keng tarqalgan tuzilmalardan biri bu - biror bir umumiy
dushmanga qarshi kichikroq davlatlar tuzgan harbiy ittifoqlardir. Bunday ittifoqlar ko’pincha
qisqa muddatli va ad hoc xarakterga ega bo’lib, institutsionallashmagan va o’zaro ishonch
jihatidan zaif bo’lgan. Qiziqarlisi tarixda mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaga ilk urinishlar ham
bo’lgan. Bunga misol tariqasida XIII asr o’rtalarida german shahar-davlatlarida tijoratchilarning
erkin va xavfsiz harakatlanishlari va savdo qilishlarini ta’minlash maqsadlarida tashkil etilgan
Hanza ittifoqini keltirish mumkin

4

. Hanza ittifoqi bugungi mintaqaviy integratsiya bloklariga xos

bo’lgan ko’pgina belgilarga ega bo’lganligi adabiyotlardan ma’lum.
Birinchi bosqichni Millatlar Ligasining muvaffaqiyatsizligi yakunlab bergan bo’lsa, aynan
Ikkinchi jahon urushidan so’ng mustamlakachilikning tugatilish jarayonlari xalqaro
munosabatlarning globallashuvi, ya’ni avvalgi davrlarda jahon siyosatiga ta’siri oz bo’lgan
mintaqalar davlatlarining ham faollashuvi, va mintaqaviy xavfsizlik ahamiyatining oshishiga olib
keldi. Mintaqaviy tuzilmalar tezlik bilan ko’payib xalqaro munosabatlarning subyektlari soni ortib

3

Buzan B, Waever O. Regions and Powers. The Structure of International

Security.

Cambridge University Press, 2003.

4

Игнатенко А.В. Правовой статус и историческая роль Ганзейского союза

(один из ранних опытов протоконфедерации в Европе//Российский юридический
журнал - Екатеринбург: Уральская государственная юридическая академия, 2005. -
№3 (47). - С. 134.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

347

bordi. Bu davrdagi mintaqaviy integratsiya tizimlarini tashkil etishga ishtiyoqni uyg’otib bergan
namuna bu Yevropa ittifoqining poydevori o’laroq paydo bo’lgan ilk mintaqaviy shartnomalar va
tuzilmalar desak adashmaymiz. Chunki ularning muvaffaqiyati, tarixan doimiy nizolar girdobida
bo’lib kelgan Yevropaning barqaror rivojlanish yo’liga o’tishi, mintaqaviy integratsiyaning
xavfsizlik mexanizmlarini yaratish mintaqada o’zaro ishonchni mustahkamlash borasida samarali
bo’lishini ko’rsatib berdi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin Janubiy Osiyoda avvaldan diniy nizo ko’rinishida bo’lib

kelgan kelishmovchilik endi ikki davlat o’rtasidagi mojaroga olib keldi. Ya’ni bu mintaqadagi
davlatlar o’zaro urush holatida vujudga keldi. Bu davrda Hindiston mustaqilikka erishishiga katta
hissa qo’shgan Hindiston milliy Kongressining Pokistonga nisbatan positsiyasi juda murosasiz edi
va bu mintaqadagi asosiy urushlar ham ayni shu davrda yuz berdi.

Janubiy Osiyo mintaqasida mintaqaviy xavfsizlik tizimi qay tarzda shakllandi va bu

jarayonlar qanday kechdi degan savolga yana RSCT nuqtai nazaridan yondashadigan bo’lsak,
mustaqillikdan avval sekyuritizatsiya

5

jarayoni musulmonlarning siyosiy-madaniy avtonomiyaga

erishish talablariga asoslangan bo’lsa, keyin bu ikki davlat o’rtasidagi hududiy bahslar, kuch
balansi, bir birini ichki ishlarga aralashishda ayblash tomonga o’zgardi. Pokiston va mintaqadagi
kichikroq bo’lgan davlatlar Nepal, Butan, Shri Lanka, Bangladesh va Maldiv - barchasi Hindiston
bilan yaqin iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy bog’liqliklar va qisman bir biridan izolyatsiyalanganligi,
qisman esa hammasi bir bo’lib ham Hindistonga teng kela olmasligini anglagani tufayli ushbu
kompleksga bog’landi.

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, zamonaviy Janubiy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik

dinamikasi eng yuqori bo’lgan hudud bo’lib turibdi. Hozirgi kunda ham mahalliy, ham xorijlik
tadqiqotchilar ushbu mintaqadagi xavfsizlik muammolarini an’anaviy va noan’anaviy tahdidlarga
bo’lib tahlil qilishadi. Va bu yondashuv nisbatan mintaqa davlatlari siyosatida ham o’z aksini
topmoqda.

Avvalambor an’anaviy tahdidlar haqida fikr yuritadigan bo’lsak, birinchi o’rinda

xavfsizlikka jiddiy xavf solib turgan va vaqti-vaqti bilan harbiy to’qnashuvlarga olib kelish
ehtimoli yuqori bo’lgan hal etilmagan chegara bahslarini keltirib o’tish lozim. Birgina mintaqaning
o’zida o’nlab shunday bahslar mavjud. Masalan,

- Hindiston va Pokiston o’rtasidagi Kashmir muammosi;
- Pokiston va Afg’oniston orasidagi Durand chizig’ining tan olinishi masalasi;
- Hindiston va Pokiston o’rtasidagi Sir Krik bahsi;
- Hindiston va Xitoy orasidagi Aksay Chin va Arunachal bahsi;
- Hindiston-Nepal chegara muammosi;
- Hindiston va Butan o’rtasidagi isyonchi kuchlarning chegara bo’ylab harakati masalasi;
- Hindiston va Bangladesh suv bahsi;
- Bangladesh va Myanma o’rtasidagi Rohinja qochoqlari masalasi;
- Hindiston va Bangladesh o’rtasidagi quruqlik va suv chegarasi bahsi;

5

Xalqaro munosabatlar va milliy siyosatdagi sekyuritizatsiya - bu davlatlarning odatiy siyosiy masalalarni

xavfsizlik masalasiga aylantirish jarayonidir, bu bilan favqulodda vositalardan xavfsizlikka erishish uchun foydalanish
imkoni yaratiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

348

- Hindiston va Shri Lanka o’rtasidagi isyonchi kuchlarning chegara bo’ylab harakati

masalasi

6

.

Hindiston va Pokiston o’rtasidagi ikki tomonlama hududiy bahslar mintaqada 1948-yil,

1965-yil va 1971-yillarda uchta urushga olib keldi. Bundan tashqari, ikki davlat o’rtasidagi nazorat
chizig’i bo’ylab hozirgacha kichik inqirozlar sodir bo’lib turibdi. Bulardan eng qonlisi 1999-
yilning may-iyul oylarida yuz bergan Kargil urushidir. Shu bilan birga, hozirgacha hal etilmagan
Hindistonning Nepal bilan ochiq chegara masalasi, Bangladesh bilan tranzit va suv masalasi kabi
boshqa chegara bahslari mintaqaviy hamkorlik uchun katta to’siq bo’lib turibdi.

Janubiy Osiyodagi an’anaviy tahdidlardan yana biri bu ichki diniy-etnik nizolar hisoblanib,

mintaqaning deyarli har bir davlatida mintaqaviy va global terrorchilik guruhlariga aloqador va
uyushgan jinoyatchilik bilan bog’liq bo’lgan etnik, diniy va so’l kuchlarning muayyan
konsentratsiyasi mavjud. Mintaqa til, din, madaniyat va millat-elatlarning xilma-xilligi tufayli ham
siyosiy murakkabliklarga duch kelmoqda. Ayniqsa, din Janubiy Osiyodagi siyosiy xavfsizlikka
katta ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri bo’lib qolmoqda. Pokistonda radikal islomiy guruhlar
faoliyati natijasida so’nggi yillarda juda ko’p qo’poruvchilik aktlari sodir etilmoqda. Janubiy
Osiyo terrorizm portali ma’lumotlariga ko’ra, Pokistonning o’zida 44 ta faol terrorchilik guruhlari
mavjud, nofaol bo’lgan guruhlar soni esa 26 tani tashkil etadi

7

. Shuni qayd etib o’tish kerakki,

Afg’onistonning sobiq hukumati va Hindiston davomli ravishda Pokiston hukumatini terrorchilik
guruhlarini qo’llab-quvvatlashda ayblab kelgan. Shunungdek, AQSH rasmiylari ham
Pokistonning terrorga qarshi kurashda vijdoni toza emasligini ta’kidlaydi. Pokistonda terrorchilik
hujumlarining intensivligi 2009-2010-yillarda eng yuqori darajani ko’rsatgan bo’lsa, nisbatan sust
davrdan so’ng 2020-yildan beri asta-sekin yana kuchayayotganini kuzatish mumkin.

Hindistonda ham diniy va etnik radikalizmga asoslangan tashkilotlar 69 tani tashkil

etmoqda. Bu statistik ma’lumotlarni mintaqaning boshqa davlatlari misolida ham davom ettirish
mumkin. Eng ko’p tilga olinadigan diniy-etnik separatistik guruhlarni sanab o’tadigan bo’lsak,
bular Pokistondagi Baloch separatistik harakati, Hindistondagi sikhlarning Halistan separatistik
guruhi, Kashmir, Assam, Nagaland va Mizoram harakatlarini keltirish mumkin. Bundan tashqari,
Hindistonning bir qancha shtatlarida qurolli so’lchilar harakati - Naksallar faol bo’lib kelmoqda.
Buning ustiga ba’zi bir tadqiqotchilar tomonidan Hinduizm positsiyasining kuchayishi ham
zamonaviy Hindistonning xavfsizligiga tahdid o’laroq baholanmoqda. Bangladesh uzoq muddatli
kurashlardan so’ng Chittagong darasi ayirmachilari bilan kelishuvga erishgan edi, endilikda esa
Rohinja qochoqlari bilan bog’liq tarang vaziyatga yuzma yuz keldi. Nepalda ham uzoq yillar
davom etgan ichki nizolar 2006-yilga kelibgina hal etildi va monarxiya tugatilib, mamlakat
demokratik boshqaruv usuliga o’tdi. Shri Lankada ozchilik tamil va ko’pchilik hisoblangan
sinhallar o’rtasida o’ttiz yildan ortiq davom etgan fuqarolik urushi tugatilgan bo’lsa ham siyosiy
taranglik to’liq bartaraf etilmay qolgan. Maldivda Gayum rejimidan so’ng davom etgan uzoq
muddatli siyosiy beqarorliklar orol-davlat iqtisodini izdan chiqardi. Butan qirolligi mintaqaning
boshqa davlatlariga nisbatan tinch hisoblanadi va Global tinchlik indeksida 2023-yilda Janubiy

6

Mohammad Tarequl Islam. Analysis the Main Characteristics and Dynamics of Sub-Regional Security

Complex of South Asia. IOSR Journal of Humanities and Social Sceince, Volume 25, Issue 5, Series 4 (May, 2020),
P. 62.

7

https://www.satp.org/terrorist-groups/pakistan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

349

Osiyoning eng tinchliksevar mamlakati sifatida o’n yettinchi o’rinni egalladi

8

. Va nihoyat

barchamiz guvoh bo’lgan hodisalar - AQSHning Afg’onistonni tark etishi va Tolibon
hukumatining o’rnatilishi. Jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan toliblar hukumati
mamlakatda xavfsizlik vaziyatini izga solishda hali sezilarli muvaffaqiyatga erishgani yo’q.

Xavfsizlikka tahdidlardan biri bu qurollanish poygasi bo’lib, Janubiy Osiyoning ikki yirik

davlati yadro quroliga ega bo’lgandan so’ng ba’zi kuzatuvchilar tomonidan noan’anaviy deb ham
baholanuvchi tahdid turining paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu yadroviy texnologiyalarning
tarqalishi xavfidir. Uzoq yillar davom etgan tekshiruvlar va tergovlardan so’ng pokistonlik yadro
quroli yaratuvchisi Abdulqodir Xonning ushbu ishlarga aloqasi borligi va anchagina katta
guruhdan iborat sheriklari fosh etildi. Ushbu tarmoq yadroviy texnologiyalarni Eron, Shimoliy
Koreya va Liviyaga yetkazgani ma’lum va Abdulqodir Xonning o’zi ta’kidlashicha, bundan
Pokiston hukumatining eng yuqori doiralarining ham xabari bo’lgan. Xullas, ushbu voqea hozirgi
kunga qadar jahon hamjamiyatini yadroviy qurollar texnologiyalarining yanada tarqalish xavfi
bilan tashvishga solib keladi va shu bilan birga, bu borada Pokiston hukumatiga nisbatan muayyan
ishonchsizlikni ham keltirib chiqargan.

Mintaqada yadro qurolining paydo bo’lishi bilan mintaqaviy xavfsizlik kompleksi yangi

o’lchamga ko’chdi. Bu Hindiston va Pokiston o’rtasida nisbatan balansni yuzaga keltirdi, shu bilan
birga, kuchli xalqaro taranglik yaratdi va mintaqaviy xavfsizlikning ahamiyatini oshirdi

9

.

So’nggi yillarda Hindiston va Pokiston o’rtasidagi qurollanish poygasi yanaga

jadallashayotganini kuzatish mumkin. Avvaliga Hindiston yadro quroli yo’nalishini tanlagandan
so’ng, o’zini ortiq xavfsiz deb his qila olmagan Pokiston unga ergashdi. Hindiston ballistik va
qanotli raketalarni ishlab chiqishni boshladi, Pokiston ham paritetga intildi. Hindiston «Sovuq
start» deb nomlangan doktrinasini e’lon qildi, bunga nisbatan esa Pokiston taktik yadro qurollarini
ishlab chiqish bilan javob berdi. Hindiston ballistik raketalarga qarshi mudofaa tizimini
rivojlantirmoqda, bunga javoban Pokiston o’z yadro qurollarining joylashuvini o’zgartirish bilan
javob berish ehtimoli katta

10

.

2019-yilgi Balakot aviahujumlaridan so’ng xavfsizlik vaziyati va kuch balansi yana

o’zgardi. Bu hujumning ahamiyati shunda ediki, endi Hindiston strategik tiyib turish siyosatidan
voz kechdi. 1999-yilgi Kargil inqirozi davrida Hindiston ikki davlat o’rtasidagi Nazorat chizig’ini
kesib o’tmaslikka qaror qilgan edi. Balakotda esa Hindiston Pokiston hududiga kirib, u yerdagi
nishonlarga zarba berdi. Bu bilan Pokistonga Kashmirdagi guruhlarni qo’llab-quvvatlamaslik
borasida aniq ogohlantirish yuborildi. 2019-yilning 6-avgustida esa Kashmirning maxsus maqomi
bekor qilindi. Pokiston tomoni bu harakatni bir tomonlama noqonuniy qadam deb bayonot berdi.
Pokiston parlamenti Hindistonning ushbu harakatlarini qoraladi, Milliy xavfsizlik qo’mitasi
diplomatik munosabatlar darajasini pasaytirdi. Ikki davlat o’rtasidagi poyezdlar harakati, barcha
madaniy aloqalar, shuningdek savdo aloqalarining katta qismi to’xtatildi. Shuni qayd etib o’tish
kerakki, Janubiy Osiyoning Pokistondan tashqari barcha davlatlari bu aktni Hindistonning ichki
ishi deb baholadi va to’liq qo’llab-quvvatladi.

8

Global Peace Index 2023. Institute for Economic & Peace. Measuring peace in a complex world.

https://www.visionofhumanity.org/

9

Christian Wagner. Security Cooperation in South Asia. SWP Research Paper. June 2014, Berlin.

10

Ghazala Yasmin Jalil. Nuclear Arms Race in South Asia: Pakistan’s Quest for Security. Strategic

Studies. Vol.37, No. 1 (Spring 2017), pp. 18-41. https://www.jstor.org/stable/48535985


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

350

Bugungi kunda xavfsizlik masalasiga ko’p tarmoqli yondashuv ko’p kuzatuvchilar

tomonidan yoqlanadi va noan’anaviy tahdidlar bevosita harbiy vaziyat, qurol-yarog’ va
qo’poruvchilik harakatlariga va umuman, xavfsizlik sohasiga aloqador emasdek ko’rinsa ham,
ularning barqarorlikni izdan chiqara olish xususiyatlarini inkor etishning iloji yo’q. Janubiy Osiyo
mintaqaviy xavfsizligiga rahna soluvchi quyidagi noan’anaviy muammolarni sanab o’tish
mumkin:

- Iqlim o’zgarishi va atrof-muhitning ifloslanishi;
- kambag’allik va tengsizlik;
- yomon boshqaruv va beqarorlik;
- narkotiklar va odam savdosi;
- iqtisodiy jinoyatlar;
- oziq-ovqat va suv xavfsizligi.

Janubiy Osiyo iqlim o’zgarishlari eng ko’p ta’sir etuvchi mintaqa hisoblanadi. Himolayda

muzliklarning intensiv ravishda erishi va kamayib borishi mintaqaning asosiy daryolari bo’lmish
Hind, Gang va Brahmaputra daryolarida mavsumiy suv ko’payib ketish xavfini oshiradi. Musson
yomg’irlari sur’atining o’zgaruvchanligi va jazirama issiq hosildorlikka ta’sir ko’rsatmay
qolmaydi. Shuningdek, dengiz sathining ko’tarilishi va kuchli siklonlar ham so’nggi vaqtlarda
mintaqa uchun xavf solib kelmoqda. Buning natijasida millionlab odamlar tabiiy ofatlardan aziyat
chekishi, suv va oziq-ovqat yetishmovchilidan qiynalishi, shuningdek, elektr ta’minotidagi
uzilishlardan zarar ko’rishi mumkin.

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, mintaqadagi barcha davlatlar iqlim o’zgarishi va atrof-muhit

ifloslanishining salbiy oqibatlarini allaqachon birdek his qilib kelayapti. Misol uchun, 2022-yilda
Pokistondagi musson yomg’irlari halokatli oqibatlarga olib keldi va minglab odamlarning
boshpanasiz qolishiga sababchi bo’ldi. 25-avgustda favqulodda holat e’lon qilindi va bosh vazir
Shahboz Sharifning bayonotiga ko’ra toshqinlardan 33 million aholi jabr ko’rdi, bu esa mamlakat
aholisining 15 foizini tashkil etadi. Hind okeaninning ekvatorga yaqin qismlarida kuchli
bug’lanish tufayli yuzaga kelgan atmosfera daryolari Janubiy Osiyo hududiga qarab siljishi
oqibatida 2023-yilda ham musson yomg’irlari ayniqsa Hindiston uchun falokatli bo’ldi.
Mutaxassislar bashoratiga ko’ra global isish tufayli bu hodisa yaqin kelajakda ham davom etadi

11

.

Bangladeshda qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar kam bo’lgani va tabiiy ofatlar tez tez yuz berishi
aholi orasida ochlik, to’yib ovqatlanmaslik va sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi
kabi salbiy oqibatlar kelib chiqarmoqda. Turli topografik sharoitlar va iqlim zonalari tufayli Nepal
davlati ham nisbatan kichik hududga ega bo’lsada, iqlim o’zgarishlari va atrof-muhit
muammolariga ta’sirchan hisoblanadi. Iqlim o’zgarishlarining Nepalga asosiy ta’siri zilzilalar,
tuproq ko’chishi, suv toshqinlari, yong’inlar va yashin urishi ko’rinishlarida bo’lishi mumkin

12

.

Shri Lanka ham qurg’oqchilik, suv toshqinlari, havo haroratining ko’tarilishi, yog’ingarchiliklar
rejimining o’zgarishi va dengiz sathining ko’tarilishi kabi ofatlardan eng ko’p zarar ko’ruvchi
davlatlar o’ntaligiga kiradi

13

. Mintaqadagi eng kichik va eng kam aholiga ega bo’lgan davlat Butan

11

Shanti Shwarup, Munir Ahmad Nayak, Dennis P.Lettenmaier, Vimal Mishra. Atmospheric rivers that make

landfall in India are assosiated with flooding. https://doi.org/10.1038/s43247-023-00775-9.

12

Правительство Непала. Центральное статистическое бюро. Статистика по окружaющей

среде/изменению климата. www.efta.int.

13

Органический крах. Как стремительное «озеленение» экономики

поставило Шри Ланку на


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

351

asosan o’rmonlar bilan qoplangan va shuning uchun ham havoga zararli chiqindilar chiqarilishi
deyarli nolga teng. Mamlakat hukumati milliy boylik hisoblanmish o’rmon hududlarini asrab
qolishni milliy ahamiyatga molik masala sifatida Konstitutsiyaga ham kiritgan va 60 foizdan
pastga tushirmaslik majburiyatini olgan.

Kambag’allik va tengsizlik masalasi Janubiy Osiyoda doimo dolzarb muammolardan biri

bo’lib kelgan. Yaqin kunlarda ham kambag’allik darajasi bo’yicha mintaqa dunyo bo’yicha
Afrikadan keyin ikkinchi o’rinda turar va kambag’allar aholining 15,09 foizini tashkil qilib, 256,24
millionni tashkil etgan edi

14

. So’nggi o’n yillikda ushbu manzara biroz o’zgarib mintaqaning

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti asta-sekin o’sib bordi. Bu borada Hindiston va Bangladeshda
sezilarli o’zgarishlar yuz berdi. Mintaqa aholisi dunyo bilan yanada ko’proq aloqa qilish imkoniga
ega bo’di. Mobil aloqa va internetga ulangan aholi foizi 2014-yildan buyon ikki barobarga oshdi.
Masalan, Hindiston 700 million internet foydalanuvchisi bilan Xitoydan keyin ikkinchi onlayn
bozorga aylandi. Pandemiyaga qadar Hindistonda bandlik ko’rsatkichlari tarixiy maksimumni
qayd etdi.

Demokratlashish borasidagi yutuqlarga qaramay, mintaqaning aksariyat davlatlarida ichki

siyosat qutblashgan va samarali boshqaruv yo’lga qo’yilmagan. Demokratik saylov bilan
hokimiyatga kelgan kuchli liderlar ham asosan tor miqyosdagi millatchilik elementlarini o’zida
namoyon qilgan dasturlarni ilgari surib kelmoqda. Bu esa usiz ham milliy va etnik jihatdan bo’linib
ketgan jamiyatda keskinlikni kuchaytiradi. Masalan, Hindiston va Pokiston orasidagi raqiblik
necha yillardan beri millatchi kayfiyatdagi liderlarning hokimiyatni egallab turishiga sabab
bo’lmoqda. Hindistonda markaziy hokimiyat kuchlidek ko’rinsa ham, federal darajada birmuncha
tarqoqlikni kuzatish mumkin. Pokistonda esa hukumat azaldan harbiylarning mamlakat siyosatiga
hal qiluvchi ta’siridan qutula olmay kelmoqda.

Janubiy Osiyo mintaqasining barcha mamlakatlarini o’z ichiga olgan yagona mintaqaviy

tashkilot bu 1985 yilda Dakka shahrida davlat yoki hukumat boshliqlari tomonidan imzolangan
Nizom asosida tashkil topgan Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik hamjamiyati - SAARC dir.
Ushbu hamjamiyatga birlashish g’oyasi boshidan mintaqada tinchlik, xavfsizlik, taraqqiyot va
barqarorlikka ko’maklashish maqsadini ko’zlagan edi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mintaqada
an’anaviy va noan’anaviy sohalarda qat’iy xavfsizlik muhitini ta’minlamay turib iqtisodiy
taraqqiyot va mintaqaviy integratsiyaga erishib bo’lmaydi. Bu borada Janubiy Osiyo davlatlari
mintaqaviy xavfsizlikni nazorat ostiga olishlari va yagona kuchga aylanib SAARC a’zo
davlatlarining milliy xavfsizligi va suverenitetiga tahdid soluvchi muammolarga qarshi
kurashishlari lozim edi. Biroq SAARC tashkil topganidan beri ko’zga ko’rinarli yutuqlarga
erishmadi. Xalqaro kuzatuvchilar buni aynan SAARC faoliyatida Hindiston va Pokistonning
o’zaro raqobati bilan bog’liq deb hisoblaydi. Shunday qilib, davlatlararo mojarolar va a’zolarning
xavfsizlik muammolari mintaqaviy integratsiya yo’lidagi asosiy to’siq bo’ldi. Shuningdek, har bir
a’zo davlatning tashkilotdan kutgan umidlari va ayni damda hadiklari mavjud. Masalan, Hindiston
periferiyada joylashgan mayda davlatlarning xavfsizlik muammolari o’ziga qarshi qaratilishi va
o’z hududi ustidan nazoratni yo’qotib qo’yishidan hadiksirasa, Pokiston va boshqa kichik davlatlar
mintaqada Hindistonning gegemoniyasi o’rnatilishidan qo’rqishadi. Xullas, umumiy manfaatlarni

грань катастрофы. https://novayagazeta.eu/articles/2022/07/20/organicheskii-krakh.

14

Tonmoy Islam, David Newhouse, Monika Yanez-Pagans. International Comparisons of Poverty in South

Asia. Asian Development review, vol.38, no. 1, pp.142-175. https://doi.org/10.1162/adev_a_00161.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

352

ko’zlagan holda hamkorlik qilinishiga o’zaro ishonchning yetarli emasligi katta ta’sir o’tkazib
kalmoqda.

SAARC faoliyatidagi tadbirlar ro’yxatini ko’zdan kechiradigan bo’lsak, 2014-yildan beri

yuqori darajadagi sammitlar o’tkazilmayotganining guvohi bo’lishimiz mumkin. 18-sammit 2014-
yilning 26-27-noyabr kunlari Nepal poytaxti Katmanduda bolib o’tdi va uning yakuniy hujjati
bo’lmish Katmandu deklaratsiyasida tashkilotga a’zo davlatlar o’zlarining mintaqaviy integratsiya
tamoyillari va maqsadlariga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqlab, SAARC ni jonlantirish,
Janubiy Osiyo Iqtisodiy ittifoqiga bosqichma bosqich va rejali tarzda Erkin savdo makoni,
Bojxona ittifoqi, Umumiy bozor, va Umumiy iqtisodiy va valyuta ittifoqi orqali erishish
maqsadida sobit ekanliklarini bayon qilishdi. Keyingi 19-sammit Pokiston raisligida Islomobod
shahrida bo’lib o’tishi lozim edi. Biroq 2016-yilning 18-sentyabrida Hindiston armiyasining
Kashmirdagi Uri shahri yaqinida joylashgan shtabiga jangarilar hujumidan so’ng Hindiston bunda
Pokistonni ayblab sammitni boykot qildi. Undan keyin Bangladesh, Butan va Afg’oniston ham
Hindistonni qo’llab, sammitda qatnashishdan bosh tortgani tufayli sammit bekor qilindi. Shundan
beri Pokiston va Hindiston o’zaro bir-birini mintaqaviy integratsiya jarayonlarini sekinlashtirishda
ayblab keladi. Pandemiya sharoitida bitta oliy darajadagi virtual uchrashuv Hindiston tashabbusi
bilan o’tkazildi. Pokiston bosh vaziridan tashqari (Pokiston tomonidan sog’liqni saqlash vaziri
ishtirok etdi) barcha a’zo davlatlar rahbarlari ishtirok etgan ushbu virtual uchrashuvda Hindiston
bosh vaziri N.Modi murakkab vaziyatda o’zaro yordam jamg’armasi tuzishni taklif qildi va
Hindiston tomonidan 10 million dollar ajratilishini ma’lum qildi. Barcha qatnashchilar Kovidga
qarshi jamg’armaga hissa qo’shishga rozi bo’ldi. Ushbu yakdillik SAARC faoliyatidagi kamdan
kam kuzatiladigan hodisalardan biri bo’lib, favqulodda holatlarda va murakkab sharoitlarda
birlashishning samarasini ko’rsatib berdi.

Bugungi kunda SAARC dagi «osilib turgan» muammolardan biri bu Afg’oniston

masalasidir. Afg’onistonda Tolibon hukumati o’rnatilgandan beri xalqaro tan olinmaganligi
sababli uning tashkilotdagi maqomi noaniqligicha qolmoqda. Chunki Pokistondan tashqari barcha
a’zo davlatlar Tolibon vakillarining tashkilot uchrashuvlarida qatnashishiga qarshi. Tashkilotning
turli ixtisoslashgan organlarning barchasida Tolibonning ishtirokiga birinchi o’rinda Hindiston
yo’l qo’yib bera olmaydi. Shu tarzda hammaning ishtiroki talab etiladigan kengashlarning
majlislarini o’tkazish imkonsiz bo’lib qoladi. Shu bilan birga, SAARC bosh kotibi lavozimini Shri
Lanka vakilidan so’ng Afg’onistonlik vakil egallashi lozim edi. Ammo tashkilot sekretariati
keyingi bosh kotiblikka nomzod siifatida bangladeshlik yuqori martabali diplomat G’ulom
Sarvarni tanladi.

SAARC faoliytidagi muayyan muammolarning deyarli barchasi Hindiston va Pokiston

o’rtasidagi o’zaro raqobatga borib taqalar ekan, mintaqada Pokiston ishtirokisiz yangi hamkorlik
loyihalari yuzaga kelmoqda. Bular BIMSTEC (Hindiston, Bangladesh, Myanma, Shri Lanka,
Tailand, Nepal va Butan ishtirokidagi tuzilma) va tor doiradagi BBIN (Bangladesh, Butan,
Hindiston va Nepal) platformalaridir.

Hindiston hukumati terrorizm bo’yicha mintaqaviy konsensusga erishish uchun 2016-

yilning noyabrida BIMSTEC ning Goa sammitini o’tkazdi. Ushbu sammitga SAARC a’zosi
bo’lgan Afg’oniston va Maldiv ham taklif etildi. Sammitning yakuniy hujjati barcha ishtirokchilar
tomonidan terrorizmga qarshi birgalikdagi kurash majburiyatini tan olinishini ko’rsatib berdi. Bu
mintaqadagi barcha davlatlarning Hindistonni qo’llab-quvvatlashi va nima uchun SAARC


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

353

doirasida bu ilojsiz ekanligini yoritgandek bo’ladi. 2017-yil mart oyida BIMSTEC ga a’zo
davlatlarning xavfsizlik maslahatchilari ilk marta xavfsizlik muammolarini, jumladan,
transchegaraviy terrorizmni muhokama qilish uchun uchrashdilar. Tuzilmaning 4-sammitining
Katmandu deklaratsiyasida ham xavfsizlik va terorizmga qarshi kurashda yaqinroq hamkorlik
qilish ta’kidlangan. Bundan tashqari, a’zo davlatlar ichki ishlar vazirlarining muntazam
uchrashuvlarini o’tkazishga qaror qilindi. Sammitdan so’ng a’zo davlatlar uchun Hindiston
tomonidan harbiy mashg’ulot o’tkazildi. BIMSTEC ning tarkibiga qaraydigan bo’lsak, SAARC
qatnashchilaridan Afg’oniston, Pokiston va Maldiv bu ro’yxatda yo’qligini ko’rishimiz mumkin.
Lekin SAARC a’zosi bo’lmagan ikki davlat Tailand va Myanma bu tuzilmaga kiradi, ularning
ASEAN ga kirishini hisobga oladigan bo’lsak, bu tuzilmaning ko’lami kengayganligidan darak
beradi.

Bundan tashqari, BBIN ham samarali sub-mintaqaviy tuzilma ekanligini namoyon qilib

kelmoqda. Masalan, SAARC doirasida Pokiston qarshi bo’lganligi uchun imzolanmagan
Transport vositalari haqidagi bitim BBIN da qabul qilindi. Bitimga ko’ra, a’zo davlatlar bir
birlarining hududlarida yuk va yo’lovchi tashuvchi transport vositalaridan foydalanish va elektron
shaklda kuzatish imkonini beradi.

Xulosa

Dunyo aholisining 21 foizi istiqomat qiladigan, yer sharining 3 foizini tashkil qiluvchi

unumdor yerlardan iborat Janubiy Osiyo mintaqasi yuqori xavfsizlik dinamikasiga ega hudud
bo’lib qolmoqda. Mintaqa bir tomondan Eron va Afg’oniston bilan, shimoldan dunyoning ikkinchi
iqtisodiy giganti Xitoy bilan chegaradosh. Sharqda ASEAN davlatlaridan mintaqani Myanma
ajratib turadi. Mintaqa tez sur’atlar bilan rivojlanib kelayotgan dunyoning beshinchi raqamli
iqtisodi - sekulyar, ko’pmillatli, demokratik Hindiston, jahon hamjamiyati tomonidan tan
olinmagan Tolibon hukmronlik qiladigan Afg’oniston, o’z ichki muammolarini hal etishga qodir
bo’lmagan deb e’tirof etiluvchi Pokiston, rivojlanayotgan Bangladesh kabi davlatlarni va nisbatan
kichik bo’lgan Nepal, Shri Lanka, Butan va Maldivni o’z ichiga oladi.

Buzan va Veyver nazariyasiga ko’ra Janubiy Osiyo davlatlarining barchasi o’zaro bir-

biriga bog’liq holda yaxlit mintaqaviy xavfsizlik kompleksini tashkil qiladi. Janubiy Osiyo
xavfsizlik kompleksi ham ichki transformatsiyani boshdan kechirib, Hindistonning kuchayishi va
Pokistonning zaiflashuvi ortidan asta sekin ikki qutblikdan bir qutblikka tomon o’zgarmoqda.
Mintaqaning barqaror taraqqiyotiga to’siq bo’lib turgan qator an’anaviy va noan’anaviy xavfsizlik
muammolari mavjudki, ularni faqatgina mintaqaviy aloqalarni kuchaytirib, o’zaro hamkorlik
orqali bartaraf etish mumkin.

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, butun dunyoda yuz bergan mintaqaviylashuv jarayonlaridan

ushbu davlatlar ham chetda qolmagan va barchasi mintaqaviy integratsiyaning mintaqadagi
tinchlik, barqarorlik, ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy taraqqiyot yo’lidagi ahamiyatini tan olgan
holda mintaqaviy integratsiya tuzilmasi SAARC ga asos solishgan. SAARC ning maqsadlari,
tamoyillari va hujjatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, Janubiy Osiyo ham Yevropa ittifoqi
modelini istiqbolli deb hisoblaydi va xuddi u kabi umumiy bozor, iqtisodiy ittifoq va valyuta
ittifoqlarini mo’ljal qiladi. Shunungdek, SAARC boshqa sohalarda ham keng tarmoqli
hamkorlikka intiladi. Ammo Hindiston va Pokiston o’rtasidagi o’zaro hal etilmagan muammolar
va raqobatchilik ushbu tashkilot faoliyatini sustlashtirib kelmoqda. Bir qarashda mintaqada (buni
butun jahon miqyosida ham kuzatish mumkin) bir birini takrorlaydigan tuzilmalar ko’payib


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

354

ketgandek ko’rinadi. Ammo Janubiy Osiyodagi boshqa BIMSTEC va BBIN kabi loyihalar torroq
doirada amalga oshiriladi, butun mintaqa miqyosidagi masalalar uchun esa SAARC hozircha
benazir tuzilmaligicha qolmoqda. Fikrimizcha, vaqt o’tishi bilan har qanday lahzada mintaqadagi
davlatlar o’z pozitsiyalarini o’zaro yaqinlashtirishi va bu orqali SAARC faoliyatiga yangi impuls
berilishi mumkin.

REFERENCES

1.

Buzan B, Waever O. Regions and Powers. The Structure of International Security.
Cambridge University Press, 2003;

2.

Buranov S., Afghanistan as a Bridge connecting Central and South Asia.
http://dx.doi.org/10.18415/ijmmu.v9i2.3499, P 320-321;

3.

Mohammad Tarequl Islam. Analysis the Main Characteristics and Dynamics of Sub-
Regional Security Complex of South Asia. IOSR Journal of Humanities and Social
Sceince, Volume 25, Issue 5, Series 4 (May, 2020), P. 62;

4.

Josh Rogin. Team Obama scuttles the term «Af-Pak», foreignpolicy.com, Jan. 20, 2010.
https://foreignpolicy.com/2010/01/20/team-obama-scuttles-the-term-afpak/;

5.

Dr. Marium Kamal, Dr. Sarfraz Batool. SAARC: Regionalism and ragional Security in
South Asia. Psycologie and Education (2021) 58(2): 11583-11593;

6.

Iryna Tykhonenko. South Asian Regional Security System: The Overview of Non-Western
Studies. European Political and Law Discourse, Volume 2, Issue 4, 2015;

7.

Kathmandu Declaration. Eighteenth SAARC Summit, Kathmandu, Nepal. 26-27
November, 2014.

8.

Christian Wagner. India as a Regional Security Provider in South Asia. South Asia Scan.
Issue No.8, June 2020.

9.

Iftekhar Ahmed Chowdhury. Regional Security Cooperation in South Asia: The China
Factor. ISAS Insights. No.210 - 2 July 2013;

10.

Alyson J.K. Bailes and Andrew Cottey. Regional Security Cooperation in early 21st
century. SIPRI Yearbook 2006: Armaments, Disarmament and International Security;

11.

Derrick Frazier, Robert Stewart-Ingersoll. Regional Powers and security: A framework for
understanding order within regional security complexes. European Journal of International
Relations 16(4) 731-753, 2010. DOI:10.1177/1354066109359847;

12.

Sobia Jamil, Dr. Abdullahi Ayoade Ahmad, Syed Zohaib Abbas Rizvi, Nasa’l Muhammad
Gwadabe. An Analysis of Regional Security Dynamics of South Asia in Post 9/11 Period.
Internatioanl Journal of Scientific and Technology Research, Volume 9, Issue 01, January
2020;

13.

Christian Wagner. Security Cooperation in South Asia. Overview, Reasons, Prospects.
SWP Research Paper 6, June 2014, Berlin;

14.

Aleksandra Kusztal. Theoretical Foundations of Regional Security in International
Relations - The Overview. Journal of Science of the Military Academy of Land Forces.
Volume 49, Number 1 (183) 2017. DOI:10.5604/17318157.1234845;

15.

Игнатенко А.В. Правовой статус и историческая роль Ганзейского союза (один из
ранних опытов протоконфедерации в Европе//Российский юридический журнал -


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

355

Екатеринбург: Уральская государственная юридическая академия, 2005. - №3 (47). -
С. 134;

16.

Global Peace Index 2023. Institute for Economic & Peace. Measuring peace in a complex
world. https://www.visionofhumanity.org/;

17.

Ghazala Yasmin Jalil. Nuclear Arms Race in South Asia: Pakistan’s Quest for Security.
Strategic

Studies.

Vol.37,

No.

1

(Spring

2017),

pp.

18-41.

https://www.jstor.org/stable/48535985;

18.

Shanti Shwarup, Munir Ahmad Nayak, Dennis P.Lettenmaier, Vimal Mishra. Atmospheric
rivers

that

make

landfall

in

India

are

assosiated

with

flooding.

https://doi.org/10.1038/s43247-023-00775-9;

19.

Правительство Непала. Центральное статистическое бюро. Статистика по
окружaющей среде/изменению климата. www.efta.int.;

20.

Органический крах. Как стремительное «озеленение» экономики поставило Шри
Ланку на грань катастрофы. https://novayagazeta.eu/articles/2022/07/20/organicheskii-
krakh;

21.

Tonmoy Islam, David Newhouse, Monika Yanez-Pagans. International Comparisons of
Poverty in South Asia. Asian Development review, vol.38, no. 1, pp.142-175.
https://doi.org/10.1162/adev_a_00161.

References

Buzan B, Waever O. Regions and Powers. The Structure of International Security. Cambridge University Press, 2003;

Buranov S., Afghanistan as a Bridge connecting Central and South Asia. http://dx.doi.org/10.18415/ijmmu.v9i2.3499, P 320-321;

Mohammad Tarequl Islam. Analysis the Main Characteristics and Dynamics of Sub-Regional Security Complex of South Asia. IOSR Journal of Humanities and Social Sceince, Volume 25, Issue 5, Series 4 (May, 2020), P. 62;

Josh Rogin. Team Obama scuttles the term «Af-Pak», foreignpolicy.com, Jan. 20, 2010. https://foreignpolicy.com/2010/01/20/team-obama-scuttles-the-term-afpak/;

Dr. Marium Kamal, Dr. Sarfraz Batool. SAARC: Regionalism and ragional Security in South Asia. Psycologie and Education (2021) 58(2): 11583-11593;

Iryna Tykhonenko. South Asian Regional Security System: The Overview of Non-Western Studies. European Political and Law Discourse, Volume 2, Issue 4, 2015;

Kathmandu Declaration. Eighteenth SAARC Summit, Kathmandu, Nepal. 26-27 November, 2014.

Christian Wagner. India as a Regional Security Provider in South Asia. South Asia Scan. Issue No.8, June 2020.

Iftekhar Ahmed Chowdhury. Regional Security Cooperation in South Asia: The China Factor. ISAS Insights. No.210 - 2 July 2013;

Alyson J.K. Bailes and Andrew Cottey. Regional Security Cooperation in early 21st century. SIPRI Yearbook 2006: Armaments, Disarmament and International Security;

Derrick Frazier, Robert Stewart-Ingersoll. Regional Powers and security: A framework for understanding order within regional security complexes. European Journal of International Relations 16(4) 731-753, 2010. DOI:10.1177/1354066109359847;

Sobia Jamil, Dr. Abdullahi Ayoade Ahmad, Syed Zohaib Abbas Rizvi, Nasa’l Muhammad Gwadabe. An Analysis of Regional Security Dynamics of South Asia in Post 9/11 Period. Internatioanl Journal of Scientific and Technology Research, Volume 9, Issue 01, January 2020;

Christian Wagner. Security Cooperation in South Asia. Overview, Reasons, Prospects. SWP Research Paper 6, June 2014, Berlin;

Aleksandra Kusztal. Theoretical Foundations of Regional Security in International Relations - The Overview. Journal of Science of the Military Academy of Land Forces. Volume 49, Number 1 (183) 2017. DOI:10.5604/17318157.1234845;

Игнатенко А.В. Правовой статус и историческая роль Ганзейского союза (один из ранних опытов протоконфедерации в Европе//Российский юридический журнал - Екатеринбург: Уральская государственная юридическая академия, 2005. - №3 (47). - С. 134;

Global Peace Index 2023. Institute for Economic & Peace. Measuring peace in a complex world. https://www.visionofhumanity.org/;

Ghazala Yasmin Jalil. Nuclear Arms Race in South Asia: Pakistan’s Quest for Security. Strategic Studies. Vol.37, No. 1 (Spring 2017), pp. 18-41. https://www.jstor.org/stable/48535985;

Shanti Shwarup, Munir Ahmad Nayak, Dennis P.Lettenmaier, Vimal Mishra. Atmospheric rivers that make landfall in India are assosiated with flooding. https://doi.org/10.1038/s43247-023-00775-9;

Правительство Непала. Центральное статистическое бюро. Статистика по окружaющей среде/изменению климата. www.efta.int.;

Органический крах. Как стремительное «озеленение» экономики поставило Шри Ланку на грань катастрофы. https://novayagazeta.eu/articles/2022/07/20/organicheskii-krakh;

Tonmoy Islam, David Newhouse, Monika Yanez-Pagans. International Comparisons of Poverty in South Asia. Asian Development review, vol.38, no. 1, pp.142-175. https://doi.org/10.1162/adev_a_00161.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов