A STUDY OF PROVERBS AND PHRASES FOUND IN THE GHAZALS OF "GARAYIB US-SIGAR"

HAC
Google Scholar
To share
G‘ulomova , N. (2023). A STUDY OF PROVERBS AND PHRASES FOUND IN THE GHAZALS OF "GARAYIB US-SIGAR". Modern Science and Research, 2(10), 34–38. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24402
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the process of reading and analyzing Alisher Navoi's ghazals, users can fully feel the reality in the ghazal, understand the philosophical essence in it, perceive the mystical world, understand that love is real and love figurative, and feel the love of Allah in every particle. is considered very important. In the process of semantic tagging of ghazal texts for Alisher Navoi's corpus, selection of wise words, folk proverbs, expressions used by the poet and their inclusion in the corpus base is very important in the education of the young generation, as well as improving the readability of our classical works.

Similar Articles


background image



34

“G‘AROYIB US-SIG‘AR” DEVONIDAGI G‘AZALLARDA UCHRAGAN MAQOLLAR

VA IBORALAR TADQIQI

G‘ulomova Nargiza Sa’dullayevna

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Navoiy innovatsiyalar universiteti

gulomovamoi@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.8424191

Annotatsiya.

Alisher Navoiyning g‘azallarini o‘qib o‘rganish, tahlil qilish jarayonida

foydalanuvchilarning g‘azaldagi voqelikni to‘la his qilishi, undagi falsafiy mohiyatni tushunishi,

tasavvufiy olamini idrok etishi ishqi haqiqiy va ishqi majoziyni anglashi, har bir zarrada Olloh

ishqini his qila olishi juda muhim sanaladi. Alisher Navoiy mualliflik korpusi uchun g‘azal

matnlarini semantik teglash jarayonida shoir qo‘llagan hikmatli so‘zlar, xalq maqollari, iboralar

saralab olinishi va korpusi bazasiga kiritilishi mumtoz asarlarimizning o‘qililigini oshirish birga

yosh avlod ta’lim-tarbiyasida o‘ta ahamiyatli hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

mualliflik korpusi, g‘azal, maqol, ibora, irsoli masal, badiiy tahlil, obrazlilik.

A STUDY OF PROVERBS AND PHRASES FOUND IN THE GHAZALS OF

"GARAYIB US-SIGAR"

Abstract.

In the process of reading and analyzing Alisher Navoi's ghazals, users can fully

feel the reality in the ghazal, understand the philosophical essence in it, perceive the mystical

world, understand that love is real and love figurative, and feel the love of Allah in every particle.

is considered very important. In the process of semantic tagging of ghazal texts for Alisher Navoi's

corpus, selection of wise words, folk proverbs, expressions used by the poet and their inclusion in

the corpus base is very important in the education of the young generation, as well as improving

the readability of our classical works. .

Key words:

author's corpus, ghazal, proverb, phrase, proverb, artistic analysis, imagery.

ИЗУЧЕНИЕ ПОСЛОВИЙ И ФРАЗИЙ, ВСТРЕЧАЕМЫХ В ГАЗАЛЯХ

«ГАРАЙИБ УС-СИГАР»

Аннотация.

В процессе чтения и анализа газелей Алишера Навои пользователи

могут в полной мере ощутить реальность в газели, понять философскую суть в ней,

постичь мистический мир, понять настоящую любовь и любовь метафорическую,

ощутить любовь Бога в каждую частицу.Это очень важно уметь делать. В процессе

семантической разметки текстов газелей для корпуса Алишера Навои мудрые слова,

народные пословицы, выражения, использованные поэтом, сортируются и включаются в


background image



35

базу корпуса, при этом очень важно повысить читабельность наших классических

произведений. воспитание молодого поколения.

Ключевые слова:

авторский корпус, газель, пословица, словосочетание, пословица,

художественный анализ, образность.

Alisher Navoiy ijodida uchraydigan, jumladan, “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi izohtalab

so‘zlarning semantik bazasi yaratilib, korpusda berilishi o‘zbek tilshunosligining yanada

rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ayrim so‘zlar tahlili natijasida muayyan so‘zning o‘ndan ortiq

ma’nolari yuzaga keladi. Albatta, bunday polisemantiklik, birinchidan, Navoiyni so‘z mulkining

sultoni ekanligidan dalolat bersa, ikkinchidan, o‘zbek tili so‘z boyligining naqadar keng ko‘lamli

ekanligini belgilaydi. Mazkur devondagi she’riy janrlarni ma’no va mag‘zini to‘laligicha his qilib

anglash, tushunish, uchun har bir baytni va unda ishlatilgan har bir so‘zni ilmiy va badiiy tahlil

qilish talab etiladi. Navoiyshunos olim Ibrohim Haqqul Navoiy g‘azallarining tub ma’nosini

anglash haqida shunday deydi: Har qanday ulug‘ san’atkorning she’rida so‘zning o‘zi aks ettirishni

istagan fikr va tuyg‘udan bir necha hissa ortiq ma’nolarni ifodalaydi. Shuning uchun haqiqiy

she’rning g‘oyaviy-badiiy tarkibida hamisha nimalardir sir bo‘lib, allaqanday ma’no gavhari

yashirinligicha qolaveradi. Eng zukko she’rshunosning ham tahlil imkoniyati cheklangan. Chunki

u har qancha urinmasin, so‘zning majoziy mohiyatini barcha rang, ohang tovlanishlari bilan

idrokdan o‘tkaza olmaydi. Birdaniga bir necha ramziy mazmunlarni tarkibiga birlashtira olgan

she’r – chinakam she’r. Navoiyning g‘azali shu da’voning yorqin isbotidir.

Navoiyshunoslar tomonidan shoirning g‘azaliyoti turlicha tavsiflanadi: g‘oyaviy jihatdan,

badiiy (tasvir uslubiga qarab). Bularning barchasi qaysidir ma’noda shartli tahlillardir. Alisher

Navoiy asarlaridagi fikr teranligi, ozod ruh, mustahkam iymon, tuyg‘ular nafosati va nihoyat,

mukarram va ulug‘vor turk (o‘zbek) so‘zining qudratini anglamay turib, ma’naviy yo‘limiz

qanchalik yorug‘ va ravshan bo‘lmasin undan dadilroq odimlash mumkin emas. Ulug‘ adib

o‘zigacha mavjud barcha ilohiy-falsafiy, adabiy ilmlarni izchil o‘rganib, ularni o‘z asarlarida

mukammal bir suratda tartiblay olgan ediki, zero Navoiy so‘zlari bag‘ridagi hikmatni, dard-u

hasrat va san’atni anglash hamda o‘sha buyuk ruhiy dunyo ichiga kirish uchun uning badiiy so‘z

haqidagi qarashlarini o‘rganishimiz kerak bo‘ladi. Alisher Navoiy ijodining bebaho xazinasi

bo‘lgan g‘azallarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalayotgan ma’rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy,

falsafiy-axloqiy masalalar mazmuni va ahamiyati, janrda keltirilgan badiiy timsollar jilosi bilan

birga foydalanilgan she’riy san’atlarning rang-barangligi, badiiy tasviri, mantiqiy asoslanishi,

g‘azallar mazmunini yoritishdagi ahamiyati benihoyadir. Navoiyning shakl va mazmun


background image



36

mutanosibligida yaratilgan betakror lirik merosi, badiiyati haqida Yoqubjon Is’hoqov:

Navoiyning

u yoki bu san’atga munosabati uning asosiy estetik prinsiplari bilan to‘la mutanosiblikka ega: har

bir she’riy usul muayyan bir maqsad asosida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq fikr va g‘oyaning yorqin

badiiy ifodasi uchun xizmat qilishi lozim mazmunning (yoki “ma’no” ning) yorqin ifodasi uchun

mone’lik qiladigan har qanday san’at yoki usul haqiqiy ijodkor nazdida qimmatga ega emas”

deydi.

Navoiy o‘z lirikasida betakror she’riy san’atlardan unumli foydalanib, badiiy salohiyati,

mantiqiy tafakkur olamining cheksizligini dalillagan bo‘lsa, go‘zal badiiyati, chuqur va boy, teran

mushohadasi bilan she’riyat ahlining qalbini o‘ziga rom etgan. “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi

g‘azallarda ham she’riy san’atlarning beqiyos turlaridan samarali va mohirona foydalangan.

Irsoli masal she’riy san’ati baytlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini

ta’minlashga xizmat qiladi. Irsoli masal oshiq sharhi holining ifodasida poetik mazmun kasb etadi

Ilmi badi’ga. doir deyarli barcha manbalarda ushbu san’at haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Adabiyotshunos olim Atoulloh Husayniyning “Badoyi’ us-sanoyi’” asaridagi irsoli masal san’at

haqida keltirilgan ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra ushbu san’atning ikki usul bilan hosil bo‘ladi:

“Birinchi va afzali uldurkim, masalning so‘z va tartibini o‘zgartirmay bergaylar. Ikkinchi yo‘li

uldurkim, masalda o‘zgarish yuz berur”. Bunda muallif irsoli masal san’atining birinchi turida

she’r tarkibida keltiriladigan maqol yoki hikmatli so‘zning hech o‘zgarishsiz berilishini, ikkinchi

turida esa matnning mazmuni saqlangan holda she’r talabi bilan maqol yoki hikmatli so‘zning

shakli bir oz o‘zgartirilishi mumkinligini ta’kidlaydi.

“G‘aroyib us-sig‘ar”da Navoiy

irsoli masal

san’atini yuzlab o‘rinlarda o‘ziga xos tarzda

qo‘llaganligi bilan hamda baytlar ravonligi, o‘ynoqi ohangda bitilganligi, xalq maqollari va

iboralaridan foydalanish orqali yetakchi g‘oyani o‘quvchiga teran yetkaza olganligi bilan ham

alohida ajralib turadi. So‘z mahoratidan foydalanib insonning murakkab ruhiy holatlari tasvirini

kishi ko‘z o‘ngida gavdalantirishi o‘ziga xoslik kasb etadi. Navoiy “G‘aroyib us-sig‘ar” devonida

irsoli masal san’atini uch xil holatda qo‘llagan:

1)

bayt tarkibida qo‘llanilayotgan maqol, hikmatli so‘z “

masal

”, “

masalkim

”, “

derlar

jumlalari bilan keltiriladi:

Buki, derlar bordurur devor keynida quloq,

Ul fazo davrida ko‘z yetguncha devor o‘lmag‘ay. (611-g‘azal, 5-bayt)

Devorning ham qulog‘i bor

” maqoli bilan mazmunan mos keladi.

2)

maqol yoki matal yuqoridagi jumlalarsiz aynan keltiriladi:

Muhabbat ko‘yida bukim, gado shahni qilur oshiq,


background image



37

Biaynih bor aningdekkim, gadoni oshiq etkay shah

.

(558-g‘azal 6-bayt)

Ushbu baytda qo‘llanilgan irsoli masal “

Muhabbatda shoh va gado bir

” mazmunidagi xalq

maqoli bilan ma’no jihatdan bir xil. Yoki:

Ishqing o‘tinki, yoshurdum, el aro yoydi raqib,

Kim isitmani nihon tutsa qilur marg ayon.

(

474-g‘azal, 4-bayt) “

Kasalini

yashrsang isitmasi oshkor etar

” xalq maqoliga mazmun jihatdan teng keladi.

3)

maqol yoki matalning mazmuni saqlangan holda, uning shakli bir oz yoki butunlay

o‘zgartiriladi:

Yugurma rizq uchun ne yetsa haqdin anglakim, komil

Ne kelturgil demish, ne g‘aybdin kelganni qaytarmish.. (250-g‘azal, 8-bayt)

Ushbu baytda “

Bandaning ming yugurgani, Ollohning bir buyurgani‘

” maqolining

mazmuni saqlangan holda so‘zning shakli o‘zgargan.

Navoiy yaratgan hikmatli so‘z va iboralar xalq maqollariga aylanib ketgan bo‘lsa, obrazli

badiiy iboralari xalqning ibratli hikmatlariga aylangan va o‘zbek tili frazeologiyasini boyitgan.

Bunday birikma va iboralar orqali u ijtimoiy hayotdagi voqea – hodisalarining xalq donoligiga xos

tipik xususiyatlarni umumlashtirib, qisqa – lo‘nda va mazmunli ifodalash namunalarni ko‘rsatdi

va Navoiy o‘zining g‘azallari orqali o‘zbek adabiy tilining bitmas-tuganmas boyligini ko‘rsatdi,

uning istiqbollarini kelgusi taraqqiyot yo‘llarini belgilab berdi. Navoiy g‘azallarda:

tilimni lol etib,

olur hushingni. jon yetti og‘zimg‘a, mashaqqat chektim, jon taloshur, kulini ko‘kka sovurding,

boshga chiqmoq, toshdek ko‘nglin oning mum qil, yuz qarolig‘, oqardi boshim, ko‘nglum ochilur,

bersa emdi pand, jon berib, iki yuzlik

kabi ko‘plab iboralardan foydalangan.

Quyida “G‘aroyib us-sig‘ar” devonida uchragan iboralar tahlili berilgan:

Bayt

Mazmunan mos ibora

Dahr sho‘xig‘a ko‘ngul gar bermadim, ayb etmangiz

Ko‘ngil bermoq

Hajr o‘tidin sindi ko‘nglum istaman qasring panoh,

Ko‘ngli sinmoq

Soya bir ko‘ngli buzulg‘ang‘a buzug‘ devor bas.

Ko‘ngli buzulmoq

Jon yetib og‘zimg‘a topmon dardi hijrondin xalos

Joni og‘ziga kelmoq

Vasl munglug‘ jonima o‘t soldi to netkay firoq

Joniga o‘t solmoq

Sho‘x chobuklar g‘ubori tavsanig‘a solma ko‘z

Ko‘z solmoq


background image



38

Bag‘rini kuydurgali ohi jigarso‘ze kerak

Bag‘rini kuydirmoq

Chu sursang tiyg‘i zahrolud ko‘nglum ochilur, nevchun

Ko‘ngli ochilmoq

Desang o‘t solmay jahong‘a chiqmag‘il ko‘nglakcha, voy Jahonga o‘t solmoq

Ishq aro ishlar tushar ermish kishining boshig‘a

Boshiga ish tusmoq

Devondagi g‘azallarda o‘ziga xos tarzda xalq maqollari va iboralarning qo‘llaganligi

baytlarning ravonligi, o‘ynoqi ohangda bitilganligi, yetakchi g‘oyani o‘quvchiga teran

yetkazishi bilan ajralib turadi. So‘z mahoratidan foydalanib insonning murakkab ruhiy holatlari

tasvirini kishi ko‘z o‘ngida gavdalantirishi o‘ziga xoslik kasb etadi. Navoiy yaratgan hikmatli

so‘z va iboralar xalq maqollariga aylanib ulgurgan va o‘zbek tili frazeologiyasini

boyitgan.

Navoiy turg‘un birikma va iboralar, hikmatlar orqali xalq donoligiga xos tipik xususiyatlarni

umumlashtirib, qisqa – lo‘nda va mazmunli ifodalaydi, o‘zbek adabiy tilining bitmas-tuganmas

boyligini ko‘rsatdi, uning istiqbollarini kelgusi taraqqiyot yo‘llarini belgilab berdi.

REFERENCES

1.

Husan Maqsud. Oshiq sharhi holi ifodasida badiiy san’atlarning o‘rni. Maqola. 2015. – B.

2 .

2.

Boltaboyev H. Sharq mumtoz poetikasi –Toshkent O‘zbekiston 2008. – B. 9.

3.

Isoqov Yo. Navoiy poetikasi. – Toshkent. Fan nashriyoti. 1983.– 112 b.

4.

Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik – Toshkent. Tamaddun.

2018. – 422 b.

5.

Husayniy Atoulloh Badoyi’ us-sanoyi’ XI asr.

6.

Navoiy A. G‘aroyib us-sig‘ar. – Toshkent. Tamaddun. 2011. – 721 b.

7.

Kononov A., Qayumov P., Shukurov Sh., Hayitmetov H., Bektemirov H., Karimov Q.

Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 3-jild – O‘zbekiston. Fan nashriyoti, 1983. –

B. 473.

8.

Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. O‘qituvchi. 1965. – 402 b.

References

Husan Maqsud. Oshiq sharhi holi ifodasida badiiy san’atlarning o‘rni. Maqola. 2015. – B. 2.

Boltaboyev H. Sharq mumtoz poetikasi –Toshkent O‘zbekiston 2008. – B. 9.

Isoqov Yo. Navoiy poetikasi. – Toshkent. Fan nashriyoti. 1983.– 112 b.

Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik – Toshkent. Tamaddun. 2018. – 422 b.

Husayniy Atoulloh Badoyi’ us-sanoyi’ XI asr.

Navoiy A. G‘aroyib us-sig‘ar. – Toshkent. Tamaddun. 2011. – 721 b.

Kononov A., Qayumov P., Shukurov Sh., Hayitmetov H., Bektemirov H., Karimov Q. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 3-jild – O‘zbekiston. Fan nashriyoti, 1983. –B. 473.

Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. O‘qituvchi. 1965. – 402 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов