PRODUCTION OF COMPETITIVE GOODS AND THEIR CERTIFICATION BY INTRODUCING A QUALITY MANAGEMENT SYSTEM IN FOOD ENTERPRISES

HAC
Google Scholar
To share
Jo’rayev, F. ., & Hamroqulov, M. (2023). PRODUCTION OF COMPETITIVE GOODS AND THEIR CERTIFICATION BY INTRODUCING A QUALITY MANAGEMENT SYSTEM IN FOOD ENTERPRISES. Modern Science and Research, 2(10), 9–11. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24497
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, the research work on the production of competitive goods and their certification through the introduction of a quality management system in food enterprises, as well as the status of the implementation of quality management in Uzbekistan, the identification and assessment of factors affecting the competitiveness of industrial products, the creation of healthy competition in the market by improving the quality management system conclusions, scientific proposals and practical recommendations are presented.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

9

OZIQ-OVQAT KORXONALARIDA SIFAT BOSHQARUV TIZIMINI JORIY

QILISH ORQALI RAQOBATBARDOSH TOVAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARNI

SERTIFIKATLASHTIRISH

Jo'rayev Firdavs Muhiddin o'g'li

TKTI 1-bosqich tayanch doktoranti

Hamroqulov Mahmud G’ofurjonovich

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sifat menejmenti va mahsulotlar

xavfsizligi kafedrasi dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10004305

Annotasiya.

Maqolada Oziq-ovqat korxonalarida sifat boshqaruv tizimini joriy qilish

orqali raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish va ularni sertifikatlashtirish

bo’yicha tadqiqot

ishlari, shuningdek Oʻzbekistonda sifat menejmentining joriy etilish holati, sanoat maxsulotlari
raqobatbardoshligiga taʻsir qiluvchi omillarni aniqlash va baholash, sifat menejmenti tizimini
takomillashtirish orqali bozorda sogʻlom raqobatni yuzaga keltirishga doir xulosalar, ilmiy taklif
va amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

sifat menejmenti, sifat menejmenti tizimi, sifat menejmenti tamoyillari, ISO

standartlari, umumiy sifat menejmenti.

PRODUCTION OF COMPETITIVE GOODS AND THEIR CERTIFICATION BY

INTRODUCING A QUALITY MANAGEMENT SYSTEM IN FOOD ENTERPRISES

Abstract.

In the article, the research work on the production of competitive goods and their

certification through the introduction of a quality management system in food enterprises, as well
as the status of the implementation of quality management in Uzbekistan, the identification and
assessment of factors affecting the competitiveness of industrial products, the creation of healthy
competition in the market by improving the quality management system conclusions, scientific
proposals and practical recommendations are presented.

Key words:

quality management, quality management system, principles of quality

management, ISO standards, general quality management.

ПРОИЗВОДСТВО КОНКУРЕНТОСПОСОБНОЙ ПРОДУКЦИИ И ЕЕ

СЕРТИФИКАЦИЯ ПУТЕМ ВНЕДРЕНИЯ СИСТЕМЫ МЕНЕДЖМЕНТА

КАЧЕСТВА НА ПРЕДПРИЯТИЯХ ПИЩЕВОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ

Аннотация.

В статье проведены исследовательские работы по производству

конкурентоспособной продукции и ее сертификации путем внедрения системы
менеджмента качества на предприятиях пищевой промышленности, а также состояние
внедрения менеджмента качества в Узбекистане, выявление и оценка факторов.
влияющие на конкурентоспособность промышленной продукции, а также на
совершенствование системы управления качеством на рынке.Сделаны выводы, научные
предложения и практические рекомендации по созданию конкуренции.

Ключевые слова:

менеджмент качества, система менеджмента качества,

принципы менеджмента качества, стандарты ISO, общий менеджмент качества.


Jahon iqtisodiyotining globallashuvi isteʻmolchilarning maxsulot va xizmatlarga bo’lgan

talablarini ortib borishiga sabab bo’lmoqda. Shu sababli maxsulot sifatining pastligi sababli uni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

10

bartaraf etishga sarflanadigan katta xarajatlar jahon mamlakatlari iqtisodiyoti uchun jiddiy
muammolarni keltirib chiqarmoqda. Sifat tushunchasini anglab yetish va undan isteʻmolchi yoki
ishlab chiqaruvchi sifatida samarali foydalanish uchun sifatga berilgan taʻriflarni diqqat bilan
oʻrganishni talab qiladi. Chunki, sifatga berilgan ta`riflar turlicha boʻlib, vaqt oʻtishi bilan ular
oʻzgarib borish tendensiyasiga ega. Sifat tushunchasi birinchi marotaba eramizdan avvalgi III
asrlarda Aristotel tomonidan oʻrganilgan [1]. Ayniqsa, sifatga boʻlgan isteʻmolchilarning
dunyoqarashi maxsulotlar takomillashib borgan sari oʻzgarishda davom etmoqda. Hozirga vaqtga
qadar, maxsulot sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish masalalari yuzasidan koʻplab xorijlik
olimlar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan. Shu jumladan, V.I.Siskov oʻz tadqiqotlarida
quyidagicha taʻrif beradi “sifat- ishlab chiqarish va iste`molning sifat bilan bogʻliq tomonlarini
hisobga oladi va shunday taʻkidlaydi: “Muammoning ikki tomonini bir-biridan farklash lozim:
maxsulot xususiyatlarining bir guruhi uning texnik shartlar talablariga muvofiq ishlab chiqarilish
jarayonida shakllanadi. Bu maxsulotning ishlab chiqarish sifati. Ikkinchi guruh xususiyatlar esa
maxsulot isteʻmoli jarayonida namoyon boʻladi. Bu maxsulotning isteʻmollilik sifati hisoblanadi”
[2]. Hozirgi vaqtda maxsulotlar sifatini yaxshilash strategik muammo boʻlib, mamlakatimiz
iqtisodiyotining stabillashuvi bu muammolarning hal etilishiga bogʻliqdir. Sifatni yaxshilash
jarayoni maxsulotni sotish yoki maxsulot ishlab chiqarishda faqatgina koʻproq foyda olish
uchungina emas, balki jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun ham zarurdir. ISO standartlari
turkumining universalligi shundaki, ularda maxsulotning har bir turiga boʻlgan mutloq oʻlchovli
mezonlar qoʻyilmaydi. ISO 9000 standartlari turkumi faqat sifat tizimining ishlashi
metodologiyasini aniqlab beradi, tizim esa oʻz navbatida korxona tomonidan koʻrsatilayotgan
maxsulotning yuqori sifatini, boshqacha qilib aytganda – isteʻmolchilarning talabini yuqori
darajada qanoatlantirishini taʻminlaydi [4]. Standartlar toʻplami 4 ta asosiy standartdan iborat:

1. ISO 9000:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lugʻat” – sifat

menejmenti tizimlarining asosiy qoidalari va sifat menejmenti tizimi atamalarini izohlaydi.

2. ISO 9001:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” – sifat tizimlari uchun minimal

zarur boʻlgan talablar majmuini joriy qilib, sertifikatlash va audit maqsadlarida qoʻllaniladi.

3. ISO 9004:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar”

- korxonalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan sifat menejmenti tizimlarini yaratish
boʻyicha uslubiy koʻrsatmalardan iborat.

4. ISO 19011 “Sifat menejmenti tizimini tekshirish va atrof-muhitni himoyalash boʻyicha

yoʻriqnomalar”[4]. Tuzilishi va mazmuni boʻyicha oʻzaro toʻliq uygʻunlashtirilgan ISO 9001 va
ISO 9004 standartlari asosiy hisoblanib, ular ham birga, ham alohida qoʻllanishi mumkin. Bundan
tashqari, qoʻshimcha 10000 seriyali ISO yordamchi standartlari guruhi ham mavjud boʻlib, bularga
Sifat menejment tizimiga taalluqli hujjatlarni ishlab chiqish, sifatning iqtisodiy masalalari,
xodimlarni oʻqitish, statistik usullarni qoʻllash va hakozalar boʻyicha turli qoʻllanmalar kiradi[8].
Oʻzbekiston Respublikasida sifat menejment tizimlarini joriy etish sohasida amalga oshirilgan
ishlar tahlil qilinganda 2022-yilda 645 ta korxonada 1065 ta sifat menejment tizimlari boʻyicha
sertifikatlar rasmiylashtirilgan boʻlib, sifat menejment tizimlari boʻyicha sertifikatlashtirish 16 ta
akkreditlangan organlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yengil sanoat
maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi 72 ta korxonaga Oeko Tex, 6 ta korxonaga Sedex, 2 ta
korxonaga BCSI xalqaro standart talablari asosida maxsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

11

Bugungi kunda aholining talab va ehtiyojlariniig keskin oʻsib borishi, shuningdek, jahon

bozorida global raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan
maxsulotlarning sifatini oshirish orqali ularning ichki va tashki bozorlardagi raqobatbardoshligini
taʻminlash muxim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni
eksport qilish va xorijiy bozorlarda yuqori mavqega ega bulishda sifat menejmenti va
standartlashtirish masalalarini sohaning rivojlangan davlatlarning tizimiga moslashtirishga
undamoqda. Xalqapo standartlarga javob beradigan sifat tizimini joriy etish “sifat-narx” nisbatida
jiddiy ijobiy natijalarga olib keladi, shuningdek, biznes jarayonlarni optimallashtirish, boshqaruv
tizimini xavfsizligi va ishonchliligini taʻminlash orqali xavfsiz mexnat sharoitlarini yaratish lozim.

Oziq-ovqat korxonalarida sifat boshqaruv tizimini joriy qilish orqali raqobatbardosh tovar

ishlab chiqarish va ularni sertifikatlashtirish, quyidagi qadamlarni amalga oshirish talab qilinadi:

1. Standartlarni qo’yish: Oziq-ovqat korxonalarining raqobatbardosh tovarlarni ishlab

chiqaradigan jarayonlarda qoidalar va standartlar qo‘yishlari talab qilinadi. Bu standartlar,
tovarlarni sifatli va to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rnatilgan ekanligini ta'minlashga yordam beradi.

2. Tovar namunalari uchun imtihonlar: Sifat boshqaruv tizimini joriy qilishga oziq-ovqat

korxonalarida sifat boshqaruv bo‘limi ta’mindor bo‘ladi. Ushbu bo‘limda tovarlarning imtihon
qilinishiga, to‘g‘ri sertifikatlarni olishiga va sifat boshqaruv soholalarini o‘zida jalb qilishga javob
beradigan xodimlar ishlaydi.

3. Sertifikatlashtirish va sifat: Sifat boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonida, tovarlar

sertifikatlandirilishi talab qilinadi. To‘g‘ri sertifikatlarni qabul qilish uchun raqobatbardosh
organlar bilan ishlash, sertifikatlarni olish va ularga bo‘lgan talablarga rioya qilish shart. Sifat
boshqaruv tizimi to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlarning olishi va ularni sifat boshqaruv kaydiga jalb
qilish talab qilinadi.

4. Sifat boshqaruvning takomillashtirilishi: Sifat boshqaruvning takomillashtirish uchun

tadbir va tilovalarni amalga oshirish talab qilinadi. Bu tadbirlar kafolatlangan tovarlarni ishlab
chiqarish jarayonida qiyinchiliklarni identifikatsiya qilish, ustama xatolarni kamaytirish va
sifatlantirish bilan bog'liq bo‘lish shart. Sifat boshqaruv tizimini joriy qilishning foydasi, oziq-
ovqat korxonalarida tovarlarining sifatlilik va tovarlarining raqobatbardoshligini ta'minlashda
o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lishdir. Bu tizimlar sifat boshqaruvini avtomatlashtiradi va
sertifikatlandirish jarayonlarini yengillik bilan amalga oshiradi, shuningdek, to‘g‘ri sertifikatlarni
qabul qilish va xodimlarning sifat boshqaruv qo‘llab-quvvatlashiga yo‘naltirilgan ishlarini
osonlashtiradi.

REFERENCES

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy

Majlisga

Murojaatnomasi. «Xalq soʻzi» gazetasi, 2018 yil 29 dekabr № 271-272 (7229-7230) soni.

2.

Азгалдов, Г. Г. (1969). Проблемы измерения и оценки качества продукции.

3.

Рахимова, Д. Н., & Касимова, Н. (2016). Принципы управления персоналом в Японии.
Потенциал современной науки, (4), 111-117.

4.

Saidmuradova, T. S. (2021). Yengil sanoat mahsuloti raqobatbardoshligini oshirishda sifat
menejmenti mexanizmini rivojlantirish yo’llari. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 1(5), 87-93.

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. «Xalq soʻzi» gazetasi, 2018 yil 29 dekabr № 271-272 (7229-7230) soni.

Азгалдов, Г. Г. (1969). Проблемы измерения и оценки качества продукции.

Рахимова, Д. Н., & Касимова, Н. (2016). Принципы управления персоналом в Японии. Потенциал современной науки, (4), 111-117.

Saidmuradova, T. S. (2021). Yengil sanoat mahsuloti raqobatbardoshligini oshirishda sifat menejmenti mexanizmini rivojlantirish yo’llari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 87-93.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов