ROLE OF HUSBAND AND WIFE IN THE FAMILY AND CAUSES OF DIVORCE

HAC
Google Scholar
To share
Ro‘zigul, B. (2023). ROLE OF HUSBAND AND WIFE IN THE FAMILY AND CAUSES OF DIVORCE. Modern Science and Research, 2(10), 127–130. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24533
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about husband and wife relations and duties in the family. Various disagreements in the family and their prevention are discussed.


background image



127

OILADA ER-XOTINNING O‘RNI VA AJRIM SABABLARI

Bozorova Ro‘zigul

TerDU Ijtimoiy fanlar fakulteti

Amaliy psixologiya yo‘nalishi

2-bosqich talabasi +998-99-704-96-15

https://doi.org/10.5281/zenodo.10021357

Annotatsiya.

Ushbu maqolada oiladagi er va xotin munosabatlari, vazifalari haqida so‘z

boradi. Oiladagi har xil kelishmovchiliklar va ularning oldini olish bo‘yicha fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Reproduktiv, kommunikativ, regulyativ, rekreativ, konstruktiv, desruktiv,

jamiyat, oila, inson.

РОЛЬ МУЖА И ЖЕНЫ В СЕМЬЕ И ПРИЧИНЫ РАЗВОДА

Аннотация.

В данной статье говорится об отношениях мужа и жены и

обязанностях в семье. Обсуждаются различные разногласия в семье и их профилактика.

Ключевые

слова:

Репродуктивный,

коммуникативный,

регулятивный,

рекреационный, конструктивный, деструктивный, общество, семья, человек.

ROLE OF HUSBAND AND WIFE IN THE FAMILY AND CAUSES OF

DIVORCE

Abstract.

This article talks about husband and wife relations and duties in the family.

Various disagreements in the family and their prevention are discussed.

Key words:

Reproduktive, kommunikative, regulatory, recreational, constructive,

desruktive, society, family, human.

Hozirgi kunga kelib inson taraqqiyotida oilaning turli vazifa ko‘rinishlari mavjud.

Jumladan: Iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv)

kabilar. Shuni unutmaslik kerakki, oila bu jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Bunda

yuqorida keltirilib oʻtilgan funksiyalarning bo‘lishi va ularning maromida kechishi uchun oilaning

ustuni hisoblangan er-xotin munosabati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Oila quradigan ikkala yosh

ya'ni yigit va qiz bir-birlari uchun qandaydir maʼnoda maqul bo‘lishi shart.

Baʼzi hollarda esa, kimdir tomonidan majburlab, qistov ostida ham oila qurishlarini

kuzatishimiz mumkin. Hozirda shu holatga ham duch kelyapmizki, ikki tomon bir-birdan manfaat

kutgan holda ham oila qurishmoqda. Ming afsuslar bo‘lsinki, bularning bari achchiq haqiqat. Agar

turmush o‘rtog‘i moddiy tomondan qiynalib qolsa, u oilasini tashlab ketmaydi deb hech kim ayta


background image



128

olmaydi. Shuningdek, tazyiq ostida majburan turmush qurgan oilalarning ham koʻpchiligida

ajrimlar kuzatilyapti.

Xatto, bunday ko‘rsatkich sevib oila qurganlarda ham uchrayotgani sir emas, albatta.

Ularning barchasiga sabab er-xotinning bir-birini tushuna olmasliklari, bir-birini eshita

olmasliklari hamda mavjud bo‘lmagan muhabbatlarini sabab qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Oila

muammosi davlatning eng asosiy, eng ogʻriqli muammolaridan hisoblanadi, chunki davlatning

tayanchi xalq, u esa oiladan iboratdir.

Psixologlar va sotsiologlarning fikricha, dastlab qurilganiga o‘n yildan oshmagan oila

yosh oila hisoblanadi. yosh oilalik davrda oilaning ilk fundamenti quriladi. Aynan, mana shu

davrda turli bosqichlar kuzatiladi. Bosqichlarning eng muhimlaridan biri-bu psixologik bosqich

hisoblanadi. chunki, shu davrdan boshlab er va xotinda oila haqidagi boshlang‘ich tasavvurlar

shakllana boshlaydi, farzandlar dunyoga keladi. Ularni tarbiyalab voyaga yetkazish bilan bog‘liq

bo‘lgan holatlar yuz beradi. Yana shuni ham alohida taʼkidlash kerakki, oila qurilgandan keyin

emas, balki undan oldin har xil bo‘lishi mumkin boʻlgan munosabatlar, muammolar, ularga qanday

yechim topish mumkinligi haqida oilaga tayyorlash markazlarida oʻrgatilishi lozim.

Bu borada ham keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda, albatta. Lekin buni yetarli deb

boʻlmaydi. Oilaga tayyorlash markazlarini kuzatadigan boʻlsak, ularda to‘qson foizdan ortigʻini

qiz bolalar tashkil etadi. Xo‘sh, oilaga tayyor bo‘lish faqat qiz bolalar uchun muhim, yigitlar uchun

unchalik ahamiyatli emasmi? Zinhor, bunday deb bo‘lmaydi. To‘gri, ayollar koʻpincha uyda bola

tarbiyasida bo‘lishadi, o‘z navbatida pishir-kuydir, supir-sidir kabilarni bajarishadi. Biroq yigitlar

ham oila haqida muhim tushunchalarga huddi ayollar singari ega bo‘lishlari lozim.

Zero, oilaning ustuni erkak kishi hisoblanadi. Oilaning mustahkam bo‘lishi, totuvligi,

birdamligi, yaxshi yashashi ham koʻp jihatdan yigit kishiga bog‘liq hisoblanadi. Xalqimizda bir

gap bor: Nonsiz uy bo‘lishi mumkin, biroq nizosiz uy yo‘q. Bu bor gap albatta, bu nizolarning

kelib chiqishiga turlicha sabablar boʻlishi mumkin. Insonning har biri alohida olam, alohida yaxlit

tushuncha

hisoblanadi.

Shaxs

individualligi

takrorlanmas,

shunday

ekan,

oiladagi

kelishmovchiliklarga bir soʻz bilan taʼrif berib bo‘lmaydi. Ularni faqat onggi bog‘lab turar ekan,

ongli ravishda o‘z muammolariga oʻzlari oqilona yechim izlab topishlari kerak. To‘gri baʼzi

hollarda, ayniqsa, endi maktabni bitirar-bitirmas oila qurib hayot qiyinchiliklari va kamchiliklari

oldida dovdirab qolgan yoshlar ham yo‘q emas.

Bilamizki, bunday hollarda ular oʻzlari bu qiyinchilikni yenga olmasdan qiynalib xattoki

stresga ham tushib qolishadi. Mana shunday holatlar kuzatilmasligi uchun erta turmush qurishning

oldini olish lozim. Erta xomiladorlik, muddatidan oldin tug‘ruqlar ham uchramoqdaki, bunday


background image



129

salbiy holatlarning oldini olish uchun ham ota-ona har bir vaziyatni to‘g‘ri baholay olishi kerak

bo‘ladi. Negaki, oiladagi tarbiya asosida butun bir shaxs shakllanib boradi. Oiladagi nizolarning

asosiy ko‘rinishlari quyidagilardan iborat: Er-xotin oʻrtasidagi nizolar, qaynona-kelin oʻrtasidagi

nizolar, qaynona kuyov oʻrtasidagi nizolar, ovsinlar oʻrtasidagi nizolar, ota-ona va farzandlar

oʻrtasidagi nizolar, aka-uka oʻrtasidagi nizolar. Bu ro‘yxatni

koʻplab davom ettirish mumkin.

Er-xotin oʻrtasidagi nizolar asosiy nizolardan hisoblanadi. O‘z navbatida muvaffaqiyatli

va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar bilan tanishib chiqamiz. muvaffaqiyatli oilalarda

biriktiruvchi muvaffaqiyatsiz oilalarda ajratuvchi nizolar bo‘ladi.

Nizolarning ilmiy ko‘rinishi konstruktiv-biriktiruvchi, desruktiv-ajratuvchi nizolar

hisoblanadi. Bu nizolar esa, ayni paytda, yuzaga kelishi, yuzaga chiqishi, ishtirokchilari,

maqsadlari, sabablari va oqibatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Konstruktiv nizolarning kelib

chiqishi va uning bartaraf etilishi, asosan, er-xotinning va farzandlarning manfaatlariga qaratilgan

bo‘ladi.

Ya’ni, bunda qanday muammoli holatlar bo‘lmasin, undagi asosiy g‘oya oilaning tarqalib

ketishining oldini oladi. Qay yo‘l bilan bo‘lmasin uni saqlab qoladi. Desruktiv nizolarda esa,

undagi voqealar rivoji oilaning ajralishiga qaratilgan bo‘ladi. Bunda esa har qanday yo‘l bilan,

xattoki tinchlik yo‘li bilan bo‘lsa ham oilani ajratish asosiy maqsad hisoblanadi. Bu ikki nizolar

bir-biridan tubdan farq qilgan holda namoyon bo‘lib boradi.

Inson hayotida tarbiyaning oʻrni beqiyos ekan, undagi odob - axloq meʼyorlari ham

birmuncha o‘z koʻrinishini yoʻqotmasligi lozim. Dunyodagi jamiki millat - elat borki ularda oila

va tarbiya masalasi eng muhim hisoblanib kelinadi.

Xuddi shuningdek, oiladagi er-xotin munosabatlarida ham tarbiyaga ahamiyatning qay

darajada ekanligi namoyon bo‘ladi. Bu munosabatlarning oʻzi bilan cheklanib qolmasdan, balki

oiladagi boshqa bir aʼzolarning ham o ‘rinini tog‘ri anglay olishlari ham muhim sanaladi.

Qadimgi anʼana va qadriyatlar asosida ham oilaning naqadar muqaddas tushuncha ekanligi

alohida ta'kidlab o‘tilgan. Ming yillik an'ana bo‘lib kelayotgan ko‘plab qadriyatlarimizda

xalqimizning mehmondo‘stlagi, oilaparvarligi, bolajonligi kabi takrorlanmas hislatlari yotadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, har bir oiladagi munosabatlarga ehtiyotkorlik bilan

yondoshmoq lozim. Agarda oilaning har bir a’zosi o‘z vazifasini to‘g‘ri olib boradigan bo‘lsa, bu

oiladagi har bir muammo o‘z-o‘zidan yechimini topib ketaveradi. Arzimagan kelishmovchiliklar

tufayli begunoh farzandlarining kelajagiga befarq holda ajralishlar ham kamaygan bo‘ladi.


background image



130

REFERENCES

1.

Fazliddin Ikroruddin - Nikoh va oila risolasi, Toshkent 2004

2.

Abdurauf Fitrat – Oila, Toshkent 2000

3.

The Role of Parental Psychology in the Formation of a Particular Religious Beliefs

in a child. Sh.Xudoyqulova, M. Saydaliyeva – Eurasian Scientific Herald, 2023

4.

X.G. Sharafiddinova – Umumiy psixologiya, Toshkent 2022

5.

E.E.G‘oziyev – Umumiy psixologiya, Toshkent 2002

6.

Абдуллаева,

З.

И.

(2021).

ИЗУЧЕНИЕ

КОММУНИКАТИВНО-

ОРГАНИЗАЦИОННЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ. Вестник

науки и образования, (8-2 (111)), 90-94.

7.

Каракулович Ю. А., Исмоиловна А. З. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ

ИССЛЕДОВАНИЕ

ЭМОЦИЙ

И

ЭМОЦИЙ

В

МИРОВОЙ

ПСИХОЛОГИИ. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(10),

419-421.

8.

Исмоиловна А. З., Нарзуллаевна К. Г. (2022). В процессе формирования

личности,

преодоления

эмоционального

состояния

в

семейном

окружении. Евразийский журнал гуманитарных и социальных наук, 6, 31-33.

9.

Ismoilovna, A. Z. (2021). Methodology of organizational capacity development in

gifted children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research

Journal, 11(10), 1957-1961.

10.

Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and shaping

their abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research

Journal, 12(6), 308-311.

11.

Ismoilovna, A. Z. (2023, February). MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLLARDA BILISH JARAYONLARINING RIVOJLANISHI. In Proceedings of

International Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 2, No. 2,

pp. 204-210).

12.

Ismoilovna, A. Z. (2023). OSMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR. "

GERMANY" MODERN SCIENTIFIC RESEARCH: ACHIEVEMENTS,

INNOVATIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS, 9(1).

References

Fazliddin Ikroruddin - Nikoh va oila risolasi, Toshkent 2004

Abdurauf Fitrat – Oila, Toshkent 2000

The Role of Parental Psychology in the Formation of a Particular Religious Beliefs in a child. Sh.Xudoyqulova, M. Saydaliyeva – Eurasian Scientific Herald, 2023

X.G. Sharafiddinova – Umumiy psixologiya, Toshkent 2022

E.E.G‘oziyev – Umumiy psixologiya, Toshkent 2002

Абдуллаева, З. И. (2021). ИЗУЧЕНИЕ КОММУНИКАТИВНО-ОРГАНИЗАЦИОННЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ. Вестник науки и образования, (8-2 (111)), 90-94.

Каракулович Ю. А., Исмоиловна А. З. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЭМОЦИЙ И ЭМОЦИЙ В МИРОВОЙ ПСИХОЛОГИИ. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(10), 419-421.

Исмоиловна А. З., Нарзуллаевна К. Г. (2022). В процессе формирования личности, преодоления эмоционального состояния в семейном окружении. Евразийский журнал гуманитарных и социальных наук, 6, 31-33.

Ismoilovna, A. Z. (2021). Methodology of organizational capacity development in gifted children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1957-1961.

Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and shaping their abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 308-311.

Ismoilovna, A. Z. (2023, February). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLLARDA BILISH JARAYONLARINING RIVOJLANISHI. In Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 2, No. 2, pp. 204-210).

Ismoilovna, A. Z. (2023). OSMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR. " GERMANY" MODERN SCIENTIFIC RESEARCH: ACHIEVEMENTS, INNOVATIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS, 9(1).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов