THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE ORGANIZATION AND CAPACITY BUILDING OF EXECUTIVE EMPLOYEE LABOR IN PUBLIC ADMINISTRATION BODIES.

HAC
Google Scholar
To share
Ikromov, E. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE ORGANIZATION AND CAPACITY BUILDING OF EXECUTIVE EMPLOYEE LABOR IN PUBLIC ADMINISTRATION BODIES. Modern Science and Research, 3(1), 939–946. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28558
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, human activities are varied and focused in different directions. Leaders need to be well aware that if the problems of the future of production are not given timely importance, then at the moment it will not be possible to achieve good economic indicators in workshops, plots. Therefore, in production, the master, the head of the workshop and other leaders must look for problems in perspective, advanced methods of Labor, develop inventive work and introduce them, know well how to raise the skills of workers, the level of knowledge and carry it out.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

939

DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARIDA RAHBAR XODIMLAR MEHNATINI

TASHKIL ETISH VA SALOHIYATINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.

Ikromov Elyor Ibodulloyevich

Osiyo xalqaro universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10573228

Annotatsiya. Ushbu maqolada Inson faoliyati turlicha bo’lib, turli xil yo’nalishga

qaratilgan. Rahbarlar shuni yaxshi bilishi zarurki, agar ishlab chiqarishning kelajak
muammolariga o‘z vaqtida ahamiyat berilmasa, unda hozirgi vaqtda sexlarda, uchastkalarda
yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish mumkin bo‘lmaydi. SHuning uchun ishlab chiqarishda
usta, sex boshlig‘i va boshqa rahbarlar istiqboldagi muammolarni, ilg‘or mehnat usullarini
qidirib topishi, ixtirochilik ishlarini ishlab chiqishi va ularni joriy qilishi, ishchilar malakasini,
bilim saviyasini ko‘tarishni yaxshi bilishi va uni amalga oshirishi kerak.

Kalit so’zlar: Rahbar, kichik biznes, Boshqaruv xodimlari, byudjet, kichik va o’rta

tadbirkorlikda boshqaruv xodimlari.

THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE ORGANIZATION AND

CAPACITY BUILDING OF EXECUTIVE EMPLOYEE LABOR IN PUBLIC

ADMINISTRATION BODIES.

Abstract. In this article, human activities are varied and focused in different directions.

Leaders need to be well aware that if the problems of the future of production are not given timely
importance, then at the moment it will not be possible to achieve good economic indicators in
workshops, plots. Therefore, in production, the master, the head of the workshop and other leaders
must look for problems in perspective, advanced methods of Labor, develop inventive work and
introduce them, know well how to raise the skills of workers, the level of knowledge and carry it
out.

Keywords: Leader, Small Business, Management staff, management staff in Budget, small

and medium-sized enterprises.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ И ПОВЫШЕНИЯ

ПОТЕНЦИАЛА ТРУДА РУКОВОДЯЩИХ РАБОТНИКОВ В ОРГАНАХ

ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ.

Аннотация. В этой статье Деятельность человека разнообразна и направлена в

разные стороны. Руководителям необходимо хорошо знать, что если вовремя не придать
значения будущим проблемам производства, то в настоящее время не удастся добиться
хороших экономических показателей в цехах, на участках. Поэтому на производстве
мастер, начальник цеха и другие руководители должны уметь решать задачи на
перспективу, искать передовые методы труда, разрабатывать и внедрять
изобретательские работы, хорошо знать повышение квалификации, уровня знаний
рабочих и реализовывать его.

Ключевые слова: руководитель, малый бизнес, управленческий персонал, бюджет,

управленческий персонал в малом и среднем бизнесе.


Boshqaruv mehnati ijtimoiy mehnat turi bo‘lib, uning asosiy vazifasi ijtimoiy mehnat

jarayonida ayrim ishtirokchilarning va mehnat jamoalarining oldiga kuyilgan topshiriqlarni,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

940

rejalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun ularning faoliyatini maqsad sari yo‘naltirish va bir-biriga
muvofiqlashtirishni ta’minlashdir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 4- oktyabrdagi

«Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini yanada
takomillashtirish to‘g‘risida» 795-son qarori qabul qilingan bo‘lib, unga asosan
«Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatori» ishlab chiqilgan.

Klassifikatorda keltirilishicha, “Boshqaruv xodimlari - boshqaruv funksiyalarini amalga

oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi,
tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi, zarur
qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar tayyorlovchi xodimlar. Boshqaruv xodimlari
tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar va vazifalarga erishishi uchun zarur tashkiliy-texnik
shartlarni, yuklangan funksiyalar va ishlab chiqarish dasturlari bajarilishini ta’minlaydilar.
Boshqaruv xodimlari rahbarlarga va boshqaruv xodimlari mutaxassislariga bo‘linadi”.

Keltirilgan ta’rifdan kelib chiqib, shuni ta’kidlash mumkinki, boshqaruv mehnatining

bevosita predmeti boshqariladigan obyektni hozirgi paytdagi holatini tavsiflovchi ma’lumotdir.
Mehnat natijalari esa shu obyektning oldiga kuygan maqsadni bajarish uchun uning holatini
o‘zgartirishga mos keladigan yechimlar, ishlar, harakatlardir.

Boshqaruv mehnatining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu mehnat bilan

shug‘ullanadigan xodimlarning o‘zlari moddiy boylikni yaratmaydilar, lekin ular moddiy va
ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishda u yoki bu ishlarni bajaruvchi ishchilarning qobiliyatini,
hulk-atvorini, harakatini boshqarib turadilar.

Moddiy ishlab chiqarish sohasida boshqaruv mehnati muxandislik mehnati bilan uzviy

bog‘likdir. Boshqaruv vazifasini bajarishda rahbar bilan birgalikda mutaxassislar, texnik
ijrochilar ishtirok etadi. Har qaysi boshqaruv vazifasini bajaradigan xodim tashkilotning barcha
jamoalari faoliyati natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Tashkilot, bo‘lim rahbarlari mutaxassislarni, xodimlarni tanlaydi va ularni joy-joyiga

qo‘yadi. Ijrochilarni, ishlab chiqarish bo‘limlarining ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi va
xodimlar mehnatining samaradorligini ta’minlaydi.

Mutaxassislar jumlasiga muxandislar, texniklar, iqtisodchilar va boshqalar kiradi. Ular

yangi va takomillashtirilgan texnologik jarayonlarni, texnik va iqtisodiy me’yorlarni,
shuningdek, ishlab chiqarishda zamonaviy mehnat va boshqaruv shakllari, usullarini ishlab
chiqadi hamda ularni ishlab chiqarishga joriy etadi. Butun tashkilotning ish faoliyati ularning
ishiga bog‘liq bo‘ladi.

Texnik ishlarni bajaruvchilar-hisobchilar, kotiblar, kompyuterlarda ishlaydigan

operatorlar va boshqalar. Ular boshqaruv vazifasini bajarish uchun dastlabki axborotni yig‘ish,
ularni uzatish, qayta ishlash, har xil xujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish ishlarini amalga
oshiradi.

Boshqaruv mehnatining moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ta’rifi xodimlarlar mehnati

kabi unumli mehnat bo‘lib, bu ish bilan band bo‘lgan xodimlarga, mehnat jamoasining bir qismi
deb qaraladi. Shuning uchun boshqaruv mehnati natijalari ishlab chiqilgan va ijro etilgan
qarorlar yoki xujjatlar soni bilan emas, balki uning tashkilot yoki bo‘linmaning barcha jamoalari
faoliyatiga ko‘rsatgan ta’siri bilan baholanadi. Qarorlarni qabul qilish va ularni amalga oshirish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

941

jarayonida boshqaruv apparati turli ishlab chiqarish bo‘g‘inlarining kuch- g‘ayratlarini
birlashtiradi.

Har qanday hollarda ham boshqaruv mehnati barcha zarur boshqaruv vazifalarining eng

kam harajat hamda vaqt sarf qilgan holda sifatli bajarilishini ta’minlashi kerak.

Rahbar faoliyatining harakteri turli-tumandir. Rahbar tashkilotchi, ma’mur, mutaxassis-

tarbiyachi, jamoat arbobi rolida ish olib boradi. Tashkilotchi sifatida ish olib borganda u
boshqaruv mehnatining ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish bo‘yicha ega bo‘lgan bilimlariga
tayanadi va amalda qo‘llaydi. Boshqaruv va ishlab chiqarishni uyushtirish jarayonida ro’yobga
chiqqan masalalar o‘z vaqtida hal etilmasa, u tezda yuqori bo‘g‘in rahbarlarga yoki tashkilot
rahbariga yetib boradi. Shuning uchun rahbar bo‘linmani, jamoani boshqarganda mehnatni
yuqori darajali ilmiy asosda uyushtirishga katta ahamiyat beradi. Chunki o‘z vaqtida xal
qilinmagan har bir muammolar uchun u tashkilot rahbariga javob beradi.

Jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadni bajarish uchun yunaltirilgan tashkilotchilik ishini

rahbar o‘zining ijodiy ishi, ya’ni maqsadga muvofiq qarorlarni tanlash bilan birga qo‘shib olib
boradi.

Boshqaruvchi sifatida rahbar o‘z ko‘l ostidagilariga huquqiy mezonlarga rioya qilgan

holda ma’muriy usulda ta’sir ko‘rsatishdan foydalanadi. Rahbarning o‘zi mutaxassis bo‘lishi,
o‘z xodimi oldiga faqat vazifalarni yuklash bilan qanoatlanmasdan, balki masalalarning qanday
usulda hal qilish yo‘llarini bilishi zarur.

Rahbar tarbiyachi, ustozsifatida o‘z xodimlarini irodali, kamtar qilib, baynalmilallik,

vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi. Jamoa arbobi sifatida o‘zining ishini kasaba uyushma
qo‘mitasi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda olib boradi, muhim madaniy-tarbiyaviy
va boshqa tadbirlarni ishlab chiqadi, shuningdek, saylov idoralarida katnashadi.

Shunday qilib bir xil faoliyat bilan shug‘ullanadigan, ma’lum mansab vazifasini

bajaradigan rahbarning mehnatini oddiy mutaxassisning mehnati bilan bir xil deb hisoblab
bo‘lmaydi. Chunki rahbar bajaradigan ish serqirra va turli-tumandir.

Rahbarning mehnatini faqat aqliy mehnat desak, u yetarli bo‘lmaydi. Rahbar har xil

ma’muriy-tashqiliy echimlarni qidirish jarayonida muxandis-texnik xodimlar, ixtirochilar bilan
birga ijodiy mehnat bilan ham shug‘ullanadi.

Rahbar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirganda uning pedagoglik faoliyati namoyon

bo‘ladi.

Odatda rahbarlar har xil mehnatni ketma-ket bajarmasdan, balki parallel ravishda

bajaradilar. Bu rahbarning tashkilotchilik, tarbiyaviy va boshqa ishlarini birga olib borganida
ko‘rinib turadi. Rahbar mehnatining mazmunini aniqlash uning har qaysi turdagi faoliyati
mazmunini tahlil qilishdan kelib chiqadi.

Rahbarning ma’muriy-tashqiliy va tarbiyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ishni turt

turga bo‘lish mumkin:

1.

Xizmatchi – bu og‘zaki axborotni qabul qilish va uzatishni bildiradi.

2.

Boshqaruvchi - qarorlarni ijrochilarga yetkazish.

3.

Muvofiklashtiruvchi - boshqaruv obyektining tarkibiy qismlarini bir-biri bilan uzviy

bog‘lash.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

942

4.

Nazorat-baholovchi - qarorlarning ijrosini nazorat qilish jamoa va uning a’zolari ishiga

baho berish, rag‘batlantirish va jazolash.

Boshqaruv obyekti bo‘lgan korxona (sex, uchastka)larning oldiga kuyilgan vazifalarni

o‘z vaqtida bajarilishida eng muhim masalalarni tayyorlashda va ularni zudlik bilan xal etishda,
zarur qarorlarni qabul qilishda rahbarning ijodiy bilimi alohida ahamiyatga egadir.

Bu yechimlar ko’rilayotgan masalalarga, savollarga ko‘ra texnik, tashqiliy-iqtisodiy va

boshqa harakterlarga ega bo‘lishi mumkin.

Masalalarni yechish yo‘lini kidirib topish ikki xil- analitik va konstruktiv jarayonlardan

iborat.

Birinchisi – axborot olish, uni bilish, tushunish, o‘kish, masalan, xujjatlar, adabiyotlar

va u yoki bu obyekt hamda jarayonlar bilan bevosita tanishib chikish.

Ikkinchisi - o‘tkazilgan tahlilga asosan zarur qarorlarni ishlab chiqish va qabul etish.
Rahbar ishining mazmuni, uning ishlab chiqarish jamoasini boshqarishda bajaradigan

vazifasi bilan aniqlanadi.

Rahbar bevosita ishlab chiqarishni tayyorlash va unga xizmat ko‘rsatish, korxonani

yuqori sifatli xom ashyo bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni tezkor boshqarish va uni
muvofiklashtirish, moliyaviy vositalar bilan ta’minlash, jamoaning ijtimoiy rivojlanishini
boshqarish va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarishda ishtirok etadi.

Rahbarning faoliyati – bu rahbarlik vazifasini amalga oshirish asosida ishlab chiqarish

va mehnat jamoalariga maqsadli rahbarlik qilish jarayonidan iborat bo‘lib, davlat mehnat
jamoalarini va ishchi shaxsni yagona maqsadga erishishini ta’minlashdir.

Rahbarlikning umumiy vazifalari – rejalashtirish, uyushtirish, tartibga solish, nazorat va

hisob-kitob qilishdir.

Rejalashtirish. Bu boshqaruv obyektini rivojlantirish uchun uning maqsadini aniqlash va

unga rishish uchun zarur vositalarni hamda rejali ish harakatlarini tuzishdir. U o‘z ichiga
boshqaruv obyektlarining kelajakda rivojlanishini bashorat qilish va uni zamonaviylashtirish
ishlarini oladi.

Uyushtirish. Bu ishlab chiqarish obyekti va boshqaruv tizimini tanlash, ularni tuzish va

tizimning tuzilishi birliklari orasidagi nisbatini va ularning o‘zaro munosabatlarini aniqlashdan
iborat.

Tartibga solish. Bu boshqaruv obyekti ishlash jarayonida reja topshiriklaridan chetga

chikish hollarini bartaraf etish uchun tizimning har xil bug‘inlari orasidagi zarur nisbatni ushlab
turishga karatilgan.

Nazorat - baholovchi ishlab chiqarish jarayonining borishini kuzatish va uning

rivojlanishining ishlab chiqilgan rejaga muvofiqligini tekshirishdan iboratdir.

Hisob-kitob qilish, ya’ni reja ko‘rsatkichlarining bajarilashini tekshirish. Hisob yakuniy

axborotni to‘plashga va uni tahlil qilishga yordam beradi. SHuningdek, u axborot manbaidan
foydalanib, tizimning kelajakdagi harakat dasturini ishlab chikishga imkon yaratadi. Bu
vazifalarning mohiyati va ulardan to‘g‘ri foydalanish mehnat jamoalariga muvaffakiyatli
rahbarlik qilishning garovidir.

Har qanday boshqaruv tizimi korxona, sex, bo‘lim bir-biri bilan uzviy boglangan obyekt

va subyektdan tashkil topgan bo‘ladi. Rahbar — yakka boshchi sifatida subyektni bevosita


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

943

boshqarishda o‘z qo‘l ostidagilar faoliyati uchun yuqori rahbarlar oldida javobgar shaxsdir.

Rahbarning tutgan o‘rni va roli korxonaning boshqaruv tizimidagi vazifasining turiga

bog‘liq bo‘ladi. Bu belgiga ko‘ra rahbarlik muntazam va funksional turlarga bo‘linadi.

Birinchisiga ustalar, katta ustalar, uchastka boshliqlari, sex boshliqlari, ishlab chiqarish

rahbarlari, korxona direktorlari, birlashmalarning bosh direktorlari kiradi.

Ikkinchisiga — funksional tuzilishlarning bo‘limlari va xizmatlari kiradi. Masalan,

iqtisodiy-rejalashtirish bo‘limi, mehnatni, ish haqini tashkil qilish bo‘limi, bosh mexaniqa,
energetika bo‘limi va boshqa bo‘limlar shular jumlasidandir.

Muntazam ishlaydigan rahbarlar vazifasiga korxona yoki uning bo‘linmalari oldiga

kuyilgan topshiriklarni muvaffakiyatli bajarish uchun uning ixtiyoridagi barcha resurslar
majmuasiga har tomonlama muvofiklashtirilgan holda ta’sir etish kiradi. Shuning uchun
muntazam rahbarlikning qarorlari dasturiy xususiyatga ega bo‘lib, funksional rahbarlikdan farqi
shuki, ular qabul qiladigan qarorlar faqat muntazam rahbarlik roziligiga asosan kuchga kiradi.

Rahbarning ishlab chiqarishda egallagan joyi va roli boshqaruv darajasiga bog‘liq.

Rahbarlikning harakteri boshqaruvning turli darajalarida har xildir.

Shunday qilib, korxona, birlashma mikyosida boshkaruv oliy darajali boshqaruv bo‘lib,

korxona, birlashma rejalarini va ishlarini uyushtirish bo‘yicha rahbarlikni amalga oshiradi.

Ishlab chiqarish bo‘limlari va sexlarini boshqarish o‘rtacha darajadagi boshqarishga

kiradi. Bunda korxona direktori tomonidan sexga belgilangan rejalarni, topshiriklarni bajarish
bo‘yicha tezkor rahbarlik ta’minlanadi.

Pastki darajadagi boshqaruvga ishlab chiqarish uchastkalarini boshqarish kiradi. Bunda

ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish bo‘yicha bevosita ishchilarga rahbarlik qilinadi. Demak,
barcha darajalarda ma’lum vazifalar xal qilinadi. Korxona faoliyatiga taalluqli istiqbol qarorlar,
muhim masalalar, muammolar oliy darajadagi rahbarlikda ko‘riladi. Ishlab chiqarishga taalluqli
muayyan muammolar esa pastki va o‘rta darajalarda xal qilinadi.

Rahbar mehnatining mazmuni va harakteri uning ishlab chiqarishda tutgan o‘rni va roli

bilan belgilanadi. Lekin u korxona, sex, uchastkaning boshqaruv tuzilishi bilan uzviy bog‘liq
bo‘ladi. Bunday hol funksional boshqaruv apparati mavjud bo‘lgan korxonalarning direktorlari
va ularning muovinlari, ishlab chiqarish va sex rahbarlariga xosdir.

Boshlang‘ich ishlab chiqarish jamoalari rahbari mehnatining mazmuni uning tutgan

o‘rni va roli, shuningdek rahbarning vazifasi, huquqi, burchi, mas’uliyati bilan anivdanadi.

Boshlangich jamoani boshqarish jarayonida rahbarlar o‘z lavozimlariga mos qonun-

qoida, nizom, yuriqnoma va boshqa xujjatlardan foydalanadilar. Mashinasozlik korxonalarida
boshlang‘ich jamoalarning uchastka va bo‘limlarini usta va katta usta boshqaradi. Koidaga
asosan bularning ishi, vazifasi aniq, bir-biridan chegaralangan bo‘lishi shart. Lekin ba’zi bir
paytlarda ishlab chiqarishda usta va katta ustaning vazifalari aniq chegaralanmaganligi sababli
ma’lum chalkashliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, katta usta, kichik ustaning
ishiga aralashib, bevosita ishchilarga buyruq berishi, bundan ishchilar taajjublanib kimning
topshirig‘ini bajarishni bilmasdan, natijada berilgan topshiriklar o‘z vaqtida bajarilmasligi
mumkin. Bu esa ishlab chikirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ustaning vazifasi o‘z qo‘li ostidagi ishchilarga bevosita topshirik berish va uni vaqtida

bajarilishini talab qilishdan iborat. Katta ustaning vazifasi esa o‘z bo‘limidagi ustalarni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

944

boshqarish va ularning ishini muvofiqlashtirishdir. SHuning uchun har bir rahbar o‘zining
vazifasini to‘liq, chegaradan chiqmasdan, xalol va vijdonan bajarishi shart. SHundagina ishlab
chiqarishda rahbarlar ko‘zlagan maqsadlariga erishishi mumkin.

Ba’zi bir jamoa rahbarlari faqat bugungi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yaxshilash

ustida bosh qotiradilar, lekin ishlab chiqarishning kelajak natijalari ularni qiziqtirmaydi.
Rahbarlar shuni yaxshi bilishi zarurki, agar ishlab chiqarishning kelajak muammolariga o‘z
vaqtida ahamiyat berilmasa, unda hozirgi vaqtda sexlarda, uchastkalarda yaxshi iqtisodiy
ko‘rsatkichlarga erishish mumkin bo‘lmaydi. SHuning uchun ishlab chiqarishda usta, sex
boshlig‘i va boshqa rahbarlar istiqboldagi muammolarni, ilg‘or mehnat usullarini qidirib topishi,
ixtirochilik ishlarini ishlab chiqishi va ularni joriy qilishi, ishchilar malakasini, bilim saviyasini
ko‘tarishni yaxshi bilishi va uni amalga oshirishi kerak. SHuningdek, rahbar xodimlar
o‘zlarining xususiy malakasini oshirib turishi, bozor munosabatlarini yaxshi tushunishi,
iqtisodiy bilim darajasini kutarishi zarur. Faqat shundagina ishlab chiqarish jamoalarini samarali
boshqarish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan deb ishonch xosil qilish mumkin bo‘ladi.

REFERENCES

1.

Shadiyev, A. K. (2023). Stages of Development of The Digital Economy in Uzbekistan
and Future Plans. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(12),
333-340.

2.

Shadiyev, A. (2022). O ‘QUV EKSKURSIYASI-TURIZMNI O ‘QITISHNING
INNOVATSION USULI SIFATIDA. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz),
13(13).

3.

Базарова, М. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). “РАҚАМЛИ
ИҚТИСОДИЁТ” ДА АҲОЛИНИНГ ИШ БИЛАН БАНДЛИГИ ХУСУСИЯТЛАРИ.
САМАРҚАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 482.

4.

Bazarova, M. S. (2022). FACTORS THAT ENSURE THE SUCCESSFUL
IMPLEMENTATION OF A SYSTEM OF KEY PERFORMANCE INDICATORS IN
THE FIELD OF HIGHER EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research
Journal, 10(11), 582-586.

5.

Bahodirovich, K. B. (2023). EVOLUTION OF THE AUDITING PROFESSION IN THE
SMART MACHINE AGE. Gospodarka i Innowacje., 41, 450-454.

6.

Khalilov Bahromjon Bahodirovich. (2023). The International Financial Reporting
Standards (IFRS) Mean to Businesses and Investors in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 42,
746–750.

7.

Raxmonqulova, N. (2023). DEVELOPMENT STRATEGY IN THE DEVELOPMENT OF
THE REGIONAL ECONOMY. Modern Science and Research, 2(12), 301-305.

8.

Abdulloev, A. J., & Rakhmankulova, N. O. THEORETICAL ASPECTS OF THE
INNOVATIVE ENTREPRENEURSHIP CONCEPT.

9.

Sh, Y. D., & Rakhmanqulova, N. O. (2021). XUSUSIY SHERIKCHILIK VA TURIZM
KLASTERI SOHASIDAGI TADBIRKORLIK RIVOJIDA DAVLATNING O’RNI.
BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2),
73-76.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

945

10.

Явмутов, Д. Ш., & Рахманкулова, Н. О. (2021). РОЛЬ ОБРАЗОВАНИЯ В
РАЗВИТИИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2), 23-28.

11.

Рахманкулова, Н. (2023). РОЛЬ ИНВЕСТИЦИЙ В РЕГИОНАЛЬНОМ
ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ. Gospodarka i Innowacje., 36, 168-170.

12.

Sodiqova, N. (2023). A POLITICAL ECONOMY ANALYSIS OF ECONOMIC
SECURITY. Modern Science and Research, 2(12), 559–568.

13.

To’rayevna, S. N. (2023). DEMOKRATIYA VA IQTISODIYOT O'RTASIDAGI
MUNOSABAT" SIYOSIY SHAXS" NAZARIDAN. Gospodarka i Innowacje., 42, 387-
394.

14.

To’rayevna, S. N. (2023). YETAKCHILIK USLUBI SIFATIDA MURABIYOTDAN
FOYDALANISH MENEJERLARNI TAYYORLASH. Gospodarka i Innowacje., 42, 399-
408.

15.

Toshov, M. (2023). FORMATION OF PRINCIPLES HR (HUMAN RESOURCE)
BASED ON KEY INDICATORS (KPI). Modern Science and Research, 2(12), 477–482.

16.

Toshov, M. (2023). CREATIVE ECONOMY: ESSENCE AND STRUCTURE. Modern
Science and Research, 2(12), 499-505.

17.

Toshov, M. (2023). HR BOSHQARMASIDA KPI TIZIMI. Modern Science and Research,
2(12), 470–476.

18.

Очилов, Ш. Б., & Жумаева, З. К. (2017). Основные направления развития инноваций
в республике Узбекистан. Инновационное развитие, (6), 45-47.

19.

Жумаева, З. К., & Тошев, Ф. З. (2017). Пути дальнейшего совершенствования
привлечения прямых иностранных инвестиций в экономику Узбекистана.
Инновационное развитие, (4), 66-68.

20.

Akbarovna, N. N. (2023). BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARINING
IQTISODIYOTDA TURGAN ORNI. Gospodarka i Innowacje., 42, 517-520.

21.

Nargiza , N. . (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY. Modern
Science and Research, 2(12), 889–893.

22.

Ibodulloyevich,

I.

E.

(2023).

DAVLAT

BUDJETI

DAROMADLARINI

TAQSIMLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 41, 321-325.

23.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI
YANADA RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY ISHBILARMONLIK MUHITINI
SHAKLLANTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 42, 481-484.

24.

Ikromov , E. (2023). REGULATION OF BUSINESS ACTIVITY IS SIMPLIFIED.
Modern Science and Research, 2(12), 1107–1111.

25.

Jumayeva, Z. (2023). BASICS OF NATIONAL ECONOMIC DEVELOPMENT. Modern
Science and Research, 2(12), 296–300.

26.

Bustonovna, J. Z. (2023). PECULIARITIES OF THE AGRICULTURAL ECONOMY IN
THE COUNTRIES OF THE EUROPEAN UNION. Finland International Scientific
Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 1256-1260.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

946

27.

Abidovna, A. S. (2023). MONTE CARLO MODELING AND ITS PECULIARITIES IN
THE IMPLEMENTATION OF MARKETING ANALYSIS IN THE ACTIVITIES OF
THE ENTERPRISE. Gospodarka i Innowacje., 42, 375-380.

28.

Abidovna, A. S. (2023). PRIORITY DIRECTIONS OF ANALYSIS OF CHANNELS OF
PROMOTION OF THE MAIN ACTIVITY OF THE ENTERPRISE AND SEPARATE
COMMUNICATION PROGRAMS. Gospodarka i Innowacje., 42, 369-374.

29.

Malikov T.S, Olimjonov O.O Moliya darslik-T "Iqtisod-moliya", 2019 125 b.

30.

Vahobov.A.V, Jo’rayev.A.S. Soliq va soliqqa tortish. Darslik. T.: Iqtisodiyot-Moliya.
2018.-408 b.

31.

E.Gadoev, N.Kuzieva. Jismoniy shaxslani soliqqa tortish. Oliy o’quv yurtlari talabalari
uchun darslik. TDIU, Iqtisodiyot. 2019 y. 430 b

References

Shadiyev, A. K. (2023). Stages of Development of The Digital Economy in Uzbekistan and Future Plans. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(12), 333-340.

Shadiyev, A. (2022). O ‘QUV EKSKURSIYASI-TURIZMNI O ‘QITISHNING INNOVATSION USULI SIFATIDA. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 13(13).

Базарова, М. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). “РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТ” ДА АҲОЛИНИНГ ИШ БИЛАН БАНДЛИГИ ХУСУСИЯТЛАРИ. САМАРҚАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 482.

Bazarova, M. S. (2022). FACTORS THAT ENSURE THE SUCCESSFUL IMPLEMENTATION OF A SYSTEM OF KEY PERFORMANCE INDICATORS IN THE FIELD OF HIGHER EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 582-586.

Bahodirovich, K. B. (2023). EVOLUTION OF THE AUDITING PROFESSION IN THE SMART MACHINE AGE. Gospodarka i Innowacje., 41, 450-454.

Khalilov Bahromjon Bahodirovich. (2023). The International Financial Reporting Standards (IFRS) Mean to Businesses and Investors in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 42, 746–750.

Raxmonqulova, N. (2023). DEVELOPMENT STRATEGY IN THE DEVELOPMENT OF THE REGIONAL ECONOMY. Modern Science and Research, 2(12), 301-305.

Abdulloev, A. J., & Rakhmankulova, N. O. THEORETICAL ASPECTS OF THE INNOVATIVE ENTREPRENEURSHIP CONCEPT.

Sh, Y. D., & Rakhmanqulova, N. O. (2021). XUSUSIY SHERIKCHILIK VA TURIZM KLASTERI SOHASIDAGI TADBIRKORLIK RIVOJIDA DAVLATNING O’RNI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2), 73-76.

Явмутов, Д. Ш., & Рахманкулова, Н. О. (2021). РОЛЬ ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2), 23-28.

Рахманкулова, Н. (2023). РОЛЬ ИНВЕСТИЦИЙ В РЕГИОНАЛЬНОМ ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ. Gospodarka i Innowacje., 36, 168-170.

Sodiqova, N. (2023). A POLITICAL ECONOMY ANALYSIS OF ECONOMIC SECURITY. Modern Science and Research, 2(12), 559–568.

To’rayevna, S. N. (2023). DEMOKRATIYA VA IQTISODIYOT O'RTASIDAGI MUNOSABAT" SIYOSIY SHAXS" NAZARIDAN. Gospodarka i Innowacje., 42, 387-394.

To’rayevna, S. N. (2023). YETAKCHILIK USLUBI SIFATIDA MURABIYOTDAN FOYDALANISH MENEJERLARNI TAYYORLASH. Gospodarka i Innowacje., 42, 399-408.

Toshov, M. (2023). FORMATION OF PRINCIPLES HR (HUMAN RESOURCE) BASED ON KEY INDICATORS (KPI). Modern Science and Research, 2(12), 477–482.

Toshov, M. (2023). CREATIVE ECONOMY: ESSENCE AND STRUCTURE. Modern Science and Research, 2(12), 499-505.

Toshov, M. (2023). HR BOSHQARMASIDA KPI TIZIMI. Modern Science and Research, 2(12), 470–476.

Очилов, Ш. Б., & Жумаева, З. К. (2017). Основные направления развития инноваций в республике Узбекистан. Инновационное развитие, (6), 45-47.

Жумаева, З. К., & Тошев, Ф. З. (2017). Пути дальнейшего совершенствования привлечения прямых иностранных инвестиций в экономику Узбекистана. Инновационное развитие, (4), 66-68.

Akbarovna, N. N. (2023). BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARINING IQTISODIYOTDA TURGAN ORNI. Gospodarka i Innowacje., 42, 517-520.

Nargiza , N. . (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY. Modern Science and Research, 2(12), 889–893.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINI TAQSIMLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 41, 321-325.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY ISHBILARMONLIK MUHITINI SHAKLLANTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 42, 481-484.

Ikromov , E. (2023). REGULATION OF BUSINESS ACTIVITY IS SIMPLIFIED. Modern Science and Research, 2(12), 1107–1111.

Jumayeva, Z. (2023). BASICS OF NATIONAL ECONOMIC DEVELOPMENT. Modern Science and Research, 2(12), 296–300.

Bustonovna, J. Z. (2023). PECULIARITIES OF THE AGRICULTURAL ECONOMY IN THE COUNTRIES OF THE EUROPEAN UNION. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 1256-1260.

Abidovna, A. S. (2023). MONTE CARLO MODELING AND ITS PECULIARITIES IN THE IMPLEMENTATION OF MARKETING ANALYSIS IN THE ACTIVITIES OF THE ENTERPRISE. Gospodarka i Innowacje., 42, 375-380.

Abidovna, A. S. (2023). PRIORITY DIRECTIONS OF ANALYSIS OF CHANNELS OF PROMOTION OF THE MAIN ACTIVITY OF THE ENTERPRISE AND SEPARATE COMMUNICATION PROGRAMS. Gospodarka i Innowacje., 42, 369-374.

Malikov T.S, Olimjonov O.O Moliya darslik-T "Iqtisod-moliya", 2019 125 b.

Vahobov.A.V, Jo’rayev.A.S. Soliq va soliqqa tortish. Darslik. T.: Iqtisodiyot-Moliya. 2018.-408 b.

E.Gadoev, N.Kuzieva. Jismoniy shaxslani soliqqa tortish. Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik. TDIU, Iqtisodiyot. 2019 y. 430 b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов