PROSPECTS FOR THE USE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN INDUSTRIES, IN PARTICULAR IN THE ECONOMY.

HAC
Google Scholar
To share
Ubbiev, A. . (2023). PROSPECTS FOR THE USE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN INDUSTRIES, IN PARTICULAR IN THE ECONOMY. Modern Science and Research, 2(10), 136–139. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24546
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This thesis discusses the mechanisms for the use of artificial intelligence in various farms of our country, including in the field of economy, the essence and prospects of this tool.


background image



136

TARMOQLARDA, XUSUSAN IQTISODIYOTDA SUN`IY INTELLEKTDAN

FOYDALANISH ISTIQBOLLARI.

Ubbiev Alisher Taiirovich

Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi direktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.10027820

Annotatsіya.

Mazkur tezisda mamlakatimizning turli xo`jaliklarida, jumladan iqtisodiyot

sohasida sun`iy intellektdan foydalanish mexanizmlari, ushbu vositaning mohiyati hamda

istiqbollari muhokama etiladi.

Kalіt so‘zlar:

Sun`iy intellekt, iqtisodiyot, tarmoq, ilm-fan, sanoat, kommunikatsiya.

PROSPECTS FOR THE USE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN

INDUSTRIES, IN PARTICULAR IN THE ECONOMY.

Abstact.

This thesis discusses the mechanisms for the use of artificial intelligence in various

farms of our country, including in the field of economy, the essence and prospects of this tool.

Keywords:

artificial intelligence, Economics, Network, Science, Industry, communication.

ПЕРСПЕКТИВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА

В ОТРАСЛЯХ, В ЧАСТНОСТИ В ЭКОНОМИКЕ.

Аннотация.

В данной диссертации обсуждаются механизмы использования

искусственного интеллекта в различных хозяйствах страны, в том числе в сфере

экономики, сущность и перспективы этого инструмента.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, экономика, сеть, наука,

промышленность, коммуникации.

KІRІSH

Ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy etib borayotgan

bugungi sharoitda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida davlat va jamiyat boshqaruvi,

iqtisodiyot, sanoat, ijtimoiy himoya, ta’lim, tibbiyot, bandlik, qishloq ho‘jaligi, mudofaa,

xavfsizlik, turizm va boshqa sohalarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy

intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish asosiy masalalardan bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonda

ham axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 2030

yilga qadar innovatsion taraqqiy etgan yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin egallash ustuvor vazifa

sifatida belgilangan.

ADABІYOTLAR SHARHІ


background image



137

Sun’iy intellekt texnologiyalari, ularning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli, uning

xususiyatlari, qo‘llash soxalari va takomillashtirishni tadqiq qilish borasida xorijiy mamlakatlar

olimlari Ye.S. Nyakina, Ye.K. Pogodina, A.V.Keshelava, V.G. Budanov, V.Yu. Rumyansev va

boshqalar ilmiy ishlar olib borgan. Mahalliy iqtisodchi olimlar S.S.Gulyamov, B.A.Begalov,

I.Ye.Jukovskaya, O.Kenjaboev, B.G‘oyibnazarov, U.M. Axmedov, M.K. Abdullaev va

boshqalarning ilmiy ishlarida ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlari qisman o‘z aksini topgan.

TADQІQOT METODOLOGІYASІ VA EMPІRІK TAHLІL

Sun’iy intellekt (SI) inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish,

muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini

yaratish bilan shug‘ullanadi. Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda

dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning

uddasidan chiqa oladi.

SI ning yorqin namunalaridan biri-IBM Watson superkompyuteri bo‘lib, u o‘z bazasidan

kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy

hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi

dasturlarni SIning yutuqlaridan biri sifatida qayd etish mumkin. Hozirgi kunga kelib sun’iy

intellekt keng ko‘lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini

qamrab olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yo‘q.

Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini

aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Sun’iy intellektning quyidagi 4 ta turini ajratib ko‘rsatish mumkin:

1.

Reaktiv mashinalar. Misol tariqasida 1990 - yillarda jaxon chempioni Garri

Kasparovni yutgan shaxmat programmasi bilan jixozlangan Deep Blue kompyuterini keltirish

mumkin. Deep Blue shaxmat doskasidagi figuralarni tanib olish va prognoz qilish xususiyatiga

ega kompyuter xisoblanadi.

2.

Chegaralangan xotira. Suniy intellektning bu tizimi kelgusidagi yechimlarni

shakllantirishda oldingi tajribalardan foydalanishlari mumkin. Avtonom transport vositalarida

karor kabul qilishning ma’lum bir funksiyalari shu tariqa ishlab chiqilgan. Olib borilgan

kuzatuvlardan kelgusida amalga oshiriladigan xarakatlar to‘g‘risida axborot olish uchun

foydalaniladi. Bu kuzatuvlar doimiy saqlanmaydi.

3.

Aql nazariyasi. Bu psixologik mavzu bo‘lib, boshqalarda qaror qabul qilishga ta’sir

qiluvchi o‘z e’tiqodlari, istaklari va niyatlari borligini tushunib yetishga taaluqli termin


background image



138

xisoblanadi.

4.

O‘z-o‘zini anglab yetish. Sun’iy intellektning paydo bo‘lishi yozish tizimlarini

yaratish va kvant darajasida axborotlarni deyarli abadiy saqlashni o‘z ichiga oladi. O‘z-o‘zini

anglaydigan mashina o‘zining joriy holatini tushunadi va boshqalar nimani his qilayotganini

aniqlash uchun ma’lumotlardan foydalanadi.

SI dan foydalanish har qanday jarayonni avtomatlashtiribgina qolmay, balki uni inson,

tashkilot yoki ishlab chiqarishning muayyan vazifasiga muvofiq olib borish imkonini beradi. SI dan

foydalanish vaqt o‘tishi bilan yanada samarali bo‘ladi - neyron tarmog‘i tafsilotlarni va

ehtiyojlarni qanchalik yaxshi bilsa, u yaxshi ishlaydi.

Dastlab, ko‘pchilik SI faqat matnlarni tarjima qilish, ob’ektlarni tanib olish va inson

nutqining ma’nosini bilib olish mumkinligini taxmin qildi. Lekin 2020 yilga kelib, ko‘nikmalar

ro‘yxati shunchalik kengaydiki, u bir necha sahifani egalladi. Hozirda SI hayotimizning ko‘plab

sohalarida qo‘llanilmoqda, jumladan internet, tibbiyot, biznes, qishloq xo‘jaligi, transport va x.k.

Bugungi kunda mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar

amalga oshirilib kelinmoqda. Hukumatimiz tomonidan bu sohaga alohida e’tibor qaratilib,

iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, bu sohada ilmiy

salohiyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2021 yil 17 fevralda “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun

shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ–4996-sonli, 2021 yil 26 avgustda

“Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari

to‘g‘risida” PQ–5234-sonli qarorlari qabul qilingan [4].

XULOSA VA MUNOZARA

Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishdagi mavjud muammolarga to‘xtaladigan

bo‘lsak, birinchidan infratuzilmada bulutli texnologiyalarga asoslangan hisoblash quvvatlari

yo‘qligini aytish mumkin, bu muammoni yechish uchun elektron hukumat ma’lumotlarini saqlash

va qayta ishlash markaziga sun’iy intellekt texnologiyalari uchun zarur grafik protsessorga ega

serverlar o‘rnatiladi, bu asosida sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshiruvchi mahalliy

kompaniyalar uchun Cloud AI xizmati yaratiladi. Ikkinchidan, sun’iy intellektda qo‘llaniladigan

katta hajmdagi ma’lumotlar to‘plami tizimlashtirilmaganligi, buning uchun katta xajmdagi

ma’lumotlar AI Hub platformasi yaratiladi, AI Hub platformasida 14 dan ortiq katta xajmdagi

ma’lumotlar to‘plami joylashtiriladi.


background image



139

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 fevraldagi "Sun’iy intellekt

texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora- tadbirlari

to‘g‘risida” gi PQ-4996-son qarori.

2.

G‘ulomov S.S., Djumaniyozova M.Yu., Mirzanova N.M. Iqtisodiyotda sun'iy intellekt

texnologiyalari. Darslik. T. TFI. 2022.

3.

Abdrahmanova G.I., Vishnevskiy K.O., Gokhberg L.M. va boshqalar Raqamli iqtisodiyot

nima? Trendlar, malakalar, o'lchovlar: XX aprel uchun hisobot. xalqaro ilmiy konf. Iqtisodiy

va ijtimoiy rivojlanish muammolari bo'yicha, Moskva, 9-12 aprel. 2019 M.: Milliy tadqiqot

universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi nashriyoti, 2019. 82 b.

4.

O‘zbekiston

Respublikasi Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish

vazirligi ma’lumotlari. T. 2022 y.

5.

Isoqov, Y.A. Sun'iy intellekt / Y.A. Isoqov // Zamonaviy fan. - 2018. - № 6-1. - S. 25-27. –

https://elibrary.ru/item.asp?id=35277490

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 fevraldagi "Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4996-son qarori.

G‘ulomov S.S., Djumaniyozova M.Yu., Mirzanova N.M. Iqtisodiyotda sun'iy intellekt texnologiyalari. Darslik. T. TFI. 2022.

Abdrahmanova G.I., Vishnevskiy K.O., Gokhberg L.M. va boshqalar Raqamli iqtisodiyot nima? Trendlar, malakalar, o'lchovlar: XX aprel uchun hisobot. xalqaro ilmiy konf. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish muammolari bo'yicha, Moskva, 9-12 aprel. 2019 M.: Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi nashriyoti, 2019. 82 b.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotlari. T. 2022 y.

Isoqov, Y.A. Sun'iy intellekt / Y.A. Isoqov // Zamonaviy fan. - 2018. - № 6-1. - S. 25-27. – https://elibrary.ru/item.asp?id=35277490

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов