LIBRARY CATALOGS: IMPORTANCE AND SPECIFICS

HAC
Google Scholar
To share
Ongarbaeva, Q. . (2023). LIBRARY CATALOGS: IMPORTANCE AND SPECIFICS. Modern Science and Research, 2(10), 702–705. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24673
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Kutubxonalarning ahamiyati tizimli va o’rganilgan ma’lumotlar tizimi orqali belgilanadi. Bu tizimning markazi esa kutubxona kataloglari bo’lib, ular o’qitish, o’rganish va tadqiqot jarayonlarida muhim o’rin tutadi. Maqolamizda, kutubxonalar va ularning kataloglari haqida gapirishni boshlaymiz.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

702

KUTUBXONA KATALOGLARI: AHAMIYATI VA O'ZIGA XOSLIKLARI

Ongarbaeva Qutlibiyke Jenisbay qizi

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali 3-kurs student

https://doi.org/10.5281/zenodo.10034767

Annotatsiya.

Kutubxonalarning ahamiyati tizimli va o’rganilgan ma’lumotlar tizimi orqali

belgilanadi. Bu tizimning markazi esa kutubxona kataloglari bo’lib, ular o’qitish, o’rganish va
tadqiqot jarayonlarida muhim o’rin tutadi. Maqolamizda, kutubxonalar va ularning kataloglari
haqida gapirishni boshlaymiz.

Kalit so’zlar:

Kutubxona katalogi, Tuzilish, Maqsadlar, Kataloglar yaratish, Foydalanish

usullari, O’quvchilar, O’qituvchilar, Elektron kutubxona, O’rganish, Manba.

LIBRARY CATALOGS: IMPORTANCE AND SPECIFICS

Abstract.

The importance of libraries is determined through a systematic and studied data

system. The center of this system is the library catalogs, which have a prominent place in teaching,
learning, and research processes. In our article, we will start talking about libraries and their
directories.

Key words:

library catalog, structure, goals, creation of catalogs, methods of Use,

students, teachers, Electronic Library, Learning, Resource.

БИБЛИОТЕЧНЫЕ КАТАЛОГИ: ЗНАЧЕНИЕ И ОСОБЕННОСТИ

Аннотация.

Важность библиотек определяется системно и через систему

изучаемой информации. Однако центральным элементом этой системы являются
библиотечные каталоги, которые играют важную роль в процессах преподавания,
обучения и исследований. В нашей статье мы начнем говорить о библиотеках и их
каталогах.

Ключевые слова:

каталог библиотеки, структура, цели, создание каталогов,

способы использования, читатели, преподаватели, электронная библиотека, обучение,
ресурс.


Kataloglar, kutubxonada o’rin olishgan nashrlar, kitoblar, ilmiy maqolalar, o’quv

qo'llanmalari va boshqa matnlar to'plamlari haqida ma'lumotlarni jamlaydigan ma’lumotlar
bazasini ifodalaydi. Kutubxonalar kataloglari, bu muhim o’zbek adabiyoti qismi bilan yaqindan
bog’liqdir, chunki ular o’qituvchilar, o’quvchilar va tadqiqotchilar uchun muhim manba bo'ladi.

Kutubxona katalogi - bir yoki bir necha kutubxona fondida mavjud kitoblar, hujjatlarning

tarkibi va mazmunini ochib beruvchi bibliografik yozuvlar roʻyxati. Kutubxona katalogi
kartochkali yoki kompyuter yozuvlari shaklida boʻlishi va elektron disklar yoki kitob holida
koʻpaytirilib sakdanishi mumkin. Kutubxona katalogi kutubxona fondini toʻla yoritish,
kitobxonlarning osonlik bilan kitob tanlashlariga yordam berish, kitobxonlarga turli bilimlarni
singdirish hamda ularni maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Bosma asarlarning turlari, mavzuning rang-barangligi hamda kitobxonlar talablaridagi

xilma-xilliklar Kutubxona katalogining murakkab tizimini yaratishni taqozo etadi. Kutubxona
katalogi tuzishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqarish kutubxonashunoslikning asosiy
vazifalaridan biridir. Kutubxona katalogi vazifasiga koʻra, kitobxonlar (maʼlumot-tavsiya
beruvchi) va kutubxonachilarga moʻljallangan yor-damchi kataloglarga boʻlinadi (yordamchi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

703

kataloglar eskirgan, juda kam talab etiladigan asarlarni ham oʻz ichiga oladi). Materiallarni
guruhlashda Kutubxona katalogi alfavitam, sistemali, predmetli va boshqalarga boʻlinadi.

Kutubxonalar kataloglarining asosiy vazifalari boshqa yonalishlarga ma'lumotni

topshirish, o'rganish va ilmiy tadqiqotning yanada yaxshi olib borishni ta'minlashni o’z ichiga
oladi. Kataloglar o’quvchilar va tadqiqotchilar uchun ma'lumotlar to’plami sifatida ishlab
chiqariladi, ularni ma'lum bir tartibda joylashtirish va izlashga yordam beradi. [1.14]

Kataloglar yordamida o’qituvchilar o’quvchilarga qo’shimcha adabiyotlar, ilmiy

maqolalar, tahlil qilinishi kerak bo'lgan nashrlar va boshqa manbalarni topshirishadi. Bu esa
o’qitish jarayonida ilmiy yondashuvda juda muhimdir.

Kataloglar shuningdek, kutubxonani aniq tashkil etish va biror nashrni topishda

o'quvchilarga va o'qituvchilarga yordam beradi. Kutubxonaning tarkibi va tuzilishi kutubxonalar
katalogi orqali ifodalangan bo'lib, undan foydalanuvchilar kerakli nashrni topib olishadi.
Kutubxonalar kataloglari o'quv, ilmiy tadqiqot, va ma'lumotlar olishning boshqa usullari bilan
taqqoslanib, ularning ahamiyati hali ham ko'p o'rin tutadi. Bu, kutubxonalar va ularning
kataloglarining kutubxonalar tizimini tizimli va tashkil etishlarini o'rganishning juda muhim qismi
bo'lib turadi.

Alfavitli Kutubxona katalogi barcha kutubxonalarning majburiy kataloglaridan biri, unda

asarlar muallifining nomi, nasabi, asarlarning sarlavhalari alfavit tartibida beriladi. Sistemali
Kutubxona katalogi asarlar mazmuniga asoslanib fan tarmoqlari boʻyicha guruhlanadi: unda
kitoblar mantiqiy boʻlinish tartibida (umumiydan xususiyga qarab) — ilmiy fanlar, boʻlimlar,
boʻlinmalar va h.k. boʻyicha joylashtiriladi. Sistemali Kutubxona katalogi kitob mazmunini ochib
berish bilan birga, uning tarmoq boʻlinishlarini ham hisobga oladi va koʻpgina fanlarni bir tarmoq
nuqtai nazaridan bir joyga toʻplash imkoniyatini yaratadi.

Bu katalog maxsus ishlangan tayyor jadval ("Kutubxona-bibliografiya klassifikatsiyasi

jadvali") asosida tashkil qilinadi. Predmetli Kutubxona katalogida asarlarda bayon qilingan voqea-
hodisalar, tushunchalar sohalar boʻyicha emas, balki alfavit tartibida joylashtiriladi, materiallarni
alohida guruhlanishi bilan sistemali Kutubxona katalogidan farq qiladi; uning afzalligi boʻlimlarni
alfavit tartibida joylashtirilishi tufayli dolzarb muammolarni tezda yoritish va ulardan
foydalanishga imkon tugʻdiradi hamda maʼlumotnomali axborot berish vazifasini bajaradi.

Har bir kutubxonada alfavitli va sistemali Kutubxona katalogi, shuningdek, gazeta. -jurnal

maqolalari kartotekasi boʻlishi lozim. Predmetli Kutubxona katalogi ilmiy va maxsus
kutubxonalarda qoʻllaniladi. Respublika, oʻlka, viloyat kutubxonalarida adabiyotlar va shu joylar
bilan bogʻliq materiallar boʻyicha Kutubxona katalogi tuziladi, bunday kataloglar oʻlkashunoslik
katalogi, mahalliy matbuot katalogi deyiladi. Kutubxonalarning axborot berish vazifalari va
kutubxonalararo abonementlarning koʻpayishi bilan bir necha mustaqil kutubxona fondlarini
ifodalaydigan qoʻ sh m a Kutubxona katalogi (koʻpincha hududiy yoki fan tarmoqlariga koʻra)
tuziladi.

Respublikada Kutubxona katalogining markazlashtirilgan tizimi tashkil etilgan. Jumladan,

ommaviy kutubxonalar uchun moʻljallab nashr etilayotgan barcha kitoblarda ularning katalogga
tushirilgan kartochkalaridagi belgilari berib boriladi; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kitob
palatasi tomonidan bosma kartochkalar tarqatiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

704

Kutubxonalar va ularning kataloglarini yaratish, tuzilishi, maqsadi, va ulardan

foydalanishning metodlari va jarayonlari ilmiy maqolada o'rganiladi. Bu bo’lim kutubxonalarning
tashkil etilishiga, maqsadlariga va kutubxonalar kataloglaridan foydalanishning usullariga oid
ma'lumotlar beradi.

Kutubxonalar tuzilishi: Kutubxonalar odatda bir nechta bo’limlardan iborat bo’ladi,

masalan, asosiy kutubxona, qo’shimcha xonasi, elektron kutubxona, va hokazo. Maqolada bu
bo’limlar va ulardagi maqsadlar ta'riflanadi. Asosiy kutubxona kutublar, ilmiy maqolalar, va
boshqa matnlar uchun o'zaro aloqador bo'lgan joydir. Qo'shimcha o’qish xonasi o’quvchilarning
o’qishlarini o’rganish uchun mo’ljallangan. Elektron kutubxona esa elektron nashrlarni saqlash va
o’qish uchun mo’ljallangan.

Kataloglar yaratish: Kutubxonalar kataloglarini yaratishning asosiy vazifalari tuzilgan

bo'limlar va ularning maqsadlarini aniqlash, ma'lumotlarni to’plash va ulardan foydalanishni
osonlashtirishdir. Bu kataloglar odatda kitoblar, ilmiy maqolalar, o'quv qo'llanmalari va boshqa
matnlar haqida ma'lumotlar to'plamini o’z ichiga oladi. Maqolada kutubxonalar kataloglarini
yaratishning qanday tizimli usullari va texnikalari haqida tafsilotlar beriladi. Bu, kutubxona
o’qituvchilari va mutaxassislarining kataloglarni qanday yaratishlari va yangilashlari kerakligini
o'rganishlarini ta'minlaydi.

Maqsad va maqsadlar: Maqolada kutubxonalar tuzilishi va ularning kataloglarining asosiy

maqsadlari haqida so’zlash ilmiy tadqiqotni olib bormoqda. Kutubxonalar o’quvchilar,
o’qituvchilar va tadqiqotchilar uchun ma'lumotlar to’plamini taqdim etishni maqsad qilgan.
Kataloglar esa bu ma'lumotlarni to’plab olish va ulardan foydalanishni osonlashtirishni maqsad
qiladi. [2.106]

Foydalanish usullari: Maqolada kutubxonalar va ularning kataloglaridan ma'lumotlarni

qanday olish va ulardan foydalanish mumkinligi haqida tavsif beriladi. Bu usullar o’quvchilar,
o’qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun qulaylik yaratishni maqsad qiladi. Foydalanish usullari
elektron kutubxonalar, kutubxona kataloglari, va boshqa online manbalardan ma'lumot olishni
o’rganish, o’qitish va o’rganishning qanday olib borilishini ta'minlashni o’z ichiga oladi.

Shunday qilib, turkumlar va metodlar bo’limi kutubxonalar va ularning kataloglarini

o’rganish va ulardan foydalanishning usullarini, tuzilishlarini, va maqsadlarini o'rganish uchun
muhimdir. Bu bo’lim o’quvchilar va tadqiqotchilar uchun kutubxonalar va ularning kataloglaridan
foydalanishni osonlashtirish uchun kerakli bilim va tushunchalarni taqdim etadi. [3.16]

Axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish nazariyasi va amaliyotida kataloglarning muhim

turlari yaratilganki, ularning har biri ma’lum bir xarakterdagi talablarni qondirishga imkon beradi.
Shu kunga qadar mamlakatimiz kutubxonalarida nashr turlariga, fondni qamrab olishiga ko‘ra
farqlanadigan kataloglarning bir nechta turlari qo’llaniladi. Kataloglar bibliografik tavsiflarini
guruhlash usullariga ko’ra asosiy turlarga bo‘lingan. Bu guruhdagi kataloglar orasida eng ko’p
tarqalgani alfavit katalogi, sistemali katalog, predmet kataloglaridir. Bugungi kunda bular qatoriga
elektron katalog ham qo'shildi va u amaliyotda keng miqyosda qo’llanilmoqda.

Alfavit katalogda barcha mavjud resurslarining tavsifi mualliflarning ism i-shariflari yoki

sarlavhalarning alfaviti bo’yicha joylashtiriladi. Tasvirlarning shu tartibda joylashtirilishi,
birinchidan, muallifi va sarlavhasi kitobxonga ma’lum bo‘lgan aniq bir asarning bor yoki yo'qligini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

705

aniqlash, ikkinchidan, muayyan muallifning kutubxona muassasasi fondida mavjud bo‘lgan
asarlari bilan tanishish imkonini beradi.

Kutubxonalarda yana boshqa kataloglar:

1.

nomerli katalog,

2.

xronologik katalog,

3.

geograflk katalog,

4.

lug'at kataloglari ham mavjud bo‘lib, bunday kataloglar kutubxonalarning turi va tipiga

qarab tashkil etilgan. [4.82]

Elektron katalog — elektron kutubxonaning asosiy elementi hisoblanadi. Elektron katalogi

bo‘lmagan elektron kutubxonani «elektron kolleksiya» deb atash mumkin. Elektron kutubxona
fondi elektron shakldagi resurslardan iborat bo’lgani sababli, elektron resurslar tavsifmi tuzishga
moljallangan «Dublin yadrosi» metama’lumotlaridan foydalanilishi maqsadga muvofiq.
Ma’lumki, an’anaviy kutubxona kataloglari kutubxona fondidan alohida joyda saqlanadi va
katalog kitoblar fondini kitobxonga ochib berishga xizmat qiladi.


REFERENCES

1.

Rubin, R. E. (2010). Foundations of Library and Information Science. Neal-Schuman
Publishers.

2.

Taylor, A. G. (2004). Introduction to Cataloging and Classification. Libraries Unlimited.

3.

Svenonius, E. (2000). The Intellectual Foundation of Information Organization. MIT Press.

4.

Anderson, C. A. (2009). Introduction to the World of Information and Media. Libraries
Unlimited.

5.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

References

Rubin, R. E. (2010). Foundations of Library and Information Science. Neal-Schuman Publishers.

Taylor, A. G. (2004). Introduction to Cataloging and Classification. Libraries Unlimited.

Svenonius, E. (2000). The Intellectual Foundation of Information Organization. MIT Press.

Anderson, C. A. (2009). Introduction to the World of Information and Media. Libraries Unlimited.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов