TERMINOLOGY IN MODERN UZBEK LINGUISTICS

HAC
Google Scholar
To share
Doschanova, M. ., & Madaminova, S. . (2023). TERMINOLOGY IN MODERN UZBEK LINGUISTICS. Modern Science and Research, 2(10), 233–235. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24868
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The history of the formation of the terminology of the Uzbek language as a branch of linguistics is detailed in the article. Views on the development and enrichment of the lexicon and terminology of the Uzbek language are analyzed.


background image



233

ZAMONAVIY O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA TERMINOLOGIYA

Doschanova Mohinur Maxsudovna

Urganch davlat pedagogika instituti

“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi

Madaminova Shahodat Shomurotovna

Urganch davlat pedagogika instituti

“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10068153

Annotatsiya.

Maqolada o‘zbek tili terminologiyasining tilshunoslikning bir bo‘limi

sifatida shakllanish tarixi atroflicha yoritilgan. O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining

rivojlanishi va boyishi borasidagi qarashlar tahlilga olingan.

Kalit so‘zlar:

til, tilshunoslik, leksika, termin, terminologiya, professionalizm Til –

murakkab muloqot tizimi yoki shu tizimni o‘rganish va ishlatish qobiliyati, tilshunoslikning asosiy

o‘rganish obyekti.

TERMINOLOGY IN MODERN UZBEK LINGUISTICS

Abstract.

The history of the formation of the terminology of the Uzbek language as a branch

of linguistics is detailed in the article. Views on the development and enrichment of the lexicon

and terminology of the Uzbek language are analyzed.

Key words:

language, linguistics, lexicon, term, terminology, professionalism Language is

a complex communication system or the ability to learn and use this system, the main object of

study of linguistics.

ТЕРМИНОЛОГИЯ В СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКСКОЙ ЛИНГВИСТИКЕ

Аннотация.

В статье подробно описана история формирования терминологии

узбекского языка как отрасли языкознания. Анализируются взгляды на развитие и

обогащение лексики и терминологии узбекского языка.

Ключевые слова:

язык, языкознание, лексика, термин, терминология,

профессионализм Язык – сложная система общения или способность к изучению и

использованию этой системы – основной объект изучения языкознания.

Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'lmish o‘zbek tili

so‘z va iboralar, atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda insoniy meros sifatida ilmiy

tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.


background image



234

O‘zbek tili leksikasining ajralmas qismi sifatida tilshunoslikning terminologiya sohasi

umumxalq leksikasi bilan birga rivojlanadi boyiydi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha

jarayonlarni boshidan kechiradi. Terminologiya – leksikaning bir sohasi, muayyan fan, texnika,

ishlab chiqarish tarmog‘ining san'at, madaniyat, sport, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli

tushunchalar tizimi bilan bog‘liq terminlar majmuyi, tilshunoslikning terminlarni o‘rganuvchi

sohasi. Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan

tushunchalarini anglatadigan definatsiyaga ega bo‘lgan va asosan, nominativ funksiyani

bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.

A.Reformatskiy terminga ta'rif berar ekan, "...terminlar – bu maxsus so‘zlardir" degan

xulosaga keladi. A.V. Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‘zlarni "maxsus

leksika" deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi: terminlar va professionalizmlar. U o‘z fikrini

davom ettirib, "Termin va professionalizmlar orasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, san'at,

qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror

tushunchaning ifodasi, nomidir, professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik, ko‘pincha jonli

tilda tarqalgan yarim rasmiy so‘zdir", deydi.

Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib

kelgan, chunki terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va vazifasini belgilash

tushunchaning mazmun mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi. Jahon tilshunosligida

B.N.Golovin, A.V.Kalinin, V.P.Danilenko, L.I.Bojno, D.S.Lotte, rus tilshunosligida

V.V.Vinogradov kabi olimlar tomonidan terminologiya sohasi yetarlicha tadqiq qilingan. O‘zbek

tili terminologiyasi ma'lum taraqqiyot yo‘lini bosib o'tgan. O‘zbek tili terminologiyasi sohasidagi

ishlarni o‘tgan asrning 50-yillarida O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi huzuridagi Til va

terminologiya komiteti ( 1931-1937- yillarda faoliyat ko'rsatgan) boshqargan, keyinchalik

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti qarshisidagi Terminologiya bo‘limi

(1964- yildan) olib bordi. 1977-yilda Renat Doniyorovning "O‘zbek tili texnik

terminologiyasining ayrim masalalari" kitobi, 1981-yilda bir guruh O‘zFA Til va adabiyot

institutining tilshunoslari tomonidan "O‘zbek tili leksikologiyasi" nomli yirik ish maydonga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik

qo‘mitasi 1988-yildan 2004-yilgacha o‘zbek tili terminologiyasini tartibga solish va

takomillashtirish bilan shug‘ullanib keldi (2004-yil yanvar oyidan mazkur qo‘mita faoliyati

to‘xtatildi). O‘zbek tili terminologiyasini atroflicha o‘rganishda R.Doniyorov, D.X.Bazarova,

K.Sharipova, U.Tursunov, H.Dadaboyev, K.M.Musayev kabi olimlarning o‘rni beqiyos.

K.M.Musayevning O‘zbek terminologiyasi haqidagi fikrlari bugungi tilshunosligimiz uchun ham


background image



235

muhim ahamiyat kasb etadi. U terminologiyani tilning leksikasi sifatida go‘yo bir shaharga

qiyoslaydi. Uning fikricha, terminologiya yagona reja asosida qurilsa-da, lekin birdaniga barpo

etilmaydi. U tarixiy shart-sharoit asosida shakllanadi, uni yaratishda har xil avlodga mansub

bo'lgan turli me'morlar, loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok etadi. Ular har bir qurilayotgan

inshootni yaxshi o‘rgangan holda barpo etadilar.

Terminologiyani tartibga solishdagi o‘ziga xos murakkablik ham shu bilan belgilanadi.

Terminologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya,

omonimiya va ko‘p ma'nolilik tilning boyligi bo‘lsa, Terminologiyada bular salbiy tushuncha

hisoblanadi. Masalan, yarimo‘tkazgich termini. Uning o‘rnida chalao‘tkazgich, nimo‘tkazgich

so‘zlarini qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bu o‘qish, o‘qitish va axborot almashish jarayonini

qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminologiyasi ma'lum darajada barqarorlashgan barcha tillarda

terminlar doimiy tartibga solib turiladi.

Tartibga solish ma'lum terminologik me'yorlar asosida amalga oshiriladi.

Terminologiyaning rivojida fan sohalariga oid maxsus lug‘atlarni nashr qilib turish ham muhim

ahamiyatga ega. Terminologiyaning rivojlanishi va boyish yo‘llari har xil. O‘zbek

terminologiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan so‘z olish va ichki so‘z yasash hisobiga ro‘y

bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barqarorligini belgilovchi asosiy omili uning

tartibga solinganligi va muntazamligidir.

REFERENCES

1.

Мусаев К.М. Формирование, развитие и современные проблемы терминологии.

– T., 1986.

2.

Ne’mat Hakamov. Til va terminologiya. – Toshkent. O‘qituvchi, 1995.

References

Мусаев К.М. Формирование, развитие и современные проблемы терминологии.

– T., 1986.

Ne’mat Hakamov. Til va terminologiya. – Toshkent. O‘qituvchi, 1995.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов