THE ROLE OF CRAFTSMANSHIPS OF DISABLED PEOPLE IN THE ECONOMY OF SURKHANDARYA REGION IN 1950-1980

HAC
Google Scholar
To share
Ergasheva, S. (2023). THE ROLE OF CRAFTSMANSHIPS OF DISABLED PEOPLE IN THE ECONOMY OF SURKHANDARYA REGION IN 1950-1980. Modern Science and Research, 2(10), 241–246. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25079
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the establishment of disability cooperatives in the southern regions of Uzbekistan, i.e. in the Surkhandarya region after the Second World War, and their role in the economy of the republic, including the region. The information about the artisans who worked in production enterprises for the disabled, established in the districts, is widely covered based on archive materials.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

241

1950-1980 YILLARDA NOGIRONLAR HUNARMANDCHILIK

ARTELLARINING SURXONDARYO VILOYATI IQTISODIYOTIDA TUTGAN O‘RNI

Ergasheva Sayyora Abdusoatovna

Termiz davlat universiteti Jahon tarixi

kafedrasi katta o‘qituvchisi,

sergasheva223@ gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10087040

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushidan keyin O‘zbekistonning janubiy

hududlaridan ya’ni Surxondaryo viloyatida nogironlik kooperatsiyalarining tashkil topishi va
uning respublika, jumladan viloyat iqtisodiyotida tutgan o‘rni haqidagi fikrlar bayon etilgan
Shuningdek, 1950-1980 yillar davomida Termiz shahri hamda Sariosiyo va Sherobod
tumanlarida tashkil etilgan nogironlar ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat olib borgan
mohmr hunarmandlar haqidagi ma’lumotlar arxiv materiallari asosida keng yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

kooperatsiya, nogironlik, hunarmand,tikuvchi, bordonchi, etikdо‘z,

sartarosh, artel turlari, Termiz, Sariosiyo, Sherobod.

THE ROLE OF CRAFTSMANSHIPS OF DISABLED PEOPLE IN THE

ECONOMY OF SURKHANDARYA REGION IN 1950-1980

Abstract.

This article describes the establishment of disability cooperatives in the

southern regions of Uzbekistan, i.e. in the Surkhandarya region after the Second World War,
and their role in the economy of the republic, including the region. The information about the
artisans who worked in production enterprises for the disabled, established in the districts, is
widely covered based on archive materials.

Key words:

cooperation, disability, craftsman, tailor, shoemaker, shoemaker,

hairdresser, types of artel, Termiz, Sariosia, Sherabad.

РОЛЬ РЕМЕСЛЕНСТВ ИНВАЛИДОВ В ЭКОНОМИКЕ

СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ В 1950-1980 ГГ.

Аннотация.

В данной статье описывается создание кооперативов инвалидов в

южных регионах Узбекистана, т.е. в Сурхандарьинской области после Второй мировой
войны, и их роль в экономике республики, в том числе региона.Сведения о ремесленниках,
работавших в производственные предприятия для инвалидов, созданные в районах г.

Ключевые слова:

кооперация, инвалидность, ремесленник, сапожник,

парикмахер, виды артели, Термез, Сари-асия, Шерабад.

Kirish.

Koopertivlar faoliyatini tadqiq etish shuni ko‘rsatdiki, Sovet davlati davrida

yurtimiz tarixidagi ulkan o‘zgarish va turli vaziyatlarga qaramay, kooperativlar har qanday
sharoitda odamlarni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynadi. Bu o‘rinda
keng iste’mol mollari ishlab chiqarishda yetakchi tarmoqlardan biri bo‘lgan hunarmandchilik
kooperatsiyasi muhim rol o‘ynadi. Mazkur kooperatsiya tizimdagi ishlab chiqarish
hunarmandchilik artellarini o‘zida birlashtirdi. Surxondaryo viloyati hunarmandchilik
kooperatsiyasi va uning artellari faoliyatiga oid tadqiqot ishlari nihoyatda kam bo‘lib, ayniqsa
nogironlar kooperatsiyasi artellari faoliyati umuman tadqiq etilmagan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

242

1921-yil 8-dekabrda RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi (SNK) va Mehnat va Mudofaa

Kengashi (STO) raisining o‘rinbosari A.D. Syurup RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining o‘sha
paytda ijtimoiy ta’minot shakllaridan biri sifatida qabul qilingan nogironlar uchun kooperatsiyani
tashkil etish to‘g‘risidagi qarorini imzoladilar

[14.B.67].

1922-yilda nogironlar kooperativlari ittifoqi tashkil etildi. Hunarmandchilik ustaxonalari

artellarga birlashib, asosan yengil sanoat buyumlari ishlab chiqarardi. Ishlab chiqarishni tashkil
etish va chakana savdoni kengaytirish bilan Vsekoopinsoyuz (Butunittifoq nogironlar kooperativ
ittifoqi) shug‘ullangan. Nogironlarning jamiyatga yanada muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi
uchun 1925-yil 13-martda ko‘zi ko`rlar va 1926-yil 21-sentabrda (O‘zbekistonda 1929-yil 21-
mayda) [3.B.115] kar-soqovlarning jamiyatlari tashkil etildi. Ular birinchi navbatda ko‘zi ko`r va
zaif eshituvchilarni o‘qitish va ishga joylashtirish bilan shug‘ullangan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

1950-1980 yillarda nogironlar hunarmandchilik

artellarining Surxondaryo viloyati iqtisodiyotida tutgan o‘rni

haqidagi ma’lumotlar

S

urxondaryo viloyat davlat arxivining 376

-

фонд, Artel invalidov

“Put Staxanova” Djarkurganskogo rayon

a,

553-fond, Surxondaryo kо‘rlar markaziy jamiyati

Surxondaryo viloyat pravleniyasi (kо‘rlar jamiyati Termiz ishlab chiqarish muassasasi, 1967-1991
yy.). 457-fond,О‘zbekiston Kо‘rlar jamiyati Surxondaryo viloyat bо‘limi (1941-1958 yy.)
hujjatlarida yoritilgan.

Maqolani yozishda arxiv hujjatlaridan tashqari tadqiqot mavzusiga bag‘ishlangan

o‘lkashunoslarning asarlari, statistik to‘plamlar, davriy matbuot materiallari, shuningdek sovet va
mustaqillik davri olimlarining tadqiqotlari muhim manba vazifasini o‘tab, ulardagi ko‘pgina
ma’lumotlar birinchi marotaba ilmiy tadqiqot doirasiga kiritildi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqola umum qabul qilingan tarixiy metodlar - tarixiylik,

qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, xolislik tamoyillari asosida yoritilgan bo‘lib, Surxondaryo
viloyati mahalliy sanoat korxonalarining iqtisodiy rivojlanishida nogironлар hunarmandchilik
artellarining ahamiyati tadqiq etilgan

Tahlil va natijalar.

Nogironlar jamiyati nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni

moddiy qо‘llab-quvvatlash, shuningdek, bozorni iste’mol tovarlari bilan tо‘ldirish va aholiga
maishiy xizmat kо‘rsatishni kengaytirishga hissa qо‘shishi kerak edi. Nogironlar hamkorligining
о‘ziga xos jihati shundaki, harbiy yoki mehnat frontida jarohatlangan, sog‘lig‘ini Vatan ravnaqi
uchun fido qilgan fuqarolar artellarga a’zo bо‘lishdi. Ular turli yoshdagilar edi. Artel tarkibiga
nafaqadagilar ham kirdi. Nogironning turmush darajasini oshirish nafaqat davlat ijtimoiy
nafaqalari hisobidan, balki о‘z mehnati hisobidan ham amalga oshirilishi kerak deb taxmin
qilingan[9.B.12].

1948-yil 1-oktabr holatiga ko`ra nogironlar kooperatsiyasi tizimida 7981 kishi, shu

jumladan, 5889 nafar artel a’zolari, 2092 nafar yollanma ishchilar bо‘lib, ular a’zolar tarkibining
35,5 foizini tashkil etgan. Artel a’zolarining 1873 nafari Ikkinchi jahon urushi va 2883 nafari
mehnat va baxtsiz hodisa nogironlari, 1046 nafarini vafot etgan jangchilar va harbiy xizmatchilar
oilalaridan iborat bо‘lgan[10.B.582].

Qayd etish kerakki, 1950-yillarda kooperativ sanoati ittifoq miqyosida keng iste’mol

mollarining choragidan yarmigacha bо‘lgan qismini ishlab chiqargan bо‘lib, xizmat kо‘rsatishning
asosiy qismi uning hissasiga tо‘g‘ri kelgan[12,B.1]. Bu davrda respublika aholisi keng iste’mol


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

243

mollariga bо‘lgan talabining 15-18 foizi hunarmandchilik kooperatsiyasi hisobidan
qondirilgan[15,B.144]. Yanada achinarlisi shundaki, SSSR Ministrlar Sovetining 1952-yil 29-
oktabrdagi maxfiy qaroriga asosan, xо‘jalik ob`ektlarini qо‘riqlash Butunittifoq nogironlar
kooperatsiyasi uyushmasidan Ichki ishlar ministrligiga о‘tkazilgan, oqibatda, 35 ming nafar
nogironlar ishsiz qoldi[13.B.75].

Kooperativ birlashma birdamlik g‘oyasiga asoslanib, muhtoj va aziyat chekkan insonga

yordam kо‘rsatib, о‘z a’zolarining nafaqat moddiy ehtiyojlarini qondirish, balki ularning kasbiy
о‘sishi uchun ham g‘amxо‘rlik qildi[11.B.45]. Kooperativlar mablag‘larning bir qismini kadrlar
tayyorlash fondiga ajratdilar. Kooperativlarning madaniy-ma’rifiy ishlari tufayli aholining
madaniy saviyasi kо‘tarildi.

Ba’zi artellarning ishi shu qadar olg‘a bosdiki, ular hatto boshqa

muhtoj nogironlarga yordam fondiga mablag‘ ajrata boshladilar. Chunonchi, 1955-yil Jarqо‘rg‘on
tumanidagi urush nogironlarining “Put Staxanova” arteli urush nogironlari о‘zaro yordam
kassasiga har oyda 50 sо‘m о‘tkazishga qaror qilishdi[25.B.45].

О‘rganilayotgan davrda nogironlar kooperatsiyasi korxonalari tomonidan urush

nogironlarini ish bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasini yanada ta’minlash borasida faol
ishlar davom ettirildi. Shu bilan birga, kooperativ korxonalarni tugatish, ularning mol-mulkini
davlat korxonalariga topshirish uchun zamin tayyorlandi[4.B.16]. 1953-yilgacha nogironlar
artellari viloyat va respublika nogironlar kooperatsiyasi uyushmalari tomonidan birlashtirildi.
1953-yil 8-mayda Butunittifoq nogironlar kooperativ ittifoqi tugatildi va har bir ittifoq
respublikasida savdo kooperatsiyasi Sovetlari va nogironlar kooperatsiyasi ittifoqlari bitta
kengashga-Savdo kooperativlari kengashiga birlashtirildi.

1953-yilda artel korxonalarini milliylashtirish va birlashtirish tо‘g‘risida hukumat qarori

chiqdi. Natijada kо‘pchilik artellar zavod va ishlab chiqarish birlashmalariga aylantirildi. Tashkil
etilgan davlat korxonalarida nogironlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash yaxshilandi[5.B.53]. Biroq,
mahsulotning xilma-xilligi iqtisodiyotni boshqarishning rejalashtirilgan tizimi ta’siri ostida pasaya
boshladi. Shunga qaramay, XX asrning 50-80 yillarida mahsulot taqchilligi yuzaga kelgan
dо‘konlarda yengil sanoat mahsulotlari aynan nogironlar artellari va nogironlarning ishlab
chiqarishdagi ishtiroki tufayli mavjud edi.

Surxondaryoda ham 1950-1980 yillarda nogironlar jamiyatiga qarashli bir nechta ishlab

chiqarish korxonalari faoliyat kо‘rsatgan edi. Ilmiy tadqiqot davomida arxiv ma’lumotlari asosida
shu narsa aniqlandiki, “Progress”, “Qizil askar”, “Yangi kuch”, “Kuybishev”, “Staxanov”,
“Oxunbobev”, “Stalin”, “Qо‘chqor Turdiyev”, “Taraqqiyot”, “Rodina”, “Pogranichnik”, “Yangi
turmush”, “Voroshilov”, “Usmon Yusupov” va “Qizil tuyachi” hunarmandchilik artellarida
kо‘plab II-III guruh nogironlari mehnat qilishgan[21.B.34]. Jumladan, Qalandarov E., Boboyev
M.[20.B.20], Umbarov B., Boboyev D.[18.B.10], Samadov I.[22.B.40]lar sartarosh, Qо‘ziyev S.,
Eshonqulov N., Qorayev E., Xudoynazarov R., Kabordin A., Grigorev M.lar temirchi[23.B.9],
Jumayev O, Raxmonov P.lar tikuvchi, Isayev H., Mirzayev B., Voroshilov S., Ishmuhammedov
A., Shukurov B., Ahmedov M., Shukurov A., Normatov M.lar etikdо‘z, Ashrapov duradgor,
Tо‘ychiyev X. Bordonchi[19.B.12] bо‘lib о‘z mehnat faoliyatlarini davom ettirishgan. Ularning
aksariyat kо‘pchiligi Ikkinchi jahon urushi nogironlari hisoblanishadi. Bundan tashqari nogironlik
artellarida qо‘l mehnati asosida kо‘rpa tikish, gilam, xо‘jalik shyotkalarini tо‘qish bilan
shug‘ullanganlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

244

Surxondaryo viloyatida birinchi bor 1946-yili Denov shahridagi Said Otaliq madrasasi

binosida nogironlar uchun kichik hajmdagi arqon sexi tashkil etildi[7.B.20]. Uning birinchi
tashabbuskorlari Skachkov I.V. hamda Haydarov M. lar edi. 1950-yili korxona Denovdan Termiz
shahriga kо‘chirilib, arqon va supurgi sexlari ishga tushdi. 1953-yilda esa poyandoz sexi tashkil
etildi

[8.B.32]. Kо‘rpa-tо‘shak tayyorlash ishlari1964-yildan yо‘lga qо‘yildi. 1966-yili korxona ish

faoliyatini bо‘shab qolgan nogironlar uyida davom ettirdi[17.B.63]

.

Skachkov I.V. 1946-1951 yillarda direktorlik lavozimida ishlagan bо‘lsa, 1951-yildan

1952-yilgacha Qо‘chqorov I., 1952-yildan 1953-yil avgustgacha yana Skachkov I.V., undan keyin
esa Toshpо‘latov A. korxonaga rahbarlik qildilar[27.B.76]. 1954-yil dekabr oyida 15 nafar kо‘zi
ko’rni jamlab Jarqо‘rg‘on tumanida korxonaning filiali tashkil etildi va Qilich Tilovov unga
boshliq etib tayinlandi. Filialning dastlabki ish faoliyati chiy tayorlashdan iborat bо‘lgan[24.B.27].

1958-yil 1-iyulda kooperativ savdo artellariga a’zo bо‘lgan hamda kooperativ ishlab

chiqarish artellarida ishlaydigan barcha nafaqa yoshiga yetgan shaxslar uchun imtiyozlar
belgilandi. Umumiy ustaxonalarda ishlaydigan nogironlari uchun ishlab chiqarish normalari
sog‘lig‘ining holati va nogironlik darajasi hisobga olindi[17.B.63].

Xonaliyev A.E. rahbarlik qilgan 1972-1978 yillarda Termiz kо‘zi ko`rlar ishlab chiqarish

korxonasidagi yog‘och dastgohlar metall dastgohlarga almashtirildi. 1979-1982 yillarda korxona
ishchilari uchun 20 ta kvartirali turar joy binosi bunyod etildi hamda uzoq yillar mobaynida
foydalanilgani tufayli yaroqsiz holga kelib qolgan transport vositalari yangisi bilan
almashtirildi[3.B.112].

Ishchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun ham birmuncha ishlar qilindi. Bо‘yoq

sexidagi quritish ishlari yaxshi yо‘lga qо‘yilmagan bо‘lib, uni hal etish uchun quritish agregati
sotib olindi va bо‘yoq sexiga о‘rnatildi. Biroq shu yillari ishlab chiqarishda katta yutuqlarga
erishilmadi. Ayrim hollarda yillik rejalar bajarilmadi. 1975-yil yakunlariga kо‘ra xalq iste’moli
mollari ishlab chiqarish hajmi bо‘yicha reja bajarilmagan hamda 58 ming sо‘mlik mahsulot
yetkazib berilmadi[16.B.124]. Bunga asosiy sabab, ishchi kuchi va xom ashyoning yetishmasligi
bо‘ldi. 1979-yilgi viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotida keltirilishicha Termiz shahar Kо‘zi
ko`rlar korxonasi besh oylik rejaga kо‘ra mahsulotni realizatsiya qilish 105,2, yalpi mahsulot
ishlab chiqarish 87,8, mehnat unumdorligi esa 98,3 foizni tashkil etgan bо‘lsa, Sariosiyo
korxonasida esa mahsulotni realizatsiya qilish 100,6, yalpi mahsulot ishlab chiqarish esa 97,7 va
mehnat unumdorligi esa 114,3 foizni tashkil etdi[2.B.3].

Xulosa

qiladigan bo‘lsak, nogironlar kooperatsiyasi korxonalari tomonidan urush

nogironlarini ish bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilash borasida ishlar
amalga oshirilgan. Ushbu amalga oshirilgan ishlar bilan hukumat aslida kooperativ korxonalarni
tugatish va mol-mulklarini davlatga о‘tkazish uchun zamin tayyorlab kelgan. 1953-yil 8-mayda
Butunittifoq nogironlar kooperativ ittifoqi tugatildi nogironlar kooperatsiyasi uyushmasi ham bitta
kengashga-Savdo kooperativlari kengashiga birlashtirilgan. О‘z faoliyatini davom ettirayotgan
artellar zavod va ishlab chiqarish birlashmalariga aylantirildi. Davlat korxonalarida nogironlarni
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yaxshilanganligi tufayli XX asrning 50-80 yillarida mahsulot
taqchilligi yuzaga kelgan do‘konlarda yengil sanoat mahsulotlari aynan nogironlarning ishlab
chiqarishdagi ishtiroki tufayli mavjud bо‘lganligi arxiv va davriy matbuot ma’lumotlari asosida
о‘rganildi. Shuningdek, viloyatda ilk bor nogironlar uchun Denovdagi Said Otaliq madrasasidagi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

245

arqon sexining tashkil etilishi viloyat nogironlari uchun ishlab chiqarish korxonalarining keyingi
faoliyati uchun dastlabki qadam bо‘lganligi alohida ta’kidlash о‘tish joizdir.

REFERENCES

1.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi “Nogironligi bо‘lgan
shaxslarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga kо‘maklashish hamda
ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” PQ-57-son
qarori.

https://lex.uz/docs/4535422

2.

“Lenin bayrog‘i” gazetasi, 1979-yil 16-iyun.

3.

Abdusoatovna, E. S. (2022). Boysun-umumbashariy qadriyatlar beshigi.

pedagogs

jurnali

,

12

(2), 114-119.

4.

Abdusoatovna, Ergasheva Sayyora. "Surxondaryo viloyati iqtisodiy rivojlanishida Boysun
an’anaviy hunarmandchiligining о`rni"

PEDAGOGS jurnali

31.1 (2023): 10-17.

5.

Abdusoatovna, Ergasheva Sayyora. "The Role of Crafts in the Economy of Surkhan Oakh
(In the Example of Cosibility)."

American Journal of Social and Humanitarian Research

3.6

(2022): 51-54.

6.

DadamirzayevaG.A.1946-1960-yillarda Farg‘ona vodiysida ishlab chiqarish kooperativlari
faoliyati, Farg‘ona, 2022. Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Diss. Avtoreferati,
B.102.

7.

Denov tumani davlat arxivi, 43-fond, 1-ro‘yxat, 7-ish, 20-varaq.

8.

Denov tumani davlat arxivi, 62-fond, 1-ro‘yxat, 16-ish, 32-varaq.

9.

Ergasheva S. A. The history of surkhan doppies (skullcups) аnd the characteristics of this
folk craft //American Journal of Social and Humanitarian Research. – 2020. – Т. 1. – №. 6.
– С. 7-13.

10.

Ergasheva,

Sayyora

Abdusoatovna.

"History

of

baisun

silk

knitting

factory."

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal

11.5 (2021):

581-585.

11.

Э.С Абдусоатовна.THe significance of traditional craftsmanships in the economic
development of local industry enterprises of surkhondaryo region.
Journal of Educational
Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL) 4 (4), 277-283.

12.

Isaev, A., S. Ergasheva, and O. Isaev. "Termez culture in IX-XII centuries."

T: New Age

Generation

(2001).

13.

Nazarov P. N. Promislovaya kooperatsiya RSFSR i ekonomicheskaya politika... – S. 1.

14.

Pass A. A. Trud invalidov v ekonomike 1950-x godov: obuza ili spetsificheskiiy resurs (na
primere promislovix kooperativov Yujnogo Urala) // Vestnik Chelyabinskogo
gosudarstvennogo universiteta. - 2014. №12 (341). – S. 75.

15.

Pisarenko E.YE. Aleksandr Dmitriyevich Syurupa // Voprosi istorii. 1989. №5.

16.

Sipkina M. A. Razvitiya promislovoy kooperatsii Узбекистана… – С. 144.

17.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 45-fond, 1-ro‘yxat, 1830-ish, 124-varaq.

18.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 526-fond, 1-ro‘yxat, 34-ish, 63-varaq.

19.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 322-fond, 1-ro‘yxat,17-ish, 10-varaq.

20.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 322-fond, 1-ro‘yxat,17-ish, 12-varaq.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

246

21.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 322-fond, 1-ro‘yxat,17-ish, 20-varaq.

22.

Termiz shahar shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi, 457-fond, 2-ro‘yxat, 34-ish, 76-varaq.

23.

Ergasheva, S. A. (2020). CRAFT OF SURKHANOAKH FROM THE HISTORY OF
DEVELOPMENT.

Theoretical & Applied Science

, (7), 56-59.

24.

Ergasheva, S. A. (2021). History of baisun silk knitting factory.

ACADEMICIA: An

International Multidisciplinary Research Journal

,

11

(5), 581-585.

25.

Ergasheva, S. A. (2020). The history of surkhan doppies (skullcups) аnd the characteristics
of this folk craft.

American Journal of Social and Humanitarian Research

,

1

(6), 7-13.

26.

Abdusoatovna,

E.

S.

(2023).

SURXONDARYO

VILOYATI

IQTISODIY

RIVOJLANISHIDA

BOYSUN AN’ANAVIY HUNARMANDCHILIGINING О

‘RNI.

PEDAGOGS jurnali

,

31

(1), 10-17.

27.

Abdusoatovna,

E.

S.

(2022).

BOYSUN-UMUMBASHARIY

QADRIYATLAR

BESHIGI.

PEDAGOGS jurnali

,

12

(2), 114-119.

28.

Холманова, Ф. У. (2020). О роли предприятий легкой промышленности в экономике
Сурхандарьи.

Бюллетень науки и практики

,

6

(12), 483-486.

29.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

30.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili.

Марказий Осиё тарихи ва маданияти

,

1

(1), 341-344.

31.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA
TADQIQOTLARIDA

SURXON VOHASI YUZ

URUG‘LARINING ETNIK

TAVSIFI.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

2

(1),

43-51.

32.

Холманова, Ф. У. (2019). СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ ИСТОРИИ, КАК
НАУКА И УЧЕБНЫЙ ПРЕДМЕТ.

Интернаука

, (3-1), 30-32.

33.

Холманова, Ф. У. ОЗИҚ-ОВҚАТ САНОАТИНИНГ ҲУДУДИЙ ТАШКИЛ
ЭТИЛИШИ.

ЎТМИШГА НАЗАР

, 436.

34.

Habibullo o‘g‘li, R. M. (2023). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMINING
AN’ANAVIY TURMUSH TARZI.


References

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi “Nogironligi bо‘lgan shaxslarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga kо‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” PQ-57-son qarori. https://lex.uz/docs/4535422

“Lenin bayrog‘i” gazetasi, 1979-yil 16-iyun.

Abdusoatovna, E. S. (2022). Boysun-umumbashariy qadriyatlar beshigi. pedagogs jurnali, 12(2), 114-119.

Abdusoatovna, Ergasheva Sayyora. "Surxondaryo viloyati iqtisodiy rivojlanishida Boysun an’anaviy hunarmandchiligining о`rni" PEDAGOGS jurnali 31.1 (2023): 10-17.

Abdusoatovna, Ergasheva Sayyora. "The Role of Crafts in the Economy of Surkhan Oakh (In the Example of Cosibility)." American Journal of Social and Humanitarian Research 3.6 (2022): 51-54.

DadamirzayevaG.A.1946-1960-yillarda Farg‘ona vodiysida ishlab chiqarish kooperativlari faoliyati, Farg‘ona, 2022. Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Diss. Avtoreferati, B.102.

Denov tumani davlat arxivi, 43-fond, 1-ro‘yxat, 7-ish, 20-varaq.

Denov tumani davlat arxivi, 62-fond, 1-ro‘yxat, 16-ish, 32-varaq.

Ergasheva S. A. The history of surkhan doppies (skullcups) аnd the characteristics of this folk craft //American Journal of Social and Humanitarian Research. – 2020. – Т. 1. – №. 6. – С. 7-13.

Ergasheva, Sayyora Abdusoatovna. "History of baisun silk knitting factory." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 581-585.

Э.С Абдусоатовна.THe significance of traditional craftsmanships in the economic development of local industry enterprises of surkhondaryo region. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL) 4 (4), 277-283.

Isaev, A., S. Ergasheva, and O. Isaev. "Termez culture in IX-XII centuries." T: New Age Generation (2001).

Nazarov P. N. Promislovaya kooperatsiya RSFSR i ekonomicheskaya politika... – S. 1.

Pass A. A. Trud invalidov v ekonomike 1950-x godov: obuza ili spetsificheskiiy resurs (na primere promislovix kooperativov Yujnogo Urala) // Vestnik Chelyabinskogo gosudarstvennogo universiteta. - 2014. №12 (341). – S. 75.

Pisarenko E.YE. Aleksandr Dmitriyevich Syurupa // Voprosi istorii. 1989. №5.

Sipkina M. A. Razvitiya promislovoy kooperatsii Узбекистана… – С. 144.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 45-fond, 1-ro‘yxat, 1830-ish, 124-varaq.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 526-fond, 1-ro‘yxat, 34-ish, 63-varaq.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 322-fond, 1-ro‘yxat,17-ish, 10-varaq.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 322-fond, 1-ro‘yxat,17-ish, 12-varaq.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 322-fond, 1-ro‘yxat,17-ish, 20-varaq.

Termiz shahar shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi, 457-fond, 2-ro‘yxat, 34-ish, 76-varaq.

Ergasheva, S. A. (2020). CRAFT OF SURKHANOAKH FROM THE HISTORY OF DEVELOPMENT. Theoretical & Applied Science, (7), 56-59.

Ergasheva, S. A. (2021). History of baisun silk knitting factory. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 581-585.

Ergasheva, S. A. (2020). The history of surkhan doppies (skullcups) аnd the characteristics of this folk craft. American Journal of Social and Humanitarian Research, 1(6), 7-13.

Abdusoatovna, E. S. (2023). SURXONDARYO VILOYATI IQTISODIY RIVOJLANISHIDA BOYSUN AN’ANAVIY HUNARMANDCHILIGINING О ‘RNI. PEDAGOGS jurnali, 31(1), 10-17.

Abdusoatovna, E. S. (2022). BOYSUN-UMUMBASHARIY QADRIYATLAR BESHIGI. PEDAGOGS jurnali, 12(2), 114-119.

Холманова, Ф. У. (2020). О роли предприятий легкой промышленности в экономике Сурхандарьи. Бюллетень науки и практики, 6(12), 483-486.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 341-344.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.

Холманова, Ф. У. (2019). СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ ИСТОРИИ, КАК НАУКА И УЧЕБНЫЙ ПРЕДМЕТ. Интернаука, (3-1), 30-32.

Холманова, Ф. У. ОЗИҚ-ОВҚАТ САНОАТИНИНГ ҲУДУДИЙ ТАШКИЛ ЭТИЛИШИ. ЎТМИШГА НАЗАР, 436.

Habibullo o‘g‘li, R. M. (2023). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMINING AN’ANAVIY TURMUSH TARZI.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов