HIGHLY SKILLED AND CREATIVE BASED ON LABOR MARKET NEEDS RELEVANCE OF TRAINING LEGAL PERSONNEL WHO THINK.

HAC
Google Scholar
To share
Sharipova, F. . (2023). HIGHLY SKILLED AND CREATIVE BASED ON LABOR MARKET NEEDS RELEVANCE OF TRAINING LEGAL PERSONNEL WHO THINK. Modern Science and Research, 2(10), 553–556. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25485
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the role of legal personnel in building a fair society in our country and increasing the international reputation of our country. In addition, the current potential of legal personnel and the increase in demand for them, as well as their compliance with professional ethics, were also analyzed. Also, a number of international normative legal documents on the role of legal professionals in building a fair society in our country and increasing the international reputation of our country have been analyzed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

553

MEHNAT BOZORI EHTIYOJLARI ASOSIDA YUQORI MALAKALI VA IJODIY

FIKRLAYDIGAN YURIDIK KADRLARNI TAYORLASHNING DOLZARBLIGI

Sharipova Feruza Hakim qizi

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi

Телефон: +998(33) 770 04 05

mailto:feruzasharipova12@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10131325

Annotatsiya.

Mazkur maqolada huquqshunos kadrlarning yurtimizda adolatli jamiyat

barpo etish va mamlakatimiznning xalqaro obro‘si yuksalishidagi roli tahlil qilingan. Bundan
tashqari huquqshunos kadrlarning bugungi kundagi salohiyati hamda ularga bo‘lgan talabning
oshishi hamda ularning kasb etikasiga rioya qilish ham tahlil qilingan. Shuningdek huquqshunos
kadrlarning yurtimizda adolatli jamiyat barpo etish va mamlakatimizning xalqaro obro‘si
yuksalishidagi roli oid bir qancha xalqaro normativ-huquqiy xujjatlar ham tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

mehnat

bozori, yurist, yuridik ta’lim, farmon, qaror, davlat, raqotbardosh

o’rta bo’g’in, professional ta’lim, dastur.

HIGHLY SKILLED AND CREATIVE BASED ON LABOR MARKET NEEDS

RELEVANCE OF TRAINING LEGAL PERSONNEL WHO THINK.

Abstract.

This article analyzes the role of legal personnel in building a fair society in our

country and increasing the international reputation of our country. In addition, the current
potential of legal personnel and the increase in demand for them, as well as their compliance with
professional ethics, were also analyzed. Also, a number of international normative legal
documents on the role of legal professionals in building a fair society in our country and
increasing the international reputation of our country have been analyzed.

Key words:

labor market, lawyer, legal education, decree, decision, state, competitive

middle class, professional education, program.

ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫЙ И ТВОРЧЕСКИЙ ПОДХОД,

ОТВЕЧАЮЩИЙ ПОТРЕБНОСТЯМ РЫНКА ТРУДА АКТУАЛЬНОСТЬ

ПОДГОТОВКИ МЫСЛЯЩИХ ЮРИДИЧЕСКИХ КАДРОВ.

Аннотация.

В данной статье анализируется роль юридических кадров в

построении справедливого общества в нашей стране и повышении международного
авторитета нашей страны. Кроме того, также был проанализирован текущий
потенциал юридических кадров и рост спроса на них, а также соблюдение ими
профессиональной этики. Также проанализирован ряд международных нормативно-
правовых документов о роли юристов в построении справедливого общества в нашей
стране и повышении международного авторитета нашей страны.

Ключевые слова:

рынок труда, юрист, юридическое образование, указ, решение,

государство, конкурентоспособный средний класс, профессиональное образование,
программа.

Mehnat bozori o’zi nima? Mehnat bozori bu ishchi kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor.

Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli
vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar mehnat bozorining


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

554

infratuzilmasini tashkil etadi. Bugungi kunda yuridik ta'lim olish, mehnat bozorida o‘z o‘rniga ega
bo‘lgan, yuridik sohada samarali faoliyat olib boradigan yuridik kadrlarni tayyorlash borasida
keng imkoniyatlar yaratilmoqda. O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so'ng yurist
kadrlarga bo'lgan ehtiyoj yanada ortib, zamonaviy yurist kadrlarga qo'yiladigan talab ham o'zgardi.
Istiqlolning dastlabki yillarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurish
va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishdek murakkab jarayonlarning huquqiy jihatlarini ta'minlab
berishga qodir bo'lgan mutaxassislar kerak edi.

Keyingi yillarda yurtimizda ilm-fanga munosabat tubdan oʻzgardi. Taʼlim sohasini isloh

etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarga
keng yoʻl ochildi. Sifatli taʼlim xizmatlari koʻrsatish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga
mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash yangilanishlarning pirovard maqsadiga aylandi. Shu
islohotlar jarayonida kasb-hunar taʼlimi sohasiga ham zamonaviy tamoyillar olib kirildi. Xalqaro
andozalarga mos professional taʼlim tizimi joriy etildi. Xususan, davlatimiz rahbarining 2019-yil
6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yana-da takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni mazkur islohotlarning mustahkam poydevoriga aylandi. Sababi,
unga muvofiq, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekistonda Taʼlimning xalqaro standart
tasniflagichi darajalari bilan uygʻunlashgan yangi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional
taʼlim darajalarini qamrab olgan professional oʻqitish tizimi hamda tabaqalashtirilgan oʻquv
dasturlari joriy etiladigan taʼlim muassasalari tashkil qilindi.

Mazkur dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan oʻquv maskanlari roʻyxati

tasdiqlandi. Shunga hamohang tarzda professional oʻqitish tizimida tegishli taʼlim dasturlari joriy
etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional oʻquv muassasalari
tarmogʻi yaratildi. Ayni paytda yurtimizda 339 ta kasb-hunar maktabi, 201 ta kollej, 185 ta
texnikum faoliyat yurityapti. Harakatlar strategiyasidagi ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor
yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari
imkoniyatini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar
tayyorlash siyosatini davom ettirish zarurligi qatʼiy belgilab berilgan. Zotan, xalqaro mehnat
bozori, integratsion jarayonlarning jadallashuvi, raqamlashtirish, sanoatdagi texnologik inqiloblar
davri ham aynan shuni talab qilyapti. Zarur malaka va koʻnikmalarga ega, raqobatbardosh oʻrta
boʻgʻin mutaxassislari xalqaro andozalarga mos, professional taʼlim tizimida tayyorlanadi. Shu
maʼnoda, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion
rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti nafaqat
taʼlim muassasalari, balki sohada innovatsion muhit, yangi makon yaratish ishlariga izchil
kirishgan.

Jumladan, tizimdagi rahbar va pedagog xodimlar uchun yangicha mezonlarda oʻquv

kurslari tashkil etilyapti. Mazkur oʻquv yilida malaka oshirishning yigirmaga yaqin yangi moduli
joriy qilindi. Ikki yuzdan ortiq vizuallashtirilgan va raqamlashtirilgan yangi elektron taʼlim
resurslari bazasi yaratildi. Institut ayni paytda kasb-hunar taʼlimini innovatsion rivojlantirish
hamda rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish yoʻnalishlarida faoliyat
olib bormoqda. Tizimni qisqa vaqt oraligʻida rivojlantirish va jahon standartlariga toʻla
moslashtirish maqsadida rivojlangan mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlarning ilgʻor tajribalari
oʻrganilyapti. Jarayonda Germaniya, Shveysariya, Janubiy Koreya, Turkiya va Xitoy kabi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

555

davlatlar, YUNESKO, Britaniya kengashi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Osiyo
taraqqiyot banki, Yevropa taʼlim fondi, Turkiya hamkorlik agentligi, Xitoyning Universitetlar
uyushmasi kabi tashkilotlardan ikki yuzdan ortiq nufuzli ekspertlar jalb etildi. Ulardan zarur tajriba
va xulosalar olindi.

Belarus Respublikasining Professional taʼlim respublika instituti bilan professional

taʼlim sifatini oshirish, milliy malaka tizimini joriy etish va WorldSkills standartlari asosida
kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarini qamrab olgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Davlatimiz
rahbari tomonidan xorijiy migrantlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha belgilab
berilgan vazifalar doirasida Rossiya xalqlar doʻstligi instituti bilan hamkorlik oʻrnatilib,
Oʻzbekistonda uning vakolatxonasi ochildi. Bu migrantlarga rus tilida muloqot qilish va rus tilida
kasb oʻrgatish imkonini kengaytiradi.

Professional taʼlim rivoji sohada mehnat qilayotgan rahbar va pedagog xodimlar

malakasini oshirish qay darajada sifatli yoʻlga qoʻyilganiga ham bevosita bogʻliq. Shu maʼnoda
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 26-fevraldagi “Professional taʼlim muassasalarining boshqaruv
hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yana-da
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi mavjud muammo va
kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, koʻzlangan maqsadga qisqa vaqt oraligʻida
erishishga xizmat qiladi.

Qarorga muvofiq, rahbar va pedagog xodimlar, kasbiy faoliyat natijalari qayd etishning

elektron portfoliosi (taʼlim platformasi) tizimi yoʻlga qoʻyildi. Shunga koʻra, kasbiy faoliyat
natijalari va erishgan yutuqlariga asosan rahbarlar hamda pedagog xodimlar muqobil, masofaviy,
malaka oshirish taʼlim muassasalari va uygʻunlashgan holda malaka oshirishga jalb qilinadi.
Shuningdek, qarorga asosan, boshqaruv va pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik salohiyatidan
kelib chiqib, ularning kasbiy ehtiyojini qondirishga yoʻnaltirilgan uzluksiz malaka oshirish
shakllarini mustaqil tanlash hamda oʻzlashtirish imkoniyati yaratildi. Malaka oshirish oʻquv
rejalariga bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda boshqaruv kadrlarining faoliyatini amalga
oshirish uchun zarur yangi modullar kiritilib, asosiy eʼtibor amaliyotga qaratildi. Oʻquv rejalardagi
umumiy soatning kamida yetmish foizi amaliy darslarga ajratilgani shundan dalolat beradi.

Advokatlik tizimi ham zamon talablarga javob beradigan huquqshunoslarga zarurat

sezmoqda. Prezidentimiz O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27
yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida "Misol uchun, 33 milliondan ortiq
O'zbekiston aholisiga faqatgina 4 mingta advokat xizmat ko'rsatayotganini ijobiy baholab
bo'lmaydi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi advokatlarning 60 foizi 50 yoshdan oshgan
shaxslardir. Ular orasida 30 yoshga to'lmagan yoshlar 70 nafarga ham etmasligini qanday izohlash
mumkin?!" deb ta'kidlagani holatni yaqqol namoyon etmoqda.

Zero, xalqaro huquqiy maydonda vatanimiz manfaatlarini himoya qiladigan malakali

huquqshunoslar tayyorlash ham nihoyatda dolzarb. Bundan tashqari, ma'muriy boshqaruv tizimi,
moliya va bank, sog'liqni saqlash, ta'lim, qurilish, axborot texnologiyalari, sport va boshqa
sohalardagi huquqshunoslarga mavjud ehtiyoj Prezidentimiz farmonida belgilangan vazifalarning
nechog'lik muhimligini bildiradi.



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

556

REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni, 2017 yil 7-fevral; 2.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-apreldagi "O'zbekiston

2.

Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-
tadbirlar to'g'risida"gi PF-5987 sonli Farmoni;

3.

Prezidentning 2020 yil 19 maydagi "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya
organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi
PF5997-sonli Farmoni;

4.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi
tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida" gi 705-sonli Qarori;

5.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi "Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar
bo'yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar
to'g'risida" 189-son Qarori:

6.

Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi

7.

ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil
10-iyundagi 359-son qarori;

8.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28- yanvardagi "2022
2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot

9.

strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.

10.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi

11.

farmoni, 2017 yil 7-fevral.

12.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston

13.

Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to'g'risida"gi farmoni.

14.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi "O'zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 677-sonli

References

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni, 2017 yil 7-fevral; 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-apreldagi "O'zbekiston

Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5987 sonli Farmoni;

Prezidentning 2020 yil 19 maydagi "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF5997-sonli Farmoni;

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 705-sonli Qarori;

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi "Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 189-son Qarori:

Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi

ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 10-iyundagi 359-son qarori;

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28- yanvardagi "2022 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi

farmoni, 2017 yil 7-fevral.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston

Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 677-sonli

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов