INTELLECTUAL PROPERTY IS PROTECTED BY THE STATE AND DISPUTES IN THIS FIELD THE ROLE OF FOREIGN EXPERIENCES IN THE SOLUTION

HAC
Google Scholar
To share
Sharipova, F. . (2023). INTELLECTUAL PROPERTY IS PROTECTED BY THE STATE AND DISPUTES IN THIS FIELD THE ROLE OF FOREIGN EXPERIENCES IN THE SOLUTION. Modern Science and Research, 2(10), 561–565. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25488
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the establishment of cooperation relations with the World Intellectual Property Organization on the protection of intellectual property of the Republic of Uzbekistan, its development, and the work carried out in mutual cooperation. Also, in recent years, the Republic of Uzbekistan has mentioned further expansion of cooperation with the World Intellectual Property Organization in ensuring the protection of intellectual property.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

561

INTELLEKTUAL MULK DAVLAT HIMOYASIDA VA BU SOHADAGI NIZOLARNI

HAL ETISHDA XORIJIY TAJRIBALARNING O’RNI

Sharipova Feruza Hakim qizi

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi

Telefon: +998(33) 770 04 05

mailto:feruzasharipova12@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10132599

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk

muhofazasi bo‘yicha Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga
qo‘yilishi, uning rivojlanib borishi hamda o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar tahlil
etilgan. Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan intellektual mulk
muhofazasini ta’minlashda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikni yanada
kengaytirish bo‘yicha aytib o’tilgan.

Kalit so‘zlar:

intellektual mulk, ijodiy huquqlar, mutlaq huquqlar, mualliflik huquqi,

xalqaro tashkilot, yevropa ittifoqi, ilodkor shaxs, xorijiy tajriba, intellektual mulkni himoya qilish
.

INTELLECTUAL PROPERTY IS PROTECTED BY THE STATE AND

DISPUTES IN THIS FIELD THE ROLE OF FOREIGN EXPERIENCES IN THE

SOLUTION

Abstract.

This article analyzes the establishment of cooperation relations with the World

Intellectual Property Organization on the protection of intellectual property of the Republic of
Uzbekistan, its development, and the work carried out in mutual cooperation. Also, in recent years,
the Republic of Uzbekistan has mentioned further expansion of cooperation with the World
Intellectual Property Organization in ensuring the protection of intellectual property.

Key words:

intellectual property, creative rights, absolute rights, copyright, international

organization, European Union, creative person, foreign experience, protection of intellectual
property.

ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНАЯ СОБСТВЕННОСТЬ ЗАЩИТАЕТ ГОСУДАРСТВО

И РОЛЬ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА В РАЗРЕШЕНИИ СПОРОВ В ЭТОЙ

ОБЛАСТИ

Аннотация.

В данной статье анализируется установление отношений

сотрудничества со Всемирной организацией интеллектуальной собственности по защите
интеллектуальной собственности Республики Узбекистан, ее развитие, а также работа,
проводимая во взаимном сотрудничестве. Также в последние годы Республика Узбекистан
отметила дальнейшее расширение сотрудничества со Всемирной организацией
интеллектуальной

собственности

в

обеспечении

защиты

интеллектуальной

собственности.

Ключевые слова:

интеллектуальная собственность, творческие права,

абсолютные права, авторское право, международная организация, Европейский Союз,
творческая личность, зарубежный опыт, защита интеллектуальной собственности.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

562

Intellektual mulk huquqi — intellektual faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana

shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda
mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Ma’lumki, intellektual (ijodiy) faoliyatsiz
intellektual mulk huquqi fuqarolik huquqining kichik sohasi sifatida ham, umuman, huquqning
muayyan tuzilmasi sifatida ham mavjud bo‘lishi mumkin emas. Inson ijodiy faoliyati juda ko‘p
o‘ziga xosliklarga ega. Tibbiy olimlar, ruhshunoslar, fiziologlar tomonidan ushbu faoliyat unikal,
noyob ekanligini har doim ta’kidlanadi. Ijodiy jarayon natijasida har doim yangi ob’ekt yaratiladi.
Kishilar faoliyatining shunday sohalari borki, bunday faoliyatning asosida intellektual-ijodiy
jarayon yotadi.

Masalan, ilm-fan, adabiyot, san’at. Biroq inson faoliyatining boshqa sohalarida ham ijodiy

yondashuvni qo‘llash imkoniyatlari behisob. Xar qanday inson o‘z turmush tarzi, o‘z qiziqishlari,
kasbi-kori va boshqa sohalarda ijodiy yondashuv asosida juda muhim samarali natijalarga erisha
oladi. Ijodkorlik ijodkor shaxs bilan uzviy bog‘liq, undan ajralmas xususiyatdir. Ijodkorlik bu
o‘ziga xos salohiyat, qobiliyat layoqat xisoblanadi. Kishi o‘z ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishi,
uni qo‘llay olishi, samarali natijalarga erishishi mumkin. Kishining ijodiy salohiyati eng avvalo
uning faoliyati natijalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu sababli ham huquq ijodkor insonga
nisbatan, ijodiy faoliyatga nisbatan va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solishda alohida o‘ziga xos ob’ekt sifatida yondashadi. Bu quyidagilarda namoyon
bo‘ladi.

Birinchidan, ijodkor shaxslar uchun belgilangan tartibda maqom belgilab qo'yilgan. Bunda

fan muallifi maqom iqtisodi ma'naviy qadriyatlar yordamida, yordam, yozuvchi shoir, rassom kabi
professional kasb-korlarini nomlanishida ham, o'zini o'zi boshqarish maydonlarida fan doktori,
nomzodi, dotsent, professor, akademik kabi o'ziga xos rutbalarda ham to'laqonli ko'rinadi.

Ijodkor shaxslar davlat tomonidan ham, jamiyat tomonidan ham rag‘batlantiriladi, qo‘llab-

quvvatlanadi, ularga nisbatan alohida hurmat-e’tibor bilan qaraladi. Masalan, olimlarga xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi; bastakor, xonanda va sozandalarga esa xizmat ko‘rsatgan artist, xalq artisti;
yozuvchilar, shoirlarga nisbatan xalq yozuvchisi kabi davlat unvonlari mavjud. Bunday rutbalarga
ega bo‘lgan shaxslar maoshlariga, pensiyalariga ustamalar to‘lanadi, xizmat turar joylari
berilganda qo‘shimcha uy-joy maydoni olish imtiyoziga ega, va nixoyat, O‘zbekiston davlat
mukofotlari tizimi mavjud, xalqaro miqiyosda Nobel mukofoti laureatlari alohida qadrlanadi.

Ikkinchidan, ijodiy faoliyatni huquqiy tartibga solish mexanizmida ham o‘ziga xosliklar

mavjud. Aniqroq aytganda, huquq bunda ijodiy intellektual faoliyatni alohida tartibga solmaydi,
balki ijodkor insonni o‘zining muayyan faoliyatini amalga oshirishdagi ijodkorlik xususiyatlarini
hisobga oladi.

Masalan, mehnat qonunchiligiga ko‘ra ijodkor xodimga o‘z ilmiy ishlanmasini ishxonada

emas, balki o‘zi uchun maqbul bo‘lgan sharoitlarda amalga oshirish uchun ijodiy ta’til berilishi
mumkin. Ish beruvchi xizmat tartibida yaratilgan ilmiy asarlar, badiiy va boshqa ijodiy asarlar
uchun mutlaq huquqlarni ijodkor xodimga to‘liq hajmda yoxud muayyan ulush hajmida berishi
xam mumkin yoki bunday xizmat asarlariga nisbatan mutlaq huquqlar ish beruvchiga tegishli
bo‘lsa ham muayyan muddat o‘tgach mutlaq huquqlar ijodkor xodimga o‘tadi.

Fuqarolik huquqida pudrat shartnomalarining alohida turi sifatida ilmiy tadqiqot ishlari

shartnomasiga oid normalar belgilab qo‘yilgan. Bunday shartnomada ijodiy muvaffaqiyatsizlik,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

563

salbiy natija, ilmiy tadqiqot ishlari asosida yaratilgan ob’ektlarga nisbatan mutlaq huquqlarni
rasmiylashtirish huquqlari, tavakkalchilik burchining taqsimlanish xususiyatlari o‘z ifodasini
topgan. Ijodiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha tanlovlar, konkurslar o‘tkazish tizimi va tartibiga
oid huquqiy normalar amaldagi qonunchilikda o‘z ifodasini topgan.

Va nixoyat, uchinchidan, ilmiy-ijodiy faoliyat natijasida yaratilgan moddiy va nomoddiy

ob’ektlar ham alohida huquqiy rejimga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Mualliflik huquqida bular
fan, adabiyot, san’at asarlari, patent huquqida ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari,
selektsiya yutuqlari kabi huquqiy rejimga ega.

Bunday alohida huquqiy rejimni belgilashdan maqsad ham ushbu ob’ektlarning

yaratuvchisiga nisbatan muayyan shaxsiy va mulkiy huquqlarni taqdim etish, fuqarolik
muomalasida ularga nisbatan muayyan maqomni ta’minlash, mutlaq huquqlar egasi huquqlari
hajmini, ushbu ob’ektlardan foydalanish jarayoni bo‘yicha ishtirokchilarning o‘ziga xos huquq va
majburiyatlarni belgilash hisoblanadi.

Intellektual mulk ximoyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar. Intellektual mulkni himoya

qilishda xalqaro miqyosda ikkita asosiy xalqaro tashkilot hamda bir qator regional tashkilotlar
faoliyat olib boradi. Ikkita asosiy xalqaro tashkilot sifatida Butunjaxon intellektual mulk agentligi
(WIPO BIMT) hamda - Jaxon savdo tashkiloti (WTO JST) intellektual mulkni himoya - qilish va
tartibga solish vazifasini amalga oshiradi. Regional tashkilotlardan eng muhimlaridan bu Yevropa
Ittifoqi hisoblanadi. Ushbu tashkilotlar xalqaro intellektual mulkni muhofaza qilishda juda muhim
funktsiyalarni bajarishadi.

BMT xamda JST intellektual mulk soxasidagi asosiy shartnomalarni tuzish, qabul qilish,

qayta ko‘rib chiqishni amalga oshirishadi. Ular nafaqat ushbu shartomalarni ishlab chiqishadi,
balki ba’zi holatlarda ularning ijrosini ta’minlashga ham undashadi, majburlov choralarini
ko‘rishadi. Yevropa Ittifoqi doirasida Tovar belgilari bo‘yicha regional byuro mavjud bo‘lib,
hozirgi kunda tovar belgilari bo‘yicha regional normativ bazani yaratish va takomillashtirish bilan
shug‘ullanadi. Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi tarafidan Yevropa patent ittifoqini tuzish ustida ish
olib borilyapti. Hozirgi kunda Agentlik BMT bilan birgalikda intellektual mulk bo‘yicha milliy
strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha harakatlarni boshlagan. Intellektual mulk bo‘yicha milliy
strategiya iqtisodiy nuqtai nazardan qadrli bo‘lgan intellektual mulkni yaratish bo‘yicha
mamlakatning imkoniyatlarini oshiradi.

Bundan tashqari, intellektual mulk sohasidagi strategiya mamlakatga muayyan reja

doirasida hamda samardorlik va barqarorlik printsiplariga rioya holda barcha manbalarning
salohiyatini ochib berish imkonini yaratadi. 2017 yilda BMT bilan Agentlik qoshidagi intellektual
mulk sohasidagi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazini qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi. Ushbu ko‘mak doirasida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar
taqdim etiladi, o‘quv auditoriyalari texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi, o‘qituvchilar qayta
tayyorlanadi hamda markaz tashkil qilayotgan turli tadbirlarga chet ellik mutaxassislar jalb
qilinadi

Yevropa Ittifoqi. Yevropa Ittifoqining intellektual mulk tizimi juda kuchli xisoblanadi,

chunki uning tarkibiga ko‘p yillar davomida intellektual mulk tizimida faoliyat ko‘rsatib
kelayotgan va katta tajribaga ega davlatlar kiradi. Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlari va raxbariy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

564

organlari intellektul mulkni muhofaza kilish siyosatini ishlab chiqishda quyidagi asosiy vazifalarni
oldiga qo‘yishgan:

1) intellektual mulk muxofazasini kuchaytirish;
2) nohalol raqobat sharoitida intellektual mulkka bo‘lgan huquqlardan foydalanishni oldini

olish;

3) intellektual mulk qonunchiligini garmonizatsiyasi;
4) tovar belgilari bilan shug‘ullanadigan patent xizmat tashkilotlarini xarakatlarini

qaytarilishini darajasini kamaytirish.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun Yevropa Ittifoqi bir qator mexanizmlardan foydalanadi:
1) majburiy direktivalar chiqarish;
2) xalqaro tashkilotlarning yig‘ilishlari, konferentsiyalarida ishtirok etish, xalqaro

shartnomalarni qabulga tayyorlashda va qabul qilishda ishtirok etish;

3) Yevropa Ittifoqining o‘z shartnomalarini, ba’zilarida esa boshqa a’zo bo‘lmagan

davlatlar uchun ham ochiq shartnomalarni ishlab chiqish va qabul qilish;

4) Yevropa Ittifoqining o‘z institutlarini yaratish
Intellektual ijod asarlari mualliflarining asosiy huquqlaridan biri (mualliflik yoki

hammualliflik shaxsiy huquqlaridan tashqari) bu o‘z asarini e’lon qilish, ularni ko‘paytirish va
tarqatishga bo‘lgan huquqdir. Yangi texnika vositalarining yaratilishi ko‘pgina adabiy, musiqiy,
kino teleasarlarni ularning mualliflari va tayyorlovchilari roziligisiz va nazoratsiz ko‘paytirish va
tarqatish imkoniyatini kengaytirdi.

Hozirgi vaqtda ko‘pgina firmalar, idoralar va ayrim shaxslar nusxa ko‘chirish qurilmalari

va mikrofotoapparatlar tarzidagi moslamalarga ega bo‘lib, ular matnlar, chizmalar va suratlardan
oson va arzon nusxa ko‘chirish imkonini beradi. Original asarlarning mualliflari va tashkilotchi-
tayyorlovchilar himoya qilish haqida qayg‘uradigan huquqlar orasida mulkiy huquqlar birinchi
o‘rinda turadi. Mulkiy huquqlar ko‘p karra nusxa ko‘chiriladigan intellektual ijod asarlari
mualliflarining shaxsiy huquqlari kabi milliy qonunchilik va xalqaro bitimlar bilan muhofaza
qilinadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 08.12.1992 (qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan)

2.

O‘zbekiston Respublikasining ―Mulkchilik to‘g‘risidagi‖ Qonuni 31.10.1990 yil.

3.

O‘zbekiston Respublikasining ―Baholash faoliyati to‘g‘risida‖gi Qonuni 19 avgust 1999 yil.

4.

O‘zbekiston Respublikasining ―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
to‘g‘risidagi Qonuni 19.11.1991yil

5.

O‘zbekiston Respublikasi ―Fuqarolik kodeks‖ 30.08.1996y

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi ―Baholovchi tashkilotlar
faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan hizmatlar sifati uchun ularning
mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida‖ PQ-843-son qarori.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 8 maydagi 210-sonli
―Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida‖gi Qarori.

8.

I.A.Karimov Ozbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yolida. T.«Ozbekiston» 1995
y.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

565

9.

I.A.Karimov.Ozbekiston XXI asr bosagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. T. «Ozbekiston » 1997 y.

10.

I.A.Karimov Ozbekiston XX1 asrga intilmoqda. T. «O`zbekiston» 1999 y..

11.

Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan
islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy
mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga
yurishdir‖ O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi.

12.

Matmurodov F.M. Baholash ishi. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiya,

Foydalanilgan internet manbalari

1.

www.lex.uz

2.

www.gazeta.uz

3.

www.daryo.uz

4.

www.kun.uz

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 08.12.1992 (qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan)

O‘zbekiston Respublikasining ―Mulkchilik to‘g‘risidagi‖ Qonuni 31.10.1990 yil.

O‘zbekiston Respublikasining ―Baholash faoliyati to‘g‘risida‖gi Qonuni 19 avgust 1999 yil.

O‘zbekiston Respublikasining ―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi Qonuni 19.11.1991yil

O‘zbekiston Respublikasi ―Fuqarolik kodeks‖ 30.08.1996y

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi ―Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan hizmatlar sifati uchun ularning mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida‖ PQ-843-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 8 maydagi 210-sonli ―Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida‖gi Qarori.

I.A.Karimov Ozbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yolida. T.«Ozbekiston» 1995 y.

I.A.Karimov.Ozbekiston XXI asr bosagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. «Ozbekiston » 1997 y.

I.A.Karimov Ozbekiston XX1 asrga intilmoqda. T. «O`zbekiston» 1999 y..

Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir‖ O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi.

Matmurodov F.M. Baholash ishi. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiya,

Foydalanilgan internet manbalari

www.lex.uz

www.gazeta.uz

www.daryo.uz

www.kun.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов