THE NEW UZBEKISTAN CONSTITUTION— MY CONSTITUTION

HAC
Google Scholar
To share
Sharipova, F. (2023). THE NEW UZBEKISTAN CONSTITUTION— MY CONSTITUTION. Modern Science and Research, 2(10), 557–560. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25487
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the development of the new constitutionalism, its importance and constitutional reforms.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

557

YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI-MENING KONSTITUTSIYAM

Sharipova Feruza Hakim qizi

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi

Телефон: +998(33) 770 04 05

mailto:feruzasharipova12@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10131861

Annotatsiya

. Ushbu maqolada yangi konstitutsiyaviyaning yartilishi, muhimligi va

konstitutsiyaviy islohotlar haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar

: konstitutsiya, asosiy qonun, O’zbekiston Respublikasi, mustaqillik, xalq,

komissiya, Oliy Kengash, sessiya, huquq, manfaat, modda, davlat, president.

THE NEW UZBEKISTAN CONSTITUTION— MY CONSTITUTION

Abstract.

This article provides information about the development of the new

constitutionalism, its importance and constitutional reforms.

Key words:

constitution, basic law, Republic of Uzbekistan, independence, people,

commission, Oliy Kengash, session, law, interest, article, state, president.

НОВАЯ КОНСТИТУЦИЯ УЗБЕКИСТАНА — МОЯ КОНСТИТУЦИЯ

Аннотация.

B данной статье представлена информация о развитии нового

конституционализма, его значении и конституционных реформах.

Ключевые слова:

конституция, основной закон, Республика Узбекистан,

независимость, народ, комиссия, Олий Кенгаш, сессия, закон, интерес, статья,
государство, президент.


Albatta, o‘tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy bilimi oshdi, qarashlari

o‘zgardi. Ular bugungi tizim, ijtimoiy-siyosiy hayot haqida bemalol o‘z munosabatlari bildira
oladi. Haq-huquqlarini taniydi. Ayni shu jihatdan qaragan Prezidentning taklifi ham xalq
manfaatlarini, huquqlarini ko‘zlaydi. Bugun inson qadri ulug‘langan davlatda har bir fuqaroning
fikri, nuqtai nazari muhim. Davlat ularni eshitadi va qo‘llab-quvvatlaydi.

Davlatning bosh qomusi -Konstitutsiya esa xalq huquqlari, manfaatlarini himoya qila olishi

shart. Shu nuqtai nazardan bugun xalq fikriga, takliflariga quloq tutilayotir. Demak, har birimizdan
mas’uliyat va shu davlat ijtimoiy-siyosiy hayotida daxldorlik hissi ila yondashish talab etiladi.

Fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari takliflarini yigʻish, umumlashtirish, ularni

Konstitutsiyaviy komissiyaga taqdim etish tizimini ishga tushirish maqsadida “Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun
loyihasi ishlab chiqildi. Mutasaddilar tomonidan “Mening Konstitutsiyam” onlayn platformasi,
call-markaz, pochta, jumladan, elektron pochta hamda telegram maxsus boti orqali taklif va
mulohazalar yuborish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.

Konstitutsiyaviy komissiya esa oʻz faoliyatini uch bosqichda amalga oshirdi. Birinchi

bosqichda, Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha takliflar qabul qilindi, jamlandi va tahlil qilindi.
Qisqa muddatda fuqarolardan 60 mingdan ziyod taklif va gʻoyalar kelib tushdi.

Ikkinchi bosqichda, parlament tomonidan ishlab chiqilgan, takomillashtirilayotgan

Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasida koʻrib chiqildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

558

Yakuniy bosqichda esa umumxalq muhokamasi natijasida maromiga yetkazilgan qonun

loyihasi Prezidentimiz taklifiga asosan, referendum oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilinishi koʻrsatib
oʻtildi.

Darhaqiqat, shu maqsadda insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib

olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh
qomusimizning yangi tahrirdagi varianti ishlab chiqildi. Moddalar soni amaldagi 128 tadan 155
taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga koʻpaydi. Shuningdek, 128 ta moddadan 91 tasiga
konseptual oʻzgarish kiritilti. Konstitutsiya matni 65 foizga yangilandi. Fursatdan foydalanib, bu
boradagi eng muhim jihatlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman.

Avvalambor, biz bir savolga aniq javob topishimiz kerak. Nima uchun aynan bugun

konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish zarurati tug‘ilmoqda? Ayrim yurtdoshlarimiz, hatto ba’zi
olimlarimiz ham Konstitutsiyamiz zamonaviy demokratik talablarga javob beradi-ku, unga
o‘zgartirish kiritishga ehtiyoj bormi, degan savolni o‘rtaga qo‘ymoqda.

To‘g‘ri, Konstitutsiyamiz xorijiy ilg‘or tajriba hamda xalqaro standart va talablarga har

tomonlama mos keladi. Bunga hech qanday shubha yo‘q. 1992 yili amaldagi Asosiy qonunimizni
qabul qilishda ishtirok etgan komissiya a’zolari fikricha: O‘zbekiston Konstitutsiyasi mustaqillik
yillarida erishgan barcha yutuqlarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelmoqda. Buni
hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

O'ttiz bir yil

– tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz

mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom
ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Ana shu mashaqqatli va sharafli yo‘lda erishgan
barcha yutuqlarimizni, eng avvalo, Konstitutsiyamiz bilan bog‘lashimiz, albatta, bejiz emas. Nega
deganda, Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish
yo‘limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi.

To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan,
erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Bozor
munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish
borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari,

fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko‘lamli
islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib,
fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh
qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir.

Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib, unga yana

bir qator o‘zgartishlar kiritilgach, 1992 yil 8 dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu
kundan e’tiboran, 8 dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.

Shunday qilib, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo

sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo‘lsa, birinchi Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni
davlatimiz yangidan tug‘ildi, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam huquqiy poydevor qo‘yildi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy
kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

559

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, Konstitutsiyamiz – Asosiy

Qonunimiz qabul qilinishi bilan biz O‘zbekiston kelajagini, yangitdan barpo etilayotgan
davlatimizning chuqur mazmuni, ma’no va mohiyatini, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy,
gumanitar va ma’naviy taraqqiyotning, yurtimiz qiyofasini, uning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni
va nufuzini tubdan o‘zgartirib yuborgan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning
pirovard maqsadlarini aniq-ravshan belgilab oldik.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va

ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani uning hayotiyligining kafolatidir.

Shu bilan birga, Asosiy Qonunimiz ko‘plab demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy

qurilish sohasidagi ilg‘or tajribaning eng yaxshi jihatlarini, Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasining umume’tirof etilgan normalari hamda mazkur sohadagi boshqa xalqaro
hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, erkinligini ta’minlash va himoya qilish
mexanizmini o‘zida mujassam etgan.

Konstitutsiyaning qabul qilinishi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha jabhalaridagi

munosabatlarni, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy
tizimni tashkil etdi. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz parlamenti Konstitutsiya normalariga
muvofiq 8 ta konstitutsiyaviy qonun, 15 ta kodeks, 600 dan ziyod qonunni qabul qildi, 200 dan
ortiq ko‘p tomonlama xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi va shu tariqa Asosiy Qonunimizni
amalga oshirishning yaxlit huquqiy mexanizmi yaratildi. Uning samaradorligini vaqt o‘zi ko‘rsatib
turibdi va bu bugun jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Asosiy Qonunimizga nisbatan
bunday yuksak va xolis baholar berilishi bejiz emas. Buni, jumladan quyidagi sabablar bilan
izohlash mumkin. Birinchidan, bizning Konstitutsiya haqiqatan ham demokratik Konstitutsiyadir.
Tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni, xalqaro andozalarni o‘zida
mujassam etgan hujjatdir.

Ikkinchidan, bizning Konstitutsiya eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy

tajribasiga tayangan holda yaratilgan. Bunda qaysidir davlatning tayyor Konstitutsiyasini ko‘r-
ko‘rona ko‘chirib olish yo‘lidan bormay, balki eng ilg‘or xorijiy konstitutsiyaviy tajribalarni
o‘rgandik va e’tiborga oldik. Natijada endilikda Bosh Qomusimiz dunyo miqyosida ham har
qanday taraqqiy topgan davlat Konstitutsiyasi bilan bemalol kuch sinashmoqda.

Uchinchidan, Konstitutsiyaning g‘oya va normalari o‘zbek xalqining teran tarixiy

ildizlariga asoslangan bo‘lib, u ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlarni, ulug‘
ajdodlarimizning huquqiy merosini o‘z ichiga olgan.

Bugungi kunga kelib Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqimiz uchun bir

qancha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jumladan har bir shaxs toʻlaqonli erkin soʻzlash huquqiga
ega boʻldi. Jamiyatning asosi davlat emas, inson huquqi etib belgilandi. Yurtboshimiz
taʼkidlaganlaridek: “INSON DAVLAT UCHUN EMAS, DAVLAT INSON UCHUN
ISHLAYDI”.

Ijtimoiy adolat insoniyat tarixida asrlar mobaynida shakllangan muhim ijtimoiy g‘oya va

xalqning doimiy orzusi bo‘lib, jamiyatda ro‘y berayotgan islohotlar davrida uning ahamiyati
tobora ortib bormoqda. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlar esa bu
tamoyilning hayotga tatbiq qilinayotganining yorqin dalili sifatida ko‘zga tashlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

560

Ijtimoiy adolat davlat hokimiyati organlarining boshqaruv salohiyati va fuqarolik

jamiyatining tarkibiy qismlari va imkoniyatlari o‘rtasida hamjihatlik va adolatli ijtimoiy tartibotni
tashkil etish vositasi sifatida faoliyat yurituvchi huquqiy mexanizmlar orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy adolat erkinlik va tenglik tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning
uyg‘unligida yaqqol namoyon bo‘ladi. Erkinlik va tenglik tushunchalari esa qonuniylik
tushunchasi bilan uzviy bog‘liq holda ijtimoiy adolatni huquqiy jihatdan mustahkamlashga xizmat
qiladi. Jamiyat a’zolarining qonun oldida tengligi, inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish
ijtimoiy adolat tamoyilining bosh maqsadini tashkil qiladi.

Konstitutsiyamizning yangi tahririda shularga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan,

ijtimoiy, demokratik-huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratish, aholi
farovonligini oshirish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, hayotning
barcha sohalarini liberallashtirishga muhim ahamiyat qaratilgan. Yangi Konstitutsiya Yangi
O‘zbekiston taraqqiyotida yangi davrni boshlab beradi. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda,
konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida, referendum orqali
amalga oshirsak, bu tom ma’noda xalqimiz xohish irodasining ifodasi-haqiqiy xalq Konstitutsiyasi
bo‘ladi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, xozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli

barchasi o‘zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham o‘z
konstitutsiyasiga ega emas. Milliy ramzlar qatorida tilga olinadigan konstitutsiyaga bizning
mamlakatimiz ham ega ekanligi bizning baxtimiz albatta. Ulug’ ajdodlarimizning asriy armonlari,
erkin xayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklar va ulug’ orzularini
o’zida mujassam etgan Davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va meyoriy
xujjatlar uchun mustaxkam asos bo’lib xizmat qilmoqda.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi //O’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. // “Halq so‘zi” gazetasi (https://kompy.info/foydalanilgan-adabiyotlar-
v8.html), (https://kompy.info/foydalanilgan-adabiyotlar-v8.html) 22 dekabr 2017 yil.

3.

Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch. –T.: Ma‘naviyat, 2008, 171 b

4.

O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida”gi Qonuni // Bola ma‘naviyatini
tarbiyalash /Tuzuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov. – T.: “Ma’rifat-Madadkor”

5.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi //Bola ma‘naviyatini tarbiyalash /Tuzuvchilar: J.Fozilov,
R.Sultonov, H.Saidov. – T.: “Ma’rifat-Madadkor”, 2000. – 20-55-b.

6.

Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: O’zbekiston, 2000. – 80 b.

7.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaning 25-yilligiga bag`ishlangan “Konstitutsiya - erkin va farovon
hayotimiz(https://kompy.info/soxibaxon-ped-texnologiya-doc.html),
(https://kompy.info/soxibaxon-ped-texnologiya-doc.html) mamlakatimizni yanada taraqqiy
ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasidagi nutqidan.

References

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi //O’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // “Halq so‘zi” gazetasi (https://kompy.info/foydalanilgan-adabiyotlar-v8.html), (https://kompy.info/foydalanilgan-adabiyotlar-v8.html) 22 dekabr 2017 yil.

Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch. –T.: Ma‘naviyat, 2008, 171 b

O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida”gi Qonuni // Bola ma‘naviyatini tarbiyalash /Tuzuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov. – T.: “Ma’rifat-Madadkor”

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi //Bola ma‘naviyatini tarbiyalash /Tuzuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov. – T.: “Ma’rifat-Madadkor”, 2000. – 20-55-b.

Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: O’zbekiston, 2000. – 80 b.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 25-yilligiga bag`ishlangan “Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz(https://kompy.info/soxibaxon-ped-texnologiya-doc.html), (https://kompy.info/soxibaxon-ped-texnologiya-doc.html) mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasidagi nutqidan.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов