TECHNOLOGIES OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR PROFESSIONAL ACTIVITY ON THE BASE OF A COMPETENT APPROACH

HAC
Google Scholar
To share
Ergasheva, B. ., Maxmudova, D. ., & Bahoroy, R. . (2023). TECHNOLOGIES OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR PROFESSIONAL ACTIVITY ON THE BASE OF A COMPETENT APPROACH. Modern Science and Research, 2(10), 118–122. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25761
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is about improving the technology of preparing future teachers for professional activity based on the competence approach.

Similar Articles


background image



118

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK

TARBIYACHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI

Ergasheva Ba’rno Ziyavitdin qizi

TDPU, o’qituvchi.

barnoergasheva90@gmail.com

Maxmudova Diyora Akmalovna

TDPU, o’qituvchi.

maxmudova_diyora@tdpu.uz

Ramozonova Bahoroy Sadriddinovna

TDPU, o’qituvchi.

bahoroyramozonova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10153031

Annotatsiya.

Mazkur maqola kompetentsiyaviy yondashuv asosida bo'lajak tarbiyachilarni

kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish xususida boradi.

Kalit so’zlar:

Kompetensiya,

kompetentlik,

faoliyat,

shart–sharoit,

tajriba,

moderinizatsiya, tizim, kreativ, texnologiya, kognitiv, yondashuv, kasbiy faoliyat, rivojlantirish.

TECHNOLOGIES OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR

PROFESSIONAL ACTIVITY ON THE BASE OF A COMPETENT APPROACH

Abstract.

This article is about improving the technology of preparing future teachers for

professional activity based on the competence approach.

Keywords:

Competence, competence, activity, conditions, experience, modernization,

system, creative, technology, cognitive, approach, professional activity, development.

ТЕХНОЛОГИИ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ К

ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА ОСНОВЕ КОМПЕТЕНТНОГО

ПОДХОДА

Аннотация.

В данной статье речь идет о совершенствовании технологии

подготовки будущих учителей к профессиональной деятельности на основе

компетентностного подхода.

Ключевые слова:

Компетенция, компетентность, деятельность, условия, опыт,

модернизация, системный, творческий, технология, познавательный, подход,

профессиональная деятельность, развитие.

Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning


background image



119

taraqqiyot strategiyasida maktabgacha talim tizimiga aloxida to'xtalib o'tganlar va bir kancha

vazifalar bergilab berganlar Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib

chiqish Bog'cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning

takomillashtirilgan tizimini joriy etish. 2022 — 2026 yillarda 160 mingdan ziyod pedagog

kadrlarning malakasini oshirish. Maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan

yondashuvlar asosida takomillashtirish to'grisida aloxida to'xtalib o'tganlar.

Shu bilan birga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko'plab isloxotlarda xam

demokratik tamoyillar asosidagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida oliy ta'lim tizimida

talabalarning mutaxassisligi bo'yicha kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishda pedagoglarning

kasbiy kompetentsiyalarini yanada takomillashtirish zarurati ta'kidlab o'tilgan. Bozor

munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o'rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli

bo'lish xar bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo'lish, uni izchil ravishda oshirib borish

zarurligini ko'rsatmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirishda ta'lim kontekstida ko'p bosqichli

uzviylik, uzluksizlik va izchillik tamoyillariga asoslangan samarali innovasion modellarni

yaratish, pedagoglarning kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishni taqozo qilmoqda.

Bugungi ta'limni modernizatsiyalash sharoitida oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog

kadrlarining kompetentsiyasini rivojlantirish va bu jarayonda quydagi yo’nalishlarga alohida

e'tibor qaratish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

• pedagog kadrlarda kasbiy faoliyat va sohaga tegishli yangi kompetentsiyalar va

ko’nikmalarni faol o’zlashtirish motivatsiyasini rivojlantirish;

• ta'lim jarayonida sifatga urg'u berish orqali pedagogik jarayonga ijodiy yondashuv va

novatorlikni rivojlantirish;

• hamkorlikdagi ta'lim, loyihaviy va muammoli ta'lim elementlarini o‘z ichiga olgan

«tadqiqotlar orqali ta'lim» kontseptsiyasini amaliyotga keng joriy etish;

• ijodiy seminarlar, kastinglar, master klasslar tashkillashtirish orqali pedagoglar va

talabalarni hamkorlikdagi tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish va pedagoglarda tadqiqotchilik

faoliyatini tashkil etish va boshqarish sohasidagi zaruriy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish;

• pedagoglarning innovasion g‘oyalarni ishlab chiqish va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini

rivojlantirishga xizmat qiluvchi maxsus kurslarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish muhim

yo‘nalishlardan sanaladi.

Kasbiy mahorat kasbiy kompetentlik mohiyatini ochuvchi pedagogik kategoriyalardan biri

bo‘lib, u pedagogik jihatdan shaxsga xos quyidagi sohalarini qamrab oladi. Bu borada tadqiqotchi

S.A.Drujilov quyidagilarni ajratadi. Ya’ni kasbiy mahoratining to‘rt muhim jihati deb


background image



120

quyidagilarni nazarda tutadi:

1. Motivatsion-ixtiyoriy komponent (motivlar, maqsadlar, ehtiyojlar va qadriyatlar);

2. Funktsional komponent (ma’lum bir faoliyat usullari haqidagi bilimlar);

3. Kommunikativ komponent (fikrlarni to‘g‘ri ifoda etish, tahlil qilish, ishontirish, gapirish,

muloqotni tashkil qilish va axborotni uzatish qobiliyati);

4. Refleksiv komponent (o‘z faoliyati natijalarini boshqarish va baholash qobiliyati).

Demak, professionallik tushunchasi bo‘yicha quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin: - ma’lum bir

kasbiy faoliyat turi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi; - umumiy va qiyin

vaziyatlarda atrofdagi voqelikni aniq anglash, shuningdek, kasbiy muammolarni hal etish

san’atining puxta egallanganligi kerak

Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash

texnologiyasi omillarida quydagilar muhim o‘rin tutadi:

Psixologik tayyorlash asoslari.Bu asoslarda quydagilar negiz hisoblanadi :

a) bola psixologiyasi bo‘yicha bilim berish;

b) bola psixologiyasini rivojlantirish bo‘yicha metod bilan qurollantirish;

c) bola bilan psixologik ishlashga tayyorlash.

Bunday yondashuv kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy

faoliyatga tayyorlashda psixologik omillarga tayanish imkonini beradi.

Pedagogik tayyorlash asoslari.Mazkur asoslarning eng muhim tayanchlarini quydagilar

tashkil etadi:

a) bolani aqliy rivojlantitish asoslari bilan tanishtirish;

b) bolani ijtimoiylashtirish asoslari bilan qurollantirish;

c)bolani maktabga tayyorlash asoslari bilan tayyorlash.

Mazkur pedagogik asoslar kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni

kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik tayanchlarini beradi.

Shunday qilib kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy

faoliyatga tayyorlashning psixologik-pedagogik omillari o‘ziga xos xususiyatlari bilan muhim

ahamiyatga ega.

Zamonaviy tarbiyachining asosiy kompetensiyasi:

1. O‘z “ta’limiy kamchiliklari”ni mustaqil tuzatib, bolalar bilan birga ta’lim-tarbiya

jarayonini olib borishni bilish.

2. Bolalarni mustaqil faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishni bilish.

3. O‘quv jarayonini sahnalashtirish bunda turli xil faoliyat usullaridan foydalanish, ularga


background image



121

bolalarning moyilligi va qiziqishiga qarab ishlarni taqsimlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

4. Tadqiqotchilik tafakkuriga, bolalarda tadqiqotchilik ko‘nikmasini tashkil etishni bilishi

kerak.

5. Bolalarni yutuq va rivojlanishlarini baholash tizimidan foydalanish.

6. O‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni bilish.

7. Dars jarayonida suhbat va bahs-munozara olib borish, bolalar o‘zlari xoxlab aytmoqchi

bo‘lgan fikr, qarash va munosabatlarini bayon eta olishlariga yo‘naltirilgan muhitni yaratish.

Nafaqat bolalar bir-birlari bilan balki, tarbiyachi bilan ham shaxsiy qarash va munosabat,

tanqidlarni tahlil qilishlari kerak. Tarbiyachilarning tayanch pedagogik kompetensiyasi yuzasidan

O’zbekistonda kasbiy standart talablari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular:

• ijtimoiy-shaxsiy kompetensiya;

• pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarini amalga oshirish

• o‘quv faoliyati motivatsiyasi;

• informatsion kompetensiya;

• pedagogik dasturlarini ishlab chiqish va qaror qabul qilish;

• o‘quv faoliyatini tashkil etish.

Xulosa qiladigan bolsak,kompetensiyaviy yondashuv asosida bo’lajak tarbiyachilar

quydagi kompetensiyalarga ega bo’lishlari kerak.

1. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatga yo'naltirish

kasbiy kompetentligining muxim tarkibi, innovasiyalarga nisbatan ochiqlik, analitik tafakkur,

ijodkorlik va tadqiqotchilik ko'nikma va malakalariga ega bo‘lish xamda kasbiy faoliyatda ulardan

samarali foydalanishga tayyorlash

2. Bo’lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyat va sohaga tegishli yangi kompetentsiyalar va

ko‘nikmalarni faol o‘zlashtirish motivatsiyasini rivojlantirish

3.Ta'lim jarayonida sifatga urg'u berish orqali pedagogik jarayonga ijodiy yondashuv va

novatorlikni rivojlantirish;

4.Hamkorlikdagi ta'lim, loyihaviy va muammoli ta'lim elementlarini o‘z ichiga olgan

«tadqiqotlar orqali ta'lim» kontseptsiyasini amaliyotga keng joriy etish;

5.Ijodiy seminarlar, kastinglar, master klasslar tashkillashtirish orqali pedagoglar va

talabalarni hamkorlikdagi tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish va pedagoglarda tadqiqotchilik

faoliyatini tashkil etish va boshqarish sohasidagi zaruriy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishdan

iboratdir.


background image



122

REFERENCES

1.

Ergasheva, B. (2022). TALABALARINING PEDAGOGIK MODERINIZATSIYA

SHAROITIDA KASBIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH. Science and

innovation, 1(B7), 401-405.

2.

Barno,

E.

(2023).

OʻZBEKISTONDA

MAKTABGACHA

TALIM

MUASSASALARINING ZAMONAVIY TIZIMI. Research Focus International Scientific

Journal, 2(3), 103-105.

3.

Рамозонова, Б. С., & Абдумуминова, Д. (2023, March). ТЕХНОЛОГИИ РАЗВИТИЯ

УЧЕБНО-ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ

ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПРАКТИКИ. In E Global Congress (No. 3, pp. 1-5).

4.

Sadriddinovna,

R.

B.

(2022).

TECHNOLOGIES

FOR

INCREASING

OF

STUDENTS'LEARNING COMPETENCIES IN THE COURSE OF PEDAGOGICAL

PRACTICE. Confrencea, 6(6), 226-227.

5.

Muratova, M. (2023). NEGATIVE CONSEQUENCES OF BULLYING IN RELATION TO

PRESCHOOL CHILDREN. International Journal of Pedagogics, 3(10), 43-47.

6.

Махмудова, Д. А. (2023). ПРОБЛЕМЫ ЦИФРОВОЙ ПЕДАГОГИКИ И РАЗВИТИЕ

ЦИФРОВОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ОБУЧАЮЩИХСЯ. Лучшие интеллектуальные

исследования, 8(1), 143-147.

7.

MARASULOVA, D. (2022). NIGMATULLAEVNA Interactive and Problem-Situational

Methods of Teaching English to Children of Senior Preschool Age. Spanish Journal of

Society and Sustainability.—Published February, 8, 12-15.

References

Ergasheva, B. (2022). TALABALARINING PEDAGOGIK MODERINIZATSIYA SHAROITIDA KASBIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH. Science and innovation, 1(B7), 401-405.

Barno, E. (2023). OʻZBEKISTONDA MAKTABGACHA TALIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY TIZIMI. Research Focus International Scientific Journal, 2(3), 103-105.

Рамозонова, Б. С., & Абдумуминова, Д. (2023, March). ТЕХНОЛОГИИ РАЗВИТИЯ УЧЕБНО-ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПРАКТИКИ. In E Global Congress (No. 3, pp. 1-5).

Sadriddinovna, R. B. (2022). TECHNOLOGIES FOR INCREASING OF STUDENTS'LEARNING COMPETENCIES IN THE COURSE OF PEDAGOGICAL PRACTICE. Confrencea, 6(6), 226-227.

Muratova, M. (2023). NEGATIVE CONSEQUENCES OF BULLYING IN RELATION TO PRESCHOOL CHILDREN. International Journal of Pedagogics, 3(10), 43-47.

Махмудова, Д. А. (2023). ПРОБЛЕМЫ ЦИФРОВОЙ ПЕДАГОГИКИ И РАЗВИТИЕ ЦИФРОВОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ОБУЧАЮЩИХСЯ. Лучшие интеллектуальные исследования, 8(1), 143-147.

MARASULOVA, D. (2022). NIGMATULLAEVNA Interactive and Problem-Situational Methods of Teaching English to Children of Senior Preschool Age. Spanish Journal of Society and Sustainability.—Published February, 8, 12-15.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов