THE PROCEDURE FOR DRAWING UP FINANCIAL STATEMENTS IN JOINT-STOCK COMPANIES ON THE BASIS OF INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS

HAC
Google Scholar
f
805-811
0
0
To share
Bahromjon, X., & Nargiza, N. . (2023). THE PROCEDURE FOR DRAWING UP FINANCIAL STATEMENTS IN JOINT-STOCK COMPANIES ON THE BASIS OF INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS. Modern Science and Research, 2(10), 805–811. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25947
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides a practical analysis of the practical application of international financial reporting standards in Uzbekistan and the problems in the transition to international financial reporting standards and ways to overcome them.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

805

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO
STANDARTLARI ASOSIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARINI TUZISH TARTIBI

Xalilov Bahromjon Bahodirovich

Osiyo Xalqaro Universiteti, Buxoro.

“Iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchisi

Naimova Nargiza Akbarovna

Osiyo Xalqaro Universiteti, Buxoro.

“Iqtisodiyot” kafedrasi assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10199558

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O'zbekistonda moliyaviy hisobotlarning xalqaro

standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tizish tartibi, uning amaliyotda qo'llanilishi va
moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o'tishdagidagi muammolar va ularni bartaraf
etish yo'llarining amaliy tahlili keltirilgan.

Kalit so’zlar:

xalqaro moliyaviy hisobot, moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti,

moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, buxgalteriya hisobining milliy standartlari, biznes,
investitsiyalar.

THE PROCEDURE FOR DRAWING UP FINANCIAL STATEMENTS IN JOINT-

STOCK COMPANIES ON THE BASIS OF INTERNATIONAL FINANCIAL

REPORTING STANDARDS

Abstract.

This article provides a practical analysis of the practical application of

international financial reporting standards in Uzbekistan and the problems in the transition to
international financial reporting standards and ways to overcome them.

Key words:

international financial reporting, financial accounting and reporting,

international financial reporting standards, national accounting standards, business, investment.

ПОРЯДОК СОСТАВЛЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ В

АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВАХ НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ

СТАНДАРТОВ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ

Аннотация.

В данной статье представлен практический анализ практического

применения международных стандартов финансовой отчетности в Узбекистане и
проблемы при переходе на международные стандарты финансовой отчетности и пути их
преодоления.

Ключевые слова:

международная финансовая отчетность, финансовый учет и

отчетность, международные стандарты финансовой отчетности, национальные
стандарты бухгалтерского учета, бизнес, инвестиции.

O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qilish uchun muayyan sharoit yaratish,

jumladan, vatanimiz iqtisodiy sub'ektlari faoliyatining shaffofligi va aniqligiga erishish zarur. Bu
masalani amalga oshirish moliyaviy hisobotlarning umumqabul qilingan jahon standartlarini -
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo'llash bilan bog'liq. O'zbekiston mustaqillikka
erishgach, bozor iqtisodiyoti tomon harakatiga tushdi. Bu jarayonda sovetlarning buxgalteriya
uslublaridan voz kechildi va moliyaviy hisobotlar jahonda qabul qilingan tamoyillarga o'ta
boshladi. Jumladan, qonun bilan quvvatlangan turli milliy buxgalteriya standartlari ishlab chiqildi,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

806

buxgalterlar uyushmalari qoshida xalqaro buxgalteriya amaliyotlarini o'rgatish va buxgalterlarni
sertifikatlash tizimlari shakllandi. O'zbekistonda yuritilgan qonunchilik, ta'lim va malaka oshirish
amaliyotlarining yakuni MHXS bilan to'la uyg'unlashuvga olib kelishi kutilgan edi.

So'nggi yillarda respublikamizda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy subyektlarning xorijlik

hamkorlar bilan xalqaro aloqalar doirasi sezilarli darajada kengaymoqda, va o'z o'zidan
buxgalteriya hisobotlaridan xorijiy foydalanuvchilar hajmi ham ortmoqda. Shu munosabat bilan
BHMS bo'yicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarni kompaniyalarning aksiyalari xalqaro fond
bozorlarida kotirovka qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari uchun MHXSga muvofiq o'zgartirish
masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Respublikamiz moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar bo'yicha o'zgartirish jarayoni

sari birinchi qadam - buxgalteriya hisoboti tuzish jarayoniga ta'sir etadigan mahalliy buxgalteriya
hisobi yuritishning ayrim usullari umume'tirof etilgan amaliyotga mos kelmasliklarini aniqlashdir.
Bu usullar MHXS qo'yadigan talablarga muvofiq tuzatishlar kiritish uchun zarur.

O'zgartirish jarayonining mohiyati BHMS bo'yicha va MHXS bo'yicha hisobdagi mavjud

nomuvofiqliklarni aniqlash hamda BHMS asosida tuzilgan hisobotlarga zarur tuzatishlar
kiritishdan iborat. BHMS asosida tuzilgan hisobotlarni o'zgartirish aksiyadorlik jamiyatlarining
o'z kuchlari bilan ham, chetdan taklif qilingan mutaxassislar yordamida ham amalga oshirilishi
mumkin. Amaliyotda ko'pincha ikkinchi usul foydalaniladi, chunki o'zgarishlar jarayonlarini
bajarish ham mahalliy, ham xalqaro hisob standartlari va hisobotlarni o'zgartirish texnikasini
mukammal bilish zarurati bilan bog'liq. Korxonalar taklif qilladigan malakali mutaxassislar bu -
auditorlik tashkilotlarining xodimlari sanaladi.

Milliy qonunchilik talablariga muvofiq hisob yuritish va hisobotlar tuzishga majbur

bo'lgan respublikmiz aksiyadorlik jamiyatlari uchun MHXS bo'yicha moliyaviy hisobot
tayyorlashning ikki xil texnologiyasi mavjud - parallel hisob va o'zgartirish (transformatsiya).
Biroq parallel hisob yuritish mehnat resurslaridan nooqilona foydalanish va mehnat
xarajatlarining ortishi tufayli samarasiz hisoblanadi. Hozirgi paytda parallel hisob yuritish yoki
hisobotlarni o'zgartirishni qo'llash masalasi qonunchilik tomonidan tartibga solinmaydi va
aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining ixtiyoriga havola qilinadi, shu sababli ikkala texnologiyani
ham taqqoslash mumkin.

Hisobotlarni o'zgartirishning asosiy mohiyati schetlar va operatsiyalarni qayta tasniflash

va O'zbekiston hisob tizimi ma'lumotlariga MHXSga muvofiq tuzatishlar kiritish yo'li bilan
BHMS bo'yicha hisobotlarni konversiyalash (o'zgartirish) va moslashtirishdan iborat. Parallel
hisob yuritishning mohiyati esa shundan iboratki, korxonaning barcha operatsiyalari BHMS
bo'yicha ham, MHXS bo'yicha ham hisobda aks ettiriladi. Ikkita bosh kitob: BHMS bo'yicha bosh
kitob va MHXS bo'yicha bosh kitob parallel ravishda yuritiladi.

Agar ko'rsatilgan texnologiyalarni jarayonning mehnat sig'imi nuqtai nazaridan

baholaydigan bo'lsak, hisobotni o'zgartirishda tuzatishlar kiritish tarkibi va mehnat sig'imi milliy
va xalqaro standartlarni yaqinlashtirish doimiy jarayoni tufayli sezilarli darajada kamaytirilishi
mumkin. Shu bilan bir paytda, parallel hisob yuritish butun buxgalteriya hisobi va hisobotlari
jarayoniga ta'sir ko'rsatadi, buning oqibatida aksiyadorlik jamiyatining hisob siyosatini qayta k
o'rib chiqish va unga mos keluvchi tuzatishlar kiritish muqarrar bo'ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

807

Bevosita inson resurslaridan foydalanishga keladigan bo'lsak, amaliyot shuni ko'rsatadiki,

hisobotlarni o'zgartirish ishini ikkitadan oltitagacha malakali mutaxassis uddalay oladi. Parallel
hisob yuritishda buxgalteriya va (yoki) moliya xizmatining har bir xodimi u yoki bu darajada
MHXS masalalaridan xabardor bo'lishi lozim, bu esa xodimlarni o'qitish va qo'shimcha
tayyorlashni taqozo etadi. Bundan tashqari, ushbu holatda korxonada MHXS bo'yicha
operatsiyalarni aks ettirish to'g'riligini nazorat qiladigan kamida bitta malakali mutaxassis bo'lishi
lozim. Ikkala holatda ham, agar korxona yetarli darajada malakali mutaxassislarga ega bo'lmasa,
u mos keluvchi xizmatlar ko'rsatadigan firmalarga murojaat qilishga majbur bo'ladi. Tabiiyki,
ikkala holatda ham xizmatlar qiymati farq qiladi va bu farq ko'pincha juda sezilarli bo'ladi.

Hisobot davrida tan olingan daromadlar va xarajatlar barcha moddalarini aksiyadorlik

jamiyati yoki yalpi daromad haqida bitta hisobotda, yoki ikkita hisobotda: foyda yoki zarar
tarkibiy qismlarini aks ettiradigan hisobot (moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot) va foyda yoki
zarardan boshlanadigan va boshqa yalpi daromadlar tarkibiy qismlarini aks ettiradigan hisobotda
(yalpi daromad to'g'risida hisobot) taqdim etishi lozim. Quyidagi moddalar yalpi daromad haqida
hisobotda davr uchun taqsimlangan moddalar sifatida ochib berilishi lozim:

quyidagilarga mansub sanalgan foyda yoki zarar:
a) nazorat qilinmaydigan ulush,

b) bosh korxona mulkdorlari;

Korxona yalpi daromad to'g'risida hisobot, moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot,

izohlarda (agar ko'rsatilgan hujjatlar taqdim etiladigan bo'lsa) daromadlar va xarajatlarning biron-
bir moddasini favqulodda modda sifatida taqdim etmasligi lozim.

Agar MHXS talablariga muvofiq, o'zgacha holat talab qilinmasa yoki yo'l qo'yilmasa,

korxona foyda yoki zarar tarkibida davr uchun daromadlar va xarajatlar barcha moddalarini tan
olishi lozim.

Korxona boshqa umumiy daromadning har bitta tarkibiy qismiga nisbatan foyda solig'i

summasini, jumladan, qayta tasniflashda tuzatish kiritishda yoki yalpi daromad to'g'risida
hisobotda yoki izohlarda ochib berishi lozim.

Boshqa umumiy daromad tarkibiy qismlari aksiyadorlik jamiyati tomonidan ushbu

tarkibiy qismlarga nisbatan foyda solig'i umumiy summasidan bitta summani aks ettirgan holda
mos keluvchi soliq samarasigacha yoki soliq samaralarini chiqarib tashlagan holda taqdim etilishi
mumkin.

Aksiyadorlik jamiyati shuningdek, boshqa yalpi daromad tarkibiy qismlariga nisbatan

qayta tasniflashda tuzatishlar kiritish haqida axborotni ham ochib berishi lozim.

Agar daromadlar va xarajatlar moddalari muhim sanalsa, korxona ularning xarakteri va

summasini yalpi daromad haqida hisobotda yoki izohlarda ochib berishi lozim.

Kapitaldagi o'zgarishlar haqida hisobot aksiyadorlik jamiyati tomonidan MHXS

talablariga muvofiq taqdim etiladi va quyidagi axborotlarni o'z ichiga oladi:

davr uchun yalpi jami daromad, bunda nazorat qilinmaydigan ulushlarga va bosh

aksiyadorlik jamiyati mulkdorlariga mansub sanalgan yakuniy summalar alohida ko'rsatiladi;
kapitalning har bir tarkibiy qismi uchun MHXS 8 ga muvofiq tan olingan retrospektiv qo'llash
yoki retrospektiv qayta hisob-kitob samarasi; kapitalning har bir tarkibiy qismi uchun davr boshi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

808

va oxirida balans qiymatini solishtirib chiqish, bunda quyidagilar bilan asoslanadigan o'zgarishlar
alohida ochib beriladi:

a)

foyda yoki zarar moddalari.

b)

boshqa yalpi daromad moddalari,

v) bu sifatda ishtirok etayotgan mulkdorlar bilan operatsiyalar, bunda mulk egalari kiritgan

badallar va mulk egalari foydasiga taqsimot, shuningdek, nazoratning yo'qotilishiga olib
kelmaydigan sho'ba korxonalardagi ishtirok bevosita ulushlaridagi o'zgarishlar alohida aks
ettiriladi.

Aksiyadorlik jamiyati davr davomida mulk egalari foydasiga taqsimot sifatida tan olingan

dividendlar summasi va bitta aksiyaga to'g'ri keladigan dividendlar mos keluvchi summasini yoki
kapitalning o'zgarishi haqida hisobotda, yoki izohlarda taqdim etishi lozim.

Pul mablag'lari harakati haqida hisobotda moliyaviy axborotdan foydalanuvchilarni

jamiyatning pul mablag'lari (va/yoki ularning ekvivalentlari) hosil qilish qobiliyatini, shuningdek,
jamiyatning pul oqimlaridan foydalanish ehtiyojlarini baholash uchun asos sanalgan axborot ochib
beriladi.

Pul mablag'lari harakati haqida axborotni ochib berish talablari MHXS 7 da belgilab

qo'yilgan.

Moliyaviy hisobot bilan birgalikda taqdim etiladigan izohlar:
MHXS talablariga muvofiq foydalanilayotgan hisob siyosati va moliyaviy hisobot

tayyorlashning asoslari haqida axborot taqdim etishi;

MHXS talab qiladigan, boshqa bironta moliyaviy hisobotda taqdim etilmaydigan

axborotni ochib berish; boshqa bironta moliyaviy hisobotda taqdim etilmaydigan, lekin
ko'rsatilgan hisobotlarning istalganini tushunish maqsadida o'rinli bo'lgan axborotni ta'minlashi
lozim. Izohlarni taqdim etishning quyidagi tartibi tavsiya etiladi: MHXS ga muvofiq ariza; hisob
siyosatining asosiy tamoyillari qisqacha sharhi; moliyaviy holat haqida hisobot, yalpi daromad
to'g'risida hisobot, moliyaviy natijalar to'g'risida alohida hisobot (agar taqdim etiladigan bo'lsa),
kapitaldagi o'zgarishlar haqida hisobot, pul mablag'lari harakati haqida hisobotda har bir hisobot
va har bir modda taqdim etilgan tartib bilan bir xil tartibda moddalar bo'yicha taqdim etilgan ilova
qilingan axborot; boshqa axborotlarni ochib berish, jumladan:

a)

shartli majburiyatlar va tan olinmagan shartnoma majburiyatlari,

b)

nomoliyaviy axborotlar, masalan, risklarni boshqarish sohasida korxona siyosati va

maqsadlarini ochib berish.

MHXS talablariga mos keladigan moliyaviy hisobot taqdim etishda nafaqat mos keluvchi

standartga murojaat qilish, balki MHXS 1 da ularga havola b o'lgan boshqa MHXS talablariga
ham alohida e'tibor qaratish hamda jamiyatning moliyaviy hisobotlarini shakllantirish va taqdim
etishga nisbatan ularni qo'llash choralarini ham hisobga olish zarur.

Birimchi navbatda hisobotni o'zgartirishning maqsadini ifodalab olish, o'zgarish

jarayonlarini amalga oshirish ko'zda tutilgan davrni va MHXSga o'tish sanasini, shuningdek,
jamiyatning moliyaviy hisoboti shakllantiriladigan valyutani, hisobot tuziladigan tilni va
o'zgartirish usulini belgilash lozim. Bu jarayonga auditorlar jamoasini jalb qilish va MHXSga
muvofiq moliyaviy hisobotni o'zgartirish bo'yicha ishlar umumiy qiymatini hisoblab chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

809

Mazkur bosqichda o'zgartirish maqsadini to'g'ri ifodalash muhimdir. Masalan,

konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni bosh jamiyat uchun ham, uning sho'ba jamiyatlari
uchun ham umumiy hisob siyosati asosida shakllantirish kerak. Bitta variant umumiy hisob
siyosati ishlab chiqish va kelgusida qo'llashni ko'zda tutadi. Mos ravishda, barcha jamiyatlar hisob
siyosatida belgilab qo'yilgan umumiy talablar bo'yicha individual moliyaviy hisobot tuzadi va
hisob yuritadi. Boshqa variant: sho'ba jamiyatlar o'zining hisob siyosati bo'yicha moliyaviy
hisobot shakllantiradi, konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot tuzishda esa o'z hisobotini
umumiy hisob siyosati talablariga muvofiq holga keltirish uchun bu hisobot ma'lumotlariga
tuzatishlar kiritadi.

Yuqorida aytib o'tilganidek, MHXS bo'yicha malakali mutaxassislar haligacha yetarli

emas. Agar aksiyadorlik jamiyati shtatida hisobotlarni xalqaro standartlar talablariga muvofiq
o'zgartirish va MHXS bo'yicha yuqori malakali mutaxassis bo'lmasa, u chetdan tashkilotlarga
murojaat qilishiga to'g'ri keladi. Qoidaga ko'ra, hisobotni o'zgartirish bo'yicha xizmatlarni
auditorlik tashkilotlari ko'rsatadi.

Hisobotni o'zgartirishni amalga oshirishda yordam ko'rsatish bo'yicha auditorlik tashkiloti

bilan shartnomada standart talablar to'plamidan tashqari quyidagi asosiy jihatlarni alohida kelishib
olish zarur: hisobotni o'zgartirish bilan bog'liq ishlar aniq hajmi va muddati; muhimlik darajasi
(o'zgarish jarayonlarini amalga oshirishda); aksiyadorlik jamiyati va auditorlik tashkiloti
xodimlarining birgalikda ishlash tartibi (auditorlik tashkiloti xodimlariga zarur buxgalteriya
axborotlari taqdim etish shakli va muddati hamda olingan natijalarni muvofiqlashtirish tartibi).

So'nggi shartni shartnomada belgilab qo'yish maqsadga muvofiq, chunki hisobotni

o'zgartirish natijalari bo'yicha aksiyadorlik jamiyati xalqaro standartlarga muvofiq tuzilgan
moliyaviy hisobot shakllari to'plaminigina olishi mumkin. Buyurtmachi-jamiyat moliyaviy
hisobot elementlari bo'yicha tahliliy ma'lumotlar va o'zgarish (transformatsiya) provodkalarini
olishi lozim, chunki bunday ma'lumotlar taqdim etilmaganda keyingi o'zgarishlar jarayoni, xuddi
parallel hisob yuritish kabi, auditorlik tashkiloti - ijrochining ishtirokisiz amalga oshirib
bo'lmaydi.

O'zgarishlar jarayonining maqsadi BHMS va MHXS bo'yicha hisobdagi tafovutlarni

aniqlashdan iborat bo'lib, shu sababli 2-bosqich eng murakkab, sermashaqqat va uzoq muddatli
bosqich sanaladi.

Birinchi navbatda, O'zbekiston standartlari bo'yicha tashkilotda butun hisob tizimini tahlil

qilish zarur. Odatiy, ya'ni tez-tez uchraydigan operatsiyalarni aniqlash, tashkilot schetlari ishchi
rejasi va hisob siyosatini o'rganish lozim. Buxgalteriya hisobini yuritishning o'ziga xosligi
o'zgartirish provodkalari tarkibi va miqdoriga ham ta'sir etadi. Misol uchun, ijara bilan
shug'ullanadigan tashkilotlarda ijara operatsiyalari haqida barcha mavjud axborotlarni to'plash va
ularni buxgalteriya hisobida BHMSga muvofiq aks ettirish zarur. Ushbu ma'lumotlar MHXS 17
«Ijara» talablariga muvofiq keltiriladi. Operatsiyalar bunday tahlili BHMS bo'yicha va MHXS
bo'yicha hisobdagi tafovutlarni aks ettiradigan ish hujjatlarini yetarli darajada tez yaratishga
imkon beradi.

Muayyan aksiyadorlik jamiyatida qo'llaniladigan hisob siyosati tahlili ham BHMS

bo'yicha va MHXS bo'yicha hisobda bir qator qarama-qarshiliklarni aniqlashga imkon beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

810

MHXSga muvofiq hisob siyosati deyarli har doim MHXS O'zbekiston standartlarining analoglari
asosida shakllantiriladi.

Shundan keyin o'zgartirish provodkalarini yaratish uchun baza bo'lib xizmat qiladigan ish

hujjatlari hamda xalqaro standartlarga muvofiq keltirilgan ma'lumotlar va O'zbekiston qoidalari
bo'yicha hisob ma'lumotlaridan iborat bo'lishi lozim bo'lgan o'zgarish jadvallari to'ldiriladi.
Iqtisodiy axborotlar to'plash shunday yo'lga qo'yilishi kerakki, uning hajmi MHXSga muvofiq
ochib beriladigan zarur ko'rsatkichlarni shakllantirish uchun yetarli bo'lsin.

REFERENCES

1.

Kayumovich, K. O., Annamuradovna, F. S., Kamalovna, S. F., Bahodirovich, K. B., &
Kudratovna, F. S. (2020). Directions for improvement digital tourism and tourism info
structure in Uzbekistan. Journal of Critical Reviews, 7(5), 366-369.

2. Халилов, Б. Б., & Курбанов, Ф. Г. (2020). Важность подготовки кадров в экономике.

Вопросы науки и образования, (6 (90)), 12-14.

3. Bakhodirovich, K. B. (2023). International accounting models and their characteristics in

the conditions of innovative economy. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 21,
56-60.

4. Bakhodirovich, K. B. (2023). CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF IMPROVING

ACCOUNTING IN SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP.
IMRAS, 6(6), 161-165.

5. Khudoynazarovich, S. A. (2022). FEATURES OF EVALUATING THE EFFECTIVENESS

OF ACTIVITIES AT THE BUKHARA STATE UNIVERSITY. Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 153-159.

6. Khudoynazarovich, S. A. (2021). An Opportunity of Internet Marketing in Tourism Sphere.

International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(3), 356-361.

7. Shadiyev, A. (2022). FEATURES OF EVALUATING THE EFFECTIVENESS OF

ACTIVITIES AT THE BUKHARA STATE UNIVERSITY. ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 23(23).

8. Бозорова, М. С. (2021). ГЛАВА 10. СТРАТЕГИЯ ВНЕДРЕНИЯ ЦИФРОВЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ И СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДОВ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ
ПРОЦЕСС. In Инновационное развитие науки и образования (pp. 122-132).

9. Базарова, М. С. (2021). ЭКОНОМИКА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И РОЛЬ

ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ В ЕЁ РАЗВИТИИ. In Современные проблемы
социально-экономических систем в условиях глобализации (pp. 350-354).

10. Raxmonqulova, N. . (2023). THE DEVELOPMENT OF CRYPTOCURRENCIES IN THE

DIGITAL ECONOMY. Modern Science and Research, 2(10), 192–194.

11. Raxmonqulova Nafisa. (2023). XUSUSIY SHERIKCHILIK VA TURIZM KLASTERI

ORQALI HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH. Innovations in
Technology and Science Education, 2(8), 556–560.

12. Junaydulloevich, A. A., Bakhriddinovna, A. N., & Olimovna, R. N. Business and Product

Delivery in the Context of Covid-19. JournalNX, 1305-1307.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

811

13. Toshov, M. (2023). PERSONNEL MANAGEMENT AND THEIR EVALUATION IN

MANAGEMENT. Modern Science and Research, 2(10), 535–541.

14. Hakimovich, T. M. (2023). IQTISODIYOTDA MENEJMENTNING AHAMIYATI.

Gospodarka i Innowacje., 41, 84-87.

15. To’rayevna, S. N. . (2023). Biznes Sohasida Xodimlarni Topish Va Tanlash Bosqichlari.

Miasto Przyszłości, 41, 184–190.

16. Sodiqova, N. (2023). DIGITAL LABOR IN THE NEW ECONOMY. Modern Science and

Research, 2(10), 293–300.

17. Алимова, Ш. А., & Ниёзова, И. Н. (2021). Бизнес-коммуникации в системе управления

промышленных структур. Academy,(1 (64)), 55-57.

18. Abidovna, A. S. (2023). Special directions of tourism development in Bukhara region:

problems and solutions. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 21, 51-55.

19. Алимова, Ш. А. (2021). ЦИФРОВАЯ ЭКОНОМИКА КАК НОВЫЙ ЭТАП

ГЛОБАЛИЗАЦИИ. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ
И РЕГИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ (pp. 234-238).

20. Bustonovna, J. Z. (2023). PECULIARITIES OF THE AGRICULTURAL ECONOMY IN

THE COUNTRIES OF THE EUROPEAN UNION. Finland International Scientific Journal
of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 1256-1260.

21. Jumaeva, Z. Q. "REGIONAL FEATURES OF INVESTMENT POLICY OF

UZBEKISTAN." Central Asian Problems of Modern Science and Education 2020.1 (2020):
48-55.

22. Khalilov Bakhromjon Bakhodirovich. (2023). International accounting models and their

characteristics in the conditions of innovative economy. Zien Journal of Social Sciences and
Humanities, 21, 56–60.









References

Kayumovich, K. O., Annamuradovna, F. S., Kamalovna, S. F., Bahodirovich, K. B., & Kudratovna, F. S. (2020). Directions for improvement digital tourism and tourism info structure in Uzbekistan. Journal of Critical Reviews, 7(5), 366-369.

Халилов, Б. Б., & Курбанов, Ф. Г. (2020). Важность подготовки кадров в экономике. Вопросы науки и образования, (6 (90)), 12-14.

Bakhodirovich, K. B. (2023). International accounting models and their characteristics in the conditions of innovative economy. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 21, 56-60.

Bakhodirovich, K. B. (2023). CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF IMPROVING ACCOUNTING IN SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP. IMRAS, 6(6), 161-165.

Khudoynazarovich, S. A. (2022). FEATURES OF EVALUATING THE EFFECTIVENESS OF ACTIVITIES AT THE BUKHARA STATE UNIVERSITY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 153-159.

Khudoynazarovich, S. A. (2021). An Opportunity of Internet Marketing in Tourism Sphere. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(3), 356-361.

Shadiyev, A. (2022). FEATURES OF EVALUATING THE EFFECTIVENESS OF ACTIVITIES AT THE BUKHARA STATE UNIVERSITY. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 23(23).

Бозорова, М. С. (2021). ГЛАВА 10. СТРАТЕГИЯ ВНЕДРЕНИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДОВ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ ПРОЦЕСС. In Инновационное развитие науки и образования (pp. 122-132).

Базарова, М. С. (2021). ЭКОНОМИКА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И РОЛЬ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ В ЕЁ РАЗВИТИИ. In Современные проблемы социально-экономических систем в условиях глобализации (pp. 350-354).

Raxmonqulova, N. . (2023). THE DEVELOPMENT OF CRYPTOCURRENCIES IN THE DIGITAL ECONOMY. Modern Science and Research, 2(10), 192–194.

Raxmonqulova Nafisa. (2023). XUSUSIY SHERIKCHILIK VA TURIZM KLASTERI ORQALI HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH. Innovations in Technology and Science Education, 2(8), 556–560.

Junaydulloevich, A. A., Bakhriddinovna, A. N., & Olimovna, R. N. Business and Product Delivery in the Context of Covid-19. JournalNX, 1305-1307.

Toshov, M. (2023). PERSONNEL MANAGEMENT AND THEIR EVALUATION IN MANAGEMENT. Modern Science and Research, 2(10), 535–541.

Hakimovich, T. M. (2023). IQTISODIYOTDA MENEJMENTNING AHAMIYATI. Gospodarka i Innowacje., 41, 84-87.

To’rayevna, S. N. . (2023). Biznes Sohasida Xodimlarni Topish Va Tanlash Bosqichlari. Miasto Przyszłości, 41, 184–190.

Sodiqova, N. (2023). DIGITAL LABOR IN THE NEW ECONOMY. Modern Science and Research, 2(10), 293–300.

Алимова, Ш. А., & Ниёзова, И. Н. (2021). Бизнес-коммуникации в системе управления промышленных структур. Academy,(1 (64)), 55-57.

Abidovna, A. S. (2023). Special directions of tourism development in Bukhara region: problems and solutions. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 21, 51-55.

Алимова, Ш. А. (2021). ЦИФРОВАЯ ЭКОНОМИКА КАК НОВЫЙ ЭТАП ГЛОБАЛИЗАЦИИ. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ И РЕГИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ (pp. 234-238).

Bustonovna, J. Z. (2023). PECULIARITIES OF THE AGRICULTURAL ECONOMY IN THE COUNTRIES OF THE EUROPEAN UNION. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 1256-1260.

Jumaeva, Z. Q. "REGIONAL FEATURES OF INVESTMENT POLICY OF UZBEKISTAN." Central Asian Problems of Modern Science and Education 2020.1 (2020): 48-55.

Khalilov Bakhromjon Bakhodirovich. (2023). International accounting models and their characteristics in the conditions of innovative economy. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 21, 56–60.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов