SCIENTIFIC-PRACTICAL SIGNIFICANCE OF ABU RAYHAN BERUNI'S WORKS.

HAC
Google Scholar
To share
Mamatisakov, J. ., & Eminov, J. (2023). SCIENTIFIC-PRACTICAL SIGNIFICANCE OF ABU RAYHAN BERUNI’S WORKS. Modern Science and Research, 2(12), 45–49. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26471
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article analyzes the scientific and practical significance of the works of Abu Rayhan Beruni. In this, the scientific legacy of Abu Rayhan Beruni serves to instill a sense of national pride in the consciousness of the new generation and to develop a healthy attitude towards science.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

45

ABU RAYHON BERUNIY ASARLARINING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI.

Mamatisakov Jahongirmirzo Jamoliddin o’g’li

1

Eminov Jamshidbek G’ayratjon o’g’li

2

https://doi.org/10.5281/zenodo.10277979

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniy asarlarining ilmiy-amaliy ahamiyati

tahlil etilgan. Bunda asosan Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi yangi avlod ongiga milliy
iftixor tuyg‘usining kirib borishi va ilm-ma’rifatga nisbatan sog‘lom munosabatni kamol
topishiga xizmat qilmoqda.

Kalit so’zlar:

Usturlob, “Qonuni Ma’sudiy”, trigonametriya, tasviriy geografiya,

geografik uzunlik va kenglik, mineralogik tekshirish, “Mineralogiya”.

SCIENTIFIC-PRACTICAL SIGNIFICANCE OF ABU RAYHAN BERUNI'S

WORKS.

Abstract.

This article analyzes the scientific and practical significance of the works of Abu

Rayhan Beruni. In this, the scientific legacy of Abu Rayhan Beruni serves to instill a sense of
national pride in the consciousness of the new generation and to develop a healthy attitude towards
science.

Key words:

Usturlob, "Kanuni Masudi", trigonometry, descriptive geography,

geographical longitude and latitude, mineralogical examination, "Mineralogy".

НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ТРУДА АБУ РАЙХАНА БЕРУНИ.

Аннотация.

В данной статье анализируется научная и практическая значимость

произведений Абу Райхана Беруни. При этом научное наследие Абу Райхана Беруни служит
вселению чувства национальной гордости в сознание нового поколения и формированию
здорового отношения к науке.

Ключевые слова:

Устурлоб, «Кануни Масуди», тригонометрия, описательная

география, географическая долгота и широта, минералогическая экспертиза,
«Минералогия».


Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi, aniq fanlar bo‘yicha ko‘targan muammolari o‘z

davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya’ni falsafiy dunyoqarash shakllanishida katta
ahamiyatga ega bo‘ldi. Xozirgi kunda Abu Rayhon Beruniy ilmiy-ma’naviy merosini har
tomonlama turli vositalar orqali targ‘ib-tashviq etish, yangi avlod ongiga milliy iftixor
tuyg‘usining kirib borishi va ilm-ma’rifatga nisbatan sog‘lom munosabatni kamol topishiga xizmat
qilmoqda.

Beruniyning 50 ga yaqin asarlari astronomiyaga bag‘ishlangan. Bular orasida astronomiya

tarixida so‘nmas iz qoldirgan asarlar, qadimgi yunon olimi Ptolomey va O‘rta Osiyolik IX asr
olimlari Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abul Abbos, Ahmad Farg‘oniy, Ahmad ibn Abdulloh
Marvaziy kabilarning asarlariga yozilgan sharhlari bor. 995-yilgacha Beruniy astronomiya,
geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo‘lib Yer
va Osmon globusini yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus

1

Mamatisakov Jahongirmirzo Jamolddin o’g’li – Farg’ona davlat universiteti geografiya kafedrasi o’qituvchisi

2

Eminov Jamshidbek G’ayratjon o’g’li - Farg’ona davlat universiteti geografiya yo’nalishi –bosqich talabasi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

46

yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola» va
boshqalar). Beruniy hali juda yosh olim bo‘lishiga qaramay, Kat shahrida 994-995-yillarda
astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi astronomik asboblar ixtiro etgan.

Beruniyning falakiyot sohasidagi xizmati ayniqsa kattadir. U o‘z ilmiy asarlarida

dunyoning tuzilishi masalasida Ptolemey nazariyasiga suyansa ham, lekin Yerning harakati haqida
o‘sha davrda hukmron nazariyaga zid keladigan fikrlarni bayon etgan. “Hindiston” asarida
“Yerning aylanish harakati falakiyot fani hisoblariga hech qanday zid kelmaydi, balki Yerda yuz
beradigan hodisalar, uning harakati bilan birga bir tekis davom etaveradi” degan fikrni bayon etadi.

Beruniy hindlarning qadimiy astronomik ta’limotini mufassal o‘rgandi va ularning

yarmidan ko‘pi astronomiyaga bag‘ishlangan va ular “Hindiston” asarida tanqidiy bayon qilinadi.
Beruniy amaliy astronomiyaga katta ahamiyat bergan. Butun hayoti davomida u osmon
hodisalarini kuzatgan va astronomik asbob – uskunalar yasagan hamda takomillashtirgan. Uning
asarlarida asturlob hamda boshqa asboblar yasashning turli usullari va ulardan foydalanish
qoidalari bayon qilinadi. Beruniyning astronomik asboblariga qiziqishi uning kuzatishlar
aniqligiga talabchanligining natijasida hosil bo‘lgan, chunki bu kuzatishlari natijasini u diqqat
bilan tekshirar va bir necha marta qaytarar edi. Beruniyning eng muhim astronomik asari “Qonuni
mas’udiy” hisoblanadi. Bu asarda u o‘zidan avvalgi astronomlar va o‘zining kuzatishlarini
umumlashtirib, o‘sha davr astronomik bilimlarning to‘plamini berdi. Bu asar Beruniyni buyuk
astronom sifatida ulug‘ladi. XIII asrda mashhur arab tarixchi va geografi Yoqut Hamaviy
zamondoshlarining fikrini ifodalab yozgan ediki, “Qonuni mas’udiy” astronomiya va
matematikadan yozilgan barcha kitoblarning izini o‘chirdi, uning muallifi esa Ptolomeydan ustun
bo‘ldi. XVI asrda turk bibliografi Hoji Xalifa “Qonuni mas’udiy”ni o‘rta asr Sharqida
astronomiyadan yozilgan “Eng keng kitoblar” qatoriga qo‘shdi. Bu asar o‘rta asr
astronomiyasining rivojlanishida juda katta ahamiyat kasb etardi. Asar Abu Rayxon Beruniyning
ming yillik yubileyiga o‘zbekcha nashri bosmadan chiqdi.

Beruniy davr taqazosi tufayli astronomiya bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lsa ham,

umuman u astrologiyaga butunlay qarshi edi. Beruniy Quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi
masala bilan maxsus shug‘ullanadi. Bu haqda uning bizgacha etib kelmagan asarlari “Yer
harakatlimi yo qo‘zg‘almasmi”, “Arablarning yer harakati haqidagi fikrlari” asarlarining nomi
guvohlik beradi.

Beruniy geliotsentrik nuqtai nazarda turgan VI-VII asr atoqli hind astronomlari Ariabhatga

va Braxmaguptaning astronomik nazariyalari bilan qiziqadi. Shu munosabat bilan u yerning
aylanma harakati astronomiyaga zid emas, har qanday astronomik hodisalar shu harakatiga
muvofiq sodir bo‘ladi, degan o‘z davriga nisbatan dadil fikrni aytadi. Albatta, Beruniy
geliotsentrik nazariyani yaratmadi va astronomiyani bayon qilishda u Ptolomey sistemasiga
asoslandi, chunki u sistema o‘sha davr talabini qondirar va kuzatishlarga mos kelar edi.

Beruniy astronomiyaga oid asarlarida fizik masalalarga ham to‘xtalib o‘tadi. U o‘tkir

sinchkovlik bilan Oy tutilishi natijasida sodir bo‘ladigan hodisalarni tavsifladi; Quyosh, tong va
oqshom ro‘y berishlarining sababini ta’riflashga harakat qiladi.

Geografiya, geodeziya va geologiya fanlari sohasida ham Beruniyning qo‘shgan hissasi

beqiyos. Tasviriy geografiya sohasida Beruniy geografik adabiyotda mavjud bo‘lgan
ma’lumotlarni umumlashtirib o‘ziga zamondosh bo‘lgan sayyoh va savdogarlar to‘plagan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

47

ma’lumotlar bilan uni yanada boyitadi. Olim qoldirgan geografik ma’lumotlarning ko‘pchiligi u
yoki bu geografik masalalarni yoritishda Sharq adabiyotida birinchi manba hisoblanadi.

Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asarida yer yuzasining tuzilishi, quruqlik va

dengizlar to‘g‘risida gapirib, “…Yerning choragi ma’muradir. Ma’murani g‘arb va sharq
tomondan Muhit okeani (Atlantika va Tinch okeani) o‘rab turibdi. Bu Muhit okeani, yerning obod
qismini dengizlarning narigi tomonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan quruqlik yoki odam yashaydigan
orollardan ikkala yoqdan (g‘arbdan va sharqdan) ajratib turadi…”, “…U tomonda havo noqulay
yo‘llar notinch, xavf-hatar ko‘p, borgan kishilar qaytib kelmaydi – shuning uchun u quruqlikka
tomon yurilmaydi… Bizning tekshirishimizcha, yerning shimoliy (ikki) choragidan biri quruqlik
bo‘lganligidan, hamqurt (diametral qarama-qarshisidagi ) chorak ham quruqlik bo‘lishini taxmin
qilamiz” degan mulohazalaridan uning g‘arbiy yarimsharda ham bizning yerimiz singari katta
quruqlik borligini taxmin qilganligi anglashilib turibdi [1]. (H.Hasanovning “Sayyoh olimlar”
asaridan)

Geologiya sohasida ham Beruniy ajoyib kashfiyotlar qilgan. Yerni o‘rganish masalasiga

ilmiy yondoshdi. Yer yuzining har bir qismi o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini
yozadi. Turkistonning ba’zi joylari, shu jumladan Amudaryo vodiysining geologik o‘tmishi va
Orol dengizining paydo bo‘lishi haqidagi xulosalari o‘sha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik
tahlillaridan biri hisoblanadi.

Olim minerologiya fanida ham muhim kashfiyot va xulosalar yaratdi. Bu sohada Beruniy

ajdodlar yaratgan fan yutuqlarini tan oldi, ularga o‘zi yaratgan yangi ma’lumotlarni qo‘shdi. U
minerologik tekshirishda qimmatbaho toshlarning rangini, yaltiroqligini tasvirlash, qattiqligini
aniqlash, ularning magnit va elektr hususiyatlarini kuzatish, eritib sinash kabi usullardan
foydalangan. U minerallarni ta’riflashda zarur omillardan biri sifatida ularning solishtirma
og‘irligini tartibli ravishda aniqlab, minerologiyaning amaliy ishlariga joriy qildi. Uning
“Minerologiya” asari konlarni o‘rganish, shu jumladan O‘rta Osiyo yer osti boyliklarini aniqlash
uchun qimmatbaho manba hisoblanadi. Minerallarning u aniqlagan solishtirma og‘irligi hozirgi
zamon o‘lchov natijalariga juda yaqin. Minerallar va qimmatbaho toshlarning paydo bo‘lishi
haqida ilmiy fikrlar aytgan.

Tabiiy fanlar tarixida Beruniyning abadiy qoladigan xizmati shundaki, u o‘zining ilmiy

tekshirish ishlarida o‘zi ishlab chiqqan ilmiy tekshirish metodiga, ya’ni tajriba va kuzatishlariga
suyanadi. Kuzatish va tajriba metodini misli ko‘rilmagan darajada yuqori ko‘tardi, bu uning
tajribaviy bilimlar sohasidagi zo‘r yutug‘idir. Olim o‘z oldiga fanni aniq ma’lumotlar bilan
boyitish nazariyalarini ishlab chiqish, yangi usul va qonunlarini ochish vazifalarini qo‘ygan.

Xulosa

Buyuk olimlarimizdan biri bo‘lmish Abu Rayhon Beruniy o‘zining ilmiy ishlari orqali

ko’plab fanlarning yuksak darajada rivojlanishida beqiyos iz qoldirgan mutaffakkir olimlardan biri
hisoblanadi. Uning geografiya nafaqat geografiya balki astranomiya, matematika, tabiiy fanlarga
oid qoldirgan asarlari hozirgi kunda ham keng miqyosda foydalanilmoqda Sharq manbaalarida
aytilishiicha Beruniyning yozgan asarlari hamda risolalari qopga solinganida “bir tuyalik yuk”
bo‘lar ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki uning yozgan asarlari beqiyos sanalib, o‘z mohiyati bilan
tabiiy fanlarning sohalari bo‘yicha ham, o‘sha davrda yashagan xalqlarning ijtimoiy, xo‘jalik va
siyosiy hayotiy sohasida ham butun bir nazariy hamda amaliy bilimlar jamlanmasi hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

48

REFERENCES

1.

Jahongirmirzo Jamoliddin O’G’Li Mamatisakov, Nuriniso Valijon Qizi Alijonova, &
Sarvinoz Zokirjon Qizi Rahmatullayeva (2022). QUVASOY HUDUDIDAGI
TOPONIMLARNING STRATIGRAFIK TAHLILI. Central Asian Academic Journal of
Scientific Research, 2 (10), 49-55.

2.

Gayratovich, M. E., Jahongir, M., & Abdugaffarovna, U. G. (2022). MAIN ECOTOURS
IN FERGANA REGION.

O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA

ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(13), 136-140.

3.

Mamatisakov, J., Abduqaxxorov, L., & Shaydiyev, H. (2022). HISTORICAL
DEVELOPMENT OF TOURISM AND GEOGRAPHICAL ASPECTS OF ITS
RESEARCH.

Scientific Impulse

,

1

(4), 379-385.

4.

Mamatisakov, J. J., Qahhorova, M. M., & Mo’Minova, S. I. (2022). MAKTAB
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA FOYDALANILADIGAN MATEMATIK FORMULALAR
TAVSIFI.

Academic research in educational sciences

,

3

(10), 153-161.

5.

Muhitdinov, I. I. O. G. L. (2021). SO ‘X DARYOSI OQIMINING SHAKLLANISHIDA
GIDROMETEOROLOGIK OMILLARNING ROLI.

Academic research in educational

sciences

,

2

(7), 286-290.

6.

Ахмадалиев, Ю. И., Маматисаков, Ж., & Мухитдинов, И. (2022).
НЕОБХОДИМОСТЬ

СОВМЕСТНОГО

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

И

ОХРАНА

ПРИРОДНЫХ

РЕСУРСОВ

ПРИГРАНИЧНЫХ

ТЕРРИТОРИЙ.

Scientific

Impulse

,

1

(3), 732-738.

7.

Mamatisakov, J. J. O. G. L., Abduqaxxorov, L. S. O. G. L., Rahmatjonov, A. A. O. G. L.,
& Vahobjonov, A. A. O. G. L. (2021). Regional Aspects Of Development Of Tourist
Routes.

Scientific progress

,

2

(8), 57-60.

8.

Gayratovich, M. E., Jahongir, M., & Musajonovna, A. F. (2022). SPELEOTOURISTIC
POSSIBILITIES OF FERGANA VALLEY.

Scientific Impulse

,

1

(4), 66-70.

9.

Mamatisakov, J. (2022). 1 Òzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) 2 Ziyo. uz
(sayti).

Scientific Impulse

,

1

(2), 587-590.

10.

Махкамов, Э. Г., & Маматисаков, Ж. (2021). РЕКРЕАЦИЯ ВА ТУРИЗМ
ОБЪЕКТЛАРИНИ ҲУДУДИЙ ЖОЙЛАШТИРИШНИНГ ГЕОГРАФИК
ЖИҲАТЛАРИ.

ГЕОГРАФИЯ: ПРИРОДА И ОБЩЕСТВО

,

2

(1).

11.

Mamatisakov, J. (2022). IMPROVING STUDENTS'GEOLOGICAL KNOWLEDGE BY
SCHOOL GEOGRAPHY EDUCATION.

Academic research in educational

sciences

,

3

(10), 88-94.

12.

Ilhomjon Ihtiyorjon O‘G‘Li Muhitdinov, & Jahongirmirzo Jamoliddin O’G’Li
Mamatisakov (2021). FARG‘ONA VODIYSINING JANUBIY QISMI
GIDROGRAFIYASI. Scientific progress, 2 (3), 975-980.

13.

Mamatisakov, J., Egamberdi, B., & Dostonbek, M. (2022). TERRITORIAL ASPECTS
OF THE DISTRIBUTION OF ETHNOOYCONYMS OF FERGANA
REGION.

Scientific Impulse

,

1

(2), 591-595.

14.

Jahongirmirzo Jamoliddin O’G’Li Mamatisakov, & Ilhomjon Ihtiyorjon O‘G‘Li
Muhitdinov (2021). PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF ECOTOURISM IN THE


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

49

PROTECTED NATURAL AREAS OF FERGANA REGION. Scientific progress, 2 (3),
986-989.

15.

Jahongirmirzo Jamoliddin O’G’Li Mamatisakov, Ilhomjon Ihtiyorjon O‘G‘Li
Muhitdinov, & Ablazbek Erkinjon Ogli Madraximov (2021). PROSPECTS OF
DEVELOPMENT OF AGRICULTURAL TOURISM IN FERGANA REGION.
Scientific progress, 2 (8), 823-825.

16.

H.Xasanov. “Sayyoh olimlar”- T.:”O’zbekiston”1980-97 bet

17.

Jahongirmirzo, M. (2023). FARG'ONA VODIYSIDA ETNONIMLARNING HUDUDIY
TARQALISHINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Новости образования:

исследование в XXI веке

,

1

(10), 113-119.

18.

Jahongirmirzo, M., & Egamberdi, B. (2023). JOY NOMLARINI O'RGANISHNING
LINGIVISTIK, GEOGRAFIK VA TARIXIY USULLARI.

IQRO

,

3

(1), 66-70.

19.

Jahongirmirzo, M. (2023). CATEGORIES AND TYPES OF PROTECTED NATURAL
AREAS.

IQRO

,

3

(1), 56-60.

20.

Mamatisakov J. (2023). O‘QUVCHILARNING GEOLOGIK BILIMLARINI
SHAKLLANTIRISHDA TABIIY GEOGRAFIYA TA’LIM METODLARI VA TA’LIM
VOSITALARINING TUTGAN O‘RNI VA IMKONIYATLARI. Экономика и социум,
(5-1 (108)), 182-187.

21.

Mamatisakov J. (2023). IMPORTANCE OF MULTIMEDIA IN THE DEVELOPMENT
OF MODERN GEOLOGICAL KNOWLEDGE. Экономика и социум, (5-1 (108)), 178-
181.

22.

Jahongirmirzo Jamoliddin O’G’Li Mamatisakov, Nuriniso Valijon Qizi Alijonova, &
Sarvinoz Zokirjon Qizi Rahmatullayeva (2022). QUVASOY HUDUDIDAGI
TOPONIMLARNING STRATIGRAFIK TAHLILI. Central Asian Academic Journal of
Scientific Research, 2 (10), 49-55.

23.

Jahongirmirzo, M. GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE TERRITORIAL
PLACEMENT OF TOURISM OBJECTS.

INNOVATION IN THE MODERN

EDUCATION SYSTEM

, 60.



References

Jahongirmirzo Jamoliddin O’G’Li Mamatisakov, Nuriniso Valijon Qizi Alijonova, & Sarvinoz Zokirjon Qizi Rahmatullayeva (2022). QUVASOY HUDUDIDAGI TOPONIMLARNING STRATIGRAFIK TAHLILI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (10), 49-55.

Gayratovich, M. E., Jahongir, M., & Abdugaffarovna, U. G. (2022). MAIN ECOTOURS IN FERGANA REGION. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(13), 136-140.

Mamatisakov, J., Abduqaxxorov, L., & Shaydiyev, H. (2022). HISTORICAL DEVELOPMENT OF TOURISM AND GEOGRAPHICAL ASPECTS OF ITS RESEARCH. Scientific Impulse, 1(4), 379-385.

Mamatisakov, J. J., Qahhorova, M. M., & Mo’Minova, S. I. (2022). MAKTAB GEOGRAFIYA TA’LIMIDA FOYDALANILADIGAN MATEMATIK FORMULALAR TAVSIFI. Academic research in educational sciences, 3(10), 153-161.

Muhitdinov, I. I. O. G. L. (2021). SO ‘X DARYOSI OQIMINING SHAKLLANISHIDA GIDROMETEOROLOGIK OMILLARNING ROLI. Academic research in educational sciences, 2(7), 286-290.

Ахмадалиев, Ю. И., Маматисаков, Ж., & Мухитдинов, И. (2022). НЕОБХОДИМОСТЬ СОВМЕСТНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ И ОХРАНА ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ ПРИГРАНИЧНЫХ ТЕРРИТОРИЙ. Scientific Impulse, 1(3), 732-738.

Mamatisakov, J. J. O. G. L., Abduqaxxorov, L. S. O. G. L., Rahmatjonov, A. A. O. G. L., & Vahobjonov, A. A. O. G. L. (2021). Regional Aspects Of Development Of Tourist Routes. Scientific progress, 2(8), 57-60.

Gayratovich, M. E., Jahongir, M., & Musajonovna, A. F. (2022). SPELEOTOURISTIC POSSIBILITIES OF FERGANA VALLEY. Scientific Impulse, 1(4), 66-70.

Mamatisakov, J. (2022). 1 Òzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) 2 Ziyo. uz (sayti). Scientific Impulse, 1(2), 587-590.

Махкамов, Э. Г., & Маматисаков, Ж. (2021). РЕКРЕАЦИЯ ВА ТУРИЗМ ОБЪЕКТЛАРИНИ ҲУДУДИЙ ЖОЙЛАШТИРИШНИНГ ГЕОГРАФИК ЖИҲАТЛАРИ. ГЕОГРАФИЯ: ПРИРОДА И ОБЩЕСТВО, 2(1).

Mamatisakov, J. (2022). IMPROVING STUDENTS'GEOLOGICAL KNOWLEDGE BY SCHOOL GEOGRAPHY EDUCATION. Academic research in educational sciences, 3(10), 88-94.

Ilhomjon Ihtiyorjon O‘G‘Li Muhitdinov, & Jahongirmirzo Jamoliddin O’G’Li Mamatisakov (2021). FARG‘ONA VODIYSINING JANUBIY QISMI GIDROGRAFIYASI. Scientific progress, 2 (3), 975-980.

Mamatisakov, J., Egamberdi, B., & Dostonbek, M. (2022). TERRITORIAL ASPECTS OF THE DISTRIBUTION OF ETHNOOYCONYMS OF FERGANA REGION. Scientific Impulse, 1(2), 591-595.

Jahongirmirzo Jamoliddin O’G’Li Mamatisakov, & Ilhomjon Ihtiyorjon O‘G‘Li Muhitdinov (2021). PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF ECOTOURISM IN THE PROTECTED NATURAL AREAS OF FERGANA REGION. Scientific progress, 2 (3), 986-989.

Jahongirmirzo Jamoliddin O’G’Li Mamatisakov, Ilhomjon Ihtiyorjon O‘G‘Li Muhitdinov, & Ablazbek Erkinjon Ogli Madraximov (2021). PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF AGRICULTURAL TOURISM IN FERGANA REGION. Scientific progress, 2 (8), 823-825.

H.Xasanov. “Sayyoh olimlar”- T.:”O’zbekiston”1980-97 bet

Jahongirmirzo, M. (2023). FARG'ONA VODIYSIDA ETNONIMLARNING HUDUDIY TARQALISHINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(10), 113-119.

Jahongirmirzo, M., & Egamberdi, B. (2023). JOY NOMLARINI O'RGANISHNING LINGIVISTIK, GEOGRAFIK VA TARIXIY USULLARI. IQRO, 3(1), 66-70.

Jahongirmirzo, M. (2023). CATEGORIES AND TYPES OF PROTECTED NATURAL AREAS. IQRO, 3(1), 56-60.

Mamatisakov J. (2023). O‘QUVCHILARNING GEOLOGIK BILIMLARINI SHAKLLANTIRISHDA TABIIY GEOGRAFIYA TA’LIM METODLARI VA TA’LIM VOSITALARINING TUTGAN O‘RNI VA IMKONIYATLARI. Экономика и социум, (5-1 (108)), 182-187.

Mamatisakov J. (2023). IMPORTANCE OF MULTIMEDIA IN THE DEVELOPMENT OF MODERN GEOLOGICAL KNOWLEDGE. Экономика и социум, (5-1 (108)), 178-181.

Jahongirmirzo Jamoliddin O’G’Li Mamatisakov, Nuriniso Valijon Qizi Alijonova, & Sarvinoz Zokirjon Qizi Rahmatullayeva (2022). QUVASOY HUDUDIDAGI TOPONIMLARNING STRATIGRAFIK TAHLILI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (10), 49-55.

Jahongirmirzo, M. GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE TERRITORIAL PLACEMENT OF TOURISM OBJECTS. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 60.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов