DEVELOPING PRIMARY STUDENTS' CRITICAL THINKING THROUGH STEM EDUCATION

HAC
Google Scholar
To share
Tashibekova, M. (2023). DEVELOPING PRIMARY STUDENTS’ CRITICAL THINKING THROUGH STEM EDUCATION. Modern Science and Research, 2(12), 808–812. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27204
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article cites the theoretical and practical aspects of the development of critical thinking processes in teachers in the process of primary education and the features of their content in them. STEM talks about the problems of providing education to preschool children based on educational technology.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

808

STEM TA’LIMI VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING

TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH

Tashibekova Munojat Xoshimovna

Namangan Davlat universiteti katta o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida tanqidiy fikrlashini

rivojlantirish pedagogic, psixologik va metodik xususiyatlari nazariy hamda amaliy jihatdan

yoritib berilgan. Shu bilan birga STEM ta’lim texnologiyasining boshlang’ich maktab

amaliyotiga tadbiq etish muammolari haqida so‘z boradi.

Kalit so'zlar:

Tanqidiy fikrlash, o'qituvchilarning fikrlari, boshlang'ich ta'lim, STEM

ta'lim texnologiyasi tamoyillari, komponentlari. mustaqil fikrlash, kelajak kasblari.

DEVELOPING PRIMARY STUDENTS' CRITICAL THINKING THROUGH STEM

EDUCATION

Abstract.

This article cites the theoretical and practical aspects of the development of

critical thinking processes in teachers in the process of primary education and the features of

their content in them. STEM talks about the problems of providing education to preschool

children based on educational technology.

Keywords:

critical thinking, thoughts of teachers, principles of Primary Education,

STEM education technology, components. independent thinking, future professions.

РАЗВИТИЕ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ

ПЕРВЫХ СРЕДСТВ ЧЕРЕЗ СТЕМАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ

Аннотация.

В данной статье рассмотрены теоретические и практические

аспекты развития критических мыслительных процессов у педагогов в процессе
начального образования и особенности их структурирования. В основе образовательной

технологии STEM лежат проблемы воспитания и обучения детей дошкольного возраста.

Ключевые слова:

критическое мышление, мнения учителей, начальное образование,

принципы образовательной технологии STEM, компоненты. самостоятельное мышление,
будущие профессии.

Tanqidiy fikrlash bu –XXI asr talablarini muvaffaqiyatli ro’yobga chiqarishimizga

imkoniyat yaratuvchi, o’rganayotgan va bajarayotgan ishimizni yanada chuqurroq anglashimizga

yordam beruvchi ijobiy ko’nikmadir. Tanqidiy fikrlashga o’rgatish ta’limga oid me’yyoriy

xujjatlarda belgilangan yuqori kasbiy bilimdon, mahoratli, ijodiy va ijtimoiy faol xayotda o’z

o’rnini topa oladigan, mustaqil, erkin va tan qidiy fikr la sh malakali kadrlarni

shakllantirish vazifasini hal qilishga ham mos keladi. Xo’sh, shunday bo’lsa tanqidiy

fikrlashning o’zi nima? Adabiyotlarda bu tushunchaga berilgan turli xil ta‟riflarni uchratish

mumkin.

Bu tushuncha haqida gapirishdan oldin, ayrim aqliy faoliyat ko’nikmalarini ko’rib

chiqaylik, lekin ularni tanqidiy fikrlash deb bo’lmaydi. Esda saqlash – eng muhim fikrlash

jarayoni bo’lib, busiz o’quv jarayonini amalga oshirib bo’lmaydi, lekin u tanqidiy fikrlashdan

tubdan farq qiladi. Kompyuterning xotirasi har birimiznikidan anchagina yaxshiroq, lekin esda

saqlash tanqidiy fikrlashni bildirmaydi. Ko’pchilik o’qituvchilar har qanday fikrlashdan ko’ra


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

809

xotirani rivojlantirishni yuqoriroq qadrlaydilar, nazorat ishlari va imtihonlarda asosan talabalar

xotirasi ko’lamini tekshiradilar. Lekin tanqidiy fikrlash tarafdorlari esa aqliy faoliyatning

murakkabroq turlarini nazarda tutadi.

Tanqidiy fikrlash o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini shakllantirish uchun ta'lim tizimini

mustahkamlash muhimligini tan oladi. Bolalarning tanqidiy fikrlash qobiliyati, bir tomondan

faktlarga asoslangan bilimlardan foydalangan holda mulohaza yuritish va ochiq va izlanuvchan

tafakkurni qabul qilish demakdir. Biroq, bunga erishish uchun maktablarda tanqidiy fikrlashni

yaxshilashlari uchun o'quv dasturlari ko’proq amalish mashg’ulotlarga tayangan holda

integratsiya qilinishi kerak. O'qituvchilar, psixologlar va faylasuflar bu borada bir fikrda

bo'lishsa ham tanqidiy fikrlashning ahamiyati, kontseptsiyasi nimani anglatishi haqida hali ham

kelishuv mavjud emas va o'qituvchilarni amaliyotda qo'llash uchun qanday tayyorlanishi

kerakligi haqida bahs muzokazalar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi

boshlang'ich sinf o'qituvchilari ushbu kontseptsiyani qanday qabul qilishlarini va ular o'zlarining

maktab va maktablarida qanday professional fon tariqasida tanqidiy fikrlash tajribasini olib

kelishlarini o'rganish edi.

STEM ta’limi maktabdan boshlanishi kerak. Bu ta’lim asosida o‘quvchi dunyoda yuz

berayotgan muammolarga yechim topishni o‘rganadi. Ilm-fanni (Sience) yaxshi o‘zlashtirish

o‘quvchiga o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitni yaxshi anglashga yordam beradi. Texnologiya fani

insoniyat kelajagi bo‘lgan raqamli dunyoga moslashuvchan qiladi. Muhandislik (Engineering)

bilan o‘quvchi muammolarni hal qilish qobiliyatini shakllantiradi, o‘rgangan bilimlarini yangi

loyihalar yaratish uchun qo‘llay oladi. Matematika esa ma’lumotlarni tahlil qilish, xatolarni

tuzatish, to‘g‘ri yechimlar topish uchun kerak. STEM mana shu 4 ta yo‘nalishni bir tizimga

soladi va jamiyatga innovasiyalar yarata oladigan, muammolarga barqaror yechimlar topa

oladigan kadrlarni tayyorlab beradi.

STEM so‘zi ingliz 4 so‘zning bosh harflaridan tashkil topgan abreviatura bo‘lib, unda: S

– Science –fan, T – Technology – texnologiya, E – Engineering –muhandislik, M – Mathematics

– matematika kabilardir. So’nggi vaqtlarda ushbu qisqartmaga A – Art – San’at bo‘limi ham

qo‘shilgan. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, STEM(STEAM) ta’lim tizimi orqali bolada

kreativlik, qunt, qiziquvchalik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat – muammoni hal

qilish (problem-solving skills) qobiliyati shakllanadi.

STEAM – ta’lim texnologiyasi – ta’lim oluvchilarning bir nechta fanlarni zamonaviy

usul, vosita va shakllarining o’zaro integratsiyalashuvini xilma xil ko’rinishdagi kontentlar

hamda elektron vositalar yordamida hayotiy bilimlarni egallashga qaratilgan jamoaviy, guruhiy

va individual shakldagi amaliy ijodiy tajribalarga o’rgatuvchi, mustaqil hamda tanqidiy

fikrlashga yo’naltiruvchi o’qitish texnologiyasidir.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tanqidiy fikrlash shakllantirishda integratsiyalashgan

yangi ta’lim – STEAM - ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, ta’lim oluvchilarda san’at

ob’ektlarini o’rganish, moslashuvchanlik, biluv mahsuldorligi, o’qishga mas’uliyat munosabatini

oshirishni ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, o’qitishning bunday zamonaviy yondashuvisiz

o’quvchilar o’rtasida texnik ijodkorlik va matematika fanlariga qiziqishni shakllantirishni

ta’minlab bo’lmaydi. Shu bilan birga mazkur ta’lim texnologiyalari asosida ta’limning tashkil

etilishi o’quvchilar xalqaro baholash dasturlarida ishtirokini ta’minlash va milliy ta’lim tizimiga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

810

moslashtirish imkonini beradi. Bizga ma’lumki, o’qitish jarayonida o’quvchilar bilimini nazorat

qilish maqsadida foydalanuvchi shakl test bo’lib, bu usul o’zining adolatliligi, xolisligi,

variativligi va qisqa vaqt ichida barchani baholay olishi bilan muvaffaqiyatli samara beradi.

STEM fanlarini o’qitish o’quvchilarni xalqaro baholash dasturlarining tanqidiy fikrlash

yo’nalishidagi savodxonligini tekshiradi.

STEM ta’limi o’quv jarayoniga qanchalik barvaqt tadbiq etilsa, o’quvchilarda mustaqil,

tanqidiy fikrlash makalalari shunchalik erta shakllanadi. Bola yurishni bilmagan paytida ham

jarayonlarning bog‘liqligi, ketma-ketligi va ehtimollikni tushuna oladi. Ushbu xususiyatlar har

tomonlama rag‘batlantirilishi lozim. Rasmga boy, qiziqarli kitoblar bolani maktabgacha ta’lim

yoshidanoq STEM tizimiga olib kirishida asosiy vosita bo‘la oladi.

Bu yerda muhim jihat STEM tamoyillariga asoslangan kitoblarni ensiklopediya

ko’rinishidagi kitoblari bilan adashtirmaslik lozim.

S-Science turkumidagi kitoblar bolalarni fan olamiga olib kirishda hayvonot olami,

dengiz hayvonlari, o‘simlik, hashoratlar va tabiat bilan tanishtirishga yordam beradi. Bunday

kitoblar bolaga atrof-olam to’g’risidagi ilmiy-nazariy bilimlarni bera oladi.

Bu yo‘nalishdagi o‘qitishda fanni yaxshi o‘rganish, muammoni hal qilish va mantiqiy

fikrlashni o‘zlashtirishga urg‘u beriladi. STEM o‘quvchilarga maktabda, ishda va turli

hobbilarda muvaffaqiyat qozonish imkonini taqdim etadi.

STEAM yondashuvi o’qituvchining kasbiy faoliyatda ma’lum qadriyatlar, maqsadlar,

tamoyillar va usullarni tanlagan holda o’quvchilarni fanlararo bog’lanish asosidagi amaliy

izlanishli faoliyatga, tanqidiy fikrlashga yo’naltiruvchi o’qitish uslubiyotidir. Mazkur yondashuv

uchta asosiy komponentni o’z ichiga oladi:

1. Tushunchalar. Yondashuvning asosiy tushunchalari uning xususiyati, aqliy faoliyati

uchun vosita bo’lib xizmat qiladi. STEAM yondashuviga ko’ra uning tarkibidagi asosiy

tushunchalarning qisqartmasi mazkur yondashuvning mohiyatini ochib beradi.

2. Tamoyillar. STEAM – ta’lim texnologiyasi o’qitishning bir qator tamoyillariga

asoslanadi. Mazkur tamoyillar pedagogik faoliyatning mazmun, usul, shakl va vositalarini

belgilashga imkon yaratadi.

3. Texnologik komponent. STEAM yondashuvning bu komponenti ma’lum bir

yo’nalishga muvofiq tanlangan va amaliy pedagogik faoliyatda qo’llaniladigan usullardan iborat.

Mazkur jihatlarni e’tiborga olgan holda , STEM – ta’lim texnologiyasi o’quvchilarning

tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish,turli muammolarni hal qilish, yuzaga keladigan

qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo’lgan yechimlarni taklif qilish uchun imkoniyat

yaratib beradi. Mazkur ta’lim texnologiyasi o’quvchilarning tanqidiy fikrlash malakasini

rivojlantirishda quyidagi tamoyillarga asoslanadi:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

811

STEM – ta’lim texnologiyasi tamoyillari

Sinergetik faoliyat

Uzluksizlik va yaxlitlik

Ilmiylik

Insonparvarlik

Kognitiv-vizuallik

Integrativlik

Nazariya va amalitning birligi

Erkin faoliyatli yondashuv

Inkorporatsion faoliyat

Ijodiy izlanishli faoliyat

Kolloborativlik

STEM – ta’lim texnologiyasi o’quvchilarga turli muammolarni hal qilish, yuzaga

keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo’lgan yechimlarni taklif qilish uchun

mo’ljallangan. STEM fanlarini o‘qish davomida o‘quvchida quyidagi qobiliyatlar shakllanadi:

muammoni hal qila olish, kreativlik, tanqidiy fikrlash, jamoaviy ishlay olish, mustaqil fikrlash,

tashabbuskorlik, kommunikasiya, raqamli savodxonlik, STEM ilm-fan, texnologiya, muhandislik

va matematikani bir-biriga bog‘liq holda yaxshi o‘zlashtirgan, o‘rganganlarini amaliyotda

qo‘llay oladigan, kompyuterda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, ham jamoaviy yaxshi

ishlashni, ham mustaqil tashabbuslarni qoya oladigan kadrlar tayyorlaydi.

Mazkur qisqartma tarkibidagi fanlarining ahamiyati shundaki, ular kelajak kasblariga

mos kadrlar tayyorlab beradi. Bugungi kunda egallanayotgan kasblarning aksariyati yaqin

kelajakda avtomatik tarzda ishlaydigan robotlar tomonidan bajarilishi yoki butunlay keraksiz

bo‘lib qolishi mumkin. STEM yo‘nalishidagi kasblarda har bir fanni o‘zlashtirish ahamiyatli.

Masalan, arxitektor 10 qavatli bino loyihasini tayyorlash uchun matematik hisob-kitoblar va ilm-

fanni yaxshi bilishi lozim. So‘ng binoning maketini yaratish uchun muhandislik va texnologiyani

ishlatishi kerak bo‘ladi.

STEM o‘qitish tizimi boshqa yo‘nalishlarga qaraganda biroz qiyinroq va mashaqqat talab

qiladi. Sababi 4 ta fanni birday o‘zlashtirmasa, unda kutilgan natijaga erishish qiyin. Jumladan,

robot yaratmoqchisizu, kerakli hamma ko‘nikma bo‘lmasa, unda qanday qilib o‘ylagan

vazifalaringizni bajara oladigan robotni yasash mumkin? Lekin qiyinchiliklariga qaramay baribir

STEM fanlarini o‘rganish qiziqarli hamdir.

Texnologiyalar kundan kunga rivojlanyapti. Lekin shunday bo‘lsa ham, yangi dasturiy

ta’minot yaratish, kosmik kema uchun zarur moddalarni kashf qilish, qayta tiklanuvchi

energiyalarni o‘rganish, hali davosi yo‘q kasalliklarga davo topish kabi qilinmagan ishlarni ham

kimdir bajarishi kerak. STEM fanlarini yaxshi o‘zlashtirish aynan mana shunday qiyin kasblarni

eplay oladigan kadrlar tayyorlaydi. Bu kadrlarda zamonaviy bilimlar bo‘lgani uchun ham ish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

812

beruvchilar ham ularga yuqori maoshlar taklif qilishadi. Bular: hisobchi, texnik yozuvchi,

kompyuter dasturchisi, kimyogar, moliyaviy tahlilchi, veb-dasturchi, biolog, atrof-muhit

muhandisi, tizim tahlilchisi, muhandis-quruvchi, mexanik muhandis, statistik, psixolog,

ma’lumotlar bazasi muhandisi, ma’lumotlar bazasi boshqaruvchisi, IT-menejer, shifokor, "data

scientist" kabi kasblardir.

Xulosa qilib aytganda boshlang’ich ta’lim o'qituvchilari boshlang'ich ta'limda buni

targ'ib qilish uchun yetarli darajada tayyor bo'lishlari, mavjud amaliyotlar orqali tanqidiy

fikrlashga o'rgatish bo'yicha maxsus didaktik ta’minot yaratish zarur. Mazkur

tadqiqot

boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy rivojlanishi kontekstida “Tanqidiy fikrlashga oid

amaliy kontekstlar”ni targ'ib qilish asoslarini aniqlashga yordam beradi. Natijalarning

dolzarbligi “Tanqidiy fikrlashga oid amaliy kontekstlar” bo'yicha innovatsion o'qitish

usullari bilan shug'ullanadigan turli manfaatdor tomonlar o'rtasida kelajakdagi ta'lim

tadqiqotlari va dizayni uchun ishlatilishi mumkin.

REFERENCES

1. Nishonov A, Xaydarov B, Nuriddinov B. va boshqalar. Baholash metodlari. O‟quv

metodik qo‟llanma. T., 2003.

2. Pol, R. V., Elder, L. & Bartell, T. (1997). Kaliforniya o'qituvchisini tanqidiy

fikrlash bo'yicha o'qitishga tayyorlash: Tadqiqot natijalari va siyosat bo'yicha

tavsiyalar. O'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha Kaliforniya komissiyasi

Sakramento: Kaliforniya.

3. Avliyakulov N.X., Namozova N.J. Muammoli o‘qitish texnologiyalari. – T.: “Fan va

texnologiyalar” nashriyoti, 2008.

4. Muslimov N. va boshqalar. Innov0atsion ta'lim texnologiyalari – Toshkent: 2015.

References

Nishonov A, Xaydarov B, Nuriddinov B. va boshqalar. Baholash metodlari. O‟quv metodik qo‟llanma. T., 2003.

Pol, R. V., Elder, L. & Bartell, T. (1997). Kaliforniya o'qituvchisini tanqidiy fikrlash bo'yicha o'qitishga tayyorlash: Tadqiqot natijalari va siyosat bo'yicha tavsiyalar. O'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha Kaliforniya komissiyasi Sakramento: Kaliforniya.

Avliyakulov N.X., Namozova N.J. Muammoli o‘qitish texnologiyalari. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.

Muslimov N. va boshqalar. Innov0atsion ta'lim texnologiyalari – Toshkent: 2015.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов