SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF IMPLEMENTATION OF INCLUSIVE EDUCATION IN GENERAL EDUCATION SCHOOLS

HAC
Google Scholar
To share
Sidiqova, G. . (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF IMPLEMENTATION OF INCLUSIVE EDUCATION IN GENERAL EDUCATION SCHOOLS. Modern Science and Research, 2(12), 120–122. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26535
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the benefits of inclusive education, its origin, physiological, psychological, personal and medical characteristics of disabled children, the impact of inclusive education on teachers and students.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

120

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA INKLYUZIV TA’LIMNI JOROY

ETISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Sidiqova Gulrux Safar qizi

Osiyo xalqaro universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10288540

Annotatsiya.

Ushbu maqolada inklyuziv ta'limning afzalliklari, kelib chiqishi,nuqsonli

bolalarning fiziologik, psixologik, shaxsiy hamda tibbiy belgilari inklyuziv ta'limning
o‘qituvchilarga o‘quvchilarga ta'siri haqida.

Kalit so‘zlar:

inklyuziv ta'lim, nuqsonli bolalarning sog'lom bolalar bilan munosabati,

ta’lim va tarbiya.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF IMPLEMENTATION OF

INCLUSIVE EDUCATION IN GENERAL EDUCATION SCHOOLS

Abstract.

In this article, the benefits of inclusive education, its origin, physiological,

psychological, personal and medical characteristics of disabled children, the impact of inclusive
education on teachers and students.

Key words:

inclusive education, the relationship of disabled children with healthy

children, education and upbringing.

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ВНЕДРЕНИЯ ИНКЛЮЗИВНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются преимущества инклюзивного

образования, его происхождение, физиологические, психологические, личностные и
медицинские особенности детей-инвалидов, влияние инклюзивного образования на
педагогов и учащихся.

Ключевые слова:

инклюзивное образование, взаимоотношения детей-инвалидов со

здоровыми детьми, образование и воспитание.


Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tadqiqot obyekti sifatida o‘rgangan pedagog va

psixologlar J.Kardano, V.I.Fleri, J.Itar, S.Speshnovlar murojaat etilgan nutqini tushuna oladigan,
qisman lug‘at boyligiga ega bo‘lgan, hatto sodda gaplar tuza oladigan bolalar borligini, agar nutq
ularga qarata balandlatilgan holda aytilsa, bunday bolalar ta’lim-tarbiyasining muammolarini hal
etilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.

R.M.Boskis eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim samaradorligining omili ushbu

toifadagi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini tushunish deb hisoblab, L.S.Vigotskiyning
“Nuqsonning murakkab tuzilishi” hamda “Ta’lim –tarbiya va rivojlanish mutanosibligi”
ta’limotlarga, I.P.Pavlovning “Analizatorlar faoliyati birligi psixologik ta’limotlarga tayanadi.
1925 yil eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limi bo‘yicha Xalqaro konferensiyada
A.S.Vigotskiy “Aynan mehnat ta’limi va tarbiyasini qo‘llash karlarni o‘qitishdagi barcha
qiyinchiliklardan chiqib ketish yo‘lidir. Asosiysi, mehnat tarbiyasi hayotga eng yaxshi yo‘l, u ilk
yoshdanoq hayotda faol ishtirok etish uchun garovdir. Shuning uchun u kar bolani barcha narsa,
muloqot, nutq, idrok bilan qurollantiradi.

S.A.Zikov, M.I.Glebova, Ye.N.Marsinovskaya, M.F.Titovalar o‘quvchilarda so‘zlashuv

nutqini shakllantirishda ko‘rgazmali amaliy faoliyatning ahamiyatini ilmiy asoslab beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

121

S.A.Zikov ko‘rgazmali amaliy faoliyatni uch guruhga ajratadi: ilyustrativ-tasviriy, o‘lchov-hisobli
va oddiy materialdan buyum yasash.

S.A.Zikov, T.S.Zikova ta’limotlariga asosan, Y.N.Marsinovskaya predmet amaliy faoliyat

kar bolalarning har tomonlama rivojlanishida muhim didaktik sharoit ekanligini tadqiq etgan.

L.A.Novaselov kar bolalarning mehnat ta’limini quyidagicha tasniflaydi:
Qo‘l mehnati (tayyorlov 4-sinf).
Umumtexnik tayyorgarlik (5-8-sinf).
Professional ta’lim (9-12-sinf). Har bir bosqichning vazifalarini ko‘rsatib o‘tadi: 1. Qo‘l

mehnati kar o‘quvchilarga hayotiy borliqni tez va mukammal anglash imkonini beradi. U bolaning
shaxsining, uni intellektual kuchi, bilish imkoniyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Mehnat faoliyatini bajarish jarayonida kar o‘quvchilar o‘zini jismoniy va aqliy kuchini ongli
boshqarishga o‘rganadi, bu ularning umumiy faolligi va ishchanligini oshiradi. Kar bolalarning
maktabida mehnat darslarning didaktik ahamiyati kattadir. Mehnat darslariga qo‘yiladigan
talablardan biri uni boshqa o‘quv fanlari bilan aloqa o‘rnatishdir. Bir tomondan mehnat darslari
boshqa o‘quv fanlarda zarur bo‘ladigan ma’lum bilimlarni beradi, hamda boshqa darslarda olingan
bilimlarni mustahkamlaydi. Bunday aloqani o‘rnatish pedogogik jarayonni to‘g‘ri va samarali
tashkil etishda muhim omildir.

Qo‘l mehnati nafaqat ta’limiy ahamiyat kasb etadi, balki o‘quvchining shaxsining

tarbiyalashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U qiyinchiliklarni bartaraf etishga majbur etadi (buyumlarni
yasash jarayonida), bu iroda va qat’iyatlilikni tarbiyalashga sabab bo‘ladi. O‘quvchilarda jamoa
faoliyati, o‘rtoqlik o‘zaro yordami va intizomlilik malakalarini tarbiyalaydi. Bunga bog‘liq holda,
o‘quvchi ish jarayonida “men”ni emas, balki “biz”ni ko‘ra olishini ko‘zda tutuvchi brigada bilan
ishlash, juft bo‘lib ishlash ish turlarini qo‘llash lozim. Qo‘l mehnati darslari uchun alohida xona
ajratilishi maqsadga muvofiq. Mazkur xona mavjud bo‘lmasa, o‘quvchilar partalarda osma
doskalar va ish qurollari saqlanadigan qutilar bo‘lishi kerak.

Mehnat darsi tashkiliy bosqichdan boshlanadi. Keyin o‘quvchilar o‘qituvchining turli

vazifalarini bajaradi (“Plastilinni yumshat”, “Doirani oq qog‘ozga yopishtir”). O‘tilgan mavzuni
takrorlashga yo‘naltirilgan mazkur vazifalarni bajargandan so‘ng, o‘qituvchi darsda o‘quvchilar
nimalar bilan band bo‘lishini e’lon qiladi. Dastlab u ish qurollari va materiallarni mustaqil yoki
o‘qituvchi yordamida tanlashni so‘raydi. So‘ng buyumni yasash jarayonini o‘z harakatlari bilan
ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning harakatlarini takrorlaydilar. Ishni bajarish ketma–ketligi doskadagi
yozuvda, 2-sinfdan o‘quvchilar daftarlarida o‘z aksini topishi kerak. Bu ta’limning keyingi yillarda
o‘quvchilarga ko‘rsatma kartalari bo‘yicha oson ishlash imkonini beradi. Qo‘l mehnati o‘quvchilar
umumtexnik ta’limi asoslanadigan elementar bilim, ko‘nikma va malakalarni beradi.

A.P.Gazova kar bolalarning mehnat ta’limi psixologiyasini tadqiq etgan. U professional-

mehnat ta’limi jarayonida ruhiy faoliyat tarkibini, kar bolalarda harakat, harakatni boshqarish,
o‘lchash, malakalarini shakllantirish, mehnat ta’limini nutqiy ta’minlanishi, eshitmaydigan
yoshlarni proforiyentatsiya masalalarini tahlil qilgan. U eshitmaydigan bolalarda turli kasbiy-
mehnat malakalarini shakllanitirish dinamikasi, turli simvolikalar, xususan nutqiy muloqot orqali
beriladigan o‘quv-ishlab–chiqarish ma’lumotlarini idrok etish sharoiti va o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rgangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

122

S.Musayeva e’tiroficha, mehnat ta’limi va tarbiyasi maqsadi mehnat sevarlikni tarbiyalash,

mehnatga va mehnat kishilariga hurmat, o‘quvchilar xususiyatlariga mos kasblar bilan
tanishishlari, dars va umum foydali ishlarda mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda
tejamkorlik xislatlarini, ijtimoiy boylikka tejamkorlik munosabati saboqlarini singdirishdan iborat.
Umummeros an’analarimizni tiklab, uni davom ettirishimiz emas, mehnat ta’limi darslarida ularni
boyitib qo‘llash lozim.

Mehnat ta’limining turli bosqichlarida bu umumiy vazifa turlicha hal etiladi. Agar 1-

bosqichda (1-4 sinflar) o‘quvchilar mehnat savodxonligini, 2-bosqichda (5-8 sinflar) Umumiy
texnik tayyorgarlikni, 3-bosqichda (9-12 sinflar) professional mehnat bilimini oladilar. Mehnat
ta’limi umumtexnik ta’lim bosqichida umumiy o‘quv–tarbiyaning maqsadi asosida amalga oshadi.
Bu mehnatning didaktik imkoniyatlari kengaytirish va qo‘llash uchun keng imkoniyat yaratadi.
S.Musayeva e’tiroficha, mehnat ta’limi va tarbiyasi maqsadi mehnat sevarlikni tarbiyalash,
mehnatga va mehnat kishilariga hurmat, o‘quvchilar xususiyatlariga mos kasblar bilan
tanishishlari, dars va umum foydali ishlarda mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda
tejamkorlik xislatlarini, ijtimoiy boylikka tejamkorlik munosabati saboqlarini singdirishdan iborat.
Umummeros an’analarimizni tiklab, uni davom ettirishimiz emas, mehnat ta’limi darslarida ularni
boyitib qo‘llash lozim.

S.Musayeva mehnat ta’limi darslarining komillashtirish, mehnat darsida o‘quvchilarga

qog‘oz, karton, gazlama va tolali matolar bilan ishlashda tejamkorlik xislatlarini singdirib borishni
tajriba-sinov ishlari davomida tekshirib ko‘rdi, mavzuga oid nazariy va amaliy ishlarni o‘rganib
chiqdi. U mehnat ta’limi jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga tejamkorlik xislatlarini
singdirib borish mavzusidagi atsiyasida mehnat ta’limi darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga
tejamkorlik xislatlarini singdirishga oid nazariy fikr va amaliy ishlarni o‘rganib tahlil qildi,
tavsiyalar ishlab chiqdi. Mehnat so‘zi zamirida turli bilimlarni o‘rganish, har bir shaxsning
qobiliyati va qiziqishiga yarasha kasb–hunar o‘rgatish va xalq manfaati yo‘lida biror ish bilan
shug‘ullanish singari ma’nolar yotadi. O‘quvchilarda mehnatga muhabbati avval oilada, ota–
onaning shaxsiy namunalari asosida, keyinchalik maktabda mehnat ta’limi darslari, darsdan
tashqari tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Mehnat ta’limi o‘yin tarzida boshlash kerak. O‘quvchilarga kerakli asboblarni musiqa

asosida tarqatish lozim. Tarqatayotgan bola ishni musiqa bilan boshlab, musiqa tugaguncha
tarqatib bo‘ladi. O‘qituvchi dars boshlashdan oldin, o‘qituvchi dars boshlashdan oldin, o‘quvchilar
bilan salomlashadi. Navbatchi o‘qituvchi yordamida kerakli narsalarni stol ustiga qo‘yish
lozimligini e’lon qiladi. O‘quvchilar bilan oldingi dars mustahkamlanadi. Yangi mavzuga o‘tiladi.
Istiqlolga qadar respublikamizda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktablarida ta’lim-tarbiya
jarayoni original dastur va darsliklar asosida olib borilmay, Rossiya maxsus maktablar yoki
O‘zbekistondagi umumta’lim maktablar, ba’zi aqli zaif bolalar maktablariga mo‘ljallangan dastur
va darsliklarni biroz o‘zgartirib ishlash asosida tashkil etiladi. Maxsus tizim amaliy stixiyali
ravishda tizimdagi ishning shu yo‘nalish asosida olib borilishi orqali rivojlana bordi. Tabiiyki, bir
tomonda til zaminida to‘g‘ri kelmasligi, ikkinchi tomonda me’yorda rivojlanayotgan bolalar,
uchinchi tomonda aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar xususiyatlariga tayangan holda
tuzilgan dastur va darsliklar asosida ishni tashkil etish eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim
muassasalariga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish imkonini bermas edi.

References

REFRENCES

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов