APPLICATION AND IMPORTANCE OF MODERN TECHNOLOGIES IN FORMING THE DIGITAL ECONOMY

HAC
Google Scholar
To share
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the integration of Uzbekistan into the international trade system, the growth of import and export of products and goods, the development of information technology is starting a new period. The widespread use of 3D technology in the field of economy leads to appear of a new class of businessmans and the aspects of its application are highlighted.


background image


95

RAQAMLI IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY

TEXNOLOGIYALARNING QO‘LLANILISHI VA AHAMIYATI

Mamajonova Saida Vaxabjonovna

katta o‘qituvchi

Boboqulov Olmos Yusup o‘g‘li

Guliston davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10333077

Annotatsiya.

O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va

tovarlar importi va eksportning o’sib borishida axborotlashtirish sohasidagi texnologiyaning

rivoji yangicha davrni boshlab bermoqda. 3D-texnologiyasining iqtisodiyot sohasida keng

qo’llanilishi tadbirkorlarning yangi sinfining vujudga kelishiga va tadbiq etish jihatlari

yoritilgan.

Kalit so’zlar:

raqamli iqtisodiyot, axborot, WiMAX texnologiyasi, intellekt, neyron to’rlar,

biznes, bank, moliya, birja.

APPLICATION AND IMPORTANCE OF MODERN TECHNOLOGIES IN FORMING

THE DIGITAL ECONOMY

Abstract.

In the integration of Uzbekistan into the international trade system, the growth of

import and export of products and goods, the development of information technology is starting a

new period. The widespread use of 3D technology in the field of economy leads to appear of a new

class of businessmans and the aspects of its application are highlighted.

Keywords:

digital economy, information, WiMAX technology, intellect, neural networks,

business, banking, finance, stock exchange.

ПРИМЕНЕНИЕ И ЗНАЧЕНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В

ФОРМИРОВАНИИ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

Аннотация.

Развитие технологий в сфере информатизации открывает новую эпоху

интеграции Узбекистана в международную торговую систему, роста импорта и

экспорта продукции и товаров. Широкое использование 3D-технологий в сфере экономики

приводит к появлению нового класса предпринимателей и освещаются аспекты ее

применения.

Ключевые слова:

цифровая экономика, информация, технология WiMAX, интеллект,

нейронные сети, бизнес, банковское дело, финансы, фондовая биржа.


background image


96

Globallashuv sharoitida migratsiya, turizm, xalqaro savdo, chet el investitsiyalari hamda

kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi har qanday milliy iqtisodiyotning o’sish darajasiga o’z

ta’sirlarini o’tkazadi.O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy- iqtisodiy

bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig’ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz

tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan etakchi davlatlar ko’magida iqtisodiyot

tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha

dasturlarning

amalga

oshirilayotganida,

O’zbekistonning

xalqaro

savdo

tizimiga

integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportning o’sib borishida va boshqa

misollarda yaqqol ko’rishimiz mumkin. Bozor munosabatlariga o’tish jamiyat ijtimoiy-iktisodiy

hayotining barcha sohalariga axborotlashtirish sohasida erishilgan eng so’nggi yutuqlarni tadbiq

etish sur’atlarini g’oyatda tezlashtirib yubordi.

Respublikamizda 2022 yilda qabul qilingan Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish sharoitida

mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, innovatsiyalarni

keng joriy etish va shular asosida resurslardan oqilona foydalanish raqamli iqtisodiyotni

shakllantirish omillaridandir. Chunki boshqaruvda raqamli texnologiyalarni keng qo’llash,

mamlakatimizda elektron hukumat tizimini joriy etish muammosi ijtimoiy rivojlanishning ko’p

variantligi va muqobilligini e’tirof etishga asoslangan.

Jismoniy mehnatni ilm, ma’rifat, raqamli axborot bilan almashtirish mehnat faoliyatini

ijodkorlik, innovatsiyalar, g’oyalarni ishlab chiqish bo’yicha yangi faollik turiga almashtirishda

mumkinligi haqida gapirishga asos beradi. Bu erda gap axborot to’plash va uni qayta ishlash

bo’yicha tan olingan hamda ma’naviy yo’naltirilgan faoliyat – intellektual faollik haqida

bormoqda.

“Raqamli O’zbekiston – 2030” Kontseptsiyasidan ko’zlangan asosiy maqsad sifatli va

qimmat bo’lmagan internet va mobil aloqasini joriy etish, shahar va qishloq o’rtasidagi raqamli

tafovutni kamaytirish,elektron yozuvlar ustuvorligi va korruptsiyaga qarshi kurashishni

kuchaytirishdan iborat

.

Strategiya mamlakatning raqamli iqtisodiyotini tezkor rivojlantirish va uni

shakllantirish, innovatsion mahsulotlarga qulay muhitni yaratish, davlat boshqaruvi

samaradorligini oshirish, aholi va tadbirkorlarga qulay davlat xizmatlarini amalga oshirish uchun

ishlab chiqiladi va joriy etiladi.

Jamiyatning qancha ko’p a’zosi yangi raqamli, yuqori texnologik mahsulotlarni egallasa,

ularning xaridorgirligi va qimmati shuncha ortadi, ya’ni iste’mol ko’lamining sinergetik samarasi

namoyon bo’ladi. Natijada iqtisodiy rivojlanish salohiyati yanada oshadi.


background image


97

Mamlakatda Internet tarmog’idan jamoaviy foydalanish shahobchalari soni ortib

bormoqda (JFSh).

Internet tarmog’ida ulanish uchun Wi-Fi texnologiyasidan foydalanish ham

kengaymoqda.

Tajriba tariqasida foydalanish natijalariga ko’ra, Davlat radiochastotalar komissiyasi

tomonidan respublikada WiMAX texnologiyasi bo’yicha keng tarmoqli simsiz foydalanish

tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida har bir opretorga chastotalar tarmoqli ajratib berilgan edi.

Bu katta hududlarni qamrab olish bilan birga simsiz tarmoqlarni yaratish imkonini beradi (50

kilometrgacha). Bunda ma’lumotlarni uzatish tezligi 32 dan 135 MbitG’s gachani tashkil etadi.

Shu bilan birga Wi-Fi texnologiyasi bo’yicha simsiz foydalanish tarmoqlarini rivojlantirish uchun

chastotalar ajratib berilgan. Ular simsiz lokal (ofis ichidagi) tarmoqlarni yaratishga va Internet

tarmog’iga ma’lumotlarni uzatish tezligi 54 MbitG’s bo’lgan yuqori tezlikka ega simsiz

ulanishlarni vujudga keltirishga mo’ljallangan.

Wi-Fi texnologiyasidan foydalanilgan holda Internet tarmog’iga ulanish hududi

kengaytirilmoqda. Natijada Wi-Fi foydalanish nuqtalari soni ortadi.

Sun’iy intellekt haqidagi tasavvur va bu sohadagi izlanishlar — «aqliy mashinalar» ishlab

chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo’lib Stanford universitetining (AQSh) professori Djon

Makkarti tashabbusi asosida 1956 yili tashkil topgan ilmiy tugarakda paydo bo’lgan.

«Intellekt» so’zi lotincha «intellectus» so’zidan kelib chikkan bo’lib, u bilish (aniqlash),

tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini beradi.

Sun’iy intellektli tizimlarga: axborot-kidiruv tizimlari (savol-javob tizimlari), xisob-mantiq

tizimlari va ekspert tizimlari kiradi.

Xar qanday intellektual tizim, uning kaerda kullanishiga bog’lik bo’lmagan xolda, odam-

mashina tizimidir.

Tizimning vazifasi — oxirgi foydalanuvchiga u yoki bu masalani echishda uning kasbi

faoliyati doirasida malakali mutaxassis (ekspert) larning yillar davomida orttirgan bilimlaridan

foydalanish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Buning uchun EXM tarkibiga bilimlar manbai va

intellektual interfeys kirishi kerak. Bilimlar manbaida xarakterli bo’lgan masalalarni echish

usullari haqidagi axborotlar saqlanadi. Intellektual interfeys masalani echish jarayonida oxirgi

foydalanuvchi va tizim o’rtasidagi o’zaro munosabatni (xarakatni, ishlashni) ta’minlaydigan

sunggi foydalanuvchining xamma vositalarini uz ichiga oladi.

Muammoni xal qilishga karatilgan, oxirgi yillarda yaratilgan ekspert tizimlarining taxlili

shuni kursatadiki, yaratuvchilarning asosiy kuch-gayrati, sanoat va konstruktor-texnologik

korxonalarda samarali qo’llanuvchi sistemalar yaratishga karatilgan.


background image


98

Ma’lumki inson miyasi katta xajmdagi axborotni tez qayta ishlay oladi. Bunga sabab

millionlab miya nerv xujayralari - neyronlarning parallel ishlashidir.

Sun’iy neyronlarning g’oyaviy asosi xam biologik neyron xujayralari xisoblanadi.

Neyron deyilganda sun’iy neyron aniqrog’i, kompyuter dasturini nazarda tutiladi.

Bugun neyron to’rlar o’ta chuqur o’rganilmagan bo’lishiga qaramasdan quyidagi sohalarga

qo’llanilib ijobiy natijalarga erishilmoqda:

- biznes – neyron to’rlarning bu sohaga tadbiqi 1984 yilda adaptiv kanal ekvalayzeri

yaratilishi bilan boshlandi. Bu qurilma juda sodda bo’lib, bitta neyrondan tashkil topgan. U uzoq

masofadagi telefon liniyalarida ovozni stabillashtirib sifatini oshirganligi sababli katta iqtisodiy

muvafaqiyat qozongan;

- bank moliya – ko’chmas mulkni baxolashda, kredit berishda risklarni xisoblab mijoz

tanlashda, qarzlarni baxolashda, kreditlarning ishlatilishini analiz qilishda, savdo portfeli

programmalarida, moliyaviy analiz qilishda, valyuta qiymatini prognozlashda;

- birja – valyuta va aktsiya kurslarini prognozlashda, bozorni prognozlashda, korxonalar

kelajagini baxolashda;

- ishlab chiqarish – jarayonlarni boshqarishda, maxsulotlar dizayni va analizida;

- meditsina – o’pka raki xujayralarini analiz qilishda, DNK analizida, protez loyilashda,

transplantatsiya vaqtlarini optimizatsiyalashda, shifoxona xarajatlarini kamaytirishda va sifatini

oshirishda, shoshilinch yordam xonalarini tekshirishda;

- robototexnika – traektoriya qurishda, xarakatni boshqarishda, manipulyatorlarni

boshqarishda, tasvir analizi va ko’rishda, shakllar va figuralarni tanishda, ovoz analizi va sintezida;

- transport – marshrutlarni optimal loyixalashda, vaqt jadvallarini rejalashtirishda, yuk

mashinalari tormoz sistemalarining analizida;

- avtomobil – avtomatik boshqarish tizimlarida, avtomatik xarita tizimlarida, kafolat bilan

bog’liq ishlar tekshiruvida;

- kosmos – yuqori samarali avtopilotlar yaratishda, uchish traektoriyasi immitatsiyasi

tizimlarida, uchar jismlarni boshqarish tizimlarida, uchar jismlarining kamchilik va buzuqliklarini

topish va bartaraf qilishda;

- mudofaa – tovush, radar, infraqizil signallarni taxlil qilishda, axborotlarni

umumlashtirishda, avtomatik qurilmalarni boshqarishda;

- telekommunikatsiya – tasvir va ovozni zichlash, shifrlash va boshqacha qayta ishlash

jarayonlarida, avtomatlashtirilgan axboratlashtirishda, turli tillarga sinxron tarjima tizimlarida va

xokazolarda.


background image


99

Neyron to’rlarning afzalliklarini va mavjud kompyuter dastur paketlarining qulaylik va

samaradorligini xisobga olib uni innovatsiya jarayonlarida qo’llash istiqbolli ekanligini xulosa

qilish qiyin emas.

“D” atamasi inglizcha “dimensions” so’zidan olingan bo’lib, “o’lchamlar” ma’nosini

beradi. Ta’kidlash joizki, 3D texnologiyasi tasvirni vizual va tovushli uzatib berishning dunyodagi

eng ilg’or usulidir.

3D printerlar - uch o’lchamli chizmalar asosida narsa-buyumlar "chop etuvchi" printerlardir.

Hozircha bu kabi ishlanmalar tor doirada amalga oshirilayotgan bo’lsa, yaqin kelajakda bemalol

uy sharoitida 3D-printerdan masalan bir juft krossovka, kiyim yoki ro’zg’or buyumi chiqarib

olishning imkoni bo’ladi.

Hozirgi kunda uch o’lchamli haykallar, yirik ob’ektlarning kichraytirilgan modellari

(mashinalar, samolyotlar, binolar), shuningdek, turli ilmiy ishlanmalar modellarini yasash

imkoniyati mavjud. Misol uchun, Lockheed Martin korporatsiyasi uchuvchisiz boshqariladigan "

Polecat " samolyoti uchun jihozlarning katta qismini tezkor uch o’lchamli bosma texnologiyasi

asosida chiqarmoqda.

Uch o’lchamli chop etilayotgan mahsulotlarning narxi pasayishini inobatga olsak, ushbu

texnologiyaga talab oshmoqda. Bugungi kunda Boeing kompaniyasi o’z samolyotlarining 200 dan

ortiq detallarini 3D-chop etish texnologiyasi asosida ishlab chiqmoqda.

3D-printerlarda narsa-buyum yasash kontseptsiyasi, bizga yana bir bor "uchinchi olam"ning

mo’’jizalardan iborat ekanligini ko’rsatmoqda.

AQSh ning Organovo va Invitech kompaniyalari inson organlarini chop etuvchi bioprinter

yaratishdi.

Ushbu printer chop etuvchi ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismi chop etiluvchi organ

shaklini yaratuvchi gelni sepadi, ikkinchisi esa shaklni tabiiy to’qimalar asosida yaratilgan

hujayralar bilan to’ldiradi.

Cricut Cake printeri shirinliklar yaratishda ijodkorlikka imkon yaratib beradi. Ushbu

printerning narxi 400 AQSh dollarida baholanmoqda.

3D-printerlar qatorida bugungi kunda jahon bozorida 3D displeylar faol ilgari surilmoqda.

3D displey – ko’zoynak yoki boshqa qo’shimcha qurilmalarsiz inson tomonidan hajmdor

sifatida idrok etiluvchi tasvirni chiqara olishga qodir qurilmadir.

3D texnologiyalar sohasida yana bir yangilik- 3Doodler- uch o’lchamli tasvir yaratadigan

ruchkadir.


background image


100

Odatda biz qo’limizga ruchka olib, qog’ozga ikki o’lchamli tasvirlarni chizamiz. Siz

qanchalik iste’dodli rassom bo’lmang, suratingiz faqat uzun va baland bo’lishi mumkin, ammo

hajmli bo’lmaydi.

3Doodler-”WobbleWorks” amerika kompaniyasi tomonidan yaratilgan ruchkadir.

3D- ruchkada siyoh o’rniga pat ostidan chiqqan 270 darajagacha qizdiriladigan maxsus

plastikdan foydalaniladi. Chizilgan tasvir esa o’sha ondayoq soviydi va qotib qoladi. Shu tariqa

uch o’lchamli modellarni yaratish mumkin bo’ladi. Ruchka yordamida haykallar, taqinchoqlar,

bolalar uchun o’yinchoqlar kabi buyumlarni yaratish mumkin.

3D texnologiyalari bugungi kunda reklama amaliyotida hamda marketing tizimida keng

qo’llanilmoqda.

3D- reklamalardan Coca-Cola, Adidas, Cavalli, Ferrero, McDonalds kabi taniqli firmalar

keng foydalanmoqdalar.

Mutaxassislarning fikricha 3D texnologiyalar tovar ishlab chiqarishda revolyutsiyaga olib

keladi.

Ushbu texnologiyaning rivoji yangicha davrni boshlab bermoqda. Masalan, Yaponiyada 3D-

texnologiyaning keng qo’llanilishi tadbirkorlarning yangi sinfining vujudga kelishiga olib keldi.

Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan yangi kompaniyalar soni 15 tadan 2300 taga etdi.

Ammo xalqaro miqyosda uch o’lchamli texnologiya bozorida AQSh va Germaniya

kompaniyalari etakchilik qilmoqdalar.

Wholers Associates konsalting agentligi analitiklarining bashoratiga ko’ra 3D-

texnologiyalar global bozori 2012 yildagi 2 mlrd. dollardan 2021 yilda 11 mlrd. dollargacha

oshadi.

IBusiness.ru sayti ma’lumotlariga ko’ra esa 3D- texnologiyalar 2025 yilda jahon

iqtisodiyotiga 550 mlrd. dollargacha foyda olib kelishi kutilmoqda.

Ayrim ekspertlarning fikricha yaqin 30 yil ichida har bir xonadonda 3D- printerlar mavjud

bo’lishi va foydalanuvchi onlayn-magazin orqali kerakli buyum maketini sotib olib o’zi chop etishi

mumkin. Bu esa iqtisodiyotni ham inson hayotini ham butkul o’zgartirishi tabiiy.

REFERENCES

1.

Cordella, F. Iannacci Information systems and organisations Published by: University of

London Press ,2011.

2.

Stephen B. Harsh Management information systems. Department of Agricultural Economics

Michigan State University harsh@msu.edu.


background image


101

3.

Laudon, K.C. and J.P. Laudon Management Information Systems: Managing the Digital Firm.

(Harlow: Pearson Education, 2012) twelfth edition.

4.

Mirziyoev Sh.M. “Innovatsion g’oyalarni ilm-fan va sanoatga keng tatbiq etish- islohotlar

samaradorligining bosh mezoni”Xalq so’zi, №107 (7337). 2019 yil 29 may.

References

Cordella, F. Iannacci Information systems and organisations Published by: University of London Press ,2011.

Stephen B. Harsh Management information systems. Department of Agricultural Economics Michigan State University harsh@msu.edu.

Laudon, K.C. and J.P. Laudon Management Information Systems: Managing the Digital Firm. (Harlow: Pearson Education, 2012) twelfth edition.

Mirziyoev Sh.M. “Innovatsion g’oyalarni ilm-fan va sanoatga keng tatbiq etish- islohotlar samaradorligining bosh mezoni”Xalq so’zi, №107 (7337). 2019 yil 29 may.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов