CORPORATE CONFLICTS AND DISPUTES. WAYS TO PROTECT THE RIGHTS AND LEGAL INTERESTS OF PARTICIPANTS IN CORPORATE RELATIONS AND TO RESOLVE DISPUTES IN AN ALTERNATIVE WAY

HAC
Google Scholar
To share
Buriev, K. (2023). CORPORATE CONFLICTS AND DISPUTES. WAYS TO PROTECT THE RIGHTS AND LEGAL INTERESTS OF PARTICIPANTS IN CORPORATE RELATIONS AND TO RESOLVE DISPUTES IN AN ALTERNATIVE WAY. Modern Science and Research, 2(12), 444–453. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26734
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is about improving the legal mechanismus for protecting the rights and legal interests of participants in corporate relations, corporate coflicts that arise in the process of making important decisions regarding strategic development plans or the corporation's activities, among the participants of the corporation regarding the general activity of the corporation, general justice of the corporate disputes that have arisen. It is focused on the formation of knowledge regarding the solution in accordance with the principle and applicable laws.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

444

KORPORATIV ZIDDIYATLAR VA NIZOLAR. KORPORATIV MUNOSABATLAR

ISHTIROKCHILARI HUQUQ VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILISH

VA NIZOLARNI MUQOBIL USULDA HAL QILISH YO’LLARI

Buriev Khamidjon Tulkin ugli

Pennsylvania State University yuridik maktabi magistratura bitiruvchi,

Xalqaro va korporativ huquq erkin ilmiy tadqiqotchisi

hamidboriyev@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10359013

Annotatsiya.

Mazkur maqola korporatsiya ishtirokchilari o’rtasida korporatsiyaning

umumiy faoliyati yuzasidan, strategik rivojlanish rejalari yoki korporatsiya faoliyati yuzasidan
muhim qarorlar qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan korporativ konflilktlar hamda
korporativ munosabatlar ishtirokchilari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiy
mexamizmlarini takomillashtirish, vujudga kelgan korporativ nizolarni umumiy adolat prinsipi va
amaldagi qonun hujjatlariga mos ravishda hal etish yuzasidan bilimlar shakllantirishga
qaratiladi.

Kalit so’zlar:

cheklangan javobgarlik, majoritar aksiyador, minoritar aksiyador, fiduciary

duties, duty of loyalty, duty of care, piercing corporate veil, yuridik maslahatchi.

CORPORATE CONFLICTS AND DISPUTES. WAYS TO PROTECT THE RIGHTS

AND LEGAL INTERESTS OF PARTICIPANTS IN CORPORATE RELATIONS AND

TO RESOLVE DISPUTES IN AN ALTERNATIVE WAY

Abstract.

This article is about improving the legal mechanismus for protecting the rights

and legal interests of participants in corporate relations, corporate coflicts that arise in the
process of making important decisions regarding strategic development plans or the corporation's
activities, among the participants of the corporation regarding the general activity of the
corporation, general justice of the corporate disputes that have arisen. It is focused on the
formation of knowledge regarding the solution in accordance with the principle and applicable
laws.

Keywords:

limited liability, majority shareholder, minority shareholder, fiduciary duties,

duty of loyalty, duty of care, piercing corporate veil, legal advisor.

КОРПОРАТИВНЫЕ КОНФЛИКТЫ И СПОРЫ. СПОСОБЫ ЗАЩИТЫ ПРАВ И

ЗАКОННЫХ ИНТЕРЕСОВ УЧАСТНИКОВ КОРПОРАТИВНЫХ ОТНОШЕНИЙ И

РАЗРЕШЕНИЯ СПОРОВ АЛЬТЕРНАТИВНЫМ СПОСОБОМ

Аннотация.

В статье речь идет о совершенствовании правовых механизмов

защиты прав и законных интересов участников корпоративных отношений и
корпоративных конфликтов, возникающих в процессе принятия важных решений,
касающихся общей деятельности корпорации, планов стратегического развития или
деятельность корпорации, а также общее правосудие возникающих корпоративных
споров, ориентированное на формирование знаний относительно решения в соответствии
с принципами и действующим законодательством.

Ключевые слова:

ограниченная ответственность, мажоритарный акционер,

миноритарный акционер, фидуциарные обязанности, обязанность лояльности,
обязанность осторожности, прорыв корпоративной вуали, юрисконсульт.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

445

Umumiy korporativ huquqiy munosabatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, korporativ

ziddiyatlar va nizolarning mavjud bo’lishi korporativ huquqiy munosabatlarda salbiy hodisa
sifatida qabul qilinadi, sababi korporativ ziddiyatlar va nizolarning mavjud bo’lishi, shubhasiz,
korporatsiyaning samarali iqtisodiy faoliyat olib borishiga xalaqit beradi. Aslini olganda
korporativ ziddiyatlar va nizolarning mavjud bo’lishi, aslida buzg’unchi bo’lib, bu korporativ
munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar va korporatsiyaning lokal hujjatlarining kamchiliklari
borligini va ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish orqali korporativ munosabatlarni isloh qilish
zarurligini anglatadi. Bu esa korporativ munosabatlarning yanada tokomillashuviga va
korporatsiyaning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.

Korporativ munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi

qonunchiligini o’rganish davomida korporativ munosabat ishtirokchilari o’rtasida bir qancha
korporativ ziddiyat va nizolarning mavjud ekanligini ko’rish mumkin. Bu esa korporativ
munosabat ishtirokchilarining huquq va qanuniy manfaatlarini himoya qilish uchun korporativ
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish va mavjud
kamchiliklani bartaraf qilish, shuningdek, korporativ ziddiyatlar va nizolarni muqobul usulda hal
qilish mexanizmini ishlab chiqish zarurligini angladi.

Umumiy korporativ munosabatlardan kelib chiqib bir qancha olimlar, korporativ

munosabatlardan kelib chiquvchi muommolarni ikkiga korporativ ziddiyatlar va nizolarga
bo’ladilar. Aslini olganda amaliyotda korporativ ziddiyat va nizolar tushunchasiga bir xil
qarashadi. Xorijiy olimlarning ta’kidlashicha, har qanday mamlakat korporativ munosabatlarida
uch turdagi konfliktlar tavsiflanadi:

menejerlar va aksiyadorlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik;

nazorat kiluvchi (majoritar) va minoritar aksiyadorlar o‘rtasidagi qarama- qarshilik;

korporatsiya (guruh sifatida aksiyadorlar) va kreditorlar hamda xodimlar kabi tashqi

guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar.

Bir qancha olimlarning fikricha, korporativ konfiliktlar bugungi kunda iqtisodiy sudlar

tomonidan ko’rib chiqilayotgan nizolarning asosiy sababchisidir.

Shuni ta’kidlab o’tish joizki, korporativ nizo tushunchasiga va korporativ nizo aslida nima

ekanligiga milliy qonunchiligimizda aniqlik kiritilmagan, lekin shunday bo’lsada, korporativ
nizolar sirasiga qaysi ishlar kirishi ko’rsatib o’tilgan.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi IPKning 30-moddasida korporativ nizolar bilan

bog’liq ishlar jumlasiga qaysi ishlar kirishi ko’rsatib o’tilgan.

O’zbekiston sud amaliyotidan kelib chiqib aytish mumkinki, korporativ nizolar bilan

bog’liq eng ko’p ishlar sirasiga quydagi ishlarni kiritib o’tishimiz mumkin;

aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi qarorini bekor qilish;

jamiyat kuzatuv kengashi yoki ijro etuvchi boshqaruv organlarining qarorini haqiqiy emas

deb topish, shu jumladan aksiyadorlar (ishtirokchilar) talabiga ko‘ra harakatlarni amalga oshirishni
rad etish to‘g‘risidagi qaror

jamiyat aksiyadorlari (ishtirokchilari) huquqlarini amalga oshirishga qaratilgan

harakatlarni amalga oshirishga majbur qilish, shu jumladan, e’lon qilingan dividendlarni to‘lash
yoki jamiyat sof foydasini bo‘lish bilan bog‘liq;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

446

korporatsiyada bitimlarni vakolati yo’q shaxslar tomonidan imzolanishi [Bu nizo ayniqsa

MCHJda ko’p uchramoqda] va korporatsiyada yirik bitimlar tuzishda yirik bitimlar tuzishning
qonuniy talablariga roiya qilmaslik bilan bog’liq nizolar

Bitim tuzish vakolatiga ega bo’lmagan shaxs tomonidan bitim tuzilishi FKning 9- bob

qoidalariga muofiq haqiqiy emas deb topiladi. Afsuski amaliyotda, xususan, MCHJlarda
ta’sischilar o’zini jamiyatning ulushdori hisoblab, jamiyat nomidan jamiyat hayotiga tegishli
bo’lgan bitimlarni tuzishda o’zini vakolatli hisoblaydilar va shu orqali korporativ shantaj qilgan
holda o’zlarining manfaatlari yuzasidan bitimlar imzolaydilar. Ushbu holatni amaliyotda vujudga
kelgan nizo orqali yanada yaxshiroq tushuntirib o’tsam.

Xususan, Qo’rg’omtepa tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2023 yil 9 –mart kuni ko’rib

chiqilgan 1705-2002/350-sonli ish ko’rib chiqilgan. Ushbu ish bo’yicha aniqlangan holatlar
bo’yicha quydagi nizo mavjud;

“DDDDDDDDD” MCHJ ta’sischisi da’vogar N.Jurayev sudga da’vo arizasi bilan

murojaat qilib, “DDDDDDDDD” MCHJ ta’sischisi javobgar Gʻofurova A va qo’shimcha
javobgar S. Soliyev bilan o‘zaro 2021 yil 22 fevralda tuzilgan ko‘chmas mulk oldi-sotdi
shartnomasini xaqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini qo‘llashni so‘ragan. Ushbu nizoda
“DDDDDDDDD” MCHJ ta’sischisi javobgar “DDDDDDDDD” MCHJ ta’sischisi Gʻofurova A
qo’shimcha javobgar S.Soliyev bilan jamiyatga tegishli bo’lgan ko’chmas mulkni sotish
to’g’risida oldi-soti shartnomasi imzolagan. Ish bo’yicha aniqlangan holatlar bo’yicha javobgar
“DDDDDDDDD” MCHJ ta’sischisi G’ofurova jamiyat nomidan hech qanday bitim tuzish
vakolatiga ega emasligi aniqlandi.”

1

Bundan tashqari u tomonidan tuzilgan bitim extraordinar yirik

bitimlar sirasiga kiradi.

Ushbu holatga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ko’chmas mulkni sotish to’g’risidagi bitimni

sotish vakolatga ham ega bo’lmagan shaxs tomonidan imzolanmoqda. Undan tashqari, javobgar
shaxs tomonidan imzolanayotgan bitim “Ma’suliyati cheklangan va qo’shimcha ma’suliyatli
cheklangan chamiyatlar to’g’risidagi qonunga 44-moddasi birinchi qismiga ko’ra yirik bitimlar
sirasiga kiradi, ya’ni sotilishi kerak bo’lgan ko’chmas mulk obyekti jamiyatning umumiy mol-
mulkining 28 foizini tashkil etadi “Agar jamiyatning ustavida yirik bitimlarning ancha katta
miqdori nazarda tutilgan bo‘lmasa, bunday bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadigan
kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida
aniqlangan jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega bo‘lgan mol-
mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-
mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan bitim yoki o‘zaro bog‘liq bir necha
bitim yirik bitim deb hisoblanadi.”

2

Ushbu moddaga tayangan halda aytish mumkinki, kazusdagi vaziyatda yirik bitim

imzolanmoqda. Ushbu sud ishini atiroflicha tahlil qiladigan bo’lsak, bu yerda bitim tuzish
vakolatiga ega bo’lmagan shaxs tomonidan imzolangan nizodan tashqari yuqorida keltirib o’tgan
dalillarga tayangan holda atish mumkinki, extraordinar bitimlarni tuzish bilan bog’liq nizo ham
bor ekan, lekin nizoli vaziyatda da’vogar shaxs sudga tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topishni

1

https://public.sud.uz/report/ECONOMIC

2

https://lex.uz/docs/-22525#-23275


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

447

so’ramoqda, shu munosabat bilan sud faqatgina da’vogarning talabiga ko’ra hal qiluv qarori
chiqargan, lekin sud o’z hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismiga qaraydigan bo’lsak, bu yerda
oldi-sotdi shartnomasida yirik bitim nazarda tutilganligini ko’rish mumkin.

Yanabir amaliyotda ko’p uchraydigan korporativ nizolardan biri, jamiyatning umumiy

yig’ilish qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog’liq nizolardir. Sud amaliyotni o’rganib chiqish
davomida shunga amin bo’ldimki, ushbu nizolarga ko’proq umumiy yig’ilish chaqirish tartiblari
va muddatlariga roiya qilmaslik, shuningdek jamiyat a’zosining manfaatlarini cheklash maqsadida
unga atayin xabar bermaslik holatlari bilan bog’liqdir. Ushbu holatni yanada yaxshiroq tushunib
olish uchun sud amaliyotida ko’rilgan 04-20-2209/28-sonli ishga to’xtalib o’tmoqchiman. Ushbu
ishda da’vogar va javobgar shaxs nomi ochiqlanmagan, lekin shunisi aniqki, jamiyat tasischilari
safida chet ellik tasischi ham mavjud, shu sababli ham ushbu ish Buxoro viloyat iqtisodiy sudi
tomonidan ko’rib chiqilgan. Ushbu ishda dastlab da’vogar A ismli shaxs sudga jamiyatning
navbatdan tashqari umumiy yig’ilish qarori bayonnomasini haqiqiy emas deb topishni so’rab
da’vo arizasi kiritmoqda. Da’vogar shaxs o’z da’vo arizasida jamiyatning 51% ulushiga egalik
qilishini va uning ovozi jamiyatda qaror qabul qilinishida asosiy rol o’ynashini urg’ulab o’tgan,
lekin shunga qaramasdan navbatdan tashqari umumiy yig’ilish haqida tegishli tarzda xabardor
qilinmaganligi sababli umumiy yig’ilishda qatnashmagan. Ushbu ish bo’yicha aniqlangan
holatlarga keladigan bo’lsak, jamiyatning navbatdan tashqari umumiy yig’ilish o’tkazish to’g’rida
to’g’risidagi xabarnoma da’vogarning jamiyatga ma’lum bo’lgan eski manziligi, ya’ni AQSHdagi
ro’yxatdan o’tkan manziliga yuborilganligi va yuborilganligini tastiqlavchi tegishli pochta xabari
borligi aniqlangan, shu sababli ham sud da’vogarni tegishli tarzda xabardor qilingan deb
hisoblaydi. Keyinroq da’vogar shaxs da’vo talabini o’zgartirib navbatdan tashqari umumiy
yig’ilish qarorini haqiqiy emas deb topishini so’raydi. Ish bo’yicha aniqlangan holat bo’yicha
da’vogarning da’vo arizasi qanotlantirgan, asos sifatida sud jamiyatning ustavida jamiyat umumiy
yig’ilishida qaror qabul qilinishi uchun jamiyat a’zolarining mutloq ko’pchiligi qarorni yoqlab
ovoz berish kerakligi ko’rsatib o’tilganligini urg’ulab o’tgan.

Yuqorida keltirib o’tilgan sud amaliyotiga qaraydiga bo’lsak, jamiyat a’zosining o’z aybi

sabab, ya’ni ta’sischi o’z manziligi o’zgarganligi haqida jamiyatga ma’lum qilishi kerak edi, xabar
topmagan. Jamiyatni aybi esa o’z ustaviga roiya qilmagan holda qaror qabul qilib, ya’ni ustavida
jamiyat hayotiga tegishli qaror jamiyat a’zolarining mutloq ko’pchiligi tomonidan qaror qabul
qilinishi ko’rsatib o’tilgan, qaror qabul qilishda ishtirokchilar jamiyatning ustaviga roiya
qilmagan. “Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar va qo’shimcha ma’suliyatli cheklangan jamiyatlar”
tog’risidagi qonunning 41-moddasining birinchi qismiga ko’ra “Jamiyat ishtirokchilari umumiy
yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan
holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat
ishtirokchisining arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.” Ushbu
asosga tayangan holda aytish mumkinki, qonunchilik talablariga va jamiyat ustaviga zid ravishda
qabul qilingan qarorlar jamiyat ishtirokchisining talabiga ko’ra sud tomonidan haqiqiy emas deb
topilishi mumkin, bunda sud ishida ham jamiyat ustaviga zid ravishda qaror qabul qilinganligi
uchun qarorni bekor qilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

448

Umuman olganda MCHJga oid korporativ nizolarning ko’pchiligi umumiy yig’ilish

qarorini bekor qilish, ulushlarni tahsimlash, yirik bitimlar tuzish, ulushlarni sotish bilan bog’liq
nizolarni tashkil qiladi. “Ma’suliyati cheklangan va qo’shimcha ma’suliyatli jamiyatlar
to’g’risidagi’’ qonunni o’rganib chiqadigan bo’lsak, ulushlarni oldi-sotdisiga qo’yilgan talablar va
qanday amalga oshirilish tartiblari aniq belgilab berilgan, lekin ulushlarning oldi-sotdisidan keyin
ularga nisbatan mulk huquqining qachon yangi ulushdorga o’tishiga doir masala ochiq qolgan.
Sud amaliyotini ko’radigan bo’lsak, yangi ulushdorda ulushdorga bo’lgan mulk huquqi jamiyat
ta’sis shartnomasiga o’zgartirish kiritilgandan keyin vujudga kelishini ta’kidlab o’tadi va bunga
asos sifatida esa “Ma’suliyati cheklangan va qo’shimcha ma’uliyatli jamiyatlar to’g’risidagi”
qonunning 11-moddasini “Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.” Shuni ta’kidlab
o’tish keraki, jamiyatning ulushlarni sotib olgan yangi mulkdorida sotib olgan ulushlariga nisbatan
mulk huquqining qachon vujudga kelishi aniq belgilab berilmaganligi sababli amaliyotda
ulushlarning oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishga doir nizolar mavjud. Bundan
tashqari qonunchilikdagi mavjud ushbu kamchilik, MCHJni tugatishda, qayta tashkil etishda
qo’shib yuborishda va boshqa holatlarda nizolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari sudlar korporarativ nizolarni hal qilishga qaratilgan 262-sonli plenum

qarorining 4-bandiga “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlardan ta’sis
shartnomasi (agar muassislar soni ikki va undan ortiq bo‘lsa) va jamiyat ustavining belgilangan
tartibda tasdiqlangan nusxasi”

3

asosan jamiyatning ulushdorlarni aniqlashda jamiyatning ta’sis

shartnomasi va ustavida kim belgilangan bo’lsa, o’sha shaxsni jamiyatning ishtirokchisi sanaydi.
Ushbu holat ham nizolarga sabab bo’lishi mumkin.

Bundan tashqari jamiyatning boshqaruv organlari, umuman korporatsiyalarda boshqaruv

organlarining o’rniga to’xtaladigan bo’lsak, korporativ boshqaruv organlari korporatsiyaning har
tomonlama rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Shu o’rinda korporatsiyaning boshqaruv organlari
jumlasiga quydagilar kiradi;

Umumiy yig’ilish

Kuzatuv kengashi

Ijroiy organ

Umumiy korporatsiyaning oliy organi bo’lib korporatsiyaning eng muhim masalar

yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Jamiyaning qolgan boshqaruv organlari umumiy yig’ilish
tomonidan tuziladi. Aksiyadorlik jamiyatlarida yuqoridagi sanab o’tilgan organlarning odatda
barchasi tuziladi. MCHJda esa Kuzatuv kengashi tuzilmasligi mumkin, lekin qolgan ikkita
boshqaruv organlari umumiy yig’ilish va ijroiy organ tuziladi. Korporatsiyada boshqaruv
organlarining shakllantirilishidan maqsad korporatsiyani samarali boshqarishdir. Bundan tashqari
korporatsiya yirik subyekt bo’lganligi, mulkdorlarning ko’p bo’lganligi va ushbu mulkdorlarning
hammasida ham jamiyatni boshqarishda yetarlicha bilim va malakaning yo’qligi ham korporativ
boshqaruv organlarining tashkil etish zarurligini anglatadi. Endi bevosita korporativ boshqaruv
organlarida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarni muhakama qilsak. Xususan eng ko’p nizolar
korporatsiyaning kuzatuv kengashi va ijroiy organi a’zolarining aybli xatti-harakati bilan

3

https://lex.uz/docs/-2453499


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

449

bog’liqdir. Koporativ huquqda boshqaruvchilarning javobgarlik masalasini hal qilishga kelganda
fuqarolik huquqida mavjud fuqarolik-huquqiy javobgarligining asoslari qo’llaniladi.

Korporatsiyaning boshqaruvchilari o’zlarining noqonuniy xususiyatdagi xatti-harakatlari

uchun korporatsiya mulkdorlari oldida javob beradi. Bunda boshqaruvchining xatti-harakati
amaldagi korporativ qonunchilik normalariga zid bo‘lishi hamda boshqaruvchi bilan xo‘jalik
jamiyati o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari buzilishi va noqonuniy deb hisoblanishi kerak
bo’ladi, Bunda korporatsiyani boshqarayotgan shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida
zarar kelib chiqishi kerak bo’ladi. Zarar va ayb mavjudligini aniqlashda noqonuniy xatti-harakat
va еtkazilgan zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning mavjudligi faktiga qaraladi. Bu usul zararni
aniqlashda keng tarqalgan holatdir: Jumladan, Germaniyalik olim Justes Meyer korporativ
boshqaruvilarning noqonuniy xatti-harakati natijasida kelib chiqqan ayb va zararni aniqlashga doir
shunday deydi “Sabab va oqibat munosabati hodisalari ob’ektiv mavjud bo‘lgan munosabatlardir,
bu ikki o‘zaro bog‘liq hodisalarning muayyan vaziyatda har doim bir-biridan oldin va uni keltirib
chiqaradi, ikkinchisi har doim birinchisining natijasidir.”

4

Shu o’rinda korporatsiyaning boshqaruv

organlarining javobgarligiga doir Germaniya tajribasiga to’xtalib o’tsam. Germaniyaning
aksiyadorlik jamiyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida isbotlash majburiyatini boshqaruvchilarga
yuklatilganligi qayt etilgan. Germaniyaa aksiyadorlik jamiyati qonun hujjatlari talablariga
hamohang, xuddi shunday qoidalar qisman milliy qonunchiligimizda ham amal qiladi: Bunda
boshqaruvchi mustaqil ravishda o‘zining xatti-harakatlari va xulq-atvori halol, oqilona va ish
muomala odatlariga muvofiq ekanligini isbotlashi kerak. Bu qoidalar milliy qonunchiligimda ham
keltirib o’tilgan. Xususan, FKning 9-moddasi uchinchi qismida qonun fuqarolik huquqlarini
himoya qilishda, ushbu huquqlarning oqilona va halol amalga oshirilganligiga bog‘lab qo‘yilgan
hamda ushbu hollarda fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining halolligi va
harakatlarning oqilonaligi tahmin qilinadi. Bu sababdan ham aytib mumkinki, korporatsiyanig
boshqaruv organlari korporatsiyani boshqarishda korporatsiyaning manfaati yo’lida sodiq bo’lishi
va uni halol va oqilonalik tamoyillaridan kelib chiqib boshqarishi kerak.

Xususan, Korporativ boshqaruvda boshqaruvchilarning sodiqlik tamoyili mavjud. Bunda

anglo-sakson huquq tizimida, ayniqsa, AQSh huquq tizimida batafsil ishlab chiqilgan. Ushbu
davlatning huquqiy doktrinasiga ko‘ra, direktorlar aksiyadorlar va korporatsiyaning ishonchli
shaxslaridir va ularga “ishonchli shaxslar majburiyati” [“fiduciary duties”] yuklatilgan, ushbu
majburiyat an’anaviy ravishda ikki toifaga bo‘linadi: “sodiqlik majburiyati” [“duty of loyalty”] va
“yetarli darajada g‘amxo‘rlik majburiyati” [“duty of care]. Bu kategoriyalar juda ham o‘zaro
bog‘langan bo‘lib, ba’zan amalda ularni ajratish qiyin hisoblanadi. Ushbu tamoyillar va u asosda
paydo bo’lgan fuditsiar majburiyat angl-sakson huquq tizimidagi tartib, raman-german huquq
tizimi amal qiladigan Germaniyada ham shunaqa amal qiladi, jumladan O’zbekiston
qonunchiligida fuditsiar majburiyatning ham asoslar bor, lekin javobgarlikka kelganda angl-
sakson huquq tizimi amal qiladigan davlatlardagi kabi javobgarlik belgilanmagan. Taqqoslash
uchun “Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar va qo’shimcha ma’suliyati cheklangan jamiyatlar
to’g’risidagi” qonunning 42-moddasiga ko’ra “ Agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan
yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga

4

http://www.springer.com/series/1183


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

450

zarar yetkazilgan bo‘lsa va bunda jamiyat direktorining yoki kollegial ijro etuvchi organining aybi
qonunchilikda belgilangan tartibda isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini
qoplash uchun uning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha
subsidiar javobgar bo‘ladi.”

5

Jamiyatning boshqaruv organi subsidar javobgar sifatida belgilanmoqda. Angl-saksonda

huquq tizimida bo’lganda edi solidar tartibda javob berar edi.

Umuman olganda korporatsiya yirik tuzilma bo’lganligi, uning ulushlari ko’pchilik

shaxslarga tegishli ekanli va ushbu shaxslar korporatsiyani boshqarishda zarur bilim va
ko’nikmalarga ega emasligi sababli, odatda korporatsiyani ishonchli shaxslarga, menijerlarga
topshirishadi va ularga ishonch bildirishadi. Shundan kelib chiqib korporativ boshqaruvda
“ishonchli shaxslar majburiyati” (“fiduciary duties”) tushunchasi mavjud. Ushbu tushunchaga
Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o`qituvchi Imomniyozov
Doniyorbek Bakhtiyor o'g'li quydagicha ta'rif berib o'tgan “Fidusiar majburiyat esa fidusiarning
benefitsiarning nomidan uning manfaatlarida sodiqlik (duty of loyalty) va g‘amxo‘rlik (duty of
care) bilan harakat qilish majburiyatini ifodalaydi. Bu yerda sodiqlik majburiyati bu majburiyatni
yuklagan shaxsning manfaatlarini o‘zining manfaatlaridan ustun qo‘yishni, g‘amxo‘rlik esa faqat
benefitsiarning foydasini ko‘zlab harakat qilishni ifodalaydi.”

6

Ushbu tushuntishdan kelib chiqib ham aytish mumkinki, korporatsiya oldida uning

boshqaruv organlari o’zlariga bog’liq bo’lgan har qanday noqonuniy xatti-harakatlari uchun
javobgar bo’lishi kerak, sababi yuqorida ta’kidlaganimdek, korporatsiya yirik tuzilma bo’lganligi
va bundan tashqari korporatsiyada boshqaruv organlari mulkdorlardan ajiratilganligini inobatga
olib, korporatsiya boshqaruv organlarining korporatsiya mulkdorlari oldida javobgarligini aniq
belgilab qo’yish.

Jumladan, korporatsiya boshqaruv organlarining fuditsiar majburiyatlarini aniq belgilab

qo’yish zarur va javobgarlikka kelganda subsidiar emas, balki korporatsiya bilan birga solidar
javobgar sifatida boshqaruv organlarini ham javobgarlikka tortish kerak.

Korporatsiyada “Cheklangan javobgarlik” tushunchasining mavjudligi [cheklangan

javobgarlik qo'llanmaydigan korporatsiyalar ham bor] korporativ munosabatlarning yanada
rivojlanishiga turtki bo’lgan deyishimiz mumkin. Aslini oladigan bo’lsak, cheklangan javobgarlik
tushunchasi korporatsiya holollik, oqillik kabi umume’tirof etilgan prinsiplar asosida harakat
qilganligiga qaramasdan o’z kridetorlari oldida javobgarlik kelib chiqqanda, korporatsiyaning
faqatgina o’zining mol-mulki doirasidan kelib chiqib javob berishi tushuniladi. Afsuski,
amaliyotda ushbu korporatsiyaning ijobiy xususiyatidan korporativ munosabat ishtirokchilari bu
yirik korporatsiyalarda, {jumladan AJ va MCHJlarda mavjud} korporatsiyaning muassislari va
uning boshqaruv organlarining, jumladan Kuzatuv kengashi va Ijroiy organ a’zolarining o’z
manfaatlarini suistimol qilishiga sabab bo'lishiga, oqibatda esa korporatsiyaning bankrot bo'lishiga
va kridetorlarning noumidvor debitor qarzdor bo'lishiga olib keladi. Amaliyotda korporatsiyaning
cheklangan javobgarlik huquqini suistimol qilish hollari vujudga kelganligi sababli, dastlab angl-
sakson huquqida, jumladan, AQSHda 1912-yili birinchi marta professor M. Vormser tomonidan

5

https://lex.uz/docs/-22525

6

Korporativ boshqaruv organlarining fuditsiar majburiyatlari huquqiy tahlil qilish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

451

piercing corporate veil

{снятия корпоративного покров} doktrinasi ishlab chiqilgan. Ushbu

doktrinasining asosiy mazmuniga to’xtaladigan bo’lsak, korporatsiyaning javobgarligida kim
aybdor bo’lsa, o’sha asl aybdor kelib chiqqan zarar uchun javob beradi. Ushbu doktrinaning
nomiga ham e’tibor qaratadigan bo’lsak, korporativ niqoblarni yechish deb o’zbek tiliga tarjima
qilinadi, ya'ni asl aybdor, korporativ niqob ostida korporatsiyaning cheklangan javobgarlik
huquqidan foydalanib, javobgarlikdan qochgan holda noqonuniy foyda olishga urungan shaxsni
javobgarlikka tortish tushuniladi. Qonunchilikka ko’ra korporatsiya bitta shaxs tomonidan ham
tuzilishi mumkin, lekin amaliyotda ayniqsa, angl-sakson huquq tizmida bitta shaxs tomonidan
tuzilgan korporatsiyalarga nisbatan ko’pchilik shubha bilan qarashadi, nimaga teganda ushbu
korporatsiyala tijorat faoliyatini rivojalantirish maqsadida emas, balki ma’lum bir davr moboynida
biron br moliyaviy opiratsiyani amalga oshirish maqsadida tuziladi. Shu sababli ham bo’lsa kerak,
raman-german huquq tizimi mavjud Germaniyada ham bitta shaxs tomonidan tashkil qilingan va
ustav kapitali 25 ming yevro bo’lmagan MCHJ [Die Gesellschaft mit der beschränkter Haftung]
tuziladigan bo’lsa, bir yil davomida ustav kapitalini shakillantirishi va jamiyatga qo’shimcha
ishtirokchini jalb qilishi kerakligi shart ekanligi ko’zda tutilgan va bu vaqt davomida bunday
turdagi MCHJlarga turli xil moliyaviy opioratsiyalarni amalga oshirilishiga cheklovlar qo’yilgan.

O’zbekiston qonunchiligida Germaniyadagi kabi korporatsiyalarga qo’yilgan talab

uchramaydi. Shu sababdan bo’sa kerak, amaliyotda bitta shaxs tomonidan tuzilgan korporatsiyalar
bilan bog’liq ishlar ko’rib chiqilgan. Bulardan biri, Murobod tumanlararo fuqarolik sudi
tomonidan ko’rilgan 1-1388/20- sonli ish, e’tibor qiladigan bo’sak ushbu ish fuqarolik sudida
ko’rib chiqilgan.[ ushbu ish bankrotlik ishi bo’lganligi va eski tartibdagi qonunchilikka ko’ra
bankrotlik ishlari fuqarolik sudiga taalluqli bo’lgan] Ushbu sud amaliyotida “Profit Trade System”
MCHJ va uning rahbari bo’lgan jamiyatning 100% ulushiga egalik qilgan A.Ganoni soliq va
boshqa majburiy to’lovlarni to’lamaganlik uchun Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan sudga
berilgan. Ushbu holatda sud soliq inspeksiyasining da’vosini qanotlantirgan. Ushbu kazusdagi
vaziyat agar “piercing corporat veil”ga ko’ra atiroflicha o’rganib chiqadigan bo’lsak, bu yerda
jamiyat bilan direktori teng ravishda salidar javobgarlikka tortilishi kerak bo’lar edi, lekin
“Ma’suliyati cheklangan va qo’shimcha ma’suliyatli jamiyatlar to’g’risidagi” qonunning 42-
moddasiga ko’ra direktor subsidar javobgar bo’ladi.

Umuman aytadigan bo’lsak, ushbu doktrinaning bo’lishi korporatsiyaning cheklangan

javobgarlik huquqini suistimol qilmaslikka va shu orqali korporatsiya mulkdorlarining huquqlarini
himoya qilishdan iborat.

Umuman oladigan bo’lsak, korporatsiya a’zolarining huquqlarini muhofaza qilish va shu

orqali korporativ nizolarni hal qilishhar doim dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Korporativ
nizolarni hal qilishning turli yondoshuvlari ishlab chiqilgan, jumladan arbitraj, mediatsiya va
davlat sudlari orqali korporativ nizolar hal etiladi. Arbitraj sudi va mediativ kelishuv orqali
nizolarni hal qilish ko’proq korporativ kompaniyalar o’rtasidagi nizolarni hal qilishda ko'p
qo'llaniladi. Shu o’rinda O’zbekiston huquq tizimiga yaqin bo’lgan Germaniya qonunchiligida,
korporatsiyalarida nizolarni hal qilish siyosati va mexanizmiga qayardigan bo’lsak, bu borada
nemis kompaniyalari ziddiyatlarni boshqarish va hal qilish uchun turli xil siyosat va
mexanizmlarga ega. Eng muhim siyosatlardan biri nizolarni qanday hal qilish kerakligini
ko'rsatadigan rasmiy nizolarni hal qilish jarayonini o'rnatishdir. Jarayon nizolarni aniqlash,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

452

baholash va hal qilish bo'yicha ko'rsatmalar berishi kerak. Jarayon, shuningdek, hal qilish
jarayoniga yordam berish uchun mas'ul bo'lgan shaxslarni o'z ichiga olgan tomonlarning roli va
mas'uliyatini belgilashi kerak. Bunda nemis kompaniyalari, shuningdek, ombudsmanlar yoki
vositachilik xizmatlari kabi nizolarni hal qilishning ichki mexanizmlarini o'rnatadilar, bu esa
xodimlarga nizolarni hal qilishga imkon beradi. Ushbu mexanizmlar xodimlarga nizolarni yuridik
maslahatchi kabi tashqi tomonlarni jalb qilmasdan hal qilish imkoniyatini beradi. Bunday
mexanizmlardan foydalanish nizolarning kuchayish ehtimolini kamaytiradi, bu esa qonuniy
choralar ko'rishga olib keladi. O’zbekisitonda ham yuqorida keltirib o’tilgan Germaniya tajribasini
qo’llash, menimcha korporativ nizolarni hal qilishda ijobi ahamiyat kasb etgan bo’lardi.

Bundan tashqari, nemis firmalari ko'pincha o'z shartnomalariga nizolarni hal qilish

bo'yicha bandlarni kiritadilar. Ushbu bandlar nizo yuzaga kelganda qanday
jarayonni belgilaydi. Bunday bandlarni kiritish orqali kompaniyalar barcha tomonlar nizolar
qanday hal qilinishini tushunishlarini ta'minlaydi va ular nizolarni hal qilish uchun aniq asos
yaratadi.

Xulosa sifatida Germaniyaning korporativ nizolar va nizolarni hal qilish tajribasi nizolarni

hal qilish uchun aniq belgilangan siyosat va mexanizmlarga ega bo'lish muhimligini ko'rsatadi.
Nemis firmalari nizolarni boshqarish va hal qilish uchun sud jarayoni, arbitraj va vositachilik kabi
turli yondashuvlardan foydalanadilar. Shuningdek, ular mojarolarni tez va samarali hal etishni
ta'minlash uchun maxsus siyosat va mexanizmlarga ega. Ushbu siyosat va mexanizmlar nemis
korporativ madaniyati uchun juda muhim bo'lgan tartib va tartibni saqlashda muhim rol o'ynaydi.
Nemis kompaniyalari nizolarni hal qilishning samarali siyosati va mexanizmlari biznesning
vaqtini va pulini tejash va nizolarni adolatli va adolatli ko'rib chiqishni ta'minlashga yaxshi
misoldir.

Ushbu maqolada keltirib o’tilgan mavzuni o’rganish davomida O’zbekiston qonunchiligi

va amaliyotida, shu bilan birga angl-sakson huquq tizmi va amaliyotida, jumladan AQSH
qonunchiligi va amaliyotida, bundan tashqari raman-german huquqidagi Germaniya qonunchiligi
va amaliyotida korporativ munosabatlarda vujudga kelishi mumkin bo’lgan nizolar va bunda
korporativ munosabat ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun
qanday yo’llari va usullari mavjudligini o’rganib chiqib, quydagicha xulosaga keldim.

Jumladan, korporativ boshqaruv organlarining korporatsiya va uning mulkdorlari oldida

fuditsiar javobgarligini kuchaytirish kerak. Jumladan, Germaniya va AQSH qonunchiligiga
qaraydigan bo’lsak, korporativ boshqaruvda javobgarlik bilan bog’liq nizo kelib chiqadigan
bo’lsa, korporatsiyaning direktori kelib chiqqan zarar uchun korporatsiya bilan birga solidar
tartibda javobgarlikka tortiladi. Bundan tashqari korporatsiya shartnomalar tuzish natijasida zarar
ko’radigan bo’lsa ham, korporatsiya nomidan bitim tuzishda ma’sul bo'lgan shaxs[lar] solidar
tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin, nega deganda korporatsiya nomidan bitim tuzishga
ma’sul bo’lgan shaxs[lar] bitim tuzishdan oldin ortiqcha xavf manbai borligini bilish kerak deb
qaraladi va ularning korporatsiya mulkdorlari oldida fuditsiar majburiyat olganligini ham eslatib
o’tishadi. O’zbekiston qonunchiligi, jumladan “Ma’suliyati cheklangan va qo’shimcha
ma’suliyatli cheklangan jamiyatlar to’g’ridagi qanunning 42-moddasiga ko’ra subsidar
javobgarlik belgilangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

453

Bundan tashqari, korporativ munosabatlarda nizolarni oldini olish uchun “Piercing

corporate veil’’ doktrinasi qoidalarini kengroq qo’llash kerak deb o’ylayman, yuqorida muhakama
qilib o’tganimdek, korporativ niqoblarni yechish doktrinasini, ya’ni asl nizoni keltirib chiqargan
shaxsni javobgarlikka tortish kerak. Angl-sakson huquq tizimi, jumaladan AQSHda korporativ
nizoning asl sababini o’rganib chiqib, nizoni kim keltirib chiqargan bo’lsa, o’sha shaxs
javobgarlikka tortiladi, garchi u korporativ boshqaruvda ishtirok etmagan bo’lsa ham [ko'p
hollarda soyadagi direktor javobgar bo’ladi], lekin raman-german, shu jumladan Germaniya huquq
tizimida ham “Durchgriffshaftung’’-“ Piercing corporate veil’’ doktrinasi angl-sakson huquq
tizimidagi kabi keng qamrovli ishlamasada, ishning holatidan kelib chiqib qo’llaniladi. Ushbu
doktarina qoidalarini O’zbekiston qonunchiligiga va sud amaliyotiga ham tadbik qilish maqsadga
muofiq bo’ladi deb o’ylayman, chunki ushbu doktarina qoidlarining kiritilishi korporatsiyalarda
“cheklangan javobgarlik’’ kabi oltin qoidaning korporativ boshqaruv organlari tomonidan
kamiroq buzilishiga va ularning fuditsiar majburiyatini kuchayishiga va korporatsiya
mulkdorlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni yangi bosqichga olib chiqqan
bo’lardi deb hisoblayman.

Bundan tashqari korporativ boshqaruvda nizolarni hal qilishning yangi mexanizmlarini jori

qilish kerak deb o’ylayman, xususan bu borada yuqorida muhakama qilib o’tilgan Germaniya
tajribasini qo’llash maqsadga muofiq bo’lardi deb o’ylayman, ya'ni korporatsiyalarda nizolarni
oldini olish va hal qilishga qaratilan korporatsiyaning ichki mexanizmlari:

ombudsman

,

vositachilik xizmatlari

, nizolarni oldini olish bilan shug’ullanuvchi

yuridik maslahatchi

kabi

tuzilmalar ishlab chiqilishi zarur va yirik korporatsiyalarda ushbu mexanizmlarning bo’lishi
zarurligini qonuniy talab qilib belgilab qo’yilishi kerak deb o’ylayman.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 1-qism, 21.12.1995

2.

“Ma’suliyati cheklangan va qo’shimcha ma’suliyati cheklangan jamiyatlar to’g’risidagi’’
qonun, 06.12.2001

3.

Aksiyadorlik

jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish

to'g'risidagi

qonun, 06.05.2014

4.

262- sonli plunem qarori. 20.06.2014

5.

http://www.springer.com/series/1183, Justus Meyer

Wirtschaftsprivatrecht

6.

B.Umarov, H.Atadjanov. Korporativ huquq. O‘quv qo‘llanma. TDYU -2021. – B. 77 //
64-72 – sahifala

7.

КОРПОРАТИВ НИЗОЛАР: ТУШУНЧАСИ, ТУРЛАРИ ВА УЛАРНИ СУДДА
КЎРИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ [Матн]: судьялар ва аҳоли учун амалий
қўлланма / М.Саидов. – Тошкент: 2019. – 196

References

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 1-qism, 21.12.1995

“Ma’suliyati cheklangan va qo’shimcha ma’suliyati cheklangan jamiyatlar to’g’risidagi’’ qonun, 06.12.2001

Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun, 06.05.2014

262- sonli plunem qarori. 20.06.2014

http://www.springer.com/series/1183, Justus Meyer Wirtschaftsprivatrecht

B.Umarov, H.Atadjanov. Korporativ huquq. O‘quv qo‘llanma. TDYU -2021. – B. 77 // 64-72 – sahifala

КОРПОРАТИВ НИЗОЛАР: ТУШУНЧАСИ, ТУРЛАРИ ВА УЛАРНИ СУДДА КЎРИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ [Матн]: судьялар ва аҳоли учун амалий қўлланма / М.Саидов. – Тошкент: 2019. – 196

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов