CORRUPTION IS THE MAIN PROBLEM OF DEVELOPED COUNTRIES

HAC
Google Scholar
To share
Ma’murova, N. . (2023). CORRUPTION IS THE MAIN PROBLEM OF DEVELOPED COUNTRIES. Modern Science and Research, 2(12), 217–225. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27122
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article deals with the concept of corruption, the reasons for the emergence of corruption and the punishment used against it, the ranking of states where corruption has developed and the level of corruption is low.

Similar Articles


background image


217

KORRUPSIYA

-

RIVOJLANGAN DAVLATLARNING ASOSIY MUAMMOSI

Ma’murova Nilufar Ma’rufjon qizi

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

“Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi

1-bosqich 32-23-guruh o‘quvchisi

Telefon: +998902734107

Nilufarmamurova085@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10379211

Аnnotatsiya.

Mazkur maqolada korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaning vujudga kelish

sabablari va unga qarshi qo‘llanilgan jazo, korrupsiya rivojlangan va korrupsiya darajasi past

bo‘lgan davlatlar reytingi haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Korrupsiya, global muammo, illat, tarix, poraxo‘rlik, Geradot, Qadimgi

Yunoniston, qonun hujjatlari, OAV, Yangi Zelandiya, Daniya, Finlandiya, Korrupsiyaga qarshi

kurashish agentligi.

CORRUPTION IS THE MAIN PROBLEM OF DEVELOPED COUNTRIES

Abstract.

This article deals with the concept of corruption, the reasons for the emergence

of corruption and the punishment used against it, the ranking of states where corruption has

developed and the level of corruption is low.

Keywords:

corruption, global problem, vice, history, bribery, Herodotus, Ancient Greece,

legislation, media, New Zealand, Denmark, Finland, Anti-Corruption Agency.

КОРРУПЦИЯ – ГЛАВНАЯ ПРОБЛЕМА РАЗВИТЫХ СТРАН

Аннотация.

В данной статье рассматривается понятие коррупции, причины

возникновения коррупции и наказания, применяемые против нее, рейтинг стран с развитой

коррупцией и низким уровнем коррупции.

Ключевые понятия:

Коррупция, глобальная проблема, порок, история,

взяточничество, Герадот, Древняя Греция, законодательство, СМИ, Новая Зеландия,

Дания, Финляндия, Антикоррупционное агентство.

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lmagan global muammolardan biri

hisoblanadi. Ushbu illat har qandat davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy

putur yetkazmoqda, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelmoqda.

Shunday ekan, korrupsiya nima va uning tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, avvalo,

korrupsiya - shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini koʻzlab moddiy


background image


218

yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek,

bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish. Korrupsiya atamasi lotincha “corruptio”

soʻzidan olingan boʻlib, pora berib sotib olish, buzilish, ishdan chiqish, axloqiy (maʼnaviy)

buzilish degan maʼnolarni anglatadi. Odatda mansabdor shaxs tomonidan unga berilgan mansab

vakolatlari va huquqlardan, shuningdek, bu bilan bogʻliq rasmiy nufuz maqomidan, imkoniyatlar

va aloqalaridan oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini koʻzlab qonunchilik va axloq qoidalariga zid

ravishda foydalanishini anglatadi.

1

Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadim davrlarga borib taqaladi. Bu hol qabilada

ma’lum mavqega ega bo’lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan

deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat

apparatining murakkablashuvi va markazlashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq

ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer

davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning

poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki

bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham

birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi.

Qadimgi Yunonistonda qaror qabul qilish evaziga pul qabul qilgan sudyalar ayniqsa

jazolangan. Gerodotning eslatishicha, fors hukmdori Kambis korrupsiya uchun sudlangan shaxsni

qatl etishni va uning terisini shilib o‘zi o‘tiradigan kursisiga tortib kuyishni buyurgan.

Boshqa bir fors shohi Doro buzuq sudyalarni yog‘ochga mixlash yo‘li bilan qatl etgan.

Sitseron korrupsion sudya eng og‘ir jinoyatlardan birini sodir etadi deb ishontirib o‘tgan.

Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni

o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qur’oni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz

va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora

qilib uzatmangizlar” deyilgan.

2

Shunday ekan, bu illatning kеlib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi

kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro

tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos rеytinglar tuzilib, har

xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan.

1

Veb-sayt: https://www.urgut.uz

2

https//www.sbtsue.uz


background image


219

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqida: “Har bir

so‘zimiz, har bir xatti-harakatimiz jamiyatga, odamlar qalbiga qanday ta‘sir ko‘rsatishiga har

qachongidan ham ko‘roq e‘tibor berishimiz zarur. Davlat tuzumini ichidan yemiradigan, ijtimoiy

barqarorlik kushandasi bo‘lgan korrupsiya balosiga qarshi, byurokratiyaning har qanday

ko‘rinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi

barchamiz keskin kurash olib borishimiz kerak. Men ishonaman – ko‘pni ko‘rgan, mard va

olijanob, mehnatkash va bag‘rikeng xalqimiz bilan birgalikda Yangi O‘zbekistonni – inson tinch,

ozod va farovon yashaydigan, ezgu maqsadlarini emin-erkin amalga oshiradigan davlat va

jamiyatni albatta barpo etamiz. Buning uchun bizda barcha siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy

asoslar, eng muhimi, kuchli xohish-iroda va qat‘iy intilish bor”, - deb ta‘kidlab o‘tdi va

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

3

bo‘yicha O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi bo‘yicha

“O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi” tashkil etildi.

Bu agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini

shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati

institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini ta‘minlash,

shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun mas‘ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat

organi hisoblanadi. Shuningdek o‘z faoliyatini qonuniylik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va

shaffoflik prinsiplari asosida boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor

shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga

bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobot beradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor tomonidan

boshqariladi. Prezidentning Agentlik direktorini lavozimga tayinlash va ozod qilish to‘g‘risidagi

farmonlari Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanadi

.

4

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vazifasi

korrupsiya holatini tizimli tahlil

qilish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash,

jamiyatda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish;

korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida vazirlik va idoralarning faoliyatini

muvofiqlashtirish, OAV, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining

ushbu masalalar bo‘yicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish; korrupsiyani oldini olish

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 07.12.2021 yildagi PQ-34-
son Qarori.

https://lex.uz/uz/docs/5763360.

4

https//strategy.uz


background image


220

va unga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida

tuzildi. Shunaqa agentliklar boshqa davlatlarda ham tashkil etilgan bo‘lsada ammo hali hamuz

korrupsiya darajasi oshmoqda lekin kamaygani yo‘q.

Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Transparency International dunyoning turli

mamlakatlaridagi korrupsiya darajasini aks ettiruvchi reytingini e‘lon qildi.

Qayd etilishicha, reytingda umuman ballga ega bo‘lmagan mamlakat korrupsiya domiga

to‘liq sho‘ng‘iganini, 100 ballga ega mamlakatda korrupsiyaning deyarli yo‘qligini anglatadi.

2016 yilgi reytingning o‘rtacha ko‘rsatkichi 43 ballni tashkil etgan, ro‘yxatdagi 176

mamlakatning 2/3 qismidan ko‘prog‘ining to‘plagan balli 50dan pastligi ta‘kidlanadi. Bu esa,

ushbu mamlakatlarning davlat sektorida korrupsiya darajasi yuqori ekanidan dalolatdir, deya qayd

etishgan reyting tuzuvchilari.

2015 yil kabi 2016 yil reytingini ham 90 ballik ko‘rsatkich bilan Daniya boshqarmoqda.

Yangi Zelandiya shunday natija bilan birinchi o‘rinni baham ko‘rgan. Uchinchi va to‘rtinchi

o‘rinlarda Finlyandiya va Shvetsiya bo‘lsa, kuchli o‘nlikka, shuningdek, Shveytsariya, Norvegiya,

Singapur, Niderlandiya, Kanada, Germaniya, Lyuksemburg, Buyuk Britaniya (so‘nggi uch davlat

10-o‘rinda) kirgan.

Tashkilotga ko‘ra, eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan mamlakatlar matbuot

erkinligining yuqori darajasi, byudjyetga doir ma'lumotlarning shaffofligi, hokimiyat

mulozimlarini pul evaziga sotib olish imkonsizligi, boy va kambag‘al odamlarni farqlamaydigan


background image


221

hamda davlat tizimining boshqa qismlaridan tom ma'noda mustaqil ravishda faoliyat yurituvchi

sud organlari bilan ajralib turadi.

Dunyoning yirik davlati bo‘lgan Rossiya 29 ball to‘plab, 131-o‘rinni egallagan. Ukraina,

Qozog‘iston, Eron va Nepal Rossiya bilan bir xil ko‘rsatkichni namoyon etgan, deyiladi

Transparency International hisobotida.

Tashkilot reytingidan o‘rin olgan O‘zbekiston esa (21 ball) Kamboja, Kongo Demokratik

Respublikasi bilan birgalikda 156-o‘rinni band etib turibdi. O‘zbekistonning o‘tgan yilgi bu

boradagi ko‘rsatkichi 19 ballga teng bo‘lgan edi. Respublikaning Markaziy Osiyodagi

yonqo‘shnilari bo‘lgan Tojikiston 25 ball to‘plab 151-o‘rinni, Turkmaniston 22 ball bilan 154-

o‘rinni band etgan. Qirg‘izistonning bu boradagi ko‘rsatkichi birmuncha yuqori, u 28 ball bilan

136-o‘ringa joylashgan.


background image


222

Bundan tashqari “Transparency International” xalqaro tashkilotining 2021-yil uchun

chiqargan korrupsiya indeksidan ma’lum bo‘lishicha, dunyo mamlakatlarining 86 foizi oxirgi 10

yilda korrupsiyaga qarshi kurashda biror ijobiy siljishga erishmagan.

Korrupsiyaning global o‘rtacha ko‘rsatkichi 100 balli tizimda 43 ballni tashkil etgan. Jami

davlatlarning uchdan ikki qismida bu raqam 50 dan past. Raqam qancha past bo‘lsa, korrupsiya

yanada keng tomir yozganini anglatadi.

Korrupsiya eng kam deb topilgan davlatlar ro‘yxatini Daniya (88), Finlyandiya (88) va

Yangi Zelandiya boshqarmoqda. Ular, shuningdek, inson huquqlari eng ko‘p e’zozlanadigan

davlatlar ro‘yxatida yetakchi.

1-o‘rin. Yangi Zelandiya — 89 ball.

Yangi Zelandiya dunyodagi eng kam korrupsiyalashgan mamlakat hisoblanadi. Yangi

Zelandiya iqtisodiyoti asosini turizm, vino, go‘sht va sut mahsulotlari eksporti tashkil etadi. Aholi

jon boshiga YaIM 38 075 dollarni tashkil etadi.

2-o‘rin. Daniya — 88 ball.

Daniya 2017 yilda turmush darajasi sifati bo‘yicha dunyoning eng yetakchi davlatlaridan

biri hisoblanadi. Daniyada aholi jon boshiga YaIM 47 992 dollarga to‘g‘ri keladi.

Mamlakat iqtisodiyoti juda rivojlangan bo‘lib, fuqarolari yuqori turmush darajasi, sifatli

ta’lim va tibbiyot tizimi, erkinliklar, demkoratiya va yuqori ish haqi bilan ta’minlangan.

3-o‘rin. Finlyandiya — 85 ball.

Sifatli ta’lim, fuqarolik erkinliklari va yuqori turmush darajasiga ega mamlakat. Aholi jon

boshiga YaIM 2017 yilda 42 502 dollarni tashkil etgan.

4-o‘rin. Norvegiya — 85 ball.

Bu mamlakat iqtisodiyoti asosan tabiiy gaz, neft, minerallar, chuchuk suv va dengiz

mahsulotlariga tayanadi. Norvegiyada aholi jon boshiga YaIM 70 066 dollarga teng.

5-o‘rin. Shveytsariya — 85 ball.

Banklar va tog‘-chang‘i kurortlari mamlakati turmush darajasi, biznes yuritish sharoitlari

va moliyaviy tizim shaffofligi tufayli turli reytinglarda yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Shveytsariyada aholi jon boshiga YaIM 60 501 dollarni tashkil etadi.

6-o‘rin. Singapur — 84 ball.

Eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar o‘nligiga kirgan Osiyoning yagona davlati.

Bunga Singapur asoschisi Li Kuan Yu ulkan hissa qo‘shgan. Bir avlod almashuvi davomida

mamlakat qashshoqlik botqog‘idan qutulishga, korrupsiyadan xalos bo‘lishga va mintaqadagi


background image


223

yetakchi davlatlardan biriga aylanishga erishdi. Singapurda aholi jon boshiga YaIM 89 276

dollarga to‘g‘ri keladi.

7-o‘rin. Shvetsiya — 84 ball.

Shvetsiya fuqarolari yuqori turmush darajasi, a'lo darajadagi tibbiy xizmat, sifatli ta'lim,

fuqarolik erkinliklariga rioya qilinishi va mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligi bilan

maqtanishlari mumkin. 2017 yilda Shvetsiyada YaIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi 50 757

dollarni tashkil etgan.

8-o‘rin. Kanada — 82 ball.

2017 yilda Kanadada aholi jon boshiga 47 307 dollar YaIM to‘g‘ri kelgan. Ammo ayrim

sohalarda muammolar mavjud. Kanadadagi biznes rahbarlarining 30%ga yaqini poraxo‘rlikni

mamlakatning asosiy muammolaridan biri deb hisoblaydi.

9-o‘rin. Lyuksemburg — 82 ball.

Mamlakat aholi jon boshiga YaIM to‘g‘ri kelishi bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinda turadi

— 103 388 dollar. Lyuksemburgda korrupsiya darajasi past bo‘lsa-da, aholi va siyosiy partiyalar

o‘rtasida ishonchsizlik mavjud. Lyuksemburgning 53%ga yaqin aholisi o‘z siyosatchilarini

korrupsiyalashgan deb hisoblaydi.

10-o‘rin. Niderlandiya — 82 ball.

Niderlandiya eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar yuqori o‘ntaligini ochib beradi.

Mamlakatda mustaqil sud tizimi faoliyat yuritadi. Shu bois hokimiyatning barcha bo‘g‘inlarida

korrupsiya holati kam uchraydi. Niderlandiyaning har bir fuqarosiga YaIMning 51 885 dollari

to‘g‘ri keladi.

Ro‘yxatning eng quyi qismida, ya’ni korrupsiyaga chuqur botgan o‘lkalar qatorida Somali

(13), Suriya (13) va Janubiy Sudan (11) turibdi. Suriya ayni paytda fuqarolik erkinliklari eng

yomon davlat deb topilgan. Bu masalada Somali va Sudanga baho berilmagan.

O‘tgan 10 yil ichida 154 davlatda vaziyat yomonlashgan yoki hech qanday ijobiy o‘zgarish

yuz bermagan.

Hisobotda eng yomon ko‘rsatkichlar, ushbu mamlakatlarda davlat institutlarining

ishonchsizligi hamda OAVning yetarli darajada mustaqil emasligini isbotlaydi. Avvalgi yillarda

boʻlgani kabi, dunyo mamlakatlarining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining oʻrtacha bali 43 dan

50 gacha koʻrsatkichda turibdi, bu aksariyat mamlakatlarning - korrupsiyani jiddiy nazorat qila

olmaganligi va demokratiyaning inqirozidan dalolat beradi.

5

5

Veb-sayt: https//kun.uz


background image


224

Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning vazifamiz hisoblanadi. Poraxo‘rlik

insonning nafsi, dunyoqarashi, madaniyati, e’tiqodining qandayligiga qarab yuzaga keladi. Agar

insonning nafsi yomon bo‘lsa, o‘zganing molini yeyishdan ham qo‘rqmaydi yoki biror bir

mansabga erishish uchun pul berib korrupsiyaga yo‘l qo‘yadi. Vaholanki, pul beruvchi ham,

oluvchi ham, vositachi ham jinoyat sodir etadi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir

qator moddalarida korrupsion jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Jumladan, 210, 211,

212, 167 va boshqa moddalarida. Misol uchun, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining

192

11

-moddasida, “Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor

shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish”, ya’ni mansab vakolatlarini suiiste’mol

qilish, ya’ni nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining o‘z

mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan

qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud

jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz

ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki

yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda

jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch

yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan

mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi”

6

- deb belgilangan. Boshqa davlatlarda ham shu

kabi karrupsiyaga qarshi jazo choralari belgilangan bo’lsada, lekin ko’p davlatlarning hali hamuz

asosiy muammosi korrupsiya bo’lib kelmoqda.

So‘zimiz yakunida aytish mumkinki, korrupsiya - taraqqiyot kushandasi, xavfsizlik, tahdid

tug‘diruvchi xavfli jinoyatdir. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, balki

barchaning ishi bo‘lishi zarur. Shundagina biz ushbu xavfni bartaraf etgan bo‘lamiz.

6

Veb-sayt: https//lex.uz


background image


225

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 114 https://lex.uz/docs/153.

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 03.01.2017

yildagi O‘RQ-419-son qonuni.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi

kurashish agentligi faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-

tadbirlar

to‘g‘risida”gi

07.12.2021

yildagi

PQ-34-son

Qarori.

https://lex.uz/uz/docs/5763360.

5.

Sh.Mirziyoyev. Bu - ijtimoiy barqarorlik kushandasi. http://kun.uz.

6.

Korrupsiya nima? Urgut.uz.

7.

Korrupsiyaning tarixiy o’zaklari qayerdan kelib chiqqanini bilasizmi? Darakchi.

8.

Jahon mamlakatlaridagi korrupsiya darajasi: O’zbekiston qaysi o’rinda? Kun.uz

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 114 https://lex.uz/docs/153.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 03.01.2017 yildagi O‘RQ-419-son qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 07.12.2021 yildagi PQ-34-son Qarori. https://lex.uz/uz/docs/5763360.

Sh.Mirziyoyev. Bu - ijtimoiy barqarorlik kushandasi. http://kun.uz.

Korrupsiya nima? Urgut.uz.

Korrupsiyaning tarixiy o’zaklari qayerdan kelib chiqqanini bilasizmi? Darakchi.

Jahon mamlakatlaridagi korrupsiya darajasi: O’zbekiston qaysi o’rinda? Kun.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов