THE CURRENT STATE OF TEACHING CHILDREN OF THE PREPARATORY GROUP TO CREATE A CREATIVE STORY BASED ON MULTIMEDIA TOOLS.

HAC
Google Scholar
To share
Egamberdiyeva , M. (2023). THE CURRENT STATE OF TEACHING CHILDREN OF THE PREPARATORY GROUP TO CREATE A CREATIVE STORY BASED ON MULTIMEDIA TOOLS. Modern Science and Research, 2(12), 238–242. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27188
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article cites the current importance, capabilities of the use of multimedia in the development of the abilities of the pupils of the aeroplov group in preschool educational organizations, as well as effective methods for the introduction of multimedias.


background image

238

MULTIMEDIA VOSITALARI ASOSIDA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI

IJODIY HIKOYA TUZISHGA O‘RGATISHNING HOZIRGI HOLATI.

Egamberdiyeva Muqaddas Gupronqul qizi

Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya.

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyarlov guruhi

tarbiyalanuvchilarining qobilyatlarini rivojlantirishda multimedia vositalaridan foydalanishning
hozirgi kundagi ahamiyati, imkoniyatlari hamda mazkur multimedialarni joriy qilish bo’yicha
samarali metodlar keltirib o’tilgan.

Kalit so‘zlar:

kreativ, qobilyat, axborot, texnologiya, multimedia, sichqoncha, dasturlar, metod,

didaktika.

THE CURRENT STATE OF TEACHING CHILDREN OF THE PREPARATORY

GROUP TO CREATE A CREATIVE STORY BASED ON MULTIMEDIA TOOLS.

Abstract.

This article cites the current importance, capabilities of the use of multimedia in the

development of the abilities of the pupils of the aeroplov group in preschool educational
organizations, as well as effective methods for the introduction of multimedias.

Keywords:

creative, talent, Information, Technology, multimedia, mouse, applications, method,

didactics.

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ОБУЧЕНИЯ ДЕТЕЙ ПОДГОТОВИТЕЛЬНОЙ

ГРУППЫ СОЗДАНИЮ ТВОРЧЕСКОГО РАССКАЗА НА ОСНОВЕ

МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ СРЕДСТВ.

Аннотация.

В данной статье представлены современные возможности использования

мультимедийных средств в развитии способностей воспитанников подготовительной группы
в дошкольных образовательных организациях, а также эффективные методы внедрения
этих мультимедиа.

Ключевые слова:

креатив, способности, информация, технологии, мультимедиа, мышь,

программы, метод, дидактика.

Tarbiyalanuvchilarning qiziqishi, qobilyati, dunyoqarashi va yoshlarini inobatga olish,

ko’zlarini charchab qolishini hisobga olib, tarbiyalanuvchilarning bilmini rivojlantirib, xotirasini
mustaxkamlab, diqqatini jamlash, kompyuter vositasi orqali qobilyatlarini rivojlantirish ham
multimedia texnlogiyalari orqali mashg’ulotlarni o’tishning psixalogik xususiyatlari hisoblanadi.


background image

239

Kompyuter muhiti ushbu qonuniyatlarni hisobga oladi, ob'ekt va grafik modellarni qurish

va ulardan foydalanishda maktabgacha yoshdagi bolani o'zlashtirish jarayonini kuchaytiradi. Bu
bolaning matematik rivojlanishiga ham foydali ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek hayotimizning
barcha jabhalarini axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz (AKT) tasavvur qilish murakkab
bo’lib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalinish ta’lim samaradorligini
oshirishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bundan tashqari
Maktabgacha ta’lim tashkilotida Zamonaviy kompyuter vositalari asosida mashg’ulotlarni
tashkil etish: axborot jamiyatining jadal rivojlanishi, bolalarning bilim olishiga bo’lgan
qiziqishlarini sezilarli darajada oshirish, narsa va hodisalarning rang, harakat va tovushda qayta
yaratilishi orqali bolalarning qobiliyatlarini kengroq ochishga yordam beradi hamda aqliy
faoliyatini rivojlantirib boradi.

Hozirgi kunda zamonaviy kompyuterlar bir vaqtning o'zida matn, grafik tasvir, ovoz,

nutq va videorolik ko’rinishidagi ma'lumotlarni qisqa vaqtda hamda tezlikda yaratish imkonini
bermoqda.

Bularning barchasi maktabgacha ta'lim tashkilotining sifat jihatidan yangi talablari -

hayot davomida ta'limning birinchi bo'lagi bo'lib, uning asosiy vazifalaridan biri bolaning
rivojlanish salohiyati hisoblanadi.Shuning uchun, zamonaviy multimedia mashg’ulotlarini
maktabgacha ta'lim tashkilotlarida joriy etish zarur deb bilaman.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida axborot texnologiyalari asosida multimedia

mashg’ulotlaridan foydalanish va joriy etishning asosiy shartlaridan biri shundaki, bolalarga
zamonaviy kompyuterning texnik imkoniyatlarini biladigan, ular bilan turli usullarda ishlash
malakalariga ega bo’lgan, kompyuterdan foydalanish qonun-qoidalariga to’liq rioya qiladigan va
tarbiyalanuvchilarga multimedia mashg’ulotlari orqali bilm bera oladigan mutaxasssislar bo’lishi
kerak. Shuni inobatga olgan holda bugungi kunning muhim talablaridan biri bo’lgan zamonaviy
tarbiyachi mashg’ulotlarni multimedia, taqdimot, video roliklar va boshqa kompyuter
texnologiya vositalaridan foydalangan holda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga bilmlarini
sifat jihatidan yangi kompyuter tarmog’i resurslari yordamida yetkazib berishi lozimdir.

Hozirgi kunda har qanday maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachisi kampyuter

texnologiyasidan foydalangan holda darslarni samarali va mazmunli

o'tkazishi kerak.

Kompyuter texnalogiyalari orqali tashkil etilgan mashg’ulotlar ko'rgazmali, rang-barang,
ma'lumotli, interaktiv bo'lib, tarbiyachi va bolalarning vaqtini tejaydi, tarbiyachiga bolalar bilan
frontal va individual ishlashga, mashg’ulotnatijalarini tezkor kuzatib borish va baholash
imkoniyatini beradi.


background image

240

Maktabgacha

ta’lim tashkilotida ta’limni kompyuterlashtirish samaradorligi,

ishlatilayotgan vositalarining sifati va ularni dars jarayonlarida, mashg’ulotlarida unimli va
oqilona ishlatilish malakasiga bog’liqdir. Maktabgacha ta’limtashkilotida axborotlashtirish
tarbiyachiga o’quv jarayonining innovatsion g’oyalarini amalga oshirishga qaratilgan yangi
uslubiy ishlanmalarini joriy etish uchun imkoniyatlar eshigini ochadi. Misol uchun:
tarbiyalanuvchilarga multimedia vositasi orqali ijodiy hikoya va ertaklar tuzishga o’rgatishimiz
ham mumkin. Ekrandagi turli tasvirlar orqali bolalar o’zlari hikoya tuzib, tarbiyachi ko’magida
ovozlarini ro’llarga kirishgan holda yozib olib uni birgalikda tomosha qilishlari yoki o’zbek va
jaxon xalq ertaklaridan bolalarga ijodiy yondashgan holda ro’llarga ajralib ovozlarni
multimediaga solishlari o’rgatiladi. Bu orqali bolalar kompyuter texnalogiyalaridan mashg’ulot
jarayonida unumli foydalanadi, tarbiyachilar esa mashg’ulotining samarali tashkil etilishiga
zamin yaratadi.

Bundan tashqari Maktabgacha ta’lim tashkilotida multimedia vositalari, ovozli, musiqali,

harakatlanuvchi jozibali bo'lishi kerak, anashundagina ta'lim- tarbiya jarayonida samarali
foydalanishga va ta'lim sifatini yanada yuqori darajaga ko'tarishga hizmat qilgan bo’ladi.

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi pedagogika fanining muhim yo’nalishlaridan biri

bo’lib, har bir yoshdagi bolalar uchun tarbiya turlarini yoritib beradi. Bundan tashqari
maktabgacha ta’lim pedagogikasi bir qancha olimlar, pedagoglar hamda tadqiqotchilarning
ishlari orqali ham shakillanib boradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg’ulot jarayonida qo’llaniladigan o’quv

matterillariga quyidagilar kiradi: qalam, qaychi, kitob, rangli qog’oz, oq qog’oz, ko’rgazmali
materiallar, tarqatma materiallari va boshqalar. Agarda mashg’ulotlarni multimedia dasturlari
orqali olib borilsa, texnalogiya orqali bola ko’p turli hil materiallar bilan birgalikda barcha
sohalar orqali bilmlarini yanada mustaxkamlashlari mumkin. Yuqoridagi fikrimizga misol
keltirgan holda, hozirgi kunda juda ko’p bolajonlar uchun turli tillarga tarjima qilingan elektron
kitoblar qiziqarli bolalarga oid qurib-yasash, misollarni yechish, hikoya tuzish kabi ma’lumotlar
va dasturlar ishlab chiqilmoqda. Bularning barchasi texnalogiya asrining yosh avlodlarini o’qishi
va bilmlarini zamon asosida mustaxkamlashi uchun yaratilmoqda. Lekin har bir narsaning foyda
tomoni bo’lganidek albatta zararli tomonlari ham mavjuddir.

Keling birgalikda fikr yuritsak: texnalogik asrning yosh avlodlarining deyarli 90 foizi

kompyuter texnalogiyalaridan foydalanadi. Biroq bularning barchasini ham to’g’ri yo’lda
foydalanayabdi deya ayta olmaymiz.Mobil ilovalarimiz orqali turli xil zararli o’yinlar o’sib
kelayotgan yosh avlod ongini zaxarlab o’z domiga tortib bormoqda. Ho’sh bularga nima yoki


background image

241

kim sababchi deb ayta olasiz? Albatta ota-ona yoki atrofdagilarning be’etiborligi sababchidir.
Bola manashunday saviyasiz, insonni ongini, tarbiyasini zaxarlaydigan o’yinlarni o’ynar ekan,
o’z- o’zidan bolada jizzakilik, manmanlik, qizg’anchiqlik, cho’rt kesarlik kabi yomon illatlar
asta-sekinlik bilan qamrab oladi. Manashunday oqibatlarga olib kelmaslik uchun biz
texnalogiyalardan to’g’ri yo’lda foydalanishimiz zarur hisoblanadi. Ko’p yosh ota-onalar
farzandini halaqt bermasdan jim o’tirishi uchun ham qo’liga mobil ilovani berib tichlantirmoqchi
bo’ladi go’yo.

Lekin ming afsuslar bo’lsinkim bola qo’lidagi mobil ilova orqali istagan o’yinidan

foydalanishi, hoxlagancha video yoki roliklarni ko’rishi mumkin. Natijada bolaga endigina ota-
ona mehri kerak bo’lgan mahal, u mehrni mobil ilovadagi har xil zararli video va o’yinlardan
olib tarbiyasini zaxarlay boshlaydi. Shuning uchun ham hozirgi kunda dolzarb muammolardan
biri bo’lgan texnalogiyadan to’g’ri yo’lda foydalanilsa albatta natijalarga erishiladi. Ya’ni,
internet orqali bolajonlar uchun juda ko’p foydali sayt, ilova va dasturlar mavjud. Biz kattalar
bolaning qiziqish va imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularga mos bo’lgan elektron o’yin va
dars ishlanmalarni birgalikda bajarishimiz ham lozimdir. MTT lari da ham hozirgi kun
tarbiyachilari kompyuterlardan to’g’ri foydalangan holda bolalarni qiziqtrgan mashg’ulotlarni
multimedia asosida tushunarli va mazmunli olib borsalar albatta yuqori natijalarga erishadilar.

Xo’sh texnalogik ta’lim bolaga nima beradi: bolalarning bilm olishining an’anaviy

usuldan noan’anaviy usulda olib borilishini, o’z tengdoshlari bilan birgalikda fikr almashishini,
o’z hatolarini tuzatishini, qiziqqan yo’nalishi bo’yicha izlanishini va o’z ustida ishlashini
taminlaydi.

Kompyuter orqali multimedia mashg’ulotlari MTT larining o’quv jarayoniga kirib

kelishiga ko’p bo’lmaganligi uchun, hozirgi vatda multimedia dasturlarining pedagogik-
psixalogik xususiyatlarini ko’rib chiqish joiz hisoblanadi.

Pedagogik xususiyatlari. Pedagogik jixatdan qaraganda, multimedia orqali o’qitish, bu

kompyuter vositasi orqali zamonaviy yondashuvlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bir
qancha xususiyatlarga ega: asosiy xususiyati shundan iboratki, MTT dagi tarbiyalanuvchilarning
kompyuter vositasidan foydalanish uchun ilk boshlang’ich bilmlarni egallashi, bilmlarini
mustaxkamlashi, mashg’ulotning samaradorligi oshishi, ekrandagi turli xil rang-barang
ma’lumotlardan foydalanib bilm olishlari mumkin. Mana shunday mashg’ulot jarayonlarida
kompyuter texnalogiyalaridan foydalangan holda darslarni o’tish orqali, tarbiyalanuvchilarda
kompyuter savodxonligi bilmlari asta-sekinlik bilan mustaxkamlanadi. Misol keltiradigan
bo’lsak, an’anaviy mashg’ulotlar jarayonida kompyuterdan faqatgina m’lumotlarni saqlash,


background image

242

o’qish va hakozalardan foydalaniladigan vosita sifatida qaralsa, multimedia orqali tashkil etilgan
mashg’ulotlarda esa video,ovoz va xar hil ko’rgazmali rasmlar orqali bilmlar mustaxkamlanadi.

Bunda tarbiyachi o’tiladigan mashg’ulot materiallarini avvaldan kompyuter xotirasiga

yuklab qo’ygan bo’ladi. Ushbu jarayon tarbiychining an’anaviy mashg’ulot ishlanmasini
yaratishiga o’xshashdir.

MTT lari tarbiyalanuvchilari multimedia orqali o’tilayotgan mashg’ulotlarni o’rganib,

kompyuter vositasi bilan ishlash ko’nikmasini o’zlarida shakillantira olsalar, maktab va oliy
o’quv yurtlarida hech qanday to’siqlarga uchramasdan ossonlik bilan kompyuter texnikasidan
foydalana olishadi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilarning mantiqiy fikrlashi, tafakkuri
rivojlanadi hamda o’ziga bo’lgan ishonch shakklanib, dunyoqarashi kengayib boradi.

REFERENCES

1. O’zbekiston Raspublikasining 2019 yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya

to’g’risida”gi O’RQ-595 sonli qonuni.

2. Aliyev A. O’quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. –Тoshkent: O’qituvchi,1991.40bet.
3. Axmedov A.A. Ilmiy tadqiqot asoslari. – Qarshi.: 2002. 110 b.
4. Макарова В.Н, Ставцева Е.А. (2018). Использование мултимедийных средств в

развитии природоведческой лексики детей дошкольного возраста. “Наука и
оброзовании”. 271 С.

5. Xalikova U.M. (2020). Maktabgacha ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi. Интернаука, 13-2, С. 78-79.

References

O’zbekiston Raspublikasining 2019 yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi O’RQ-595 sonli qonuni.

Aliyev A. O’quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. –Тoshkent: O’qituvchi,1991.40bet.

Axmedov A.A. Ilmiy tadqiqot asoslari. – Qarshi.: 2002. 110 b.

Макарова В.Н, Ставцева Е.А. (2018). Использование мултимедийных средств в развитии природоведческой лексики детей дошкольного возраста. “Наука и оброзовании”. 271 С.

Xalikova U.M. (2020). Maktabgacha ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi. Интернаука, 13-2, С. 78-79.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов